Научная статья на тему 'RANGLARNING INSONIYAT BILAN UZVIY BOG’LIQLIGI'

RANGLARNING INSONIYAT BILAN UZVIY BOG’LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
998
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ranglar / kompozitsiya / spektr ranglar / axromatik va xromatik ranglar. / colors / composition / spectral colors / achromatic and chromatic colors.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Omonov, Davronbek Alisher O’G’Li

Maqolada ranglar haqida nazariy tushincha berilgan,hamda rangdan amaliy foydalana olish uslublarini o’zlashtirish,talabalarning kelajakdagi ijodiy faoliyatida rangli loyihalash malakasiga ega bo’lishida ko’maklashadi.Ranglar aralashmalari,yorug’lik va ularning rang tashkillashuvidagi roli kabi tushinchalarga ega bo’ladilar.Maqola inson psixologiyasiga ranglarni o’rni haqida hamda ta’siri haqida tushunchalarga asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ORGANIC CONNECTION OF COLORS WITH HUMANITY

The article provides a theoretical understanding of colors, and mastering the methods of practical use of color will help students acquire the skills of color design in their future creative activities. The article is based on concepts about the role and influence of colors on human psychology.

Текст научной работы на тему «RANGLARNING INSONIYAT BILAN UZVIY BOG’LIQLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

RANGLARNING INSONIYAT BILAN UZVIY BOG'LIQLIGI

Omonov Davronbek Alisher o'g'li

Farg'ona Davlat Universiteti Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi Omonovdavronbek2022@mail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada ranglar haqida nazariy tushincha berilgan,hamda rangdan amaliy foydalana olish uslublarini o'zlashtirish,talabalarning kelajakdagi ijodiy faoliyatida rangli loyihalash malakasiga ega bo 'lishida ko'maklashadi.Ranglar aralashmalari,yorug'lik va ularning rang tashkillashuvidagi roli kabi tushinchalarga ega bo 'ladilar.Maqola inson psixologiyasiga ranglarni o'rni haqida hamda ta'siri haqida tushunchalarga asoslangan.

Kalit so'zlar: ranglar, kompozitsiya,spektr ranglar, axromatik va xromatik ranglar.

АННОТАЦИЯ

В статье дается теоретическое представление о цветах, а овладение приемами практического использования цвета поможет учащимся приобрести навыки цветового оформления в будущей творческой деятельности.В основу статьи положены представления о роли и влиянии цветов на психологию человека.

Ключевые слова: цвета, композиция, спектральные цвета, ахроматические и хроматические цвета.

ABSTRACT

The article provides a theoretical understanding of colors, and mastering the methods of practical use of color will help students acquire the skills of color design in their future creative activities. The article is based on concepts about the role and influence of colors on human psychology.

Key words: colors, composition, spectral colors, achromatic and chromatic colors.

KIRISH

Dunyo rang-barangliklardan iboratdir. Dunyo sir-smoatinrng barchasini anglab bo'lmas sir ekanligidan dalоlat bеradi. Insоniyat naqadar shu sirlarni bilishga harakat qilmasin, biroq uning tafakkuri оjizlik qilishi, tabiiydir. Pimvardida, bu mo'jizalarni o'rganish uchun insоnga ^ksiz umr kеrak bo'lishi haqida falsafiy хulоsaga kеlasan, kishi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Tabiatni kuzatar ekanmiz, bizni qurshab turgan olam turli-tuman ranglardan iborat ekanligini kurib hayratga tushamiz. "Bu ranglarda qanchalik ma'no yotadi?" -deb uyga tolasan. Ajdodlarimiz tabiatning shu sirli olamiga xayratga tushib, asrlar davomida uni o'rganib kelishmoqda. Muqaddas kitobimiz "Qur'oni Karim" da ham rang mo'jizalari haqida quyidagi falsafiy fikrlar bildirilgan: "Ollohdan ham go'zalroq rang beruvchi bormi?" yoki "... ranglari turli bo'lgan mevalarni chiqarganimizni ko'rmadingizmi?!", yana "... tog'larning oq, qizil, rang-barang yo'l-yo'lisi ham, tim qorasi ham bordir". "Shunindek odamlar, jonivorlar va chorva hayvonlari orasida ham turli ranglilari bordir"3.

Har bir rang bir odam ma'no anglatadi. "Nima bois tabiat yashil rangda yaratilgan? Buni sababi nimada? Agar tabiat qizil yoki sariq rangli bo'lsa, nima ma'noni anglatadi. Qaysi ranglar inson kayfiyatini ko'taradi? Qay biri salbiy yoki ijobiy ta'sir ko'rsatadi? Inson yoki hayvonlarning ranglari orqali ular salomatligini aniqlasa bo'ladimi?"

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tabiatdagi yorug'lik manbai quyosh bo'lib, uning nuri juda murakkab yorug'lik hisoblanadi. Ingliz olimi Isaak Nyuton o'z laboratoriyasida birinchi marta quyosh nurini uchburchakli shisha prizmadan o'tkazib tajriba qilib turadi va ekranda bir necha tusga ajralib ko'rinishini kuzatadi. Olim qorong'u xonaga kichkina teshikdan quyosh nurini tushirgan va nur uch yoqli shisha prizmadan o'tkazilganda ekran sirtida spektr ranglarining hosil bo'lishini aniqlagan. Ekran sirtida hosil bo'lgan ranglarning eng kam singan pastki qismi qizil rang, eng ko'p singani esa binafsha rang bo'lib, uning oralig'ida rang polosalari o'rtasida ma'lum bir chegara bo'lmagan, har qaysi rang tuslari asta-sekin o'zgarib, boshqa rang tusiga o'tuvchi zarg'aldoq, sariq, yashil, havo rang, zangori ranglar polosasini joylashishini ko'radi.

