Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING DIZAYNERLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH METODLARI'

O‘QUVCHILARNING DIZAYNERLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

203
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dizayn ta’limi / ijtimoiy faoliyat / badiiy san’at / ijodkorlik / estetik va badiiy faoliyat / dizaynerlik malakalari / Дизайнерское образование / социальная деятельность / художественное искусство / творчество / эстетическое и художественная деятельность / дизайнерская квалификaция

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — N. A. Mansurov

Maqolada o‘quvchilarning dizaynerlik qobiliyatlarini takomillashtirish imkoniyatlari tahlil etilgan, amaliy san’at to‘garaklarida o‘quvchilarning dizaynerlik qobiliyatlarini rivojlantirish usullari hamda dizaynerlik ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga oid tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье анализированы возможности совершенствование дизайнерских способностей учащихся, даны рекомендaции по формированию дизайнерских навыков, квалификaций и по развитию дизайнерских способностей учащихся на кружках по прикладному искусству.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING DIZAYNERLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH METODLARI»

O'QUVCHILARNING DIZAYNERLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH METODLARI

N. A. Mansurov

Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI dotsenti

ANNOTATSIYA

Maqolada o'quvchilaming dizaynerlik qobiliyatlarini takomillashtirish imkoniyatlari tahlil etilgan, amaliy san'at to'garaklarida o'quvchilarning dizaynerlik qobiliyatlarini rivojlantirish usullari hamda dizaynerlik ko'nikma va malakalarni shakllantirishga oid tavsiyalar berilgan.

Tayanch so'zlar: dizayn ta'limi, ijtimoiy faoliyat, badiiy san'at, ijodkorlik, estetik va badiiy faoliyat, dizaynerlik malakalari

АННОТАЦИЯ

В статье анализированы возможности совершенствование дизайнерских способностей учащихся, даны рекомендaции по формированию дизайнерских навыков, квалифитаций и по развитию дизайнерских способностей учащихся на кружках по прикладному искусству.

Ключевые слова: Дизайнерское образование, социальная деятельность, художественное искусство, творчество, эстетическое и художественная деятельность, дизайнерская квалифитация

ABSTRACT

The article analyzes the possibilities of improving the design abilities of students, gives recommendations on the formation of design skills, kavlifikaциy and on the development of design abilities of students in the circles of applied arts.

Keywords: design education, social activity, art, creativity, aesthetic and artistic activities, design skills

Ma'lumki, bugungi kunda dizayn san'atiga xos xususiyatlar va imkoniyatlaridan to'la ravishda foydalanilayotgani yo'q. Bu borada vujudga kelgan muammolar birinchidan, dizaynerlik faoliyatining nihoyatda murakkabligi bo'lsa, ikkinchidan, uning fan-texnika, muhandislik-konstruktorlik, iqtisodiy faoliyat bilan aloqadorligidir. Uchinchidan, jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti bilan chambarchas bog'lanib

May 6, 2023

378

ketganligidir. Shu boisdan dizaynning nazariy muammolari ko'p qirrali bo'lib, ularni turli nazariy bosqichlarda o'rganib chiqishni taqozo etadi. Ayrim mualliflar «industrial dizayn», «sanoat san'ati», «sanoat estetikasi» tushunchalarini bir-biridan farqlasalar, boshqa mualliflar esa ularni sinonimlar deb ataydilar.

Lekin, estetik va badiiy faoliyatning nisbati to'g'risidagi masala, jumladan, yarim-yorti yoritilgani, dizayn nazariyasi uning amaliyotidan orqada qolayotganligi bilan izohlanadi. Biroq dizayn nazariyasi oldida terminologiyani tartibga keltirishdan ham muhimroq vazifa turibdiki, bularning qay daraja hal etilishiga qarab badiiy konstruksiyalash amaliyoti rivojlanadi. Bu muammolarni chuqur va har tomonlama o'rganmasdan turib, dizaynning ongli ravishda o'zlashtirilgan hamda ma'lum maqsadga yo'naltirilgan faoliyatini ta'minlash mumkin emas. Bu esa bevosita pedagogik muammolar sirasiga kiradi.

