Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN'AT METODIKASINING MAZMUNI VA UNI O'QITISH USLULLARI'

TASVIRIY SAN'AT METODIKASINING MAZMUNI VA UNI O'QITISH USLULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

2189
322
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qalamtasvir / naqqoshlik / grafika / haykaltaroshlik / pencil drawing / painting / graphics / sculpture.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shuhrat Nazarovich Mamatqulov

Maqolada hozirgi kunda tasviriy san’at va chizmachilik fanini o’qitishda ishlatiladigan metod va usullar tahlil qilingan. Unda asosan qalamtasvir yo’nalishi obyekt sifatida olingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTENT OF METHODOLOGY OF FINE ARTS AND METHODS OF TEACHING

The article analyzes the methods and techniques currently used in the teaching of fine arts and drawing. In it, the direction of the pencil is taken as the object

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN'AT METODIKASINING MAZMUNI VA UNI O'QITISH USLULLARI»

TASVIRIY SAN'AT METODIKASINING MAZMUNI VA UNI O'QITISH

USLULLARI

Shuhrat Nazarovich Mamatqulov

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada hozirgi kunda tasviriy san'at va chizmachilik fanini ishlatiladigan metod va usullar tahlil qilingan. Unda asosan qalamtasvir obyekt sifatida olingan

Kalit so'zlar: qalamtasvir, naqqoshlik, grafika, haykaltaroshlik.

CONTENT OF METHODOLOGY OF FINE ARTS AND METHODS OF

TEACHING

Shuhrat Nazarovich Mamatkulov

Teacher of Termez State University

ABSTRACT

The article analyzes the methods and techniques currently used in the teaching of fine arts and drawing. In it, the direction of the pencil is taken as the object

Keywords: pencil drawing, painting, graphics, sculpture.

KIRISH

Tasviriy va amaliy san'at pedagogikasi mutaxassisligida qalamtasvir asosiy rol o'ynaydi. Bunda tasviriy san'at o'qituvchilari qalam tasvir (grafika)dan yetarli bilim, malaka hamda ijodkorlik saviyasiga ega bo'lishlari lozim. Ma'lumki, qalam tasvir tasviriy san'atni o'zlashtirishda bosh mezon va asos bo'lishi bilan birga alohida san'at turi sifatida ham xarakterlidir. Qalam tasvir sirlarini yaxshi bilgan amaliy san'at ijodkorlari hamda pedagoglar o'z fikr-tuyg'ularini tezroq, shuningdek, aniqroq amalga oshirish imkoniyatiga ega boladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Olimlarimizdan biri «Tasvirlash bu kuzatish, yaratish, ixtiro qilish demakdir», deb bejiz aytmagan. Tasviriy san'at o'qituvchisi qalam tasvirdan quyidagilarni bilish talab qilinadi:

— grafika san'ati haqida nazariy ma'lumotlar;

o'qitishda yo'nalishi

— qalam tasvirda ishlatiladigan materiallar, ularni tayyorlash qoidalari va yo' 1 -yo'riqlari;

— naturadan qalam tasvirda rasm ishlashning asoslari;

— tasvir qurish qalam tasvirda perspektiv qisqarish qonuniyatlari borasidagi bilim va nazariy tushunchalar;

— qalam da bajarilayotgan tasvirning kompozitsiya yechimi;

— qalamtasvirdagi ishni nihoyasiga yetkazish tajribasi va malakasi;

— qalamtasvirda qalam bilan bajarilgan ishga shakl berish yollari va uslublari kabi bir qator maqsad va vazifalari mavjud. Bundan tashqari yuqoridagi ko'rsatilgan talab va qonun-qoida asoslarini mukammal o'zlashtirganda tasviriy san'at o'qituvchilari oddiy geometrik shakllardan tortib, harakatdagi odam, hayvonlar hamda tabiatning turli ko'rinishlarigacha bolgan jarayonlarni qalam tasvirda bajara olishi kerak.

