Научная статья на тему 'QADIMGI AN’ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO’NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN’ATINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

QADIMGI AN’ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO’NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN’ATINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
131
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Plener / abstraktsionizm / uslub / san’at / rasm. / Plener / аbstractionizm / style / perspective / art / pichure.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yuldashev, I.

Maqola tasviriy san’at sohasiga bog’liq kitobat san’ati tarixi uni bezatilishi bo’yicha ma’lumotlar berilgan. Miniatura va kitobat san’atining o’zaro uyg’unligi masalalariga bag’ishlanadi. O’quv jarayonini mukammal bo’lishida kitobning ahamiyati bezatilishi haqida tavsiya va ko’rsatmalar kiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF BOOK AND MINIATURE ART IN DESCRIBING THE METHODS AND STYLES OF CONTINUATION OF ANCIENT TRADITIONS IN DIFFERENT DIRECTIONS

The article provides information on the history of book art related to the field of fine art and its decoration. It is devoted to issues of mutual harmony of miniature and book arts. Recommendations and instructions about the importance of decorating the book in making the educational process perfect are included.

Текст научной работы на тему «QADIMGI AN’ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO’NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN’ATINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

QADIMGI AN'ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO'NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Maqola tasviriy san'at sohasiga bog'liq kitobat san'ati tarixi uni bezatilishi bo 'yicha ma'lumotlar berilgan. Miniatura va kitobat san'atining o'zaro uyg'unligi masalalariga bag'ishlanadi. O'quv jarayonini mukammal bo'lishida kitobning ahamiyati bezatilishi haqida tavsiya va ko'rsatmalar kiritilgan.

Tayanch so'z va iboralar: Plener, abstraktsionizm, uslub, san'at, rasm.

В статье представлены сведения по истории книжного искусства, относящиеся к области изобразительного искусства и его оформления. Она посвящена вопросам взаимной гармонии миниатюрного и книжного искусства. Включены рекомендации и указания о важности украшения книги для совершенства образовательного процесса.

Ключевые слова и выражение: Пленер, абстракционизм, стиль, переспектива, искусство, картина.

The article provides information on the history of book art related to the field of fine art and its decoration. It is devoted to issues of mutual harmony of miniature and book arts. Recommendations and instructions about the importance of decorating the book in making the educational process perfect are included.

Key words and expressions: Plener, аbstractionizm, style, perspective, art, pichure.

Ko'p asrlar davomida rivojlanib kelgan miniatyura rangtasviri jahon san'ati tarixida haqli ravishda fahrli o'rinni egallaydi. XX va XXI asr boshida O'zbekiston rassomlari hamda xalq ustalari tomonidan har-xil usul va uslublarda ko'plab durdona asarlar yaratildi. Ular ijodiy hayolat boyligi va turli yo'nalishlardagi mukammal ijrosi bilan kishini hayratga solibgina qolmay, o'zbek xalqining ko'hna tarixidan, badiiy madaniyatining serqirra va o'ziga xosligidan ham dalolat beradi.

I.Yuldashev

Far.DU Tasviriy san'at kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'rta Osiyo o'zbek miniatyurasi-musulmon sharqi xalqlari san'ati ko'p asrlik tarixining eng qiziqarli sahifalaridan biri. U tasviriy san'atning alohida turi sifatida kitobat bezagi bo'lib, mumtoz sharq shehriyati ta'sirida rivojlangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sharq adabiyotining mumtoz vakillaridan bo'lmish Abdulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar musavvirlar uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai hisoblanishgan, ularning ijodini yuksak insonparvarlik g'oyalari, umrboqiy obrazlar bilan boyitishgan.

Sharq she'riyati miniatyura rangtasvirining gumanistik mazmunini hamda g'oyaviy yo'nalishini belgilabgina qolmay, balki badiiy shaklning rivojlanishiga ham muayyan darajada o'z muhrini bosgan. Sharq miniatyura rangtasviri xalqning olamni idrok etishi va his etishini obrazlarda mujassamlashtiradi, chunki hayotiy voqelikni, xalqning tarixiy va diniy o'ziga xosligini jonli obrazlarda tasvirlaydi, binobarin, "hayot ko'zgusi" hisoblanadi.

Miniatyura san'ati aks ettirib tasvirlabgina qolmay, balki yaratadi ham. Musavvir o'ziga qadar mavjud bo'lgan milliy o'ziga xoslikka yangi xususiyatlar va chizgilarni qo'shib, milliy ruhda ilgari ma'lum bo'lmagan teranliklarini kashf etadi va uning istiqboldagi rivojlanishini ma'lum bir yo'sinda belgilaydi.

