Научная статья на тему 'JUNNI O‘SIMLIK ARALASHMASIDAN TOZALASH MASHINASI TASMALI UZATMASI YETAKLANUVCHI VALIDAGI YUKLANISHNI ANIQLASH'

JUNNI O‘SIMLIK ARALASHMASIDAN TOZALASH MASHINASI TASMALI UZATMASI YETAKLANUVCHI VALIDAGI YUKLANISHNI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
10
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasmal uzatma / shkiv / kulachok / rezina / tebranish / tenzodatchik / ossilogramma / burovchi moment / o‘simlik aralashmalari / Ременная передача / шкив / втулка / резина / вибрация / тензодатчик / осциллограмма / крутящий момент / растительные соединения.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Djurayev A. Dj, Elmonov S.M.

Maqolada junni o‘simlik aralashmalaridan tozalagsh mashinalari ishchi organlari uzatmalari tahlil qilingan bo‘lib, bir-nechta namunalar taklif etilgan. Shuningdek, tajriba sinov o‘tkazilib maqbul parametrlar tavsiya berilgan. Tasmali uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi validagi yuklanishlarni o‘zgarish qonunyatini tajribada aniqlandi, rezina markasi va parametrlari tavsiya qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

JUNNI O‘SIMLIK ARALASHMASIDAN TOZALASH MASHINASI TASMALI UZATMASI YETAKLANUVCHI VALIDAGI YUKLANISHNI ANIQLASH

В статье проанализированы трансмиссии рабочих органов машин для очистки шерсти от растительных примесей и предложено несколько образцов. Также были проведены экспериментальные испытания и рекомендованы оптимальные параметры. Экспериментально определен закон изменения нагрузок на ведущий и ведомый вал ременной передачи, рекомендованы марка и параметры резины.

Текст научной работы на тему «JUNNI O‘SIMLIK ARALASHMASIDAN TOZALASH MASHINASI TASMALI UZATMASI YETAKLANUVCHI VALIDAGI YUKLANISHNI ANIQLASH»

UDK 677.21

JUNNI O'SIMLIK ARALASHMASIDAN TOZALASH MASHINASI TASMALI

UZATMASI YETAKLANUVCHI VALIDAGI YUKLANISHNI ANIQLASH

Djurayev A. Dj

ToshTYESI, professor, t.f.d., +998931813804, anvardiuravev [email protected]

Elmonov S.M.

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali director o'rinbosari, PhD, [email protected]

Annotasiya. Maqolada junni o'simlik aralashmalaridan tozalagsh mashinalari ishchi organlari uzatmalari tahlil qilingan bo'lib, bir-nechta namunalar taklif etilgan. Shuningdek, tajriba sinov o'tkazilib maqbul parametrlar tavsiya berilgan. Tasmali uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi validagi yuklanishlarni o'zgarish qonunyatini tajribada aniqlandi, rezina markasi va parametrlari tavsiya qilindi.

Аннотация. В статье проанализированы трансмиссии рабочих органов машин для очистки шерсти от растительных примесей и предложено несколько образцов. Также были проведены экспериментальные испытания и рекомендованы оптимальные параметры. Экспериментально определен закон изменения нагрузок на ведущий и ведомый вал ременной передачи, рекомендованы марка и параметры резины.

Abstract. The article analyzes the transmissions of working bodies of machines for cleaning wool from plant impurities, and several samples are offered. Also, experimental testing was conducted and optimal parameters are recommended. The law of change in loads on the drive and driven shaft of the belt transmission in determined experimentally, and the rubber brand and parameters are recommended.

Kalit so'zlar: Tasmal uzatma, shkiv, kulachok, rezina, tebranish, tenzodatchik, ossilogramma, burovchi moment, o'simlik aralashmalari

Ключевые слова: Ременная передача, шкив, втулка, резина, вибрация, тензодатчик, осциллограмма, крутящий момент, растительные соединения.

Key words: Belt drive, pulley, bushing, rubber, vibration, strain gauge, oscillogram, torque, herbal mixtures.

