Научная статья на тему 'SHARQ MINIATYURA SAN’ATINING RIVOJLANISHIDA KAMOLIDDIN BEXZOD IJODI'

SHARQ MINIATYURA SAN’ATINING RIVOJLANISHIDA KAMOLIDDIN BEXZOD IJODI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
440
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
miniatyura / muraqqa / xattotlik / ranglar / tasvir / qo'lyozmalar / musavvir / Hirot / Tabriz. / miniature / painting / calligraphy / colors / image / manuscripts / artist / Herat / Tabriz.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yuldasheva, Azimaxon, Tursunaliyeva, Nazokatxon

Ushbu ilmiy maqolada miniatyura haqida ma'lumotlar, miniatyura san'ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o'zbek milliy miniatyura va Tabriz nafis miniatyura san'atiga asos solgan Kamoliddin Behzod hayot yo‘li, ijodi, izlanishlari va qoldirgan milliy merosi haqida ma'lumotlar berib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

KAMOLIDDIN BEHZOD'S CREATION IN THE DEVELOPMENT OF EASTERN MINIATURE ART

This scientific article contains information about miniatures, Uzbek national miniatures, who made a great contribution to the development of miniature art, and Kamoliddin Behzod, who founded the elegant miniature art of Tabriz, about the life path, creativity, research and national heritage left by him. information has been provided.

Текст научной работы на тему «SHARQ MINIATYURA SAN’ATINING RIVOJLANISHIDA KAMOLIDDIN BEXZOD IJODI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

SHARQ MINIATYURA SAN'ATINING RIVOJLANISHIDA KAMOLIDDIN

BEXZOD IJODI

Yuldasheva Azimaxon Tursunaliyeva Nazokatxon

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti TSMG yo'nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu ilmiy maqolada miniatyura haqida ma'lumotlar, miniatyura san'ati rivojiga ulkan hissa qo'shgan o'zbek milliy miniatyura va Tabriz nafis miniatyura san'atiga asos solgan Kamoliddin Behzod hayotyo 'li, ijodi, izlanishlari va qoldirgan milliy merosi haqida ma'lumotlar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: miniatyura, muraqqa, xattotlik, ranglar, tasvir, qo'lyozmalar, musavvir, Hirot, Tabriz.

This scientific article contains information about miniatures, Uzbek national miniatures, who made a great contribution to the development of miniature art, and Kamoliddin Behzod, who founded the elegant miniature art of Tabriz, about the life path, creativity, research and national heritage left by him. information has been provided.

Key words: miniature, painting, calligraphy, colors, image, manuscripts, artist, Herat, Tabriz.

Miniatyura-badiiy usullari o'ta kichik bo'lgan kichik hajmli tasviriy san'at turlari sirasiga kiradi. Miniatyura san'atidan o'rta asr qo'lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan mo'jaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, toshqog'oz, metal, chinni, ba'zan maishiy buyumlarga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham miniatyura atamasi qo'llanilgan.

Miniatyura-kolligrafiya, sahifalarni ziynatlash, muqova bezagi bilan bir qatorda qo'lyozmaning eng asosiy murakkab dekorativ ustunlaridan birini tashkil qiladi. Miniatyuraning asosiy ahamiyati matn mazmunini tushuntirish va umuman olganda, dunyoviy xarakterga ega bo'lgan asarlarni bezashdan iborat bo'lgan. Asosan, proza, poeziya, tarixiy xronikalar aks etgan asarlarda miniatyura ishlangan. O'rta asr qo'lyozmaalari faqat guash bo'yoqlari bilan ishlangan.

Badiiy miniatyuraning kitob va portret miniatyurasi kabi sohalari keng tarqalgan. Kitob miniatyurasida rasmlar rangli qilib tempera, guash, yelim, akvarel va boshqa bo'yoqlar bilan qo'lda bevosita qo'lyozma kitoblarning turli sohalariga ishlanib,

