Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB – HUNARGA YO‘NALTIRISH'

TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB – HUNARGA YO‘NALTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
137
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
nafosat / bаdiiy did / jаnr / qоbiliyat / dеkоrаtiv –bаdiiy bеzаsh / miniаtyurа / mоnumеntal / iqtidоr / iste’dod / estеtik / rеprоduktsiya / axborot kommunikasiya texnologiyalari / kоmpоzitsiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Aziza To‘xtaqulovna Vosiyeva, Zarifa Usmonovna Amonova

Ushbu maqolada tasviriy san’at darslari va janrlarini o’rgatishda fanlarning o’zaro bog’liqligi haqida ma’lumotlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB – HUNARGA YO‘NALTIRISH»

TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KASB - HUNARGA

YO'NALTIRISH

Aziza To'xtaqulovna Vosiyeva Zarifa Usmonovna Amonova Navoiy davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada tasviriy san'at darslari va janrlarini o'rgatishda fanlarning o'zaro bog'liqligi haqida ma'lumotlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: nafosat, badiiy did, janr, qobiliyat, dekorativ -badiiy bezash, miniatyura, monumental, iqtidor, iste'dod, estetik, reproduktsiya, axborot kommunikasiya texnologiyalari, kompozitsiya

DIRECTING STUDENTS TO PROFESSIONS IN FINE ARTS CLASSES

Aziza Tokhtaqulovna Vosiyeva Zarifa Usmonovna Amonova Navoi State Pedagogical Institute

Abstract: In this article, information about the interdependence of subjects in the teaching of visual arts classes and genres is highlighted.

Keywords: Key words: sophistication, artistic taste, genre, ability, decorative -artistic decoration, miniature, monumental, talent, talent, aesthetic, reproduction, information communication technologies, composition

O'quvchilarni ongli ravishda kasbga yo'naltirish maktab islohotining asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masalani amalga oshirishda o'quvchilarni tasviriy san'atga oid kasblar bilan tanishtirish alohida ahamiyatga ega. Ma'lumki o'quvchilarni kasb tanlashga yo'naltirish bo'yicha tasviriy san'at darslari jarayonida va darsdan tashqari mashg'ulotlarda olib boriladigan ishlar o'ziga xos xususiyatlarga ega. Tasviriy san'atga doir kasblar bilan shug'ullanish birinchi galda rivojlangan nafosat, badiiy did va qobiliyatlarga bog'lik ekanligini hamma biladi. Tasviriy san'at tarbiyaning barcha vazifalarini bajarilishida o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lish bilan birga yoshlarda nafosat tarbiyasining asosini tashkil etuvchi nafosat, tuyg'u, badiiy did, mulohaza, ijod kabi sifatlarini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

Ma'lumki tasviriy san'atning tur va janrlari ko'p bo'lib, odatda tasviriy san'at ustalarining har biri asosan biror tur yoki janr soxasidagina ishlashadi. Buning sababi shundaki tasviriy san'atning ma'lum bir soxasini to'liq egallash juda katta mehnat, qobiliyat, o'quv va malaka talab qiladi. Masalan tasviriy san'atning amaliy turlariga

I ícclT^^^^H 340 http://oac.dsmi-qf.uz

doir badiiy naqqoshlik, ganch o'ymakorligi, yog'och o'ymakorligi, kulolchilik, zargarlik, zardo'zlik, kashtachilik, dekorativ -badiiy bezash ishlari, badiiy shrift, gazlamaga gul bosish, gilamga gul ishlash, kitob grafikasi, misgarlik, dekorativ bezak miniatyuralari monumental bezak ishlari kabi kasblarni sanab chiqishimizning o'zi kifoya.

Bu kasblarning har biri o'zigagina xos qonun qoidalar, ish uslublar, materiallar asbob-uskunalarga egadir. Lekin eslab o'tishimiz lozimki, maktablarda tasviriy san'at haftasiga 1 soatdan o'qitiladi. Bu ajratilgan vaqt tasviriy san'at vositasida amalga oshiriladigan barcha ta'lim va tarbiyaviy vazifalarni bajarish imkonini bermaydi.