Dizayn san'ati bilan bog'liq professional faoliyat XIX asrning o'rtalarida Angliyada avj olganligi e'tirof etilsa-da, san'at tarixida bu voqelik undan-da oldinroq qayd etilgan. 1826 yilda Amerika nafis san'atlar akademiyasi qayta tashkil etilib, unga Milliy dizayn akademiyasi nomi berilganligi fikrimizning dalilidir. 1849 yildan boshlab Londonda Dizayn jurnali ("Journal of Dezign") chop etila boshlangan. Dizayn tarixi haqida ko'plab ma'lumotlar keltirish mumkin. Biroq uning mazmuni auditoriya toifasiga qarab belgilanadi. Maktab yoshidagi o'quvchilarni dizayn tarixi va uning nazariy asoslari bilan tanishtirish uchun taqdim etiladigan ma'lumotlar hajm hamda bayon usuliga ko'ra ko'p va murakkab bo'lmasligi, ya'ni dizayn mashg'ulotlarida uning amaliy yo'nalishini ustuvor tarzda tashkil etmoq lozim. Ayni paytda o'quvchi dizayn san'ati o'zining shakllanish va rivojlanish yo'lida murakkab texnologik jarayonlarni bosib o'tganligi haqida etarli ma'lumotlarga ega bo'lmog'i lozim.

Ijodda ilhomlanish muhim, ilhom insonning barcha kuchlari ijod ob'ektida batamom to'planganligini, hissiy, ruhiy, ko'tarinkilikni bildiradi, natijada mehnat g'oyat sermahsul bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, har bir inson shaxsiy fikriga ega bo'lmog'i darkor. O'quvchilarda dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirishga ularning bu borada bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish orqali erishiladi. Dizaynerlik bilimlari amaliyotda tekshirilgan va tasdiqlangan, buyumlarni loyihalash uchun zarur bo'lgan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan in'ikosidir.

O'zbekiston milliy ensiklopediyasida yozilishicha, ko'nikma - insonning ilgarigi tajribalari asosida muayan faoliyat

yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati, ko'nikmalar amaliy

May 6, 2023

faoliyatga bilimlarni amalda qo'llay bilishga oid faoliyatning maqsadi va sharoitlariga munosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir.

Ko'nikma - harakatlarni samarali bajarish imkoniyatidir; ko'nikma ma'lum darajada fikrlab bajariladigan harakatlar; ko'nikma qandaydir harakatni yangi sharoitda bajarish usulidir; ko'nikma - murakkab tizimli ruxiy va amaliy harakatlarni egallashdir. Bu ta'riflardan kelib chiqqan xolda dizaynerlik ko'nikmasi - insonning ilgarigi tajribalari asosida dizaynerlikka oid faoliyat yoki harakatni o'zlashtirishi va sharoitlariga munosib ravishda muvaffaqiyatli bajarish usulidir,- deb ta'rifladik.

Dizaynerlik bilimlari voqelik to'g'ri aks ettirilgan mulohazalarda ifodalansa, dizaynerlik ko'nikmalari esa ko'proq aqliy va jismoniy harakatlarda aks etadi. Dizaynerlik ko'nikmalari doimo dizaynerlik bilimlarga asoslanib, malakaning negizi hisoblanadi. Dizaynerlik malakalari - yuqori o'zlashtirilganlik darajasiga ega bo'lgan harakatlar majmuasidir; u mashqlar natijasida mustahkamlangan harakat usulidir. O'quvchilarning dizaynerlik bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirish o'ziga xos nazariy, pedagogik xususiyatlarga ega.

