Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNING O‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK TALABLARI'

TASVIRIY SAN’AT TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNING O‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK TALABLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
267
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kompetensiya / kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik tizimi / o‘quvchilarda tanqidiy / ijodiy fikrlash / etik qobiliyatlar / shaxsiy hamda ijtimoiy / madaniyatlararo kompetentlik / “Ustoz-shogird” va badiiy ta’lim an’analarini saqlagan holda o‘qitishning ilg‘or usullari / hayotdagi voqelikni ko‘rib idrok etish / badiiy did va madaniyatni tarkib toptirish / perspektiva / yorug‘-soya / nisbat / konstruksiya / tasviriy ifodaviy vositalar hamda tasvirlash texnikasi va h.k.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sunnat Aslanovich Shovdirov

Ushbu maqolada, tasviriy san’at mashg‘ulotlarining eng muhim vazifalaridan biri – amaliy bezak va me’morchilik san’atlari asarlarini o‘qishga o‘rgatishdir. Tasviriy san’at asarlari ertak, hikoya, doston kabi ma’lum bir mazmunni aks etiradi. Tasviriy san’at asarlarining o‘ziga xos tili bor. Xususan, rassomlar chiziqlar, ranglar, o‘lchovlar, kompozitsiya, proporsiya, ritm, simmetriya shakl kabi ifodalilik vositalari yordamida asar mazmunini ochib beradilar. O‘quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari tizimida ularning ko‘rish, idrok etish va xotirada saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarni rivojlantirish ham muhim o‘rin tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNING O‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK TALABLARI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

TASVIRIY SAN'AT TA'LIMIDA O'QUVCHILARNING O'QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK TALABLARI Sunnat Aslanovich Shovdirov

Navoiy davlat pedagogika instituti O'zbekiston "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi

kafedrasi" v/b. dotsenti. p.f.f.d. (PhD) [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10139769

Annotatsiya. Ushbu maqolada, tasviriy san'at mashg'ulotlarining eng muhim vazifalaridan biri - amaliy bezak va me 'morchilik san'atlari asarlarini o'qishga o'rgatishdir. Tasviriy san'at asarlari ertak, hikoya, doston kabi ma'lum bir mazmunni aks etiradi. Tasviriy san'at asarlarining o'ziga xos tili bor. Xususan, rassomlar chiziqlar, ranglar, o'lchovlar, kompozitsiya, proporsiya, ritm, simmetriya shakl kabi ifodalilik vositalari yordamida asar mazmunini ochib beradilar. O'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o 'quv kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari tizimida ularning ko'rish, idrok etish va xotirada saqlash bilan bog'liq bo'lgan sifatlarni rivojlantirish ham muhim o'rin tutadi.

Kalit so'zlar: Kompetensiya, kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik tizimi, o'quvchilarda tanqidiy, ijodiy fikrlash, etik qobiliyatlar, shaxsiy hamda ijtimoiy, madaniyatlararo kompetentlik, "Ustoz-shogird" va badiiy ta'lim an'analarini saqlagan holda o'qitishning ilg'or usullari, hayotdagi voqelikni ko'rib idrok etish, badiiy did va madaniyatni tarkib toptirish, perspektiva, yorug'-soya, nisbat, konstruksiya, tasviriy ifodaviy vositalar hamda tasvirlash texnikasi va h.k.

Аннотация. В данной статье одной из важнейших задач обучения изобразительному искусству является обучение чтению декоративно-архитектурных произведений искусства. Произведения изобразительного искусства отражают определенное содержание, например сказку, повесть, эпос. Произведения изобразительного искусства имеют свой собственный язык. В частности, художники раскрывают содержание произведения, используя такие выразительные средства, как линии, цвета, размеры, композиция, пропорции, ритм, симметрия, форма. В системе дидактических возможностей развития учебных компетенций, связанных со зрительной грамотностью у учащихся, важное значение имеет и развитие качеств, связанных с их зрением, восприятием и памятью.

Abstract. In this article, one of the most important tasks of visual arts training is teaching to read decorative and architectural works of art. Fine art works reflect a certain content, such as a fairy tale, a story, an epic. Fine art works have their own language. In particular, artists reveal the content of the work using expressive means such as lines, colors, dimensions, composition, proportion, rhythm, symmetry, and form. In the system of didactic opportunities for developing educational competencies related to visual literacy in students, the development of qualities related to their vision, perception and memory is also important.

