Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT MASHG’ULOTLARI MAZMUNINING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI BILAN BOG’LIQLIGI'

TASVIRIY SAN’AT MASHG’ULOTLARI MAZMUNINING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI BILAN BOG’LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
577
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasviriy san'at / davlat ta'lim standartlari / me’morchilik / miniatyura / rangtasvir. / fine arts / state educational standards / architecture / miniature / painting.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A’zamjonov, A., Hamdamov, Ko‘hinur

Mazkur maqolada tasviriy san'at mashg'ulotlari mazmunining davlat ta'lim standartlari bilan bog'liqligi,tasviriy san’atni o’qitishda o’qituvchining e’tibor berishi lozim bo’lgan asosiy jihatlari,davlat ta’lim standartida tasviriy san’at ta’limi mazmuniga bo’lgan majburiy minimum talablar haqida to'liq bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE RELATIONSHIP OF THE CONTENT OF FINE ARTS COURSES WITH STATE EDUCATIONAL STANDARDS

In this article, the content of the visual arts classes is related to the state educational standards, the main aspects that the teacher should pay attention to when teaching fine arts, fine arts in accordance with the state educational standard. The mandatory minimum requirements for the content of horse training are fully explained.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT MASHG’ULOTLARI MAZMUNINING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI BILAN BOG’LIQLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARI MAZMUNINING DAVLAT TA'LIM STANDARTLARI BILAN BOG'LIQLIGI

Mazkur maqolada tasviriy san'at mashg'ulotlari mazmunining davlat ta'lim standartlari bilan bog'liqligi,tasviriy san'atni o'qitishda o'qituvchining e'tibor berishi lozim bo 'lgan asosiy jihatlari,davlat ta'lim standartida tasviriy san'at ta'limi mazmuniga bo 'lgan majburiy minimum talablar haqida to'liq bayon etilgan.

Kalit so'zlar: tasviriy san'at, davlat ta'lim standartlari,me'morchilik, miniatyura, rangtasvir.

In this article, the content of the visual arts classes is related to the state educational standards, the main aspects that the teacher should pay attention to when teaching fine arts, fine arts in accordance with the state educational standard. The mandatory minimum requirements for the content of horse training are fully explained.

Key words: fine arts, state educational standards, architecture, miniature, painting.

Hozirda har bir fan bo'yicha, shu qatori badiiy-estetik turkumdagi fanlardan davlat ta'lim standartlarining yaratilishi, uni hukumat tomonidan tasdiqlanishi katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan voqeadir. Mazkur standartlar O'zbekiston tarixida birinchi bor yaratilishi bo'lib, u respublikamiz maktablarida ta'limni yuqori ilmiy-metodik asosda tashkil etish hamda uni jahon standartlari darajasiga olib chiqishga sharoit yaratadi.

Standart davlat tomonidan qo'yilgan talablarni to'g'ri va benuqson bajarish uchun imkon berishi bilan bir qatorda amaliyotda qo'llanib kelayotgan dastur, darslik va metodik qo'llanmalardagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish hamda uni o'qitilishini talablar darajasini tashkil etish imkonini ham beradi. Shuningdek, u maktablarda ta'lim ishlarini nazorat qiluvchi tashkilotlar uchun ham asosiy hujjat vazifasini o'taydi.

A.A'zamjonov

FDU o'qituvchisi Hamdamov Ko'hinur

Farg'ona Davlat Universiteti san'atshunoslik fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Davlat standartiga ko'ra tasviriy san'at ta'limi mazmuni boshlang'ich sinflarda quyidagi to'rt yo'nalishda bayon etilgan:

1. Borliqni idrok etish.

2. Badiiy qurish-yasash.

3. Naturaga qarab tasvirlash.

4. Kompozitsion faoliyat.

Beshinchi - yettinchi sinflarda esa u quyidagi uch yo'nalishda o'z aksini topgan:

1. San'atshunoslik asoslari.

2. Naturaga qarab tasvirlash.

3. Kompozitsion faoliyat.

Mazkur yo'nalishlar bo'yicha tasviriy san'at o'quv predmetini o'qitishda har bir o'qituvchi asosiy e'tiborni nimalarga qaratilishini bilib olishi kerak bo'ladi. Tasviriy san'atni o'qitishda o'qituvchining e'tibor berishi lozim bo'lgan asosiy jihatlar quyidagilardan iborat:

1. O'quvchilarni borliqdagi (tevarak-atrofdagi) va san'at asarlaridagi nafosatni ko'rishga, idrok etishga va undan zavqlanishga hamda qadrlashga o'rgatish.

