Научная статья на тему 'RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI'

RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1955
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasviriy san’at / rang / ta’lim / axromatika / xromatik / Visual arts / color / education / achromatic / chromatic.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sohibov, Rahmonali

Maqolada oliy ta’lim tizimida tasviriy san’atni o’qitishda ranglar bilan ishlash, ranglar haqida umumiy ma’lumotlar, ranglar xususiyatlari va ahamiyati haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BASIC CHARACTERISTICS OF COLORS

The article describes working with colors, general information about colors, characteristics and importance of colors in the teaching of visual arts in the higher education system.

Текст научной работы на тему «RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Rahmonali Sohibov

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada oliy ta'lim tizimida tasviriy san 'atni o'qitishda ranglar bilan ishlash, ranglar haqida umumiy ma'lumotlar, ranglar xususiyatlari va ahamiyati haqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Tasviriy san 'at, rang, ta 'lim, axromatika, xromatik.

АННОТАЦИЯ

В статье описывается работа с цветом, общие сведения о цветах, особенностях и значении цветов в обучении изобразительному искусству в системе высшего образования.

Ключевые слова: Изобразительное искусство, цвет, образование, ахроматика, хроматика.

ABSTRACT

The article describes working with colors, general information about colors, characteristics and importance of colors in the teaching of visual arts in the higher education system.

Key words: Visual arts, color, education, achromatic, chromatic.

KIRISH

Dunyo cheksiz sir-sinoatlardan iboratdir. Uni bamisoli musawiming "Qora kvadrat" asariga ramziy ma'noda o'xshatsa bo'ladi. Zero, "kvadrat" -uning adabiy yaratilganligini, to'rt tomoni — cheksizlik timsolini anglatsa, "qora rang" esa mavhumlik dunyo sir-sinoatining barchasini anglab bo'lmas sir ekanligidan dalolat beradi. Insoniyat qanchalik shu sirlami bilishga harakat qilmasin, biroq uning tafakkuri ojizlik qilishi, tabiiydir. Pirovardida, bu mo'jizalarni o'rganish uchun insonga cheksiz umr kerak bo'lishi haqida falsafiy xulosaga kelasan, kishi.

Borliqni kuzatar ekanmiz, bizni qurshab turgan olam turli-tuman ranglardan iborat ekanligini ko'rib hayratga tushamiz. "Bu ranglarda qanchalik ma'no yotadi?" -deb o'yga tolasan. Ajdodlarimiz tabiatning shu sirli olamiga hayratga tushib, asrlar davomida uni o'rganib kelishgan.

Har bir rang bir olam ma'noni anglatadi. "Nima uchun tabiat yashil rangda yaratilgan? Buning sababi nimada? Agar tabiat qizil yoki sariq rangli bo'lsa, qanday ma'noni anglatgan bo'lar edi? Qaysi ranglar inson kayfiyatini ko'taradi? Qay biri salbiy yoki ijobiy ta'sir ko'rsatadi? Inson yoki hayvonlaming ranglari orqali ular

234

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

salomatligini aniqlasa bo'ladimi?". Asrlar davomida ajdodlarimiz, fan arboblari muayyan darajada ilmiytadqiqot ishlarini, tajribalarni o'tkazib kelishmoqda. Hozirda, hatto ba'zi rivojlangan mamlakatlarda maxsus rang institutlari va ilmiy laboratoriyalar bu borada samarali faoliyat ko'rsatib kelishmoqda. Bu o'rinda Yaponiyaning Tokio shahridagi dunyoga mashhur rang institutini ta'kidlash mumkin. Yirik olimlar tomonidan rang tufayli ramziy ma'noda "so'zlashish", ranglar vositasida insonlami davolash, tarbiyalash, ranglar jilg'asi orqali falsafiy fikr yuritish, rang orqali insonlaming ichki dunyosini anglash, shuningdek, ranglaming qishloq xo'jaligi unumdorligini oshirishda, iqtisodda va boshqa masalalarni ijobiy hal etishdagi mavqeyi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ajdodlarimiz bizga rang va uning inson hayotidagi o'mi, shifobaxshligi, tarbiyaviy, falsafiy va ruhiy tomonlari haqida juda ko'p ma'naviyat xazinalarini qoldirib ketganlar. Afsuski, bu ma'naviy merosdan to'Iiq foydalana olmayapmiz. Chunonchi, ta'lim va tarbiyada, tibbiyot, texnika, qishloq xo'jaligi, iqtisod va boshqa sohalarda bu masalalaiga yetarli darajada urg'u berilmayapti. Holbuki, jahonning rivojlangan mamlakatlarida ranglarning inson hayotidagi o'rniga juda katta ahamiyat berilmoqda.

Ma'lumki, ta'lim tizimida rangshunos fani o'rgatiladi. Lekin, hozirgi zamon talabiga javob beradigan darslik o'quv-qo'llanma, elektron versiya va boshqalar yetarli emas. Rangshunoslik fanining o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari deyarli olib borilmagan.

