Научная статья на тему 'Практическoе положение использования цифровых технологий в обучении изобразительного искусства'

Практическoе положение использования цифровых технологий в обучении изобразительного искусства Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
104
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
цифровые технологии / изобразительное искусство / знание будущего / компетенция / обучение / компьютер / урок. / digital technology / fine arts / knowledge of the future / competence / teaching / computer / lesson.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Абдувохид Исаков

В этой статье обсуждаются цифровые технологии, как один из ключевых компонентов общественного развития, и их значение в преподавании изящных искусств. В частности, по основным признакам проанализировано практическое применение цифровых технологий в системе образования Узбекистана.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Practical status of using digital technologies in teaching fine arts

This article discusses digital technologies, one of the key components of social development, and their importance in teaching the fine arts. In particular, the practical application of digital technologies in the education system of Uzbekistan was analyzed based on the main features.

Текст научной работы на тему «Практическoе положение использования цифровых технологий в обучении изобразительного искусства»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Practical status of using digital technologies in teaching fine arts

Abduvokhid ISAKOV1

Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

Keywords:

digital technology, fine arts,

knowledge of the future,

competence,

teaching,

computer,

lesson.

This article discusses digital technologies, one of the key components of social development, and their importance in teaching the fine arts. In particular, the practical application of digital technologies in the education system of Uzbekistan was analyzed based on the main features.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Tasviriy san'at fanini o'qitish jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning amaliyotdagi holati

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

Raqamli texnologiya,

tasviriy san'at,

kelajakka oid bilimlar,

kompetensiya,

o'qitish,

kompyuter,

dars.

Mazkur maqolada ijtimoiy rivojlanishning asosiy komponentlaridan biri bo'lgan raqamli texnologiyalar va ulardan tasviriy san'at fanini o'qitishdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Xususan, O'zbekiston ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishning asosiy xususiyatlariga tayangan holda amaliyotda qo'llanilishi holati tahlil qilingan.

1 Basic doctoral student of Namangan State University, Namangan, Uzbekistan.

Практическое положение использования цифровых технологий в обучении изобразительного искусства

Ключевые слова:

цифровые технологии,

изобразительное

искусство,

знание будущего,

компетенция,

обучение,

компьютер, урок.

АННОТАЦИЯ

В этой статье обсуждаются цифровые технологии, как один из ключевых компонентов общественного развития, и их значение в преподавании изящных искусств. В частности, по основным признакам проанализировано практическое применение цифровых технологий в системе образования Узбекистана.

XXI asr - yangi shubhasiz texnologiyalar asri. Mazkur davrda zamonaviy texnologiyalarga oid bilim, malaka va ko'ninikmalarga ega bo'lmay turib keng qamrovli kasbiy sifatlarga ega kadrlarni tayyorlab bo'lmaydi. O'quvchilarning zamon talabi darajasidagi bilim va ko'nikmalariga ega bo'lishlari ularni keying faoliyatga tayyorligining bosh me'zoni hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda zamonaviy ta'limning maqsad va vazifalari ham o'zgarib bormoqda. Chunki, ta'limga zamonaviy yondoshuv asosidagina o'quvchi shaxsining to'la rivojlanishi, tez o'zgaruvchan dunyodagi turli mashaqqatlar va chaqiruvlarga har taraflama tayyor bo'lishi, ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ulkan axborot makonida axborotlarni tanqidiy nuqtai nazaridan to'g'ri izlash, tanlab olish, oldida yuzaga kelgan mauammolarni nafaqat ko'ra bilish, balki ularni ifodalash va hal eta olish kabi masalalrga yechim toppish mumkin.

Shuning uchun ham Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan yangi davrga qadam qo'yish asnosida keng fikrlash doirasiga ega, bilimlarni chuqur egallagan, sohasida yetuk va davr talabiga javob bera oladigan shaxslarga bo'lgan etibor ortib bormoqda. Bu esa o'z navbatida modernizatsiyalangan va sifatli tashkil etilgan ta'limni joriy etish masalasini ko'ndalang qilib qo'yadi. Hozirgi davr nuqtai nazaridan kelib chiqib bunday talablarga javob bera oladigan va yuqorida sanab o'tilgan xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirishda quyida mezonlarni tashkil etilish muhim ahamiyat kasb etadi:

■ Zamonaviy va ilg'or ta'lim texnologiyalari;

■ Raqamli texnologiya + zamonaviy va ilg'or pedagogic texnologiya Xalqaro tajribalar [1].

