Научная статья на тему 'TALABALARNI RANGTASVIRDA ISHLASHGA O‘RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI'

TALABALARNI RANGTASVIRDA ISHLASHGA O‘RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
104
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasviriy san’at / rangtasvir / akvarel / o‘qitish metodikasi / kompozitsiya / rang doirasi / issiq va sovuq ranglar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Darmenov Janjayxan Abuovich, Kosnazarova Shaxzada Bazarbaevna

Maqola bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda akvarel bo‘yoqlarida ilshashga o‘rgatishda uning nazariyasidan foydalanish, akvarel rangtasvirning eng nozik turlaridan biri ekanligi haqida aytilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI RANGTASVIRDA ISHLASHGA O‘RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI»

Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali

№17

TALABALARNI RANGTASVIRDAISHLASHGA O'RGATISHNING

NAZARIY ASOSLARI

Annotatsiya: Maqola bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini kasbiy tayyorlashda akvarel bo'yoqlarida ilshashga o'rgatishda uning nazariyasidan foydalanish, akvarel rangtasvirning eng nozik turlaridan biri ekanligi haqida aytilgan.

Kalit so'zlar: tasviriy san'at, rangtasvir, akvarel, o'qitish metodikasi, kompozitsiya, rang doirasi, issiq va sovuq ranglar.

Mamlakatimiz ta'lim tizimining hozirgi bosqichida ta'lim mazmuni va metodikasiga, uning sifat va samaradorligiga yangi talablar qo'yilmoqda. Ouzbékistan Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida" Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim ehtiyojlariga muvofîq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Kompetentli yondashuv asosida bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida badiiy idrokni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish hamda talabalar innovatsion faoliyatining kreativ darajalarini puxta egallashlari uchun pedagogik shart-sharoit va didaktik imkoniyatlarni ta'minlash dolzarblik kasb etadi. Talabalarning badiiy ijodkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish, ta'limning umumkasbiy va mutaxassislik kompetensiyalariga asoslangan tizimlarini takomillashtirish, zamonaviy didaktik vositalar asosida ta'lim oluvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish va kompetentli yondashuv imkoniyatlaridan samarali foydalanish zaruratga aylanmoqda.

Bugungi kunda pedagog kadrlarni kasbiy tayyorlashda mutaxassilik fanlar mazmunini takomillashtirish, kompetentli yondashuv asosida rivojlashtirish, badiiy ta'lim sohasida milliy o'quv dasturlari va o'quv adabiyotlarning yangi avlodini ishlab chiqish, vositalaridan foydalanishga keng e'tibor berilmoqda Mamlakatimiz ta'lim tizimining hozirgi bosqichida ta'lim mazmuni va metodikasiga, uning sifat va samaradorligiga.

Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini kasbiy tayyorlash, ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda fanlarni takomillashtirish masalalari xorijiy va milliy olimlardan A.D.Alexin, N.N.Rostovsev, A.A.Unkovskiy, V.S.Kuzin, S.F.Abdullayev, B.Azimov, A.A.Amanullayev, B.B.Baymetov, J.A.Darmenov,

Darmenov Janjayxan Abuovich

Ajiniyoz nomidagi NDPI docenti Kosnazarova Shaxzada Bazarbaevna

Ajiniyoz nomidagi NDPI magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7546805

CMS

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №17

N.X.Tolipov, R.Z.Xayrov, R.Xasanov va boshqa olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari bajarilgan. Ma'lumki, bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilari rangtasvir mashg'ulotlarida rangshunoslik nazariyasini ayniqsa puxta bilishlari shart. Shuning bilan realistik rangtasvirning nazariy asoslarini o'zlashtirishlari va ayni paytda amaliy mashq qilish natij asida realistik tasvirlash yo'llarini o'rganadilar.

