Научная статья на тему 'BADIIY YO‘NALISHDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY SAN’ATDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK NAZARIYA VA TA’LIM AMALIYOTIDAGI TAHLILI'

BADIIY YO‘NALISHDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY SAN’ATDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK NAZARIYA VA TA’LIM AMALIYOTIDAGI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
103
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
perspektiva / obyekt / ko’rish nuqtasi / ko’rish chizig’i / ufq chizig’i / focus nuqtasi / rang / shakl / konstruksiya / tasviriy vositalar / mazmun. / perspective / object / point of view / line of sight / horizon line / focus point / color / shape / construction / visual means / content.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sulaymanova, Sevaraxon Bahodirjon Qizi

Ushbu maqolada badiiy oliy ta’lim muassasalarida Tasviriy san’at fanida perspektivaning roli va perspektivaning rivojlanish tarixi hamda uning pedagogik nazariyasi va rassomlarning ijodida perspektivaning tahlili haqida aytilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS IN PEDAGOGICAL THEORY AND EDUCATIONAL PRACTICE OF IMPROVING THE METHODOLOGY OF OBSERVING PERSPECTIVE IN FINE ARTS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS IN ART DIRECTION

This article talks about the role of perspective and the history of the development of perspective in Fine Arts in art higher education institutions, as well as its pedagogical theory and the analysis of perspective in the work of artists.

Текст научной работы на тему «BADIIY YO‘NALISHDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY SAN’ATDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK NAZARIYA VA TA’LIM AMALIYOTIDAGI TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

BADIIY YO'NALISHDAGI OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY

SAN'ATDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK NAZARIYA VA TA'LIM

AMALIYOTIDAGI TAHLILI

Sulaymanova Sevaraxon Bahodirjon qizi

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada badiiy oliy ta'lim muassasalarida Tasviriy san'at fanida perspektivaning roli va perspektivaning rivojlanish tarixi hamda uning pedagogik nazariyasi va rassomlarning ijodidaperspektivaning tahlili haqida aytilgan.

Kalit so'zlar: perspektiva, obyekt, ko'rish nuqtasi, ko'rish chizig'i, ufq chizig'i, focus nuqtasi, rang, shakl, konstruksiya, tasviriy vositalar, mazmun.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассказывается о роли перспективы и истории развития перспективы в изобразительном искусстве в художественных вузах, а также ее педагогической теории и анализе перспективы в творчестве художников.

Ключевые слова: перспектива, объект, точка зрения, линия взгляда, линия горизонта, точка фокусировки, цвет, форма, конструкция, изобразительные средства, содержание.

ABSTRACT

This article talks about the role of perspective and the history of the development of perspective in Fine Arts in art higher education institutions, as well as its pedagogical theory and the analysis ofperspective in the work of artists.

Key words: perspective, object, point of view, line of sight, horizon line, focus point, color, shape, construction, visual means, content.

KIRISH

Talabalar tasviriy san'atda perspektiva qoidolariga amal qilish kompetentsiyasi tasviriy san'at ta'limining sifati va samaradorligiga bevosita ta'sir etuvchi omillar sirasiga kiradi. Bu jarayonning uzluksiz zanjirida kuzatish-anglash-estetik idrok etish-baholash-shaxsiy munosabat bildirish mantiqiy ketma-ketlikda shakllantirib boriladi. Talabalarda bu zanjirdagi barcha komponentlarning mavjudligi badiiy-estetik ta'limning sifati va samaradorligini ta'minlashning asosiy shartlaridan biridir. Zero,

yakuniy natija nafaqat borliqdagi, undagi voqea va hodisalardagi, san'at asarlaridagi

16

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

go'zallikni estetik idrok eta bilish, balki bevosita tasviriy-ijodiy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etish uchun perspektivani qoidalardan foydalanish o'ziga xos zamin vazifasini o'taydi. Chunki obyekt, naturani perspektivaning qonuniyatlari asosida tasvirlash uchun mumtoz namunalar - professional rassomlarning kartinalarini kuzatish, ularni malakali badiiy tahlil qilish malakalari shakllangan bo'lishi, shaxsiy tasviriy-ijodiy faoliyatni olingan taassurotlar asosida tashkil etishga oid bilimlarni tarkib toptirish talab etiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Tasviriy san'at ta'limda perspektivaga rioya qilish metodikasini takomillashtirish bo'yicha B.Azimova, B.Jabborov, J.Majidov, M.Nabiev, X. Egamov, M. Shahodatov, K.Oqilova, A.Xakimov, A.Egamberdiyev, T.Maxmudov, N.Oydinov, A.Eshonqulov, E.Umarov, A.Madraimov, N.Noqulov, G.Pugachenkova, I.Rempel, B. Hamdamiy, A.Sulaymonov va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan.