Malakali kadrlarni tayyorlashga bo'lgan ehtiyoj ishlab chiqarish korxonalari paydo bo'lgan,

sanoat sohasi rivojining ilk bosqichlarida yuzaga kelgan bo'lsada, hanuzgacha o'z dolzarbligini yo'qotmay kelmoqda. Buning asosiy sabablari jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga bog'liq ravishda yangidan-yangi yo'nalishlar, ixtisosliklarning paydo bo'lishi, ular bo'yicha kadrlar tayyorlash zaruriyatining vujudga kelishi, o'zgaruvchan, tezkor davrda mutaxassislarning kasbiy bilim, malaka va mahoratlarini izchil ravishda oshirib borishga bo'lgan ehtiyojning shakllanishi, shuningdek, mutaxassis sifatida mehnat bozoridagi kuchli raqobatga bardosh bera olishga bo'lgan talabning ortishi sanaladi [2].

Ijtimoiy jarayonlarning ajralmas qismi sifatida ta'lim tizimi, xususan tasviriy san'at fanini o'qitish ham, ilg'or texnologiyalardan samarali foydalanishi unga shu orqali zamon talab qilayotgan yetuk kadrni tayyorlash imkoniyatini beradi. Shu ma'noda, bugungi kunda har jabhada keng qo'llanib kelinayotgan hamda insonlar turmush tarzining bir qismiga aylanib borayotgan raqamli texnologiyalarni ham o'qitish jarayoniga integratsiya qilish zamonaviy tasviriy san'at o'qitish metodikasining muhim vazifalaridan biridir.

Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, tasviriy san'at fanini o'qitish jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish o'quvchilarda nafaqat san'atga bo'lagan qiziqishlarini orttirish, o'quvchida nafosatni shakllantirishda ko'maklashadi balki, ularda olingan bilimlarni uzoq vaqt yodda saqlab qolish hamda kelajakka oid bilim va malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yangi bilimning aktualligi u o'zlashtirilgan davrdan boshlab 3-5 yilni tashkil qiladi [3]. Raqamli qurilmalardan unumli foydalanish esa mustaqil izlay olish, kerakli ma'lumotni qisqa muddat ichida qidirib topish, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida muntazam fikr almashib turish kabi imkoniyatlarni yaratib berish orqali ma'lumotlarni muntazam takrorlanib turishini ta'minlaydi va shu orqali o'quvchilarda "mustahkam bilim" shakllanishini ta'minlaydi. Jumladan, kompyuter vositalaridan foydalanish shaxsni shakllantirishda to'rtta asosiy yo'nalish (aspekt) bo'yicha ta'sir ko'rsatadi:

• falsafiy (dunyoni, estetik ideallarni ilmiy tushunishni shakllantirish);

• psixologik (xotira, diqqat, tafakkur, xayol jarayonlarini rivojlantirish, faoliyat motivatsiyasini saqlab qolish);

• professional vaamaliy (maxsus fanlar bo'yicha kasbiy faoliyat muammolarini hal qilish uchun dasturiy ta'minotdan foydalanish);

• texnologik (kompyuter savodxonligi va axborot madaniyatini shakllantirish) [4].

Mazkur asosiy yo'nalishlar fanni o'qitish jarayonida o'quv faoliyatini tashkil etish, darslarni

zamonaviy moddiy-texnik bazalar yordamida o'tish, mavzuni o'zlashtirishda o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi o'zaro aloqani muntazam amalda bo'lishini ta'minlash, o'quvchilarda zamonaviy tasviriy san'atga oid bilimlar vamalakalarni shakllantirish kabi faoliyatlarda namoyon bo'ladi. Xususan o'quvchilarga mul'tfil'm yaratilish jarayonlari aks ettirilgan vldeoroliklar ko'rsatilsa, mul'tfil'm qahramonlarining ijobiy va salbiy xislatlari, ranglar va chiziqlar plastikasining jozibadorligi hamda uning yaratilish jarayonidagi qiziqarli va mashaqqatli rassom mehnatidan bolalar boy taassurotga ega bo'ladilar.

