Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIDA SAN’AT TARIXI FANINI O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI'

OLIY TA’LIM TIZIMIDA SAN’AT TARIXI FANINI O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
106
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rassom / tasviriy san’at / tasviriy san’at tarixi / ta’lim / asar / obraz / go’zallik / nafosat / an’ana / qadryat / talqin / ijod / falsafiy g‘oya / ramz / madaniyat / janr / yo‘nalish. / artist / fine arts / history of fine arts / education / work / image / beauty / sophistication / tradition / value / interpretation / creativity / philosophical idea / symbol / culture / genre / direction.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yuldasheva, Nilufar Ibroximovna, Xolmatova, Feruza Muhammad Umar Qizi

Maqolada tasviriy san’atning ahamyati va bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ilm-fanga berilayotgan e’tibor, xususan tasviriy san’at tarixi fanining o‘qitilishi, yoshlarga fanni o‘qitish orqali xalqimiz tarixidan boxabar qilish, Vatanga muhabbat tuyg‘usini o‘stirish omillari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL BASIS OF TEACHING ART HISTORY IN HIGHER EDUCATION SYSTEM

The article focuses on the importance of fine arts and the attention paid to science in higher education today, in particular, the teaching of the history of fine arts, informing young people about the history of our people, love for the motherland. thought factors were discussed.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIDA SAN’AT TARIXI FANINI O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

OLIY TA'LIM TIZIMIDA SAN'AT TARIXI FANINI O'QITISHNING

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi, PhD Xolmatova Feruza Muhammad Umar qizi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Tasviriy san'at va amaliy bezak san'ati mutaxasisligi magistiranti

Maqolada tasviriy san'atning ahamyati va bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ilm-fanga berilayotgan e'tibor, xususan tasviriy san 'at tarixi fanining o 'qitilishi, yoshlarga fanni o 'qitish orqali xalqimiz tarixidan boxabar qilish, Vatanga muhabbat tuyg'usini o 'stirish omillari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so 'zlar: rassom, tasviriy san 'at, tasviriy san 'at tarixi, ta 'lim, asar, obraz, go'zallik, nafosat, an'ana, qadryat, talqin, ijod, falsafiy g'oya, ramz, madaniyat, janr, yo 'nalish.

В статье акцентируется внимание на значении изобразительного искусства и внимании, которое уделяется науке в высшей школе сегодня, в частности, преподаванию истории изобразительного искусства, информированию молодежи об истории нашего народа, любви к Родине, мысли. обсуждались факторы.

Ключевые слова: художник, изобразительное искусство, история изобразительного искусства, образование, произведение, образ, красота, утонченность, традиция, ценность, интерпретация, творчество, философская мысль, символ, культура, жанр, направление.

The article focuses on the importance of fine arts and the attention paid to science in higher education today, in particular, the teaching of the history of fine arts, informing young people about the history of our people, love for the motherland. thought factors were discussed.

Keywords: artist, fine arts, history of fine arts, education, work, image, beauty, sophistication, tradition, value, interpretation, creativity, philosophical idea, symbol, culture , genre, direction.

NAZARIY ASOSLARI

Yuldasheva Nilufar Ibroximovna

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

KIRISH

Dunyo mamlakatlarida ta'lim sohasini yanada takomillashtirish yo'lida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari kelajak taraqqiyoti rivojlanishining muhim omili yoshlarning barkamol shaxs bo'lib shakllanishlarida tarixiy qadriyatlarning ahamiyati kabi masalalar muhim hisoblanadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamda o'zgarishlarning muvaffaqiyati dastlab, ta'lim-tarbiya mazmunini o'zgartirish, uni davr talablari asosida yangilash hamda ta'lim oluvchilarning ma'naviyati va intellektual salohiyati darajasining yuksalishi bilan bog'liqdir. Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi to'g'risida" gi farmonining 4-bo'limida 37-51-moddalarida ta'limga qaratilgan bir qator islohatlar, jumladan har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o'qish imkoniyatini yaratish, kasbga o'qitish ko'lamini 2 barobar oshirish, maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichka olib chiqish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy va amaliy yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish ta'lim sohasidagi ustuvor yo'nalish sifatida belgilanadi.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'zlarining Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag'ishlangan ma'ruzalarida "farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta'lim-tarbiya, madaniyat, san'at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo'yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga"1 ko'tarish zarurligini aytib o'tadilar.