O'zbek dasgoh va monumental rangtasvirida uning butun tarixi davomida milliy muayyanlikka murojaat qilib, o'ziga xosligini shaklan ifodalabgina qolmay, balki obrazlilikni ramziy-majoziy turiga ko'proq tayanib, ma'naviy asoslarini ko'rsatishga azaldan intilib kelingan uslubiy yo'nalish mavjud. XX asrning 10-yillari oxirida zuhur ko'rsatgan bu yo'nalish (A.Volkov, O.Tatevosyan) 20-30 yillar boshida bag'oyat ravnaq topdi (mazkurlardan tashqari L.Karaxan, O'.Tansiqboev, N.Kashina, A.Nikolaev (Usta Mo'min), so'ng mavjud aqidalarni yengib o'tib Sh.Hasanova, Ch.Ahmarov ijodida o'zini namoyon qildi. Biroq 60-yillardan boshlabgina amalda belgilovchi yo'nalish bo'lib qoldi. U milliy an'analargagina emas, balki XX asr boshidagi Yevropa rassomligi an'analariga, shuningdek M.Sar'yan va P.Kuznetsov ijodiga ham tayanib tarkib topdi. Ushbu rassomlarni o'zbek diyori va o'zbek xalqining betakror obrazini yaratishga intilish birlashtirib turardi. Ularning asarlarida milliy o'ziga xoslik sharqona g'aroyibotni siqib chiqarar, mavhum ramziylik esa hayotiy ramzlarga o'rin bo'shatardi. O.Tatevosyan, N.Karaxan, O'.Tansiqboev, N.Kashina ko'proq shakl va kompozitsiyaviy yechimni izlashar, shu bois ularning miniatyuraga bog'liqligi yaqqol ko'rinardi.

A.Volg'kovning ijodi murakkabroq shakllanib, rivoj topdi. U chetdan turib

kuzatuvchi san'atkor emasdi, balki milliy hayotning ichida yashardi. A.Volg'kov

210

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

miliy san'at (miniatyura va dekorativ - amaliy san'at) qonuniyatlarini o'zlashtirar ekan, o'z badiiy asarlarini O'zbekiston xalq kuyi va shehriyati ohangdorligi bilan bog'lardi. Shu bois biror uslubga monand ish qilish uning ijodiga xos emasdi. Undagi ziddiyatlilik esa mutlaqo botiniy xususiyatga ega edi. A.Volkov O'rta Osiyoga xos etnik tipni konstruktiv jihatdan kashf etdi. U muayyan insonni tasvirlashdan-da ko'proq hayotiy jihatdan individuallashtirmasdan tasvirlaydi. Inson shaxsining ushbu ideal modeli mohiyatan sharq miniatyurasidagi inson obraziga yaqin. San'atkor insonning ulug'vor mohiyatini, borliqning oliy ma'naviy sohasiga aloqadorligini kundalik xususiyatlar orqali oydinlashtirib, go'yoki oddiy hayotdan milliy ahloqiy va estetik ideallarni ajratib ko'rsatadi.

Ayni mahalda O'zbekiston rangtasvir san'atida dunyoni sharqona idrok etishga tayangan, ko'p jihatdan A.Nikolaev (Usto Mo'min) ijodiy kashfiyotlari belgilab bergan boshqa yo'nalish ham mavjud. Usto Mo'min O'zbekistonning milliy o'ziga xosligini rangtasvir san'atidagi muqobilini izlab, sharq miniatyurasi va XV asr umbriya (Italiya) maktabi an'analarini qovushtiradi. U P.Kuznetsovning ilm rasmlari ta'siriga, borliqning ideal modelini, nafaqat moddiy, balki ma'naviy mohiyatni ham qamrab oluvchi yagonalik va tasodifiylikning betartib xilma-xilligidan xalos bo'lgan qandaydir arxitekni yaratishga intilish ta'siriga uchragan bo'lishi ham mustasno emas. A.Nikolaev rasmlaridagi obrazlarning uyg'un jozibasi, mushohadakorligi, hayotiyligi shu bilan belgilanadi. Oshkora shartli bo'lgan bu obrazlar, biz bahramand bo'la olmaydigan, o'z qobig'iga o'ralgan hamda abadiyatga dahldor ma'naviyat va barkamollik olamida tabiiy ravishda uzviy mavjuddir. A.Nikolaev sharqni G'arb tamadduniga o'xshamasligi bilan idrok etgani holda, uning olamini his qildi ham ("Mo'min" ismini bejiz olmagandi). Shu bois uning asarlari Sharqona uyg'un, kompozitsiyalari dekorativ va shartli makon sodda, tafsilotlar purma'nodir.