Ключевые слова: Компетенция, дидактическая система формирования компетентностей, критическое, творческое мышление студентов, этические способности, личностные и социальные, межкультурная компетентность, передовые методы обучения с сохранением традиций «магистратуры» и художественного образования, реальность в жизненном восприятии, композиция художественного вкуса и

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

культуры, перспективы, света и тени, пропорций, построения, изобразительных средств выразительности и приемов изображения и т. д.

Keywords: Competence, the didactic system of competence formation, students' critical, creative thinking, ethical abilities, personal and social, intercultural competence, advanced methods of teaching while preserving the traditions of "Master-student" and artistic education, reality in life perception, composition of artistic taste and culture, perspective, light and shadow, proportion, construction, pictorial means of expression and imaging techniques, etc.

Dunyoda sodir bo'layotgan taraqqiyot jarayonlarining asosiy omillaridan biri har bir sohada yuksak kompetensiyaga ega mutaxassislarni tayyorlash bilan bog'liq. Kompetensiyalarning dastlabki zamini sifatida, avvalo o'quv kompetensiyalari e'tirof etiladi. O'zbekiston pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biri - yoshlarning milliy va jahon madaniy qadriyatlari, shu o'rinda, badiiy tasviriy faoliyatga doir o'quv kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirib borish orqali ularni kelajak hayotlarida kreativ fikrlay oladigan yuqori darajadagi kompetensiyaga ega kadrlar sifatida tayyorlash bugungi kunda muhim dolzarblik kasb etadigan masalalar sirasiga kiradi.

Jahon miqiyosida tasviriy san'at darslarida o'quvchilarning tayanch, metapredmetli, bidiiy-estetik, umummadaniy kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik tizimini ishlab chiqish, interaktiv dasturiy vositalar yordamida tasviriy san'at fanini o'qitishning metodik asoslarini takomillashtirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, san'atga doir fanlarni o'qitish jarayonida tasviriy savodxonlikni tarbiyalash, dizayn va mediasan'atda chizma-tasviriy modellar, axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish, o'quvchilarda tanqidiy, ijodiy fikrlash, etik qobiliyatlar, shaxsiy hamda ijtimoiy, madaniyatlararo kompetentlikni rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, tasviriy san'at darslarida art-media vosita va texnologiyalarini qo'llash orqali hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish, badiiy ta'lim asosida o'quvchilarda vatanparvarlik va fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish ijodiy faoliyatni vitagen ta'limga ustuvorlik berish asosida amalga oshirishni taqozo etadi [10].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning birinchi yo'nalishi bevosita san'at turlariga bag'ishlanganligi bois ularni o'qitish tizimini takomillashtirish masalalari ham alohida dolzarblik kasb etadi. Zero, dunyo miqyosida kechayotgan globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlari jamiyat hayotining barcha jabhalariga yuqori texnologiyalar, innovatsiyalarni keng miqyosda tatbiq etish uchun qulay shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda. Jumladan, ta'lim tizimining turli komponentlari jamiyatning ta'limiy ehtiyojlarini o'zgarishiga monand tarzda takomillashtirib borilishini taqozo etadi, ya'ni jamiyatning zamonaviy talab va ehtiyojlari asosida barcha sohalarda bo'lgani kabi bevosita ta'lim mazmuni va metodikasini takomillashtirish vositasida ta'lim oluvchilarning o'quv kompetensiyalarini rivojlantirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.

Respublikamizda tasviriy san'at ta'limini innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirish, o'qitishning interfaol va raqamli texnologiyalarini keng joriy etishga katta ahamiyat qaratilmoqda. "Ustoz-shogird" va badiiy ta'lim an'analarini saqlagan holda o'qitishning ilg'or usullarini ishlab chiqish va o'quv jarayoniga ijodiy ustaxonalar faoliyatini tatbiq etish, tasviriy san'at yo'nalishlarida (dastgohli, grafika, mahobatli, miniatyura, haykaltaroshlik) faoliyat olib borayotgan iste'dodli ijodkorlarni saralab olish, ularning estetik saviyasi va mahoratini yuksaltirish" alohida ustuvorlik kasb etmoqda. Bu esa, o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarni shakllantirishga qo'yiladigan didaktik talablarni takomillashtirish,

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

mazkur jarayonni amalga oshirish modeli va didaktik shart-sharoitlarini ishlab chiqishni taqozo etadi [10].

