TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA RANGSHUNOSLIK BILIMLARINI RIVOJLANTIRISHNING TARBIYAVIY
AHAMIYATI
ättk
•щек!
Omonov D.E. O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Annotatsiya. Ushbu maqolada rangshunoslik masalalariga oid muhim ma'lumotlar berilgan. Bunda O'zbek xalqining asrlar osha foydalanib, o'rganilib kelayotgan milliy madaniyati ananalari, me'moriy obidalarining ranglariga izoxlar bor. Ularning yaratilishi, timsollari, mazmuni ma'nosi, shuningdek rangshunoslikdagi ifodasi sifatida bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Rang, rangshunoslik, san'at, naqish, naqqoshlik, tasviriy va amaliy san'at, memorchilik, maqbara, madrasa
ВОСПИТАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ РАЗВИТИЯ ЦВЕТОВЕДЧЕСКИХ ЗНАНИЙ НА УРОКАХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО
ИСКУССТВА
Омонов Д.Э. Узбекско-Финляндский педагогический институт
Аннотация. В этой статье представлена важная информация по вопросам цветоведения. В этом есть изюминки многовековых традиций национальной культуры узбекского народа, архитектурных памятников. Их творение, эмблемы, смысл выражаются как смысл, а также как выражение в колористике.
Ключевые слова: Цвет, колористика, искусство, вышивка, вышивка, изобразительное и прикладное искусство, архитектура, мавзолей, медресе.
THE EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF THE DEVELOPMENT OF FLORICULTURAL KNOWLEDGE IN THE LESSONS OF FINE
ARTS
Omonov D.E. Uzbek-Finnish Pedagogical Instituti
■w-
'¿s----
Annotation. This article provides important information on the issues of color science. This has the highlights of the centuries-old traditions of the national culture of the Uzbek people, architectural monuments. Their creation, emblems, and meaning are expressed as meaning, as well as as an expression in coloristics.
Keywords: color, coloristics, art, embroidery, embroidery, fine and applied arts, architecture, mausoleum, madrasah.
Ajdodlarimiz bizga rang va uning inson hayotidagi o'rni, shifobaxshligi, tarbiyaviy, falsafiy va ruhiy tomonlari haqida juda ko'p ma'naviyat xazinalari qoldirib ketganlar. Afsuski, bu ma'naviy merosdan to'liq foydalana olmayapmiz. Chunonchi, ta'lim va tarbiyada, tibbiyot, texnika, qishloq xo'jaligi, iqtisod va boshqa sohalarda bu masalalarga yetarli darajada urg'u berilmayapti. Xolbuki, jahonning rivojlangan mamlakatlarida ranglarning inson hayotidagi o'rniga juda katta ahamiyat berilmoqda. Ma'lumki, ta'lim tizimida rangshunos fani o'rgatiladi. Lekin, hozirgi zamon talabiga javob beradigan darslik o'quv-qo'llanma, elektron versiya va boshqalar yetarli emas. Rangshunoslik fanining o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari deyarli olib borilmagan.
Har bir rang bir odam ma'no anglatadi. "Nima bois tabiat yashil rangda yaratilgan? Buni sababi nimada? Agar tabiat qizil yoki sariq rangli bo'lsa, nima ma'noni anglatadi. "Nima bois tabiat yashil rangda yaratilgan? Buni sababi nimada? Agar tabiat qizil yoki sariq rangli bo'lsa, nima ma'noni anglatgan bular edi? Qaysi ranglar inson kayfiyatini ko'taradi? Qay biri salbiy yoki ijobiy ta'sir ko'rsatadi? Inson yoki hayvonlarning ranglari orqali ular salomatligini aniqlasa bo'ladimi?". [1.160 b.] Dunyo cheksiz sir-sinoatlardan iboratdir. Uni bamisoli musavvirning "Qora kvadrat" asariga ramziy ma'noda o'xshatsa bo'ladi. Zero, "kvadrat" - uning adabiy yaratilganligini, to'rt tomoni - cheksizlik timsolini anglatsa, "qora rang" esa mavxumlik dunyo sir-sinoatining barchasini anglab bo'lmas sir ekanligidan dalolat beradi. Insoniyat naqadar shu sirlarni bilishga harakat qilmasin, biroq uning tafakkuri ojizlik qilishi, tabiiydir. Pirovardida, bu mo'jizalarni o'rganish uchun insonga cheksiz umr kerak bo'lishi haqida falsafiy xulosaga kelasan, kishi.