O'tkaziladigan sinfdan tashqari to'garak ishlar alohida ahamityaga ega. Tasviriy san'atdan suhbat darslarini ona tili, geometriya, adabiyot, tarix, rus tili, geografiya, mehnat, botanika va boshqa fanlarga bog'lab o'tish muhim ahamiyatga ega ekanligi maqsadga muvofiq demakdir. Tahlil qilib o'rganilayotgan tasviriy san'at asarlari mavzusini, g'oyaviy mazmunini ochib berishda, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, kengaytirish, san'atga turmush hodisalariga, mehnat jarayoniga, tabiatga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lishni tarbiyalashda jiddiy ahamiyatga egadir.

Fanni predmetlararo bog'lanishi dars samaradorligini, oshirishning muhim omili ekanligi nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Darsda ko'rgazmali qurollarning barcha turlaridan keng foydalanish hamda tayyor ko'rgazma qurollar bilan birga, o'qituvchining o'zi tayyorlagan qurollardan ham foydalaniladi. Bular jumlasiga tasviriy san'atning ayrim mavzulariga bag'ishlangan albomlar ko'rgazma qurollardan foydalaniladi.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'grisida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash bo'yicha Milliy dasturi"ni tahlil qilganimizda kasb-hunar ta'limi dasturlari o'rta maxsus o'quv yurtlaridan keyingi ta'limni, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni o'z ichiga qamrab oladi. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarida iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlar bilan ishlashni yangi sifat darajasiga ko'tarish haqida muammo ko'tarilgan.

Ma'lumki, tasviriy san'atning har bir tur va janri tashqi dunyoni o'ziga xos usulda o'rganadi va aks ettiradi. Tasviriy san'atning bunday ko'p qirraliligi o'qituvchilarga ta'lim va tarbiya berishning asosiy masalalarini hal qilishda jiddiy ahamiyatga ega.

Tasviriy san'at bilan shug'ullanish jarayonida o'quvchilar egallaydigan bilim va ko'nikmalar ularda hayotni kuzatish, o'rganish, fikrlash va kundalik voqealarning barcha ko'rinishlariga nisbatan to'g'ri, estetik, axloqiy munosabatda bo'lishni shakllantiradi. Buning uchun o'quvchilarda obrazli fikrlash qobiliyatini rivojlantirish zarur. O'quv dasturlarida o'quvchilarni turli mamlakatlar va xalqlar tasviriy san'atining yirik namunalari bilan tanishtirish yuzasidan suhbat darslari o'tkazish ko'zda tutilgan. Ana shu jarayonda o'qituvchi tasviriy san'atga doir juda ko'p kasb-

I [ccñ^^BI 341 http://oac.dsmi-qf.uz

hunarlar haqida o'quvchilarga asosiy ma'lumotlami beradi. Bu darslarni hozirgi kun talablari darajasida o'tkazish har bir tasviriy san'at o'qituvchisidan jiddiy nazariy tayyorgarlik va pedagogik mahoratni talab etadi.

Tasviriy san'at darslarida darsga tayyorlanish jarayonida quyidagilarga e'tibor qilish kerak.

a) o'quv dasturida ko'rsatilgan tasviriy san'at asarlari reprodukstiyalari yoki amaliy san'at asarlarini hisobga olish.

b) dars jarayonida foydalanishga mo'ljallangan tasviriy san'at asarlarini taxlil qilish;

v) suhbat davomida o'quvchilarga beriladigan savollarni oldindan tayyorlab qo'yish;

g) darsni olib borish rejasi va o'quvchilarga beriladigan vazifalarni aniqlash;

d) axborot kommunikasiya texnologiyalari, texnika vositalar va maxalliy materiallardan foydalanishga alohida e'tibor beriladi.

VI-sinflardagi "Me'morchilik san'ati" suhbat darslarida o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalab kasbga yo'naltiriladi. Bunda O'zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash jamiyati chiqargan rangli reproduktsiyalar to'plamidan foydalanish tavsiya etiladi. Dars davomida davlatimizning bir necha shaharlaridagi mashhur tarixiy yodgorliklarga o'quvchilarning xayoliy va kompyuter texnologiyalari imkoniyatlari asosida sayoxati uyushtiriladi.

O'zbekiston tarixiy yodgorliklari bo'lgan shaharlar va qishloqlar ko'p.

Ular orasida Xiva, Samarkand, Buxoro kabi shaharlar alohida o'rin tutadi. Hozirgi kunda madaniy va tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilishga katta e'tibor berilmoqda.

