Научная статья на тему 'RANGTASVIR ASARLARIDA QALAMTASVIRNING AHAMIYATI'

RANGTASVIR ASARLARIDA QALAMTASVIRNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
702
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gamma / eskiz / motiv / akvarel / tempera / guash / moybo‘yoq / suyultirgich / mato / grunt / konstruktiv / tus-soya / plastika / grizayl / monumental / kompozitsiya / portret / natyurmort / axromatik / xromatik / spektr / perspektiva / mo‘yqalam / kolorit. / Gamma / sketch / motif / watercolor / tempera / gouache / watercolor / thinner / fabric / primer / constructive / shade / plastic / grizzly / monumental / composition / portrait / still life / achromatic / chromatic / spectrum / perspective / brush / coloring .

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nazirbekova, Shaxnoza Batirovna

Ushbu maqolada rangtasvir fanini o‘rganishdan maqsad kelajakda tasviriy san’at o‘qituvchisini rangtasvir fanining nazariyasi va amaliy ko‘nikmalarini chuqur egallash, ularning ijodiy qobiliyatini shakllantirish, rangtasvir fani bo‘yicha olgan bilim va malakalariga asoslangan holda o‘zining kuzatishlari, badiiy tasvir yaratish oldidan qilinadigan izlanishlarida, ayniqsa eskizlar, ular asosida katta ko‘lamdagi san’at asarlarini yaratishda dastgohli rangtasvirning o‘rni beqiyosligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF PENCILS IN PAINTING WORKS

The purpose of this article is to study the science of painting. His pre-creative studies, especially sketches, provide information about the unique role of easel painting in creating large-scale works of art on their basis.

Текст научной работы на тему «RANGTASVIR ASARLARIDA QALAMTASVIRNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences A ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

RANGTASVIR ASARLARIDA QALAMTASVIRNING AHAMIYATI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-6-635-644

Nazirbekova Shaxnoza Batirovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Tasviriy san'at" kafedrasi dotsenti v.b.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada rangtasvir fanini o'rganishdan maqsad kelajakda tasviriy san 'at o 'qituvchisini rangtasvir fanining nazariyasi va amaliy ko 'nikmalarini chuqur egallash, ularning ijodiy qobiliyatini shakllantirish, rangtasvir fani bo'yicha olgan bilim va malakalariga asoslangan holda o'zining kuzatishlari, badiiy tasvir yaratish oldidan qilinadigan izlanishlarida, ayniqsa eskizlar, ular asosida katta ko 'lamdagi san'at asarlarini yaratishda dastgohli rangtasvirning o'rni beqiyosligi haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Gamma, eskiz, motiv, akvarel, tempera, guash, moybo'yoq, suyultirgich, mato, grunt, konstruktiv, tus-soya, plastika, grizayl, monumental, kompozitsiya, portret, natyurmort, axromatik, xromatik, spektr, perspektiva, mo 'yqalam, kolorit.

ABSTRACT

The purpose of this article is to study the science of painting. His pre-creative studies, especially sketches, provide information about the unique role of easel painting in creating large-scale works of art on their basis.

Keywords: Gamma, sketch, motif, watercolor, tempera, gouache, watercolor, thinner, fabric, primer, constructive, shade, plastic, grizzly, monumental, composition, portrait, still life, achromatic, chromatic, spectrum, perspective, brush, coloring .