Asrlar davomida ajdodlarimiz, fan arboblari muayyan darajada ilmiy-tadqiqot ishlari, tajribalar o'tkazib kelishmoqda. Hozirda, hatto ba'zi rivojlangan mamlakatlarda maxsus rang institutlari va ilmiy laboratoriyalar bu borada samarali faoliyat ko'rsatib kelishmoqda. Bu o'rinda Yaponiyaning Tokio shahridagi dunyoga mashhur rang institutini ta'kidlash mumkin.
Yirik olimlar tomonidan rang tufayli ramziy ma'noda "so'zlashish", ranglar vositasida insonlarni davolash, tarbiyalash, ranglar jilg'asi orqali falsafiy fikr yuritish, rang orqali insonlarning ichki dunyosini anglash, shuningdek ranglarning qishloq xo'jaligi unumdorligini oshirishda, iqtisodda va boshqa masalalarni ijobiy hal etishdagi mavqei haqida tadqiqotlar olib borilmoqda.
■w-
'¿S---'
Tabiatdagi yorug'lik manbai qo'yosh bo'lib, uning nuri juda murakkab yorug'lik hisoblanadi. Ingliz olimi Isaak Nyuton o'z laboratoriyasida birinchi marta quyosh nurini uchburchakli shisha prizmadan o'tkazib tajriba qilib turadi va ekranda bir necha tusga ajralib ko'rinishini kuzatadi. Olim qorong'u xonaga kichkina teshikdan quyosh nurini tushirgan va nur uch yoqli shisha prizmadan o'tkazilganda ekran sirtida spektr ranglarining hosil bo'lishini aniqlagan. Ekran sirtida hosil bo'lgan ranglarning eng kam singan pastki qismi qizil rang, eng ko'p singani esa binafsha rang bo'lib, uning oralig'ida rang polosalari o'rtasida ma'lum bir chegara bo'lmagan, har qaysi rang tuslari asta-sekin o'zgarib, boshqa rang tusiga o'tuvchi zarg'aldoq, sariq, yashil, havo rang, zangori ranglar polosasini joylashishini ko'radi. [1.160 b.]
Tabiatdagi mavjud ranglarni ikki qismga: axromatik va xromatik ranglarga ajratish mumkin. Oq kul rang va qora ranglar hamda ularni har xil nisbatda aralashtirishdan hosil bo'ladigan barcha ranglar tuslari axromatik ranglar deyiladi. Spektrda axromatik ranglar qatnashmaydi.
Agar biz kartondan doira qirqib olsak va uni spektr ranglari tartibida qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, havo rang, zangori ranglarga bo'yab chiqib, o'z o'qi, ya'ni ventilyator o'qiga o'rnatib o'z o'qi atrofida tez aylantirsak umumiy ko'rinishdagi kul rang tusni kuzatamiz. Yana xuddi shu usulda uchta asosiy ranglar - qizil, sariq va zangori ranglarni aylantirganimizda esa yanada yorug'roq bo'lgan och kul rang hosil bo'ladi. Shu yetti xil rangni palitrada aralashtirib ko'rsak qoramtir tusdagi ko'rimsiz aralashma hosil bo'ladi.
Axromatik ranglarning xromatik ranglardan farqi shuki, ular tanlamay yutish va qaytarish xossalariga ega. Axromatik ranglardan boshqa barcha ranglar, ya'ni biror rang tusiga ega bo'lgan ranglar xromatik ranglarga kiradi.
Har bir xromatik rang uchta xossaga: rang tusiga, rang yorqinligiga (ya'ni kam yoki ko'p yorqinligiga), rang kuyinganligiga (ya'ni rang quyuqligiga) ega bo'ladi.
Spektrni sinchiklab kuzatsak uning eng chekkasidagi qizil va binafsha ranglari orasida o'xshashlik alomatini sezamiz. Ikkala rang bir-biriga qo'shilsa, ularning oralig'ida qirmizi ranglar hosil bo'ladi.