Dizayn zamonaviy madaniyatning eng yosh va tez rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. Dizaynerlik faoliyatida ilmiy va badiiy faoliyat, texnik ijodkorlik sintetik tarzda namoyon bo'ladi, lekin dizayn ularning birontasiga aylanib qolmaydi. San'at bilan dizayn o'rtasida umumiylik bo'lsa-da, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Badiiy faoliyat u yoki bu ko'rinishida faqat g'oyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog'liq. Shunga ko'ra, dizayner u yoxud bu ishlab chiqarish jamoasida muhandis, konstruktor, texnolog, muhandislik psixologiyasi bo'yicha ma'lum bir tushunchaga ega bo'lishi lozim. Dizayner ish uslubida ramziylik va falsafiy qarash mujassam bo'lmog'i darkor. Ko'z o'ngimizda namoyon bo'lgan manzara va shakllar aslida zehnimiz ko'zgusida mavjud ma'lumotlar in'ikosidir. Albatta, ularni idrok etish va uqmoq natijasida muayyan mazmun va maqsadni anglaymiz. Aks holda ular oddiy bir ko'rinish tarzida xotirada qoladi.

Ma'lumki, maktab o'quvchilarning ijodiy faoliyat qobiliyatlarini shakllantirish o'chog'idir. O'quvchilarning ijodiy faoliyati amaliy san'at darslarida ham amalga oshirilib, bu jarayonda pedagogik shart-sharoitlar, o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlari vositalari muhim ahamiyatga egadir. Vaholanki, amaliy san'at mashg'ulotlarida o'quvchilarda dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalarini hal etishda asosiy tashkiliy shakl - bu darsdir. O'quvchilarda dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirishni faqat tasviriy san'at darslarida emas, har qanday fanni o'qitish jarayonida ham amalga oshirish

May 6, 2023

p

mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ta'lim va o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlari bu yaxlit, bir butun pedagogik jarayondir.

Maktab o'quvchilariga tasviriy san'at fanlarini o'qitishda didaktik maqsadlar bilan bir qatorda o'qituvchi o'quvchilarda dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadini ham aniq belgilab olishi va ularni hal etishi lozim. Masalan, matematika -o'quvchilarnmg aqliy ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, o'qish, ona tili - o'quvchilarning poetik ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, tabiatshunoslik -o'quvchilarning ekologik ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, mehnat - o'quvchilarning iqtisodiy va mehnat ijodiy fikrlash qobiliyatlarining, musiqa - o'quvchilarning estetik ijodiy fikrlash qobiliyatlarining, tasviriy san'at - o'quvchilarning badiiy ijodiy fikrlash qobiliyatlarining asosiy vositalari bo'lsa-da, boshqa o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlari bilan ham yaqin aloqador bo'lib, bir-birlarini to'ldiradilar. qobiliyatlarining, musiqa -o'quvchilarning estetik ijodiy fikrlash qobiliyatlarining, tasviriy san'at -o'quvchilarning badiiy ijodiy fikrlash qobiliyatlarining asosiy vositalari bo'lsa-da, boshqa o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlari bilan ham yaqin aloqador bo'lib, bir-birlarini to'ldiradilar. O'quvchilarda dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirishda nafaqat o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlari, hattoki, ta'limiy maqsadlarni ham oldindan aniq belgilab olmaydilar. Ularning dars-reja ishlanmalarida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlari maqsadlar qo'yilmaydigan xollari ham uchrab turadi. Ular belgilab olingan taqdirda ham umumiy harakterga ega bo'ladi. Dizayn mashg'ulotlarida o'quvchilarda ijodiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadi dars jarayonida qanchalik aniq bo'lsa, unga erishish yo'llarini tanlash ham ancha qulay bo'ladi.

Dizayn mashg'ulotlari o'quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega. Zero, turli mavzulardagi amaliy ijodiy asarlari o'quvchilarda tabiatga, vatanga, millatiga, boshqa kishilarga, mehnatga nisbatan ahloqiy-estetik munosabatlar, tushunchalar namoyon bo'ladi. O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o'quvchining ijodiy ishlarini yaxshi tashkil etish, uyushtirish orqali yuqorida ko'zda tutilgan maqsadlarga erishish mumkin. Bunday darslarning ta'sirli, sifatli bo'lishi to'garak rahbarining har taraflama puxta tayyorgarligiga bog'liq. Aksincha, rejasiz o'tkaziladigan mashg'ulotlar o'quvchilarning u yoki bu sohaga bo'lgan qiziqishlarini so'ndiradi va zaiflashishiga olib keladi. Bunday muhim talablardan yana biri mashg'ulotlarning o'quvchilarning yoshiga, individual xususiyatlariga va bilim darajalariga mos bo'lishidir.

