Научная статья на тему 'Активизация познавательной деятельности учащихся с помощью нестандартных тестов с использованием iSpring Quiz Maker по обучению “Передачам”'

Активизация познавательной деятельности учащихся с помощью нестандартных тестов с использованием iSpring Quiz Maker по обучению “Передачам” Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
65
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
чертёж / инновaция / метод / черчение / AutoCAD / QuizMaker / форма / технология / тест / графическая грамотность. / drawing / innovation / method / engineering drawing / AutoCAD / QuizMaker / test / technology / form / design introduction / graphic literacy.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Нозима Гуломова

В данной статье рассматривается одна из самых трудоёмких тем по предмету «Черчение» «Передачи» с использованием интерактивных методов. В статье разработаны несколько видов тестов в программе «iSpring QuizMaker» для проверки знаний учащихся.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Activating activity of knowing to students through non-standard tests using iSpring Quiz Maker on teaching “Transmissions”

In given article is considered one of the most labour-consuming that on subject “Drawing” “Transmission” with use interactive methods. In article is designed several types test in program “iSpring QuizMaker” for checking the knowledges pupils.

Текст научной работы на тему «Активизация познавательной деятельности учащихся с помощью нестандартных тестов с использованием iSpring Quiz Maker по обучению “Передачам”»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Activating activity of knowing to students through non-standard tests using iSpring Quiz Maker on teaching "Transmissions"

Nozima GULOMOVA1

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ARTICLE INFO ABSTRACT

Articeehistory: In given article is considered one of the most labour-

Received August 2021 consuming that on subject "Drawing" "Transmission" with use

Received in revised form interactive methods. In article is designed several types test in

20 August 2021 program "iSpring QuizMaker" for checking the knowledges

Accepted 25 September 2021 rrnnils

Available online " "

25 October 2021 2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International KeyWords: (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

drawing, innovation, method,

engineering drawing,

AutoCAD,

QuizMaker,

test,

technology, form,

design introduction, graphic literacy.

"Uzatmalar" mavzusini o'qitishda "iSpring Quiz Maker" dasturidan foydalanib, talabalarga nostandart testlar orqali bilish faolligini faollashtirish

ANNOTATSIYA

Kalit soZlar: Mazkur maqolada "Uzatmalar" mavzusini o'qitishda interfaol

chizma, metodlardan foydalanishning nazariy asoslari yoritib berilgan.

in>"ubatSiya' Shuningdek, "Uzatmalar" mavzusi bo'yicha talabalarga o'z-o'zini

chizmachilik, nazorat qilish uchun "iSpring QuizMaker" dasturidan foydalanib,

AutoCAD, nostandart testlarning bir nechtasini pedagogik va kommuni-

QuizMaker, katsion texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqilgan. shakl,

texnologiya,

test, grafik savodxonlik.

1 PhD, Department of Engineering and Computer Graphics, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami.

Tashkent, Uzbekistan.

E-mail: [email protected].

Science

Активизация познавательной деятельности учащихся с помощью нестандартных тестов с использованием iSpring Quiz Maker по обучению "Передачам"

QuizMaker, форма, технология, тест,

графическая грамотность.

Innovatsion texnologik jarayonlar har qanday sohaga o'z ta'sirini o'tkazgani kabi ta'lim sohasida kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, o'qitishning sifatini oshirib, talabalarning fikrlash qobiliyatini kengaytirish, talabalarga mustaqil o'zlashtirish faoliyatini kuchaytirish hozirgi zamonning dolzarb masalasiga aylanib bo'ldi. Zamonaviy sharoitda ta'lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo'lga kiritishga imkon beradi, o'qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi.

Bugungi kunda darslarni zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texno-logiyalar asosida o'tkazishga katta e'tibor berilayotgan bir vaqtda, hozirgi kun o'qituvchisi pedagogik texnologiyalar bilan birga axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalana olishi lozim. Ya'ni, pedagogik faoliyatda amaliy dasturiy vositalardan foydalanish, MS Office dasturlarida elektron o'quv-metodik materiallarni yaratish usullari (Microsoft Word, Archi CaD, Autodesk 3dsMax, AutoCAD, iSpring QuizMaker, Excel, Power Point)ni har bir o'qituvchi bilishi zarur bo'lib qoldi. Ushbu dasturiy vositalardan chizma geometriya, chizmachilik fanlarini o'qitishda ta'lim sifatining o'shishiga yordam beradi.

