Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023
RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA ULARNING AMALIY
SAN'ATDA QO'LLANILISHI
Rahmonali Sohibov
Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi.
ANNOTATSIYA
Maqolada oliy ta 'lim tizimida tasviriy san 'atni o 'qitishda ranglar bilan ishlash, ranglar haqida umumiy ma'lumotlar, ranglar hususiyatlari va ahamiyati, qadim zamonlardan xalq amaliy san 'atida usta naqqoshlar tomonidan unumli foydalanib kelinayotganligi yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: kompozitsiya, tabiat,fazo,muhit,forma, mazmun, uyg'unlik,yaxlitlik,badiiylik,funksionallik, ijtimoiy mazmun, ijtimoiy asoslar,ifoda vositasi, estetik talablar,xalq amaliy san 'ati, ma 'naviyat, estetik did, ramziylik, xromatik, rang spektri.
АННОТАЦИЯ
В статье рассказывается о том, как работать с цветом при обучении изобразительному искусству в системе высшего образования, общие сведения о цветах, характеристиках и значении цветов, а также о том, как мастера-живописцы с древних времен эффективно использовали их в народном творчестве.
Ключевые слова: композиция, природа, пространство, атмосфера, форма, содержание, гармония, целостность, художественность, функциональность, социальное содержание, социальные основы, средства выразительности, эстетические требования, народное творчество, духовность, эстетический вкус, символизм, хроматика, цветовая гамма.
ABSTRACT
The article talks about how to work with color when teaching fine arts in higher education, general information about colors, characteristics and meaning of colors, as well as how master painters from ancient times used them effectively in folk art.
Key words: composition, nature, space, atmosphere, form, content, harmony, integrity, artistry, functionality, social content, social foundations, means of expression, aesthetic requirements, folk art, spirituality, aesthetic taste, symbolism, chromaticity, colors. .
KIRISH
Dunyo cheksiz sir-sinoatlardan iboratdir. Uni bamisoli musavvirning "Qora kvadrat" asariga ramziy ma'noda o'xshatsa bo'ladi. Zero, "kvadrat" -uning adabiy yaratilganligini, to'rt tomoni — cheksizlik timsolini anglatsa, "qora rang" esa
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
mavhumlik dunyo sir-sinoatining barchasini anglab bo'lmas sir ekanligidan dalolat beradi. Insoniyat qanchalik shu sirlami bilishga harakat qilmasin, biroq uning tafakkuri ojizlik qilishi, tabiiydir. Pirovardida, bu mo'jizalarni o'rganish uchun insonga cheksiz umr kerak bo'lishi haqida falsafiy xulosaga kelasan, kishi.
Borliqni kuzatar ekanmiz, bizni qurshab turgan olam turli-tuman
ranglardan iborat ekanligini ko'rib hayratga tushamiz. "Bu ranglarda qanchalik ma'no yotadi?" -deb o'yga tolasan. Ajdodlarimiz tabiatning shu sirli olamiga hayratga tushib, asrlar davomida uni o'rganib kelishgan.
Har bir rang bir olam ma'noni anglatadi. "Nima uchun tabiat yashil rangda yaratilgan? Buning sababi nimada? Agar tabiat qizil yoki sariq rangli bo'lsa, qanday ma'noni anglatgan bo'lar edi? Qaysi ranglar inson kayfiyatini ko'taradi? Qay biri salbiy yoki ijobiy ta'sir ko'rsatadi? Inson yoki hayvonlarning ranglari orqali ular salomatligini aniqlasa bo'ladimi?". Asrlar davomida ajdodlarimiz, fan arboblari muayyan darajada ilmiy tadqiqot ishlarini, tajribalarni o'tkazib kelishmoqda. Hozirda, hatto ba'zi rivojlangan mamlakatlarda maxsus rang institutlari va ilmiy laboratoriyalar bu borada samarali faoliyat ko'rsatib kelishmoqda. Bu o'rinda Yaponiyaning Tokio shahridagi dunyoga mashhur rang institutini ta'kidlash mumkin. Yirik olimlar tomonidan rang tufayli ramziy ma'noda "so'zlashish", ranglar vositasida insonlami davolash, tarbiyalash, ranglar jilg'asi orqali falsafiy fikr yuritish, rang orqali insonlaming ichki dunyosini anglash, shuningdek, ranglaming qishloq xo'jaligi unumdorligini oshirishda, iqtisodda va boshqa masalalarni ijobiy hal etishdagi mavqeyi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ajdodlarimiz bizga rang va uning inson hayotidagi o'rni, shifobaxshligi, tarbiyaviy, falsafiy va ruhiy tomonlari haqida juda ko'p ma'naviyat xazinalarini qoldirib ketganlar. Afsuski, bu ma'naviy merosdan to'liq foydalana olmayapmiz. Chunonchi, ta'lim va tarbiyada, tibbiyot, texnika, qishloq xo'jaligi, iqtisod va boshqa sohalarda bu masalalaiga yetarli darajada urg'u berilmayapti. Holbuki, jahonning rivojlangan mamlakatlarida ranglarning inson hayotidagi o'rniga juda katta ahamiyat berilmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma'lumki, ta'lim tizimida rangshunoslik fani o'rgatiladi. Lekin, hozirgi zamon talabiga javob beradigan darslik o'quv-qo'llanma, elektron versiya va boshqalar yetarli emas. Rangshunoslik fanining o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari deyarli olib borilmagan.