Darhaqiqat, inson ijodiy faolligi uning har tomonlama kamol topishida muhim omil bo'lib, uni estetik to'laqonliksiz tasavvur etib bo'lmaydi. Inson hayoti jism va buyumlar qurshovida kechadi. Rang-barang buyum va jismlar borliqqa go'zallik va nafosat baxsh etadi, insonga shu qonuniyatlar orqali qarashga undaydi. O'sib kelayotgan yosh avlodni jahon andozalariga javob beradigan barkamol etib tarbiyalashda tasviriy san'at fani alohida ahamiyat kasb etadi.2

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tasviriy san'at asarlari kishilarga katta kuch bilan ta'sir ko'rsatish

1 O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi «Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash -yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi ma'ruzasi. //Xalq so'zi, 2016-yil, 8-dekabr.

2Ahmedov M.B, Xasanova M.Z. Qalamtasvir.-T.: Ijod-Print nashryot uyi.-2021,-4 b.

1022

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

imkoniyatiga ega. Kishilar tasviriy san'at asarlarini tomosha qilish orqali ularda ifodalangan go'zallikni ko'rish orqali o'z hayotiga ana shunday go'zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramona harakatlarni ko'rib ularga o'xshashga intiladilar. San'at asarlaridagi xunuk voqealar, harakatlarni ko'rish orqali ulardan jirkanadilar. Ayniqsa, tarixiy janrdagi san'at asarlarini tomosha qilganda o'sha davrdagi tabiat manzaralari, n arsalar, kishilar hayoti, mehnat va jang qurollari, ularning kiyimlari, urf-odatlari bilan tanishadilar, qurilishlar, binolar haqida tasavvurga ega bo'ladilar.

Rassomlar o'z asarlarida hayotni qanday ko'rsalar o'shanday emas, balki undagi xarakterli ko'rinishlarni tanlab oladilar, kerakmas ikkinchi darajali ko'rinishlarni tushurib qoldiradilar, muhimlarini bo'rttirib ko'rsatadilar. Tanishish va bo'rttirish orqali rassomlar narsa va xodisalarni kishilarning tafakkuri va hissiyotlariga samarali ta'sir ko'rs atishga erishadilar. Rassom borliqni shunchaki biladigan shaxs emas, balki u boy tasavvur va tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo'lgan kishidir. U o'z ijodida borliqni shunchaki aks ettiribgina qolmay, balki unga asoslangan holda nimalarnidir o'ylab topadi, tasavvur etadi va to'qiydi. Eng muhimi san'at asarlari o'z mazmunida borliqni aks ettiribgina qolmasdan, u rassomning g'oyalarini ifodalaydi, uni boyitadi, shu bilan birga bunday asarlar tomoshabinga emotsional ta'sir ko'rsatish kuchiga ham egadir.3

Yoshlarni barkamol etib tarbiyalashda tasviriy san'at, xususan, san'at tarixi fani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'z navbatida, Oliy o'quv yurtlarida o'qitilayotgan maxsus fanlarning chuqur va asosli bo'lishini taqozo etadi, pedagog olim va rassomlar zimmasiga yuksak mas'uliyat yuklaydi.4

Tasviriy san'atga ixtisoslashgan oliy o'quv yurtlarida "Tasviriy san'at tarixi" fani o'qitiladi. Bu fanning asosiy maqsadi talabalarni maktablarda "tasviriy san'at" darslarini o'qitishga tayyorlash, tabiatdagi hamda tasviriy san'at asarlaridagi go'zallikni ko'ra bilish va idrok etish, badiiy did, fazoviy tasavvur, kuzatuvchanlik, badiiy ijodiy qabilyatni rivojlantirishdan iboratdir.