KIRISH

Rangtasvirning jozibali chiqishida qalamtasvirning o'rni beqiyosdir. Ammo, mohir rassom qalamdan foydalanmasdan ishni bo'yoqlar bilan tasvirlashi ham mumkin. Ijodkor izlanish jarayonida rangtasvirni qalamtasvir bilan bevosita bog'liqligini his etadi. Ya'ni, buyumlarning fazoviy joylashuvi, nisbatlarning aniqligi, ranglarning to'g'ri qo'yilishi, ishni bir butunlikda yakunlanishi ko'p jixatdan ijodkorga bog'liq. Rassom qalamtasvirni puxta o'zlashtirib olgandagina, rangtasvirda ko'zlangan maqsadga erishish mumkin, aks holda noaniq yechilgan qalamtasvir

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ishini taxlil etsak, ranglar qanchalik jozibali bo'lmasin, baribir bu ishni sifatli deb bo'lmaydi. Shuning uchun turli rassomlik maktablarining tarixiy tajribalari shundan guvoxlik beradiki, ta'limning dastlabki bosqichlarida qalamtasvirni mukammal o'zlashtirish, keyingi jarayonlar uchun zamin yaratadi. Yosh rassom Odoardo Fioletti Venesiyaga o'qishga kelganida, rangtasvirni mukammal egallash uchun nima qilish kerak degan savoliga Tintoretto shunday javob bergan: "Rasm chizish!". Rassom bo'lish uchun yana qo'shimcha nimalarni maslahat berar edingiz degan Fiolettining qayta savoliga Tintoretto: "Rasm chizish va yana rasm chizish!" — rasm chizish, rangtasvirga nafislik va mukammallik ato etishini haq deb bilgan.

Buyuk haykaltarosh Mikelandjelo qalamtasvirda (rangtasvir, haykaltaroshlik, me'morchilikda) "har qanday ilmning ildizi va negizini ko'rgan".

"Qalamtasvir doimo bizga yo'l ko'rsatib turuvchi qutb va kompas bo'lib, turli bo'yoqlar okeanida cho'kayotganlarga najot berish omilidir, - deya ta'kidlagan Sharl Lebren.

Engr o'z ustaxonasining eshiklariga quyidagi so'zlarni yozgan - "Bu yerga kelgan shogirdlarga qalamtasvirni o'rgataman, ketayotganda esa, ular rangtasvir ustasi bo'lib yetishadi".

"Shunday narsa mavjudki, u hamma sanat turlarining asosi hisoblanadi, bu — qalamtasvir. Kimki qalamtasvir sanatini mukammal egallasa, u rangtasvirni ham, xaykaltaroshlikni ham o'zlashtira oladi," — deb aytgan Karachchi.

"Har qanday shaklni ajoyib, nafis qiluvchi ranglar emas, balki aniq chizilgan qalamtasvirdir" — degan Titsian. U qarigan chog'larida ham, ko'mir yoki mel bilan nimalarnidir tasvirlamagan kuni bo'lmagan.

"Qalamtasvirga asoslanmagan rangtasvir, sanat emas, balki rangli dog'larning tartibsiz yig'indisidir", — deya doim takrorlagan V.Ye. Makovskiy.

"Qalamtasvirni puxta bilmagan, ijod ham qila olmaydi", — deb ta'lim bergan P.P. Chistyakov. I.Ye. Repin kunora 2-3 soat qalamtasvir bilan shug'ullangan va uni rangtasvirni asosi deb hisoblagan. A.M. Vasnesov, P.P. Chistyakovning ta'lim berish tizimini yodga olib, "uning sevimli mashg'uloti qalamtasvir" edi, - deb eslaydi. Ashbening Myunxendagi rassom-pedagog maktabida hattoki san'at Akademiyasini tamomlaganlar ham ta'lim olar, ta'lim berish faqat qalamtasvir bo'yicha (shaklning konstruktiv tuzilishi, tus-soya, yorug' munosabatlar aks etgan tasvir, grizayl), uzoq vaqt o'tkazilgan, shuning natijasidagina shaklni konstruktiv qurish va tus munosabatlarini puxta egallab, so'ng ranglar bilan tasvirlashga o'tilgan. Yetuk rassomlarning yaratgan asarlari shunisi bilan diqqatga sazovorki, asar kompozitsiyasining mohirona topilganligi, mavzuning dolzarbligi, issiq va sovuq

