Научная статья на тему 'CHIGITNI TA’MINLASH QURILMASINING ZANJIRLI UZATMASI PARAMETRLARINI HISOBLASH'

CHIGITNI TA’MINLASH QURILMASINING ZANJIRLI UZATMASI PARAMETRLARINI HISOBLASH Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
24
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’minlash / chigit / yuritma / dvigatel / reduktor / zanjirli uzatma / yulduzcha / qaнishqoq element / tarkibli rolik / tezlik / burchak tezlik / qadam / diametr / zanjir uzunligi / tishlar soni. / Feeder / cottonseed / drive / motor / reducer / chain drive / sprocket / connecting element / content roller / velocity / angular velocity / pitch / diameter / chain length / number of teeth.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Aliyev Elmurod Botirjonovich, Mamaxonov Azam Abdumajitovich

Maqolada chigitni ta’minlash qurilmasi barabanining kinematik va dinamik parametrlarini qanoatlantiruvchi yuritma tarkibi ishlab chiqilgan. Ta’minlash barabanini harakatga keltiruvchi zanjirli uzatmaning samarali konstruksiyasi yaratilgan. Yuritmaning kinematik hisobida olingan parametrlarning sonli qiymatlari asosida zanjirli uzatmaning geometrik va kinemtik parametrlari aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CALCULATION OF CHAIN TRANSMISSION PARAMETERS OF SEED SUPPLY DEVICE

In the article, the driving structure feeding the kinematic and dynamic parameters of the rotary of the fuzzy cottonseed feeder device is developed. An effective design of the chain drive driving the rotary feeder has been created. The geometric and kinematic parameters of the chain drive were determined based on the numerical values of the parameters obtained in the kinematic calculation of the system.

Текст научной работы на тему «CHIGITNI TA’MINLASH QURILMASINING ZANJIRLI UZATMASI PARAMETRLARINI HISOBLASH»

UDK 62101

CHIGITNI TA'MINLASH QURILMASINING ZANJIRLI UZATMASI PARAMETRLARINI HISOBLASH

Aliyev Elmurod Botirjonovich.

Umumtexnika fanlari kafedrasi assistenti, [email protected]

Mamaxonov Azam Abdumajitovich Umumtexnika fanlari kafedrasi professori, [email protected]

Annotatsiya. Maqolada chigitni ta'minlash qurilmasi barabanining kinematik va dinamik parametrlarini qanoatlantiruvchi yuritma tarkibi ishlab chiqilgan. Ta'minlash barabanini harakatga keltiruvchi zanjirli uzatmaning samarali konstruksiyasi yaratilgan. Yuritmaning kinematik hisobida olingan parametrlarning sonli qiymatlari asosida zanjirli uzatmaning geometrik va kinemtik parametrlari aniqlangan.

Аннотация. В статье разработана приводная конструкция, удовлетворяющая кинематическим и динамическим параметрам барабана устройства подачи семян. Создана эффективная конструкция цепного передача, приводящего в движение подающий барабан. Геометрические и кинематические параметры цепной передачи определялись на основании числовых значений параметров, полученных при кинематическом расчете системы.

Annotation. In the article, the driving structure feeding the kinematic and dynamic parameters of the rotary of the fuzzy cottonseed feeder device is developed. An effective design of the chain drive driving the rotary feeder has been created. The geometric and kinematic parameters of the chain drive were determined based on the numerical values of the parameters obtained in the kinematic calculation of the system.

Kalit so'zlar: Ta'minlash, chigit, yuritma, dvigatel, reduktor, zanjirli uzatma, yulduzcha, qarnshqoq element, tarkibli rolik, tezlik, burchak tezlik, qadam, diametr, zanjir uzunligi, tishlar soni.

Ключевые слова: Питатель, семян, привод, двигатель, редуктор, цепная передача, звездочка, эластичный элемент, составной ролик, скорость, угловая скорость, шаг, диаметр, длина цепи, количество зубьев.

Key words: Feeder, cottonseed, drive, motor, reducer, chain drive, sprocket, connecting element, content roller, velocity, angular velocity, pitch, diameter, chain length, number of teeth.