Chizmachilik fanining eng katta bo'limlaridan biri "Mashinasozlik chizmachiligi" bo'lib, u texnika va ishlab chiqarish sohasiga bag'ishlangan bo'lib uning rivojlanishi va taraqqiy etishi aynan shu fanning grafik ta'minotiga bog'liq. Ma'lumki, mashinasozlik chizmachiligida mashina detallarining ishchi chizmalarini taxt qilish qoidalari, talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda turli buyum va moslamalarning takomillashtirilgan variantlarini loyihalash, konstruktorlik ishlari ham o'rganiladi. Shu sababli talabalar fazodan tekis chizmaga yoki, aksincha, tekis chizmadan fazoga ko'chishda, loyihalash ishlarini amalga oshirishda biroz qiynaladi.

Ma'lumki, uzatmalardan texnikada keng foydalaniladi. Ularning turlari, foydalanish maqsadlari hamda har birining ishchi chizmalarini bajarish qoidalarini bilish talab etiladi. Bunda g'ildiraklarning parametrik formulalarini bilish va uni amalda tatbiq qila olish lozim bo'ladi.

Shu maqsadda mashinasozlik chizmachiligining asosiy mavzularidan biri bo'lgan uzatmalar mavzusi misolida ko'rishimiz mumkin. Talabalar uzatmalar mavzusini o'zlashtirishida, ularni loyihalashdagi qobiliyatlarini grafik savodxonligini ta'minlash, ta'limda sifat va samaradorlikka erishih uchun fanni o'qitish jarayonida interfaol metodlar, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan unumli foydalanishi zarur.

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

чертёж,

инновация,

метод,

черчение,

AutoCAD,

В данной статье рассматривается одна из самых трудоёмких тем по предмету «Черчение» «Передачи» с использованием интерактивных методов. В статье разработаны несколько видов тестов в программе QuizMaker» для проверки знаний учащихся.

Tishli ilashmalarda aylanma harakat tishli g'ildiraklar vositasida uzatiladi. Bu ilashma uzatish g'ildirak tishlarining o'zaro ilashishidan hosil bo'ladi. Tishli g'ildiraklar aylanma harakatni yetakchi valdan yetaklanuvchi valga uzatishda ishlatiladi. Shuning uchun tishli g'ildiraklardan biri yetakchi, ikkinchisi yetaklanuvchi hisoblanadi. Ikkalasi-ning tishlarini o'lchamlari bir-biriga mos kelishi shart.

Yetakchi va yetaklanuvchi vallar bir xil aylanish soni, ya'ni bir xil tezlik bilan harakatlansa, u holda bu vallarga tishlarining soni teng bo'lgan bir xil tishli g'ildiraklar o'rnatiladi. Agar yetaklanuvchi val yetakchi valga nisbatan sekinroq aylanishi kerak bo'lsa, u vaqtda yetaklanuvchi valga tishlarning soni ko'proq bo'lgan tishli g'ildiraklar o'rnatiladi yoki aksincha. Bu erda tishlarining soni kam bo'lgan g'ildirak shesternya, tishlarining soni ko'proq bo'lgani tishli g'ildirak deyiladi.

Yetakchi va yetaklanuvchi vallarning geometrik o'qlari o'zaro paralel bo'lsa, u vaqtda aylanma harakat silindrik tishli g'ildiraklar yordamida uzatiladi. Agar yetakchi va yetaklanuvchi vallarning geometrik o'qlari o'zaro kesishishsa (to'g'ri yoki o'tmas burchak ostida), u holda harakat konussimon tishli g'ildiraklar orqali uzatiladi. Mabodo vallarning geometrik o'qlari o'zaro ayqash (kesishmaydigan, chalmashuvchi) bo'lsa, aylanma harakat vint (chervyak) va chervyakg'ildiragi orqali uzatiladi. Bordi-yu shesternyaning aylanma harakatini ilgarilanma harakatga o'zgartirish lozim bo'lsa, u vaqtda mexanizmga reyka o'rnatiladi.

1-chizma. Tishli g'ildirak va shesternyalar tishlarning soni har xil bolishiga qaramay,

ularning modullari bir xil bo'ladi.

jyw e) W f)

Tishli g'idirakning tasnifi quyidagicha:

- tishlarning profiliga binoan evolventasimon tishli, qavariq va botiq tishli (Novikov ilashmasi) va sikloidali tishli;

- tishning turiga qarab to'g'ri tishli, qiyshiq tishli, shevronli;

- val o'qlarining o'zaro joylashishiga nisbatan silindrik uzatmalar to'g'ri tishli (1.1-shakl, a); qiyshiq tishli (1.1-shakl, b); shevronli tishli (1.1-shakl, c); konussimon uzatmalar (to'g'ri tishli, 1.1-shakl, d); qiyshiq tishli (1.1-shakl, e); aylanma tishli (1.1-shakl, f); vintli (1.1-shakl, g); chervyakli (1.1-shakl, h) ; gipoidli (1.1-shakl, k) uzatmalar;

Dastlab talabalarning bilishi va o'zlashtirishi kerak bo'lgan nazariy ma'lumotlarni keltiramiz va so'ngra qoyilgan muammoning yechimini bajarishga misollar keltiramiz.