San'atshunoslik fanining bir bo'limi bo'lgan san'at tarixi, san'at (asosan, tasviriy san'at)ning paydo bo'lishidan to hozirgi zamon bosqichigacha bo'lgan davr san'ati, taraqqiyotini o'rganadi, shu davr mobaynida yashab ijod etgan va ijod qilayotgan san'atkorlar hayoti va ijodiy faoliyati bilan tanishadi, ularning asarlarini tahlil etadi, taqqoslaydi. San'at tarixi taraqqiyotida sodir bo'lgan turli badiiy maktab, yo'nalish, oqim va uslublar kurashining mohiyatini yoritadi.

3Xasanov R. Tasviriy san'at asoslari. -T.: G'ofur G'ulom nashiryot uyi, 2009, -5 b.

4Bobonazarov Sh.U., Sa'diyev S.T. Tasviriy san'atdan boshlang'ich tavsiyalar. -N.: 2014, -4 b.

1023

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Tasviriy san'at tarixi" faning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida tasviriy san'at bo'yicha bilim va malakalarni xosil qilish va o'stirish;

- bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilariga nazariy va amaliy asoslari (yorug', soya, perspektiva, kompozitsiya) haqidagi bilimlarni puxta egallashga yordam berish;

-bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida san'at asarlari orqali vatanga muhabbat, milliy qadryalarimiz va an'analarimizga xurmat, ma'naviyat tuyg'ularini o'stirish;

- bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilariga san'atning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlarini o'rganish;

- bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilariga tasviriy san'at turlari, janrlari, oqimlarini o'rgatish;

-bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilariga o'zbek va jahon rassomlarining hayoti, ijodi, ularning asarlarini tahlil qilish malakasini shakllantirish;

-talabalarga o'zbek va dunyoning turli davlatlari, xalqlari san'atini o'rgatish;

-talabalarni ijodiy tasavvurni o'stirishga;

-hayotdagi voqelikni ko'ra bilishga;

- talabalarni badiiy did va madaniy tarbiyaga;

- talabalarni olgan bilim va mahoratlarini mustaqil ijodiy faoliyatda qo'llay olishga o'rgatadi.

"Tasviriy san'at tarixi" fani qalamtasvir, rangtasvir, amaliy san'at, haykaltaroshik, falsafa va kompozitsiya fanlari bilan o'zaro bog'liqdir. San'at tarixi fanida bularning barchasini ko'rishimiz mumkin. San'at tarixi fanida tasviriy san'at, amaliy san'at, haykaltaroshlikning paydo bo'lish tarixidan tortib to hozirgi kungacha bo'lgan rivojlanish bosqichlari, tasviriy san'at tur, janrlari, oqimlari shuningdek rassomlarning hayot yo'li, ijodiy izlanishlari, ularning yo'nalishlarini ko'rishimiz mumkin. San'at tarixi fanida nafaqat O'zbekistonning balki butun jahon madaniyat, san'at, ma'rifatini o'rganish mumkin. Zero tarixsiz kelajak yo'q.

Jahonning bir qator rivojlangan mamlakatlarida o'zini madaniyatli deb sanaydigan kishilarni tasviriy san 'atni alohida ixlos bilan o'rganishadi. Suratlar ko'rgazmasini tomosha qilish, muzeylarga borib durdona asarlardan zavqu shavq olish ularda urfga aylangan. Ochig'ini aytadigan bo'lsak, bizda o'shandek mehru ixlos yo'q hisobi. Bu esa maktab partasidayoq jiddiy tayyorgarlikni taqozo etadi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'quvchilar respublikamizning nomdor musavvirlari ijod va hayot yo'lini bilishsa, ulaming asarlari borasida o'z fikr-mulohazalariga ega bo'lishsa qanday yaxshi!5

Zero san'at insonning ma'naviyatini, ruhini, qalbini oziqlantiradi. Inson nafaqat jismini balki ruhini, qalbini ham oziqlantirmog'i lozim. Bunda san'at asarlarining o'rni beqiyos. Oliy ta'lim unversitetlarida san'at tarixi fani tasviriy san'atdan poydevor vazifasini bajaradi. San'at asarlarini shunchaki tomosha qilish emas, balki uni ichiga, mohiyatiga kirib borish kerak. Shundagina asardan ma'naviy ozuqa, estetik zavq olish mumkin. Bu ta'limotni esa bizga san'at tarixi fani o'rgatadi. O'sib kelayotkan yosh avlodni san'atni tushunishka, tahlil qilishka, mohiyatini anglashka o'rgatmog'imiz kerak.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik! -T.: TASVIR nashryot uyi, 2021, -52 b.

2. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi «Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi ma'ruzasi. //Xalq so'zi, 2016-yil, 8-dekabr.

3. Axmedov M.B., Xasanova M.Z. Qalamtasvir. -T.: IJOD-PRINT, 2021, -188 b.

4. Bobonazarov Sh.U., Sa'diyev S.T. Tasviriy san'atdan boshlang'ich tavsiyalar. -N.: 2014, -52 b.

5. Oydinov N. Tasviriy san'at tarixi. -T.: Ijod nashriyot uyi, 2007,-80 b.

6. Xasanov R. Tasviriy san'at asoslari. -T.: G'ofur G'ulom nashryot uyi. -2009, -204 b.

7. Akhmedov,M.-U., & Kholmatova, F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. 36ipHUK HayKoeux npa^ AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.03

8. Ahmedov, M.-U., & Xolmatova, F. (2021). TEACHING STUDENTS TO DRAW ELEMENTS OF PATTERNS IN WOOD CARVING CIRCLES. 36ipHUK HayKoeux npa^ AVWZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.17

9. Talipov Nozim Khamidovich, & Kholmurodova Fotima, Kholmurodova Zukhra. (2022). FEATURES OF ART EDUCATION FOR FUTURE FINE ART

5 Oydinov N. Tasviriy san'at tarixi. -T.: Ijod nashriyot uyi -2007,-76 b.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

TEACHERS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(01), 33-39. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crip-03-01-06

10. Nazirbekova, S., Talipov, N., & Jabbarov, R. (2019). Described the Educational, Scientific, and Educational Institutions of the Miniature. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(2), 364-367. doi:http://dx.doi.org/10.52155/iipsat.v15.2.1192

11. Талипов, Н., & Талипов, Н. (2021). Проблема исторического жанра в изобразительном искусстве: взгляд на творческую школу художника Малика Набиева. Общество и инновации, 2(4/S), 607-613. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp607-613

12. Yusubali o'g'li, Y. S. (2021). Xvi-Xvii Asrlar GArbiy Yevropa Tasviriy San'atida Maishiy Janrning Rivojlanishi. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 191-197.

13. Халимов, М. К. Сравнение продуктивности учебной доски и проектора в преподавании предметов, входящих в цикл инженерной графики / М. К. Халимов, Р. Р. Жабборов, Б. Х. Абдуханов, А. А. Мансуров. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2018. — № 6 (192). — С. 203-205. — URL :https: //moluch.ru/archive/192/48066/

14. Abdurashidxonova, M.., & Rasulov , M. . (2021). O'zbek xalq amaliy san'ati bo'lmish Toshkent yo'g'och o'ymakorligi maktabi va namoyandalari. Жамият ва инновациялар, 2(5/S), 130-137. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp130-137

15. Абдирасилов, С. Ф. (2016). МЕТОДИЧЕСКОЕ И ТВОРЧЕСКОЕ НАСЛЕДИЕ АКАДЕМИЧЕСКОЙ ШКОЛЫ В СОВРЕМЕННОМ ОБУЧЕНИИ. Научная дискуссия: вопросы педагогики и психологии, (4-1), 125133.

16. Yuldasheva, N. (2021). DEVELOPMENT OF ARTISTIC AND AESTHETIC COMPETENCE IN FINE ARTS TEACHERS. ГРААЛЬ НАУКИ, (2-3), 418-423. https://doi.org/10.36074/grail-of-science.02.04.2021.084

17. Muratov, H. (2021). THE IMPORTANCE OF ORGANIZATION AND MANAGEMENT INDEPENDENT EDUCATION IN THE LEARNING PROCESS. Збгрник наукових праць AörOZ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.40

18. Avazboyev, A., & Jamaldinova, M. (2021). Texnologiya fanini "STEAM-ta'Hm" yondashuvi asosida o'qitishning mohiyati va afzalliklari. Жамият ва

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

инновациялар, 2(5), 109-115. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5-pp109-115

19. Махкамова, С. Б. (2021). ВОПРОСЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ К ХУДОЖЕСТВЕННОМУ АНАЛИЗУ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ШКОЛЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 44-53.