Kirish. Texnologik mashinalar yuritmalarida zanjirli uzatmalar keng miqyosda qo'llaniladi. Zanjirli uzatmalarning tuzilishi soddaligi, yuqori foydali ish koeffitsiyent, tasmali uzatmalarga nisbatan sirpanish xodisasining yo'qligi, gabarit o'lchamlarining kichikligi, uzatish sonining doimiyligi, sozlash va almashtirish ishlari osonligi, yetaklovchi valdan boshqa bir nechta vallarga harakatni uzata olish qobiliyati uning keng miqyosda texnologik mashinalar yuritmalarida qo'llanilishini ta'minlaydi. Shu bilan birga zanjirli uzatmalar mashinasozlikning barcha sohalarida yuqori qiymatdagi quvvatni uzata olishi, egiluvchanligi, o'qlararo masofasining yuqoriligi, texnik xizmat ko'rsatish va montaj ishlarining osonligi bilan asosiy uzatma sifatida qo'llanilmoqda [1-4].

Turli mexanik uzatmalar orasida zanjirli uzatma o'ziga xos imkoniyatlari bilan ajralgan holda, qishloq xo'jaligi, oziq - ovqat sanoati, yengil sanoat mashinalari, yo'l qurilishi, yuk ko'tarish va tashish qurilmalari, burg'ulash sanoati uskunalari, dengiz kemalari dizel dvigatellari, avtomobillar, motosikl va velosiped kabi qurilmalarda asosiy uzatma sifatida qo'llanilmoqda. Zanjirli uzatmaning kinematika va dinamikasi, konstruksiyalarini takomillashtirish, ish sifatini

oshirish, puxtaligi, yeyilish, sintez va analiz masalalari, zanjir tarangligini boshqarish, yulduzcha tishi profillarini takomillashtirish, ta'mirlash-montaj hamda ekplutasion jarayonlarni optimallashtirish yuzasidan xorijning yetakchi olimlari: G.M. Bartlett [1], N.C. Bremer [2], W.K. Staments [3], R.C. Binder [4], S. Mahalingam [5], M. Okoshi [6] larning bu boradagi tadqiqotlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Olib borilayotgan tadqiqot izlanishlari davomida chigitni ta'minlash qurilmasi yuritmasini takomillashtirish ishchi organga harakatni uzatuvchi uzatma sifatida zanjirli uzatmani samarali konstruksiyasini ishlab chiqish, geometrik va kinematik parametrlarini aniqlash vazifalari yoritilgan.

Chigitni ta'minlash qurilmasining samarali yuritmasini ishlab chiqish. Tadqiqot natijalariga asoslangan holda ta'minlash qurilmasi yuritmasining kinematik sxemasi keltirildi (1-rasm). Sxemaga mos ravishda dvigatel 1 harakati ilashish muftasi 2 orqali ikki pog'onali silindrik reduktor 3ga uzatiladi, reduktor 3 aylanma harakat tezligini kamaytirib kerakli burovchi momentni yuzaga keltiradi. Reduktor 3 dagi aylanma harakat zanjirli uzatma yordamida kerakli nisbatga kamaytirilib, o'z navbatida burovchi moment qiymati ham talab etilgan qiymatga oshirilib ta'minlash barabanlariga uzatiladi. Aynan ta'minlash barabani talab etadigan aylanishlar soni nb va burovchi moment Tb ning qiymatlari ish unumiga mos holda ta'minlashi

muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiq etilayotgan ta'minlash barabanini kerakli aylanish sonini quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz:

n>

_

(1)

bu yerda nb —ta'minlash barabanining aylanishlar soni, vb — ta'minlash barabanining

chiziqli tezligi, db —ta'minlash barabani diametri m.

Agregatni harakatga keltiruvchi dvigatelning aylanishlar sonini aniqlash quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz:

ndv = ■ lum' (2)

bu yerda, ium = irBd ■ ixan, bunda, iygd —ikki pogonali silindrik reduktor uzatish soni, izan — zanjirli uzatmaning uzatishlar soni.

