Научная статья на тему 'TALABALAR RANGTASVIR VA QALAMTASVIR FALARIDAN TOPSHIRIQLARNI MUSTAQIL BAJARISHDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIK TALABLAR'

TALABALAR RANGTASVIR VA QALAMTASVIR FALARIDAN TOPSHIRIQLARNI MUSTAQIL BAJARISHDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIK TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
36
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
rangtasvir va qalamtasvir / perspektiva / tasviriy san’at / ta’lim muassasalari / oila / badiiy idrok / tasavvur. / painting and pencil drawing / perspective / visual arts / educational institutions / family / artistic perception / imagination.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S. Sulaymanova

Maqolada rangtasvir va qalamtasvir topshiriqlarini talabalar mustaqil bajarishda perspektivaga rioya qilishda qanday metodlardan foydalaishi zarurligi va bolani yoshligidan perspektiva qonuniyatlarini to’g’ri usullarda shakllantirib borilishi lozimligi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL REQUIREMENTS FOR IMPROVING THE METHOD OF OBSERVING PERSPECTIVES WHEN STUDENTS INDEPENDENTLY COMPLETE TASKS IN THE AREAS OF PAINTING AND PENCIL DRAWING

The article provides information about what methods students should use to observe perspective when performing coloring and pencil drawing tasks independently, and how to form the laws of perspective in the child from a young age.

Текст научной работы на тему «TALABALAR RANGTASVIR VA QALAMTASVIR FALARIDAN TOPSHIRIQLARNI MUSTAQIL BAJARISHDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIK TALABLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TALABALAR RANGTASVIR VA QALAMTASVIR FALARIDAN TOPSHIRIQLARNI MUSTAQIL BAJARISHDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIK TALABLAR Sulaymanova Sevaraxon Bahodirjon qizi

FarDU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7436210

Annotatsiya. Maqolada rangtasvir va qalamtasvir topshiriqlarini talabalar mustaqil bajarishda perspektivaga rioya qilishda qanday metodlardan foydalaishi zarurligi va bolani yoshligidan perspektiva qonuniyatlarini to'g'ri usullarda shakllantirib borilishi lozimligi haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: rangtasvir va qalamtasvir, perspektiva, tasviriy san'at, ta'lim muassasalari, oila, badiiy idrok, tasavvur.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ К СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ МЕТОДА НАБЛЮДЕНИЯ ПЕРСПЕКТИВЫ ПРИ САМОСТОЯТЕЛЬНОМ ВЫПОЛНЕНИИ УЧАЩИМИСЯ ЗАДАНИЙ ПО НАПРАВЛЕНИЯМ ЖИВОПИСИ И КАРАНДАШНОГО РИСУНКА

Аннотация. В статье представлена информация о том, какими приемами учащиеся должны соблюдать перспективу при самостоятельном выполнении заданий по раскрашиванию и рисованию карандашом, и как формировать законы перспективы у ребенка с раннего возраста.

Ключевые слова: живопись и рисунок карандашом, перспектива, изобразительное искусство, образовательные учреждения, семья, художественное восприятие, воображение.

PEDAGOGICAL REQUIREMENTS FOR IMPROVING THE METHOD OF OBSERVING PERSPECTIVES WHEN STUDENTS INDEPENDENTLY COMPLETE TASKS IN THE AREAS OF PAINTING AND PENCIL DRAWING

Abstract. The article provides information about what methods students should use to observe perspective when performing coloring and pencil drawing tasks independently, and how to form the laws of perspective in the child from a young age.

Keywords: painting and pencil drawing, perspective, visual arts, educational institutions, family, artistic perception, imagination.

KIRISH

Rangtasvir va qalamtasvir topshiriqlarni mustaqil bajarishda perspektivaga rioya qilishning dastlabki poydevori perspektiva qonun-qoidalariga amal qilishda boshlanadi.

Perspektiva so'zi (fran. perpektive) "masofaga qarash" degan ma'noni anglatadi. Perspektiva - bu obyektlarni inson ko'zi qanday idrok etsa, shundayligicha tasvirlash. Perspektiva tasviriy san'atda tabiatdagi o'zgarishlarni shakli, hajmi va ranglar uyg'unligini kuzatish mumkin bo'lgan yagona tasvir qonuniyatidir.