U minatyura an'analarini mutlaqo shaxsiy qabul qildi: P.Kuznetsov singari, sharqni ranglarning haddan oshiq zabtidan holi tarzda tasvirlay oldi. Bo'yoqni ko'pincha bo'g'iq, jozibasiz berdi, ayni mahalda ularda nafis, cho'ziq-yoqimli konturning ma'nodorligi va ritmning osoyishtaligi ustunlik qiladi. U umrining poyonida, tavsifiy naturalizm bosqichini o'tagach, "Uyg'ur raqsi" (1945), "Otalar yeri" (1947) asarlarini yaratdi, ularda avvalgi uslubini tikladi, biroq ranglarni quyuq va bir-biriga zid berdi, tasvirlangan harakatlar ritmini birmuncha aniq hamda keskin ko'rsatdi. Tasvir avvalgi asarlaridan boshqacha hususiyat kasb etdi. Bular - xatti-harakat va ayni mahalda muqaddas amal, diqqat bilan teran mushohada qilishga dahvat etuvchi ko'ngil izhori edi. Bunda sharqona ong xususiyatlari: olam-vahiy orqali egallanadigan sir, olam-rivojlanish hamda o'zgarish yot bo'lgan tugal va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

barkamol tizim ekanligi o'z ta'sirini ko'rsatdi. Ushbu usullar keyinchalik o'zbek rangtasvirida rang-barang aksini topdi.

O'zbekiston dastgoh rangtasviri ravnaqi 50-60 yillar bo'sag'asida vujudga kelgan "iliqlashuv" davrida milliy maktablar shakllanishiga tenglashtirsa bo'ladigan yangi davri respublikada ilgariroq boshlangandi.

Ch.Ahmarov Alisher Navoyi nomidagi Davlat Akademik katta teatri uchun freskalar chizib, Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi. U o'z ijodida an'anaviy sharq miniatyurasini asos qilib oldi. Ch.Ahmarov miniatyurani bevosita uslublashtirib, o'zi ishlab chiqqan ideal inson mavzui va tegishli badiiy usullar orqali o'z rangtasvir tizimi tomon rivojlanib bordi. U.A.Matiss an'anasini qabul qilib, sharqona menearlikni o'z uslubiga asos qilib olib, sharq miniatyurasi poetikasini yevropacha simvolizm bilan uzviy qovushtira oldi. Ayni mahalda Ch.Ahmarov miniatyura kontseptsiyasini jiddiy o'zgartirdi. Mumtoz sharq miniatyurasi, syujetdan qat'iy nazar, kamida ikki semantik darajaga ega. Bu, aslini olganda, syujet va ramziy - majoziy darajalar bo'lib, ularda ilohiy haqiqatlar to'g'risidagi vahiylar orqali musharraf bo'linadigan ma'naviy va barkamol borliq alomati ifodalanadi. Rang, ritm, harakat, holat, tafsilotlar ramzi go'yo borliq siri ustidan pardani ko'targandek tuyuladi. Ch.Ahmarov miniatyuraning ushbu xislatlarini amalda istisno etib, o'z asarlarida xotirjamlik (ravshanlik) hamda mushohadakorlik bilan yo'g'rilgan mukammal borliqning o'ziga xos va ko'tarinki modelini yaratdi. Uning bosh mavzui-mumtoz shehriyat, zamondan xoli, go'zallik, uyg'unlik va beg'uborlik hukm suradigan abadiyat bo'lgan orzular hamda ertaklar olami. Shuning uchun ham uning bo'yoqlar bo'g'iq va sovuq berilgan, konturlar esa nafis hamda musiqiy bo'lgan asarlarida raqs tushayotgan qizlar, soqiy yigitchalar soddalarcha sirli, impersonal tasvirlangan. Ularning harakatiyoq nozik ritmik bezakni-dekorativlik qonunlariga bo'ysundirilgan hamda me'morlikka uzviy kiradigan o'ziga xos antropomorf naqshni yuzaga keltiradi. Biroq Ch.Ahmarov kompozitsiyalarida dinamika (jo'shqinlik) ko'rsatilgan. U bamisoli o'zgarmas mukammallik sehrlagan va harakat to'htab qolgandek tushuniladi. Bu yerda olamning o'zgarmasligi, uni Sharqona idrok etishga muvofiq holda tasvirlangan.

