Научная статья на тему 'TASMALI KONVEYER ROLIKLI MEXANIZMLARINI RESURSTEJAMKOR KONSTRUKSIYALARINI ISHLAB CHIQISH VA NAZARIY TAHLIL QILISH'

TASMALI KONVEYER ROLIKLI MEXANIZMLARINI RESURSTEJAMKOR KONSTRUKSIYALARINI ISHLAB CHIQISH VA NAZARIY TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
19
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konveyer / tasma / rolikli mexanizm / podshipnik / chidamlilik / yuklanish / qarshilik / changlanganlik. / Конвейер / лента / роликовый механизм / подшипник / выносливость / нагрузка / сопротивление / запыленность.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Jumayev Akbarjon Sayfullayevich

Maqolada yuqori changlanganlik muhiti hisoblangan tog‘-kon sanoatida ishlatiladigan va ishlash muddati 1500 soatgacha bo‘lgan roliklarning muddatidan olidin ta’mirtalab bo‘lib qolishi muammolari ko‘rib chiqiladi. Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqariladigan rolikli mexanizmlar konstruksiyalari tahlillari ko‘rib chiqilgan. Rolikli mexanizmlar ishlash muddatini oshirish maqsadida dumalash podshipniklari o‘rniga sirpanuvchi tayanch vazifasini bajaruvchi podshipniklardan foydalanish tavsiya etilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida dumalash podshipniklari va tavsiya etilgan sirpanuvchi tayanch vazifasini bajaruvchi podshipniklarning turli yuklanishlar natijasidagi aylanishiga qarshiligi sinovlari solishtirilib ko‘rilgan. Sinov natijalariga ko‘ra sirpanuvchi tayanch vazifasini bajaruvchi podshipniklarni yoqori changlanganlik sharoitida qo‘llash tavsiya etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Development and theoretical analysis of resource-saving constructions of belt conveyor roller mechanisms

В статье рассмотрены проблемы преждевременного ремонта роликов, используемых в горнодобывающей промышленности в условиях повышенной запыленности со сроком службы до 1500 часов. Рассмотрены конструкции роликовых механизмов, выпускаемых в нашей республике и зарубежных странах. Для увеличения срока службы роликовых механизмов вместо подшипников качения рекомендуется использовать подшипники, выполняющие роль опоры скольжения. В результате исследований проведено сравнение испытаний на сопротивление вращению подшипников качения и подшипников, выступающих в качестве рекомендуемой опоры скольжения при различных нагрузках. По результатам испытаний рекомендуется использовать подшипники, выполняющие функцию опоры скольжения в условиях повышенной запыленности.

Текст научной работы на тему «TASMALI KONVEYER ROLIKLI MEXANIZMLARINI RESURSTEJAMKOR KONSTRUKSIYALARINI ISHLAB CHIQISH VA NAZARIY TAHLIL QILISH»

MEXANIKA

UDK. 621.01

TASMALI KONVEYER ROLIKLIMEXANIZMLARINI RESURSTEJAMKOR KONSTRUKSIYALARINI ISHLAB CHIQISH VA NAZARIY TAHLIL QILISH

Jumayev Akbarjon Sayfullayevich Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti OF. t.f.f.d. (PhD), dotsent

E.mail: [email protected]

Annotasiya. Maqolada yuqori changlanganlik muhiti hisoblangan tog'-kon sanoatida ishlatiladigan va ishlash muddati 1500 soatgacha bo'lgan roliklarning muddatidan olidin ta'mirtalab bo'lib qolishi muammolari ko'rib chiqiladi. Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqariladigan rolikli mexanizmlar konstruksiyalari tahlillari ko'rib chiqilgan. Rolikli mexanizmlar ishlash muddatini oshirish maqsadida dumalash podshipniklari o'rniga sirpanuvchi tayanch vazifasini bajaruvchi podshipniklardan foydalanish tavsiya etilgan. O 'tkazilgan tadqiqotlar natijasida dumalash podshipniklari va tavsiya etilgan sirpanuvchi tayanch vazifasini bajaruvchi podshipniklarning turli yuklanishlar natijasidagi aylanishiga qarshiligi sinovlari solishtirilib ko'rilgan. Sinov natijalariga ko'ra sirpanuvchi tayanch vazifasini bajaruvchi podshipniklarni yoqori changlanganlik sharoitida qo'llash tavsiya etiladi.