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ranglarning o'zaro hamoxangligi kishini hayratga soladi. Mashhur rangtasvirchi rassomlaming ko'pchiligi, avvalambor, yetuk qalamtasvir ustalaridir. Bular qatoriga K.P. Bryullov, I.I. Shishkin, V.Ye. Makovskiy, V.D. Polenov, I.Ye. Repin, M.A. Vrubel, V.A. Serov, K.A. Korovin, A. Abdullaev, O'. Tansiqboev, Z. Inog'omov, M. Nabiev, R. Ahmedov, B. Jalolov, A. Mirzaev, A. Ikromjonov, I. Xaydarov kabilar kiradi. Rangtasvirda nozik plastik shaklning mavjudligi, nisbatlarning mutanosibligi, hajm, fazoviy sifatlar muhim o'rin egallaydi. Rangtasvirchi rassom naturadagi ana shu jihatlarni to'laqonli aks ettira olsagina maqsadga muvofiq bo'ladi. Agarda bu jihatlar mavjud bo'lmasa, tasvir o'ta ehtiyotsizlik, pala-partishlik bilan ishlangan sifatsiz ish deb baholanadi. Rangtasvirda ranglar qalamtasvir bilan uzviy bog'liq bo'lishi zarur. Ya'ni ishni rangda boshlash uchun qalamda naturaning zarur joylarini belgilab olib, shaklning shartli chiziqlarini unutib, ranglar vositasida shakl hajmini tasvirlash darkor.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

D.N. Kardovskiyning fikricha, agar biz rangtasvir bu - qalamtasvir-ning rangda davom etishi deb aytsak, shaklning rangda talqin etilishi, qalamtasvirdan boshlanadi va ijod jarayonida u bir necha marotaba to'g'rilanadi, ranglar bilan sayqallanadi. Qalamtasvir mahoratini puxta egallash, betakror rangtasvir asarlari yaratish garovidir. P.P. Konchalov-skiy rangtasvirda qalamtasvirning mohiyatini ko'rib, shunday yozgan: "Rangtasvirning haqiqiy usuli — bu shaklni mutlaqo aniq yetkazib berish yo'li bilan beriladigan bo'yoq surtmadir".

Haqqoniy san'atda asosiy badiiy qiyofa, bu qalamtasvirdir. U jism shaklini qayta ishlab chiqadi, voqea va insonlar haqida ma'lumot beradi. Qalamtasvirda tasavvur, kompozitsiya g'oyalari mujassamlashgan. Kompozitsiya, avvalo, qalamtasvirda paydo bo'ladi (plastik g'oya) va qayd etiladi. Xattoki, haykaltarosh va me'morlarning dastlabki g'oyalari qalamtasvirdagi qoralamadan boshlanadi. Rassomlarda esa plastika haqidagi fikr, kompozitsiya to'g'risidagi umumiy o'ylar doimo qalamtasvirda paydo bo'ladi.

Qalamtasvir san'atining haqiqiy ustasi bo'lish va uni to'g'ri tushunish turli yo'nalishdagi rassomlarga: grafik rassom, me'mor, saxna bezakchisi, monumentalchi rassom va boshqalarga juda muhimdir. Agar kino yoki teatr rassomi qalamtasvir sir-asrorlarini mukammal egallamagan bo'lsa, uni haqiqiy ijodkor deb bo'lmaydi. Xattoki, haqqoniy qalamtasvir chizish maktabida tarbiyalangan rassomlar tasviriy san'atning har qaysi turi bo'yicha yaratgan ijodiy mahsulining qiymatiga qarab tasviriy, madaniy darajasi qadrlanadi. Agar bezatuvchi rassom-pedagog yoki

