Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT MASHG’ULOTLARINI TABIAT QO’YNIDA TASHKIL TISHNING AFZALLIKLARI JIHATDAN PUXTA BILIM OLISHIGA ERISHISH VA O’QUVCHILARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARIGA E’TIBOR QARATISH'

TASVIRIY SAN’AT MASHG’ULOTLARINI TABIAT QO’YNIDA TASHKIL TISHNING AFZALLIKLARI JIHATDAN PUXTA BILIM OLISHIGA ERISHISH VA O’QUVCHILARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARIGA E’TIBOR QARATISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
376
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
tasviriy san’at / amaliy bezak san’ati / badiiy hunarmandchilik / me’morchilik va dizayn san’ati / Borliqni idrok etish” / “San’atni idrok etish” / “Naturaga qarab tasvirlash” va “Kompozitsion faoliyat”

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Keldiyor Xamidovich Tog’ayev

Mazkur maqolada tasviriy san’at mashg’ulotlarini tabiat qo’ynida tashkil etishning afzalliklari jihatdan puxta bilim olishiga erishish va o’quvchilarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillariga e’tibor qaratish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT MASHG’ULOTLARINI TABIAT QO’YNIDA TASHKIL TISHNING AFZALLIKLARI JIHATDAN PUXTA BILIM OLISHIGA ERISHISH VA O’QUVCHILARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARIGA E’TIBOR QARATISH»

TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARINI TABIAT QO'YNIDA TASHKIL

TISHNING AFZALLIKLARI JIHATDAN PUXTA BILIM OLISHIGA

ERISHISH VA O'QUVCHILARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARIGA E'TIBOR QARATISH

Keldiyor Xamidovich Tog'ayev keldiyortogayev@gmail.com Navoiy davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada tasviriy san'at mashg'ulotlarini tabiat qo'ynida tashkil etishning afzalliklari jihatdan puxta bilim olishiga erishish va o'quvchilarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillariga e'tibor qaratish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kalit so'zlar: tasviriy san'at, amaliy bezak san'ati, badiiy hunarmandchilik, me'morchilik va dizayn san'ati, Borliqni idrok etish", "San'atni idrok etish", "Naturaga qarab tasvirlash" va "Kompozitsion faoliyat"

ADVANTAGES OF ORGANIZATION OF FINE ARTS ACTIVITIES IN

NATURE

Keldiyor Khamidovich Togayev keldiyortogayev@gmail.com Navoi State Pedagogical Institute

Abstract: This article discusses the benefits of organizing fine arts classes in nature and how to focus on the development of students' creativity.

Keywords: Fine Arts, Applied Decorative Arts, Crafts, Architecture and Design, Perception of Being, Perception of Art, Perception of Nature, and Compositional Activity"

Kirish. Kelajak avlodni nozik did sohiblari etib tarbiyalashda tasviriy san'at fanining ahamiyati yuqori bo'lib, xalq hunarmandchiligi, xususan, amaliy bezak san'ati, badiiy hunarmandchilik, me'morchilik va dizayn san'ati sirlaridan voqif etadi. Darslarning rang-barang, mazmunli va qiziqarli tashkil etilishi o'quvchilarning badiiy tafakkurini ham o'stiradi.

Shuningdek, o'quvchilarda:

- san'at asarlarining ijtimoiy mohiyati va ahamiyatini anglash, idrok etish va baholash, ularga estetik munosabat bildirish ko'nikmasini rivojlantirish;

I icclT^^^^H 460 http://oac.dsmi-qf.uz

- atrof-muhit, borliqdagi va san'at asarlaridagi estetik holatlarni anglashga oid bilim va malakalarini shakllantirish;

- tasviriy san'atning turlari (rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik), janrlari (portret, natyurmort, manzara), qonuniyatlari (kompanovka, kompozitsiya, ritm, faktura, yorug' va soya kabilar), ifodaviy vositalari (rang surtmasi, chiziq, faktura) bilan tanishtirish orqali ularning tasvirlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish;

- tasviriy san'atning nazariy va amaliy asoslari haqidagi bilimini boyitish asnosida barkamol avlodni tarbiyalashning muhim komponentlari - o'g'il-qizlarda estetik did, estetik ong, badiiy tafakkur va tasviriy savodxonlikni shakllantirish va rivoj-lantirishga xizmat qiladi.

Shu yo'l bilan o'quvchilarning ijodiy tafakkuri, badiiy didi, estetik hissiyotlari rivojlanib boradi.

Tasviriy san'atdagi ta'limiy va tarbiyaviy jarayon o'quvchilarda rasm chizish, me'morchilik ko'nikmalarini shakl-lantirish bilan birgalikda atrof-muhitdagi go'zalliklarni estetik idrok etish, uni tasviriy vositalar asosida aks ettirish bo'yicha ham nazariy bilim va malakalarni rivojlantiradi. Shuni aytib o'tish lozimki, bu maqsadlarga to'laqonli erishishda o'qituvchining darsga yondashuvi va mahorati muhim o'rin egallaydi. Chunki tasviriy faoliyat jarayonida shakllanadigan bilim, malaka va ko'nikmalar asosan dars davomida amalga oshiriladi.