70-80 yillarda rassomlar e'tiborini simvolizm va syurrealizm ko'proq torta boshladi, ularning mag'zini chaqish reallikni bevosita tasvirlashdangina emas, balki, muhimi, "Ijtimoiy buyurtma"dan yiroqlashishga, mafkuraga bog'liq bo'lmagan va umuminsoniy "boqiy mavzularga hamda qadriyatlarga qaratilgan umumhayotiy mavzularga, tarix falsafasiga, san'atga, insonning ichki dunyosiga murojaat etishga ko'maklashdi. Rassomlar badiiy vositalarni muayyan milliy hayot negizida tanlashda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'z erklariga qarab ish tutishga haqlidirlar. Biroq individual jihatdan ham qancha muayyanlkka qaramay, bu rassomlarni metodning tahliliyligi va fikrlashning tarixiyligi, ijodiy tasavvur erkinligi, voqelikni bilish va tushunish singari qator printsipial pozitsiyalar birlashtirib turardi. Ular hayotiy jarayonning ichki qonuniyatini aniqlashga intilishardi. Ular uchun olam yaxlit o'zaro aloqa va doimiy rivojlanishdadir. Bular - turmush hamda borliq qaror topib va rivojlanib borayotgan hayot oqimiga qo'shilgan "ochiq tizimlar"dir.

Abdullaev Sa' dulla milliy borliq ideal modelining original variantini yaratib, mumtoz obrazlarni hozirgi zamonga, ustiga-ustak, hozirgi shaharga ko'chirgan. Ayni mahalda ularning ma'naviy ravshanligini va ahloqiy barkamolligini saqlab qolgan. Biroq obrazga yashirin xavotirlik ham, erishilgan uyg'unlikning nozikligini tuyush ham xos, chunki ular nazm olamida emas, balki voqeiy olamda yashaydi.

Shu bilan birga O'zbekiston rangtasvirida milliy yo'nalishning hayot bilan bevosita bog'liq va mavzu hamda uslubiga ko'ra ancha rang-barang bo'lgan boshqa yo'li ham rivojlandi. 70-yillardagi avlod orasida bu yo'nalish vakillari asosan B.Jalolov, J.Umarbekov, T.Muhamedov, Sh.Abdurashidov va A.Mirzaev bo'lib, ular aftidan islomiy tafakkurga xos olamning o'zgarmasligi printsipidan kelib chiqib, zamonaviylikni ideal obraz bilan qiyoslaydi. Ular syujet va obrazlarning hayotiy ishonarliligini saqlab qolgan holda, kundalik voqelikni ulug'vor va sirli ma'noga to'liq borliqqa aylantirishadi. Shu sababli ularning kompozitsiyasida dinamika bamisoli qotib qolgandek zamonda ro'y berayotgan vaziyat abadiyat alomatigaaylanadi-bu uning qayd etilgan lahzasidir. Sh.Abdurashidov chizgan rasmlardagi umuman inson portretlarining keskin va chuqur mushohadasini, aftidan, shu bilan izohlasa bo'ladi. Tashqi o'xshashlikka qaramay, parishonlik holati uning barcha modellarini birlashtirib turadi, shu sababli har-xil bu kishilar botinan ajralmas bo'lib chiqadi.

A.Mirzayevning izlanishlari va yechimlari ancha rang-barang, biroq rasmlari rang-barangligiga qaramay, ularga ham "tug'ma xususiyatlar" xosdir. Ularda yorqin, ochiq, bir-biriga zid bo'yoqlarda berilgan xalq amaliy san'ati an'analari ham ko'rinib turadi, lekin sharq xattotligi bilan aloqadorligi betakrordir. A.Mirzaev mo'yqalamni qalamdek ishlatadi, uning xarakatlari rassomning his-tuyg'usini ifodalaydi. Uning uchun ishora muqaddas bo'lmasa ham, alohida mazmunan ahamiyatga ega. A.Mirzaev asarlari - o'ziga xos tasviriy xattotlik bo'lib, harakat esa gilam yoki kashtaga o'xshab qayd qilinadi. Mirzaev ko'p qiyofali rasmlarida aniq bir shaxsni emas, balki xalqni ifodali umumiylikda va ko'pincha oliy nuqtai-nazardan turli emotsional hamda ritmik holatlarda tasvirlaydi. Bu minatyuraga ham, Volkov