Bundan tashqari kitob, gazeta, jurnal bezash, muqovalash va boshqa grafik ishlarni bajara olish malakalarini bilishlari lozim. «Qalam tasvir bu rangtasvir, haykaltaroshlik, me'morchilikning eng yuqori nuqtasi va barcha fanlarning ildizi va manbayidir». Ushbu so'zlar 500 yil oldin buyuk Mikelandjelo Buanorotti tomonidan aytilganiga qaramasdan, hozir ham o'z qimmatini yo'qotmagan va isbotini topmoqda.

Qalamtasvir — tasviriy san'at asosi. Tasviriy san'atning barcha turlarining asosi qalamtasvir hisoblanadi. XVIII asrdan boshlab «qalamtasvir» chiziqlar yordamida obraz yaratish sifatida tasvirni belgilovchi atama hisoblanib, barcha san'at turlaridagi buyumning shakli,o'lchami, tuzilishi va xarakterini belgilab beruvchi muhim xususiyatlari bilan tanishtiradi. Qalam tasvir tasvirlashning xususiyatlari shartli ravishda bir necha turlarga bo'linadi.Qalam tasvirning tasvirlash vositalari ishlatilishi bo'yicha chiziqli va tusli bo'ladi. Chiziqli rasm qoida bo'yicha och, yengil va umumlashtirilgan bo'ladi. Chiziqlar orqali badiiy obraz yaratiladi, jadvallar, shartli chizmalar, sinf taxtasidagi tasvirlar shular jumlasidandir. Tusli tasvirlar muhitdagi buyumning hajmliligi, yorug'ligi, fakturasi va fazoviy munosabatlarini to'liq ta'rifini beradi. Bunday rasmlar yorug'-soyali va tusli, deb ataladi. Ayrim buyumlar sharpasi va tashqi ko'rinishi orqali xarakterlidir. Shuning uchun bunday ko'rinishdagi tasvirlashda ayrim holda tusli tasvirning oddiy turi tanlanadi, bu siluet deb nomlanadi, ya'ni bir xil tekis tus bilan qoplanib, tashqi ko'rinish chizig'i orqali bajariladigan tasvir.

NATIJALAR

Qalamtasvir bajarish uslubiga ko'ra asl nusxa (original) va bosma turlarga bo'linadi. Asl nusxali rasm rassom tomonidan o'z qo'li bilan yaratilgan yagona namuna hisoblanadi. Bosma rasm esa qog'oz yuzasiga qolipdan tushirilgan rasmdir va

u estamp, deb yuritiladi. Estampning bir necha ko'rinishi mavjud: gravyura, linogravyura, litografiya. 1-rasm. Qalamtasvir turlari:

a — chiziqli b — yorug'-soyali

M.bwoflnpo»

d — tusli e — siluetli

Qalam tasvir ishlatilishiga ko'ra akademik va ijodiy tasvirlarga ajraladi. Akademik qalamtasvir— bu uzoq vaqt davomida tasvirlashga o 'rgatish, turli shakl va belgilarni o'rganish va tasvirlashning usullarini o'zlashtirish maqsadida bajariladigan rasm. Unga buyumning tashqi ko'rinish tasvirini belgilovchi barcha asosiy hislatlarini qayd qilish taalluqlidir.

MUHOKAMA

Ijodiy qalamtasvir—bu rassomning fikri, hissiyoti va dunyoqarashini obrazli tarzda ifodalovchi tasviriy san'at asari. O'quv va ijodiy ishlarda qoralama, etud, eskiz iboralari keng qo'llaniladi. Qoralama deb qisqa vaqtli tasvirga aytiladi. Buyum tasviri yoki uning qismlarining mukammal o'rganilishi etud orqali amalga oshiriladi. Etudlarda va qoralamalarda chuqur o'rganilib chizilgan haqiqiy materiallar ijodiy rasm

yoki asarlar yaratilish mobaynida foydalanishga mo ljallangan dastlabki chizgilar eskiz, deb yuritiladi.

erspektiva qonuniyatlari kundalik hayotimizda latilayotgan va tevarak-atrofim izni qurshab turgan narsalarga nazar tashlaydigan bo lsak, ya'ni temiryo'l yoki ko'chaning o'rtasida turib, diqqat bilan qaralsa, ko'cha chetlari, temir yo' 1 izlari uzoqlashgan sari o'zaro yaqinlasha bir nuqtada

uchrashayotgandek ko'rinadi.

