Научная статья на тему 'NAQQOSHLIK VA YOG’OCH O’YMAKORLIGI SAN’ATINING RIVOJLANISHI'

NAQQOSHLIK VA YOG’OCH O’YMAKORLIGI SAN’ATINING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
370
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
NAQQOSHLIK MAKTABLARI / MUSAVVIR VA XUNARMAND / GRAFIK SAVODXONLIK / VASSA / KOMPOZITSIYA / ME'MORLIK

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Baratboyev B.M.

Ushbu maqolada O’rta Osiyo va Jahonning boshqa hududlarida naqqoshlik va yog’och o’ymakorligi san’atini rivojlanish tarixi va bu tarixda yog’och o’ymakorligi san’atini rivojlanishiga o’z xissalarini qo’shgan buyuk rassomlar ijod yo’llari to’g’risida so’z boradi.Qadimdan rivojlanib kelayotgan naqqoshlik va yog’och o’ymakorligi san’ati orqali kelajak avlodni grafik savodxonligini yanada oshirish masalalari qo’yilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEVELOPMENT OF THE ART OF PAINTING AND WOODCARVING

The article presents the history of the development of painting and woodcarving in Central Asia and other parts of the world, as well as the works of great artists who contributed to the development of woodcarving in this story. the graphic literacy of the younger generation has increased thanks to the ancient art of painting and wood carving.

Текст научной работы на тему «NAQQOSHLIK VA YOG’OCH O’YMAKORLIGI SAN’ATINING RIVOJLANISHI»

Baratboyev B.M. o^qituvchisi

Qo^qon Davlat Pedagogika Instituti

NAQQOSHLIK VA YOG'OCH O'YMAKORLIGI SAN'ATINING

RIVOJLANISHI

Anotatsiya: Ushbu maqolada O'rta Osiyo va Jahonning boshqa hududlarida naqqoshlik va yog'och o'ymakorligi san'atini rivojlanish tarixi va bu tarixda yog'och o'ymakorligi san'atini rivojlanishiga o'z xissalarini qo'shgan buyuk rassomlar ijod yo'llari to'g'risida so'z boradi.Qadimdan rivojlanib kelayotgan naqqoshlik va yog'och o'ymakorligi san'ati orqali kelajak avlodni grafik savodxonligini yanada oshirish masalalari qo'yilgan.

Kalit so'zlar: naqqoshlik maktablari, Musavvir va Xunarmand, grafik savodxonlik, pargori, vassa, kompozitsiya, me 'morlik.

Baratboyev B.M. lecturer

Kokand State Pedagogical Institute

THE DEVELOPMENT OF THE ART OF PAINTING AND

WOODCARVING

Abstract: The article presents the history of the development of painting and woodcarving in Central Asia and other parts of the world, as well as the works of great artists who contributed to the development of woodcarving in this story. the graphic literacy of the younger generation has increased thanks to the ancient art of painting and wood carving.

Key words: painting schools, artist and craftsman, graphic literacy, pargori, vassal, composition, architecture.

1990 yillar O'zbekiston yog'och o'ymakorligi va naqqoshlik san'ati tarixida yangi bosqich bo'ldi.

O'zbekiston yog'och o'ymakorlik va naqqoshlik maktablarini asosan Toshkent, Farg'ona, Buxoro, Samarkand va Xiva maktablari tashkil etmoqda. Ushbu maktablarning texnik, uslubiy va kompozitsion tomonlarida ko'pgina o'xshashliklar bilan birga, farqli tomonlari ham mavjud. Masalan, Toshkent yog'och o'ymakorligida, "pargori" uslubi keng tarkalgan bo'lib, "pargor" yoki "pargol" so'zlarining o'zi uslubga qaraganda ko'proq naqshlar ro'yxatiga mos ibora hisoblanadi. U sirkulda chizilgan degan ma'noni anglatadi. Shu sababli, yog'och o'ymakorligiva naqqoshlik kompozitsiyalarida keng tarqalgan doyra yoki aylana ko'rinishidagi naqshin gullarni "pargoriy" deb nomlashadi. Bu uslub deyarli hamma ustalarning asarlarida uchraydi. Lekin asrimizning boshlarida

Toshkentlik usta S.Xo'jayev ijodida u o'zining yuqori cho'qqilariga erishgan.

Farg'onalik ustalarning naqqoshlik asarlarida "buta", "guldastalar"ga keng o'rin beriladi.Lekin ular ushbu maktabda birmuncha yaxlit, naqshlarning orasi ochiq, yirik-yaxlit ko'rinishlarda ishlanadi.Bundan tashqari, Farg'ona naqqoshligida Rishton kulolchiligiga xos moviy bo'yoqlar ko'p ishlanib, unda asosan o'simlik dunyosi naqshlari yetakchilik qiladi. Chunki, aynan ularda mahalliy aholining "jannat bog'i"va kosmogonik, diniy falsafa haqidagi tushunchalari o'zining ifodasini topgan.