2. Bolalarni ijodiy, abstrakt, mantiqiy fikrlashga, ayniqsa ijodiy qobiliyatlari va fantaziyalarini o'stirishga yo'naltirish

3. Tasviriy, amaliy, me'morlik san'atlari yuzasidan nazariy, biroq umumiy, elementlar bilimlar berish.

4. O'quvchilarda kuzatuvchanlik, ko'z xotirasi, chamalash, fazoviy tasavvur kabi shaxs uchun muhim bo'lgan sifatlarni o'stirish.

5. Rasm va naqsh, haykal ishlash yuzasidan tasviriy malakalarni o'stirish.

6. Estetik his-hayajoni tarbiyalash va rivojlantirish.

7. San'atga qiziqishni o'stirish va muhabbatni tarbiyalash.

Bu vazifalar maktabda tasviriy san'at darsini olib boruvchi har bir o'qituvchini o'z kasbini mutaxassisi bo'lishligini talab etadi. Chunki, standart mazmuni mutaxassis o'qituvchilar uchun mo'ljallab tuzilgan.

Tasviriy san'at ta'limi davlat standarti san'atning uch turi tasviriy, amaliy va me'morchilik san'atlari mazmunini aks ettirgan bo'lib, u avvalo milliy O'zbek san'atini, uning badiiy an'analarini, ayrim mashhur O'zbek tasviriy, amaliy, me'morchilik san'atlari ustalarining hayoti va ijodini, O'zbekistonda san'atning bu turlari rivoj topgan markazlarni, O'zbekistondagi yirik san'at muzeylarini bilish tasviriy san'at o'quv predmetini vazifalaridan biri ekanligini qayd qiladi. Bundan maqsad milliy san'at vositasida o'quvchilarga badiiy ta'lim berish bilan bir qatorda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ularda shaxsni estetik, ahloqiy va mehnat tarbiyasini amalga oshirishdan iboratdir. Milliy O'zbek san'atini chet el va jahonning hozirgi zamon ilg'or san'atiga qaraganda kengroq va chuqurroq o'rgatishdan maqsad har bir O'zbek o'quvchisi o'z xalqining tarixini, adabiyotini bilishi shart ekanligi kabi, uning san'atini ham nisbatan kengroq bilishiga erishishdir. Milliy san'at ta'lim mazmunida poydevor bo'lishi lozim.

Ularni o'rganmasdan turib, yoshlarimiz badiiy madaniyatli shaxs bo'la olmaydi. Aks holda maishiy qobiqqa o'ralashib qolish oqibatida ular jahon standartlari darajasiga chiqa olmaydilar. Ayniqsa yoshlarimiz qadimgi Misr, Yunoniston, Hindiston me'morchiligi, Afg'oniston, Iroq, Turkiya miniatyura rangtasvir asarlari, Yevropada uyg'onish davri tasviriy san'ati, rivojlangan G'arb mamlakatlarining hozirgi zamon tasviriy va me'morchilik san'ati namunalarini o'rganmasdan va bilmasdan turib madaniylashgan shaxs bo'lish mumkin emas.

Davlat ta'lim standartlari talablarini faqat o'quv rejalarida ajratilgan vaqt hajmida muvofaqqiyatli bajarib bo'lmaydi. Chunki, yuqorida qayd qilinganidek, ta'lim mazmuniga doir o'quv-metodik majmualar, moddiy texnikaviy asos, yuqori malakali o'qituvchilarning yetishmasligi, mavjud muammoni birmuncha murakkablashtiradi. Bu esa o'quvchilarning darsdan va maktabdan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etishni samarali shakllari va yo'llarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. Mazkur muammo bevosita o'quvchilarning mustaqil ishlari uchun tegishli adabiyotlar, xrestomatik materiallar, moddiy-texnikaviy materiallar, o'quv va metodik yo'l-yo'riqlarni ishlab chiqish bilan bog'langan. Hattoki, bu masalada ota-onalarning vazifalari, ish mazmuni haqida o'ylab ko'rish, ularga ma'lum yo'l-yo'riq va tavsiyalar berish foydadan holi emas. Masalaga ana shunday yondashuv ta'lim standartlarida ko'rsatilgan bilim va malakalarning minimum darajasini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishgacha ta'sir ko'rsatibgina qolmay, balki uni maksimumga ko'tarish imkonini ham beradi.

Ma'lumki, bolalarning ta'lim standartlari asosida olgan bilim va malakalarini qanday o'zlashtirganlik darajasini ham tekshirib boriladi. Bu esa standartni sinflar bo'yicha ishlab chiqish lozimligini taqozo etadi.