Rangtasvir va qalamtasvir topshiriqlarni mustaqil bajarishda perspektivaga rioya qilish, oliy ta'limdagi psixologik muhit, uning badiiy-estetik tamoyilari talabalarda turli mazmundagi tushuncha va tasavvurlarni shakllanishida muhim o'rin tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

1559

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bolalarda tasviriy san'at bilan bog'liq dunyoqarashni shakllantirishda turli omillar turlicha ta'sir etadi. Bu omillar ichida ko'p bor ta'kidlaganimizdek, oila eng asosiysi hisoblanadi. Zero, bolada tasavvur, tushunchalarning shakllanish jarayoni aynan oilada boshlanishi va bu davr dunyoqarashni shakllanishining ham mazmun, ham hajm, xam sifat jihatidan eng salmoqli bosqichi ekanligini ilmiy dalillar bilan tavsiflab o'tdik. Shuning uchun ham tasviriy san'at bilan bog'liq tushuncha va tasavvurlarni shakllantirishda maktabgacha yosh davri asosiy davr hisoblanadi. Bu tasviriy san'at bilan bog'liq tushuncha va tasavvurlar tizimida tasviriy san'at bilan bog'liq tasavvurlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Insoniyat tarixini kuzatar ekanmiz, undagi eng mashhur, aqliy salohiyati yuqori, ma'naviy komil insonlar (B.Azimova, B. Jabborov, J. Majidov, M.Nabiyev, X. Egamov va boshqalar) aynan madaniyat va tasviriy san'at sohasida ham o'ziga xos salohiyatga ega bo'lganlar, ya'ni bizning tarixiy o'tmishimizda bunga ibratli misollar ko'p. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, tasviriy san'at yuqorida nomlari zikr etilgan rassomlarning yuqori cho'qqilarga erishishlarida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu omilni tasviriy san'atda perspektivaga rioya qilishning ibratli uslublarini qo'llash jarayonida foydalanish maktabgacha yoshidagi bolalarda tasviriy san'atga oid tasavvurlarni shakllantirishning mazmunini belgilashdagi muhim shartlardan biridir. Shuning uchun ham bolalarda oiladan boshlab tasviriy san'atga oid tasavvur va tushunchalarni shakllantirish, unda ibratli namunalardan ham oqilona foydalanish bo'lajak mutaxassislarni, malakali kadrlarni tarbiyalashning dastlabki, ayni paytda eng muhim maqsadidir.

MUHOKAMA

Endilikda maktabda o'quvchilarni tasviriy san'atga oid tasavvurlarini shakllantirishning eng asosiy shakli tasvriy san'at turlari haqidagi ma'lumotlar, perspektiva qonuniyatlar haqida elementar bilimlarni tarkib toptirishdir. Bu borada maktabda tasviriy va amaliy san'at, milliy badiiy hunarmandchilik, chizmachilik, tasviriy san'at to'garaklarning tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyosdir. Qolaversa, tasviriy san'at o'qituvchisi tasviriy san'at turlari haqida muayyan bilimlar, ularni tadbiq etish borasida amaliy ko'rsatish darajasida malakalariga ham egalar. Muhimi, bu ko'rsatmalarda "soxtalik" bo'lmasligi lozim, aks holda u yoki bu tasviriy san'atda perspektivaga rioya qilish bilimlari bilan tanishish jarayonida o'quvchilarda noto'g'ri tasavvur shakllana boshlashi mumkin. Dastlabki taassurot ta'sir kuchiga ko'ra muhimroq bo'lganligi bois uni "to'g'rilash" biroz murakkabroq kechishi mumkin

Maktabda o'quvchilarda tasviriy san'at darslarida tasviriy san'atda perspektivaga rioya qilish mazmunining tarkibiy qismlari ichida ham ta'sir kuchining yuqoriligi ham ta'sir vositalarining turli-tumanligi (maxorat darslari, elektron ko'rgazmali qurollar, asarlar, video filmlar, illyustrativ materiallar va h.k.) ham ta'sir vaqtining ko'pligi, muntazamlik kasb etishi va boshqa jihatlari bilan tasvriy san'atda alohida e'tiborni talab etadi, ya'ni ularni tanlab olishda qat'iy pedagogik talablarga rioya qilish talab etiladi. Bu talablar ichida tasvriy asarlarning mazmuni va mohiyatiga ko'ra aynan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga moslarini qo'llash o'ta muhim pedagogik shartdir. Ayrim dalillarni sharhlash fikrimizga isbot bo'la oladi.