Sharq miniatyura asarlarida perspektivaga amal qilinmagan. Ularda yaqindagi narsalar pastroqda, uzoqdagi narsalar esa qog'ozning yuqori qismida, lekin bir xil kattalikda ma'lum darajada perspektiva qoidalarga rioya etib tasvirlangan.

Yevropaning XIII asrdagi olimlaridan Bekon, Vitelo va Pekamlar optika bilan bevosita shug'ullanganlar. Rodjer Bekon (1214-1292 yillarda) ko'zoynaklar nazariyasini ishlab chiqdi. Polyak me'mori Vitelo (1225-1280 yillarda) o'ptikaga oid o'nta kitobini "Perspektiva" deb atadi.

Perspektivaning shakllanishi uchun eramizdan bir necha yil avval yashagan ba'zi qomusiy olimlar o'zlarining fikrlari bilan xizmat qilgan. Bularga Exsila (eramizdan 525-456 yil avval), Anaksagora (eramizdan 500 yil avval), Demokrit (eramizdan 460-370 yil avval), Eliodor Larneskiy (eramizdan 400 yil avval) va boshqalarni misol tariqasida keltirib o'tishimiz mumkin.

Italiyalik olim, rassom va haykaltarosh Leon Battista Albertining (1404-1472 yillarda) "Rassomlik haqida" va "Me'morchilik haqida" kabi kitoblari pespektivaga oid yaratilgan ilk salmoqli adabiyot sifatida yuqori bahoga munosibdir.

Yana bir italiyalik rassom Pero della Franchesko (1416-1496 yillarda) ham "Rassomlikda qo'llaniladigan perspektiva haqida" nomli kitob yozib qoldirgan.

Uyg'onish davrining yorqin namoyondasi hisoblanmish Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillarda) perspektivaga doir shakllangan barcha ma'lumotlarni o'zlashtirgan holda o'zining ham noyob, o'ta yangi g'oyalari bilan uni rivojlantirdi. Leonardo da Vinchi chiziqli va havo perspektivalarga oid dastlabki qonuniyatlarni ko'rsatib berdi hamda kuzatuvchiga nisbatan obyekt qirralarining uzoqlashishi ularni

17

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xiralashib ko'rinishiga sabab bo'lishini aniqladi. Bu buyuk siymo o'z asarlarining birida "Perspektiva tasviriy san'atning rolidir" deb yozgan edi.

Nemis rassomi Albrext Dyurer (1471-1528 yillarda) o'zining 1523 yilda nashr qilingan "Sirkul va qoidalar bilan o'rganish uchun ko'rsatmalar" risolasida tekislikda perspektiv tasvirlarni yasash uchun obektning ortogonal proeksiyasida tasvirlarni ishlash usulini ishlab chiqqan. Dyurer radial (nurlar izi) usuliga asos solgan va birinchi bo'lib perspektiva apparatidagi ko'rish nuqtasining qo'zg'almas ekanligini isbotlagan.

Andrea del Patsso italiyalik me'mor va rassom (1642-1709 yillarda) Ubaldining ishini davom ettirdi va turli-tuman ilmiy g'oyalari bilan uni boyitdi. U tsilindr sirtli shiftga rasm ishlagan bo'lib, uni kuzatuvchi maxsus belgilangan bitta joydagi nuqtadan kuzatishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Ana shu nuqtadan kuzatgandagina sirt ichidagi manzara o'ta jozibali ko'rinadi. Boshqa nuqtalardan kuzatilganda esa asardan olinadigan zavq kuchi kamayadi. Demak, Andrea Patsso turli sirtlarda perspektiv tasvir yasash bilan shug'ullangan va kuzatish nuqtasi o'rnini maqsadga muvofiq tanlashni ko'rsatib bergan. Uning "Nafis san'atchilar va me'morchilik perspektivasi" asari 1693 yil Rimda nashr qilingan bo'lib, unda perspektivaning barcha turlariga oid yakuniy xulosalar berilgan. Asarda chiziqlardan kamroq foydalanish orqali ham tuzilishi murakkab bo'lgan obektlarning perspektivasini qurish qoidalari tavsiya sifatida ko'rsatib o'tilgan.