Ajdodlarimizni amaliy san'at turlaridan qoldirgan ma'naviy merosiga murojaat qilsak, qanday buyum yoki bezak bo'lmasin, ular shakl, rang va hajmga ega. Masalan, o'sha bezakning rangi inson psixikasiga turlicha ta'sir etadi, bu ranglar o'ziga xos ramziy ma'noga hamda shifobaxsh xosiyatga ega bo'ladi. Shunday ekan amaliy san'atning bo'lajak usta — muallimi rangshunoslik fanini chuqur va atroflieha bilishi zarur. Biz ko'rayotgan hamma narsa qandaydir rangga ega. Atrofingizga qarang, qandaydir rangga ega bo'lmagan narsani yoki buyumni topa olmaysiz, to'g'rimi. Tabiatda ranglar turf axil, qizil, sariq, ko'k, yashil, kulrang, qora va hokazo. Ulardan biri yorqin, toza bo'lsa, biri xira va bo'zargan. Ba'zan ranglar shu darajada noaniq bo'ladiki, katta qiyinchilik bilan nom tanlaysan kishi. Lekin baribir ular rang hisob- landi. Bir-biridan farq qiluvchi ranglarning soni juda ko'p. Bularni ko'rib chiqish uchun hamma ranglarni u yoki bu guruhga kiruvchi har bir rangning asosiy hususiyatlarini topishimiz kerak.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Hamma ranglarni ikki katta guruhga bo'lish mumkin. Bu ranglar axromatik va xromatik ranglar deyiladi. Oq, qora va kulrangning eng ochidan eng to'qigacha bo'lgani axromatik ranglar hisoblanadi. Ikkinchi guruhga qolgan barcha ranglar, qizil, sariq, yashil, ko'k, binafsharang,ularning orasidagi barcha oraliq va nozik farqlar birgalikda kiradi. Bular xromatik ranglar hisoblanadi.

Axromatik ranglar. Har bir axromatik rang ma'lum yorug'likka ega, shu bilan birga bir axromatik rangda yorqinlik juda kuchli, birisida kamroq, uchinchisida yanayam kam va hokazo. Axromatik ranglar bir-biridan faqat yorqinligi bilan farq qiladi. Agar ikkita axromatik rang bir xil yorqinlikda bo'lsa, ular bir-biridan mutlaqo farq qilmaydi.

Axromatik ranglarni shartli beshta guruhga bo'lish mumkin: oq, och kulrang, o'rtacha kulrang, to'q kulrang va qora ranglar. Bu guruhlar orasida albatta chegara mavjud emas.

Xromatik ranglar. Har bir xromatik rang uch hil hususiyatga ega:

1. Rang tusi.

1. Rang tusi, bu - biz ranglardan biri qizil, boshqasi sariq, uchinchisi ko'k va hokazo deb ataganimizdagi nazarda tutiladigan xromatik rang hususiyatidir. Rang tuslari ularning nomlaridan ko'ra ko'proq. Masalan sariqdan yashilga o'tishni tashkil qiluvchi barcha ranglar, bir hil rang tusiga ega bo'lganligi holda sarg'ish- yashil deb nomlanadi. Haqiqatdan ham, bu ranglarning har biri qo'shni ranglar- ning rang tusidan farq qiluvchi o'zining alohida rang tusiga ega. Hammasi bo'lib 150 ga yaqin rang tuslari bor.

2. Ranglarning yorug'ligi deb, bir rangni yorug', boshqasini to'q deganimizda nazarda tutiladigan ularning hususiyatiga aytiladi. Har bir xromatik rangda ma'lum yorug'lik bor. Hamma xromatik ranglarni kamayuvchi yoki o'suvchi yorug'ligi bo'yicha bir qatorga qo'yishimiz mumkin. Yorug'lik ham axromatik, ham xromatik ranglar hususiyati bo'lgach, uni hamma ranglarning eng asosiy va umumiy hususi-yati deb hisoblash mumkin.

3. Xromatik ranglarning to'yinganligi deb, bu ranglarning unga yorug'ligi bo'yicha teng bo'lgan axromatik ranglardan farqlanish darajasiga aytiladi. Agar toza yashil rangga u bilan yorug'ligi bir xil bo'lgan ozgina kulrang aralashtirilsa, bundan rang tusi o'zgarmaydi, yashil rangning yorug'ligi ham o'zgarmaydi, sababi unga qo'shilgan kulrang yorug'ligi bo'yicha bir xil. Lekin yangi yashil rang dastlabkisidan farq qilib xiralashib qoladi, kamroq yashillikda bo'ladi. Manashu o'zgarish

2. Yorug'lik.

3. To'yinganlik.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

to'yinganlikning o'zgarishi bo'ladi. Yangi hosil bo'lgan rang dastlabkisidan kamroq to'yingan bo'ladi. Biror xromatik rangga u bilan yorug'lik bo'yicha teng bo'lgan axromatik rangning katta miqdori qo'shilsa, uning to'yinganligi sekin asta kamayib boradi. Har qanday toza, maksimal to'yingan rang va yorug'ligi bo'yicha unga teng kulrang orasida biz to'yinganlikning turli darajasidagi oraliq ranglar qatorini qo'ya olamiz.