Annotation. The article examines the problems of premature repair of rollers used in the mining industry in highly dusty environments with a service life of up to 1500 hours. Analyzes of constructions of roller mechanisms produced in our republic and foreign countries were considered. In order to increase the service life of roller mechanisms, instead of rolling bearings, it is recommended to use bearings that act as a sliding support. As a result of the conducted researches, tests of resistance to rotation of rolling bearings and bearings acting as a recommended sliding support under various loads were compared. According to the results of the test, it is recommended to use bearings that perform the function of a sliding support in conditions of high dustiness.

Аннотация. В статье рассмотрены проблемы преждевременного ремонта роликов, используемых в горнодобывающей промышленности в условиях повышенной запыленности со сроком службы до 1500 часов. Рассмотрены конструкции роликовых механизмов, выпускаемых в нашей республике и зарубежных странах. Для увеличения срока службы роликовых механизмов вместо подшипников качения рекомендуется использовать подшипники, выполняющие роль опоры скольжения. В результате исследований проведено сравнение испытаний на сопротивление вращению подшипников качения и подшипников, выступающих в качестве рекомендуемой опоры скольжения при различных нагрузках. По результатам испытаний рекомендуется использовать подшипники, выполняющие функцию опоры скольжения в условиях повышенной запыленности.

Kalit so'zlar: Konveyer, tasma, rolikli mexanizm, podshipnik, chidamlilik, yuklanish, qarshilik, changlanganlik.

Keywords: Conveyor, belt, roller mechanism, bearing, endurance, loading, resistance, dustiness.

Ключевые слова: Конвейер, лента, роликовый механизм, подшипник, выносливость, нагрузка, сопротивление, запыленность.

KIRISH

Tog'-kon sanoati korxonalarida rolikli mexanizmlar tasmali konveyerlarning asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanib, asosan tasma tarangligi va tayanch aylanma harakatni ta'minlab berishdan iboratdir. Ochiq va yopiq karyerlarda rolikli mexanizmlarning ishlash

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

MEXANIKA

muddatini belgilab beruvchi asosiy omillari podshipnik, podshipnik qobiqlarining muddatidan oldin ta'mirtalab bolishi bilan ahamiyatlidir. Buning natijasida tog'-kon sanoati korxonalarida ushbu parameter 4-5 oygacha qisqarishi kuzatiladi. Ishlash muddati va chidamliligi yuqori bo'lgan konstruksiyasi takomillashtirilgan yangi texnik darajadagi rolikli mexanizmlarni ishlab chiqarish, natijada mexanizm ishlash muddatini oshirish bugungi kuning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Xorijiy mamlakatlarning tasmali konveyerlar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalari rollikli mexanizmda tekis tayanch aylanma harakatni ta 'minlab beruvchi qismini podshipniklardan foydalanishga e'tibor qaratmoqda. Asosan, KONE (Finlandiya), FCK (Yaponiya) kabi davlatlar yuqori namlik (namlikning oshib ketish darajasi 95%) va yuqori changlanganlik sharoitida ishlatiladigan rolikli mexanizmlar uchun yopiq va yarim yopiq konstruksiyali dumalash podshipniklardan foydalaniladi. Bundan tashqari bir qator xorijiy kompaniyalar (asosan AQSH va Angliya) konussimon rolikli podshipniklardan foydalaniladi, ushbu turdagi podshipniklardan foydalanish birinchi navbatda ikkinchisining yuk ko'tarish qobiliyatiga bo'g'liq va yuqori yuklanishda ishlaydigan tasmali konveyerlarga tavsiya etiladi [1, 2].

Lekin shuni ta'kidlash joizki, yuqorida aytib o'tilgan fikrlar va afzalliklar rolikli mexanizm tayanch o'qlarining kichik burchakli deformatsiyalari bilan amalga oshirilishi mumkin, shuningdek, radial bo'shliqlarni joiz etilgan chegaralarda ushlab turish uchun moylash materiallaridan doimiy ravishda to'ldirishni va podshipniklarni sozlab turishni talab etadi.