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

undagi naqshlar shu kitobning bezaklari bilan uyg'unlashgan. Minatyuralarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri, tasvirning sathi yuzadaligidir. Bu xususiyat qo'lyozmaning dekorativ uslubi, serhasham ziynatlar, shams, lavhalar, zarvaroq va boshqa bezaklari kabi kitobning ziynatlari, uning tuzilishi xarakteridan kelib chiqqan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Fors minatyurasining taniqli musavvirlaridan biri Kamoliddin Behzod bo'lib, Amir Temur saltanatida yuzaga kelgan Uyg'nish davri, yuksak darajadagi ijodiy va qulay tarixiy muhit tufayli Mirzo Ulug'bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod singari ko'plab buyuk olim, faylasuf, shoir, musavvir san'atkorlar samarali ijod etishdi. Kamoliddin Behzodning musavvir sifatida shakllanishida Alisher Navoiyning beqiyos xizmati bor. O'sha davrdagi ta'riflar bilan aytganda, "asr nodiri, musavvirlar peshvosi" bo'lmish Behzod ijodkor sifatida murakkab yo'lni bosib o'tdi. U o'zining ziddiyatlarga to'la hayoti mobaynida Sulton Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shox Ismoil Safaviy, Shox Taxmosib singari hukmdorlar qo'li ostida ijod qildi. Hayotining asosiy qismi Temuriylar sulolasining ikkinchi poytaxti bo'lgan Hirotda o'tdi. Ma'lum vaqt Kamoliddin Behzod safaviylar sulolasi taklifiga binoan, Tabrizda yashab, asarlar yaratdi. Musavvir Samarqandda tug'ilgan degan ayrim taxminlar mavjud. Hozirgacha Kamoliddin Behzod 1455 -yil Hirotda hunarmand oilasida tavallud topgan deb kelinadi. Hirot o'sha davrlarda Sharqning eng go'zal shaharlaridan biri bo'lgan. Kamoliddin Behzod ota-onasidan erta ajragan bo'lib, uni Hirotdagi mashhur musavvir, saltanat kutubxonasining mudiri Mirak naqqosh o'z tarbiyasiga olgan. Mirak Naqqosh "Mashhur qirq san'atkor" anjumaniga rahbarlik qilib, Nigoriston, hozirgi tushunchalar bilan aytganda, San'at akademiyasi ishlarini yo'lga qo'ygan edi. Keyin esa Kamoliddin Behzod mashhur xattot Sulton Ali Mashhadiy bilan tanishadi va u bilan hamkorlik qiladi. Abdurahmon Jomiy huzuriga borib turadi va uning mehnatsevarligi, iste'dodi, zahmadkashligi Alisher Navoiyga ma'lum bo'lgach, Kamoliddin Behzodni huzuriga chaqirib, saroy ishiga jalb etadi. Sulton Husayn Mirzoga tanishtiradi. Hukmdor unga o'zining bog'ida ijodxona qurdirib, ijod uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qiladi. Sulton Husayn Boyqaro uni Hirotdagi saltanat kutubxonasiga boshliq etib tayinlaydi. Ayrim manbaalarda qayd etilishicha mashhur ingliz sharqshunosi Edvard Braun bu haqda "O'sha zamonda juda katta shuhrat qozongan Behzod va Shoh Muzaffar singari atoqli naqqoshlar, shubhasiz, Mir Alisher Navoiyning qo'llab quvvatlashi natijasida kamolotga erishgandilar",- deb yozadi. Kamoliddin Behzod o'zining yuksak darajadagi qobiliyati tufayli Xurosonda dong taratadi, bu yerdagi barcha naqqoshlar va musavvirlarga bosh bo'ladi. Xuddi mana shu davrda Kamoliddin Behzodning eng sara asarlari yaratildi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

Ushbu tasvir Kamoliddin Behzod ijodiga mansub bo'lib, bunda Amir Temur va Misr shohi o'rtasidagi jang tasvirlangan. Asarda jangovor holatlar va jang ruhiyati mohirona tasvirlangan. Asarga diqqat bilan qaraganimizda temuriylar davri va o'sha davrga tegishli bo'lgan insonlarning tashqi ko'rinishi, qiyofasi, liboslari yaqqol tasvirlangan. Tasvirning yana bir ahamiyatli jihati ikki davlatga tegishli bo'lgan bayroqlarning tasvirlanganligi. Aksarlaning ustki jang liboslari ikki davlatni o'zaro ranglari bilan bir-biridan ajratib turadi. Asarning beqiyosligi shundaki, bu asar bizni tarix va shu jang bilan bevosita bog'lab beradi.

Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafamoma"siga ishlangan turkum asarlar, Husayn Boyqaroning majlislari tasvir etilgan, Temur tarixiga bag'ishlangan muraqqa (albom), Abdurahmon Jomiyning "Solomon va Absol", Muslihiddin Sa'diyning "Bo'ston" va "Guliston"i, Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"siga ishlangan rasmlar, Sulton Husayn Hirotda qurdirgan "Bog'i Behisht" tasviri, Abdurahmon Jomiy portreti, Sulton Husayn Mirzo saroyida ziyofat", "Malik Doro va otboqarlar", "Yusuf va Zulayho" qissasi, "Masjid ichidagi munozara" singari yuzlab go'zal ijod namunalari dunyoga keldi. Shoh Ismoil Safaviy Hirotning ko'zga ko'ringan hunarmandlari, naqqoshlari, xattotlari qatorida musavvir sifatida Kamoliddin Behzodni ham Tabrizga-o'z saroyiga olib ketadi. Shoh Ismoil Safaviy Tabrizda hunarmand va san'at vaki llariga ko'plab qulay shart-sharoitlar yaratib beradi. Hirotda milliy o'zbek miniatyura maktabiga asos solgan musavvir endilikda tarix zayli bilan Tabriz nafis san'at maktabiga ham asos soladi. Kamoliddin Behzod Tabrizda ham bir guruh shogirdlari bilan birgalikda juda ko'plab nodir asarlar yaratadi. Bulardan: "Bir asr shahzoda tarixi", "Murod Oq qo'yunlining tasviri", "Tuyalar jangi", "Shoh Tahmosib tasviri",

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

"Rasmiy istiqbol" asarlari, Abdurahmon Jomiyning "Yusuf va Zulayho" dostoniga ishlagan sur'atlar shular jamlanmasidan.

Musavvir Kamoliddin Behzod Tabrizda yashab ijod qilar ekan bir zum ham o'zi tug'ilgan diyorini unutmadi, vaqti-vaqti bilan Hirotga borib turdi. Kamoliddin Behzod Tabrizda ruhiy iztiroblar iskanjasida yashaganligini musavvirning ayrim asarlaridagi ishoratlaridan payqash mumkin. Masalan, uning "Shoh Ismoil Safaviy tasviri" tasviri chekkasiga "Shikasta qalamli faqir Behzod", "Tuyalar jangi" asari chekkasiga "Qalami shikasta, Nomurod, faqir Behzod, umri yetmishdan oshganda ushbu ishga qo'l urdi"-deb imzo chekishi fikrimizga dalil bo'la oladi. Ayrim taxminlarga qaraganda esa ushbu satrlardan faqatgina istiroblar emas balki, buyuk musavvirning o'z asarlaridan qoniqmayotgani va ushbu davrning nihoyatda keskin ravishda borganiligini anglash mumkin. Bizning bu mulohazalarimiz musavvirning "Qalami shikasta Behzod" kabi so'zlari orqali ruhiy kechilmalari va qalb tug'yonlarini ifoda etmoqchi bo'lganligidandir. Behzod Tabrizda Sulton Muhammad, Oqa Mirak, Mir Said Ali singari turli joylardan kelgan musavvirlarga rahnamolik qildi. Xususan, u Termizda tug'ilib o'sgan Mir Said Aliga o'z mahorati va musavvirlik sir asrorlarini ayamay o'rgatib bordi. Ular o'z navbatida Kamoliddin Behzod vafotidan so'ng XVI asr Sharqining mashhur shaharlari-Tabriz, Qobul, Dehli, Buxoroda ustoz an'analarini muvaffaqiyat bilan davom ettirishdi. Natijada o'zbek miniatyura san'ati ta'sirida yangi-yangi maktablar yaratildi. Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarini mashhur xattot Sulton Ali Mashhadiy qayta ko'chirgan. Kamoliddin Behzod uni noyob miniatyuralar bilan bezagan. Kitob Xumoyun saroyiga olib kelingan. So'ng uni Nodir Shoh qimmatbaho o'lja tarzida Eronga olib ketadi. Sulton Husayn Boyqaroning majlislari tasvir etilgan Muraqqa (albom) Sulton Husayn Mirzoning Hirotdagi shoh kutubxonasi uchun maxsus tayyorlangan edi. Undagi 40 dan ortiq go'zal miniatyura tomonidan mohirona chizilgan. Muraqqani XX asrning boshlarida Fransiyalik san'atshunos olim Mus'e Foshe sotib olib, Luvr muzeyiga topshirgan. Abdurahmon Jomiyning "Salomon Absol" asari mashhur xattot Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko'chirilgan. Kamoliddin Behzod uni betakoror miniatyuralari bilan bezagan bo'lib, mazkur asar ham XX asr boshlarigacha Afg'onistonda saqlangan. Hirotdagi "Bog'i Behisht" tasvir etilgan miniatyura asari Kamoliddin Behzodning eng go'zal va nodir asarlaridan sanaladi. Ammo mazkur asarning ishlangan yili va hozir saqlanayotgan joyi nomalum bo'lib kelmoqda. Amir Xusrav Dehlaviyning "Xamsa" siga ishlangan 33 sur'atning hammasi Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan. Ushbu asar Berlindagi Milliy kutubxonada saqlanyapti.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