Samarqand va Buxoro yog'och o'ymakorligi ham ko'p tomonlardan Xiva maktabining an'analariga yaqin bo'lsada, ushbu viloyatlarning naqqoshligi o'zidagi kompozitsiya va ranglar majmuasi bilan Farg'ona — Toshkent maktabiga yaqindir. Chunki, naqqoshlik san'atidagi maktablar bir-biridan asosan naqshlar tizimi vahar bir kompozitsiyaning tasvirlanishi bilan farqlanadi. Masalan, Toshkentda o'yiladigan gullarning orasi ochiq, tasvirlar birmuncha erkin bo'lib ko'rinsa, Xorazmda birmuncha zich, novdalarning orasidagi bo'sh joy qoldirilmasligiga katta ahamiyat qaratiladi. Ularda ishlatiladigan ranglar deyarli barcha viloyatlar uchun o'ziga xos. Xiva maktabida ko'p hollarda me'morchilik koshinlarida keng tarqalgan mayda gul vanovdalardan iborat islimiy naqshlar ko'p uchraydi (islimiy-morgula, islimiy-zanjira, islimiy-shobuta va boshqalar).

O'tmishda xalq san'atining boshqa turlari kabi yog'och o'ymakorligi va naqqoshligi san'atlarida ustalar asosan "usta-shogird" an'anasi orqali taiyorlanadi. Bu an'ana hozirgi davrgacha saqlangan bo'lib, shu bilan birga san'atning ushbu turlariga sezilayotgan ehtiyojdan kelib chiqib, sohaga moslashtirilgan qator kollejlar ham professional ustalar tayyorlashga kirishdilar.(O'zbekistan Badiiy Akademiyasining Toshkent shahri va viloyatlardagi tasviriy va amaliy san'at bilim yurtlari).

90-yillarga kelib, mustaqil ijod bilan shug'ullanayotgan "professional" xalq ustalarining aksariyati, markaz va uyushmalar tarkibiga a'zo bo'lgan holda ijod qilmoqdalar. Respublika maxsus ijodiy-ishlab chiqarish "Usto" birlashmasiga a'zo bo'lgan ustalar Davlat ahamiyatiga molik yirik obyekt va qurilishlarda qatnashsalar, "Musavvir" va "Xunarmand" ilmiy-ishlab chiqarish markazlariga a'zolari uyda ijod qiladilar va mahsulotlarini mana shu markazlar orqali tarqatadilar. Markaz esa ularga metodik yordam ko'rsatadi, ustalar ijodini keng omma orasida, respublika va xorijdagi yirik ko'rgazmalarda targ'ib kiladi va hokazo.

Hozirda yog'och o'ymakorligi va naqqoshlik san'ati o'zining avvalgi davrlardagi mavqeini qayta tiqlamoqda. Toshkent shahri va respublikaning boshqa yirik shaharlarida qurib, foydalanishga topshirilayotgan yoki qayta ta'mirdan chiqarilayotgan qator diniy va dunyoviy xarakterdagi qurilishlarda unga bo'lgan talab kun sayin ortib bormoqda. "Usto" birlashmasining Toshkent shahri va viloyatlardagi bo'linmalarida ishlayotgan ustalar, oxirgi o'n yil orasida ko'plab yirik obyektlarda muvaffaqiyatli qatnashdilar: O'zbekiston

Prezidentining "Oq saroy" qarorgohi (1998 — 99), Oliy Majlisning yangi binosi (1997), Temuriylar tarixi Davlat muzeyi (1996), "Turkiston" konsert zali (1994), Toshkent shahar hokimligining yangi binosi (1996 — 98), O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosi (1995), Bekobod shahridagi metallurgiya kombinatining oromgohi (1993), "Algoritm" zavodi (1994), Rossiyaning Voronej va Moskva shaharlaridagi "O'zbekiston" va "Namangan" magazinlari (1989 — 92), Uzbekiston Banklar Assotsiatsiyasi (2000), O'zbekiston Tashki ishlar vazirligining qabullar uyi (1993), O'zbekiston Prezidenti Apparatining Matbuot markazi (1998), "Yunusobod" tennis korti (1994), "Guliston" sport majmuasi (1997), Davlat "Sirk"i binosi (1999), "Sheraton — Toshkent" mehmonxonasi (1999), "Xotira maydoni" (1999), Uzbekiston Respublikasining Hindiston (2000), Germaniya (2000), Malayziya (1993) davlatlaridagi elchixonalarining binolari, Toshkent shahridagi Sayilgoh ko'chasidagi choyxona ayvoni, Samarqand viloyati-dagi Imom al-Buxoriy, Farg'ona viloyatidagi Ahmad al-Farg'oniy majmualari (1998) va boshqalar.