1-rasm. Chigitni ta'minlash qurilmasi yuritmasining

kinematik sxemasi.

1-dvigatel, 2-ilashish muftasi,

3-ikki pog'onali silindrik reduktor, 4-zanjirli uzatma,

5-ta'minlagich barabanlari. Dvigateldagi kuchni

uzatish tadqiq etilayotgan agregatda yuqorida

ta'kidlaganimizdek ikki mexanik uzatma orqali amalga oshiriladi.

Quyida dvigatel validagi quvvat va ta'minlash barabani validagi quvvatni nazariy jihatdan o'zaro teng bo'lishlilik ifodasini keltiramiz:

,

(3)

Qurilish^a^a/limjlmiyjurnal^

3-jild, 2-son

https://jurnal.qurilishtalim.uz

bu yerda Mdv — elektrodvigatel validagi burovchi moment, Nm, aidv —elektrodvigatel validagi burchak tezlik, rad/sek. Mb, ojb lar ta'minlash barabani validagi burovchi moment va burchak tezlik qiymatlari.

(3) ifodani quyidagicha qayta yozish mumkin:

Ifodadagi uzatish soni qiymati quyidagicha aniqlanadi:

(4)

(5)

O'z navbatida (5) ifodadani 1-rasmda keltirilgan ta'minlash barabani yuritmasi tarkibiga mos holda quyidagicha yozish mumkin:

Agregatni harakatlanuvchi asosiy mexanik quvvatni quyidagicha aniqlash mumkin:

P = M -co, (7)

Bu ifodadagi burchak tezlik qiymatini aylanishlar chastotasi shaklida ifodalasak, ya'ni

(8)

ko'rinishini oladi.

1-rasmda keltirlgan sxemaga mos ravishda yuritma tarkibidagi mexanik uzatmalarning foydali ish koeffitsiyentlari mavjud [7] tadqiqotlarga mos holda ikki pog'onali reduktor uchun ,, = qiymatni va taklif etilayotgan qayishqoq elementli zanjirli uzatma ochiq tarzda

ishlatilganligi bois, ijzoll = 0,93 ga teng bo'ladi.

Yuritma tarkibini takomillashtirishda yuritma obektidagi massaning taqsimlanishini inobatga olish zarur hisoblanadi. Mexanik uzatmalardagi aylanuvchi massalarning inertsiya momentlari qiymatlaridan foydalanib, agrégat uchun kerakli aylanish tezligi oi va burovchi momenti T aniqlash mumkin. U holda n qismli agrégat uchun kinetik energiyani quyidagicha yozish mumkin:

bu yerda, mn —aylanuvchi qism massasi, kg, vn —aylanuvchi qism chiziqlik tezligi m/sek, rn —

aylanuvchi jism radiusi, in.

Tadqiq etilayotgan, yuritma uchun shartli ravishda 5 ta massadan iborat deb qarasak, u holda ushbu ifodani quyidagicha yozishimiz mumkin:

£ = - r^i-i": - -fT -f-f (10)

Bundan,

.

(11)

Ma'lumki, jism massasining uning aylanish o'qigacha bo'lgan masofa ya'ni radiusining kvatratiga ko'paytmasi silindrik jismlar uchun inertsiya momentini ifodalaydi. Ushbu tarifning fizik ifodasi quyidagicha:

Ta'minlash barabani yuritmasiga juda ko'p tashqi va ichki kuchlar ta'sir etadi. Ta'minlash barabani uzatish mexnizmlari va dvigatel tanlashda tayanchlarga ya'niki, podshipniklarga tushadigan yuklanishlarni inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'minlash barabani yuritmasiga boshlangich kuch ta'sir etganda ta'minlash barabani harakatlana boshlaydi. Bunkerdagi vertical bosim ta'siridagi chigit qatlamini kesuvchi kuch qiymatini yuritma orqali ta'sir etuvchi kuch yengib o'tishi lozim. Ta'minlash barabani doimiy

tezlikda harakatlanishi uchun yuritmadan ta'sir etuvchi kuch va ta'minlash barabanida yuzaga keluvchi qarshilik kuchining qiymatlari o'zaro teng bo'lishi kerak.