1567-yili "Temur tarixi muraqqasi" kumush va tilla suvi yuritib ishlangan. Unda Kamoliddin Behzodning bir necha miniyaturalari bor. Ularning hammasi Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan. "Temurning taxtga o'tirishi", "Temur saltanatidagi qabul marosimi", "Temur lashkarlarining qal'aga hujumi", "Samarqandda masjid qurilishi" kabi miniatyuralar haqiqiy yuksak asarlar sifatida AQSH dagi Boston shahrida saqlanadi. Shoir Sa'diyning "Bo'ston" asarini 1487-yili Sulton Ali Mashhadiy Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning Hirotdagi mashhur kutubxonasi uchun ko'chirilgan va uni istedodli san'atkor ustod muzahhib bezagan. Bu asar hozirda Qohira muzeyida saqlanmoqda. Fransiyalik san'atshunos olim Rens Gruze e'lon qilgan ma'lumotlarga qaraganda, maskur to'plamdagi Kamoliddin Behzod ishlagan miniatyuralarning har biri alohida tasviriy san'at asari sifatida kishini hayratga soladi.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan ma'lumotlarga asoslanib, shuni aytishimiz mumkinki, Kamoliddin Behzod ijodi biz uchun haqiqiy maktab bo'la oladi. Uning asarlari bizni milliylikka, tafakkur qilishga, izlanishga va yana qayta-qayta o'zining ijodini o'rganishga undaydi. Kamoliddin Behzod ijodi namunalarini har gal tamosha qilar ekanmiz, uning yangidan-yangi qirralarini kashf etamiz. Kamoliddin Behzod asarlari bizga tarix va kelajak o'rtasidagi ko'prik vazifasini o'taydi. Kamoliddin Behzod miniatyura san'ati o'zining nihoyatda nafis va nozikligi va aynan tarixiyligi bilan ajralib turadi. Bizning fikrimizcha, miniatyura san'atiga alohida e'tibor qaratilishi va butun dunyo Sharq miniatyura san'ati va Kamoliddin Behzod ijodidan xabardor bo'lishi lozim.

REFERENCES

1. Padxiddin Pazliddinovich Shabaratov "Miniatyura" o'quv qo'llanma "Tafakkur" nashriyoti Toshkent-2011 www.ziyouz.com kutubxonasi

2. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Shoh Tahmaspning Shohnomasi

3. https : //t.me/+nehgeVAQ8AMxNj Ji

4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Kamoliddin Behzod

5. Yuldashev, I. (2022). BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA'LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 9-15.

6. EoôoeBa, 3. (2022). H^THMOHH OAO^^HKHH PHBO^AHTHPHm^A TACBHPHH CAHLATHHHr YPHH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

7. MagaMHHOB, H. M. (2022). MACOOABHH TAL.THM raATOOPMA.TAPH HMKOHH£T.TAPHHH O.THH TAL-THM^A TAKOMH.T.TAfflTHPHffl MYAMMO.TAPH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 115-119.

8. MagaMHHOB, H. M. (2022). TALHHM ^APAEHH^A TACBHPHH CAHLATHH PHBO^AHTHPHm BA KOMHEMTEP rPAOHKACH^AH KEHr OOH^A^AHHm E^HM^APH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 46-50.

9. AxMegoBa, H. 3. (2022). MYL^A3 CAHLATHHHT EETAKPOP HAOOCAT O.TAMH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

10. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

11. CynafiMaHOBa, C. E. K. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

12. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4),

13. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

14. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS 'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

15. Sohibov, R. (2022). KOMPOZITSIYANING NAZARIY ASOSLARI. KOMPOZITSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 256-259.

16. Sohibov, R. (2022). RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 234-238.

25-27.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

17. Ma'Murov, A. A. (2022). TARBIYA JARAYONIDA AMALIY SAN'ATDAGI USTOZ VA SHOGIRD ODOBI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 138-142

18. A'Zamjonov, A., & Ibrohimov, A. (2022). O'ZBEKISTON TASVIRIY SAN'ATI MEROSI AN'ANALARINI ILMIY PEDAGOGIK JIHATLARINI O'RGANISHNING AMALIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 151-156

19. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 167-173.

20. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS 'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

21. Soliyev, O. R. (2022). SHARQ MUMTOZ SAN'ATIGA XOS MA'NAVIYLIKNI ZAMONAVIY IFODASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 251-255.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.