Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
KITOB GRAFIKASIDA KOMPOZITSIYA HAMDA ADABIYOT ASARLARINI CHUQURROQ O'RGANISHDA ILLYUSTRATSIYANING
AHAMIYATI
I.Yuldashev
Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi
B.Qurbonova Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada kitob grafikasining kelib chiqishining o 'ziga hos taraqqiyot bosqichlari hamda adabiyot bilan bog'liqligi va undagi turli illyustratsiyaning ahamiyati haqida atroflicha tahlil qilingan.
Tayanch s'o'z va iboralar. Grafika,illyustratsiya, eskiz, kolorit, ritm, titul varog'I, konsovka.
АННОТАЦИЯ
В статье проводится подробный анализ конкретных этапов развития возникновения книжной графики и ее связи с литературой, а также значение в ней различных иллюстраций.
Ключевые слова и выражение.. Графика, иллюстрация, эскиз, раскраска, ритм, титульный лист Консовка.
ABSTRACT
The article provides a detailed analysis of the specific stages in the development of the emergence of book graphics and its connection with literature, as well as the significance of various illustrations in it.
Key words and expressions. Graphics, illustration, sketch, coloring, rhythm, title page Konsovka.
KIRISH
Dastgohli va kitob grafikasi ham tasviriy san'atning barcha turlari kabi kompozitsiyaning umumiy qonunlariga tayanadi. Dastgohli grafika o'z xususiyatlariga ega bo'lib shakl, masofa, chiziq, shtrix va kontur vositasida oq-qora tasvirda ifoda etiladi.
Kitob grafikasi bezagining muvaffaqiyatli chiqishi, rassomning qobiliyatiga, adabiyotni qanday tahlil qila olishiga bog'liq.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ADABIYOTLAR VA METODLAR
Rassomning vazifasi shundan iboartki, u voqeani, adabiy obrazni, kitob mazmunini tasvir orqali tushunishga yordam berishi kerak. Kitob uchun ishlangan illyustratsiyalar shakl jihatidan dinamik, rangdor, ta'sir etuvchi, adabiy asarning tekst matnini jozibali qilib ko'rsatishga yordam berish lozim. Bolalar kitobiga ishlangan tasvirlar bolalarning uzoq vaqt eslarida qolib, ularning badiiy didlarini o'stiradi. Bezak jarayonida format va harf ishlashda bolalarning yoshlari va talablarini e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
MUHOKAMA
Zarvaraq (kitobning ustki qismi) o'quvchilarga adabiy matnning ma'lum yo'nalishini tasavvur etishlari uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari kitobning ustki bezagi reklama vazifasini ham o'tashi mumkin. Muqova bezagi kitob mavzusining maqsadiga muvofiq bo'lishi uchun kitobning nomi, uni ifodolovchi tasvir, matn munosabatlari hamda uyg'unligi va birligiga ahamiyat berishi lozim. Kitob illyustratsiyasini tayyorlashda uning qanday asarligiga alohida e'tibor berish kerak. Illyustratsiya grafikasi yaqin masofadan ko'rishga mo'ljallanadi. Kiob mazmuniga qarab tasviriy vositalardan foydalanish mumkin. (tush', grafit, qalam, akvarel' va hokazo). Badiiy obrazlar rassom qanday yo'nalishda va texnikada tasvir bajarish lozimligini belgilaydi.
Bir kitobda qalam tasvir, soya-yorug', shakl, havo perspektivasi vosita bo'lsa, ikkinchisida ertak mavzusi odam va hayvon, o'simliklardan dekorativ tema usulida ifodalashi mumkin.
