Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2
educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI
HOLATI
Sulaymanova Sevaraxon Bahodirjon qizi
Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Tasviriy san'at fanidan talabalar topshiriqlarni mustaqil bajarish jarayonida perspektivaga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishda tarixiy va zamonaviy materiallarning ahamiyati haqida so'z borgan.
Kalit so'zlar: Tasviriy san'at, ochiq osmon ostidagi muzeylar, miniatyura, qo 'lyozmalar, tarixiy obidalar, rassomlar ijodi, asarlar.
АННОТАЦИЯ
В данной статье говорится о значении исторических и современных материалов в развитии умения учащихся изобразительного искусства наблюдать перспективу при самостоятельном выполнении заданий.
Ключевые слова: Изобразительное искусство, музеи под открытым небом, миниатюры, рукописи, исторические памятники, произведения художников, произведения.
ABSTRACT
This article talks about the importance of historical and modern materials in the development of the ability of visual arts students to observe perspective during independent performance of tasks.
Key words: Fine arts, open-air museums, miniatures, manuscripts, historical monuments, works of artists, works.
KIRISH
Globallashuv, integratsiyalashuv jarayonlari fan va texnikani yuqori sur'atlarda rivojlanishi uchun keng yo'l ochib berdi. Bu jarayonlarga hamohang tarzda jamiyatning turli sohalarida, ayniqsa badiiy oliy ta'lim tizimida ijobiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Xususan, oliy ta'lim tizimida yangi ilmiy g'oyalar, nazariyalar hamda o'qitishning innovatsion texnologiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Shu ma'noda, birinchidan, badiiy oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan o'quv fanlarini jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tasviriy san'atni o'qitishning sifati va samaradorligini oshirishning istiqbolini belgilash, rivojlantirish yo'nalishlarini belgilash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Tasviriy
89
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
san'at ta'limlarini rivojlantirishda talabalami tasviriy san'atdan topshiriqlami mustaqil bajarishda perspektivaga rioya qilish metodikasi takomillashtirish hamda bunday yondashuvlarning mazmuni va mohiyati, yo'nalishlarini belgilab beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
O'zbekistonda tasviriy san'atni o'qitishning mazmuni va metodikasi yillar davomida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Bu boradi N.Abdullayev, S.Abdullayea, S.Abdurasulov, X.Alyaminov, A.Amanullayev, B.Boymetov, S.Bulatov, A.Vosiqov, J.Darmenov, A.Inog'omov, O'.Nurtoyev, N.Oydinov, B.Oripov, R.Rajabov, A.Sulaymonov, N.Tolipov, A.Turdaliyev, O.Xudoyorova, I. Yusupov, K.G'ulomov, R.Hasanov, B.Qo'chqorov kabi olimlarning tadqiqotlarini e'tirof etish mumkin. Tasviriy san'at ta'limining turli masalalari B.Azimova, B.Jabborov, J.Majidov, M.Nabiyev, X.Egamov, M.Shahodatov kabi pedagog-metodistlarning metodik ishlarida ham ochib berishga harakat qilingan. Shuningdek, san'atshunoslar (K.Oqilova, A.Xakimov, A.Egamberdiyev va b.), faylasuflar (T.Maxmudov, N.Oydinov, A. Eshonqulov, E. Umarov va b.) tasviriy san'atning taraqqiyot tendentsiyalari, ijtimoiy funksiyalari xususida, bir qator tarixchilar (A.Madraimov, N.Noqulov, G. Pugachenkova, I. Rempel va b.) uning taraqqiyot bosqichlari haqida fundamental tadqiqotlar olib bordilar. Ular, o'z navbatida, tegishli ilmiy xulosalar asosida oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan tasviriy san'at o'quv fanining tarixiy negizini mustahkamlash, perspektivaga rioya qilish, milliy xususiyatlarini e'tiborga olishda muhim manba vazifasini o'taydi.