20. Nozimovich, T. N., Ibrahimovna, Y. N., & Ravshanovich, J. R. (2020). Development Of Student's Creative Abilities In The Fine Arts In The Higher Education System. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(07), 232-238. https://doi.org/10.37547/taissei/Volume02Issue07-30

21. Абдусаломходжаев, Н. (2021). ИСТОРИЧЕСКИЕ ЛИЧНОСТИ В ТВОРЧЕСТВЕ МАЛИКА НАБИЕВА. Зб1рник наукових праць AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.42

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

22. Расулов, М. (2021). НАУЧИТЬ СТУДЕНТОВ ВО ВНЕШКОЛЬНЫХ УЧЕРЕЖДЕНИЯХ СОСТАВЛЯТЬ КОМПОЗИЦИИ НА УРОКАХ РЕЗЬБЫ ПО ДЕРЕВУ. Збгрник наукових праць AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.44

23. Халилов, Р. Ш. (2016). Проблемы традиций и новаторства в изобразительном искусстве. Молодой ученый, (2), 1060-1062.

24. Muratov, X. X. (2020). Tasviriy san'at fanidan mustaqil ta'limni tashkil etish va boshqarishda "ISPRING" dasturiy ta'minotining ahamiyati. Academic Research in Educational Sciences, (2).

25. Talipov, N., & Talipov, N. (2021). CREATIVE TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVE ACTIVITY THROUGH ART EDUCATION. Збгрник наукових праць AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-19.03.2021.v3.12

26. Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. Зб1рник наукових праць AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

27. Absamatovich, R. M., & Bahodirhon, A. M. (2021). Methodological Basis Of Creation, Organization And Decoration Of Platter's Artistic Composition In Applied Art. The American Journal of Applied sciences, 3(04), 298-310. https://doi.org/10.37547/taias/Volume03Issue04-42

28. Saodat Makhkamova Bakhtiyarovna. (2021). QUESTIONS OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR ARTISTIC GAFUR ABDURAKHMANOV ANALYSIS OF WORKS OF FINE ART IN SCHOOL. Euro-Asia Conferences, 5(1),

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

13-18.

Retrieved

from

https://papers.euroasiaconference.com/index.php/eac/article/view/437

29. Nazirbekova, S. (2021). THE IMPORTANCE OF FIELD PRACTICE IN FINE ARTS. Збгрник наукових праць Л'ОГОЕ. https://doi.org/10.36074/logos-19.03.2021.v4.35

30. Kholmatova Feruza Muhammad Umar Kizi. (2022). METHODOLOGY OF TEACHING STUDENTS TO ARTISTIC PERCEPTION OF PAINTING WORKS IN FINE ARTS CLASSES. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 125-135. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-03-02-21

31. Akhmedov Mukhomod-Umar Bakhridinovich. (2022). THE IMPORTANCE OF FOLK APPLIED ART IN THE FORMATION OF YOUTH CREATIVE ACTIVITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 142-156. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-03-02-23

32. Khalimov Mokhir Karimovich. (2022). ELEMENTS OF STUDENT SPACE IMAGINATION IN THE TEACHING OF GRAPHIC SCIENCES AND METHODS OF USING IT. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 103116. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-03-02-19

33. Kholmuratovich, M. K., Mardanaqulovich, A. S., Ravshanovich, J. R., Sharifovna, K. U., & Shodiyevna, B. O. (2020). Methodology of Improving Independent Learning Skills of Future Fine Art Teachers (On the Example of Still Life in Colorful Paintings). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05).

34. .Jabbarov, R. (2021). Уникальное направление, вдохновленное творчеством Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного Возрождения. Общество и инновации, 2(5/S), 59-67. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.