Keyingi paytda T.Muhamedov, A.TSigmintsev, A.G'ulomov, M.Kagarov, I.Vaxitov kabi iste'dodli grafika san'ati rassomlari, o'zilariga xos sermazmun ijodlar bilan o'zbek kitob grafikasi san'atining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar. Bezak san'atining asosiy qonun-qoidalarini o'rganishda albatta kitob grafikasi namunalarining mualliflari V.Kaydalov, M.Kagarov, T.Muhammedovlar bilan birga rus grafika rassomlari I.Bilibin, Ye.Kibrik, D.Shmarinov, D.Bisti asarlariga murojaat qilish mumkin. Xulosa qilib shuni ta'kidlab o'tish kerakki, ko'p yillik ijod va tajriba natijasida shakllangan kitob grafikasidagi kompozitsiya bezagining qonun va qoidalari ko'plab rassomlar tomonidan tan olinib o'z ijodlarida qo'llab kelmoqdalar.
Kitobat san'ati Sharq madaniyatining Qadimiy va nodir turlaridan biri. Kitobda millat tarixi, ilm-fan sirlari, ulug' mutafakkirlarning falsafiy va estetik qarashlari, doston, ruboiylari o'z aksini topgan. Sharq kitobat san'atida, hattot, naqqosh, rassom
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
muqovasoz, zarhal harf mutaxassislarining badiiy mahoratlari tufayli kitoblar yuksak badiiy saviyadagi asarlar darajasiga ko'tarildi. Shu bois Sankt-Peterburgdagi Ermitaj, N'yu-Yorkdagi metropoliten, Londondagi Britaniya muzeyi, Parijdagi Frantsiya milliy kutubxonalarida Sharq kitobat san'atining nodir namunalari saqlanmoqda.
NATIJALAR
Qadimgi nodir qo'lyozmalar asosida bizgacha saqlanib qolgan nafis mo'hjaz rasmlar alohida o'ziga xos go'zallik nafosat olamiga ega. Ulardagi yorqin ranglar, nozik chiziqlar va ajoyib mutanosiblik hamon tomoshabinga estetik zavq bag'ishlaydi. Shuning uchun ham bu san'at namunalari jahonning eng nufuzli muzey va kutubxona majmualarida asrab avaylanmoqda. Turli san'atkor rassomlar, muzahhib, muqovasoz, jadvalkash va boshqalarning ijodiy hamkorligida yaratilgan nodir qo'lyozmalar o'sha davrni madaniy-ijtimoiy hayotini o'rganishda qimmatli manbalardan hisoblanadi. Nafis mo'jaz rasmlar asosan ilmiy, badiiy va tarixiy asarlarning nodir qo'lyozmalarini bezashga xizmat qilgan. Eron miniatyura san'ati kitob illyusratsiyasi shaklida yuzaga kelib XI asrdan XIV asrgacha ham kitob va qo'lyozma varag'i bilan uzviy bog'liq holda rivojlandi.
Qadimda odamlar papiros o'simligi poyasidan, tut daraxti poyasidan qog'oz yasaganlar. Ba'zida qog'oz o'rnida mol terisidan ham foydalanilgan. Bosmaxonalarning paydo bo'lishi bilan kitobning muqovalari ham o'zgardi. Natijada kitobning turli bezaklari, yangi belgilari, elementlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Muqovada kitobning nomi, muallifi, mazmuni haqida ma'lumot beruvchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Mato qoplangan yoki tomonlari qog'oz bilan qoplangan muqovalarga rangli illyustratsiyalar ishlanadi. Muqovalar ancha mustahkam, tekis qog'ozlardan yasaladi va unda rang-barang bosma tasvir berish imkoni tug'iladi.
Muqovalar ko'pincha pereplet vazifasini ham o'taydi. Pereplet kitobning ko'rinarli qismi va saqlovchi vazifasini bajaruvchi qattiq qalin qog'ozdan iborat. Ayrim hollarda muqova ustiga jild kiydiriladi. Muqovaning ichki tomoni forzats deb ataladi, u kitob bloki bilan muqova tanasini bog'laydi. Kitob titul varag'i bilan boshlanadi. Titul varag'i ikkinchi va uchinchi betlarni egallashi mumkin. Titulda kitob nomi, muallif ismi va familiyasi, nashriyot nomi, nashr yili, joyi kabilar joylashtiriladi. Titul varag'i erilgan yoki rassom tomonidan chizilishi mumkin.
