Научная статья на тему 'TALABA QIZLARDA MADANIY-MA’RIFIY TARBIYA HAMDA ESTETIK QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA TA’LIM ROLI'

TALABA QIZLARDA MADANIY-MA’RIFIY TARBIYA HAMDA ESTETIK QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA TA’LIM ROLI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
88
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
naqsh / amaliy san’at / estetik qadriyat / oila / ta’lim

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xamidova Gulmira Xamidovna

Hozirgi kunda teledasturlar va internet tarmoqlari orqali biz boshqa davlatlar kinolarini, kliplarini tomosha qilmoqdamiz. Bu kino va seriallar orqali har xil urf-odatlar, kiyinish uslublari bizning qadriyatlarimizga ta’sir o‘tkazayotgan bir davrda yoshlarning ehtiyojlarini o‘z milliy estetik qadriyatlarimiz bilan to‘ldirish. Bunda oilamaktab hamkorligida xalq hunarmandchiligini shakllantirish va maktabda amaliy san’at muzeylarini tashkil etish. Yoshlarda amaliy bezak san’atiga bo‘lgan qiziqishni kompyuter texnologiyalari bilan boyitish. Naqsh kompozisiyalarini kompyuter texnologiyalari asosida tuzishni takomillashtirishda qizlarning axborotli-o‘quv malakalarini shakllantirish muvaffaqiyatli amalga oshirish kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABA QIZLARDA MADANIY-MA’RIFIY TARBIYA HAMDA ESTETIK QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA TA’LIM ROLI»

TALABA QIZLARDA MADANIY-MA'RIFIY TARBIYA HAMDA ESTETIK

QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA TA'LIM ROLI

Xamidova Gulmira Xamidovna xamidovagulmira9 @gmail .com Navoiy davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Hozirgi kunda teledasturlar va internet tarmoqlari orqali biz boshqa davlatlar kinolarini, kliplarini tomosha qilmoqdamiz. Bu kino va seriallar orqali har xil urf-odatlar, kiyinish uslublari bizning qadriyatlarimizga ta'sir o'tkazayotgan bir davrda yoshlarning ehtiyojlarini o'z milliy estetik qadriyatlarimiz bilan to'ldirish. Bunda oila-maktab hamkorligida xalq hunarmandchiligini shakllantirish va maktabda amaliy san'at muzeylarini tashkil etish. Yoshlarda amaliy bezak san'atiga bo'lgan qiziqishni kompyuter texnologiyalari bilan boyitish. Naqsh kompozisiyalarini kompyuter texnologiyalari asosida tuzishni takomillashtirishda qizlarning axborotli-o'quv malakalarini shakllantirish muvaffaqiyatli amalga oshirish kerak.

Kalit so'zlar: naqsh, amaliy san'at, estetik qadriyat, oila, ta'lim

THE ROLE OF FAMILY AND EDUCATION IN THE FORMATION OF

CULTURAL AND EDUCATIONAL EDUCATION AND AESTHETIC VALUES OF FEMALE STUDENTS

Khamidova Gulmira Khamidovna xamidovagulmira9 @gmail .com Navoi State Pedagogical Institute

Abstract: Nowadays, we watch movies and clips from other countries through TV programs and the Internet. It is filling the needs of young people with our national aesthetic values at a time when various customs and styles of clothing are affecting our values through movies and TV series. In this regard, the formation of folk crafts in family-school cooperation and the organization of practical art museums at school. Enriching youth interest in applied decorative arts with computer technologies. It is necessary to successfully implement the formation of informational and educational skills of girls in order to improve the composition of pattern compositions based on computer technologies.

Keywords: pattern, practical art, aesthetic value, family, education

Kirish. Prezident Shavkat Mirziyoyev so'zlari bilan aytganda "Yoshlar haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo'lgan,

I icclT^^^^H 441 http://oac.dsmi-qf.uz

bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g'urur va iftixor bag'ishlaydi.

Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta'lim-tarbiya bo'yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur.

Shu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta'lim tizimining, xurmatli domlalarimiz va professor-o'qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puhta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir"1.