M.Ibrohimovaning Oliy Majlis binosi uchun ishlagan eshiklari Malayziyadan keltirilgan palma daraxtidan (subtropik zona) tayyorlangani sabab, faqatgina an'anaviy bezak vazifasini bajarib qol may, zamonaviy boshqa talablarga xam javob berdi. Ular 2,5x8,2 m., qalinligi 40,5 sm. o'lchamda bo'lib, sirtiga asosan "o'simlik-islimiy", "gajaksimon" va "zanjira" naqshlarining turlari o'yilgan.

Oliy Majlis binosining markaziy Majlislar zalida, Toshkent naqqoshlik maktabiga xos bo'lgan "kundal"ning xuddi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi gumbazidagi varianti uchraydi. Keyingi yillarda gumbaz l arii bezashda moviy rangdan umumiy fon tariqasida foydalanish ommalashib ketdi. Asli-da, ushbu holat zamonaviy jarayonda yangilik emas. XV —XVI asrlardagi Temuriylar davri qurilishlaridagi gumbazlarda boshqa ranglar qatorida moviy rang yetakchilik kilgan. Shu bilan birga, "kundal" XIX asrning oxiri — XX asrning boshidagi qurilishlarda asosan tillaqalda bajarilardi. Hozir esa ustalarning texnik imkoniyatlarining kengayishi oqibatida tilla suvidan foydalanmoqdalar.

Farg'ona naqqoshligida ham xuddi Toshkentda bo'lgani kabi, ko'p uchraydigan element- larni"mehrob", "madohil","bodom" va "buta" naqshlari tashkil etadi. Undagi asosiynaqshlarning atrofida yordamchilari — "chorgul", "shobarg", "oygul", "zanjira" naqshlari turlari hamkorlik qiladi. Naqqoshlik san'atida ijod qilayotgan har bir usta, amaliyot davomida, mavjud an'analarni o'zlashtirib, ish jarayonida klassik naqshning juda ko'p ko'rinishlariga muvaffaq bo'ladi. Naqshdagi bir arzimagan chiziq ham naqshning shakl-shamoyilini yoki tasvirdagi mazmun-mohiyatni tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin.90-yillardan boshlab qurilayotgan bir qancha madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish binolarida va maishiy xarakterdagi buyumlardagi naqqoshlikda ushbu vaziyat namoyon bo'lmoqda.

Ikkinchi jahon urushi kezlari halok bo'lgan hamyurtlarimiz uchun qurilgan "Xotira maydoni" xam yirik obyektlar qatoriga kiradi. Obyektning

g'oyaviy mazmuni bo'yicha, unda Qoraqalpog'iston Respublikasi va Uzbekistonning hamma viloyatlari uchun maxsus pavilyonlar ajratilgan bo'lib, ularning har birida urushga ketib, qaytmagan kishilarning ism-shariflari ko'rsatilgan.

Maydonning ikki tomonida usti yopiq, har bir tomoni 17 yog'och ustundan iborat ayvonlar mavjud.Undagi yog'och o'ymakorligi naqshlari turli maktablarga taalluqli.

"Xotira maydoni" Mustaqillik maydonidagi ochiq maydonda joylashgan. Obyektning atrofidagi tabiat manzarasi bilan bog'liqligini saqlab qolish maksadida, undagi "qosh", "havoza", "vassa" va boshka qismlar uchun o'simlik-islimiy naqshining bir kancha turlari tanlab olingan. Shu orqali mualliflar tabiat bilan obyekt orasidagi o'zaro uyg'unlashuvni saqlab qolishga muvaffaq bo'lganlar.

Bundan farqli o'laroq, Samarkand viloyatining Chelak tumanida qad roslagan Imom al- Buxoriy majmuasida boshqacharoq manzara uchraydi. Majmua butkul me'morlik san'atining namunasi bo'lib, u o'z navbatida naqqoshlik, ganchkorlik va toshtaroshlik san'atlarining uyg'unlashuvidir. Masjit majmuadagi yog'och o'ymakorligi asarlarini yuqoridagi "Xotira maydoni "da bo'lgani kabi, ustun-peshtoqlar, hamda 3,60x5,5 metrdan iborat katta darvoza tashkil etadi. Darvoza M.Abrorov boshliq guruhning mahsuli bo'lib, u yog'och o'ymakorligining "choka pardoz" va "lo'la pardoz" uslublarida bajarilgan.