Rassomlarning asarlaridan namunalar ko'rsatish va taniqli rassom, pedagog olimlar bilan masofaviy ta'lim mashg'ulotlarining tashkil etish orqali esa o'quvchilarda darsga bo'lgan qiziqishni oshirish imkoniyati paydo bo'ladi. Yuqori sinflarda loyihalash metodlarini keng qo'llash mumkin. Bunda amaliy san'atning qadimiy, milliy va zamonaviy an'analarning uyg'unlashuvi asosida yangi jihozlar (binolar, avtomobillar, maishiy va sport jihozlari, liboslar) loyihalashtirish bolalardagi milliy qadriyatlarimizga nisbatan faxr va mehr tuyg'usini uyg'otadi. Mahalliy xomashyolardan foydalangan holda yaratuvchanlik va ixtirochilik faoliyatlari bolalarning ijodiy qobiliyatlari shakllanishiga turtki bo'ladi[5].

Shundan kelib chiqqan holda, tasviriy san'at darslarini raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etishning bugungi ahvolini quyidagi yo'nalishlarda ko'rib chiqishimiz mumkin.

1. Multimedia yordamida tashkil etiladigan darslar. Sinfda bitta kompyuter mavjud, o'qituvchi uni "electron doska" sifatida ishlatadi. O'qituvchi tayyor electron ta'lim resurslaridan yoki multimedia prezentatsiyalaridan, o'quvchilar esa loyihalarni taqdimot hamda himoya qilish uchun foydalanadilar. Bunga quyidagi multimediya qo'llanmalarini misol qilish mumkin: "Milliy naqsh namunasini ishlash", "Qalam tasvirda yorug' va soyalar bilan ishlash", "Rang tasvirda kompozitsiya" va hokazo.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, bugungi kundagi O'zbekiston ta'lim tizimida axborot komminikatsion texnologiyalardan foydalanish XXI asrning birinchi 10 yilligidagi ahvolga taqqoslaganda ijobiy tomonga o'zgargan. Chinki, mamlakatimizda shaxsiy kompyuterlardan foydalanish soni so'nggi yillarda aholi jon boshiga qaraganda o'sish ko'rsatgichiga ega bo'lgan [6].

Natijada, bu jarayon ta'lim tizimi xodimlarida ham texnologik kompetensiyalarni o'sishiga olib keldi va bu o'z navbatida darslarda multimédia vositalar, xususan, mavzugaoid MS Power Point dasturida tayyorlangan taqdimotlardan foydalanish ko'rsatkichi ham oshishiga olib keldi. Jumladan, tasviriy san'at darslarini tashkil etishda ham shukabi multimedia mahsulotlardan juda keng foydalaniladi.

2. Butun jahon Internet tarmogiga kirish imkoniyatiga ega bolgan darslar (ham multimedia, ham kompyuter yordami bilan tashkil etilishi mumkin). Bugungi kunda o'qitish va o'rganish jarayonida Internet texnologiyalariga katta o'rin ajratilmoqda. Bunday texnologiyalar ta'lim jarayoniga ko'maklashib, o'qitish dasturlari, o'quv qo'llanmalari, elektron darsliklar va jurnallardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda, foydalanuvchilarning turli yangiliklardan foydalanishlarida, ilmiy va tadqiqot ishlarini olib borishlarida hamda masofaviy loyihalarda ishtiroklarini ta'minlamoqda [7].

Xususan, tasviriy san'at darslarida ham Internet tarmog'i ta'lim samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Misol uchun, internetda joylashgan tasviriy san'atga oid ta'lim manbaalarining to'plamlari o'qituvchiga kerakli ma'lumotlarni topishda katta yordam beradi. Shuningdek, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida o'qituvchi o'rgatuvchi video, rassomlar faoliyatiga oid videokliplar, individual illyustratsiyalar, fotosuratlar, o'rganilayotgan rassomlarning rasmlari reproduksiyalaridan foydalanishlari, shuningdek, katta ekranga proeksiyalashgan mavziga oid dinamik jadvallar va diagrammalar bilan o'quvchilarni tanishtirishlari mumkin.

Qolaversa, agar Internetga ulanish va indan foydalanish imkoniyatlari kengroq bo'lsa, o'quvchilar bilan virtual ekskursiya shaklida dars o'tkazishni ham mumkin. Bugungi kunda, ayniqsa butun dunyo bo'ylab keng tarqalgan pandemiya sharoitida dunyoning ko'plab muzey va galereyalari onlayn ekskursiyalar tashkil etish bo'yicha o'z takliflarini bermoqdalar. Misol uchun, Fransiyaning Parij shahrida joylashgan Luvr muzeyi, Italiyaning Rim shahrida joylashgan Vatikan muzeyi, Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Britan muzeylariga bepul onlayn sayohat qilish mumkin.