Ma'lumki, mavjud barcha san'at turlari o'z o'qituvchisiga yoki tomoshabinga o'tkaziladigan badiiy, hissiy ruhiy ta'siri orqali bilim beradi va tarbiyalaydi. Shu o'rinda amaliy bezak san'ati turlarining fazilatlari juda ham o'ziga xos bo'lib, ularni boshqa hech narsa bilan almashtirib bo'lmaydi. Ya'ni, bunday san'at asarlari ayni chog'da ham badiiy, ham amaliy vazifalarni bajara olish ularning xalq orasida keng tarqalishiga sabab bo'ladi.

Barcha tarbiya o'chog'i bilamizki oilaga borib taqaladi. Odam doimo go'zallik uchun kurashishi va kelajak naslini ham o'sha estetik tushunchalar negizida tarbiyalamog'i darkor. Chunki ota-ona farzandiga haqiqiy husnni, insoniy fazilatlarni aynan estetik qadriyatlarni shakllantirish davomida qizlarni tarbiyalaydi. Oilada qizlarni estetik dunyoqarashini shakllantirish uchun eng avvolo ota-onaning o'zi estetik ma'suliyatli va qat'iyatli bo'lmog'i lozim.

Chexov "Insonda hamma narsa go'zal bo'lmog'i lozim: yuzi ham, kiyimi ham, qalbi ham, fikri ham" - bu fikrining negizida qizlarning qalbi go'zalligi muhim hisoblanib, bunda ota-ona yetakchi vazifani bajarishi lozim. Ona qiz qizlarda go'zallikni tarbiyalashda, go'zallik tushunchasini asosini qizlar uchun hayo-ibo, nafosatlilik, dilkashlik, mehnatsevarlik tashkil qilishini uqtirishi va bu go'zal fazilatlar qiz qizlarning baxtli hayoti uchun zamin hozirlashi, baxtli bo'lishi uchun asos bo'lishini uqtirmog'i lozim.

Ma'lumki, go'zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga "Go'zallik nima?" degan savol qo'yiladi, biroq ularning aksariyatida "Nima go'zal?"degan savolga savol bilan berilgan javobni kuzatamiz. Darvoqe, odatda, go'zallik ikki omil asosida yuzaga keladi.

Bular:

- inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go'zallik;

- inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog'liq bo'lmagan holda yuzaga keladigan go'zallik.

1 Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T. O,zbekiston.2ü16. B. 18 // www.google.uz

Nafosat falsafasi go'zallikni bilishning mahsuli deb biladi. Chunki voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go'zalligi uning ishonchlilik, haqqoniylik va realligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, inson go'zallik haqidagi dastlabki ma'lumotni 5 ta sezgining eng rivojlangan turi bo'lmish ko'rish sezgisi orqali o'zlashtiradi, undan so'ng eshitish, ta'm bilish, hid bilish va tana sezgisi natijasida go'zallik anglanadi hamda his etiladi.2

Go'zallikni his etish ko'nikmasi shakllantirish, avvalo, oilada tashkil etiladigan estetik tarbiyaning asosiy muhim omili sanaladi. Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya qizlarda go'zallikni his qilish, undan zavqlanish, tabiat go'zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyg'u, idrok, tasavvur hamda qarashlarni yuzaga keltirish, ularni hayotni sevishga o'rgatishdek vazifalarning ijobiy hal etilishini nazarda tutadi. Oila honadonining bezatilishi, milliylik ruhi ufurib turishi, qadriyatlarimizga hurmat bilan qarashi kabilarda ham estetik did shakllanib boradi.

Oilada estetik qadriyatlarga bo'lgan ehtiyojni qondirishda ota-ona farzandlarini ta'til kunlarini samarali tashkil etishi, ta'til kunlarida tarixiy qadamjolarimizga ziyoratlarga olib borishi, tarixiy go'zalliklarni o'z ko'zlari bilan ko'rishi va his qilishini ta'minlashi zarur.

Qizlar juda yoshligidanoq sohta go'zalliklar (yarim yalang'och yoki yalang'och badan, me'yoridan ortiq qo'llanilgan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar «mahsuli», o'ta darajadagi yaltiroq mato yoki taqinchoqlar) go'zallikning timsoli emasligini anglab etishlari lozim.