Yodgorliklar xalqimiz shon-shuhratidir, ular xalqimiz tarixining, madaniyatining boyligini, ulug'vorligini ifodalaydi. Samarqanddagi Shoxi Zinda maqbarasi va Registon ansambli, Buxorodagi Ismoil Samoniy Maqbarasi, Minorai Kalon, Xivadagi Toshxavli, Kalta Minor, Islomxo'ja minorasi, Paxlavon Maxmud maqbarasi, Toshkentdagi Ko'kaldosh ota, Baroqxon madrasalari haqida hikoya qilib beriladi. Har bir yodgorlik haqida qisqacha tarixiy ma'lumotlarni keltirish bilan birga, ularning shakli va bezaklarining o'zaro uyg'unligiga e'tibor qaratib axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak. Bezak elementlarining turlari, naqshlar kompozitsiyasi, ranglarga va ishlash texnikasiga doir masalalar haqida so'zlab beriladi. Natijada bu darslarda o'quvchilar ganch o'ymakorligi, amaliy badiiy naqqoshlik va arxitektura kompozitsiyasiga doir kasb-hunar haqida yaqqol taassurotlar oladilar.

Xulosa o'rnida shularni aytib o'tmoqchimanki tasviriy san'at fani texnologiya, matematika, adabiyot, musiqa, tarix, geografiya, botanika, bilologiya, fizika kabi fanlar bilan bog'liq holda shu fanlarni o'qitishda tasviriy vositalar orqali tushuntirib berishda juda katta bog'liqligini amalda ko'rganmiz. Xuddi shuningdek o'quvchilar ham har bir

I ihSi^^Bl 342 http://oac.dsmi-qf.uz

fanni amaliy va nazariy jihatdan o'rganayotganda tasviriy san'at bilan bog'liqligini tushunib yetadilar. Har bir fanning qaysi fanlar bilan bog'liqligini dars jarayonida amaliy mashg'ulotlarda ko'rib o'rganadilar. Shunday ekan tasviriy san'at darslarida o'quvchilarni turli kasblarga yo'naltirishimiz mumkin va ularning to'g'ri kasb hunar egallashiga amaliy yordam berish mumkin. Buning uchun tasviriy san'at o'qituvchisi o'quvchilarga portret chizdirish uchun anotomiyani, odam anatomiyasini, qush va hayvonlar hayotini chizdirish uchun biologiyani, botanikani, zoologiyani, obrazli rasmlar chizishi uchun adabiyotni, musiqani, tarixni, tabiat go'zalliklarini chizdirish uchun geografiyani, tabiatni ham bilishi kerak va shu fanlar bilan darslarni bog'lab olib borish metodlarini ishlab chiqishiga to'g'ri keladi. Har bir darsni to'g'ri tashkil etish va o'quvchilarni to'g'ri kasb hunar tanlashlarida ko'maklashish o'qituvchilarimizning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblayman.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O'zbekiston 2017 yil, - 489b.

2. Sh. Mirziyoyev, "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarnihar tomonlama qo'llab-quvvatllash chora tadbirlari to'g'risida"gi PF5242-son, 2017yil 17-noyabr. 2-10 betlar

2. B.Boymetov. Qalamtasvir. O'quv qo'llanma . Toshkent 2013

3. O.Samadov, Qalamtasvir O'quv qo'llanma . Toshkent 2013

4. Amonova Zarifa Usmonovna "Экономика и социум" №5(96) 2022 BADIIY HUNARMANDCHILIK SOHASIDA KASHTACHILIK TARIXI VA ZAMONAVIY TA'LIMDAGI ETNO O'ZARO TA'SIRI. 2022 y. www.iupr.ru

5. Amonova Zarifa Usmonovna, Xamidova Gulmera Xamidovna.2022 y.

Eurasian Scientific Herald, 7, 275-278. The Role of Embroidery and Ethno

Interaction in Traditional Art Crafts http://www.geniusjournals.org

6. Amonova Z.U., Vosiyeva A.T. Modelyer dizaynerlar chizadigan inson qomatida liboslarga rangning bosqichma-bosqich berilishi usullari. JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=0-Is8kAAAAAJ&citation for view=0-Is8kAAAAAJ:u5HHmVD uO8C

343

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.