Zamon bilan hamnafas rivojlanayotgan bugungi yangi O'zbekistonda ta'lim-tarbiya tizimini, xususan, umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitilayotgan "Tasviriy san'at" o'quv fanini isloh qilishning muhim yo'nalishlaridan biri sifatida, birinchi navbatda, o'quvchilarda sohaga oid o'quv kompetensiyalarni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero, respublikamizda davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligiga xalqimizning boy milliy qadriyatlari, madaniy-tarixiy an'analari va intellektual merosiga alohida e'tibor qaratilayotganligi O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi jarayonida kreativ fikrlovchi ijodkor avlodni tarbiyalash muhim omil hisoblanadi. Shu omillar tasviriy san'atning ta'limiy va tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etishini anglatadi.

An'anaviy yondashuvning asosiy xususiyati - tasviriy san'at predmetini o'qitayotgan o'qituvchi ma'lum axborotni taqdim qilish mobaynida uni tushuntirib beradi, o'quvchi esa bu bilimni xotirada saqlaydi. Bunda "bilim" tushunchasi xotirada saqlanadigan o'quv materiallari bo'yicha axborot ma'nosida tushuniladi. Masalan, kompozitsiyaning asosiy vazifasi o'quvchilarda ij odiy badiiy tasavvurni o'stirish, hayotdagi voqelikni ko'rib idrok etish, badiiy did va madaniyatni tarkib toptirish, tasviriy faoliyatdan kompozitsiya yaratishga oid kompetensiyalarini egallay bilishi, fandan olgan nazariy va amaliy bilimlardan ijtimoiy hayotda unumli foydalanishni ta'minlashdan iborat. Bu tasviriy san'at darslarida o'quvchilarda sohaga oid o'quv kompetensiyalarni shakllantirishda tizimli yondashish lozimligini anglatadi.

Ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llaniladigan tizimli yondashuv bevosita "Pedagogik tizim" tushunchasi bilan izohlanadi va unga monand tarzda tasviriy san'at ta'limida uning ikki toifa parametrlari mavjud. Birinchisi, pedagogik tizim bo'lib, har qanday ta'limiy jarayon kabi tasviriy san'at ta'limi ham shu tizim asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi asosiy ko'rsatkich uzviylik va uzluksizlik prinsipiga asoslangan faoliyat turlari tizimi bo'lib, o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarni shakllantirishda bu tizimga ustuvor tarzda ahamiyat qaratiladi. Bu omil, o'z nabatida, o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarini shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarining muhim komponentlaridan biridir.

"Tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo'nalishi sifatida universal tavsifga ega, pedagogikada keng qo'llaniladi, ta'lim-tarbiyaga ham pedagogik tizim sifatida qarash lozim" - deb ta'kidlaydi M. Ochilov [5].

Tizimli yondashuv vazifasiga ko'ra bajariladigan tahlilga yaqin bo'lib tahlilning ob'ekti yaxlit narsa yoki hodisa (tizim) hisoblanadi. U ob'ektning turli qismlarini, qismlarning o'zaro bog'liqligini, tizimning chegaralarini hamda mazkur tizimning atrof-muhit bilan bog'liqligini, aloqadorligini nazarda tutadi. Masalan, kompozitsiya o'quv mashg'ulotining predmeti, maqsadi, vazifalari va mazmuni tasviriy faoliyatning barcha turlari bilan mantiqiy aloqadorlikda bo'lishini talab etadi. Shuningdek, "Kompozitsiya", "kompanovka", "konstruksiya" va "struktura" tushunchalari, ya'niy shu tushunchalarga oid o'quv kompetensiyalari hamda nazariy va amaliy malakalarning shakllangan kompetensiyalari sifatida o'quvchilarning kompozitsion faoliyatlarida kuzatish mumkin.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining "Tasviriy san'at" o'quv fani dars mashg'ulotlarida 5-6-sinf [3] o'quvchilariga kompozitsiya to'g'risida tushuncha berayotgan o'qituvchi kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlari, tasviriy faoliyat jarayonining mohiyati va dinamikasi to'g'risida ma'lumot beradi. Shu bilan birga yaxlitlik qonuni: kompozitsiyaning fikr bilan