Masalani soddalashtirgan holda, ta'minalsh barabanini harakatga keltiruvchi quvvatni P = 1 kVt, barabanning nominal aylanishlar sonini nb = 2 -h 3 ayl/min qiymatlarida olib yuritma tarkibidagi uzatish mexanizmlarining parametrlarini aniqlaymiz. Yuritmani harakatga keltiruvchi elektrodvigatel parametrlarini aniqlashda uzatish mexanizmlari va tayanchlardagi dumalash podshipniklarining foydali ish koeffitsiyentlarini inobatga olish zarur.

U holda ta'minlash barabani yuritmasining umumiy foydali ish koeffitsiyenti

1-rasmda keltirilgan sxemaga muvofiq, quyidagi ifoda orqali aniqlanadi [7]:

lum = Iredlxan-lU* (13)

bu yerda tjred. — ikki pog'onali silindrik reduktorning foydali sih koeffitsiyenti, bizning hoi uchun, vreci. = , bir juft tsilindrik tishli g'ildirakning foydali ish koeffitsiyenti yt = 0,98, f]zan. —ochiq zanjirli uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti, rjzan. = 0,93, rjpod — bir juft dumalash podshipnigining foydali ish koeffitsiyenti, i]poci — 0,99.

(13) ifodaga mufofiq ta'minlash barabani yuritmasining foydali ish koeffitsiyenti, Vum = ni tashkil etdi.

Ta'minlash barabani yuritmasini harakatga keltiruvchi elektrodvigatel quvvati Pgl quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz [7]:

(14)

Ps E =

P = 1 kVt ekanligini inobatga olsak, yuritmma elektrodvigatelining talab etilgan quvvati, ?r = : : 7;r' ni tashkil etadi.

Ta'minlash barabanining aylanma harakat tezligi juda kichikligi bois, yuritma eletrodvigateli aylanma harakatni sozlash qurilmasi bilan jihozlanadi. U holda yuritma uchun elektrodvigatelni tanlashda elektrodvigatelning quvvat ko'rsatkichiga emas balki undan chiqayotga nominal burovchi moment qiymatini ya'ni quyidagi tengsizlikni Th > iUTn - Tei

inobatga olish zarur bo'ladi. Shuning uchun quyidagi elektrodviigatel turi tanlandi:

Sinxron chastotasi n = 750 min-1

Markasi Nominal quvvati Nominal

AHP132M8 SrSkVt 719 min'1

3.1-rasmda keltirilgan ta'minlash barabani yuritmasining kinematik sxemasiga muvofiq, ikki pog'onali reduktor va vtulka rolikli zanjirli uzatma uchun uzatish soni qiymatlarini ta'minlash barabanining yuklanish xususiyatidan kelib chiqib tanlaymiz: Ikki pog'onali silindrik reduktorning uzatish soni: irgd = 20; Vtulka rolikli zanjirli uzatma uzatish soni isan — 4.

U holda yuritmaning umumiy uzatish soni ium = i

?'sri

= 20

4 = 80 ni tashkil

ayl

etadi. Ta'minlash barabanining aylanisjlar sonini nominal holda nb = 2 -h 3 ekanligini

inobatga oladigan bo'lsak, elektrodvigatelning talab etiladigan aylanishlar soni : , = : - I--— bolishi lozim bo'ladi. Bu qiymatni yuqorida ta'kidlaganimizdek, dvigatel

aylanish chastotasini o'zgartigich qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.

Yuritma tarkibidagi uzatmalarning yetakchi va yetaklanuvchi vallaridagi burovchi moment qiymatlarini aniqlaymiz. Birinchi navbatda elektrodvigatel validagi burovchi moment Tgl qiymatini aniqlaymiz:

QurilishvaTO'lim^ilmiyjurnal^

Tgl = TL =

3-jild, 2-son

(15)

https://iurnal.qurilishtalim.uz

bu yerda, cogl — elektrodvigeteldan chiqayotgan burchak tezlik, rad/s.