MUHOKAMA
Tabiiyki, tasviriy san'at ta'limida, talabalar topshiriqlarni mustaqil bajarishda, perspektivaga rioya qilish metodikasini takomillashtirishda ham tarixiylik va zamonaviylik prinsiplariga ustuvor tarzda amal qilinishi lozim. Tasviriy san'at hamda tasviriy san'at tarixiga oid materiallar qatorida jahon madaniyati va san'atida tobora rivojlanib borayotgan ijodiy sohalar - talabalarda dizaynerlik qobiliyatlarini rivojlantirish, milliy va jahon tasviriy san'atining zamonaviy tendentsiyalari bilan milliy tarixiy badiiy an'analarni sintetik tarzda o'zlashtirib borishni ta'minlash, perspektiva qonun qoidalariga rioya qilish "Tasviriy san'at" o'quv fanining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Bu esa o'quv fanining mazmuni va mohiyatiga nisbatan yangicha yondashuvni taqozo etadi.
"Tasviriy san'at" o'quv fanining bosh maqsadi o'quvchilarda estetik madaniyat va badiiy tafakkurni yuksaltirish hamda ularda perspektiva qonun qoidalar vositasida
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tasviriy savodxonlikning elementar asoslari haqidagi nazariy bilim va amaliy malakalarni shakllantirishdan iborat.
Tarixiy o'tmishida ajdodlarimiz madaniyat va san'at sohasida dunyo ahlini lol qoldirgan namunalar yaratganliklari bilan mashhur bo'lganlar. Jumladan, tasviriy san'at O'zbekiston tarixining eng boy va ibratli sohalaridan biridir. Unda turli tarixiy-maishiy mavzular bilan bir qatorda tabiat tasviriga ham alohida e'tibor qaratilgan. O'zbekiston tasviriy san'atida rangtasvir va qalamtasvirning tarixiga oid manbalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, rangtasvir va qalamtasvir O'zbekiston madaniyati tarixida qo'llanish sohalarining turli-tumanligi bilan ham diqqatga sazovordir. O'zbekiston tasvitriy san'atining rangtasvir va qalamtasvir alohida, tarixiy manbalarda qayd etilishicha ularga oid turli maqomdagi asarlar mavjud bo'lganligi haqidagi qimmatli ma'lumotlar tarixiy manbalarda, memuar maqomidagi solnomalarda bu haqda qimmatli ma'lumotlar mavjud. Xususan, olim Abdurazzoq Samarqandiyning Sharqshunoslik institutining Qo'lyozmalar markazida saqlanayotgan qo'lyozmasida qayd etilgan dalillarga asoslangan holda, tarixchi Ulug'bek observatoriyasining devorlarida cho'llar va sahrolar, tog'lar va daryolarning tasvirlari borligini yozib qoldirgan. Shuningdek, shu davrlarda manzara janri O'zbekiston tasviriy san'atida hukmdolarning saroylari, ijtimoiy, ma'naviy maskanlardagi binolarning devorlariga ishlangan suratlarning ajralmas qismi bo'lganligidan dalolat beradi. Varaxsha, Afrosiyob xarobalaridan topilgan devoriy suratlar manzaraga oid tasvirlar bilan boyitilganligidan dalolat beradi.
O'zbekiston tasviriy san'atning taraqqiyot bosqichining keyingi yillarida rangtasvir va qalamtasvir, miniatyura san'atining asosiy tarkibiy qismi sifatida namoyon bo'ldi. Ayniqsa, XIV- XV asrlarda yaratilgan miniatyuralarda, ular qaysi maktab (Tabriz, Huroson, Turk, Arab, O'rta Osiyo, Hindiston va b.)ga oid bo'lishidan qat'i nazar kompozitsiyalarning asosiy elementi sifatida manzara ko'rinishlaridan samarali foydalanilgan.