MDTUda (Bauman) olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, rolikli mexanizmlarni ishlash muddatini oshirish usullaridan biri radial bir qatorli dumalash podshipniklari o'rniga radial ikki qatorli podshipniklardan foydalanishni tavsiya qilgan. Buning natijasida rolikli mexanizmlarning ishlash muddatini 3.. ..8 barobarga oshirish nazarda tutiladi.

Bir qator tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, dumalash podshipniklarning ishlash muddati sirpanish podshipniklari ishlash muddatidan sezilarli darajada past. Ochiq va yopiq karyerlarda o'tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, dumalash podshipnik o'rnatilgan rolikli mexanizmlarning ishlash muddati 200 soatdan oshmaydi, ya'ni ishdan chiqish holatlari mavjud, lekin metal-keramik sirpanish podshipniklari o'rnatilgan rolikli mexanizmlarning ishlash muddati esa ko'p hollarda 1500 soatni tashkil qilishi isbotlandi [3].

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, moylash talab qilinmaydigan grafit va plastmassa aralashmasidan sirpanish podshipniklari tayyorlanib rolikli mexanizmlarga qo'llash va foydalanish tavsiya etilgan. Biroq, qishloq xo'jaligi, yengil va boshqa sanoat korxonalarida ftoroplast va uning kompozitlaridan tayyorlangan sirpanish podshipniklari qo'llanilmoqda. Bunday qoplamalardan foydalanishning asosiy maqsadi moylashsiz ishlash qobiliyatidir [4].

NATIJALAR

Tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, tasmali konveyer roligining dumalash podshipnigi o'rniga maxsus mustahkamligi yuqori bo'lgan plastmassa va qayishqoq elementli materiallarni qo'llash orqali rolikning ishlash muddatini oshirish mumkinligi aniqlandi. Chunki, rolikda qayishqoq elementli sirpanish podshipnigini qo'llanilganda, undagi tebranishlarning amplitudalarini kamayishi, plastik moy mahsulotlarinig ishlatish natijasida qarshilik kuchining va ishqalanish kuchining momentini kamaytirish hisobiga, an'anaviyiga nisbatan FIK ni oshirish mumkin.

1-rasmda tasmali konveyerning kinematik sxemasi keltirilgan. Ushbu tasmali konveyer quyidagi tartibda ishlaydi: harakat 5AM250M4 rusumli elektr yuritgich 1 dan mufta 2 orqali reduktor 3 ga uzatiladi. Shundan so'ng harakat reduktor 3 dan mufta 4 orqali yetaklovchi baraban 5 dan tasma 7 yordamida yetaklanuvchi baraban 6 ga uzatadi. Foydali qazilmani tashish davrida tasmada tayanch va taranglikni ta'minlab beruvchi rolik 8 lar qo'llanilgan.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

MEXANIKA

1- dvigatel, 2, 4- mufta, 3-reduktor (chervyakli), 5-yetaklovchi baraban, 6-yetaklanuvchi

baraban, 7-tasma, 8-rolik.

1-rasm. Tasmali konveyer kinematik sxemasi

Hisoblashlar uchun quyidagi dastlabki ma'lumotlar berilgan: tasmali konveyer tarkibli roligi qobig'i va tashqi gardishining tebrashish amplitudasini o'rganish; konveyer barabanlari harakat qonunlarini, hamda elektr yuritgichning yuklanishini aniqlash uchun mashina agregati dinamikasini o'rganish va uni nazariy jihatdan tahlil qilish talab etiladi. Bunda sistema to'rt massali mashina agregati hisob sxemasi 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm. Tasmali konveyer yuritish mexanizmi mashina agregati hisob sxemasi

Mos ravishda, 1-massa, elektr yuritgichning rotori; 2-massa reduktor aylanuvchi elementlarini chiquvchi valiga keltirilgan massalari va yarim mufta massasi; 3- massa yarim mufta va yetaklovchi baraban massasi; 4-massa yetaklanuvchi baraban massasi olingan.