Kirish. Jundan o'simlik aralashmasini ajratishda ishchi organlar (ajratish vali, arrali silindr, cho'tkali baraban) notekis aylanishi qo'shimcha burchak tezlanishlarni hosil qiladi. Natijada ishchi organlar o'simlik chiqindisini impuls kuch bilan ta'sir qilib undan ajratish samarasi ortadi. Shuning uchun yuritmada o'zgaruvchan uzatish nisbatli tasmali uzatmani qo'llash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun yangi tasmali uzatma sxemasi tavsiya qilindi [1].

Junni o'simlik aralashmalaridan tozalagich yuritmasi uchun tasmali uzatmalar sxemalari

taxlili.

Junni o'simlik aralashmalaridan tozalagsh mashinalari ishchi organlarini o'zgaruvchan tezlikda aylanishini ta'minlaydigan, hamda yuritgichga yuklamalar katta amplituda tebranishini amortizatsiya qiladigan, ya'ni yuritgichni muxofazalayotgan qator tasmali uzatmalar sxemalari

tavsiya qilingan [2, 3, 4].

A-A

vvwwwW^

v

1-rasm. Tasmali uzatmalar sxemalari

1a- rasmdagi sxemada tasmali uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlar, ularning o'rab turgan tasma, gupchak, ichki sirti gupchakning tashqi sirti bilan ekssentrik bo'lgan chambarakdan va gupchakning tashqi sirti bilan chambarak ichki sirti orasiga joylashtirilgan va aylana yo'nalishida o'zgaruvchan kenglikka ega bo'lgan halqali elastik elementdan iborat taranglovchi roliklarni o'z ichiga oladi.

Chambarak elastik va o'zgaruvchan qalinlikka ega bo'lgan materialdan tayyorlangan

b

bo'lib, uning qalinligi chambarak ichki diametrining markazdan chetga qarab kamayishi hisobiga markazdan chetiga o'q yo'nalishi bo'ylab ortadi. Bunda halqali elastik elementning tashqi sirti chambarak ichki sirti shakliga aynan o'xshash egri chiziqli shaklga ega.

1-b rasmdagi sxemadagi tasmali uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlar hamda aylanish o'qqa nisbatan ekssentrik o'rnatilgan taranglash elementni o'z ichiga olgan. Taranglash elementi mushtumcha ko'rinishida ishlangan. Tasmali uzavtma quyidagicha ishlaydi: 1 yetaklovchi shkiv 3 tasma vositasida 2 yetaklanuvchi shkivni aylantiradi. 3 tasma bilan 4 kulochok profili orasida ishqalanish xisobiga oxirgi qo'zg'almas o'q atrofida aylanadi, bunda tasmaning tarangligi 4 kulachok profiliga mos ravishda o'zgaradi.

Tasmali uzatmaning uzatish nisbati 3 tasmaning nisbiy sirpanish funksiyasi xisoblanishi, nisbiy sirpanish tasmani 4 kulachok bilan taranglanish funksiyasiyasi bo'lganligi uchun taranglikni o'zgarishi uzatmaning uzatish nisbati 3 tasmaning nisbiy sirpanish funksiyasi xisoblanishi, nisbiy sirpanish tasmani 4 kulachok bilan taranglanish funsiyasi bo'lganligi uchun taranglikni o'zgarishi uzatmaning uzatish nisbatini o'zgarishiga olib keladi, yani 2 yetaklanuvchi shkivning burchak tezligini tegishlicha o'zgarishiga olib keladi.

Kulachokning zarur bo'lgan profilini tanlab 2 shkivni talab qilingan o'zgaruvchan murakkab qonunlarini olish mumkin.

1-v rasmdagi sxemada tasmali uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlar, ularni o'rab oluvchi qayish, taranglovchi, o'qda ekssentrik tarzda o'rnatilgan, rolikdan iborat. Yetaklanuvchi shkiv va taranglovchi rolik orasida qo'shimcha qayishli uzatma ko'rinishidagi kinematik aloqa o'rnatilgan.