U tasviriy, amaliy, me'morchilik san'atlari bo'yicha atama va iboralar, tushuncha va mahlumotlar, o'zlashtirilishi lozim bo'lgan malakalarni o'z ichiga oladi. Bu materiallarni bolalar tomonidan o'zlashtirilishini nazorat qilishda esa ularning bilimlarini tekshirishga doir test materiallarini, bolalar tomonidan bajarilgan tasviriy ishlarni baholash mezonlari va boshqa materiallar tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi. Ular o'z o'rnida o'quvchilarning bilim va malakalarini tez va oson baholash imkonini beradi.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Davlat ta'lim standartida tasviriy san'at ta'limi mazmuniga bo'lgan majburiy minimum talablar bayon etilgan, o'qituvchi uni bajarishi shart. Lekin o'qituvchi shu bilan chegaralanib qolmasdan uni chuqurlashtirishga harakat qilishi lozim.

Biroq ta'lim mazmunini yuqori darajaga olib chiqaman deb bolalarga keragidan ortiq talablar qo'yish, ularni qiynash ham mumkin emas.

Davlat ta'lim standartlari bo'yicha boshlang'ich maktablarining to'rtinchi sinfini bitiruvchi o'quvchilar bevosita quyidagilarni bilishlari lozim:

Tasviriy san'at darslarida ishlatiladigan ish qurollari va materiallarni, al'bom, qalam, mo'yqalam, stek bo'yoq, palitra, guash', akvarel';

-rang nomlarini - oq, qora, qizil, sariq, moviy, yashil, zarg'aldoq, binafsha, zangori, jigarrang, kulrang, och qizil, to'q qizil, moshrang, sabza, pushti, qirmizi, pitoqi, lojuvard;

- tasviriy san'at darslarida ishlatiladigan o'quv qurollari bilan to'g'ri munosabatda bo'lish qoidalarini;

- 15 ta atrofida ijod qiluvchi rassom va haykaltaroshlarning ismi va familiyasini hamda ularni asarlarining nomlarini;

4-5 ta loydan xalq o'yinchoqlari va kulolchilik buyumlarni yaratuvchi kulollarning ismi va familiyasini;

1. asosiy va hosila ranglarni, xromatik va axromatik ranglarni, iliq va sovuq ranglarni;

2. naqsh turlarini-yo'lsimon naqsh, to'rtburchak naqsh, kvadrat naqsh, doira naqsh;

3. amaliy san'atda ishlatiladigan gul nomlarini-barg, dubarg, sebarg, oygul, bodom, shobarg, paxtagul;

4. amaliy san'atda ishlatiladigan atamalarni -rassom, rang, rasm, shakl, applikatsiya, ritm, simmetriya, asimetriya, suvrat, format;

5. badiiy qurish-yasash ishlarida ishlatiladigan-badiiy, tabiiy va tashlandiq materiallarni.

Boshlang'ich maktablarining to'rtinchi sinflarini bitiruvchi o'quvchilar quyidagi malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirishlari lozim:

Oddiy qalam, mo'yqalam, stek, qaychi bilan ishlay olish; to'g'ri og'ma va egri chiziqlar chizish; oddiy narsalarning shaklini qalam, mo'yqalam steklar bilan tasvirlay olish; ma'lum o'lchovdagi chiziqni bir nechta teng bo'laklarga bo'lish; akvarel' va guash bo'yoqlaridan to'g'ri foydalana bilish, bo'yoqni eritish, aralashtirish; asosiy ranglarni aralashtirish orqali hosila ranglarni olish; eng sodda naqshlar chiza olish; rasm, suvrat va illyustratsiyalarda ifodalangan tabiat hodisalari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

(yil fasllari, ob-havo), qush, hayvon va odamlaming xarakterli holatda tasvirlay olish; manzara va turmush janridagi suvratlar haqida elimentar fikr yuritish (menga yoqdi, hammasidan ham yoqdi, yoqmadi kabilar); loy va plastilin, tabiiy, badiiy va tashlandiq materiallar bilan ishlay olish; belgilangan qog'oz yuzasini tekis bo'yash; tabiat manzaralaridagi go'zallikni idrok etish va undan zavqlanish; haykal ishlaganda ulardagi obraz va narsalarni o'zaro bog'liq holda tasvirlash; loydan ishlangan o'yinchoqlarni guashg' bo'yog'i bilan bo'yay olish; rasm ishlaganda qog'oz o'lchovi va formatini to'g'ri olish; tevarak-atrofdagi tabiat manzaralari va mehnat jarayonlaridagi go'zalliklarni ko'ra olish va ulardan zavqlanish; tavsiya etilgan ertak va hikoyalar mazmuni asosida rasm va haykal ishlash; narsalarni rasmini chizmasdan turib ularni shaklini mo'yqalam bilan tegizib olish yo'li bilan hosil qilish; ijodiy tarzda yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak, doira shaklida naqshlar ishlay olish, naqshlar ishlashda geometrik va o'simliksimon unsurlardan bemalol foydalana olish; narsa va hodisalarning fazoviy holatini rasmda tasvirlay olish; bola o'zi yasagan haykalga bezak unsurlarini stek yoki qo'l bilan hosil qila olish; mavzu asosida rasm ishlaganda ulardagi asosiy va qiziqarli unsurlarni kompozitsiyada joy, o'lchov va rang jihatdan ajratib tasvirlash.