U holda elektrodvigatel vali va ikki pog'onali silindrik reduktor yetaklovchi validagi burovchi moment, qiymati Tgl = Tt = 73,08 N ■ m.

Zanjirli uzatma yetaklovchi validagi burovchi moment Tzi qiymatini quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz:

Zanjirli uzatma yetaklovchi validagi burovchi moment qiymati Tzl = 1362 Nm.

Ta'minlash barabani validagi burovchi moment qiymatini quyidagicha aniqlaymiz:

Tb =^2 = Tsi-is-vsan">W (17)

bundan, Tb = Ts2 = 5016 JVmtashkil etadi.

Elektrodvigatel aylanish chastotasini minimal qiymatini ta'minlash qurilmasi barabani aylanish chastotasiga muvofiq holda, quyidagi ifoda orqali aniqlash taklif etiladi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

= nb -ium = + (18)

Ifodaga mos holda elektrodvigatelni aylanish chastotalari nBl = 160 240

chegarasida bo'lishi talab etiladi.

U holda ikki pog'onali reduktor va zanjirli uzatmaning geometrik, kinematik, va dinamik parametrlarini aniqlashda elektrodvigatel aylanish chastotasi qiymatining o'zgarish oralig'i inobatga olinishi lozim.

Zanjirli uzatma yetaklovchi validagi aylanish chastotasi qiymati ham o'z navbatida quyidagi oraliqda bo'ladi:

U holda, zanjirli uzatma yetaklovchi validagi yalanishlar sonining o'zgarish oralig'i : . =:.:■- Hi-— ni tashkil etadi. Bu qiymatlarni burchak tezlik sifatida ifodalasak,

= ZH?- : H - — bo'ladi.

Qayishqoq elementli zanjirli uzatma konstruksiyasini ishlab chiqish. Uzatma konstruksiyasi yetakchi yulduzcha 1, yetaklanuvchi yulduzcha 2 va ularni qamrovchi zanjir 3, taranglovchi rolik 4 dan iborat. Yetaklanuvchi yulduzcha tarkibli qilib tayyorlangan bo'lib, tashqi qism tish gardishi 2, asos 6, chiquvchi val 7 va qayishqoq vtulka 5 dan iborat. Zanjir 3 ichki 9 va tashqi 8 plastinalar, valik 10, vtulka 11 hamda tarkibli rolik 12 tarkibida ichki 13 va tashqi 14 vtulkalar va ular oralig'ida joylashgan qayishqoq element (rezina) 15 dan iborat. Qayishqoq element 15 tashqi sirti 16 botiq ko'rinishga ega bo'lib, tashqi vtulka 8 ning ichki tomoniga mos holda tayyorlangan [8]. Taklif etilayotgan zanjirli uzatma quyidagi tartibda ishlaydi: yetakchi yulduzcha 1 dan yetaklanuvchi yulduzcha 2 ga harakat zanjir 3 orqali uzatiladi. Keyinchalik harakatni yetaklanuvchi yulduzcha 2 qayishqoq vtulka 5 va asos 6 orqali chiquvchi val 7 ga uzatiladi. Zanjir 3 va yulduzcha 2 o'rtasida hosil bo'luvchi ishqalanish kuchi va boshqa zararli kuchlar qayishqoq element 5 orqali o'tayotganda bir qadar so'nishi kuzatiladi. Yetakchi 1 va yetaklanuvchi 2 yulduzchalar bilan zanjir 3 ta'sirlashganda, zanjir roligi 12 tarkibidagi qayishqoq element 15 ning deformatsiyalanishi hisobiga vtulka 13 va ichki 1 va tashqi 2 yulduzchalarni yeyilishi kamayadi. Qayishqoq element 15 deformatsiyalanishi hisobiga vtulka 11 va valik 10 o'rtasidagi ishqalanish ham kamayadi. Bu esa uzatma elementlari ishlash muddatini ortishiga olib keladi. Ishlash davomida rezina vtulka 15 ning sirti 16, rolik 12 ga yetakchi 1 va yetaklanuvchi 2 yulduzchalardan ta'sir etuvchi bosim kuchlarini markazlashtirish maqsadida botiq shaklda bo'lishi tavsiya etilgan. Tarkibli rolik 12 tarkibidagi qayishqoq element tashqi bosim kuchlarini maromlashtiradi. Bu esa zanjir ishlash muddatini ortishiga sabab bo'ladi.

