Научная статья на тему 'AKVAREL TEXNIKASIDA YORUG’LIK VA RANG MUNOSABATLARIDA RANGLAR GAMMASINING AHAMIYATI'

AKVAREL TEXNIKASIDA YORUG’LIK VA RANG MUNOSABATLARIDA RANGLAR GAMMASINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
140
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Spektr / gamma / rang tussi / nyuans / to‘n / to'yinganlik (xos yorqin) / xromatik va axromatik rang tuslari / ranglar kompozitsiyasi / yorug’lanish (rang tusning yorug’ yoki qorong’ulik darajasi / rang tusning og’ir yoki yengillik darajasi / rang tusining ocharish yoki to‘qarish darajasi) / rang tusining issiq yoki sovuqlik / Spectrum / gamma / hue / nuance / hue / saturation (characteristic brightness) / chromatic and achromatic hues / color composition / illumination (lightness or darkness of hue / color degree of heaviness or lightness of a color / degree of lightening or darkening of a color) / degree of warmth or coolness of a color.

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Yunusaliyev, M.T., Sulaymonova, S.B.

Ushbu maqolada bo‘lgusi pedagog rassom talabalarning rangtasvir fani amaliy va mustaqil ta‘lim mashg’ulotlarida berilgan topshiriqlarni muvoffoqiyatli bajarishda akvarel texnikasida yorug’lik va rang munosabatlaridagi ranglar gammasida rang tuslarining vaziyati yuzasidan muammoli vaziyat yechimlari tahlili.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MEANING OF COLORS IN LIGHT AND COLOR RELATIONSHIPS IN WATERCOLOR TECHNIQUE.

In this article, the future artist-teacher will analyze the solutions to problem situations related to the position of colors in the gamut of light and color relationships in watercolor technique with the successful completion of tasks given in practical and independent painting classes

Текст научной работы на тему «AKVAREL TEXNIKASIDA YORUG’LIK VA RANG MUNOSABATLARIDA RANGLAR GAMMASINING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AKVAREL TEXNIKASIDA YORUG'LIK VA RANG MUNOSABATLARIDA RANGLAR GAMMASINING AHAMIYATI M.T.Yunusaliyev

Farg'ona davlat universiteti san'atshunoslik fakul'teti «Tasviriy san'at» kafedrasi

o'qituvchisi S.B. Sulaymonova

Farg'ona davlat universiteti san'atshunoslik fakulteti "Tasviriy san'at" kafedrasi

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bo'lgusi pedagog rassom talabalarning rangtasvir fani amaliy va mustaqil ta'lim mashg'ulotlarida berilgan topshiriqlarni muvoffoqiyatli bajarishda akvarel texnikasida yorug'lik va rang munosabatlaridagi ranglar gammasida rang tuslarining vaziyati yuzasidan muammoli vaziyat yechimlari tahlili.

Kalit so'zlar: Spektr, gamma, rang tussi, nyuans, to'n, to'yinganlik (xosyorqin), xromatik va axromatik rang tuslari, ranglar kompozitsiyasi, yorug'lanish (rang tusning yorug' yoki qorong 'ulik darajasi, rang tusning og 'ir yoki yengillik darajasi, rang tusining ocharish yoki to'qarish darajasi), rang tusining issiq yoki sovuqlik darajasi.

ЗНАЧЕНИЕ ЦВЕТОВОЙ ГАММЫ В СВЕТОВЫХ И ЦВЕТОВЫХ ОТНОШЕНИЯХ В ТЕХНИКЕ АКВАРЕЛИ.

АННОТАЦИЯ

В данной статье будущий художник-педагог про-анализирует решения проблемных ситуаций, касающихся положения цветов в гамме света и цветовых отношений в технике акварели при успешном выполнении заданий, данных на практических и самостоятельных занятиях по живописи.