Keltirilgan hisob sxemasiga mos ravishda mashina agregat kinetik va potensial

energiyalari [5, 6] ga asosan:

(1)

Mos ravishda Releyning dissipativ funksiyasi ko'rilayotgan sistema uchun [7, 8]:

(2)

bunda, Jyu, Jr., Jbi, Jb2 - mos ravishda elektr yuritgich, reduktor chiqish vali va barabanlar vallarini keltirilgan massalarini inersiya momentlari. Massalarning inersiya momentlarini mavjud formulalardan [9] foydalanib hisoblandi, hamda tushuvchi yuklar orqali tajribada aniqlandi [10]:

M^H1-?)]

bunda, g = 9,81 m/s2", r - tros o'ralgan shkiv radiusi; aL —, a2 —, - yukni tezlanishlari, h - yukni

/ =

(3)

<-2 ■

tushish balandligi, t - tushish vaqti.

Mufta va konveyer tasmasi aylanma bikirlik koeffitsiyentlari mavjud metodlardan [11, 12] foydalanib hisoblanadi:

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

MEXANIKA

aR3 EF C = -

(4)

bunda, a - boshlang'ich taranglikni yoki burchak deformatsiyasini ifodalovchi koeffitsiyent (normal ekspluatatsion sharoitda a = 2,0); R - konveyer barabani radiusi; E - elastiklik moduli; F - tasma ko'ndalang kesimi yuzasi; lr - tasmani ishchi uzunligi.

Shuningdek, A.Ye.Levin tomonidan tavsiya etilgan [13] formuladan foydalanib tasmani dissipatsiya koeffitsiyenti hisoblandi:

(5)

_ ip -c

bunda, (//-uzatma koeffitsiyenti; T - tebranish davri; k = 6,28 koeffitsiyent (ci/r < 0,6) 3-rasmda tasmali konveyerning podshipnigi tayanch tarkibli roligi qobig'i va tashqi gardishi tebranishlari o'zgarish qonuniyatlari keltirilgan.

a - rolik qobig'i va tashqi gardishini texnologik qarshilik 40 Nbo'lgandagi siljish va tezligining

o'zgarish qonuniyatlari

b - rolik qobig'i va tashqi gardishi texnologik qarshilik 80 N bo'lgandagi siljish va tezligining

o'zgarish qonuniyatlari

3-rasm. Tasmali konveyer podshipnikli tayanch tarkibli roligi qobig'i va tashqi gardishi

tebranishlari o'zgarish qonuniyatlari

Bunda texnologik qarshilik 40 N bo'lganda qobiq va gardishning tebranishlari 3 (a)-rasmda ko'rsatilgan. Qobiq va gardish tebranish amplitudasi (0,3 ^ 0,6)10-3 m oralig'ida o'zgaradi. Bu yerda amplitudaning tasodifiy tashkil etuvchisi (0,15 ^ 0,3) Fi atrofida o'zgarishini ko'rish mumkin. Tebranish chastotasi tezligi (2,0 ^ 3,0) m/sbo'lganda uning 1 metr oralig'ida ikkita podshipnikli roliklar o'rnatilgani uchun (3,5 ^ 6,5) s1ni tashkil etadi (3-rasm, a, b-grafiklar). Texnologik qarshilik 80 N gacha ortirilganda, rolik qobig'i va gardishining tebranishi (1,0 ^ 1,3)10-3 mgacha ortsa, tebranish tezligi (7,2 ^ 15,1) m/sgacha

oraliqda o'zgaradi. Olingan qonuniyatlarni qayta ishlash natijasida bog'lanish grafiklari qurildi.

4-rasmda tasmali konveyer tezligini va amortizator bikirligini o'zgarishiga qarab podshipnikli tayanch tarkibli roligi qobig'i va tashqi gardishi tebranishlari o'zgarish qonuniyatlari keltirilgan.

a-tasma tezligi 1,5 m/s, texnologik qarshilik 40 N va amortizator bikirlik koeffitsiyenti

1,5 104 N/m bo'lganda

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

MEXANIKA

b- tasma tezligi 4 m/s, texnologik qarshilik 80 N va amortizator bikirlik koeffitsiyenti