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

monumentalchi kabi ixtisoslik-lardagi rassom haqiqiy qalamtasvir asoslarini puxta o'rganmay turib asar yaratishni boshlasa, u dastgohli san'at asarini chala yaratilishiga, tasvirda soxta manzaraning paydo bo'lishiga, haqiqiy inson qiyofasini to'laqonli aks etmasligiga sababchi bo'lib, tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni asl mohiyatini to'liq ochib bera olmaydi. Rangtasvirda mohirona ijod qilish uchun yosh rassom-pedagog qalamtasvirdan nazariy bilim va amaliy malakalarni puxta o'zlashtirishi lozim. Qo'yilmani turli ranglarda bajarish ham mas'uliyatli vazifadir, chunki rangtasvirda rang va tus munosabatlari yaxlit bir butunlikka asoslanadi. Shakl hajmini tasvirlashda tusning o'rnini to'g'ri tushunmaslik turli chalkashliklarga olib keladi. Demak eng muhimi qalamtasvirda ishni tus jihatdan yaxlit bir butunlikka erishib yakunlash hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida rangtasvirga o'tishga qulay imkon yaratadi.

"Rangtasvir — tasvirlanayotgan kartinadagi barcha bo'laklar orasidagi munosabatlarni, ularning yorug'lik kuchini va har bir bo'laklarni o'zaro taqqoslash natijasida, bo'yoqlar va nozik farqlar kuchini uzoq vaqt kuzatish orqali borliqni to'laqonli ifodalash mumkin" — deb aytgan edi K.F. Yuon. Manzara etyudlarida, masalan, osmon va suvni tasvirlashda asosan ranglarning och to'qligi va to'yinganligi orqali munosabatlarni ko'rsatishga erishiladi. Turli tuman boshqa faoliyatlarda (portret, natyurmortda) tus va ranglar kuchining aniq munosabati haqqoniy tus munosabatlar qurilishini aniqlaydi. Ranglarning tabiatda qanday hosil bo'lishi va tarqalishi muammosi qadimdan olim va rassomlarning diqqatini tortgan. Mashhur olimlar I.Nyuton, M.Lomonosov, Gelmgolslar ranglar-ning mohiyatini ilmiy asosda tekshirganlar. M.V. Lomonosov fanda birinchi bo'lib asosiy ranglarni kashf etgan. Isaak Nyuton qator tajribalar o'tkazib, oq yorug'likni ko'p rangli ekanligini isbotlagan. Ekranda spektr ranglarini hosil qilgan. Buning uchun Nyuton Quyosh nurini qora pardaning kichik tirqishidan o'tkazib uning yo'liga uch qirrali prizma qo'ygan, natijada ekranda har xil ranglardan iborat keng yorug'lik yig'indisi hosil bo'lgan. Ekranda spektr ranglari paydo bo'lib, ular quyidagicha joylashgan: qizil, sariq, zarg'aldoq, yashil, zangori, havo rang va binafsha ranglar.

Nyuton ranglarni fizika fani nuqtai nazaridan o'rgangan bo'lsa, nemis shoiri va san'atshunosi I.V. Gyoteni ranglarning kishi organizmiga ko'rsatadigan ta'siri ko'proq qiziqtirgan. U "Ranglar haqidagi ta'limot" nomli asarida ranglarni iliq va sovuq tuslarga ajratgan. Iliq (sarg'ish, qizil) ranglar kishida kayfichog'lik tuyg'usini, sovuq (havorang, yashil) ranglar esa ma'yuslik tuyg'usini uyg'otishi haqida yozgan.

XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L. Gelmgols rangshunoslik nazariyasida muhim yangilik yaratdi. Ko'p yillik tajribalar asosida xromatik ranglarning uchta

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

asosiy alomati — rang tusi, rangning och-to'qligi va to'yinganligi asosida turkumlash zarurligini ko'rsatdi.

Ilmiy izlanishlar va amaliyot jarayonida qator qonun qoida ishlab chiqilgan bo'lib, talaba o'zining o'quv jarayonida va ijodiy ishida ularga amal qilishi shart.