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

uyg'unligi, birligi, shakl va mazmun birligining o'zaro muvofiqligi, shaklning mazmunga bo'ysunishi, barcha g'oyalarni turli ifoda vositalari bilan namoyon ettirish yo'llari; kontrastlilik qonuni; kontrast turlari: hajmdorlik va yassilik, tarx va siluet, yorug' va qorong'u, iliq va sovuq ranglar, rangdor va tussiz, o'lchamlar kontrasti, shakllar kontrasti, ranglar kontrasti va boshqa ma'lumotlarga tayanadi. Ijodning samara beruvchi kuchlari - fikrlash, sezgi (intuitsiya) va tasavvur ekanligini o'quvchilarga bog'lanishlar va o'zaro ta' sirlarning turlichaligi tamoyili asosida singdirib boradi. Bu sifatlar o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarni shakllanganlik darajasini belgilashning asosiy mezonlari bo'lib, o'quv jarayonini tashkil etishning muhim pedagogik talablari sifatida qaralishi lozim.

Tasviriy san'at darslarida o'quvchilarda sohaga oid kompetensiyalarni shakllantirishda quyidagilarni nazarda tutadi:

- o'qish-o'qitish jarayoni o'zaro o'zviy bog'liqlikda bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish, bo'lishni;

- ta'limdan kutilayotgan samarali natijaga erishish uchun bajariladigan haddi-harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;

- loyihalashtirilgan ishlarni va amallarning barchasini birdek bajarishni. Bunda badiiy ijod komponentlari - bilim, dunyoqarash, badiiy uslub, badiiy did, tasviriy mahorat va hokazolar, albatta inobatga olinadi.

Bunday yondashuv reproduktiv ta'limga xos bo'lib, reproduktiv ta'lim tipik vaziyatlarda biror ish-harakatni oldin o'zlashtirib olingan qonun-qoidalar asosida bajarishdir. Masalan, o'quvchilarning tasviriy san'atga oid o'quv kompetensiyalarining shakllanganlik va rivojlanganlik darajasi ularning tasviriy faoliyatida yaqqol namoyon bo'ladi. Chunonchi, o'quvchining kompozitson tasviriy faoliyati uchun muayyan darajadagi nazariy bilimlar (bunga, perspektiva, yorug'-soya, nisbat, konstruksiya, tasviriy ifodaviy vositalar hamda tasvirlash texnikasi va h.k.) bilan bir qatorda amaliy kompetensiyaga ega bo'lishi talab etiladi. Masalan, manzara kompozitsiyasini bajarishda o'quvchilar manzara janri to'g'risida tarixiy ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim. Jahon tasviriy san'atining manzara janri, xususan o'zbek manzarachi rassomlar ijodini o'rganish o'quv kompetensiyalarini shakllantirishning muhim komponentlaridan biri hisoblanadi [8]. Chunki tabiat ko'rinishini tasvirlashda rassom turlicha yondashuv va metodlardan foydalanadi. Ularni o'rganish, tahlil qilish va baholash asosida shaxsiy xulosa chiqarish asosida mustaqil tasviriy-ijodiy faoliyat ko'rsatish o'quvchining tasviriy savodxonlik darajasini belgilab beradi. Manzara janrida bajarilgan tasviriy san'at asari mustaqil voqeaband asar sifatida va ma'lum badiiy asarning yordamchi elementi, detali ekanligini idrok etish o'quvchilarda estetik his-tuyg'ularini shakllantiradi. O'quvchilarga manzara kompozitsiyasi rantasviri ustida ishlash yo'llari va uslublari, kompozitsiya markazi, rang, tus komponentlari, mutanosiblik va boshqalar to'g'risida tushuncha berish bilim, ko'nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda ko'proq samara beradi. Shahar, qishloq ko'rinishlarini hamda sanoat inshootlarini aks ettiruvchi kompozitsiyalarni bajarishda o'quvchilar eskiz ustida ishlash bosqichlari, tasvirni bevosita aslidan qarab chizish orqali kompozitsiya yechimini tus, rang vositasida topish yo'llarini o'rganadilar. Manzara kompozitsiyasida o'quvchilar e'tiborini rang uyg'unligi, tasvir, rang ifodaviyligiga qaratish muhim hisoblanadi. Bunday yondashuvni qo'llash qo'yilgan o'quv maqsadlariga erishishni kafolatlovchi pedagogik talablar sirasiga kiradi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitilayotgan "Tasviriy san'at" o'quv faniga tadqiqiy-ijodiy yondashuvlar asosida o'quvchilar oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishlari, yangi bilimlarni mustaqil o'zlashtirishlari, harakatning yangi usullarini topishlari, ijodkorlik, faollik va shaxsan