Daraxtlarning yashil bo'lib ko'rinayotgan ranglar uzoqlashgan sari ko'k ekanligiga ishonch hosil qilamiz.Tabiatdagi narsalarning ana shunday ko'rinishini qog'oz yoki biror bir buyum ustida tasvirla: shug'ullanadigan fan perspektivasi deyiladi.

Perspektiva fransuzcha so'z bo'lib (la perspective), «uzoqqa qarash», yunonchada esa «oyna orqali to'g'ri va aniq ko'ryapman», ma'nosini bildiradi. Perspektiva qonunlari juda ham ko'p, lekin biz ularning eng asosiylaridan foydalanamiz. Rassom rasm chizganda perspektivaning kuzatish, chiziqli va fazoviy turlaridan keng foydalanadi. Kuzatish perspektivasi bu kenglikni bevosita kuzatish, chamalash asosida yuritiladi. Chiziqli perspektivaning ma'nosi geometrik qurilish uslubiga asoslanishiga tayanadi. Fazoviy perspektiva narsalarni kuzatuvchidan uzoqlashgan sari havo muhiti ta'sirida tus va ranglar o'zgarishini o'rganadi

Perspektivada tasvir mohiyatini tushunish uchun uning asosiy tushunchalarini o'zlashtirish lozim: ufq chizig'i, kesishish nuqtalari, kartina tekisligi, ko'rish nuqtasi. Ufq chizig'i — ko'z balandligida joylashgan faraziy tekislik. Kartina tekisligi esa rasm chizayotgan kishi bilan tasvirlanayotgan narsa o'rtasidagi tekislik. Ko'rish nuqtasi deb kenglikda joylashgan narsalar kuzatilayotgan joyga aytiladi. Ko'rish maydoni— tasvirlovchining ko'rish chegaralariga olingan kenglik qismi. Kesishish nuqtalari: chiziqlar yordamida perspektiv tasvirlar quriladi va chiziqlar ufq chizig' ida uchrashadi. Uchrashgan joylari kesishish nuqtalari deb ataladi. Tasvirni chizishda perspektivaning quyidagi asosiy besh qoidasini bilish lozim:

1. Buyumlar kuzatuvchidan uzoqlashgan sari ko'zga kichrayib ko'rinadi.

2. Tasvir tekisligiga parallel joylashgan gorizontal chiziqlar doimo gorizontal holatda chiziladi.

3. Tasvir tekisligiga parallel bo'lgan tik (vertikal) chiziqlar har doim tik holatda chiziladi.

4. Tasvir tekisligiga parallel bo'lmagan, ammo o'zaro parallel bo'lgan to'g'ri chiziqlar ufq chizigining bir nuqtasida uchrashadi.

5. Aylana shaklni ufq chizigidan asta-sekin yuqori ko'tara boshlasak, aylana qismi ellips shakliga aylangandek tuyuladi. Uning ustki aylanasi ko'zimiz balandligiga yetganda ellips to'g'ri chiziq bo'lib korinadi.

Rasm chizish jarayonining bosqichlari:

1-bosqich. Qo'yilmaning tuzilishiga qarab, qog'oz varag'i tik yoki yotiq holatda bo'lishi aniqlab olinadi.

2-bosqich. Buyumning tashqi shakllari kuzatilib, qo'shimcha chiziqlar yordamida geometrik shakli hamda amalda qanday maqsadlarga ishlatilishi tahlil qilinadi. Buyum bo'yining eniga nisbati aniqlanadi

3-bosqich. Buyumning umumiy shakli va tasvirning nisbati, olchami hisobga olinib, qog'ozda uning joylashishi (kompozitsiya) aniqlanadi.