Ranglar doirasida rang tuslari juda ko'p bo'lishi mumkin, lekin bizning ko'zlarimiz 150 taga yaqinini ajratishga qodir.
Covuq ranglarga esa muz, suv, osmonning rangini eslatuvchi ko'kish rang, zangori, binafsha, havo rang, to'q yashil, ko'kish qizil ranglari kiradi. Tabiatdagi mavjud ranglarni yana o'z navbatida iliq va sovuq ranglarga ajratish mumkin. Iliq ranglarga quyoshni, alangani, qizigan temirning taftini eslatuvchi sariq, zarg'aldoq, qizil, sarg'ish yashil kabi ranglar kirsa.
Dunyo cheksiz sir-sanoatlardan iborat. Ularni o'rganish uchun cheksiz inson umri kerak bo'ladi. Ajdodlarimiz tabiat tomonidan yaratilgan barcha ne'maüarning sirli olamini, sabablarini o'rganishga harakat qilganlar va shunday xulosaga kelganlarki, dunyoda hech bir narsa sababsiz yaratilmagan, Chunonchi "rang" atamasi to'rtta harfdan iborat bo'lsa-da, uning ma'nosiga va sirli olamini
■w-
'¿S---'
o'rganishiga insonlarning umri yetmaydi. Rangni ilmiy o'rganish uchun "Rangshunoslik" fani yuzaga kelgan. Rang inson ^ayotida cheksiz ahamiyatga ega. Shuning uchun asrlar davomida olimlar tomonidan ranglar haqida juda ko'p ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda. Hozirda xattoki bir qancha davlatlarda maxsus rang institutlari va ilmiy labaratoriyalar ishlab kelmoqda. Ayniqsa, Yaponiyaning Tokio-shahridagi rang instituti dunyoga mashxur. Dunyoning taniqli olimlari tomonidan rang orqali ramziy ma'noda gapirish; ranglar vositasida insonlarni davolash; tarbiyalash; ranglar jilqasi orqali falsafiy fikr berish; rang orqali insonning ichki dunyosini bilish; qishloq xo'jalik mahsulotlari unumdorligini oshirish; insonlarning ma'naviyatini shakllantirish va boshqa masalalar o'rganilmoqda.
Ko'z qorachig'i kattalashadi, yurak o'rishi o'zgaradi, bu holat kishilarning sog'lig'iga salbiy ta'sir etadi. Buning aksini olaylik har bahorda lola sayliga chiqqaningizda, toza havodan tashqari, qir-adirlarda turli rangdagi gullarni, maysalarni, musaffo osmonni, tog' chuqqisidagi oppoq qorlarni ko'rib, ruhingiz ko'tariladi, hayotga va tabiatga bo'lgan muhabbatingiz yanada oshadi. Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Komoliddin Behzod, Firdavsiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi jahonda mashhur ajdodlarimiz rang, uning turlari, nomlari, ramziy ma'nolari, inson sog'lig'iga ta'siri va boshqalar haqida juda ko'p yozganlar, ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. [4.386 ct] Chunonchi: Abu Rayhon Beruniy o'zining "Kitob al Javohir-ma'rifat al Javohir" (Mineralogiya) asarida ranglarning 200 dan ortiq nomlarini sanab o'tgan va bu ranglarning kelib chiqishi to'g'risida yozib qoldirgan. Sharqda olimlar, shoirlar, musavvirlar, naqqoshlar, xattotlar ranglarning yuzdan ortiq turini ajrata olganlar hamda ularning nomini, hattoki, har bir rangning ramziy ma'nosini bilganlar. Ulardan bizgacha yetib kelgan ba'zi namunalar bilan tanishib chiqamiz: avlon, rahuvon, bargi karam, binafsha, bug'doy rang, buz gulgun, jigar rang, zangori, za'faron, zumrad, qahrabo, kul rang, ko'k lojuvard, lola rang, malla, moviy, mosh rang, nafarmon, oq, pistamagiz, pistaqi pushti, sariq, savsar samo rang, sur, feruza, uchoq, kesak qizil, qirmizi, qora, qora mag'iz, qoracha qo'ng'ir, havo rang anordona, aqiq, bayzo gul, barg rang, baqa tuni, bika, burul, gulnor, gulobi, dani farang, jigari, jiyron, jo'ja, ziynovi, zar, zarchava, zarg'aldoq, kaptar bo'yin, ko'kimtir, lilovi, limurang, maykaylik mikori, novvot rang, nilobi, nimtatir, nim pushti, norgul, olov rang, olmatakor, oq upa suvi, sabzi rang, samak kesaksiyo, sir, sovot, surma rang, tilla rang, tupori to'liq, tutiyoyi va boshqalar. Afsuski, yillar, asrlar o'tishi bilan asta-sekin ranglarning nomi, turlari va ramziy ma'nosi hamda ularning tili yo'qolib ketish arafasiga kelib qoldi.