1,25 104 N/m bo'lganda 4-rasm. Tasmali konveyer tezligini va amortizator bikirligini o'zgarishiga qarab podshipnikli tayanchning tarkibli roligi qobig'i va tashqi gardishi tebranishlarini o'zgarish

qonuniyatlari

Ma'lumki amortizator, ya'ni rezinali vtulka bikirlik koeffitsiyenti qancha kichik bo'lsa, rolik qobig'i va tashqi gardishini tebranish amplitudasi shunchalik ortadi. Bunda tebranish chastotasi va amplitudasi tashqi qarshilik kuchi qiymatlari hamda ularni o'zgarishini ko'rsatuvchi parametr, ya'ni tasmani chiziqli tezligiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi. Olingan qonuniyatlarni qayta ishlash natijasida bog'lanish grafiklari qurildi.

1 - Fi = 0,25102 N; 2 - Fi = 0,45102 N; 3 - Fi = 0,65102 N; 4 - Fi = 0,85102 N;

5-rasm. Tasmali konveyer podshipnigi tarkibli roligi qobig'i va tashqi gardishining tebranish amplitudasini o'zgarishini rezinali amortizatorning (vtulka) bikirlik

koeffitsiyentiga bog'liqlik grafiklari

5-rasmda tasmali konveyer podshipnigi tarkibli roligi qobig'i va tashqi gardishining tebranish amplitudasini o'zgarishini rezinali amortizator (vtulka) bikirlik koeffitsiyentiga bog'liqlik grafiklari keltirilgan, natijasida bog'lanish grafiklari qurildi.

Tasmali konveyer podshipnigi tarkibli roligining rezina vtulkali amortizatori bikirlik koeffitsiyenti 1,2 104 N/m dan 2,0 104 N/m gacha orttirilganda va Fi = 0,25 102 N/m qilib olinganda, qobiq va tashqi gardish tebranish amplitudasi 2,3110-3 m dan 1,1810-3 m gacha chiziqsiz qonuniyatda kamayishi kuzatildi. Agarda tasmadagi tashilayotgan oltin rudasi qiymatlari, ya'ni qarshilik kuchi ta'siri 0,85102 m gacha ko'paytirilsa, tarkibli rolikni tebranish amplitudasi 0,9710-3 m dan 0,341010-3 m gacha kamayishini ko'rish mumkin. Bu shuni ko'rsatadiki, qarshilik kuchi tebranish amplitudasini ortishiga olib kelsa, uni kamaytirish uchun rezinali vtulka bikirlik koeffitsiyentini orttirish yo'li bilan amalga oshirish mumkin. Shuning uchun, yuqorida ta'kidlangandek, tavsiya etilgan sirpanish podshipnigi amplitudasi (0,K0,2)10-

2 m oralig'ida bo'lishini ta'minlash uchun rolik amortizatori bikirlik koeffitsiyentini

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

MEXANIKA

(1,2^1,4)T04 N/m oralig'ida olish tavsiya etiladi. Ta'kidlash lozimki, tavsiya etilgan podshipnikli tarkibli roligi qobig'i va tashqi gardishi massasi ularni tebranish amplitudasi to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Bunda, qayd etish lozimki tashqi texnologik ta'sir etishining o'zgarish chastotasi siljishining xususiy chastotadan juda kichikdir. Shuning uchun rezin a rejimi kuzatilmaydi.

6-rasmda tasmali konveyer podshipnigi tarkibli roligi qobig'i va tashqi gardishining tebranish amplitudasini o'zgarishini ularning massasiga bog'liqlik grafiklari keltirilgan.

0,35 0,45 0,55 0,65 [ mq+mg),kg

1 - c = 1,5 104 N/m; 2 - c = 2,0104 N/m; 3 - c = 2,5 104 N/m.