"Borliqni anglash", "San'atni idrok etish", "Naturaga qarab tasvirlash" va "Kompozitsion faoliyat" yo'nalishlari bo'yicha mavzu mazmunini yoritib berish maqsadida o'qituvchilar tasviriy san'at darslarini ko'proq amaliy jihatdan tabiat qo'ynida o'tkazishlari, muzeylarga sayohat uyushtirishlari tavsiya etiladi. Bunda o'quvchilarning ona tabiatga, jonajon o'lkaga mehr-muhabbati oshadi, milliy qadriyatlarimizni, me'moriy yodgorlik va san'at durdonalarimizni asrab-avaylash hamda qadrlashni o'rganadilar.

Har bir dars jarayonida qo'llaniladigan interfaol metod va texnologiyalarni tanlashda fanning xususiyatini hisobga olish maqsadga muvofiq. O'qitish jarayonining samarali va natijali bo'lishini ta'minlashga yo'naltirilgan interfaol uslublar va o'qitish texnologiyalari hozirgi kunda respublikamizning barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarida keng miqyosda qo'llanilib, ijobiy natijalar olinmoqda.

Xususan, o'tilgan mavzuni mustahkamlash qismida "Zinama-zina", "FSMU", "Tushunchalar tahlili"; yangi mavzuni tushuntirishda "Charx-palak", "Tarmoqlash", "SAN" texno-logiyasi; yangi mavzuni mustahkamlash va unga oid mustaqil ish berilganda "Rezyume", "Tashviqot guruhi", "SAN" texnologiyasi; darsni yakunlash bosqichida "Yelpig'ich" texnologiyasidan foyda-lanish maqsadga muvofiq.

Tasviriy san'at darslarini qiziqarli, mazmunli olib borish uchun o'qituvchi o'z ishiga ijodiy yondashish, har bir darsda texnika vositalari, multimedia vositalari, slaydlar va ko'rgazmali qurollardan o'z o'rnida foydalanishi kerak. Dars jarayonida

I ihSi^^Bl ^61 http://oac.dsmi-qf.uz

faqatgina qo'llanmada ko'rsatilgan materiallar bilan cheklanib qolmasdan, qo'shimcha adabiyotlar, internetdan olingan ma'lumotlar va fan yangiliklari, ilg'or o'qituvchilarning ish tajribalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi.

Jumladan, "Rangtasvir va grafikada manzara ishlash" mavzusini tushun-tirishda o'qituvchi o'zbek va chet ellik rassomlarning manzara janrida ishlagan asarlarini namuna sifatida kodoskop orqali ekranda ko'rsatishi, shu mavzu asosida amaliy ishni boshlashdan oldin esa kompyuterda disk yoki fleshka orqali tabiat manzaralarini bosqichma-bosqich ishlanishi tasvirlangan yozuvni namoyish qilishi mumkin.

"Sharq miniatura san'ati tarixi haqida suhbat hamda reproduksiyalarni tahlil etish" mavzusini tushuntirishda kompyuter orqali sharq miniatura maktablari va ularning ishlaridan namunalar, Kamoliddin Behzod haqida ma'lumotlarni taqdim etishda, mahoratli ajdodimiz tomonidan ishlangan asarlardan namunalar ko'rsatish lozim.

Tasviriy san'at fanini o'qitishda madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizdan unumli foydalanish va xalq amaliy san'ati durdonalarini targ'ib qilish orqali o'quvchilarni kasbga yo'naltirish lozim.

O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda tasviriy san'at darslari, sinfdan hamda maktabdan tashqari ishlarning uyg'unligini ta'minlanadi.

O 'qituvchi tasviriy san'at darslarining tashkilotchisi, rahbari va ilhomchisi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga dastur asosida o'qitiladigan tasviriy san'at mashg'ulotlari narsaning asliga qarab tasvir chizish; xotira va mavzu asosida tasvir chizish; dekorativ amaliy san'at va haykaltaroshlik; san'atni idrok qilish kabi turiarda olib boriladi. O'qituvchi tasviriy san'at darslarida o'quvchilami dars mavzusiga aktivlashtirish uchun dars mavzusining mazmuni, hayotdagi ahamiyati va uni chizish qoidalarini tushuntirishi zarur. Ba'zida o'qituvchilar tasviriy san'at darslarini tashkil etish uchun o'quvchilarga dars mavzusi yuzasidan savollar berib, unga berilgan javoblami to'Idirish kabi vositalardan foydalaniladi. 0 'quvchiíar dars va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda bajarayotgan ishlari vositasi bilimga, malakaga, ijodiy ko'nikmaga ega bo'ldilar, o'qituvchining vazifasi o'quvchilaming mustaqil ishlariga yordam berishi, rag'batlantirish metodi asosida ilhomlantirish, yutuq va kamchiliklarini o'z vaqtida ko'rsatish, ulami o'z kuchiga ishonchini mustahkamlashida rahbarlik qiladi.