Ключевые слова: Спектр, гамма, оттенок, нюанс, оттенок, насыщенность (характерная яркость), хроматические и ахроматические оттенки, цветовой состав, освещенность (яркость или темнота оттенка, цветовая степень тяжести или светлоты цвета, степень осветления или затемнения). цвета), степень теплоты или холодности цвета.

THE MEANING OF COLORS IN LIGHT AND COLOR RELATIONSHIPS

IN WATERCOLOR TECHNIQUE.

ABSTRACT

In this article, the future artist-teacher will analyze the solutions to problem situations related to the position of colors in the gamut of light and color relationships in watercolor technique with the successful completion of tasks given in practical and independent painting classes.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Key words: Spectrum, gamma, hue, nuance, hue, saturation (characteristic brightness), chromatic and achromatic hues, color composition, illumination (lightness or darkness of hue, color degree of heaviness or lightness of a color, degree of lightening or darkening of a color), degree of warmth or coolness of a color.

Rang ajoyib tabiat hodisasi bo'lib, u badiiy ifodalashda rangtasvirning asosiy vositasidir. Shakl, hajm, yorug'lik, material, makonni ham, turli hil talqinda u bilan ifodalaydi. Inson uni, tabiat ato etgan ko'rish qobiliyati tufayli his etadi. Hissiy organlarning eng nozik va murakkab tizimlisi, u ham bo'lsa inson ko'zidir. Ko'rish yordamida biz ma'lumotlarning asosiy va muhim qismini olamiz. Ko'rish qobiliyatining ajoyib xususiyati bu ranglarni yaxshi ajrata olishidir. Inson ko'zi ranglarning o'n minggacha tuslarini ajratib, xatto eng nozik rang tuslarini ham ilg'ay oladi. Ko'z, atrofimizdagi dunyoni vizual idrok etish jarayonining asosiy ishtirokchisi bo'lib, unda ko'ruv asablari va bosh miya ko'rish markazi qatnashadi. Rang hissi, elektromagnit nurlanishning, yorug'lik oqimi sifatida ko'zimizda aks etishi natijasida paydo bo'ladi. Rang faqat yorug'lik bor joyda mavjud bo'lib, uning aks etishi yorug'lik miqdoriga, yorqinligi esa, yorug'likning unga bo'lgan yo'nalishiga bog'liqdir. Ba'zi jismlar o'zlaridan yorug'lik chiqarsalar, boshqalari esa aks etgan yorug'lik bilan to'vlanadilar.

Quyosh yoki sun'iy yorug'lik manbalaridan nurlanib chiqadigan yorug'lik natijasida, hosil bo'layotgan rang tuslari, tabiatning murakkab hodisasidir. Buni birinchi bo'lib Isaak Nyuton tomonidan kashf etilgan tamoyilni hozirgacha barcha rassomlar, inkor etilmaydigan haqiqat sifatida e'tirof etadilar. Nyuton quyosh nuri yetti rangga ajraladi, deb ishongan: qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, och ko'k, ko'k, binafsha. (rassomlar uchun och ko'k mustaqil rang emas, u ochartirilgan ko'kdir, shuning uchun quyida ko'rib chiqiladigan rang aylanasida biz oltita rangni hisoblaymiz.) Nyutonning kashfiyoti quyidagicha: rang to'liq quyosh nuri bilan emas, balki uning, spektrining faqat bir qismi bilan tug'iladi, ya'ni har qanday ob'ektning rangi kuzatuvchining ko'ziga qanday yorug'lik tushishiga bog'liq. Ushbu hodisaning zamonaviy talqini quyidagicha ko'rinadi: yorug'lik fotonlar deb ataladigan zarralardan iborat bo'lib, ularning har biri elektromagnit to'lqinlar g'ilofi sifatida qaralishi mumkin. Ob'ektga yorug'lik tushganda, uchta hodisadan biri sodir bo'lishi mumkin: yorug'lik so'rilib, issiqlik energiyasiga aylanishi; u ob'ekt orqali o'tishi; yoki nurni qaytarib aks etishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xramatik rang tuslari