Tabiatdagi ranglar o'z xususiyatiga ko'ra ikki turga: axromatik (rangsiz) va xromatik (rangli) xillarga bo'linadi.

Axromatik ranglarga oq, kulrang va qora ranglar kiradi. Boshqa ranglar esa xromatik ranglarni tashkil qiladi. Ular o'zaro aralashtiril-ganda esa yana bir qancha tusdagi ranglarni hosil qiladi. Biror xromatik rangga ochroq kulrang qo'shsak uning jozibaliligi pasayib, nursizlanadi. Bu hol rangning kam to'yinganligidan, ya'ni uning tarkibida bo'yoqning kamayganligidan darak beradi. Demak, rangning to'yinganligi yoki to'yinmaganligi deganda kul rangga nisbatan rangdorlik darajasi, tozaligini tushunish kerak.

Rang doirasi ikki teng bo'lakka bo'linsa, birinchi yarmida qizil, zarg'aldoq, sarg'ish, sariq ranglar, ikkinchi yarmida esa havo rang, zangori, ko'k, binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yarmidagilar iliq ranglar, ikkinchi yarmidagi esa sovuq ranglardir. Bunday nomlanishga sabab qizil, sariq, zarg'aldoq ranglar olovni, qizigan temirni, cho'g'ni eslatsa, havo rang, zangori, yashillar esa muzni, suvning rangini eslatadi.

Ikkita spektr rangi ustma-ust tushirilsa, ranglar bir-biriga qo'shilib murakkab rang hosil bo'ladi. Qizil rang, havo rang va binafsha ranglar bilan qo'shilganda chiroyli tusdagi pushti, to'q qizil, sapsar ranglarni hosil qiladi. Qo'shilganda oq rang beradigan spektrli ranglar qo'shimcha yoki to'ldiruvchi ranglar deyiladi. Chunki, ular oq rang hosil bo'lgunga qadar bir-birini to'ldiradi. Bunday ranglarga sariq, havo rang, qizil, zangori, yashil va binafsha ranglar kiradi. Bo'yoqlarning qo'shilishi bilan spektraviy ranglarning qo'shilishi orasida farq bor. Uchta asosiy spektraviy rang: qizil, yashil va havo rang qo'shilganda oq rang hosil bo'ladi. Asosiy qizil, sariq va havo rang bo'yoqlari qo'shilishidan esa qora rang hosil bo'ladi. Spektrning sariq va havo ranglari qo'shilishi natijasida oq rang hosil bo'ladi. Biroq sariq va havo rang bo'yoqlarni aralashtirsak yashil rang hosil bo'ladi. Demak, ikkita rangni optik aralashtirish natijasida oq yoki unga yaqin nim kul rang hosil qiladigan ranglar o'zaro to'ldiruvchi (qo'shimcha) hisoblanadi. Masalan to'q qizil va yashil, zangori va zarg'aldoq, qizil, sariq, havo rang, sarg'ish yashil va binafsha ranglar o'zaro to'ldiruvchidir. Kundalik turmushimizda, hayotiy tajriba asosida ma'lum buyum va narsalarning o'ziga xos ranglari ongimizda singib boradi (paxta-oq, o'tlar — yashil, osmon — havo rang, dengiz — ko'k va boshqalar). Bu ranglar buyum va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