Birinchi betda biroz joy tashlanib tekst boshlanadi. Bunga kichik illyustratsiya, gul, naqsh kabi bezaklar beriladi. Kitob nashr etish illyustratsiyalarni keltirib chiqaradi, u o'z navbatida gravyuralarning kelib chiqishiga olib keldi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
niyustratsiyalarni ofortda qo'rg'oshinda o'yib ishlash, ksilografiya va litografiyaning qo'llanishi illyustratsiya kitoblar miqdorining ko'payishiga sabab bo'ladi. Biror badiiy asar yoki uning biror voqeasi asosida ishlangan rasmni illyustratsiya deyiladi. Tanlangan mavzuga mos tasviriy syujet hosil qilinishi illyustratsiyaning asosiy talabi hisoblanadi.
Rassom adabiy asarni o'qib o'rganib, tasvirga mos bo'lgan epizodlarni ajratib illyustratsiya eskizini chizadi. Mazmun bilan illyustratsiyalarning hamohangligini qay darajada ifoda etishi rassomning iste'dodiga bog'liq. Illyustratsiyada eskiz kompozitsiyani ochib berishda katta rol o'ynaydi. Chunki bir necha eskizlarni o'zaro taqqoslab, yaxshi kompozitsiya yechimini tanlab olishning imkoni bo'ladi. Illyustratsiya kompozitsiyasini uning texnikasi belgilaydi. Badiiy asar syujetiga qarab illyustratsiya chiziqli yechimda yoki rangli yechimda bo'lishi mumkin.
O'zbek xalqi madaniy merosga juda boy. Ayniqsa kitob san'atidagi tajribasi yuksak darajada. O'zbekiston xalq rassomi Iskandar Ikromov maxsus grafika ta'limini olgan birinchi musavvir bo'lib, O'zbekiston kitob grafikasi taraqqiyotining yo'nalishi uning nomi bilan bog'liqdir. Leningradda professor V.N.Levitskiy qo'lida o'qigan. Rassom o'tmish musavvirlarning bezaklari, o'zbek naqshlarini qunt bilan o'rganib, zamonaviy chop etiladigan kitob bezaklarda qo'llay boshladi. Shu tariqa kitob badiiy bezagining mavzuga muvofiqligi va mosligiga erishdi. Zarvaraqlarni bezatishda ham rassom o'simlik va geometrik, buta, g'uncha naqshlarni qo'lladi.
I.Ikromov Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" asariga chamanzor bog', butalardagi qushlar, naqshli bog' darvozasi tasvirini chizgan. Qo'lyozma kitoblardagi xattotlikning betakror bezaklaridan ilhomlanib, ularni o'z asariga singdirgan, o'ziga xos kompozitsiyalar tuzgan. I.Ikromov bezagan kitoblar 1959 yilda Leyptsichda bo'lib o'tgan xalqaro kitob ko'rgazmasida yuqori baholandi va bronza medali bilan taqdirlandi. Ulkan san'atkorning iste'dodi Alisher Navoiyning "Lirika" kitobi (1965 y)ni bezaganda yanada yorqinroq namoyon bo'ldi. Muqova gullagan daraxt shoxida o'tirgan tovus, uning duxobadek tovlangan dumi, kitob nomi yozilgan harflar naqshlar bezagi bilan uyg'unlashgan.
Kitob grafikasida ijod qilgan katta va o'rta avlod vakillarining ayrim kitob bezagi namunalarini tahlil qilib ko'ramiz. O'zbekistonda ko'plab grafika va kitob bezagi rassomlari ijod qilishgan. Ular orasida V.E.Kaydalov alohida o'rin tutadi.