Yetaklovchi shkiv tarkibli qilib ishlangan va u oraliq vtulkaning qayishqoq vtulkasi orqali unga kiydirilgan gupchak, yetaklovchi gupchak bilan qattiq birlashtirilgan qo'shimcha uzatma va oraliq vtulkaga boshqa qayishqoq vtulka orqali o'rnatilgan tashqi gardishidan tashkil topgan. Qo'shimcha tasmali uzatmaning yetaklanuvchi shkivi taranglovchi rolik bilan qattiq birlashtirilgan.

Konstruksiya quyidagicha ishlaydi. 1 yetaklovchi shkiv 3 tasma vositasida 2 shkivni ishlantirib 4 taranglovchi rolikni xarakatlantiradi. Bunda 4 taranglovchi rolikni ekssentrigligi xisobiga 3 tasmaning tarangligi o'zgaradi. Bu esa 2 yetaklanuvchi shkivni burgan tezligini o'zgaruvchanligiga olib keladi. Ishlash jarayonida 3 tasma bilan 12 taranglovchi rolik orasida sirpanish bo'ladi. Bu 2 yetaklanuvchi shkivni o'zgarish qonunini bazi siljishlariga olib keladi. Bu siljish asosan 2 shkiv bilan 4 taranglovchi rolik orasidagi kinimatik bog'lanish bilan yuqotiladi. Bu jarayonni 4 taranglovchi rolikning xarakatini boshqarish bilan ko'rib chiqamiz 3 tasmani taranglovchi rolikka nisbatan 3 tasmani sirpanishi hisobiga ( burchakka kechikib aylanadi. Demak, tasma 3 ning tarangligi ham ±(S ga kechikadi, natijada yetaklanuvchi shkiv 2 ning bo'g'inini burchak tezligini kechikishiga olib keladi.

Tajribani o'tkazish metodikasi va o'lchash uskunalari.

Tasmali uzatma shkivi tarkibli rezinali vtulkaga o'rnatilgan. Tarkibli shkivlarda qo'llaniladigan rezina markalari ko'rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan.

Rezina markalari ko'rsatkichlari bo'yicha ko'rilayotgan junni o'simlik aralashmalaridan tozalash mashinasidagi tasmali uzatma uchun asosan aylanma bikrlik koeffitsiyentlari

ahamiyatlidir.

1-jadval

Rezina markalari ko'rsatkichlari

№ Rezina markasi Uzishdagi nisbiy cho'zilishi Siqilishdagi mustaxkamligi kg/sm2 Aylanma bikrlik koeffitsiyenti, N-m/rad

1 7IRP 12-46 300-350 75-80 140-165

2 1338 360-380 85-90 180-220

3 3820 MVSS 120-140 80-90 240-356

4 7V-10MVS 130-150 90-95 350460

Nazariy izlanishlar natijasida tavsiya qilingan aylanma bikrlik koeffitsiyenti (230^250) N-m/rad ni tashkil etadi, bunda 1-jadvaldagi variantlardan 3820 MVSS markali rezina markasi mos keladi. Maxsus qurilmalarni yasab, rezinali vtulkaga vulkanizatsiya yo'li bilan tayyorlandi [5, 6].

Tavsiya qilingan tasmali uzatmani qo'yganda arrali silindr validagi yuklanishni turli ish unumida tajribalar asosida o'lchandi. Tajribalarda burchak tezlik (arrali silindr aylanish chastotasi) SAT-2M uskunasida amalga oshirildi. Arrali silindr validagi burovchi moment yarim ko'prik usulida tenzometrik datchiklarni qo'llab [7] o'lchandi. Bunda bazisi 15 mmli tenzodatchiklar vallarga 450 burchak ostida kleylandi. Olingan signallarni UT-4 kuchaytirgich orqali so'ng 4-115 markali ossillografda qayd qilindi. Junni o'simlik aralashmalaridan (asosan qo'ytikandan) tozalash mashinasi asosan ishchi organi bo'lgan arrali silindr validagi yuklanish va aylanish chastotasini o'lchash uchun elektrotenzometrik sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Bu yerda tezlikni o'lchash uskunasi bo'lgan magnitoelektrik datchik ko'rinishi 2 - a rasmda, tenzodatchiklardan tokni olish uchun tokosyemniklar ko'rinishi 2- b rasmda, tavsiya qilingan junni o'simlik aralashmalaridan tozalash mashinasi ko'rinishi 2- c rasmda keltirilgan.

