Научная статья на тему 'YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHDA OILA, MAHALLA VA TA’LIM MUASSASALARINING ROLI'

YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHDA OILA, MAHALLA VA TA’LIM MUASSASALARINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
671
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi / Abdulla Avloniy. “Qadriyatlar” / “milliy g‘oya” / “o‘zlikni anglash”

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mahmudxon Muhriddinxon O‘G‘Li Dovidxonov

Hozirgi vaqtdagi dolzarb mavzulardan biri – bu mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, jismonan sog‘lom hamda har tomonlama ma’naviy salohiyatini yuksak darajada shakllantirish hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHDA OILA, MAHALLA VA TA’LIM MUASSASALARINING ROLI»

YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHDA OILA, MAHALLA VA TA'LIM MUASSASALARINING ROLI

Mahmudxon Muhriddinxon o'g'li Dovidxonov

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyat bo'limi bosh mutaxassisi

mahmudxondovidxonov@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7583063

Hozirgi vaqtdagi dolzarb mavzulardan biri - bu mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, jismonan sog'lom hamda har tomonlama ma'naviy salohiyatini yuksak darajada shakllantirish hisoblanadi. Bularning natijasini 2016-yil 14-sentyabrda qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonun hamda uning uzviy davomi bo'lgan 2017-yil 5-iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi PF-5106 kabi ko'plab qaror va farmonlar ijrosida ko'rishimiz mumkin.

Jamiyatimiz hayotida tarbiya muhim masalalardan biri bo'lib kelgan. Ma'rifatparvar olim Abdulla Avloniyning deyarli barcha izlanishlari tarbiya mavzusiga qaratilgan edi. "Tarbiya yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir"37, - deb berilgan ta'rif ham jamiyat hayotida tarbiyaning mohiyatini to'liq ochib beradi. Tarbiya - inson tug'ilgan kundan boshlanib to umrining so'nggiga qadar davom etadigan uzoq muddatli tabiiy jarayondir. Farzandlar inson naslining davomchisi bo'lish bilan birgalikda oilaning mustahkam zanjiri hisoblanadi. Oilaga esa barkamol avlodni tarbiyalovchi maskan deya ta'rif beramiz. Yoshlar o'z ma'naviy tarbiyasi bilan jamiyatga munosabatini ifodalaydi. Shunday ekan, oila yosh avlodga dastlabki tarbiyani to'g'ri bermog'i lozim. Avvalo, oilada sog'lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-onalar har tomonlama ibrat, namuna bo'lishi, farzand ongida ota-onaga va Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish, milliy urf-odatlarni, qadriyatlarni singdirish muhimdir. O'zbek xalqining asrlardan asrlarga o'tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o'z tug'ilib o'sgan ona yurtiga ehtirom, o'z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o'tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko'rsatish, har qanday sharoitda ham hay ova andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e'tibor berish singari ko'plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi. Qadriyatlar har doim ham insonlarni mehr-oqibatga, o'zaro hamjihatlikka chorlovchi,

asrdan asrga o'tib, xalqimiz turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma'naviy jarayonlarning sara namunasidir.

Millatning o'tmishi, buguni va kelajagining muhim omili sifatida qadriyatni belgilashimiz boisi ham shu. Milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan chambarchas bog'liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko'lami va mazmuni jihatidan chuqur va keng qamrovli bo'lib, barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishlarini o'zida mujassamlashgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan qanchalik ko'p uyg'unlashgan bo'lsa, ularning rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. "Qadriyatlar", "milliy g'oya", "o'zlikni anglash", "milliy g'urur" kabi atamalar kishiga oila muhitida ona allasi bilan birga singadi. O'z yurtiga bo'lgan ehtirom, ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimo hurmat ko'rsatish va bir nechta ijobiy fazilatlar anglatilib boriladi. Oilada olingan tarbiya keyinchalik shaxsning butun umri davomi oladigan ma'rifat va hayot saboqlari uchun asos, zamin, poydevor vazifasini o'taydi. Har bir ota-ona o'z burchini anglagan holda oila mustahkamligini ta'minlaydigan hamma xususiyatlarni to'liq e'tiborga olishi va o'z vazifalarni adog' etmog'i lozim.

"Bugungi kunda yurtimizda tobora keng tarqalib borayotgan "O'z bolangni o'zing asra" degan da'vat quruq shior bo'lib qolmasdan, har bir ota-ona, har bir fuqaroning qalbiga chuqur kirib borishi amaliy harakatga aylanishi zarur. Buning uchun bu masalani, ya'ni ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun ma'suliyatini va burchini huquqiy asosda mustahkamlab qo'yish vaqti keldi deb o'ylayman"38. Chindan ham har bir ota-ona o'z farzandining tarbiyasi uchun o'zi mas'uldir. Ota va ona bolaning ilk muallimi hisoblanadi. Yevropa xalqlari ham tan olgan qomusiy allomamiz Abu Ali ibn Sino ham bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyilini qo'llanilishini yoqlaydi va tarbiyachi ota-onalarga bolani jismoniy jazolashdan ko'ra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash ma'qulligini ta'kidlagan. U o'z asarlarida oilaviy munosabatlarning turli tomonlarini yoritar ekan, avvalo, oila boshlig'i oldiga bir nechta talablarni qo'yadi. Oila boshlig'i ham nazariy, ham amaliy jihatdan oilada tarbiya masalalarini mukammal o'rganmog'i lozim. Uning fikricha, tarbiyachi, ya'ni ota-ona faqat so'z bilan, balki amalda ham bola ruhiga ta'sir ko'rsata olishi kerak. Agar oila boshlig'i tajribasiz bo'lsa, u o'z oila a'zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi. Yomon tarbiya nafaqat, ushbu oila, balki qo'shnilarga, mahalla-ko'yga ham yomon ta'sir qilishi mumkin. Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeyidan qat'iy nazar, ularning birlamchi vazifasidir. Ota-ona davlat boshlig'imi yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas'uldir.