Sababi farzand voyaga yetib ijtimoiy jarayonlar bilan bo'ladigan munosabatlarida go'zallik nisbiylik xususiyatiga ega bo'lishini tushunishi zarur. Bu holat ayniqsa, go'zallikning moddiy va ma'naviy qadriyatlar tizimidagi o'rnida yaqqol ko'zga tashlanadi. Chunki, go'zallikning har qanday tahlili shaxs va jamiyat munosabatlari bilan mushohada qilingandagina uning ijtimoiy-ma'naviy xususiyatlari yanada oydinlashadi. Shu bois go'zallikning ma'naviy va moddiy qadriyatlar tizimidagi o'rniga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Vatanimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng milliy-ma'naviy qadriyatlarga yangicha munosabat bildirildi, xalqona, ilg'or an'analar shakllanadi, milliy iftixorni yuksaltirishga keng jamoatchilik fikri jalb qilindi. Ana shularning natijasi o'laroq, mamlakatimizda amalga oshirilgan ezgu ishlarning ko'lami kengaydi. Endilikda bunyodkorlik g'oyasi go'zallik tushunchasi bilan hamohang olib borilganligini, bilish, anglash va tasavvur qilish qiyin emas. Buni o'zbek san'atida amalga oshirilgan ishlar orqali yaqqol ko'rishimiz mumkin.

Ma'lumki, san'at ta'sir doirasi juda keng bo'lgan ijtimoiy ong shakllaridan bo'lib, san'at asari insonni faqat voqelikdagi go'zalliklar bilan cheklanmaslikka, ayni paytda mavjud go'zalliklarni ongli tarzda mushohada qilishga, baholashga undaydi. Masalan

2 Ismoilova Sh.K. "Ta'lim jarayonida innavatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash shartlari". "UrDU" 2009. -182b.

I fcclT^^^^HI 443 http://oac.dsmi-qf.uz

rassomlik san'ati go'zallikni bizga shu tariqa namoyon etadi. Chunki, go'zallik o'zini harakatsiz ham namoyon etishini aynan tasviriy san'at namunalarida ko'ramiz. Go'zallikni, san'at asarini yaratish va idrok etish ham, ma'lum ma'noda hissiyotlar bilan bog'liq. Masalan, oddiy harsang tosh kishida alohida bir hissiy ta'assurot uyg'otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo'l urganidan so'ng, undan hayot nafasi, insoniy hissiyotlar ufurib turadi.

Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, balki shu qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg'ularning jamlanganidadir; boshqacharoq qilib aytganda, ijodkor toshga o'zi tomoshabinga o'tkazishni maqsad qilib qo'ygan hissiyotlarning suratini chizadi va oddiy toshni haqiqiy san'at asariga aylantiradi. San'atdagi go'zallik esa hayotdagi go'zallik in'ikosi bo'lib, uning bitmas-tuganmas manbai voqelikdir.

Go'zallik yaratuvchi ijodkorlardan biri aytganidek, ijodkorning boshqa odamlardan farqi shundaki, u boshqalar fahmlay olmagan go'zallikni hamma yerda ko'ra bilish qobiliyatiga egadir.

Qizlarda haqiqiy go'zallikni his etish tuyg'usi tabiat bag'rida, muzey, ko'rgazma, kino va teatrlarda bo'lish tufayli shakllanadi.

Tarbiya jarayoniga mas'ul insonlar ya'ni farzandning ota-onasi uning qanday musiqa tinglashi, qanday film yoki multfilmlarni tomosha qilishi, qanday o'yinchoq o'ynashlarida befarq, loqayd bo'lmasliklari lozim va bu borada asosiy tavsiyachi vazifasiga fidoiylik bilan yondashuvi davr talabi sanaladi.3

Estetik tarbiyani farzand tug'ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, fikrimizni nurlantirmoq, ahloqimizni go'zallashtirmoq, zehnimizni ravshanlantirmoq demakdir. Estetik tarbiyani kim va qanday olib boradi? - degan savol paydo bo'ladi.

Birinchi - tarbiya ota-ona zimmasidadir.