To'garak o'quvchilarini ko'proq amaliy ijodiy faoliyat

qiziqtiradi. O'quvchilarning qiziqish doiralarini muayyan

May 6, 2023

p

metodika, vositalar asosida kengaytirib borish, ularni asta-sekin estetik ehtiyojga aylantirib borish muhim ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatga molik masaladir.

O'quvchilarda dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirishning asosiy shakllaridan biri "Dizayn to'garagi"dir. Dizayn to'garagining o'ziga xos jihatlaridan, to'garak rahbari o'quvchilar bilan individual ishlashga ko'proq vaqt ajratish lozim Mashg'ulotlarning bosh prinsipi soddadan murakkabga, nazariya bilan amaliyotdagi hamohanglikdir. Mashg'ulotlar mazmunining murakkablashib borishi muayyan guruhlarning dastur materiallarini o'zlashtirish darajasi bilan belgilangan. Xuddi shu omil to'garak rahbari uchun dasturning turli variantlarini (soddalashtirilgan, murakkablashtirilgan, mahalliy sharoitga moslashtirilgan va boshqalar) ishlab chiqish lozimligini taqozo etadi.

To'garak mashg'ulotlari uning qatnashchilarini badiiy amaliy yo'nalishdagi kasb-hunar va san'at maktablari, hamda oliy o'quv yurtlariga kirishlari uchun maxsus tayyorlash faoliyati sifatida ham qo'llanilishi mumkin. Bu holda to'garak mashg'ulotlari mazmunida rangtasvir, qalamtasvir, amaliy san'at kompozitsiyalaridan maxsus topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi.

Yuqoridagi mulohazalardan anglaniladiki, hayotda dizaynga, badiiy ijodga bo'lgan talab yil sayin oshib bormoqda, chunki madaniy hayotda, ishlab chiqarishda, maishiy turmushda va hokazo sohalarda turli mazmundagi o'zgarishlar, yangilanish va yuksalishlar sodir bo'lmoqda. Hozirgi sharoitda dizayn tobora umumbashariyat muammolari bo'lgan tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, inson salomatligini va uni qurshab turgan muhitni himoya qilish vazifalarini bajarishda faol ishtirok etmoqda. Shu boisdan ta'lim jarayonida o'quvchilarning dizaynerlik qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish ularning kelajakdagi faoliyati, barkamol shaxs sifatidagi kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES:

1. Sotiboldiev. Z.Sh. Dizayn asoslari.- T: Iktisod-moliya, 2008

2. Habibullo Solih. Ramziy bezaklar ma'nosi. - T.: O'zbekiston, 2003. №3.

3. G'oziev E.G'. Psixologiya. -T.: O'qituvchi, 2008

4. Erkaboeva, N. S., & Bakhromovna, M. M. (2022). A MODERN APPROACH TO THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE IN FUTURE DEFECTOLOGISTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 1723-1725.

5. Tolipov O'.Q., Sharipov Sh.S., Islomov I.N. O'quvchilar

dizaynerlik ijodkorligi. -T.: Fan, 2006.

May 6, 2023

p

6. Yaminova S. O'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda ssenariyli o'qitish usulidan foydalanish. Ped. fan. nomzodi... diss. -T., 1997.

7. Усманова, Ш. Ж., Хамракулова, Д. Ф., & Рахматова, Ф. М. (2019). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ УЧИТЕЛЯ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 88-90).

8. Шомуротова, Н. Н. (2020). РОЛЬ СОЦИАЛЬНАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ. Вестник Ошского государственного университета, (1-4), 299-303.

May 6, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.