Friksion uzatmada ikki silindrik g'ildirak o'zaro ishqalanib, aylanma harakat qiladi. O'zaro ishqalanib aylanma harakat qilayotgan silindrlarni boshlang'ich silindrlar deb qabul qilib, ularning diametrlarini boshlang'ich yoki bo'luvchi aylanalar diametri deb hisoblash mumkin. Tishli g'ildirak chizmasida bunday aylanalar shtrix-punktir bilan tasvirlanadi. G'ildirak tishlarining kallaklari shu boshlang'ich aylanadan yuqorida, tish oyog'i (tubi)ning qismlari shu boshlang'ich aylanalarning ostida joylashadi. Shunday qilib, boshlang'ich yoki bo'luvchi aylana tishlarni ikkiga ajratuvchi yoki bo'luvchi aylana hisoblanadi.

2-chizma. Har qanday tishli g'ildirakning chizmasini chizish boshlang'ich aylanadan boshlanadi. Qolgan geometrik parametrlari quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanadi (2-

chizma).

boshlang'ich (bo'luvchi) aylana diametri

tish kallagining balandligi

tish oyog'ining balandligi

tishning umumiy balandligi

tashqi (chiqiqlar) aylana diametri

ichki (o'yiqlar) aylana (tish oyog'i aylanasi) diametri

tishli g'lldirak qalinligi

gupchak diametri

gardish diametri

disk (mustahkamlash devori) qalinligi

d=mz; ha = m; hf = 1,25 m; h = 2,25 m; dt=m (z+2); di = d2,5 m; b= (6... 10) m,

dgup (1.6... 2) dv; dgar =d-(6...10) m;

k= 0,36;

diskdagi engillashtirish teshiklari diametri D =0,5(dga-dgup)

diskdagi engülashtirish teshiklarning markazlari diametri de =0,25(dgar -dgup),

gupchakning uzunligi gp = 1,1 b;

shponka uchun o'yiq (paz) o'lchamlari standartda belgilangan jadvaldan olinadi.

Tishlarning normal qadami Pt, doiraviy tishning normal qalinligi - St boshlang'ich aylana bo'yicha o'lchanadi. Boshlang'ich aylananing uzunligi qadami Pt ning tishlar soni zga ko'paytirilgan qiymatiga, ya'ni Pt' zga teng. Demak, aylana uzunligi n' d = Pt' zbo'ladi. Bundan boshlang'ich aylana diametri d = (Pt /n) z bo'lib, m = Pt /n bo'ladi. Shuning uchun boshlang'ich aylana diametrining ifodasini quyidagicha yozish mumkin: d=mm z, u vaqtda m = (d/z) bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, modul m tishli g'ildirakning bitta tishiga boshlang'ich aylananing qancha qismi to'g'ri kelishini ifodalovchi son ekan. Shunday qilib modul m va tishlar soni z tishli ilashmalarni (g'ildirakni) aniqlovchi asosiy qiymatlar hisoblanadi.

O'qituvchi interfaol ta'lim yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o'z-o'zini nazorat qilish va boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o'z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo'ladi. Eng muhimi, interfaol ta'lim texnologiyasini qo'llash orqali o'qituvchi talabalarning aniq ta'limiy maqsadga erishish yo'lida o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo'naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Bugungi kunda jahon ta'lim tizimida interfaol ta'limning quyidagi asosiy shakllari keng qo'llanilmoqda:

• Ijodiy topshiriqni bajarish.

• Test o'tkazish (nostandart testlar).

• Masofaviy ta'lim.

• "Chigal yozdi" mashqlarini tashkil etish.

• Muammoli vaziyatlarni hal qilish.

• Treninglar o'tkazish.

• Didaktik o'yinlar (ishbilarmonlik, rolli va imitatsion o'yinlar).

• Ijtimoiy loyiha (musobaqa, forum, intervyu, aksiya, tomosha, ko'rgazma).

• ijtimoiy zahiralardan foydalanish (mutaxassisni taklif etish, ekskursiya).

• Yangi materialni o'rganib, mustahkamlash (interfaol ma'ruza).

IScience

iArouyA Ci'm Срлсе

"Uzatmalar" mavzusi bo'yicha talabalarga o'z-o'zini nazorat qilish uchun "iSpring QuizMaker" dasturidan foydalanib, nostandart testlarning bir nechtasini ko'rib chiqamiz. 1. Rasmda berilgan uzatma turlariga mos raqamlarni aniqlang va yozing.