Ajdodlarimizni amaliy san'at turlaridan qoldirgan ma'naviy merosiga murojaat qilsak, qanday buyum yoki bezak bo'lmasin, ular shakl, rang va hajmga ega. Masalan, o'sha bezakning rangi inson psixikasiga turlicha ta'sir etadi, bu ranglar
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023
o'ziga xos ramziy ma'noga hamda shifobaxsh xosiyatga ega bo'ladi. Shunday ekan amaliy san'atning bo'lajak usta — muallimi rangshunoslik fanini chuqur va atroflicha bilishi zarur.
Biz ko'rayotgan hamma narsa qandaydir rangga ega. Atrofingizga qarang, qandaydir rangga ega bo'lmagan narsani yoki buyumni topa olmaysiz, to'g'rimi. Tabiatda ranglar turfa xil, qizil, sariq, ko'k, yashil, kulrang, qora va hokazo. Ulardan biri yorqin, toza bo'lsa, biri xira va bo'zargan. Ba'zan ranglar shu darajada noaniq bo'ladiki, katta qiyinchilik bilan nom tanlaysan kishi. Lekin baribir ular rang hisob-landi.
Bir-biridan farq qiluvchi ranglarning soni juda ko'p. Bularni ko'rib chiqish uchun hamma ranglarni u yoki bu guruhga kiruvchi har bir rangning asosiy hususiyatlarini topishimiz kerak.
Hamma ranglarni ikki katta guruhga bo'lish mumkin. Bu ranglar axromatik va xromatik ranglar deyiladi. Oq, qora va kulrangning eng ochidan eng to'qigacha bo'lgani axromatik ranglar hisoblanadi. Ikkinchi guruhga qolgan barcha ranglar, qizil, sariq, yashil, ko'k, binafsharang,ularning orasidagi barcha oraliq va nozik farqlar birgalikda kiradi. Bular xromatik ranglar hisoblanadi.
Axromatik ranglar. Har bir axromatik rang ma'lum yorug'likka ega, shu bilan birga bir axromatik rangda yorqinlik juda kuchli, birisida kamroq, uchinchisida yanayam kam va hokazo. Axromatik ranglar bir-biridan faqat yorqinligi bilan farq qiladi. Agar ikkita axromatik rang bir xil yorqinlikda bo'lsa, ular bir-biridan mutlaqo farq qilmaydi.
Axromatik ranglarni shartli beshta guruhga bo'lish mumkin: oq, och kulrang, o'rtacha kulrang, to'q kulrang va qora ranglar. Bu guruhlar orasida albatta chegara mavjud emas.
Xromatik ranglar. Har bir xromatik rang uch hil hususiyatga ega:
1. Rang tusi.
2. Yorug'lik.
3. To'yinganlik.
1. Rang tusi, bu - biz ranglardan biri qizil, boshqasi sariq, uchinchisi ko'k va hokazo deb ataganimizdagi nazarda tutiladigan xromatik rang hususiyatidir. Rang tuslari ularning nomlaridan ko'ra ko'proq. Masalan sariqdan yashilga o'tishni tashkil qiluvchi barcha ranglar, bir hil rang tusiga ega bo'lganligi holda sarg'ish- yashil deb nomlanadi. Haqiqatdan ham, bu ranglarning har biri qo'shni ranglarning rang tusidan farq qiluvchi o'zining alohida rang tusiga ega. Hammasi bo'lib 150 ga yaqin rang tuslari bor.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
2. Ranglaming yorug'ligi deb, bir rangni yorug', boshqasini to'q deganimizda nazarda tutiladigan ularning hususiyatiga aytiladi. Har bir xromatik rangda ma'lum yorug'lik bor. Hamma xromatik ranglarni kamayuvchi yoki o'suvchi yorug'ligi bo'yicha bir qatorga qo'yishimiz mumkin. Yorug'lik ham axromatik, ham xromatik ranglar hususiyati bo'lgach, uni hamma ranglarning eng asosiy va umumiy hususiyati deb hisoblash mumkin.