Hammaga ma'lumki mustaqillikka erishganimizdan so'ng tasviriy san'ati keyingi yillarda rivojlanib bormoqda. Biroq bu rivojlanishning salbiy holatlari ham mavjud. Rangtasvir va qalamtasvir san'atidagi perspektiva qoidalariga amal qilish sezilarlik darajada ko'rinib qoldi hamda bu salbiy holatlarning eng oddiy dalillari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

1560

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- tasviriy san'atiga perspektiva qoidalariga to'liq etibor bermaslik natijasida tasviriy san'atning keng miqyosida ta'sir etishi oqibatida milliy rassomchilikning mazmunini buzilishi. Endilikda "Tasviriy san'af'ni anglash murakkablashib bormoqda. Bu jarayonga qiziqish holatida aynan anglash murakkab bo'lgan asarlar ommalashib bormoqda. Tabiiyki, o'quvchilar tomonidan ular milliy rassomchilik asari sifatida idrok etilmoqda;

- tasviriy san'at asarlari va uning janrlarini ommalashtirish borasida ayni paytda ma'lum ishlar amalga oshirilmoqda. Tasviriy san'at darsligida beriladigan "Geometrik jismlar", "Shtrixlash usullari", "Ranglash uslublari", "Rangtasvir", "Qalamtasvir", "Perspektiva" bo'limlarida milliy taviriy san'atini saqlash, perspektivaga rioya qilish, uni targ'ib qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarni o'quvchi va talaba mahorat jihatidan shu ishga tayyor, qolaversa, rangtasvir va qalamtasvir san'atidan haqli rasomlar bilan birga juda yosh o'quvchilarning ham asarini ommalashishini faqat ijobiy holat deb baholab bo'lmaydi. Bu asarlarning ijodidagi mazmun perspektivaga rioya qilish qoidalarning asosiga oidligining o'zigina uning ijodkorlariga qat'iy talab qo'yishini taqazo etadi.

Bundan shunday xulosa chiqadiki, maktabda o'quvchilar Tasviriy san'at darslarida ishlashi yoki ijod etishi lozim bo'lgan tasviriy san'at asarlari qat'iy me'zonlar asosida saralanishi lozim. Ko'rgazmali namuna tom ma'nodagi namuna bo'lmog'i lozim, toki asarni perspektiva bog'liqligi, rang perspektivasi ham mazmun jihatdan hamohang idrok etish mumkin bo'lsin.

O'quvchilar uchun borliqdagi narsalar, manzara va natyurmot sifatida tavsiya etilayotgan illyustrativ materiallar namunalarining asar ko'rinishlarining perspektivaga rioya qilish me'yorlarga mavofiq bo'lishi lozim. Bu muammoning amaldagi holatini kuzatar ekanmiz, ayrim asarlarni perspektivaga rioya qilingan namunasi emas, balki unda perspektiva qoidalari, rang perspektivasi, havo prespektivasi yo'q deb e'tirof etish mumkin. Shuning uchun ham ularning barchasi ham maktab ta'lim yoshidagi o'quvchilarda to'g'ri tasviriy san'atga oid tasavvurlarni shakllantirishga xizmat qilmaydi. O'quvchilarda tasviriy san'atga oid tasavvurlarni shakllantirishning mazmunini belgilash muhim pedagogik tadbir sifatida muayyan mezonlar asosida amalga oshirilishi lozim.

Bugungi kunda talabalardagi tasviriy san'atga oid qarashlar, tushunchalar, did borasida tasviriy san'atga qiziqishlar o'z mazmuniga ko'ra perspektivaga rioya qilishda milliy an'analarimizga zid tarzda rivojlanib bormoqda. Yuqorida keltirilgan dalillar bunga sabab bo'lmoqda. Bu jarayonlarning pedagogik jihatidan tomoni shundaki, hozirgi davr talaballari perspektivaga rioya qilishmizga nisbatan etiborsizlik, beparvolik, ta'bir joiz bo'lsa, perspektivaga qonun qoidalarini tao'la tushunib yetmaganligi sababidan, milliy tasviriy san'at ham buzilib borayapti. Zero chiroyli, to'g'ri chizishni bilish ham tasviriy san'atga oshno insonning xislatlaridan biridir. Shu nuqtai nazardan oliy ta'limda talabalar bilan tasviriy san'at, xususan, rangtasvir va qalamtasvirda ishlangan asarlarning xususiyatlari haqida suhbatlar olib borish pedagogoglar, taniqli rassomlarning zimmasidagi muhim ta'limiy mas'uliyatdir. Shu bois ular o'z talabalari, shogirdlarining asari, dars mashg'ulotlarni, maxorat darslarini, mustaqil ishlayotgan ishlarini nazorat qilib borishlari talab etiladi, ya'ni ular ma'lum pedagogik mezonlarga mos bo'lishi lozim. Oliy ta'limda talabalarimizni rangtasvir va qalamtasvir topshiriqlarni mustaqil bajarishda perspektivaga rioya qilish metodikasini takomillashtirish nafaqat mazmun, balki shakl jihatidan ham rang-barang hamda keng ta'limiy imkoniyatlarga ega. Ular ta'lim maskanida bo'lib amaliyotlarga, maxorat darslariga qatnashish, ko'rgazma zallari, muzeylarga, tabiatning go'zal maskanlariga borish kabi rasm ishlash tadbirlar bo'lishi