narsalarning shaxsiy rangi hisoblanadi. Ammo, buyum va narsalardagi shaxsiy rang turli yorug'lik ta'sirida o'zaro o'zgaruvchan bo'ladi. Qarama-qarshi ranglarning ta'sirida buyumning rangi turlicha ko'rinadi. Qizil muhitdagi kulrang buyum ko'kimtir-yashil tusga kiradi, yashil muhitda — pushtisimon, sariqda esa — ko'kimtir bo'ladi. Qizil qog'ozdan doira shaklini qirqib olib, kul rang qog'oz ustiga qo'yilsa kul rang qog'oz yengil yashilsimon rangda bo'lib ko'rinadi. Agar qizil doiraning o'rniga yashilni qo'ysa, kul rang qog'ozda qizg'ish tus hosil bo'ladi. Har bir holatda ham qarama-qarshi ranglarning tuslari (qo'shimcha) hosil bo'ladi. Shu sababli ham tabiatda "xira" neytral ranglar mavjud emas. Hatto, buyumdagi soyalar ham nozik yengil ranglar bilan to'yingan. Yonma-yon bo'lgan qo'shimcha ranglar o'zining yorqinligini kuchaytiradi (qo'shimcha va qarama-qarshi ranglar — bu qizil va yashilsimon — havorang, zarg'aldoq va havorang, sariq va ko'k, sarg'ish-yashil va binafsha rang, yashil va qirmizi). Buyumlar rangi kuzatuvchidan uzoqlashgan sari ham o'zgaradi (havo perspektivasi). Yuqorida sanab o'tilgan ta'sirlar natijasida buyumning rangi, rangning tusi bo'yicha ham, yorug'ligi va to'yinganligi bo'yicha, yoki uchala xususiyatlar bo'yicha bir vaqtda o'zgarishi mumkin. Bunday o'zgargan rang endi buyumning shaxsiy rangi emas, balki u shartlidir. Manzarani tasvirlash qonuniyatlari to'g'risida Florensiyalik buyuk rassom Leonardo da Vinchi o'z risolalarida ko'z oldida turgan manzarani to'g'ri tasvirlash mahorati qonuniyatlarini bayon qiladi, shuningdek, tasvirda yorug'lik va soya mutanosibligi qoidalarini batafsil tushuntirib beradi. Tabiatning shunday bir ajoyib qonuniyatiga e'tibor qiladi: olis masofadagi narsa nafaqat kichrayib, balki rangi ham birmuncha xiralashgan tarzda ko'rinadi. Shunga asosan, ulug' rassomning nazariyasiga ko'ra, manzarani tasvirlashda uzoqroqdagi narsalarning shaklini kichraytirib chizish bilangina kifoyatlanmaslik kerak. Oldinda, birinchi ko'rinishda turgan narsalarni o'ziga mansub tabiiy bo'yoqda tasvirlash, orqaroqdagi manzarani esa yengilgina xira ko'rinishda, nim havorang bo'yoq bilan tasvirlash zarur. Leonardo da Vinchi mo'yqalamiga mansub sehrli manzara-larda ana shu qonuniyat yaqqol aks etadi. Buyumlarning shakl va ranglarini haqiqiy va tabiiy holatda ko'rish va qabul qilish odatini ruhshunoslar odatiy ko'rish deb atashgan. Insonlar buyumlarni ko'rishda va qabul qilishda nafaqat turli kattalik va rang dog'larini ko'rishadi, balki narsalarni haqiqiy konstruktiv tuzilishi va rangini ham shu qatorda qabul qiladi.

Malakali rangtasvirchi har qanday buyum va narsaning shartli rangini ko'ra bilishi va mohirona tasvirlay olishi zarur. Shundagina tomoshabin asarning haqiqiy

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

borliqdagi ko'rinishini tomosha qilishga muyassar bo'ladi. Aynan shartli rang haqqoniy rangtasvirning asosiy tasvir usuli bo'lib hisoblanadi. Tajribali rassomlar yorug'lik ranglari ta'siridagi tabiatda sodir bo'layotgan nozik o'zgarishlarni ham bo'yoqlar vositasida mohirona tasvirlay-dilar. Agar biz tungi oy nurida tasvirlangan bir qator asarlarni ko'zdan kechirsak, hammasida ko'kimtir - yashil tuslar yig'indisini ko'ramiz; quyosh botishi yoki oqshom vaqtida, sun'iy elektrda yoritilgan asarlarda sarg'ish - olovrang yoki qizg'ish koloritni ko'rish mumkin.