Yoshlarimizning ma'naviy yetuk bo'lib tarbiyalanishida oila bilan bir qatorda mahallaning ham o'rni beqiyosdir. Mahalla azaliy urf-odatlar, udumlar, an'analarga tayangan holda ulkan ma'naviy tarbiya vazifasini bajaradi. Keksalarning pand-

38 Sh.M.Mirziyoyev. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi.

nasihatlari, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi orqaki odamlar ongiga ezgulik g'oyalari singdirib boriladi. Har bir kishi qalbida milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, el-yurt sha'ni uchun kurash, o'zaro yordam kabi fazilatlarni tarkib topishida mahallaning o'rni beqiyosdir. Shu sababdan ham, o'zbek mahallalari azaldan tarbiya maskani hamda ahillik, totuvlik va mehr-oqibat o'chog'i bo'lgan. Hozirgi davrga kelib mahallaning mohiyati bilan birga vakolati ham shakli ham o'zgardi, ko'lami esa kengaydi. Jumladan, keng jamoatchilik o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni samarali yo'lga qo'yishda mahallaning katta imkoniyatlari mavjud. Ayniqsa, har bir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, el-yurt sha'ni uchun kurash, birbiriga o'zaro yordam kabi fazilatlarni tarkib topishida o'z-o'zini boshqarish instituti hisoblanmish mahallaning o'z o'rni mavjud. Chunki mahalla, kishilarni birlashtiradigan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan jamoa vazifasini ham bajaradi. Mahallaning barcha faollari yoshlarning tarbiyasiga bee'tibor qaramasdan, ularning yurishturishini, xatti-harakatini nazorat ostiga olib, xuddi o'z bolasidek ko'rib, mas'ul bo'lishi, ko'pgina yoshlarning tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadi. Yoshlar tarbiyasiga oila, mahalla va ta'lim muassasalari birdek mas'ul. Bunda esa o'zaro hamkorlikning yo'lga qo'yilishi ko'zlangan maqsadga erishishni yanada osonlashtiradi. Milliy qadriyatlarimizni yosh avlod ongiga singdirish uchun umumxalq bayramlarida, xasharlarda yoshlarimiz ishtirokini kengaytirib, ularni ko'proq jalb etish maqsadga muvofiq. Mahalla yoshlarni tarbiyalashda tarixiy merosimizga va milliy tarbiyamizga asoslanishimiz lozim. Milliy an'ana, urf-odatlarimiz xalqimiz hayotining mazmuniga, kundalik turmush tarziga singib ketgan. Buni yoshlarga to'g'ri yetkazish yoshlarning o'zaro munosabatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatibgina qolmay, dunyoni aslidek tushunish va eng asosiysi, inson ma'naviy qiyofasini mukamallashuviga olib keladi. Ta'lim orqali yoshlarga insoniyat tajribasida to'plangan bilimlar, ko'nikmalar, malakalar yetkaziladi. Ta'lim muassasalarida yoshlar turli fanlarni o'zlashtirish natijasida uning mazmunida yotgan g'oyalar, dunyoqarashlar ta'sirida o'zining shaxsiy sifatlarini, imon-e'tiqodlarini shakllantiradi. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuning 3-moddasida, ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligini, ta'limning uzluksizligi va izchilligini ta'minlash dolzarb masalalardan biri ekanligi qayd etib o'tilgan. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida: "Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplaridan biri ta'limning insonparvarlashuvidir. Ta'limning insonparvarlashuvi -inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta'limga nisbatan bo'lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining

ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvidir"39, - deb ta'kidlangan.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, umuminsoniy qadriyatlar zaminimizda yashaydigan barcha millat va elatlarning manfaatlarini himoya qiladi. Bunda, oila, mahalla va ta'lim muassasalarida beriladigan tarbiya yoshlarimizning o'zligini anglashiga, insonparvarlik tamoyili asosida kamol topishiga, milliy qadriyatlarga hurmat, muhabbat ruhida tarbiyalanishiga va ongining o'sishiga, zamonaviy dunyoqarashining shakllanishiga asos bo'la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. - T.: Sharq, 1997.

2. Hamdamova M. Ma'naviyat asoslari. T., Fan va texnologiya, 2008.

3. Imamova M. Oilada bolalarning ma'naviy, axloqiy tarbiyasi - T.: O'zbekiston, 1999.

4. Musurmonova O. Ma'naviy qadriyat va yoshlar tarbiyasi. - T. O'qituvchi, 1996.

5. Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika nazariyasi (darslik). -T.: Fan va texnologiya, 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.