Gvido Ubaldi del Monte italiyalik (1545-1607 yillarda) "Perspektivadan oltita kitob" nomli asarini 1600 yilda yozgan. Gvido Ubaldi o'z asarlarida tsilindr, konus, sfera sirtlarida tasvirlar yasash qoidalarini ko'rsatib berdi. Shuningdek, tekis shakllarning perspektivasini qurish va shu perspektiv tasvirga ko'ra shakllarning haqiqiy kattaliklarini aniqlash kabi masalalarni ham hal qilgan.

Bundan tashqari rassom, olimlar aynan shunday mazmundagi faoliyat bilan Paolo Uchchelo di Dino (1397-1475 yillarda), Petro Perujino (1446-1523 yillarda), Albrext Dyurer (1471-1528 yillarda), Vinola (1507-1578 yillarda) va Yan Fridman Friz (XV-XVI asrda) lar shug'ullanganlar hamda o'z asarlarida o'ziga xos perspektiva qoydalarini qo'llash uslublarini tadqiq etganlar. Uyg'onish davrining buyuk siymolaridan Bramante (1444-1514 yillarda), Mikelandjelo Buanarroti (14751561 yillarda), Rafael Santi (1483-1520 yillarda)lar chiziqli, panoramali, qubbali perspektivalar bilan shug'ullanganlar va rivojlantirganlar.

Fransiyalik matematik va me'mor Jirar Dezargning (1593-1662 yillarda) "Narsalarni perspektivada tasvirlashning umumiy usuli" asari 1636 yilda nashr qilingan bo'lib, unda perspektiv tasvirni koordinatalar usulida bajarish to'g'risidagi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ma'lumot o'rin olgan. Olimning 1638 yilda chop etilgan "Konusning tekislik bilan uchrashgan paytida sodir bo'luvchi hodisalarga oid yondashishlarning qoralamasi" nomli kitobi anchagina mashhurlikka ega. Dezarg kashf etgan yangi qoidalari uni proektiv geometriya asoschisi ekanligini ham ko'rsatib beradi.1

Chiziqli perspektivada soyalar yasash nazariyasini to'la yoritgan va perspektiv tasvir yasashda qo'llaniladigan mexanik asbob perspektografni yaratgan shaxs golland matematigi Gravezandt hisoblanadi.

Fransuz matematigi va injeneri Gospar Monj (1746-1818 yillarda) chizma geometriya faniga asos solib, "Geometric descriptive" asari 1798 yilda nashr etildi.

Chizma geometriya tez sur'atda rivojlanib, perspektivaning yangi bo'limlari kinoperspektiva, stereoperspektiva, aerofotoperspektiva va boshqalar shakllandi.

XVII-XVIII asrlardagi rus rassomlari perspektiva nazariyasini yaxshi o'zlashtirib, undan samarali foydalandilar. Rassomlar Akademiyasining birinchi rus professori A.P. Losenko (1737-1773 yillarda) o'z o'quvchilaridan odam anatomiyasi va perspektivani bilishni talab qilgan.

Rus rassomi A.G.Venetsianov (1780-1847 yillarda) ilmiy bilimsiz va perspektiva qonuniyatlarisiz rassom arzigulik biror asar yarata olmasligini ta'kidlagan.

1834 yili rassom A.P. Sapojnikovning "Rasm chizish kursi" nomli o'quv metodik qo'llanmasi nashr qilindi. Ushbu kitobning katta bir qismi perspektiva qoidalariga bag'ishlangan.

Rus rassomi N.N. Ge (1831-1894 yillarda) perspektivani rasmdan ajratish mumkin emasligini, uni har bir rassom bilishi shartligi, rasmni avval chizib, keyin uni perspektiva qoidasi bilan to'g'rilash kabi teskari ish qilmaslik kerakligi va perspektiva rassomlar ishida yo'lchi ulduz bo'lishini yozib qoldirgan.

Professor N.A. Rinin (1887-1943 yillarda) o'zining "Tasvirlash usullari" (1916 yil), "Perspektiva" (1918 yil), "Chiziqli perspektiva elementlari" (1933 yil), "Kinoperspektiva" (1939 yil) nomli kitoblarida perspektivaning barcha bo'limlarini to'la yoritib berdi. Uning "Perspektiva" kitobi hozirgi kungacha rassomlar uchun eng qadrli hisoblanadi.