O'zbekistonda tasviriy san'atni, xususan, uning manzara janrini rivojlanish bosqichlarini tahlili shuni ko'rsatadiki, miniatyuralar misolida manzaralarni tasvirlanish amliyoti XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshlarigacha davom etdi. XIX asrning oxirlarida Turkistonga Rossiyaning ta'siri kuchayib borgan bir davrda rossiyalik rangtasvirchi rassomlarning turli maqsadlarda bu yurtga kelishi tasviriy san'atning manzara janriga ham o'zgacha tendentsiyalarni olib kirdi. Jumladan, shu davrlarda Turkistonga kelib tasviriy san'at asarlari, shu jumladan, manzara janrida kartinalar yaratgan rassomlarning maqsad muddaolariga ko'ra Rossiyaning harbiy yurishlari tarkibida kelgan dastlabki rassomlar (V.V.Vereshchagin, N.N.Karazin,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
V.Dikgof va b.); konstruktiv tuzilishi va badiiy bezaklariga ko'ra o'ziga xoslik kasb etgan O'rta Osiyoning me'moriy yodgorliklarini o'rganuvchi ekspeditsiya tarkibida kelgan rassomlar (D.D.Valejov, O.A. Fedchenko, S.M. Dudin va b.); ijodkor rassom sifatida o'zining tashabbusi bilan Turkistonga kelgan rasssomlar ( R.K.Zommer, S.P.Yudin, K.A.Korovin, K.S.Petrov-Vodkin, I.S.Kazakov va b.)ning manzara janridagi asarlari realistik rangtasvirning klassik namunasi sifatida Turkiston o'lkasiga manzara janrida asar yaratishning xorijiy tajribasini olib kirdi. Bu rassomlarning ayrimlari O'zbekistonning maftunkor manzaralari ta'sirida butunlay O'zbekistonda qolib, mahalliy aholi vakillaridan rassomlar, shu jumladan, manzara janrida ijod qiluvchi rassomlar yetishib chiqishiga ma'lum ma'noda ta'sir o'tkazdilar, ya'ni ular ijodiy faoliyat bilan bir qatorda bevosita pedagogik faoliyat ham olib bordilar.
Turkistonda dastlabki tashkiliy-ijodiy guruhlar XX asrning 30-yillarida vujudga kela boshladi. 1927 yilda Toshkentda bir guruh rangtasvirchi va grafik rassomlardan iborat (A.Volkov, I.Ikromov, V.Gulyaev, V.Rojdestvenskiy, M.Kurzin, M.Gayduxovich, V.Markova P.Ryabchikov, I.Mekishev) "Yangi Sharq ustalari" nomidagi rangtasvirchi va grafik rassomlarning ijodiy guruhi tashkil etilib, unda faoliyat olib borganlar rassomlar ijodiy faoliyat bilan birgato'garaklarda pedagogik faoliyat yurita boshlaganlar. Shuning natijasi o'laroq A.Abdullaev, L.Abdullaev, L. Bure, 30 - 40-yillarga kelib Bahrom Hamdamiy, Adham Roziqov, Latif Nasriddinov, Hakm Rahimov kabi mahalliy millat vakillaridan professional rassomlar yetishib chiqdi. Ular manzara janrida kam ijod qilgan bo'lsalar-da, tasviriy san'atni professional soha sifatida shakllanishi va rivojlanishiga munosib hissa qo'shdilar. 1
XX asr boshlarida O'zbekiston tasviriy san'ati tarixida rangtasvir va qalamtasvirda yirik asarlar yaratadigan rassomlar guruhi shakllandi. Ularning ayrimlari ijodiy ishlar bilan bir qatorda o'lkada tasviriy san'at tashviqotini amalga oshirish, tasviriy san'atga ixlosmandlarga uning asosini o'rgatish borasida pedagogik faoliyat yuritganlar. Jumladan, O'rta Osiyo manzaralariga oid turkum asarlar yaratgan mashhur rus rassomi Sergey Petrovich Yudinning faoliyatini alohida ko'rsatish o'rinli. Bevosita uning ta'sirida mahalliy rassomlar yetishib chiqa boshladi. Shunday rassomlardan dastlabkisi farg'onalik manzarachi rassom, akvarelda ishlash texnikasining mohir ijrochisi P.Nikiforov sanaladi. Uning asarlarida yurtimizning sokin tabiati, purvuqor tog'lari, so'lim bog'lari yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Shuning uchun ham Turkistonga kelgan rassomlarning pedagogik faoliyati alohida mavzu sifatida o'rganishga arziydi. Masalan, S.P.Yudin dastlab Farg'onada,
1 Искусство Узбекистана. 1017 - 1972. - М.: Художник,1076. - С. 73.