Shaxsning badiiy madaniyati va ma'naviyatini rivojlanishida tasviriy san'atning o'rni Insoniyat ma'naviy madaniyatining tarkibiy qismi san'atdir. U musiqa, teatr, kino, badiiy adabiyot, xoreografiya, tasviriy va amaliy bezak san'ati kabi boshqa turlarini o'z ichiga oladi. San'atning har bir turi o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni aks ettirishda har xil vositalardan foydalanadi, masalan, adabiyot - so'zdan, musiqa -tovushlardan, tasviriy san'at - rang va chiziqlardan va hokazo. Shu bilan birga, har bir

I ícclT^^^^H 462 http://oac.dsmi-qf.uz

san'at turi o'z ichida yana xillarga va janrlarga bo'linadi. San'atni tushunish, uning kishilar hayotidagi rolini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida keskin bahs, tortishuvlarga sabab bo'lib kelgan. San'atning eng qadimiy va keng tarqalgan turlaridan biri - tasviriy san'atdir. Odatda real borliqni badiiy obrazlarda, mavjud predmetlami tabiiy shaklini o'ziga o'xshatib umumlashtirib ifodalaydi hamda predmetlaming hajmi, o'zaro fazoviy joylashuvini va hokazolarda aks ettiradi.

San'atkor o'z asarida voqea, hodisa, holatning ma'lum bir zumdagi ko'rinishini ifodalab, u tasvir orqali rivojini, mohiyatini ochib berishga intiladi, kishilaming ma'naviy qiyofasi, psixologik holati va boshqa fikrlarni ilgari suradi va tasawur qiladi. Rassom biror shaxsni rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat o'ziga o'xshatishga ishtilish bilan chegaralanmaydi. Rassom shu ishlayotgan tasvir orqali awalo o'zining fikr va tuyg'ularini tomoshabinga yetkazishga harakat qiladi. Ishlamoqchi bo'lgan tasvirida avvalombor g'oyasiga mos mavzu, syujet tanlaydi, voqea kompozitsiyasini quradi, shu yo'lda izlanadi, dastlab hayotni o'rganib, naturani kuzatib, eskizlar chizadi, etyudlar yaratadi. Rassomlik san'atida predmetlaming shakli, hajmi, rangi, ulaming o'zaro muvozanatini to'g'ri ko'rsatishda rasmni aniq va to'g'ri ishlashning juda muhim ahamiyati bor. San'atkor o'z asarida real borliqda uchraydigan, balki inson fantaziyasi mahsuloti bo'lgan voqea va predmetlar ham aks ettirilishi, hayotda mavjud bo'lgan hodisalarning ayrim jihatlari o'zgartilib bo'rttirib ko'rsatishi ham mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, tasviriy san'at asarlari -insondagi ajoyib fazilat - borliqni bilish, uni o'rganish va sirlarini ochishga bo'lgan ehtiyojlami qondirishga ta'sir ko'rsatadi. Tasviriy san'at inson ongiga tezda ta'sir etib, unda ezgu hislar uyg'otadigan, kishini ruhlantirib, ma'naviy olamini boyitadigan san'at turiaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san'at inson shaxsining shakllanishiga va kamolatiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir.

Xulosa. O'qituvchi tasviriy san'atdan maxsus bilim va malakalarga ega bo'ishi o'quvchilarni badiiy-ijodiy qobiliyatlarini, badiiy didni, rang sezishni, fazoviy tasavvurini, buyuk rassomlar asarlarini go'zalliklarini ko'ra bilishga va ulami hissiy idrok etishga olib keladi. Tasviriy san'at o'qitish metodikasi bo'yicha toia bilimlarga ega boiish, ayniqsa, 0'zbekistonda va chet ellarda fanning o'qitish tarixi, o'quv fanning maqsad va vazifalari, ta'limning mazmuni, shakllar, usullari haqida chuqur bilimlarga ega bo'lish tasviriy san'at o'qituvchi faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, bugungi o'quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, dizaynkonstmktor, muhandis, shifokor, o'qituvchi, yurist yoki harbiy mutaxassis yoki biron bir sohani yaratuvchisi bo'ladilar. Ulami har biri uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo'ladi. Hatto uy bekasi ham rasmni ko'ra olishi, tushunishi, bu zamonning eng zarur faoliyatidir.

463

http://oac.dsmi-qf.uz

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Tasviriy san'at. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standard va o'quv dasturi.-Toshkent: Sharq, 1999. 4. Azimova B. Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi.-Toshkent: O'qituvchi, 1984.

2. Bakushinskiy A.V. Xudojestvennoe tvorchestvo i vospitanie. Issledovanie i statbi.-Moskva: Sov. xudojnik, 1981.

3. Boymetov B. , Tolipov N. Maktabda tasviriy san'at to'garagi. Toshkent, 1995.

4. Bulatov S. Amaliy san'at qisqacha lug'ati.-Toshkent: HBM, 1992.

5. Bulatov S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati.-Toshkent: Mehnat, 1994.

6. Nabiev M. Rangshunoslik.-Toshkent; O'qituvchi, 1995.

464

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.