Shuningdek, ko'pgina olimlar ham yozgan asarlari bilan perspektiva fani rivojiga o'z ulushlarini qo'shganlar. Masalan, D.I. Kargin (1880-1949 yillarda), A.I. Dobryakov (1895-1947 yillarda), professor N.N. CHernetsov "Perspektiva" (1927 yil), N.I. CHechelov "Perspektiva" (1933 yil), I.P. Mashkov ''Tekislikda chiziqli perspektiva" (1935 yil), M.V. Fedorov "Rasm va perspektiva" (1960 yil),

1 Макарова. М.Н. "Перспектива", "Просвещение", Москва. 1984.

19

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

A.G.Klimuxin "Perspektiva va soyalar"(1967 yil), A.P. Barishnikov "Perspektiva" (1955 yil), V.Ye. Peterson "Perspektiva" (1970 yil), G.A. Vladimirskiy "Perspektiva" (1952 yil), S.A. Solovyov "Perspektiva" (1981 yil) va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin..

O'zbek olimlaridan Perspektiva bo'yicha birinchi bo'lib dotsent Ikromjon Raxmonov 1973 va 1993 (ikkinchi to'ldirilgan nashri) yillarda "Perspektiva" nomli o'quv qo'llanmani, dotsent Po'lat Odilov "Perspektivada pozitsiyon va metrik masalalar yechish" (1999 yil), "Perspektiva" (2000 yil) nomli metodik qo'llanmalarni yaratdi. Shuningdek, u "Chizma geometriya kursi" (1988 yil) darsligining "Perspektiva"ga oid bo'limini yozgan. Dosent A'zam Valiev (2009 yil) tomonidan "Perspektiva" nomli o'quv qo'llanmani oliy ta'lim mussasalari tomonidan foydalanib kelinmoqda.

MUHOKAMA

Talabalar tasviriy san'atda perspektivaning qonuniyatlari asosida badiiy tahlil qilish malakalarini shakllantirish jarayoni ikki yo'nalishda amalga oshiriladi.

Birinchi yo'nalishda talaba bevosita o'quvchilarda naturani, tasvir obyektini kuzatish, perspektivaning qonuniyatlari begilab olish, tahlil qilish malakalarini shakllantirish yo'nalishida ish olib boradi. Bu jarayonda tushuntirishning turli usullari, yondashuvlaridan foydalanadi. Tahlil qilishning zamonaviy va tushuntirish uchun qulay bo'lgan usullaridan biri "minusovka" texnologiyasidir. Unda obyekt (tasviriy san'at ta'limining perspektivaning qonuniyatlari asosida naturadan tasvirlash darslarida ishlanadigan natura)ning kompozitsion tuzilishini aynan nega shunday ekanligini tushuntirish uchun naturadagi predmetlar bittadan olib tashlanadi. Natijada kompozitsiya(natura)dagi predmetlarning o'zaro mantiqiy aloqadorligi yo'qolib borishi yaqqol namoyo bo'ladi. Bu texnologiyaning ta'limiy samaradorligi shundaki, obyektni tahlil qilish jarayonida talabalar predmetlarning shakli, rangi, nisbalari, makondagi o'rni, perspektiv tuzilishi kabi parametrlari haqida kerakli tasavvurlarga ega bo'ladilar. Natijada ularning tasviriy faoliyati perspektivaning qonuniyat asasida kompozitson tugallik, mazmun va mohiyatiga ko'ra mantiqiylik asosida tashkil etiladi. Ikkinchi yo'nalishda talabalar bilan bevosita tasviriy san'at asarining kompozitsiyasini perspektiva qonuniyatlariga amal qilingan nazariy qoyidalarni tahlil etish borasida ish olib boriladi.2

Talabalarda tasviriy san'at asarlarini perspektiva asosida badiiy tahlil qilishning bir qator parametrlari mavjud. Tasviriy san'at asarining perspektiv

2 Е.Аксенова, Ю.Аксенов. Перспектива. Учебное пособие. Москва.: 1974 г. С. 46.