Xulosa
Ulug' allomalarimiz har bir rang nomini nima uchun qo'yilganligini o'z asarlarida yozib qoldirganlar. Ajdodlarimiz rangdan me'morchilik obidalarini bezash; milliy kiyimlarda; betoblarning kasalini aniqlash, davolashda unumli foydalanganlar. Chunonchi, Shayxul - islom Ibn Taymiyaning rivoyat qilishicha, payg'ambarimiz besh xil rangli salla uraganlar, ya'ni oq, qora, yashil, qizil va
■w-
'¿s----
havo rang. Qora rangli sallani ta'ziya marosimlarida uraganlar. Moviy (osmon rang) sallani dushman ustidan g'alaba qilganda, oq rangli sallani masjidga borishda, qizil rangli sallani jangda, sariq sallani kasalni ko'rish uchun borishda uraganlar.
Inson umrining har lahzasida uchraydigan rang insonlarning ma'naviyatini shakllantirishda muxim o'rin tutadi. Chunki rang ruhiyatga har daqiqada ijobiy yoki salbiy ta'sir etishi mumkin. Yorug'lik bor joyda rang bo'ladi. Chunonchi kechqurun o'yingizda chiroq uchib qoldi, deylik hamma joy qop-qora zulmat bo'lib ko'rinadi. Siz siqilasiz, tushkunlikka tushasiz, insonda mavhumlik paydo bo'ladi. [8.14 ct]
Adabiyotlar
1. Bulatov S. Rangshunoslik. - T. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiryoti. 2009. - 160 b.
2. M. Nabiyev "Rangshunoslik va rangtasvir texnologiyasi" T-1995
3. YegamovX. Bo'yoqlar bilan ishlash. -T. O'qituvchi. 1981. -56 b.
4. Bulatov S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati.-T.Mehnat. 1991.386 b.
5. M. Nabiyev Rangshunoslik. -T. O'qituvchi. 1985. -40 b.
6. Qosimov .Q. Naqqoshlik. -T. O'qituvchi. 1990. -160 b.
7. G'oziyev.Ye.Psixologiya. -T. O'qituvchi. 1994.
8. D.E.Omonov., Conceptual Bases of the Production of Teaching Technologies in Exposure and Practical Training (In the Example of the Engineering Graphics Course) Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress (JARSP) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7551 http://innosci.org 104 | Page
9. D.E.Omonov., The Role of Engineering Graphics in the Training of "Fine Arts and Drawing" Teachers Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress (JARSP) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7551 http://innosci.org 108 | Page
10. I.U.Izbosarov, D.E.Omonov, S.Abduvohidova., Stages of Working Thematic Composition in Fine Arts Lessons Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress (JARSP) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7551 http://innosci.org 112 | Page
11. DILSHOD ESONOVICH OMONOV., Ways to introduce the science of painting to the visual arts using new pedagogical technologies. International journal of philosophical studies and Social sciences ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039 http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss Vol 1, Issue 3 2021
12. D.E.Omonov., Integration of fine arts and computer technologies in art education of students. Middle european scientific bulletin ISSN 2694-9970 Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17 Oct 2021 Copyright (c) 2021 Author (s). This is an open -access article distributed under the terms of Creative Commons Attribution License (CC BY).To view a copy of this license, visit https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/