O'zbekiston sharoitida bu usuldan foydalanish imkoniyati biroz cheklangan. Chunki, resbublikaning ayrim shekka hududlariga internet tarmog'ining yetib bormaganligi, yoki ayrim hududlarda internet tezligining pastligi bunday darslarni tashkil etishda qiyinchiliklar tug'diradi. Ammo, shahar va tuman markazlarida internetdan foydalanish darajasi yuqori bo'lgani uchun bunday usuldagi darslarning tashkil etilayotganligini kuzatishimiz mumkin.

3. Kompyuter yordamida tashkil etiladigan darslar. Bunday darslar bir nechta kompyuterlar (odatda kompyuter sinfida), barcha talabalar ularda bir vaqtning o'zida yoki navbat bilan ishlashi bilan amalga oshiriladi.

Kompyuter yordamida tashkil etiladigan darslar o'quvchilarda tasviriy san'atda yuzaga kelayotgan yangi yo'nalishlar, zamonaviy bilimlar hamda raqamli texnologiyalarga oid kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Natijada o'quvchida bugungi kunda vujudga kelayotgan yuqori sanoatli va axbrot jamiyatida o'z o'rnini topa olishida ko'maklashadigan malaka va ko'nikmalar hosil bo'ladi.

Bugungi kunda Internetning keng tarqalishi, Virtual o'quv hamda ijtimoiy muhitlarning ko'payib borishi natijasida raqamli texnologiyalar va tasviriy san'atni o'zaro integratsiyasi mahsuli hisoblangan "Grafik dizayn", "Web Dizayn", "Animatsiya", "O'yinlar (Game) Dizayni", "Raqamli tasviriy san'at" kabl ko'plab atamalar vujudga kelmoqda. Jumladan, raqamli (kompyuter) san'at deb kompyuter (axborot) texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan ijodiy faoliyat tushuniladi, uning natijasida raqamli shaklda badiiy asarlar olinadi. "Raqamli

san'at" atamasi an'anaviy, raqamli formatga o'tkazilgan yoki dastlab raqamli shaklda yaratilgan badiiy asarlarga, shuningdek, ularning asosiy muhiti kompyuter muhiti bo'lgan yangi turlariga nisbatan qo'llaniladi. Bizni qiziqtirgan tasviriy san'at jihatlariga ASCII-Art, kompyuter grafikasi, raqamli rasm va demo kabilar kiradi [8].

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, O'zbekistondatasviriy san'at fanini o'qitishda bu shakldagi darslar maqsadli tashkil etilmaydi. Buning o'ziga xos sabablarini fanni tashki etishning huquqiy asoslari, jumladan O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori hamda fanning sinflar kesimidagi o'quv dasturlarini tahlil qilish orqali ko'rish mumkin.

Xususan, tasviriy san'at ta'limi davlat standarti san'atning uch turi-tasvlriy, amaliy va me'morchitik san'atlari mazmunini aks ettirgan bo'lib, u avvalo milliy o'zbek san'atini, uning badiiy an'analarini, ayrim mashhur o'zbek tasviriy, amaliy, me'morchiiik san'atlari ustalarining hayoti va ijodini, O'zbekistonda san'atning bu turlari rivoj topgan markazlarni, O'zbekistondagi yirik san'at muzeylarini bilish tasviriy san'at o'quv predmetini vazifaiaridan biri ekaniigini qavd qiladi[9].

Shuningdek, Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at o'quv predmetining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan va ta'limning davlat standartlariga asoslangan holda o'quvchilarda yuqorida keltirib o'tilgan malaka va ko'nikmalarni shakllantirish sinflar kesimida quyidagi mazmunda amalga oshiriladi.

1. Borliqniidroketish

2. Badiiyqurish-yasash

3. San'atshunoslik asoslari

4. Naturagaqarabtasvirlash

5. Kompozitsion faoliyat (1-7 sinflarda) [10].

Yuqoridagilardan shu ko'rishimiz mumkinki, fan doirasida raqamli san'at va raqamli texnologiyalar bilan ishlashga, ularga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan mavzular yoki bo'limlar keltirilmagan. Garchi dizaynga oid ayrim mavzular kiritilgan bo'lsada, bu mavzular asosan umumiy tushuncha berish hamda dizaynni qo'lda eskizini yaratishga qaratilgan.