1561

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mumkin. Bu tadbirlarning nazariy va amaliy foydalari shundan iboratki, avvalo pedagog o'zi muayyan darajadagi ta'sviriy san'at va perspektiva bilimlarga ega bo'lishlari maqsadga muvofiqdir. Bu ham oliy ta'limning talabalarda perspektivaga rioya qilish oid tasavvurlarni shakllantirishga qo'yiladigan pedagogik talablardan biridir. Shundagina talabalarida perspektivaga rioya qilish tasavvur va tushunchalarni shakllanishiga to'g'ri pedagogik rahbarlik qilishlari mumkin bo'ladi. Bu nufuz nazariy va amaliy tadbirlarning barcha bosqichlarida o'z samarasini beradi. Bunday tadbirlarni uyushtirish ham o'ziga xos pedagogik va psixologik tayyorgarlikni talab etadi.

Bu ta'limiy tadbirlarning birinchi bosqichida rejalashtirilayotgan maskan va unda ko'rilishi nazarda tutilayotgan ob'ektlar, jarayonlar xaqida tushuncha berilib, talabani perspektivaga rioya qilish yo'llarini o'ylashga majbur etiladi. Shu tariqa u tasviriy idrok etishga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Bu tadbir bevosita ob'ektni kuzatish jarayonining (ikkinchi bosqich) samarali kechishiga pedagogik kafolat bo'ladi.

Tadbirlarning uchinchi bosqichida ko'rilgan, kuzatilgan tabiat, ob'ekt muhokama etiladi. Bu usul talabalarda ko'rganlari haqida o'ylash, fikr yuritish, tasviriy idrok etish, ularga nisbatan perspektivaga rioya qilish yo'llarini o'ylashga undaydi. Tasviriy san'atga oid tasavvur va perspektivaga rioya qilish tushunchalarni shakllanishida esa shaxsiy mulohazalar muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarda go'zallik, nafosat, perspektivaga rioya qilish haqidagi mulohazalarning dastlabki kurtaklari shakllanadi. Bu holatlarga zid bo'lgan belgilarni anglay olishni o'zlashtirib borishlari esa tasviriy san'atning asosiy rangtasvir va qalamtasvir topshiriqlarni mustaqil bajarishda perspektivaga rioya qilish ko'nikmalarni tarkib toptirib boradi.

Tadbirning to'rtinchi bosqichi ma'lum vaqt o'tgandan keyin ko'rilgan, muhokama etilganlarni eslash bilan bog'liq. Uning tashabbuskori ham aynan pedagoglar bo'ladi. Aynan vaqt o'tishi bilan ko'p narsalar unutiladi, xotirada o'rin olgan tasavvurlar saralanadi. Ko'p xollarda ijobiy, yaxshi narsalar ham unutiladi. SHu nuqtai nazardan oliy ta'limda talabalarni rangtasvir va qalamtasvir topshiriqlarni mustaqil bajarishda perspektivaga rioya qilishni tashkil etuvchi xotiralarni tiklab uni mustaxkamlash muhim pedagogik jarayondir. Bu tadbir xotira uchun ham o'ziga xos mashq vazifasini o'taydi. Shuning uchun ham psixologiyada, ham pedagogikada xotira muammosi shaxsni shakllantirishning muhim qirrasi sifatida tadqiq etilgan.