20

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kompozitsion tuzilishini, yechimini chiziqlar vositasidagi yechimni tahlil etish talabalarga o'rgatilishi lozim bo'lgan asosiy parametrlardan biri hisoblanadi. Dastlab talabalarda perspektivadan ufq chizig'i haqidagi bilimlar shaklantiriladi. Chunki bu omil tasvir obyektiga nisbatan rassomning kuzatuv nuqtasining yondashuvini belgilab beradi. Masalan, manzarachi rassom asosan osmondagi holat - bulutlar, qushlarni tasvirlashni asosiy obyekt sifatida tanlaydigan bo'lsa, ufq chizig'ini imkon qadar pastdan oladi. Aksincha, osmonga minimal tarzda e'tibor qaratib, asosiy obyekt sifatida bog'-rog'lar, tabiatdagi ko'rinishlar, undagi jarayonlarni tasvirlamoqchi bo'lsa, ufq chizig'ini yuqoriroq olish orqali tasvirlash maydonini kengaytiradi. Bunday tahlilni tasviriy san'atning boshqa janrlarida yaratilgan asarlar misolida ham ko'rib chiqish mumkin. Bu parmetrlarni turli texnologiyalar vositasida tushuntirish talabalarning tasavvurlarini ongli ravishda shakllanishini ta'minlaydi. Natijada talabalarda tasvir obyektiga nisbatan perspektivaning qonuniyatlari asosida yondashuv malakalari shakllanadi va ijodiy-tasviriy ishlar tasviriy savodxonlik talablari darajasida bajarilishi ta'minlanadi, ya'ni tasviriy san'at ta'limi sifati va samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan ta'limiy jarayon sodir bo'ladi. Tevarak-atrofimizda joylashgan narsalarning ko'zimizga asl holidan boshqacharoq ko'rinishi va bu holatning sabablarini o'rganish perspektiva fanining shakllanishiga sabab bo'ldi. Masalan, turli ko'za va chelaklarning aylana qismalari umumiy vaziyatda ellips yoki to'g'ri chiziq holatida, o'zaro parallel bo'lgan temir yo'l relslari esa bizdan uzoqlashgan sari bir nuqtada uchrashgandek bo'lib ko'rinadi. Balandliklari bir xil bo'lgan simyog'ochlarning uzoqda joylashganlari boshidagilarga nisbatan kichik o'lchamda ko'rinadi. Bunday hodisalar biror qonuniyatga asoslanishini "Perspektiva" fani to'laqonli yoritib beradi.

Perspektiva - tasviriy san'atning grammatikasidir, chunki yaratilgan har qanday realistik rassomlik asari perspektiva qonuniyatlari asosida bajariladi yoki bajarilishi shart. Shundagina bu asarning to'g'ri qurilganligi yoki hayotiyligi ta'minlanadi. Agar tasviriy san'at asari bu qoidalarga amal qilinmasdan yaratilsa, ilmli kuzatuvchilar "bu rasmda perspektiva yo'q", oddiy kuzatuvchilar "bu rasmdagi narsalar o'ziga o'xshamabdi" deydilar. Perspektiva fani realistik rasm yaratish uchun ilmiy manbaa vazifasini o'taydi va narsalarni ko'z o'ngimizda qanday ko'rsak, shunday tasvirlashga yordam beradi. Perspektiva rassomlar amaliyotida rasm tuzilishini to'g'ri bajarish, arxitekturada qurilayotgan binoning kompozitsiyasini loyiha bosqichida tekshirib, unga tuzatishlar kiritish, aerofotogeodeziyada yuqoridan olingan suratlar orqali obyekt o'lchamlarini aniqlash, kriminalistikada avvaldan harakatda bo'lib to'qnashgan mexanizmlarning harakatini tiklash uchun, shuningdek,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

optika va boshqa sohalarda ishlatiladi.3 Biroq yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib, taxlillar shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda tasvriy san'at va perspektiva o'rtasida bog'liqlik ko'zga tashlanadigan darajada ajralib qolgan desak xato qilmagan bo'lamiz. Bu esa oliy ta'lim muassasalarida tasvriy sana'at dars mashg'ulotlarida perspektiva qonun va qoyidalarini qo'lashga oid mavzularni kiritish ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.