Tajriba natijalari taxlili.

Olingan natijalar, ossilogrammalar 3-rasmda keltirilgan. Bunda yuklanish momentlari egri chiziqlariga vertikal chiziqlar o'tkazilib, uchrashgan nuqtasi belgilanib ordinatalar o'lchandi, hamda tarirovka grafigidan foydalanib burovchi momentini haqiqiy qiymatlari, aniqlandi. Olingan o'rtacha burovchi moment qiymatlarini aniqlash R.Melli va G.V.Vedenyanin usullari bo'yicha aniqlangani uchun yetarli darajada deb hisoblaymiz [6,7].

b

2-rasm. Junni o'simlik aralashmalaridan tozalash mashinasi arrali silindrini tasmali uzatmasi bo'lgan elektrotenzometrik sxemasi va tavsiya qilingan junni o'simlik aralashmalaridan tozalash mashinasi tajriba nusxasi

Ossilogrammalar tahlili shuni ko'rsatadiki arrali silindr validagi burovchi moment tebranishlari tarkibli shkivining rezinali vtulkasi aylanma bikrligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Jumladan, rezinali vtulka 1338 markali rezina bo'lganda (3 a-rasm) burovchi moment tebranish amplitudasi (8,2^9,3) №m oraliqda bo'lsa, 3820 MVSS markali rezina qo'llanilganda yuklanishni tebranish amplitudasi (6,1^7,0) №m oralig'ida bo'ladi (3-b rasm). Shuning uchun tavsiya qilingan tasmali uzatma yetaklanuvchi shkivida (230^280) N-m/rad aylanma bikrlikka

а

с

ega bo'lgan 3820 MVSS markali rezinani qo'llash maqsadga muvofiqdir.

a) 1338 markali rezina, S=(180-220) N-m/rad

b) 3820 MVSS markali rezina, S=(230-280) №m/rad 4-rasm. Arrali silindr validagi burovchi moment tebranishlari tarkibli shkivining rezina vtulkasi aylanma bikrligiga bog'liq ravishda olingan ossilogrammalari

Xulosa.

Junni o'simlik aralashmalaridan tozalash mashinasi yuritmasida qo'llash uchun samarali tasmali uzatmalar sxemalari ishlab chiqildi. Tasmali uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi (arrali silindr) validagi yuklanish 230-280 №m/rad bo'lganda 3820 MVSS markali rezina, 180-220 N-m/rad bo'lganda 1338 markali rezinalardan foydalanish tavsiya etildi.

ADABIYOTLAR

1. Patent R.Uzb. FAP 00734. A.Djurayev, Dj.Miraxmedov A.V.Abdullayev, D.S.Masurova, X.O.Raximova, S.M.Elmonov Ременная передача // Rasmiy axborotnoma. -2012.-№6.

2. Patent R.Uzb. FAP 00813. A.Djurayev, R.X.Maksudov, S.M.Elmonov, Sh.Shuxratov, A.Xujakulov, X.Raximova Ременная передача // Rasmiy axborotnoma. -2013. -№ 5.

3. Patent R.Uzb. FAP 00676. A.Djurayev, R.X.Maksudov, D.Mamatova S.M.Elmonov, I.D.Djurayev, M.Muminov Ременная передача // Rasmiy axborotnoma. -2011. -№ 12.

4. Patent R.Uzb. FAP 00645. A.Djurayev, R.X.Maksudov, D.Mamatova, S.M.Elmonov,

I.Djurayev, M.Muminov Ременная передача // Rasmiy axborotnoma. -2011. -№ 8.

5. Методы динамических испытаний для резины (общие требования). Гост 23926-78, М. 1978, 18с.

6. Справочник конструктора машиностроителя. Под. Ред. И.Н.Жестковой. М.: Машиностроение, 2001. 920 с.

7. Веденяпин Г.В. Общая методика экспериментального исследований и обработка опытных данных. М, 1973. 134 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.