Oliy ta'limdagi talabalarda rangtasvir va qalamtasvir topshiriqlarni mustaqil bajarishda perspektivaga rioya qilishlarni amaliy mashg'ulotlarda shakllantirish talabalarning shaxsiy qiziqish ko'lamlari, mazmuni va yo'nalishiga alohida e'tibor qaratish lozim.

Shuning uchun ham pedagoglar talabalarining tasviriy faoliyatlarining ham moddiy, ham ma'naviy jihatdan qo'llab quvvatlashlari talab etiladi. Talaba tasviriy san'atni mustaxkam o'rganishida perspektivaga rioya qilishning o'rni katta ekanligini birgina rivojlangan mamlakatlar misolida kurish mumkin. Dunyoning eng rivojlangan mamlakatida tasviriy san'atni o'qitish uchun eng ko'p o'quv soati ajratiladi. Bundan mantiqiy fikr chiqaradigan bo'lsak, perspektiva qoyidalariga rioya qilish faqat talabalarda tasviriy san'at oid tasavvurlarni shakllantirish vositasigina emas, balki umuman shaxs kamolotida o'ta ta'sirchan, samarali vositadir.

XULOSA

Talabalarda topshiriqlarni mustaqil bajarishda perspektivaga rioya qilish badiiy qadriyat-larning boshqa turlari ham samarali qo'llanilishi mumkin. Ayniqsa, tasviriy san'at yo'nalishlari va uning tarixiga oid ma'lumotlar nafaqat perspektiva qonun-qoidalari, tadbiq etish uslublarini,

I562

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tasvirni aniq, to'g'ri va talab darajasida sifatli bajarishini ta'minlaydi hamda ularda tasvirlardan

ta'lim-tarbiyaning boshqa jihatlari, xususan talabalarda vatanparvarlik, milliy g'urur va milliy

tuyg'u kabi sifatlarni shakllantirishda alohida e'tiborga molik.

REFERENCES

1. M.SH.Nurmatova, SH.T.Hasanova. Rasm, buyum yasash va Tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi (O'quv qo'llanma). "Musiqa". T.: 2012.

2. Н.М.Макарова. Рисунок и перспектива (теория и перспектива). «Мир». М.: 2012.

3. Ozodbek, S., Muhammadjon, O. R., & Sevaraxon, S. (2022). MARKAZIY OSIYO XALQLARI TASVIRIY SAN'AT TARIXINING FANDAGI O 'RNI. Research Focus, 1(2), 259-263.

4. Сулайманова, С., Омонов, Д., & Аъзамжонов, А. (2022). АЛИШЕР НАВОИЙ АСАРЛАРИДАН БАДИИЙ ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИ У^ИТИШ ЖАРАЁНИДА ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЗАРУРИЯТИ. Research Focus, 1(2), 272-277.

5. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY YO 'NALISHDAGI OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY SAN'ATDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK NAZARIYA VA TA'LIM AMALIYOTIDAGI TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 16-23.

6. Sulaymonova, S. B. Q. (2021). TASVIRIY SAN'AT ORQALI DUNYO SIVILIZATSIYASINI O'RGANISH OMILLARI. Academic research in educational sciences, 2(6), 730-735.

7. Сулайманова, С. Б. К. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

8. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

9. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO „LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

10. Юлдашева, Н. Э. (2020). Развитие профессиональной компетентности воспитателя дошкольной образовательной организации. International scientific review, (LXXIII), 8284.

11. Юлдашева, Н. Э. MOTIVATIONAL AND NEED-BASED CHARACTERISTICS OF PHYSICAL CULTURE SPECIALISTS. Pedagogika, 30.

12. Egamberdievna, Y. N. (2021). IMPROVING THE PEDAGOGICAL COMPETENCE OF THE TEACHER OF PHYSICAL EDUCATION OF THE SECONDARY SPECIAL EDUCATION SYSTEM. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 1(1.5 Pedagogical sciences).

13. Egamberdievna, Y. N. (2021). Formation of professional competence of the teacher in working with children in preschool. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(1), 141-147.

1563

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

14. Юлдашева, Н. Э. (2022). СОВРЕМЕННАЯ КОНЦЕПЦИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В СИСТЕМЕ ВЫСШИХ СПЕЦИАЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM,, 2(18), 726732.

15. Egamberdiyevna, Y. N. (2020). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK ZARURIYAT. Педагогика ва психологияда инновациялар, 5(3).

16. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.

17. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.

1564

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.