XULOSA

Tasviriy san'at asarlarini badiiy tahlil qilishda talabalarda uning perspektiv "qurilishi"ni to'g'ri ko'ra olish malakalarini shakllantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki tasviriy san'atning barcha turlari va janrlaridagi asarlar perspektiva qonuniyati asosda yaratiladi. Perspektiva qonuniyatiga amal qilmagan holda yaratilgan har qanday tasviriy san'at asari o'ziga xos jozibasini yo'qotishi talabalarga tushuntirilishi lozim bo'lgan parametrlar sirasiga kiradi. Bu borada to'g'ri va noto'g'ri baholangan ishlarni ekranga tushirish vositasida namoyish etib, qiyosiy tahlil metodi asosida tushuntirib berilishi talabalarda badiiy tahlil malakalarini samarali shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, talabalarda tasviriy san'at asarlarining rangtasvir va qalamtasvir yechimlarini tahlil qilishga oid nazariy bilimlarini shakllantirish jarayoni biroz murakkab kechishi mumkin. Kuzatuvlar jarayonida aniqlangan murakkabliklarni quyidagi omillar bilan izohlash mumkin.

Odatda, tasviriy san'at asarlarini akademik usulda yaratilgan namunalarida barcha narsalar, shu jumladan ranglar ham realistik yondashuv asosida hal etiladi. Oliy ta'lim mussasalari tasviriy san'at ta'limida bu yondashuvning o'ziga xos xususiyatlarini o'rgatish sohaning Davlat ta'lim standartida belgilangan asosiy talablardan biridir. Biroq tasviriy san'at asarlarida ranglar gammasi (turli rang va tusdagi bo'yoqlardan foydalanish) hamda uning koloriti (ayni paytda kartina rangida bir tusning ustuvorligi, boshqa ranglarni unga bo'ysundirilganligi) nuqtai nazaridan idrok etilishi murakkb jarayon hisoblanadi. Shuning uchun talabalarga badiiy tahlilning bu jihatlarini tushuntirishda asosiy va qo'shimcha ranglar, hosila ranglar haqidagi boshlang'ich sinflarda egallangan dastlabki tasavvurlar rassomlarning kartinalarini tahlil etish jarayonida takomillashtirib boriladi. Asarlarni badiiy tahlil etishda ularda ranglardan ramziy ma'no kasb etuvchi vosita sifatida foydalanish amaliyoti ham mavjud. Tabiiyki, talabalarga tasviriy san'at asarlarini badiiy tahlil etishga oid o'quv materiallarini taqdim etishda ranglar va shakllarning ramziy ma'nolari haqida ham tushuntirish berish lozim. Aks holda ularda tasviriy san'at

3 N.A.Valiyev. Perspektiva. (Pedagogika oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma). T: Voris nashriyot. 2009 y. 4-5-betlar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

asarlarida qo'llanilgan ramziylikning mantiqiyligini anglash qiyin kechadi. Shu tariqa tasviriy san'at asarlarining mazmun va shakl, kompozitsion yechim va uning mantig'ini belgilashda yuqorida keltirilgan parametrlarning ahamiyati haqidagi bilimlarni shakllanganligi talabalarni tasviriy san'at darslarida o'quv topshiriqlarini perspektiva qoyidalari asosida savodli bajarishlariga zamin yaratadi. Bu ko'rsatgich esa tasiriy san'at ta'limi sifati va samaradorligini oshirishning muhim talablaridan biridir.

REFERENCES

1. Макарова. М.Н. "Перспектива", "Просвещение", Москва. 1984.

2. N.A.Valiyev. Perspektiva. (Pedagogika oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma). T: Voris nashriyot. 2009 y.

3. Е.Аксенова, Ю.Аксенов. Перспектива (Учебное пособие). Москва.: 1974.

4. Курбанова, Б. М. (2022). БУЛАЖАК ТАСВИРИЙ САНЪАТ У^ИТУВЧИЛАРИНИ МАКТАБ У^УБЧИЛАРИДА БАДИИЙ ТАФАККУРНИ ШАКЛЛАНТИРИШГА ТАЙЁРЛАШНИНГ ДИДАКТИК ИМКОНИЯТЛАРИ. УЧИТЕЛЬ, 3(4).

5. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

6. Курбонова, Б. М., & Юлдашев, И. Т. (2015). К вопросам развития композиционного мышления студентов в процессе обучения изобразительному искусству. Молодой ученый, (7), 803-805.

7. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

8. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

9. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

10. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

11. Sulaymonova, S. B. Q. (2021). TASVIRIY SAN'AT ORQALI DUNYO SIVILIZATSIYASINI O'RGANISH OMILLARI. Academic research in educational sciences, 2(6), 730-735.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.