Agar birorta maksimal to'yingan rangga borgan sari ko'proq oq rangni qo'shib borsak, tobora to'yinganligi kamayuvchi, yorug'ligi oshib boruvchi ranglar qatoriga ega bo'lamiz. Agar maksimal to'yingan rangga qora rangni ko'proq qo'shib borsak, to'yinganlik ham, yorug'lik ham kamayib borishini ko'ramiz.

Rang tozaligi berilgan rangning umumiy yorqinligidagi toza spektralning ulushidir. Ranglarning eng tozalari bu spectral ranglardir.

Bizni o'rab turgan olamning hamma rang xilma- xilligidan uchta xromatik rangni- qizil, sariq va ko'k, shuningdek, ikki axromatik- oq va qora ranglarni ajra-tish mumkin. Aynan ular rassomlarga eng boy palitrani- ranglar gammasini hosil qilib beradi.

Xromatik ranglar, ular qanday rang bilan taqqoslanayotganligiga qarab "iliq" va "sovuq" deb idrok etiladi. Masalan, iliq (qizil) ranglar guruhiga to'q sariq (zarg'al-doq) malina rangga nisbatan iliqroq, sovuq ranglar guruhida binafsharang ko'k rangga nisbatan iliqroq va hokazo.

Rang "salmog'i" haqidagi taassurot, rangning yorug'lik va to'yinganlik hususi-yatiga bog'liq bo'ladi. Rang qanchalik to'q bo'lsa, u shunchalik "og'r" , ya'ni "sal-moqli" bo'ladi. BU barcha axromatik va xromatik ranglarga, bitta rang tusidagi ranglarga va turli rang tusidagi ranglarga tegishli.Ko'proq to'yingan ranglar kam to'yinganlarga nisbatan og'rroq bo'lib tuyiladi. Rangning "og'irligi" yoki "yengil-ligi" ( quyuqlik yoki shaffoflik ) faqat rangning o'ziga bog'liq bo'lmay, bo'yoqni surtish usuli va materialiga ham bog'liqbo'ladi. Korpusli, fakturali ranglar tasvirga, shaffof bo'yoqlarga nisbatan kattaroq og'rlik taasurotini beradi.

Bir xil tekislikda joylashgan turli ranglarni biz ba'zan yaqinroq,bazan uzoqroq deb idrok qilamiz. Ranglarning bu "turtib chigan" va "uzoqlashgan" deb ataluvchi ko'rinishini (fazoviy hususiyatlar) spektorini ko'rb chiqib osongina sezish mumkin. Bunday "turtib chiqgan" ranglarga iliq ranglar kiradi: sariq, zarg'aldoq, qizil; "uzoqlashgan" ranglarga sovuq ranglar kiradi: ko'k, yashil, binafsharang. Ko'k ranglar qizil ranglarga nisbatan uzoqlashgan ranglar hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Rang tusidan tashqari ranglarni fazoviy hususiyatiga ta'sir ko'rsatadi: to'yinganlik va yorug'lik, demak, rang qanchalik to'yingan va yorug' bo'lsa, u shunchalik yaqinroq tuyiladi.

Chuqurlikni idroq qilishga ranglarning birikuvi ularning muhitga munosabati, rang maydoni, uning fakturaviyligi tasiri katta tasir ko'rsatadi. Ranglar qanchalik to'yingan bo'lsa, ular qanchalik katta maydonni egallagan bo'lsa, shunchalik yaqin bo'lib tuyiladi.

Spektor aylanasi ranglar uyg'unlashuvining asosi bo'lgan rang munosabatlarini o'rnatish imkonini beradi. Diametrning qarama-qarshi uchlarida joylashgan ranglar qo'shimcha yoki kontrast ranglar hisoblanadi, masalan, zarg'aldoq ko'kka, qizil yashilga qo'shimcha va h. Yonma-yon joylashgan ranglar nyuans ranglar yoki o'xshash ranglar hisoblanadi. Ular o'z tabiati boyicha bir rang tusi gradatsiyasiga tegishli (spektordagi joyi bilan aniqlovchi sovuq yoki iliq rang turi bilan)tegishli

REFERENCES

1. Xudayberganov R.A. "Kompozitsiya". O'quv qo'llanma. T.: "Sharq" 2007. -203 b.

2. Xudayberganov R. A. "Rangshunoslik asoslari", O'quv qo'llanma. T.: "G'.G'ulom" 2006. - 92 b. (elektron nushasi mavjud)

3. "The Color Guide and Glossary". 2004-52 b.

4. Nabiyev. M. Rangshunoslik va Rangtasvir asoslari. T. 1995 yil.

5. Beda. V. Rangtasvir. M. 1968 yil

6. http ://artclassic.edu.ru/

7. http://artschool.agava.ru/

8. http :www.manus .baikal.ru/rus/es21.ntm

9. http:www.rubricon.com/art' l.asp

10. http://www.arthistoru.ru/

11. http://art.rin.ru/

12. http://visaginart.narod.ru/visaginart.htm

13. http://aivazovsky.narod.ru/

14. http://www.philosophy.ru/library/byuchkov/hud-kult.html

bo'ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.