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

tashabbus ko'rsatishni, nazarda tutadi [4]. Tadqiqiy yondashuvda o'quvchining o'quv-bilish faoliyatiga pedagog rag'batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, o'quvchining shaxsiy tashabbusini qo'llab-quvvatlaydi, u bilan hamkorlik qiladi, uning fikr va qiziqishlarini oldingi o'ringa qo'yadi. Masalan, darsda reklama turlari, ularning o'zaro farqlari, o'ziga xos xususiyatlari to'g''risida fikr bildirayotgan o'qituvchi albatta targ'ibot-tashviqot, chorlov, siyosiy, reklama mahsulotlari haqida ham o'quvchilarga tushuncha berib o'tsa, bu ularning badiiy ifoda uslubi va yo'llari, vazifalari haqida, reklama mahsulotlarini yaratish ish jarayonlari, ularning dizayni hamda shu kabi boshqa badiiy - estetik parametrlariga nisbatan qo'llaniladigan tasviriy ifodaviy talablar to'g'risida tushunchaga ega bo'lishlariga turtki bo'ladi va bulardan o'z faoliyatiga ijobiy yondashishlariga zamin yaratadi.

Demak, bundan qisqacha shunday xulosa qilish mumkinki, o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari tizimida ularning ko'rish, idrok etish va xotirada saqlash bilan bog'liq bo'lgan sifatlarni rivojlantirish ham muhim o'rin tutadi.

Masalan, kuzatuvchanligi rivojlanmagan kishilar gulni kuzatar ekanlar, unga nisbatan yuzaki yondashadilar, ya'ni gul bandi, guli, yaproqlari, gul rangiga e'tiborlarini qaratadilar. Kuzatuvchanligi rivojlangan kishilar esa gullarning gul bandi, gul yaproqlari va boshqalarning o'lchovlari, o'lchov nisbatlari, har bir qismning rangi, yaproq, va gul barglarining joylashuvini bir ko'rishdayoq eslab qoladilar. O'quchilarning kuzatuvchanligi va sinchkovligi o'z vaqtida narsalar va hodisalar haqidagi ma'lumotlarni xotirada yaxshi saqlanib qolishiga ta'sir ko'rsatadi. SHuning uchun ham xotirani va ayniqsa, ko'z xotirasini rivojlantirishga tasviriy san'at o'quv mashg'ulotlarining ahamiyati beqiyos katta. Biroq, bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitilayotgan "Tasviriy san'at" o'quv fanining o'qitilish sifatini qoniqarli deb bo'lmaydi. Bu kamchiliklar quyidagilar bilan izohlanadi:

Tasviriy san'at mashg'ulotlarining eng muhim vazifalaridan biri - amaliy bezak va me'morchilik san'atlari asarlarini o'qishga o'rgatishdir. Tasviriy san'at asarlari ertak, hikoya, doston kabi ma'lum bir mazmunni aks etiradi. Tasviriy san'at asarlarining o'ziga xos tili bor. Xususan, rassomlar chiziqlar, ranglar, o'lchovlar, kompozitsiya, proporsiya, ritm, simmetriya shakl kabi ifodalilik vositalari yordamida asar mazmunini ochib beradilar.