Ikkinchi - bog'cha, maktab, oliy va o'rta maxsus kasb- hunar kollejlari hamda oliy o'quv yurtlari va mahallalarda amalga oshadi.

Qizlar tarbiyasida u yashab turgan sharoit, muhit kishilarning faoliyati katta o'rin tutadi va bu sohada oila, maktab sharoiti ham katta e'tiborga molikdir.

Estetik tarbiya ham tarbiyaning asosiy qismi bo'lib, qizlarning axloqiga, xulq-atvoriga kuchli ta'sir qiladi va ota-onalarni ularni murg'aklikdan boshlab tarbiya qilishga chaqiradi Estetik ta'lim-tarbiya va umumiy tarbiya bir-biri bilan bog'liq bir butun jarayondir. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, "Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo'lib yetishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanini tan olishimiz darkor." - deb ta'kidlagan

3 Ismoilova Sh.K. "Ta'lim jarayonida innavatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash shartlari". "UrDU" 2009.-182 b. HTTviz^^m 444

so'zlari negizida insonning ekologik madaniyat va tasavvurini boyitishda o ilaning o'rni ahamiyatini ko'rsatganlar.4

Oila insonning ilk qizlarligidan boshlab ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyatlar, qadriyatlar takomil topadigan va sog'lom e'tiqodlar shakllanadigan muqaddas dargohdir. Shu muqaddas dargohda ma'naviy-ahloqiy muhitni vujudga keltirish va u orqali shaxsni sog'lom e'tiqodli, yangicha fikrlaydigan, komil inson qilib tarbiyalash bugungi islohotlar davrida O'zbekiston uchun davlat ahamiyatiga molik masaladir.

Zero, yoshlarda milliy qadriyatlarimizga, jumladan, oilaviy an'analar, noyob rasm-rusmlarga oid e'tiqodni shakllantirish orqali ularni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshiruvchi ta'sirchan vositalardandir. Shuni aloxida ta'kidlash lozimki, oilada o'rganilgan hunar qizlarda estetik qadriyatlarni bardavomligi, sir-asrorlarini avloddan avlodga o'tishini ta'minlaydi. Masalan, hududlar kesimida oladigan bo'lsak Buxoro zardo'zligi, Navoiy viloyati Nurota tumani kashtachiligi, Farg'ona do'ppilari, Chust pichoqlari kabi o'zining davom etib kelayotgan qadriyatlari bilan mashxur. Farzand qaysi kasb egasi bo'lmasin bu qadriyatlar uni hayoti davomida as qotadigan hunar bo'lib qoladi. Ayniqsa, xotin-qizlarimiz oilasida, farzand tarbiyasida bu qadriyatlar zarurdir. Zeroki, hunarli kishi xor bo'lmas, Epli kelin, sepli kelin kabi xalq maqollarimiz bejizga aytilmagan.

Agar bu masala oilada to'g'ri yo'lga qo'yilmagan bo'lsa, uni maktablarda, keyingi ta'lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo'ladi. Chunki, har qanday jamiyatda bo'lgani kabi bizning jamiyatimizda ham har bir alohida shaxs va yaxlit xalq manfaatlarini himoya qiluvchi, ularni birlashtiruvchi, yurt tinchligi va turmush farovonligini ta'minlovchi ilg'or g'oyalar borki, ularning har bir fuqaro tomonidan anglanganlik darajasi ana shu jamiyatning rivojlanishi tamoyillarini belgilaydi.

Chunki oila - asrlar mobaynida xalq an'analari, milliy rasm-rusmlar va odatlarni saqlab hamda namoyon etib kelayotgan noyob makondir. Umuman tarbiya jarayonining psixologik mohiyati to'g'risida professor V.Karimova shunday yozadi: «Tarbiya» tushunchasining tub ma'nosiga e'tibor beradigan bo'lsak, bu - insonning o'zi va o'z xulqi haqidagi tasavvurining to'g'ri, xolis va ob'ektiv bo'lishiga olib keluvchi murakkab jarayondir».5