Yettinchi sinfni bitiruvchi o'quvchilar quyidagilarni bilishlari lozim: Tasviriy san'at yuzasidan:

-rassomlarning asosiy ish qurollari va ishlatadigan materiallarni-molbert, etyudnik, xolost, mo'yqalam, mastexin, bo'yoqlar (yog'li akvarel', guash', v.b.) pastel, sous, ugol, sangina v.b.;

-haykaltaroshlarning asosiy ish qurollari va ishlatadigan materiallarini - dastgoh, bolg'a, stek, loy, tosh, yog'och, v.b.;

-grafikachi rassomlarning ish qurollari va ishlatadigan materiallarini; -rangtasvirda ishlatiladigan atamalarni (natura, fon, perspektiva, chiziqli perspektiva, rang perspektivasi, havo perspektivasi, ufq chizig'i) eskiz, yorug', soya, blik, refleks, shaxsiy soya, tushuvchi soya, janr, kompozitsiya, reproduktsiya, avtoportret, freska, mozayka, vitraj, dastgohli rangtasvir, miniatyura rangtasviri, monumental rangtasvir, dekorativ rangtasvir, qoralama, ranglama, etyud, original, slayd, kolorit, gamma, mumtoz san'at;

-haykaltaroshlikda ishlatiladigan ayrim atamalarni dastgohli haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik, plastik haykaltaroshlik, dekorativ haykaltaroshlik, relef, gorelef, barel'ef;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- grafikada ishlatiladigan asosiy atamalarni - gravyura, linogravyura, litografiya, ksilografiya, estamp, gazeta jurnal grafikasi, karikatura, zarhal, harf, boshbezak, yakuniy bezak, zarvaraq, illyustratsiya, etiketka, upakovka;

O'zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi rangtasvir va haykaltaroshlik namunalarini;

O'zbekistonning hozirgi zamon tasviriy san'atini;

-tasviriy san'atning janrlarini-manzara, turmush, natyurmort, tarixiy, batal, portret, afsonaviy, animal;

-rang nomlarini-bargikaram, gulnor, nilgun, malla, sadaf, lojuvard, shingob, novvoti, tO'tiyo, feruza, novshadil, tillarang, kumush rang;

O'zbekiston va jahonning dunyoga mashhur 5,6 rassomning hayoti va ijodini; -rangtasvir, haykaltaroshlikda, grafikada ijod qiluvchi 50, 60 rassom, haykaltarosh, grafikachilarning ismi va familiyasi hamda ularning asarlarini; -tasviriy san'atdagi asosiy oqimlarni;

-sharq miniatyura rangtasviri maktablarini. Bu materiallarni bolalar tomonidan O'zlashtirilishini nazorat qilish, ularning bilimlarini tekshirish alohida ahamiyat kasb etadi. Dars samarali bo'lishi uchun har bir o'qituvchi ko'rsatilgan namunalar bilan chegaralanib qolmasligi lozim, imkoni boricha ularni boyitib borish mashg'ulotlarining qiziqarli bo'lishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at ta'limi kontseptsiyasi.-Toshkent, 1995.

2. Azimova B. Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi.-Toshkent: O'qituvchi, 1984.

3. Oydinov N. Rassom-o'qituvchilar tayyorlash muammolari. -Toshkent; O'qituvchi, 1997.

4. Bulatov S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati.-Toshkent: Mehnat, 1994.

5. Nabiev M. Rangshunoslik.-Toshkent; O'qituvchi, 1995.

6. Bulatov S. Amaliy san'at qisqacha lug'ati.-Toshkent: HBM, 1992.

7. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

8. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

0

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

9. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

10. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

11. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

12. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

13. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

14. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

15. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

16. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

17. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

18. Akbarjonovna, B. Z., & Ruzimuhammad, A. (2021). FACTORS FOR FORMING STUDENTS'VIEWS THROUGH THE FINE ART. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 197-200.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.