Tasviriy san'at fani mashg'uloti bevosita o'quvchilarning estetik tarbiyasini tarkib toptirishda ahamiyatli bo'libgina qolmay, balki axloqiy tarbiyada ham salmoqli o'rinni egallaydi. Shuni e'tirof etish kerakki, tasviriy san'at o'quv fani mashg'ulotlari o'quvchilarda malliy g'urur va iftixor, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, vatanparvarlik va baynalminal tarbiyada, do'stlik va o'zaro birodarlik yordam g'oyalarini tarkib toptirishda katta kuchga egaligi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi tasviriy san'at fani dasturlariga nazar solar ekanmiz, unda Vatanimizning buyuk tarixiy o'tmishi, mard-jasur vatandoshlarimizning mustaqilligimiz yo'lida olib borgan mardonavor kurash va qarashlari, Jonajon diyorimizning betakror nafosatga boy tabiati, halqparvar do'stligi g'oyalarini o'zida ifoda etuvchi tasviriy san'at asarlari bilan ta'minlanganligini shohidi bo'lamiz. Masalan, ona-tuproq, uchun kurash olib borgan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Spitamen, Muqanna kabi buyuk vatandoshlarimiz obrazlarini, O'zbekistonning rangorang va maftunkor bir-biridan go'zal manzaralarini ifodalovchi tasviriy san'atning nodir san'at asarlari mavjud. Ularni o'rganish barobarida o'quvchilar bevosita, tasviriy san'atning nazariy qonun va qoidalari bilan tanisha boradilar, yuqorida qayd kilingan mazmundagi amaliy rasmlar ishlaydilar, O'zbekistonning shirin-shakar va rangorang mevalari, har turdagi gullaridan to'zilgan natyurmortlar rasmini ishlaydilar,

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

natijada ularda jonajon Vatanimizga hamda halqimizga nisbatan mehr-muhabbat, milliy g'urur va

iftixor kabi ko'plab sifatlar shakllantiriladi.

REFRENCES

1. Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. - T.: 1994. - 296 b.

2. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - T.: Fan, 2004. - 182 b.

3. Sulaymonov A., Abdullayev N. Tasviriy san'at. 7-sinf o'quvchilari uchun darslik. - T.: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2014. - 80 b.

4. Hasanov R. Maktabda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi. - T.: "Fan", 2004. - 106 b.

5. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2006. - 180 b.

6. Шавдиров, С. А. (2017). Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности. Педагогическое образование и наука, (2), 109-110.

7. Shovdirov, S. BB Boymetov Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes for Students in The Process of Teaching Fine Arts International Journal on Integrated Education.

8. X. Ibraimov, S. Shovdirov THEORETICAL PRINCIPLES OF THE FORMATION OF STUDY COMPETENCIES REGARDING ART LITERACY IN STUDENTS // SAI. 2023. №B10. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/theoretical-principles-of-the-formation-of-study-competencies-regarding-art-literacy-in-students (дата обращения: 04.11.2023).

9. Bobonazarov S. U. Tasvirlarni grizayl texnikasida ishlashning o'ziga xosligi //Innovative Development in Educational Activities. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 114-118.

10. Bobonazarov S. KOMPOZITSIYA MASHG 'ULOTLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUHIM EKANLIGI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. B6. - С. 11-14.

11. Bobonazarov S. U., Jalolov S. C. Etnomadiy Fenomenon Sifatida Nuza San'atlari //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR) https://www. tarj. in.

12. Саъдиев С. Т., Очилов З. С. ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА КАЧЕСТВО МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //XLIII INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION". - 2018. -С. 110-111.

13. Soli Tolibovich Sadiyev O'RTA ASRLAR SHARQ MINIATYURA MAKTABLARINING METODLARI // SAI. 2022. №C2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-rta-asrlar-sharq-miniatyura-maktablarining-metodlari (дата обращения: 26.10.2023).

14. Sadiev S. DEVELOPING STUDENTS'ARTISTIC LITERACY SKILLS IN EXTRA-CURRICULUM ACTIVITIES //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. B9. - С. 106108.

15. Niyazovish G. I. WAYS OF USE OF MODERN INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES AND THROUGH THE IMPROVEMENT OF IDEAS OF NATIONAL INDEPENDENCE TO STUDENTS //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 9. - №. 12. - С. 234-237.