Qadimdan hunar o'rganish muqaddas vazifa sanaladi. Har bir xalq kelajak avlodlariga o'zidan qoldirgan takrorlanmas hunarlari bilan qadrlangan. O'zbekiston qadimda hunarmandlar markazi bo'lgan desak xato qilmagan bo'lamiz. Masalan, Andijon viloyatida, Shaxrixon, Samarqand viloyatida Urgut, Farg'ona viloyatida

4 Karimov I.A. "Bunyodkorlik yo lidan " T.4.-Toshkent: O zbekiston, 1996.- 349b.

5 Matriqzamin. Hikmat bostoni (to'plam). Toshkent: "Sharq" 1997.- 242 b.

Qo'qon, Marg'ilon, Namangan viloyati Chust tumanida xalq hunarmandchiligi gullab yashnagan. Hunarmandlar o'sha davrda mahallalarga bo'linib yashaganlar, chunonchi zargarlik mahallasi, pichoqchilik mahallasi, deb yuritilgan. O'sha davrlarda yana misgarlik, bo'yrachilik, sandiqchilik, pichoqchilik, aravasozlik va kulolchilik mahallalari mavjud bo'lgan. Masalan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoroda bo'yrachi mahallasi bo'lib u yerda Buxorodagi bo'yra to'qiydigan ustalar yashagan. Bo'yrachi mahallasida 120 ta oila yashagan.

Har bir hunar, odatda, avloddan-avlodga o'tgan, begona o'quvchilardan esa o'ta iste'dodli, shu hunarga mehr qo'yganlarigina tanlab olingan. Chinakkam o'ymakor usta bo'lishni orzu qilgan kishilar madrasada tahsil ko'rgan bo'lishi, she'riyat va musiqa sirlarini bilishi, hatto musiqa asboblarini biroz bo'lsada bilishi shart bo'lgan. Ayrim ustalar shogirdlari uchun maxsus odob talablarini ishlab chiqqanlar. Masalan, ular shogirddan pokizalikni, ish vaqtida chalg'imaslikni, egri va noma'qul ishlarga yaqin yo'lamaslikni, ustoz ruxsatisiz biror ishga qo'l urmaslikni qat'iy turib talab qilganlar.6

Farzandingiz estitek tarbiya olishini istasangiz uyingizga asl rassomlar asarlari harid qiling. Bu asarning mazmunini farzandlarizga tahlil qilib bering. Rassomlar ko'rgazmalariga olib boring, asarlar haqida o'z fikringizni bayon eting va farzandingiz fikri bilan qiziqing. Farzandingiz bu bilan rassom bo'lib qolmas, lekin, estetik tarbiya oladi, chinakam zamon bilan hamnafas fikrlaydigan inson bo'lib yetishadi.

Axloqiy va estetik qarashlar mazmuni o'zgargan bir sharoitda oilada axloqiy va estetik tarbiyani to'g'ri va samarali tashkil etilishi ayniqsa muhimdir. Qizlar juda yoshligidanoq sohta go'zalliklar (yarim yalang'och yoki yalang'och badan, me'yoridan ortiq qo'llanilgan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar «mahsuli», o'ta darajadagi yaltiroq mato yoki taqinchoqlar) go'zallikning timsoli emasligini anglab etishlari lozim. Ota-onalarimiz maktabdagi tasviriy san'at, texnologiya darslarini eng oxirgi o'ringa qo'yishadi. Go'yoki farzandlari rasm chizish, kashta tikish, naqqoshlik, o'ymakorlik kabilar bilan hayotta hech narsaga erishmaydi degan fikr yuritishadi. Bu bilan farzandining estetik qarashlarini milliy qadriyatlarimizga bo'lgan hurmatsizlikni shakllantirib qo'yishganini o'zlari bilmay qolishadi. Soxta narsalarga yo'naltirib qo'yishadi.

Biz bilamizki chet davlatlarning eng boy insonlar uylarini bezash uchun juda katta pul sarflab mashxur rassomlar asarlarini sotib olishadi. Ularni farzandlariga meros qoldirishadi. Rassomlar ijodiga qiziqishadi. Chunki bu insonlar ma'naviy boylik qadriga yetishadi. Biz ham oilada farzandlarimizni ana shunday ma'naviy jihatdan boy va milliy qadriyatlarimizni hurmat qiladigan ularni qadrlaydigan farzandlarni tarbiyalashga harakat qilishimiz kerak.