Ranglarning tabiatda qanday hosil bo'lishi va tarqalishi muammosi qadimdan olim va rassomlarning diqqatini. tortgan. Mashhur olimlar Nyuton, Lomonosov, Germgolslar ranglarning mohiyatini ilmiy asoslarda tekshirganlar. XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L.Gel'mgols rangshunoslik nazariyasida muhim yangilik yaratdi. Ko'p yillik tajribalar asosida xromatik ranglarning uchta asosiy alomati-rang tusi, rangning och to'qligi va to'yinganligi asosida turkumlash kerakligini ko'rsatdi. Ikkita spektr ranga ustma-ust tushirilsa, ranglar bir-biriga qo'shilib murakkab rang hosil bo'ladi. Qizil rang, havo rang va binafsha ranglar bilan qo'shilganda chiroyli tusdagi pushti, to'q qizil, safsar ranglarni hosil qiladi. Qo'shilganda oq rang beradigan spektrli ranglar qo'shimcha yoki to'ldiruvchi ranglar deyiladi. Chunki ularoq rang hosil bo'lgunga qadar bir-birini to'ldiradi. Bunday ranglarga sariq, havo rang, qizil, zangori, yashil va binafsha ranglar kiradi.

Bo'yoqlarning qo'shilishi bilan spektr ranglarning qo'shilishi orasida farq bor, Uchta asosiy spektr rang: qizil, yashil va havo rang qo'shilganda oq rang hosil bo'ladi. Asosiy qizil, sariq va havo rang bo'yoqlari qo'shilishidan esa qora rang hosil bo'ladi. Spektrning sariq va havo ranglari qo'shilishi natijasida oq hosil bo'ladi. Biroq sariq va havo rang bo'yoqlarni aralashtirsak yashil rang hosil bo'ladi. Demak, ikkita rangni optik aralashtirish natijasida oq yoki unga yaqin nim kulrang hosil qiladigan ranglar o'zaro to'ldiruvchi (qo'shimcha) hisoblanadi. Masalan to'q qizil va yashil, zangori va zarjaldoq, qizil, sariq, havorang, yashil va binafsha ranglar o'zaro to'ldiruvchidir. Tasvir bilan chizilayotgan narsa, holat o'rtasida to'la o'xshashlik bo'lishi uchun ularning rang nisbatlarida ham o'xshashlik bo'lishi shart.

Tasviriy san'atda akvarel bo'yoqlar bilan ishlash salmoqli o'rinni egallaydi. Akvarel rangtasvirning eng nozik turlaridan biri. Qadimdan akvarel o'zining nafisligi va ranglarning yorqinligi bilan ko'pgina rassomlarni qiziqtirib kelgan. Akvarel lotincha so'z bo'lib «suv bilan aralastirib, va suyultirib ishlatiladigan bo'yoqlar» ma'nosini anglatadi. Akvarel tarkibiga bo'yoq moddasi va biriktiruvchi modda sifatida olcha yelimi, gletsirin va ozroq asal kiradi. Bular hammasi suvda osongina eriydigan bo'lgani uchun bo'yoqqa suv qo'shib suyultirib ishlatiladi.

Rangtasvir ishlashda uning qonun-qoidalarini, usul va texnologiyasini o'rganish muhim ahamiyatga ega vazifalardandir desak xato bo'lmaydi. Ranglar haqidagi bilimlar ham kirishi tabiiydir. Ko'zimiz ko'ra oladigan tabiatdagi hamma ranglarni shartli ravishda ikkiga; axromatik va xromatik ranglarga bo'lish mumkin. Oqdan to'q qoragacha bo'lgan ranglar axromatik ranglarga (oq, kulrang, qoramtir, qora, to'q