Sovuq rang tuslari issiq rang tuslari

Rangtasvirdagi bir-biridan sezilar-sezilmas farq qiluvchi nozik nyuansli bo'yoqlarning cheksiz rang-barang tuslanishidan, undagi barcha ranglarni aniq-lashning o'zi mutlaqo ma'nosizdir. Rassomlar, dizaynerlar, me'morlar va rangshunoslarning xalqaro uyushmalari, ko'p yillar davomida rang tusiga har tomonlama ob'ektiv baho berib, muhokama qilib keldilar va ular, rang tussiga uchta asosiy xususiyat to'liq tavsiflash imkoniyatini beradi va bular: rang tussi harorati, to'yinganlik va yorug'lanish darajasidan iborat degan xulosaga keldilar.

Rang tussi (ton) - uning, boshqa ranglardan alohida ajralib turuvchi, hususiy farqini ko'rsatib, ya'ni rangning: qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, ko'k, binafsha kabi -haqiqiy nomini hamda uning issiq yoki sovuq gammaligini asoslaydi va ular xromatik ranglar deyiladi. Xromatik - so'zi grekcha-bo 'yoq rangi ma'nosini anglatadi.

To'yinganlik (xos yorqin) - rangning tozaligi bo'lib, spektral rangga yaqinlashish darajasidir. Rang tussi qanchalik kuchli bo'lsa, to'yinganlik shunchalik yuqori bo'ladi. To'yinganlik axromatik komponentning yo'qlik o'lchovi bo'lib, axromatik rangni nolga tenglashtiruvchi xromatik rangdir.

Yorug'lanish (tusning yorug' yoki qorong'ulik, og'ir yoki yengillik, ya'ni rang tusining ocharishi yoki to'qarishi darajalari) - rangning oq rangga yaqinlashish darajasi. Ikkisidan qay biri oshirilsa ham tussi engillik yoki og'irlikni beradi. Tuslarning ushbu jihati axromatik ranglar deyiladi (axromatik - so'zi inglizchadan kelib chiqib - rangsiz ma'nosini anglatadi) Yengillik xromatik va axromatik ranglarga xosdir. Ob'ektlarni rang-barang tuslanishdagi farqining sabablaridan biri, narsaning yorug'lik oqimini ozmi-ko'pmi yutish qobiliyatidandir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Axramatik ton tuslari

Quyosh nurlari spektrida bir tomoni binafsha rang, ikkinchi tomoni esa qizil rang bilan tugashini ko'ramiz. Spektrni aylana ko'rinishida tasavvur qilib, qizil rangdan binafshaga o'tuvchi oradagi rangga e'tiborimizni qaratamiz. Rang aylanasida rangning bir rangdan ikkinchisiga o'tishini taqqoslaganda, uchta rangni ajratish

mumkin, ularda boshqa ranglarning vizual aralashmalari yo'q. Bu asosiy ranglar: qizil, sariq, ko'k. Rangtasvirda bu uch rangdan hosil bo'lgan ranglarni hosila ranglar deb ataladi. Ranglar aylanasini ikki qismga bo'lish mumkin. Ulardan biri: qizil, zarg'aldoq, sariq, sariq -yashilni o'z ichiga oluvchi, bizning tasav-vurimizda

quyoshning olovli taftini eslatuvchi issiq ranglardir. Ko'k-yashil, moviy ko'k, to'q ko'k, ko'k-binafsha deb ataluvchi suv, muz va metallarning tusini beruvchi sovuq ranglardir. Rang aylanasi turli xil ranglardan iborat bo'lishi mumkin.