92
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
keyinchalik Toshkentda mahalliy aholi vakillariga tasviriy san'atdan saboq bergan. Uning ishlarida yurtimizning o'ziga xos me'moriy obidalari, eski shaharning ajabtovur uylari, ko'chalarini tasviri, keyinchalik esa tog'li manzaralarda perspektivaga amal qilish bilangina tasviri yuqori professinalizm darajasida yaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
O'zbekiston tasviriy san'ati tarixida dastlabki pespektiva qoidalariga amal qilgan xolda ishlagan rassomlar sifatida L.Bure va O.Tatevosyanlarni tilga olish mumkin. Ularning ijodi, asosan, janrli, ko'proq maishiy janrdagi kartinalar yaratish ustuvorlik kasb etsa-da, bu asarlar qatorida manzara janri ham ularning ijodida muhim ahamiyat kasb etgan. O'z davrida mashhur rassomlardan ta'lim olgan musavvir rus tasviriy san'atining A.Savrasov, I. Levitan kabi ustalarining an'alarini yurtimiz tasviriy san'atiga tatbiq qilish borasida samarali ijod qildi va uning manzara janridagi asarlari O'zbekistonning turli badiiy fondlari, muzeylarida saqlanmoqda. Nikolay Karaxan hamda Urol Tansiqboevlarning nomini tilga olish lozim. shu tariqa manzara janrida ijod qilgan rassomlarning keyingi avlodida Urol Tansiqboevning ijodi mamlakatimiz tapsviriy san'atini aynan manzara janridagi asarlari bilan yuksak cho'qqilarga ko'tardi. U. Tansiqboev bilan bir qatorda N.Karaxan, A.Toshkentboev, X.Valiev, A.Podkovirev kabi rassomlar ham O'zbekiston tasviriy san'atining manzara janrida perspektivaga qoidalariga amal qilgan xolda rivojiga munosib hissa qo'shdilar. O'zbekiston tasviriy san'atida perspektiva qonun qoidalariga amal qilish borasida taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shgan rassomlardan mahalliy aholi vakillaridan biri, tasviriy san'atga avangard usullarni olib kirgan ijodkor, farg'onalik rassom Aleksandr Volkov O'zbekiston tasviriy san'atini yangi tendentsiyalar, an'analar, badiiy yondashuvlar bilan boyitish, rassomlar tayyorlash borasida salmoqli ijodiy va pedagogik faoliyat ko'rsatganligini e'tirof etish joiz. O'zbekistonda tasviriy san'atning manzara janrini shakllanishi va rivojlanishiga rangtasvirchi rassomlar bilan bir qatorda grafikakchi rassomlar ham o'zlarining munosib hissalarini qo'shdilar. V. Kaydalov, V. Gulyaev, V. CHeprakov kabilar shular jumlasidandir.
O'zbekiston tasviriy san'atining yuksalish davri XX asrning o'rtalariga kelib ko'zga tashlana boshladi. Bu davr rassomlari, asosan, tematik kompozitsiyalari bilan tanilgan bo'lsa-da, manzara janrida ham barakali ijod qilgan, qolaversa, tematik kompozitsiyalarida, albatta, manzaralardan ustalik bilan foydalanganlar. Jumladan, N. Kashina, V. Ufimtsev, M. Kurzin, Z. Kovalevskaya, P. Gan, M. Arinin, P. Benkov, R. Temurov kabi rassomlar manzara janrida barakali ijod qildilar. Ayniqsa, samarqandlik rassom Rashid Temurovning Samarqand va uning atroflari manzaralariga oid turkum asarlari O'zbekiston tasviriy san'atida o'ziga xos nufuzi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bilan alohida ahamiyat kasb etadi. San'atshunoslar ta'biri bilan aytganda, Rashid Temurov tasviriy san'atning Samarqandnomasini yaratib berdi.