pggo o . o.-oggc

■CP • (»J T Cj

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №17

qora) qolganlari esa xromatik (qizil, sariq, ko'k va hokazo) ranglarga kiradi. Xromatik ranglar o'z navbatida, shartli ravishda yana ikkiga, issiq va sovuq ranglarga bo'linadi. Issiq ranglarga olov, quyosh, qizigan narsalarning rangini eslatuvchi qizil, sariq, ranglar kiradi. Muz, havo, suvlarning rangini eslatuvchi ko'k, moviy, binafsha ranglar sovuq ranglarga kiradi. Yashil va binafsha ranglar goh issiq, goh sovuq ranglarga kirishi mumkin. Chunki yashil rang sariq va ko'k ranglarning aralashmasidandir. Binafsha rang esa qizil va ko'k ranglarning aralashmasidan hosil bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, bu ranglar issiq va sovuq ranglarning aralashmasidan hosil bo'lgan. Aralashtirishda issiq rang miqdori sovuq rang miqdoriga nisbatan ko'proq bo'lsa, hosil bo'lgan rang issiq rang qatoriga, sovuq rang miqdori ko'proq bo'lsa, sovuq ranglar qatoriga o'tishi mumkin. Xuddi shunday binafsha rangda qizil rang ko'proq bo'lsa issiq, ko'k rang ko'proq bo'lsa sovuq ranglar qatoriga kiradi. Demak o'quv mashrulotida rangtasvirni ishlashda qo'yilmadagi narsa va buyumlarning yorur-soya nisbatlari, shuningdek rang nisbatlarini ham ochib aniq ko'rsatish muhim ahamiyatga ega. Ranglarning tabiiyligini tasvirda to'gri bajarish ancha qiyin ish hisoblanadi. Bunga jiddiy mehnat, nozik did va zo'r mushohada orqali erishish mumkin. Ayniqsa natyurmortdagi narsalarning och-to'qlik darajalarini farqlashga, undagi tus birligini tushunishga o'rganish uchun natyurmortni bitta rangda tasvirlash kata ahamiyatga ega. Bu usulda rasm ishlash keyinchalik qiyin natyurmortlarning rangli tasvirini bajarishga o'tishni ancha osonlashtiradi. Bir rangda yozish usuli «grizayl» deb ataladi. Grizayl usulida rasm ishlash turli ranglar vositasida ish usuliga o'tish uchun tayyorgarlik bosqichi bo'lib, unda mo'yqalamni ishlatish yo'llari va akvarel bo'yoqlarining xususiyatlarini o'rganish uchun imkoniyat yaratadi. Bu texnika bilan bir nechta natyurmortlarni tasvirlab o'rgangandan so'ng, barcha rang xillari bilan ham natyurmort ishlash ancha oson bo'ladi. Natyurmortlar ko'pincha xonalarga qo'yibishlanadi. Ammo ba'zan uni tabiat qo'ynida tashkil qilib tasvirlashga ham to'gri keladi. Shunday paytda natyurmortni ishlashdan avval uning rang xususiyatlarini tahlil qilib, tushunib olish muhimdir. Chunki xona ichiga qo'yilgan natyurmortga derazadan tushayotgan nur narsalarning yorug' qismida sovuq ranglarini beradi.

Buyumlardan tushayotgan soyalar esa aksincha, iliq, issiq bo'lib ko'rinadi. Ochiq havodagi, tashqaridagi chizilayotgan narsalar buning aksidir, ularning soyasi sovuq, yorug' qismi esa iliq bo'lib ko'rinishi mumkin. Ana shunday holatlarni diqqat bilan kuzatib, so'ng e'tibor bilan tasvirlash ish sifatining yaxshi bo'lishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ma'lumki ranglarni ko'rish va idrok etish qobiliyati asta-sekin mashqlar orqali shakllanadi. Bunda akvarel bo'yoqlar nomlarini aniq bilib olish va ularni o'z o'rnida qo'llash muhimdir. Tabiatdagi narsalarning aniq rangini belgilab ko'rsatadigan tayyor bo'yoqlar mavjud emas. Ammo yetuk rassom ranglarning o'zaro ta'siri va ko'rinish holatlarini idrok etib ularning xususiyatlarini hisobga oigan

pggo o . o.-oggc

■CP • (»J T Cj

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali y №17

holda har qanday narsani ham aks ettira oladi. Har xil bo'yoqlar bilan (akvarel guash, moybo'yoq) natyurmortlarni tasvirlash uchun yuqorida qayd etilgan tajribalarni o'tkazib ko6rish?bo6yoqlarning texnologiyasi xususiyatlarini yaxshi bilish, ularni ishlatish usullarini o'zlashtirish uchun ko'plab mashqlar bajarish tavsiya etiladi.

Tasviriy san'atda akvarel bo'yoqlar bilan ishlash salmoqli o'rinni egallaydi. Bunga sabab maktabda rasm ishlashni o'rganishda akvarelning yetakchi roi o'ynashidir. Demak bu fanni o'qitishda uni o'qitayotgan o'qituvchining o'zi ham shu sohani puxta egallagan bo'lishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hasanov R. Maktabda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi.-T.: Fan.2004

2. Abdullaev N.U. «San'at tarixi». 2/1. T.: San'at, 2001.

3. Abdirasilov S., Tolipov N. «Rangtasvir». T., 2005.

• o • o»

>§â=

Hân

EJAH

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.