Tabiatdagi mavjud ranglarni ikki qismga: axromatik1 va xromatik ranglarga ajratish mumkin. Oq kul rang va qora ranglar hamda ularni har xil nisbatda aralashtirishdan hosil bo'ladigan barcha ranglar tuslari axromatik ranglar deyiladi. Spektrda axromatik ranglar qatnashmaydi.

Asrlar davomida ajdodlarimiz, fan arboblari muayyan darajada ilmiy-tadqiqot ishlari, tajribalar o'tkazib kelishmoqda. Hozirda, hatto ba'zi rivojlangan mamlakatlarda maxsus rang institutlari va ilmiy laboratoriyalar bu borada samarali faoliyat ko'rsatib kelishmoqda. Bu o'rinda Yaponiyaning Tokio shahridagi dunyoga mashhur rang institutini ta'kidlash mumkin.

Yirik olimlar tomonidan rang tufayli ramziy ma'noda "so'zlashish", ranglar vositasida insonlarni davolash, tarbiyalash, ranglar jilg'asi orqali falsafiy fikr yuritish,

98

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rang orqalí insonlarning ichki dunyosini anglash, shuningdek ranglarning qishloq xo'jaligi unumdorligini oshirishda, iqtisodda va boshqa masalalarni ijobiy hal etishdagi mavqei haqida tadqiqotlar olib borilmoqda.

Ajdodlarimiz bizga rang va uning inson hayotidagi o'rni, shifobaxshligi, tarbiyaviy, falsafiy va ruhiy tomonlari haqida juda ko'p ma'naviyat xazinalari qoldirib ketganlar. Afsuski, bu ma'naviy merosdan to'liq foydalana olmayapmiz. Chunonchi, ta'lim va tarbiyada, tibbiyot, texnika, qishloq xo'jaligi, iqtisod va boshqa sohalarda bu masalalarga etarli darajada urg'u berilmayapti. Xolbuki, jahonning rivojlangan mamlakatlarida ranglarning inson hayotidagi o'rniga juda katta ahamiyat berilmoqda.

Ma'lumki, ta'lim tizimida rangshunos fani o'rgatiladi. Lekin, hozirgi zamon talabiga javob beradigan darslik o'quv-qo'llanma, elektron versiya va boshqalar etarli emas. Rang tasvir fanining o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari deyarli olib borilmagan.

Ajdodlarimizni amaliy san'at turlaridan qoldirgan ma'naviy me'rosiga murojat qilsak har bir buyum yoki bezak bo'lmasin, ularni shakli, rangi va xajmga ega. Masalan, o'sha bezakni rangi inson psixikasiga turlicha ta'sir etadi, bu ranglar o'ziga xos ramziy ma'noga hamda shifobiy xosiyatga ega bo'ladi. Shunday ekan amaliy san'at bo'lajak usta - muallim rang tasvir fanini chuqur va atroflicha bo'lishi zarur.

Rangtasvir ishlashda uning qonun-qoidalarini, usul va texnologiyasini o'rganish muhim ahamiyatga ega vazifalardandir desak xato bo'lmaydi. Shunday zarur shartlar qatoriga axromatik va xromatik ranglar haqidagi bilimlar ham kirishi tabiiydir.

XULOSA

Ko'zimiz ko'ra oladigan tabiatdagi hamma ranglarni shartli ravishda ikkiga: axromatik va xromatik ranglarga bo'lish mumkin. Oqdan to'q qoragacha bo'lgan ranglar axromatik ranglarga (oq, kul rang, qoramtir, qora, to'q qora) qolganlari esa xromatik (qizil, sariq, ko'k va hokazo) ranglarga kiradi.

Ranglarning tabiiyligini tasvirda to'g'ri bajarish ancha qiyin ish hisoblanadi. Bunga jiddiy mehnat, nozik did va zo'r mushohada orqali erishish mumkin.

REFERENCES

1. Abdurahmonov G.M. Rangtasvir va kompozisiya.- Toshkent, 1995.

2. Boymetov B. "Qalamtasvir". Darslik 1 - qism. Toshkent, 2006.

3. Boymetov B. "Qalamtasvir asoslari" O'quv qo'llanma. Toshkent, 1999.

4. Tolipov N., Abdirasilov S., Orip

5. ova N. Rangtasvir (1-qism). T., 2002.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6. Tolipov N., Abdirasilov S., Oripova N. Rangtasvir (2-qism). T., 2003.

7. Abdirasilov S.,Tolipov N. "Rangtasvir" Toshkent , 2005.

8. G.V.Beda. Jivopis . Moskva. "Prosvexsenie". 1986. (26-39 betlar)

9. Risunok. Jivopis . Kompozisiya. (Xrestomatiya) Moskva.;'Prosve!senie". 1989. (90-94 betlar)

10. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

11. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

12. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

13. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

14. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

15. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

16. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

17. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

18. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

19. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

20. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.