V.Kaydalov 1930 yilda yosh rassomlar jamiyati (AXR) a'zolari N.Odintsov, K.Sobolovskiy bilan ilk bor O'rta Osiyoda ijodiy safarda bo'ldi. Bu ijodiy safar rassomda chuqur taassurot qoldirdi. Bu o'lkaning go'zal tabiati, hayoti odamlari uni rom etdi. 1932 yilda V.Kaydalov O'zbekistonga keldi va gazeta, kitob, plakat
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
rassomi sifatida ishlay boshladi. Gazetada ishlagan faoliyatida poligrafiya texnikasini yaxshi egallab oldi. Respublikada bezakli kitoblarni chop etish keng yo'lga qo'yila boshlandi. U o'z navbatida rassomga o'zining ijodiy nusxalarini ko'paytirish imkonini berdi.
V.Kaydalov qoraqalpoq eposi "Qirq qiz" dostoni ustida juda ko'p mukammal mehnat qildi. Dostonning asosiy qahramoni Guloyimning Qoraqalpoq xalqining mustaqilligi uchun kurashgani haqida hikoya qiladi. Guloyim xushomadlarni rad etib, dushmanlarga qarshi kurashish maqsadida qirqta qizni saroyga yig'adi. Qalmiq xoni Surtayshoh qizlar vatani Sarxonga xujum qiladi. Jangda Guloyimning otasi halok bo'ladi. Dushman hamma yoqni vayron qilib, xalqni asir oladi. Guloyim qirq dugonasi bilan xalqning ozodligi uchun kurashib dushmandan qasdini oladi, jasorat ko'rsatib g'alabaga erishadi. Kitob muqovasi qirqta qizning sardori navqiron, romantik Guloyim portreti bilan boshlanadi. Doston Qoraqalpoq xalqining Vataniga muhabbat, sadoqat, haqiqat ozodlik uchun kurash g'oyalari bilan sug'orilgan. Guloyim portretidagi nozik psixologik obraz o'quvchi tasavvurini boyitadi.
O'zbek grafika san'ati qudratli Vatanimizda ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarga hozirjavob bo'lishga harakat qilmoqda. Ana shu intilishni amalga oshirishda sidqidildan ter to'kib ijod qilganlardan biri Qutlug' Basharovdir. Uning qator manzur va maqbul dastgohli rasmlari, kitob bezaklari o'zbek tasviriy san'atida faxrli o'rinni egallab kelmoqda.
Qutlug' Basharov asarlarida obrazlarning kuchli va ta'sirchan badiiy sayqal topganligi, atoqli grafika ustalari kashfiyotidan ijodiy foydalanishga moyillik borligini ko'ramiz.
Ikki muhim jarayon-milliy madaniyat an'analari, asoslari va hozirgi zamon suratkashligi tajribalarini o'zlashtirish shu kungi o'zbek grafikasini o'ziga xos uslubiy jarayonini tashkil etadi.
Ko'zlangan yuksak marralarga intilib, sidqidildan jasorat ko'rsatayotgan azamat paxtakorlarning mehnati Qutlug' Basharovning "Paxtakorlar" va "Paxta" turkumidagi linogravyuralarida o'z aksini topdi. Bu turkumdagi "Terimchilar" sahifasida uch dugonaning shodligi hayotiy va jozibali tasvirlangan. Hajman uncha katta bo'lmagan bu asarda uch xil xarakterdagi ayolni, ularning kayfiyatini jonli talqin etilganligini ko'ramiz. San'at korning "Onalik", "Hosil bayrami" linogravyuralari har jihatdan yuksak mahorat bilan ishlangan. "Onalik" asarida dala qo'ynida ter to'kib kelgan ona erkatoyiga mehr-la ko'krak berib termulayotgan, shirin orzular bilan yashayotgan insonni tasvirlaydi. Onalik baxtining jonli, hayotiy
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
talqinini topgan. "Hosil bayrami"da tog' bo'yi baland xirmon fonida shodlikning tarannum etilishi, baraka to'yining shodiyonasi to'la namoyon bo'lgan.