V. Serov, I. Repin, M. Nabiev, O'.Tansiqboev, R. Ahmedov, A. Mo'mi-nov, I. Haydarov, P. Benkovlarning ko'plab asarlarida sun'iy elektr yorug'-ligi, quyosh botishi, oydin kecha yoki bulutli havoda buyum va narsalardagi shartli ranglarni yuqori malakada tasvirlanganligini guvohi bo'lamiz.

REFERENCES

1. Абдирасилов, С. Ф., & Назирбекова, Ш. Б. (2017). Компьютеризация и информатизация художественно-практические занятия в обучении студентов. Инновации в науке, (12 (73)), 21-23.

2. Абдирасилов, С. Ф. (2016). Художественные традиции как основа профессионального мастерства. Наука и образование сегодня, (2 (3)).

3. Абдирасилов, С., Толипов, Н., & Орипова, Н. (2019). Рангтасвир. Дарслик-Т., Инновация-Зиё.

4. Rustam Ravshanovich, J. (2021). Formation of Creative Abilities of Students by Teaching the Genre "Landscape" of Fine Arts. Spanish Journal of Society and Sustainability, 1, 1-8. Retrieved from http://siss.indexedresearch.org/index.php/siss/article/view/1

5. Holmuratovich, M. K. (2019). Implementation of independent educational activities of students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

6. Muratov, X. X., & Yusupova, S. A. (2020). Umumiy o'rta ta'lim maktablarida dars mashg'ulotlarini autoplay media studio dasturi orqali integratsiyalash. Academic research in educational sciences, (3).

7. Muratov, H. (2021). THE IMPORTANCE OF ORGANIZATION AND MANAGEMENT INDEPENDENT EDUCATION IN THE LEARNING PROCESS. Збгрник наукових працъ AOrOZ.

8. Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

PAINTING. Зб1рник наукових праць AörOZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

9. Saodat Makhkamova Bakhtiyarovna. (2021). QUESTIONS OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR ARTISTIC GAFUR ABDURAKHMANOV ANALYSIS OF WORKS OF FINE ART IN SCHOOL. Euro-Asia Conferences, 5(1), 13-18. Retrieved from https://papers.euroasiaconference.com/index.php/eac/article/view/437

10. Jabbarov, R. (2021). Уникальное направление, вдохновленное творчеством Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного Возрождения. Общество и инновации, 2(5/S), 59-67. https://doi. org/10.47689/2181 -1415-vol2-iss5/S-pp59-67

11. Талипов, Н., & Талипов, Н. (2021). ТАЛАБАЛАРНИ БАДИИЙ ТАЪЛИМ ОРКАЛИ КОБИЛИЯТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ. Зб1рник наукових праць AÖWZ.

12. Talipov, N., & Talipov, N. (2021). CREATIVE TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'CREATIVE ACTIVITY THROUGH ART EDUCATION. Збгрник наукових праць AörOZ.

13. Халимов, М. К. Сравнение продуктивности учебной доски и проектора в преподавании предметов, входящих в цикл инженерной графики / М. К. Халимов, Р. Р. Жабборов, Б. Х. Абдуханов, А. А. Мансуров. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2018. — № 6 (192). — С. 203-205. — URL: https://moluch.ru/archive/192/48066/

14. Akhmedov Mukhomod-Umar Bakhridinovich. (2022). THE IMPORTANCE OF FOLK APPLIED ART IN THE FORMATION OF YOUTH CREATIVE ACTIVITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 142-156. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-03-02-23

15. Nazirbekova, S. (2021). THE IMPORTANCE OF FIELD PRACTICE IN FINE ARTS. Збгрник наукових праць AörOZ. https://doi.org/10.36074/logos-19.03.2021.v4.35

16. Jabbarov, R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 285-288. doi:http://dx.doi.org/10.52155/ijpsat.v17.1.1424

17. Nazirbekova, S., Talipov, N., & Jabbarov, R. (2019). Described the Educational, Scientific, and Educational Institutions of the Miniature. International Journal of

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Progressive Sciences and Technologies, 15(2), 364-367. doi:http://dx.doi.org/10.52155/iipsat.v15.2.1192

18. Abdirasilov, S., & Maxkamova, S. (2019). Research of Structure of Fractals in a Life of Mankind and Fine Arts Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 302-305.