3. Xromatik ranglarning to'yinganligi deb, bu ranglarning unga yorug'ligi bo'yicha teng bo'lgan axromatik ranglardan farqlanish darajasiga aytiladi. Agar toza yashil rangga u bilan yorug'ligi bir xil bo'lgan ozgina kulrang aralashtirilsa, bundan rang tusi o'zgarmaydi, yashil rangning yorug'ligi ham o'zgarmaydi, sababi unga qo'shilgan kulrang yorug'ligi bo'yicha bir xil. Lekin yangi yashil rang dastlabkisidan farq qilib, xiralashib qoladi, kamroq yashillikda bo'ladi. Mana shu o'zgarish to'yinganlikning o'zgarishi bo'ladi. Yangi hosil bo'lgan rang dastlabkisidan kamroq to'yingan bo'ladi. Biror xromatik rangga u bilan yorug'lik bo'yicha teng bo'lgan axromatik rangning katta miqdori qo'shilsa, uning to'yinganligi sekin asta kamayib boradi. Har qanday toza, maksimal to'yingan rang va yorug'ligi bo'yicha unga teng kulrang orasida biz to'yinganlikning turli darajasidagi oraliq ranglar qatorini qo'ya olamiz.
Agar birorta maksimal to'yingan rangga borgan sari ko'proq oq rangni qo'shib borsak, tobora to'yinganligi kamayuvchi, yorug'ligi oshib boruvchi ranglar qatoriga ega bo'lamiz. Agar maksimal to'yingan rangga qora rangni ko'proq qo'shib borsak, to'yinganlik ham, yorug'lik ham kamayib borishini ko'ramiz.
Rang tozaligi berilgan rangning umumiy yorqinligidagi toza spektralning ulushidir. Ranglarning eng tozalari bu spektral ranglardir.
Bizni o'rab turgan olamning hamma rang xilma- xilligidan uchta xromatik rangni- qizil, sariq va ko'k, shuningdek, ikki axromatik- oq va qora ranglarni ajratish mumkin. Aynan ular rassomlarga eng boy palitrani- ranglar gammasini hosil qilib beradi.
Xromatik ranglar, ular qanday rang bilan taqqoslanayotganligiga qarab "iliq" va " sovuq" deb idrok etiladi. Masalan, iliq (qizil) ranglar guruhiga to'q sariq (zarg'al- doq) malina rangga nisbatan iliqroq, sovuq ranglar guruhida binafsharang ko'k rangga nisbatan iliqroq va hokazo.
Rang "salmog'i" haqidagi taassurot, rangning yorug'lik va to'yinganlik hususiyatiga bog'liq bo'ladi. Rang qanchalik to'q bo'lsa, u shunchalik "og'ir ", ya'ni "salmoqli" bo'ladi. Bu barcha axromatik va xromatik ranglarga, bitta rang tusidagi ranglarga va turli rang tusidagi ranglarga tegishli.Ko'proq to'yingan ranglar kam to'yinganlarga nisbatan og'irroq bo'lib tuyiladi. Rangning "og'irligi" yoki "yengil -
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
ligi" (quyuqlik yoki shaffoflik) faqat rangning o'ziga bog'liq bo'lmay, bo'yoqni surtish usuli va materialiga ham bog'liqbo'ladi. Korpusli, fakturali ranglar tasvirga, shaffof bo'yoqlarga nisbatan kattaroq og'irlik taasurotini beradi.
Bir xil tekislikda joylashgan turli ranglarni biz ba'zan yaqinroq,bazan uzoqroq deb idrok qilamiz. Ranglarning bu "turtib chiqqan" va "uzoqlashgan" deb ataluvchi ko'rinishini (fazoviy hususiyatlar) spektorini ko'rb chiqib, osongina sezish mumkin. Bunday "turtib chiqqan" ranglarga iliq ranglar kiradi: sariq, zarg'aldoq, qizil; "uzoqlashgan" ranglarga sovuq ranglar kiradi: ko'k, yashil, binafsharang. Ko'k ranglar qizil ranglarga nisbatan uzoqlashgan ranglar hisoblanadi.
Rang tusidan tashqari ranglarni fazoviy hususiyatiga ta'sir ko'rsatadi: to'yinganlik va yorug'lik, demak, rang qanchalik to'yingan va yorug' bo'lsa, u shunchalik yaqinroq tuyiladi.