Qurilish va Ta'lim ilmiy jurnali 3-jild, 2-son https://iurnal.gurilishtalim.uz

188

2- rasm. Qayishqoq elementli zanjirli uzatma sxemasi

Zanjirli uzatmalarni texnologik yuklanishlarga mos ravishda geometrik parametrlarini tanlash shu bilan birga detallarning o'ziga xos samarali konstruksiyalarini yaratish hamda mavjud konsturksiyalarni takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.

Zanjirli uzatmaning konstruktiv parametrlarini aniqlash. Olib borilayotgan tadqiqolarimizga mos ravishda 2-rasmda keltirilgan zanjirli uzatmaning konstruktiv parametrlarini aniqlaymiz. 3-rasmda zanjirli uzatmaning asosiy parametrlari hisoblash sxemasi keltirilgan.

3-rasm. Zanjirli uzatmaning geometric parametrlarni aniqlash

Bunda birinchi navbatda (16) va (17) ifodalar yordamida aniqlangan zanjirli uzatmaning yetakchi va yetaklanuvchi vallaridagi burovchi moment qiymatlari: Txi = 1362Nm, T2 = 1362Nm, zanjirli uzatmaning uzatish soni is = 4, va yetaklovchi

yulduzchadagi nzl = 8 н- 12 -^-qiymatlarini olish zarur bo'ladi.

Xalqaro tashkilotlar ISO 606 yoki ANSI B29.1 texnik standartlari [9] ga muvofiq o'zaro almashinuvchanlikni tizimli ta'minlash uchun zanjirli uzatmaning barcha konstruktiv detallari standartlashtirlgan. Rolikli zanjirlar, valiklari markazlarini tutashtiruvchi masofa ya'ni qadami p

bilan klassifikatsiyalanadi (4-rasm).

Zanjir qadami uzatma uzatayotgan burovchi moment qiymatiga standart qatorlarga mos holda tanlanadi.

(20)

4-rasm. Zanjir qadami

Qurilish va Ta'lim ilmiy jurnali 3-jild, 2-son https://iurnal.qurilishtalim.uz

Bu yerda, Kg — ekspluatatiya koeffitsiyenti bo'lib, uning qiymati quyidagi emprik ifoda bilan aniqlanadi:

kd = 1 dinamik yuklanishni inobatga oluvchi koeffitsiyent; .. o'qlararo masofani inobatga oluvchi koeffitsiyent;

= : : i uzatmani gorizontal tekislikka nisbatan joylashuvini inobatga oluvchi

koeffitsiyent;

= ; taranglash usulini inobatga oluvchi koeffitsiyent; . = 1 moylash usulini inobatga oluvchi koeffitsiyent; . = ; ishlash smenasini inobatga oluvchi koeffitsiyent. Shuningdek, (20) ifodada keltirilgan f = 0.92 tarkibli rolikning qayishqoq elementi bikirligini inobatga oluvchi koeffitsiyent, z± —.yetaklovchi yulduzchaning tishlari soni, [p] —tarkibli rolikka ruxsat etilgan bosim qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Fi- K0

IP\

(21)

Yetakchi yulduzcha tishlar soni z± umumiy standartga muvofiq tanlanadi. Biz olib borayotgan ta'minlash baranbanining aylanishlar soni kichik bo'lganligi bois z± — 17 qilib olish maqsadga muvofiq. Yetaklanuvchi yulduzcha tishlar soni z2 = 120 tadan kam bo'lishi tavsiya etiladi. Zanjirli uatma uzatish soni in = 4, ekanlgini inobatga olsak, z2 = 68 tashkil etadi. Yulduzcha bo'luvchi aylana diametri d quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

d = (22)