6-rasm. Tasmali konveyer podshipnigi tarkibli roligi qobig'i va tashqi gardishining

tebranish amplitudasini o'zgarishini ularning massasiga bog'liqlik grafiklari

Rolik qobig'i va gardishi massasi 0,365 kg dan 0,65 kg gacha ortirilganda c = 1,5104 N/m; bo'lganda, tebranish amplitudasi c = 2,43 104 m; dan c = 0,83 10-3 m; gacha chiziqsiz qonuniyatda kamayadi (6-rasm, 1-grafik). Mos ravishda amortizator, rezinali vtulka bikirlik koeffitsiyenti 2,5 104 N/m; gacha kamaytirilganda Ax ning qiymatlari 1,13 10-3 m dan 0,1910-3 m gacha kamayishini ko'rish mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, massa va amortizator bikirligini ortishi tegishli darajada rolik qobig'i va tashqi gardishini tebranish amplitudasini kamaytiradi. Shuning uchun tasmadagi ruda bo'laklarini tegishlicha titratib, bir tekisda transportirovka qilishini ta'minlash, tebranish amplitudasini (0,1 - 0,2)10-2 m oralig'ida bo'lishi uchun qobiq va tashqi gardish massasi tavsiya qiymatlari (0,45 - 0,55)-kg qilib olish maqsadga muvofiqdir.

MUHOKAMA

Tavsiya etilgan modrenizatsiya qilingan tasmali konveyerda grafitokaprolondan tayyorlangan sirpanuvchi tayanch vtulkani yedirilishini kamaytirish muhim hisoblanadi. Buning uchun tasmadagi tashilayotgan xom ashyo yuklanishlarini yetarli darajada amortizatsiya qilish zarurdir. Bunda tebranish amplitudasini kamaytirish uchun sistemani majburiy tebranishlarini baholash kerak bo'ladi. Mavjud metodikadan [14, 15] foydalanib tarkibli podshipnikning qobig'i va tashqi metal gardishini majburiy tebranishlarini ifodalovchi tenglama hosil qilinadi:

bunda F1, F0 - tasmali konveyerda xom ashyoni transportirovkasidagi sirpanish podshipnigi qobig'iga ta'sir qiluvchi tashqi kuchning o'rtacha qiymati va o'zgaruv qismining amplitudasi; SF0 - tashqi ta'sir kuchining tasodifiy tashkil etuvchisi.

Olingan differinsial tenglama (6) ni sonli yechimi parametrlarining quyidagi qiymatlarida amalga oshirildi:

mq = 0,69 kg; mg = 0,81 kg; c = (1,5 - 2,0)104 N/m; Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

MEXANIKA

в = (6,1 -и 8,5) Ns/w, Fx = (35 - 85) A'; F0 = 0,1 Fx', со = (25,0 - 40,0) s~\

Masalani sonli yechimi maxsus standart dasturlardan foydalanib amalga oshiriladi. Bunda texnologik qarshilik kuchining tasodifiy tashkil etuvchisi maxsus sonli generatordan foydalaniladi. Masalani yechishda asosan tasmali konveyer sirpanuvchi podshipnigi tarkibli rolikning qobig'i va tashqi gardishi tebranishlarini asoslash, chastota va amplitudasiga parametrlarini, texnologik qarshilikni ta'sirini o'rganish, natijada ularning maqbul qiymatlarini tavsiya qilish asosiy hisoblanadi. Ma'lumki tog'-kon sanoati korxonalarida tasmali konveyer asosan oltin rudasini transportirovka qilishda ishlatiladi. Bunda podshipnik roliklari gardishini tegishli chastota va amplitudada tebranishi rudani tasma bo'ylab tekis taqsimlanishiga yordam beradi. Shuning uchun rolik qobig'i va tashqi gardishini birgalikdagi tebranishlariga tashqi texnologik qarshilik kuchi ta'sirini o'rganish muhimdir.

XULOSA

Modrenizatsiya qilingan tasmali konveyerning elektr yuritgich mexanik xarakteristikasini, bikirlik-dissipatsiya xususiyatlari, inersion parametrlari, tashilayotgan rudadan kelayotgan texnologik qarshilikni va roliklardagi ishqalanish kuchlari momentini inobatga olib mashina agregati matematik modeli ishlab chiqilgan. Masalani yechimi asosida elektr yuritgich yuklanishlari, barabanlar harakat qonunlari olindi. Konveyer tarkibli roligi qobig'i va tashqi gardishini tebranish qonunlarini texnologik yuklanish, umumiy massasi, dissipativ-bikirligi xususiyatlarini hisobga olib aniqlandi. Tebranish qonuni parametrlarini ta'siri o'rganildi va tavsiya qiymatlari olindi. Tasmali konveyer tarkibli podshipnik roligi qobig'i va tashqi gardishi tebranishlari siljishi va tezlik amplitudasini rezinali amortizatorning dissipatsiya koeffitsiyentini o'zgarishiga bog'liqlik qonuniyatlari aniqlandi.