19. Bakhtiyarovna, S. M., Dildora, A., Markhabo, T., & ToshpulatovaSabina, I. Z. (2020). CREATIVITY OF PEOPLE ARTIST GAFUR ABDURAKHMANOV IN THE DEVELOPMENT OF MODERN PAINTING OF UZBEKISTAN. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(2).

20. Maxkamova, S. B. (2021). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI TASVIRIY SAN'ATDA MANZARA JANRIDAGI ASARLARINI BADIIY TAHLIL QILISHGA TAYYORLASH MASALALARI. Scientific progress, 2(2), 480-487.

21. Махкамова, С. Б. (2021). ВОПРОСЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ К ХУДОЖЕСТВЕННОМУ АНАЛИЗУ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ШКОЛЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 44-53.

22. АБДИРАСИЛОВ, С. Ф., & МАХКАМОВА, С. Б. (2019). ПАТРИОТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ШКОЛЬНИКОВ-АКТУАЛЬНАЯ ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА. In Высшее и среднее профессиональное образование как основа профессиональной социализации обучающихся (pp. 282286).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

23. Абдирасилов, С. Ф., Назирбекова, Ш. Б., & Махкамова, С. Б. (2016). Художественно-культурные традиции узбекского народного искусства на уроках изобразительного искусства. Личность, семья и общество: вопросы педагогики и психологии, (11 (68)), 32-42.

24. Нуртаев, У. Н., & Махкамова, С. Б. (2016). Вопросы подготовки студентов к художественно-творческой деятельности. Молодой ученый, (7), 687-691.

25. Абдирасилов, С. Ф., & Исахожаева, Н. А. (2017). Изобразительные умения и навыки в процессе выполнения набросков будущих дизайнеров. Молодой ученый, (7), 411-414.

26. Talipov, Nig^atjon Nozimovich (2022). KOMPOZITSIYADA IJODIY JARAYON HAMDA KOMPOZITSIYA VOSITALARI VA ME'ZONLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (5), 744755.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

27. Ahmedov, M.-U., & Xolmatova, F. (2021). TEACHING STUDENTS TO DRAW ELEMENTS OF PATTERNS IN WOOD CARVING CIRCLES. Зб1рник наукових працъ A'OWZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.17

28. Maxkamova, S., & Jabbarov, R. (2022). Axborot - kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib tasviriy san'at ta'limi samaradorligini oshirish metodikasi. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 27-29. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5097

29. Ravshanovich, J. R. (2021). Rangtasvir Taraqqiyotining Ustuvor Yo'nalishlari. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 137-

30. Kholmuratovich, M. K., Mardanaqulovich, A. S., Ravshanovich, J. R., Sharifovna, K. U., & Shodiyevna, B. O. (2020). Methodology of Improving Independent Learning Skills of Future Fine Art Teachers (On the Example of Still Life in Colorful Paintings). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05).

31. Yusubali o'g'li, Y. S. (2021). XVI-XVII Asrlar Garbiy Yevropa Tasviriy San'atida Maishiy Janrning Rivojlanishi. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 191-197.

32. Fayzullaevich, A. S. (2021). The use of the artistic traditions of uzbek folk art in the lessons of fine art. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 54-61.

33. Nazirbekova Shahnoza Batirovna. (2022). In the Practice of Plein Air, the Fine Arts Occupies an Important Place and Priority. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 8, 127-131. Retrieved from https: //zieni ournals. com/index. php/zi s sh/article/view/1701

148.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.