Har qanday rang aylana-sining asosiy xususiyati aylana markaziga qarama-qarshi bo'l-gan ranglarning shunday mos kelishidir, ular aralashganda axromatik rang tusini beradi. Bunday ranglar qo'shimcha ranglar deb ataladi. Qo'shim-cha ranglarning juftlari qat'iy belgilangan ranglarga mos keladi. Qarama-qarshilik qonu-niyatiga ko'ra, o'zaro yonma-yon joylashtirib kuchaytirilgan qo'shimcha ranglar yorqinroq ko'rinadi. Aytaylik, yashil rang-ning yonidagi qizil rang boshqa ranglarga qaraganda yana ham qizil va yorqinroq ko'rinadi.

Rang aylanasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Rang kontrastligini yara-tishda, shuningdek soyalardagi rang tuslarini boyitish hamda ularni uyg'unlashtirish uchun ham qo'shimcha ranglardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Rang munosabatlarida uyg'unlik hosil qilish uchun, o'z-o'zidan taxminiy yuzaki yondashish ijobiy natija bermaydi. Shuning uchun kompozitsiyada ranglarning ma'lum turlarini tanlashda uyg'unlik qoidalariga muvofiqligini belgilovchi quyidagi omillarni hisobga olish kerak:

1) Ikki yoki uchta rang tussini alohida ishlatilgandan ko'ra ularning bir-biri bilan kombinatsiyalashuviga erishish, ko'proq ifodali bo'lishiga samarali ta'sir etadi;

2) Ranglar kompozitsiyasidagi har bir rang, umumiy rang tussi muammosini hal qilishga hissa qo'shishi kerak, ranglar bir-biri bilan "bahslashmasligi", hamda koloristik yechimning yaxlitligini buzmasligi kerak;

3) Ranglar kompozitsiyasida rang tuslari bir-biridan yaxshi farqlanib, umu-miy rang gammasida ko'rina olish darajasida bo'lishi kerak. Bir hil darajadagi bir-biriga juda yaqin bo'lgan nozik nyuans' rang tuslari, ayniqsa uzoqdan qaraganda bir-biridan farqlanishi sezilmay qoladi;

4) To'yingan va zaif (rang aylanasida bir-biriga yaqin va uzoq) ranglar teng va turli xil yorug'likda qo'shimcha ranglar yordamida osongina uyg'unlashadi, chunki past to'yinganlik birlashtiruvchi xususiyatga ega bo'ladi. Ular bir-biriga yaxshi mos keladi, masalan: krem va kulrang-binafsha; jigarrang va oxra sariq; jigarrang va kulrang-yashil; kulrang-ko'k va oxra-oltin va boshqalar;

5) To'yingan va yengilligi bo'yicha bir xil ranglar, bir-birini to'ldirmaydi, ular bir-biriga bo'ysunmasligi sababli qarama-qarshi tuslar bo'lib, diqqatni xar biri alohida o'ziga tortadi va rang gammasining yaxlitligini buzadi;

6) Agar ikkita qo'shimcha rang bir-biridan engillik (och-to'qlik)da juda farq qiladigan bo'lsa, bunday rang gamutini birlashtiruvchi prinsipdan mahrum qiladi va uning yaxlitligini buzadi. Yengilligi bo'yicha bir-biriga yaqin bo'lgan, ammo bir xil darajada yengil bo'lmagan ikkita to'yingan qo'shimcha ranglar o'rtasidagi uyg'unlik yaxshiroq;

7) Rang aylanasida bir-biriga yaqin joylashgan, bir xil yengillik(och-to'qlik) darajasidagi ranglarni uyg'unlashtirish uchun, ularni yengillik (och-to'qlik) darajalarida farq bo'lishi kerak.

Ranglar gammasida tuslarni moslashtirganda, to'yinganlik va engillikdan tashqari, ularning "issiq-sovuqligi"ni ham hisobga olish kerak. Shunday qilib, masalan, bir xil "sovuqlik" bilan yashil va ko'k rang kombinatsiyalaridan qochish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kerak. Bunday vaziyatda sovuqroq tuslanishga mos keladigan iliq tuslanishini boshqa rang orqali topish maqsadga muvofiqdir.