ADABIYOTLAR

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Furmanik K. J. Analysis of load application on idler roller bearing of belt conveyor in different dynamic models. Journal of Friction and Wear, 2009, vol. 30, issue 2, pp. 142-147.

2. Fedorko G., Molnar V., Michalik P. The Calculation of Force Effects of a Conveyor Belt of the Pipe Conveyor to Forming Rollers by FEM. Applied Mechanics and Materials, 2015, vol. 806, pp. 181-186.

3. Sidorov Yu.P. Roliki lentochnykh konveyerov: Obzor (Belt conveyor rollers: Review), Moscow, T sNIITEItyazhm ash, 1990, 37 p.

4. A. Djuraev, B.N. Davidbaev, A.S. Jumaev. Improvement of the design of the belt conveyor and scientific basis for calculation of parameters. Global Book Publishing Services is an International Monograph & Textbook Publisher. Copyright 24 may 2022 by GBPS. 10.37547/gbps - 03. ISBN 978-1-957653-03-7 1211 Polk St, Orlando, FL 32805, USA. -151 p.

5. A. Djurayev, A.S. Jumayev. Tasmali konveyerlar konstruksiyalarini takomillashtirish va parametrlarini hisoblashning ilmiy asoslari. Monografiya. Toshkent - 2022 yil. - 180 bet. ISBN 978-9943-8178-8-3.

6. Фролов К.В. Теория механизмов и машин. -М.: Высшая школа, 1987. -496 с.

7. Джураев А ва бош;. Машина ва механизмлар назарияси. Гофур Гулом номидаги нашриёт-матбаа уйи, - Тошкент. 2003. - 593 б.

8. Джураев А. Ротационные механизмы технологических машин с переменными передаточными отношениями. - Тошкент: Мех,нат. 1990. -223 с.

9. A Djuraev, A.S. Jumaev, M.M. Abduraxmanova. Analysis of the results of physical and mechanical experimental studies of the modernized belt conveyor. 2023 J. Phys.: Conf. Ser. 2573 012012 DOI 10.1088/1742-6596/2573/1/012012. https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1742-6596/2573/1/012012/meta

10. Феридман М.В., Момент инерции тел, -М.: Машиностроение, 1977. -511 с.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

MEXANIKA

11. A. Jumaev, F. Istablaev, M. Dustova. Development of the theory of calculation of constructive and rational parameters of belt conveyor roller mechanisms. Cite as: AIP Conference Proceedings 2467, 060025 (2022); https://pubs.aip.org/aip/acp/article-abstract/2467/1/060025/2826524 22 June 2022.

12. Г.А. Тимофеев., Теория мехнизмов и машин /Москва/ ИД ЮРАИТ 2010. c.348.

13. A Djuraev, A S Jumaev, M M Abduraxmanova. Analysis of the results of physical and mechanical experimental studies of the modernized belt conveyor. Journal of Physics: Conference Series. https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1742-6596/2573/1/012012 AAPM-2023.

14. Джураев А., Турдалиев В.М., Бобоматов А.Х., Холтураев Х.П. Разработка конструкций и методы расчета параметров колебляющихся сеток. Монография. Изд. LAP Lambert Academic Publishing, Deutschland/ 2016, с. 157.

15. A. Djuraev, Sh. S. Khudaykulov, A. S. Jumaev. Development of the Design and Calculation of Parameters of the Saw Cylinder with an Elastic Bearing Support Jin. International Journal of Recent Technology and Engineering (IJRTE) ISSN: 2277-3878, Volume-8 Issue-5, January 2020. https://www.ijrte.org/portfolio-item/E6952018520/

16. A Djuraev, A S Jumaev, N I Ibragimova, M Y Turdaliyeva. Analysis of the dynamics of a belt conveyor with composite guide rollers and elastic elements. Journal of Physics: Conference Series. https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1742-6596/2573/1/012026 AAPM-2023.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.