Zamonaviy sayyohlikning rivojlanishi oqibatida, sovg'abop buyumlar ishlab chiqarish ham kun sayin ommalashmoqda. Bunda "Musavvir" ilmiy-ijodiy-ishlab chiqarish markazi a'zolari - O.Fayzullayev, A.Azlarov, E.Aliyev, A.Saydaliyev, Z.Alimboyev, S.Rahmatullayev, M. Jalolov, H.G'aniyevlarning, naqqoshlardan - M.To'rayev, A. Ilhomov, S.Mahmudov, Q.Shoislomov,A.Asqarov asarlarini eslab o'tish maqsadga muvofiqdir. Bu ustalar nafakat respublika balki xorij ko'rgazmalarining ham faol qatnashchilari (Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, Turkiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Hindiston, Yaponiya va boshqalar).

O.Fayzullayevning asarlarida an'anaviy o'simlik naqshlari bilan birgalikda geometrik naqshlarga ham keng o'rin beriladi.Us-taga 1995 yil 26 oktabrda Toshkent shahrida o'tkazilgan birinchi respublika xalq amaliy san'ati yarmarkasida "Xalq ustasi" sertifikati berildi. Shu bilan birga, 1994 yili Pokistondagi 46 musulmon mamlakatlari qatnashgan amaliy san'at ustalari festivalida O.Fayzullayev to'rtinchi faxriy o'rinni egallab qaytdilar.

A.Asqarovning naqqoshlik asarlarida nafaqat vodiy, balki O'zbekiston naqqoshligining yetuk ustalari O.Qosimjonov, T.To'xtaxo'jayev, J.'Hakimov, Z.Qodirovlarning eng yaxshi an'analari davom etmoqda.

Ushbu manzaradan ko'rinib turganidek, oxirgi o'n yil mobaynida yog'och o'ymakorligi va naqqoshlik san'ati haqiqatan ham rivojlanib, unutilib borayotgan ba'zi uslublarini qayta tiklayotgani, naqshlarning ro'yxati yil sayin kengayayotgani va islimiyning bir necha turlari uyg'unlashayotganining guvohi

bo'lmoqdamiz. Birgina yuqorida keltirib o'tilgan "pargori" uslubini olsak, u XIX — XX asrning boshlaridagi Toshkent maktabida ayniqsa mashhur bo'lib, so'nggi paytlarda esa deyarli qo'llanilmayotgandi. Hozir esa u qayta tiklandi. Xom ashyolardan mahalliylariga bo'lgan talab katta: yong'oq, chinor, qayra-g'och, nok, o'rik. Chetdankeltiriladiganlari orasida Ruminiya buki, dub kabi yog'och sortlari ham ko'p ishlatilmoqda.

Ustalar yuqoridagilar bilan birga, buyurtma bo'lgan taqdirda, asosiy yo'nalishlaridan tashqari, iste'molchining talabidan kelib chiqqan holda, xohlangan o'lcham va uslubdagi buyurtmalar ustida ham ishlamoqdalar. Yevropa andozalaridagi bufet, tryumo, servant, stol va stullarning t o'plamlari fikrimizning dalilidir. Ularda o'yiladigan naqshlar an'anaviy yoki buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan chizmalar asosida, yevropaliklarning amaliy san'atiga xos naqshlar ham bo'lishi mumkin.

Shular bilan birgaliqda, O'zbekiston hukumati xalq san'ati va hunarmandchiligi an'analarini asrab-avaylash borasida ham ko'pgina xayrli ishlarni amalga oshirdi.

Ustalarning daromad solig'i va boshqa bojxona to'lovlaridan besh yilga ozod qilinishlari xalq hunarmandlari qatorida yog'och o'ymakorligi bilan shug'ullanadigan ustalarga qator qulayliklarni yaratmoqda.

Adabiyotlar ro'yhati:

1. Bo'latov C.C. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati- Toshkent 1991

2. Nodir B. Tasviriy va amaliy san'at atamalari lug'ati- Toshkent «san'at»,2000

3. Soyibov T. Kompozitsiya. - Toshkent T:-O'zbekiston 1991

4. O.Tolov A.S Me'moriy shakllarni uyg'unlashtirish va bezash. Samarqand 2003

5. Azimov I. O'zbekiston naqshu nigorlari. T.G' G"ulom nomidagi adabiyot va san'at nashryoti. 1987 yil.

6. Bo'latov S.S Ashirova M.O Amaliy san'at qisqacha lug'ati. Qomuslar bosh taxriryati. 1992 yil

7. Bo'latov S.S O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. T: Mexnat 1991 yil

8. Bo'latov S.S O'zbek xalq amaliy bezak san'atiatamalarini izoxli lug'ati. T:Mexnat 1990

9. ZoxidovP.SHФерганская pocn^ T: toct, издат. Худ лит 1990

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.