Ton tuslarining yorug'ligi (yengilligi yoki och-to'qligi) jihatdan bir-biriga yaqin yoki teng bo'lgan sovuq ko'k va yashil holis kulranglar bilan uyg'unlash-maydi. Qora va oq deyarli barcha spektral va magenta (purpur) ranglar bilan yaxshi uyg'unlashadi. Kul ranglar yorug'ligi (yengilligi yoki och-to'qligi) jihatdan teng bo'lmagan spektral ranglar bilan yaxshi uyg'unlashadi. Misol uchun, to'q ko'k yoki och ko'k kulrang bilan, qizil, binafsha och kulrang bilan, quyuq kulrang pushti bilan, och kulrang binafsha rang bilan, quyuq yashil och kulrang bilan. Kulrang kvadratning rangi fon rangini to'ldiruvchi rang bilan bir oz aralashgandek taassurot paydo qiladi (bu nyuans' nisbati). Shunday qilib, yashil fonda kul rang biroz qizg'ish, to'q sariq rangda - biroz moviysifat, ko'kda - biroz issiqroq (to'q sariq), qizilda - yashil, sariqda

- moviyroq, binafsha rangda - sariq yashildek ko'rinadi.

REFERENCES

1. Р.Ш. XananoB. Учебное пособие «Акварель» Ташкент 2009 г. (5-16 betlar)

2. N.V.Gilmanova. "Yorug'lik va rang" O'quv qo'llanma.Toshkent- 2012, S.288

3. В. Ю. Медведев. «Цветоведение и колористика». Учебного пособия. Санкт

- Петербург. 2005 г.

4. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS 'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

5. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

6. Qurbonova, B., & Yuldashev, I. (2022). MOVAROUNNAHRDAGI MADANIY HAYOTDA TASVIRIY SAN'AT TURLARIGA BO 'LGAN E'TIBOR. Research Focus, 7(2), 248-253.

7. Mamirjonovich, M. N., Jumadillayevich, S. R., & Anvarovich, M. A. (2021). ^е Rolе Of Historicаl Monumеnts In Thе Dеvеloрmеnt Of Cеntrаl Аsiаn Аrchitеcturе. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 1-5.

8. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

9. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 1(2), 296-300.

10. Курбанова, Б. М., Юнусалиев, М., & Арзиева, Н. (2022). ОСОБЕННОСТИ ТЕХНИКИ: АКВАРЕЛЬ, МАСЛО И ГУАШЬ. Research Focus, 1(2), 319-325.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

11. Курбонова, Б., Ахмедова, Н., & Юлдашев, И. (2022). РАНГТАСВИР ТЕХНИКАСИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСУЛЛАРИ. Research Focus, 7(2), 231237.

12. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.

13. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.

14. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 167-173.

15. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). ТАЬАБАЬАК MUSTАQIL TА'LIMIDА АХBОRОT TЕХNОLОGIYАLАRINING CHIZMACHILIK FANIDAGI O'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 110-114.

16. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.

17. Бобоева, З. (2022). ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.

18. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL

19. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

20. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛОКИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЪАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204-208.

21. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 1(2), 296-300.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

22. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., Murodjon, K., & Makhpuzakhon, A. (2021). Drawing Tools And Design Elements In Geometric Drawing. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).

23. CynaËMaHOBa, C., OMOHOB, & At3aM^OHOB, A. (2022). Annmep HaBOHH acapnapngaH ôagHHH ohhh TatnHM Myaccacanapnga TacBHpnn caHtaTHH y^HTHm ^apaëHHga ^onganaHHmHHHr 3apypHtfra. Research Focus, 1(2), 272-277.

24. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

25. A'Zamjonov, A. A. Z. (2022). UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO'LLARI MAVZUSI BO'YICHA AMALIY ISHLANMA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 56-60.

26. A'zamjonov, A., & Hamdamov, K. H. (2022). TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARI MAZMUNINING DAVLAT TA'LIM STANDARTLARI BILAN BOG'LIQLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 71-77.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.