Axborot yondashuvi san'atning jamiyatdagi o'rni va o'rnini tushunishga imkon beradi. Shu jihatdan M.A. Bogomolovaning fikriga qo'shilmaslik mumkin emas. U shunday deydi: "ijtimoiy tizimlarning barqaror rivojlanishi san'at ta'siri ostida shaxsni estetik shakllantirish bo'yicha doimiy ish olib borilmasdan mumkin emas" [11].

Amaliyot shuni ko'rsatadiki, darslarning multimedia yordamida tashkil etish tufayli o'qituvchi o'qish vaqtini doskada ishlashga qaraganda 30% gacha tejaydi. U doskada bo'sh joy bo'lmaydi deb o'ylamasligi kerak, bo'rning sifati haqida tashvishlanmasligi kerak va yozilganlarning hammasi tushunarli. O'qituvchi vaqtni tejash bilan dars zichligini oshirishi, yangi mazmun bilan boyitishi mumkin[12].

O'zbekistonda tasviriy san'at fanini o'qitish jarayonida raqamli texnologiyalar va multimedia vositalaridan foydalanib darslarni tashkil etishning bugungu ahvolini tahlil qilib, quyidagilarni aniqladik.

Birinchidan, fan o'qituvchilari tomonidan darslarni tashkil etishda va o'quvchilarda fanga bo'lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida multimedia vositalari hamda Internet tizimidan keng foydalaniladi. Ammo, shuni nazarda tutish joizki, mazkur texnologiyalardan o'qituvchi foydalanadi ba bu uning texnikaga oid malakalatini takomillashtiradi, lekin o'quvchilar asosan ma'lumotni qabul qiluvchi sifatida ishtirok etib, ularda yangi kompetensiyalar shakllanmaydi.

Ikkinchidan, dunyo bo'ylab keng tarqalayotgan hamda turli sohalarda faol qo'llanilayotgan raqamli texnologiyalar va ularning tasviriy san'at fanida o'zlashtirilishi mumkin bo'lgan komponentlari umumta'lim maktablarida o'rgatilmaydi. Chunki, fanning o'quv rejalari hamda o'qiv dasturlarida bunga doir bo'limlar yoki mavzular keltirib o'tilmagan.

Demak, mamlakatimizda tasviriy san'at fanini o'qitish metodikasi zamon bilan hamnafas rivojlanib borishi uchun mavjud uslublar va texnologiyalarni takomillashtirishni taqozo qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. M. Pardaeva. Ta'lim tizimini modernizatsiyalash sharoitida innovatsiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish istiqbollari [Journal] // Science and Education. -2020. - 4: Vol. 1.

2. U.A. Baykabilov. Ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish bosqichlari [Journal] // Science and Education. - 2020. - 2: Vol. 1.

3. Х.И. Зарсаева. Использование цифровых технологий в образовании [Journal] // European science. - 2020. - Vol. 1(50).

4. А.П. Белиц-Гейман. Возможности компьютерных технологий в процессе обучения художественной графической композиции [Report]. - 2008.

5. H.E. Sultanov Uzluksiz ta'lim tizimida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish (Tasviriy san'at darslari misolida) [Report]. - [S.l.]: Uzluksiz ta'lim, 2016.

6. Gazeta.uz O'zbekistonda har yuzta oilada nechta kompyuter, televizor va avtomobil borligi ma'lum bo'ldi [Report]. - [S.l.]: Gazeta.uz, 2020.

7. Y. Xakimovava G. Xolmurodova. Tasviriy san'at darslarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish [Conference] // "O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar" mavzusidagi Respublika 23-ilmiy keng tarmoqli masofaviy onlayn konferensiya. - 2020.

8. С.В. Ерохин Цифровые технологии в современном изобразительном искусстве [Journal] // Известия ВГПУ. - 2008.

9. S.F. Abdirasilov Tasviriy san'at o'qitish metodikasi [Book]. - Toshkent: "Fan va texnologiya", 2012. - B. 41-42.

10. A. Isaqov. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at darslarini tashkil etish va o'tkazishga qo'yiladigan zamonaviy talablar [Journal] // Maktab va Hayot. -Toshkent: [S.N.], 2021.

11. М.А. Богомолова. Устойчивое развитие социальных систем [Conference] // V Всероссийская Интернет-конференция по проблемам эконофизики и эволюционной экономики. - Екатеринбург: [S.N.], 2006.

12. А.Р. Алиева. Современные подходы в преподавании предмета «изобразительное искусство» в общеобразовательной школе [Journal] // Мир Науки, Культуры, Образования. - 2019. - Vol. № 5 (78).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.