XX asrning 30-40-yillari Ikkinchi jahon urushi bilan tarixga kirgan. Shunday bo'lsa-da, urush yillarida Toshketga evakuatsiya qilingan rassomlar tasviriy san'atning boshqa janrdagi asarlar bilan bir qatorda manzara janrida ham turkum asarlar yaratganlar. XX asrning ikkinchi yarmida O'zbekiston tasviriy san'atida manzara janri K. CHeprakov, N. Qo'ziboev, R. Ahmedov, I. Limakov, K. Bogoduxov, R. Temurov, Z. Inog'omov, Z. Kovalevskaya, M. Arinin, M. Yesin, V.Jmakin, R. CHoriev, Yu. Taldikin, M. Yo'ldoshev, V. Burmakin, G'. Abduraxmonov kabi rassomlarning asarlarida namoyon bo'lib, ularning ijodida O'zbekiston tabiatining tasviriy talqini yuksak badiiy notalarda tasvirlanganligi bilan xarakterlidir. Bu rassomlarning ayrimlari (V.Burmakin, M. Yo'ldoshev, G'.Abdurahmonov) bugungi kunda ham manzara janrida ijod qilishda davom etmoqdalar.
XX asrning oxiri, XXI asrning boshlarida O'zbekiston rassomlari ichida manzara janrida ishlaydigan ijodkorlarning yangi avlodlari yetishib chiqdi. Ular orasida A.Mo'minov, O.Bakirov, M.Toshmurodov, X.Mirzaahmedov, M.Yenin, Z. Islomshikov, A.Yunusov, Ya.Salpinkidi kabilarning nomlarini e'tirof etish joiz. Ularning ijodiy metodlari tasviriy vositalardan foydalanish ma'nosida turli-tuman bo'lsa-da, bosh mavzu sifatida jonajon o'lka manzarasini badiiy-tasviriy obrazlarda tarannum etish bosh g'oya sifatida ilgari surilgan.
O'zbekistonda manzara janrining tarixiga oid manbalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, manzara janri O'zbekiston madaniyati tarixida qo'llanish sohalarining turli-tumanligi bilan ham diqqatga sazovordir. O'zbekiston tasviriy san'atining manzara janri tadqiqotchisi, san'atshunos Ne'mat Abdullaevning2 ta'kidlashicha, tasvirlarning original namunlari saqlanmagan bo'lsa-da, tarixiy manbalarda, memuar maqomidagi solnomalarda bu haqda qimmatli ma'lumotlar mavjud. 1927 yilda Toshkentda "Yangi Sharq ustalari" nomidagi rangtasvirchi va grafik rassomlar ning ijodiy guruhi tashkil etilib, Unda A. Volkov, I. Ikromov, V. Gulyaev, V. Rojdestvenskiy, M. Kurzin, M. Gayduxovich, V. Markova P. Ryabchikov, I. Mekishevlar faoliyat olib borganlar.3
Yuqorida keltirilgan tarixiy-san'atshunoslik yo'nalishidagi materiallar, aslida ta'lim jarayonidan ayri holda sodir bo'lgan emas. Shuning uchun oliy ta'lim
2 Абдуллаев Н. Пейзажная живопись Узбекистана. - Ташкент: Изд. литературы и искусства, 1975. 42 с.; ил.
3 Искусство Узбекистана. 1017 - 1972. М.: Художник,1076. - С. 73.
94
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
massasalaridagi tasviriy san'at darslarida talabalarga rangtasvir va qalamtasvirda rasm ishlashni o'rgatishda perspektivaga rioya qilish mazkur materiallardan ta'limiy va tarbiyaviy jarayonda o'rinli va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Shu jumladan, talabalarda perspektiva qonun qoyidalarni qo'llashda malakalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularda tabiatning estetik ko'rinishiga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalar, ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishda tarixiy materiallar muhim tarixiy-didaktik manba, material vazifasini o'taydi.
REFERENCES
1. Искусство Узбекистана. 1017 - 1972. - М.: Художник,1076. - С. 73.
2. Абдуллаев Н. Пейзажная живопись Узбекистана. - Ташкент: Изд. литературы и искусства, 1975. 42 с.; ил.
3. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 1558-1561.
4. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.
5. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.
6. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.
7. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.
8. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.
9. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.
10. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
0
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
11. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.
12. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.
13. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.
14. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.
15. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.
16. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.