Zanjirli uzatma yetakchi va yetaklanuvchi vallari markazlarini tutashtiruvchi masofa, ya'ni o'qlararo masofaning qiymati quyidagi oraliqda tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi:

30p < a^.K SOp

Zanjir uzunligi L bir nechta zanjir zvenolarining birikishidan hosil bo'lgan zanjirning butun uzunligi deyiladi va uni aniqlashda aynan zanjirning mumiy uzunligidagi zvenolar soni quyidagicha aniqlanadi:

^ _ -"TV | | (23)

O'qlararo masofa au. ni zanjir uzunligi L ni inobatga olgan holda quyidagicha aniqalsh mumkin:

BU

4TZ-1

(24)

Zanjirning yulduzchalarni qamrovchi (ilashish) burchagi 6 quyidagi ifoda bilan topiladi:

(25)

8, = 1S0C - 2sin

V 2aw J

V 2aw J

02 = 180c + 2 sin

Ta'minlash qurilmalarida yetakchi yulduzchaning qamrov burchagi Ö^ni 120c kamaytirmaslik ijobiy natija beradi [10-11].

Zanjirli uzatmaning tezlik nisbati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

.

CJZ CiL SL

(26) dan

(27)

Zanjir tezligi vz o'z navbatida quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali

3-jild, 2-son

https://jurnal.qurilishtalim.uz

Xulosa. Olib borilgan nazariy tadqiqotlar natijalariga mos holda tadqiq etilayotgan zanjirli uzatmaning geometrik va kinematik parametrlari sonli qiymatlar asosida aniqlandi va 1-

., mm

J40,45

ADABIYOTLAR

1. G.M. Bartlett. Roller chain drives in theory and practice. Product Engineering, 2(4):253-255, 1931.

2. N.C. Bremer, "Heavy Duty Chain Drives for Marine Propulsion Service," Trans. ASME, vol. 69, pp. 441-452, 1947.

3. W.K. Staments, "Dynamic Loading of Chain Drives," Trans. ASME, pp. 655-665, July

1951.

4. R.C. Binder. Mechanics of the Roller Chain Drive: Based on Mathematical Studies by R.C. Binder. Prentice-Hall, 1956.

5. S. Mahalingam, "Polygonal action in chain drives," Journal of the Franklin Institute, vol. 265, no.1, pp. 23-28, January 1858.

6. M. Okoshi and, K. Uehara. Study on the uneveness of transmission by roller chain (1st report). Journal of the Japan Society for Precision Engineering, 25 (9):425-431, 1959.

7. Jakob Carling Calculation model for selecting electric motors on pallet conveyors Mechanical Engineering, master's level 2022 Lulea University of Technology Department of Engineering Sciences and Mathematics. P: 87

8. Патент. Рес. Узб. № IAP05745. Цепная передача. А.Джураев, А.Мамахонов, С.Юнусов, Э.Алиев. Бюлл., №1. 2019г.

9 Niels Fuglede. Kinematics and Dynamics of Roller Chain Drives. DCAMM Special Report No. S175. July 2014. P. 200

10. Elmurod Aliyev, A'zam Mamaxonov. Paxta chigitni ta'minlash qurilmasi uchun samarali baraban konstruksiyasini ishlab chiqish va ish unumdorligini aniqlash. Mexanika va texnologiya ilmiy texnik jurnali. 2023 №4(7). B. 238-245.

11. Elmurod Aliyev, A'zam Mamaxonov. Development of efficient chain transmission construction based on analysis of constructive characteristics of chain drives of technological machines. Scientific and Technical Journal Namangan Institute of Engineering and Technology. Volume 8. Issue 4. 2023. P. 159-169.

jadvalda batafsil yoritildi.

1-jadva

, mm d2,

mm

2

41,905

9

0,837 -5- 1

,256

62,465

m

ОД 4- 0,J|5 —

5

Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali

3-jild, 2-son 191

https://jurnal.qurilishtalim.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.