16. Choriyevich J. S. The role of composition in increasing the spatial imagination of students and students //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN. - 2021. - Т. 2. -№. 11. - С. 15-17.

17. Choriyevich J. S. TASVIRIY SANATDA RANG VA YORUGLIKLARNING ORNI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. C2. - С. 113-116.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

18. Jalolov S. METHODOLOGY OF PROFESSIONAL TRAINING OF ARTS TEACHERS //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. B5. - С. 37-39.

19. Kulmuratov N. R. et al. VARIOUS ISSUES IN THE FIELD OF SETTING NONSTATIONARY DYNAMIC PROBLEMS AND ANALYZING THE WAVE STRESS STATE OF DEFORMABLE MEDIA //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 9. - С. 365-369.

20. Абдуллаев Акбар Хикматович НРАВСТВЕННОЕ И ЭСТЕТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ УЧЕНИКОВ ЧЕРЕЗ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОЕ ИСКУССТВО // Academy. 2021. №4 (67). URL: https://cyberleninka.m/article/n/nravstvennoe-i-esteticheskoe-vospitanie-uchenikov-cherez-izobrazitelnoe-iskusstvo (дата обращения: 02.11.2023).

21. Абдуллаев А. Х. УЗБЕКИСТОНДА ЧИЗМАЧИЛИК ВА ЧИЗМА ГЕОМЕТРИЯ ФАНИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТАРИХИ //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. - 2022. - Т. 5. - №. 3.

22. Аслонов Ф. Б. Тасвирий санъат дарсларида укувчиларнинг ижодий фаоллигини оширишнинг педогогик-психологик хусусиятлари //Мугаллим х,ем узликсиз билимлендириу Илимий-методикалык журнал. - 2021. - №. 5.

23. Usmonovna A. Z. THE USE OF CLASSIC STYLES IN MODERN FASHION //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. A4. - С. 263-264.

24. Usmonovna, A. Z. (2023). THE USE OF CLASSIC STYLES IN MODERN FASHION. Science and innovation, 2(A4), 263-264.

25. Amonova Z. U., Vosiyeva A. T. MODELYER DIZAYNERLAR CHIZADIGAN INSON QOMATIDA LIBOSLARGA RANGNING BOSQICHMA-BOSQICH BERILISHI USULLARI //Journal of Integrated Education and Research. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 178182.

26. Amonova, Z. U., & Vosiyeva, A. T. X. (2022). MODELYER DIZAYNERLAR CHIZADIGAN INSON QOMATIDA LIBOSLARGA RANGNING BOSQICHMA-BOSQICH BERILISHI USULLARI. Journal of Integrated Education and Research, 1(6), 178-182.

27. Xamidova G. X. MUHANDISLIK GRAFIKASI VA CHIZMA GEOMETRIYA FANLARIDAGI ONA TILI QOIDALARIGA XILOF, NOTO 'G 'RI VA NOANIQ BAYON QILINAYOTGAN TERMINLAR VA ULARNING OLDINI OLISH //Journal of Integrated Education and Research. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 203-207.

28. Xamidova, G. X. (2022). MUHANDISLIK GRAFIKASI VA CHIZMA GEOMETRIYA FANLARIDAGI ONA TILI QOIDALARIGA XILOF, NOTO'G'RI VA NOANIQ BAYON QILINAYOTGAN TERMINLAR VA ULARNING OLDINI OLISH. Journal of Integrated Education and Research, 1(6), 203-207.

29. Xamidova G. X. CHIZMACHILIK FАNINI O'QITISH METODIKАSINI TАKOMILLАSHTIRISH: Gulmira Xamidovna Xamidova, Navoiy davlat pedagogika instituti San'atshunoslik fakul'teti, Tasviriy sanat va muhahdislik grafukasi kafedrasi oqituvchi //Научно-практическая конференция. - 2022.

30. Vosiyeva A. USE OF TRANSFORMATION IN THE DIRECTION OF DESIGN AND ITS IMPORTANCE //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. A4. - С. 31-33.

31. Vosiyeva, A. (2023). USE OF TRANSFORMATION IN THE DIRECTION OF DESIGN AND ITS IMPORTANCE. Science and innovation, 2(A4), 31-33.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.