Chuqurlikni idroq qilishga ranglarning birikuvi ularning muhitga munosabati, rang maydoni, uning fakturaviyligi tasiri katta tasir ko'rsatadi. Ranglar qanchalik to'yingan bo'lsa, ular qanchalik katta maydonni egallagan bo'lsa, shunchalik yaqin bo'lib tuyiladi.
Spektor aylanasi ranglar uyg'unlashuvining asosi bo'lgan rang munosabatlarini o'rnatish imkonini beradi. Diametrning qarama-qarshi uchlarida joylashgan ranglar qo'shimcha yoki kontrast ranglar hisoblanadi, masalan, zarg'aldoq ko'kka, qizil yashilga qo'shimcha va h. Yonma-yon joylashgan ranglar nyuans ranglar yoki o'xshash ranglar hisoblanadi. Ular o'z tabiati boyicha bir rang tusi gradatsiyasiga tegishli (spektordagi joyi bilan aniqlovchi sovuq yoki iliq rang turi bilan) bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTAR (REFERENCES)
1. Xudayberganov R.A. "Kompozitsiya" O'quv qo'llanma. T.: "Sharq" 2007. -203 b.
2. Xudayberganov R. A. "Rangshunoslik asoslari", O'quv qo'llanma. T.: "G'.G'ulom" 2006. - 92 b. (elektron nushasi mavjud)
3. "The Color Guide and Glossary". 2004-52 b.
4. Nabiyev. M. Rangshunoslik va Rangtasvir asoslari. T. 1995 yil.
5. Beda. V. Rangtasvir. M. 1968 yil
6. Ma'Murov, A. A. (2022). TARBIYA JARAYONIDA AMALIY SAN'ATDAGI USTOZ VA SHOGIRD ODOBI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 138-142
7. Sulaymonova, S. B. Q. (2021). TASVIRIY SAN'AT ORQALI DUNYO SIVILIZATSIYASINI O'RGANISH OMILLARI. Academic research in educational sciences, 2(6), 730-735.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
8. Мадаминов, Н. М. (2022). ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВА КОМПЬЮТЕР ГРАФИКАСИДАН КЕНГ ФОЙДАЛАНИШ ЕЧИМЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 46-50.
9. Yunusaliyev, M. T. (2022). RANGTASVIRDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 174-182.
10. Qurbonova, B. M. (2022). ME'MORIY OBIDALARNING BADIIY, ESTETIK QIYMATIDAN SAMARALI FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 106-109.
11. Бобоева, З. (2022). ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.
12. Yuldashev, I. (2022). URF-ODAT VA MAROSIMLAR MILLIY LIBOSLARNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY VOSITA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 78-83.
13. Сулайманова, С. Б. К. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.
14. Yuldashev, I. (2022). QADIMGI AN'ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO'NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 209-216.
15. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЬЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.
16. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛО^ИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЬАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204-208.
17. Юнусалиев, М., Мадаминов, Н., & Мамуров, А. (2022). МЕТОДИКА РАБОТЫ НАД РИСОВАНИЕМ НАТЮРМОРТА. Research Focus, 7(2), 326-332.
18. Мадаминов, Н. М. (2022). ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВА КОМПЬЮТЕР ГРАФИКАСИДАН КЕНГ ФОЙДАЛАНИШ ЕЧИМЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative,
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
educational, natural and social sciences, 2(10-2), 46-50.
19. MagaMHHOB, H. M. (2022). MACOOABHH TAL.HHM n.HATOOPMA.nAPH HMKOHHOT.ÏÏAPHHH O.HHH TAL-HHM^A TAXOMH^^AmTHPHm MYAMMO.HAPH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 115-119.
20. MagaMHHOB, H. M. (2022). TAL^HM^A HHOOPMAqHOH TEXHO^OrH^^APHH PHBO^^AHTHPHm BA TA^ABA^AP^A KACBHH KYHHKMA^APHH mAK^^AHTHPHm. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 200-203.
21. Madaminov, N. M., Yunusaliyev, M. T., & Mamurov, A. A. (2022). TASVIRIY SAN'ATDA RANGLAR GARMONIYASI (^ETOTEPAnHtf) ORQALI INSONLARNI DAVOLASHNING O 'ZIGA XOSLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1265-1272.
22. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.
23. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 7(2), 296-300.
24. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., Murodjon, K., & Makhpuzakhon, A. (2021). Drawing Tools And Design Elements In Geometric Drawing. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).
25. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.