6 Bulatov.S.S Naqqoshlik. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi. — T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2010, 65-bet V7ZYwz^^m 446

Sababi farzand voyaga yetib ijtimoiy jarayonlar bilan bo'ladigan munosabatlarida go'zallik nisbiylik xususiyatiga ega bo'lishini tushunishi zarur. Bu holat ayniqsa, go'zallikning moddiy va ma'naviy qadriyatlar tizimidagi o'rnida yaqqol ko'zga tashlanadi. Chunki, go'zallikning har qanday tahlili shaxs va jamiyat munosabatlari bilan mushohada qilingandagina uning ijtimoiy-ma'naviy xususiyatlari yanada oydinlashadi. Shu bois go'zallikning ma'naviy va moddiy qadriyatlar tizimidagi o'rniga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Vatanimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng milliy-ma'naviy qadriyatlarga yangicha munosabat bildirildi, xalqona, ilg'or an'analar shakllanadi, milliy iftixorni yuksaltirishga keng jamoatchilik fikri jalb qilindi.7

Zero, har bir bolani tarbiyasiga estetik qadriyatlarimizga yo'g'rilgan muhitni yaratib bera olsak estetik madaniyat va estetik tasavvur shakllanadi. Bu esa, o'z navbatida, qizlarda qadriyatlarimizga hurmatning oshishiga, qizlarning tabiat go'zalliklaridan baxra olishiga, har bir go'zallikni sevishida, avaylashida katta xizmat qiladi.

Estetik ta'lim muammolariga doir qator muommolar o'rganilgan yechim va yo'l-yo'riqlari ishlab chiqilgan lekin shunga qaramay bugungi kunda go'zallikni, ulug'vorlikni qadriga yetmaydigan, qadrlamaydigan insonlar ham mavjud. Shunga ko'ra qizlar yoshlarda yoshligidan ya'ni oilaviy jarayonlarda shuningdek maktabgacha ta'lim muassasalarida, oliy o'quv yurtlarida qizlarni go'zallikkaga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash va bu borada milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta'limga ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida yondashuvni tadqiq qilish muhum hisoblanadi.

Bularning barchasi milliy-tarixiy merosimizni, boy qadriyatlarimizni o'rganmasdan chuqur va mustahkam bilimga ega bo'lmasdan amalga oshmaydi negaki tarixni bilmay turub kelajakning ertangi kunini tasavvur qilish juda mushkul jarayondir. Lekin egallangan bilimlar shaxsning amaliy faoliyatida olingan ko'nikmalar malakaviy jarayonda namoyon bo'lmasa maqsadga erishib bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T. 0'zbekiston.2016. -B. 18 // www.google.uz

2. Karimov I.A. "Bunyodkorlik yo'lidan " T.4.-Toshkent: O'zbekiston, 1996.-349b.

3. Ismoilova Sh.K. "Ta'lim jarayonida innavatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash shartlari". "UrDU" 2009.-182b.

4. Xasanboyeva O. "Oila pedogogikasi". Toshkent: "Aloqachi" 2007.- 312 b.

5. Matriqzamin. Hikmat bo'stoni (to'plam). Toshkent: "Sharq" 1997.- 242 b.

7 Xasanboyeva O. "Oila pedogogikasi". Toshkent: "Aloqachi" 2007.- 312 b.

I fctlT^^^^H 447 http://oac.dsmi-qf.uz

6. Bulatov.S.S Naqqoshlik. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi. — T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2010, 65-bet

7. Khamidovna, K. G.(2021). Use of computer technologies in the study of architectural decoration in fine arts classes.ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal,11(11), 787-798.7.KG

8. Khamidovna.Aesthetic importance of the use of information and communication technologies in fine and applied arts lessons-Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 2021

9. Khamidova Gulmira Khamidovna, Amonova Zarifa Usmonovna.The Role ofEmbroidery andEthno Interaction inTraditional Art Crafts. Eurasian Scientific Herald April, 2022 www.geniusjournals.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.