Harbiy - vatanparvarlik mavzuida asarlar yaratish tasvir ustalarining doimo diqqat markazida bo'lgan. Rassomning "Chegarada" triptixida xalqimizning tinch, osoyishta turmush kechirishlari yo'lida sergak turib posbonlik qilayotgan jasur chegarachilarning hayoti hikoya qilingan. U, shuningdek "Vatan posbonlari", "Hamisha sergak", "Dushman o'ta olmaydi" kabi linogravyuralarini yaratdi.
Qutlug' Basharov Alisher Navoiyni buyuk shoir-g'azal mulkining sultoni sifatida ko'rsatishga intildi. San'atkorning "Xamsa"dagi "Hayrat-ul-abror", "Sabbai sayyor", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Saddi Iskandariy" dostonlaridagi kul'minatsion voqealarni o'z mazmuniga monand qilib ishlangan ligoravyuralari (linogravyura-linolium yoki shunga o'xshash materiallarga o'yib ishlangan bo'rtma grafika tasvir) tomoshabinlar tomonidan yuqori baholanib kelmoqda.
REFERENCES
1. N.Abdullaev. O'zbekiston san'ati tarixi. Toshkent-2007 y.
2. Sh.Shoyoqubov. Zamonaviy O'zbekiston miniatyurasi. T.-2006 y.
3. A.Axmedov. O'zbekiston tarixi manbaalari.-Toshkent.-2001 y.
4. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS 'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.
5. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.
6. Qurbonova, B., & Yuldashev, I. (2022). MOVAROUNNAHRDAGI MADANIY HAYOTDA TASVIRIY SAN'AT TURLARIGA BO 'LGAN E'TIBOR. Research Focus, 7(2), 248-253.
7. Mamirjonovich, M. N., Jumadillayevich, S. R., & Anvarovich, M. A. (2021). The Role Of Historical Monuments In The Development Of Central Asian Architecture. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 1-5.
8. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.
9. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 7(2), 296-300.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
10. Курбанова, Б. М., Юнусалиев, М., & Арзиева, Н. (2022). ОСОБЕННОСТИ ТЕХНИКИ: АКВАРЕЛЬ, МАСЛО И ГУАШЬ. Research Focus, 7(2), 319-325.
11. Курбонова, Б., Ахмедова, Н., & Юлдашев, И. (2022). РАНГТАСВИР ТЕХНИКАСИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСУЛЛАРИ. Research Focus, 1(2), 231237.
12. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.
13. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.
14. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 167-173.
15. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). ТАЬАВАЬАЯ MUSTАQIL TА'LIMIDА АХBОRОT TЕХNОLОGIYАLАRINING CHIZMACHILIK FANIDAGI О'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 110-114.
16. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.
17. Бобоева, З. (2022). ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.
18. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL
19. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.
20. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛОКИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
CAHLATHHHHT YPHH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204-208.
21. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., Murodjon, K., & Makhpuzakhon, A. (2021). Drawing Tools And Design Elements In Geometric Drawing. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).
22. CynaÔMaHOBa, C., OMOHOB, & At3aM^OHOB, A. (2022). Annmep HaBOHH acapnapngaH ôagHHH ohhh TatnHM Myaccacanapnga TacBHpnn caHtarHH yKHTHm ^apaëHHga ^onganaHHmHHHr 3apypHtfra. Research Focus, 1(2), 272-277.
23. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.
24. A'Zamjonov, A. A. Z. (2022). UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO'LLARI MAVZUSI BO'YICHA AMALIY ISHLANMA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 56-60.
25. A'zamjonov, A., & Hamdamov, K. H. (2022). TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARI MAZMUNINING DAVLAT TA'LIM STANDARTLARI BILAN BOG'LIQLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 71-77.