4-bosqich. Buyumning asosiy nisbatlari, uning o'lchami, konstruktiv qurilishi hamda perspektiv qisqarish qoidalariga rioya qilgan holda tasvirlanadi.

5-bosqich. Buyumning asosiy qism va mayda bolaklarining, o'zaro joylashuvi aniqlab olinadi. Tasvir chizishda qo'llanilgan yordamchi chiziqlar o'chirib tashlanadi va buyum bilan tasvirlangan ish solishtirib koriladi.

6-bosqich. Tasvirdagi buyum yorug'-soyasining katta qismlari shtrixlanib och-to'qligi aniqlanadi.

7-bosqich. Tasvirlanayotgan buyumning soya, yorugi, yarim soya, refleks, shu'la qismlari aniqlanadi. Shakllaming xarakteri ko'rsatilib, ish butun bir yaxlitlikka keltirilgan holda tugallanadi

XULOSA

Maktab o'quvchilarida qalamtasvir orqali chizish ularda dastlabki tasviriy ko'nikmani xosil qilishga yordam beradi. Qalamtasvir sirlarini yaxshi bilgan o'quvchida keyinchalik grafikaning boshqa sohalarini bilishda ijobiy motivatsiya beradi.

ADABIYOTLAR

1. Azimova B. Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi. Toshkent, O'qituvchi, 1984

2. Boymetov B. Qalamtasvir o'qitishning ilmiy asoslari. Metodik tavsiyalar. Toshkent,1995

3. Boymetov B.,Tolipov M. Qalamtasvir. Pedagogika institutlari va universitetlari uchun o'quv qo'llanma. Toshkent, 1997

4. Boymetov B. Qalamtasvir asoslari. Pedagogika institutlari va universitetlari uchun o'quv qo'llanma. Toshkent, 2000

5. Boymetov B. Chizmatasvir. Kasb-hunar kolejlari uchun o'quvqo'llanma Toshkent, «Ilm ziyo» nashriyoti 2005

6. Boymetov B. Qalamtasvir asoslarini o'rganish. Toshkent, 1994 Osnovi kompozitsii

7. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin.

Alisher Navoi and the XXI centure.

8. Kholikova, N. D. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(06), 4045-4054.

9. Mamatkulov, S. N., & Ibragimova, K. (2020). National and Universal Content of Fine Arts. Ancient History and Development of Fine Arts of Uzbekistan. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 195-198.

10. Nazarovich, M. S., Ibodullaevich, A. S., Qudrat kizi, H. M., Turon ugli, A. R., & Bakhtiyor ugli, A. X. (2019). Fine Art Of Uzbekistan During The Years Of Independence. International Journal of Research, 6(13), 536-540.

REFERENCES

1. Azimova B. Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi. Toshkent, O'qituvchi, 1984

2. Boymetov B. Qalamtasvir o'qitishning ilmiy asoslari. Metodik tavsiyalar. Toshkent,1995

3. Boymetov B.,Tolipov M. Qalamtasvir. Pedagogika institutlari va universitetlari uchun o'quv qo'llanma. Toshkent, 1997

4. Boymetov B. Qalamtasvir asoslari. Pedagogika institutlari va universitetlari uchun o'quv qo'llanma. Toshkent, 2000

5. Boymetov B. Chizmatasvir. Kasb-hunar kolejlari uchun o'quvqo'llanma Toshkent, «Ilm ziyo» nashriyoti 2005

6. Boymetov B. Qalamtasvir asoslarini o'rganish. Toshkent, 1994 Osnovi kompozitsii

7. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin.

Alisher Navoi and the XXI centure.

8. Kholikova, N. D. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(06), 4045-4054.

9. Mamatkulov, S. N., & Ibragimova, K. (2020). National and Universal Content of Fine Arts. Ancient History and Development of Fine Arts of Uzbekistan. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 195-198.

10. Nazarovich, M. S., Ibodullaevich, A. S., Qudrat kizi, H. M., Turon ugli, A. R., & Bakhtiyor ugli, A. X. (2019). Fine Art Of Uzbekistan During The Years Of Independence. International Journal of Research, 6(13), 536-540.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.