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

an'anasiga ham yaqindir. Uning asarlarining dunyoqarash nuqtai-nazaridan sharq an'analari bilan bog'liq, ayni shu aloqasi uning ijodini O'zbekiston dastgoh san'atida milliylikning yaqqol ko'rinishlaridan biri, deb hisoblash imkonini beradi. milliy san'atdagi ushbu yo'nalish keyingi avlod rassomlari ijodida ham o'z ifodasini topdi. Bunda milliylik sharqona mentalitet darajasida tushuniladi. Yosh rassomlar o'z asarlarida Sharq mumtoz san'atiga hos ma'naviylikni zamonaviy rangtasvir-plastika tili bilan ifodalashga urinishadi. Bunda gap odatdagi san'at an'analari haqida emas, balki ko'proq o'z "etno"sining chuqur "genetik" xotirasi haqida borishini aytib o'tish kerak.

Bu rassomlar tasvirlagan, milliy turmushdan olingan etnik tiplardagina emas, balki ijodkor ularni qanday his etib ko'rsata olishida ifodalanadi. Ularning asarlarida O'rta Osiyoning an'anaviy san'atidagi "abadiy" motivlar go'zal talqin etiladi. Bular shoirona go'zallik va obrazli ramzlar, sharqona mushohadakorlik va oxirigacha ochilmay qoladigan sirlilik, istiora va mijozdir. Bu - nafaqat ko'rish, balki his etish ham zarur bo'lgan sharqdir!

Miniatyurada zamonning tuzilmasi ko'p zamonlar qatori syujet vaqti, tarixiy vaqt, tarixdan tashqari vaqt bilan belgilanadi. U bir tomondan ijod tajribasiga qo'shilgan hamda maktab an'analari vorisiyligi bilan bog'langan rassomning shaxsiy idrok etishini: boqa tomondan, san'atning jins mohiyatini qiyoslashdan: o'tmishning, hozirning, tasavvurdagining sintezidan: shaxsiyni, hozirgini-abadiy bilan, tarixiylikni-tarixdan tashqari bilan qiyoslashdan kelib chiqadi.

Miniatyura badiiy obrazining poetik qamrovliligi, uning zamonda kengayish, ramziylashish va romantiklashish tendentsiyasi shundandir. O'tmish xotirasini kelajak to'g'risida orzu bilan birlashtiruvchi xalqona asosning, nihoyat, rassomlar ijodining emotsional ta'siri va ularning uslub maktabi an'analari xususiyatlarining kuchi ham shundan. Binobarin hozirgi O'zbekiston rassomlari uning hayotiy maromini, o'tmish davrlarini va zamonaviyliknnig plastik his etilishini ko'rsatishadi. REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus ta'lim vazirligi Farg'ona davlat universiteti. "Innovatsion g'oyalarni ta'lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishning ilmiy-uslubiy muammolari" Ilmiy maqolalar to'plami. Farg'ona-2011.

2. Farg'ona davlat universiteti. "Boshlang'ich ta'lim sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish". Farg'ona-2013.

3. R.Hasanov. Tasviriy san'at asoslari. G'.G'ulom n. Toshkent-2009.

4. N.Abdullaev. O'zbekiston san'ati tarixi. Toshkent-2007.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. A.Egamov. Kompozitsiya asoslari. "San'at". Toshkent-2005.

6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi/ "xalq ta'limi" jurn. 1998-1 son.

7. Tasviriy san'at fanidan tajribaviy standart nazorat ishlarini o'tkazish yuzasidan tavsiyalar. I-VII sinf uchun. Toshkent-2005.

8. B.Jabborov. Rangshunoslikka oid atama va iboralarning izohli lug'ati-Namangan-2001.

9. A.Sulaymonov. Imperessionistlarning "tug'ilgan kuni" yohud maktabda tasviriy san'atdagi oqim va yo'nalishlarni o'rganish. "Xalq ta'limi". Toshkent-2007.

10. N.Oydinov. Rassom o'qituvchilar tayyorlash muammolari. T.-1997.

11. N.Oydinov. Ajdodlarimiz san'ati va e'tiqodi. Nizomiy. T.D.P.I. 1992.

12. B.Ahmedov. O'zbekiston xalqlari tarixi manbalari. "O'qituvchi"-1991.

13. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

14. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

15. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

16. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

17. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

18. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

19. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

20. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

21. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

22. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 1558-1561.

23. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.