5

6

Uzatma turlari nomi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Raqamlar

Konus tishli uzatma

Chervyakli ilashma

Reykali ilashma

Zanjirli uzatma

Xrapovikli mexanizm

Friksion uzatma

Silindr tishli uzatma

Tasmali uzatma

To'gri javob:

Rasmda berilgan uzatma turlariga mos raqamlarni aniqlang va yozing

5

Uzatma turlari nomi

Raqamlar

Konus tishli uzatma

Chervyakli ilashma

Reykali ilashma

Zanjirli uzatma

Xrapovikli mexanizm

Friksion uzatma

Silindr tishli uzatma

Tasmali uzatma

4

3

1

2

7

8

1

3

4

2

7

6

8

8

4

7

5

3

1

6

2

2. Tishli uzatmalarning turlarini uningxususiyatlari bilan juftlang.

1. Silindr tishli uzatma A Uzatma g'ildiraklarining vali o'zaro kesishuvchi bo'lganda ushbu uzatmadan foydalaniladi.

2. Konus tishli uzatma B Valdagi aylanma harakatni ilgarilanma harakatga (yoki aksincha) aylantirib berishda ushbu ilashmadan foydalaniladi.

3. Chervyakli ilashma C Uzatma g'ildiraklarining vali o'zaro parallel bo'lganda ushbu uzatmadan foydalaniladi.

4. Reykali ilashma D Uzatma g'ildiraklarining vali o'zaro chalmashuvchi bo'lganda ushbu ilashmadan foydalaniladi.

Javob: 1- 2 - 3 - 4 -

To'g'ri javobi:

Javob: 1 - C 2 - A 3 - D 4 - B

3. Rasmda berilgan silindrik tishli g'ildirakning elementlariga mos raqamlarni aniqlang va yozing.

G'ildirak elementlari

Raqamlar

botiqlar aylanasi

bo 'luvchi aylana

cho 'qqilar aylanasi

g'ildirak gupchagi aylanasi

g'ildirak vali

g'ildirak gupchagi eni

g'ildirak eni

To'g'ri javobi:

G'ildirak elementlari

Raqamlar

botiqlar aylanasi

7

bo 'luvchi aylana

cho 'qqilar aylanasi

g'ildirak gupchagi aylanasi

4

g'ildirak vali

g'ildirak gupchagi eni

g'ildirak eni

6

5

3

2

1

4. Tishlig'ildirakning elementlarini uningxususiyatlari bilan juftlang.

1. Tish kallagi A G'ildirakda shponka uchun ochilgan prizmatik o'yiq.

2. Tish oyog'i B G'ildirakni b=(6+8)m formula bilan aniqlanadigan parametri.

3. G'ildirak eni D Tishni bo'luvchi va cho'qqilar aylanasi orasidagi balandlik masofasi.

4. Shponka ariqchasi E Bitta tishning bo'luvchi aylanada egallagan uzunligi.

5. Tish moduli F Tishni bo'luvchi va botiqlar aylanasi orasidagi balandlik masofasi.

Javob: 1 - 2 - 3 - 4 - 5 -

Javobi:

Javob:

1 - D

2 - F

3 - B

4 - A

5 - E

Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarning qo'lla-nilishidan maqsad shundaki, bunda talabalarning o'tilgan mavzularni oson o'zlashtirishi va malakalarini oshirishiga erishiladi va ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Har bir o'qituvchi pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi va amaliyotda ulardan samarali foydalana olishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - T.: Cho'lpon, 2005.

2. Raxmonov I., Qirg'izboyeva N., Ashirboyev A., Valiyev A., Nigmanov B. Chizmachilik. -T.: "Voris-nashriyot", 2016. - B. 456.

3. N.X. Gulomova Chizmachilik (Mashinasozlik chizmachiligi) o'quv qo'llanma "Fan va texnologiyalar" nashriyoti - T.: 2017. - B. 81-82.

4. N.X. Gulomova Chizmachilik darsligi "Fan va texnologiyalar" nashriyoti - T.: 2019 - B. 185-186.

5. А.Н. Валиев, Д.Ж. Туланова, Н.Х. Гуломова, Современные педагогические и инновaционныe технологии обучения на занятиях по черчению // Молодой ученый 2018. - № 3. - С. 183-189.

6. A. Abduraxmonov Chizmachilikdan grafik ishlar tizimi. - Toshkent: "Cho'lpon", 2005.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. X.A. To'raev, N.X. Gulomova A.E. To'raqulov Chizmachilik (ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar) (metodik qo'llanma) "Surxon-Nashr" Termiz. - 2019.

8. N.X. Gulomova, I.S. Saidova "Uzatmalar" mavzusini o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish metodikasi "Zamonaviy arxiekura va qurilishning dolzarb muammolari" Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. - T., 2018. - B. 85-93.

9. N.X. Gulomova "Og'ma qirqim va kesim" TDPU Rizografi. - 2012.

10. I. Rahmonov, A. Abdurahmonov "Chizmachilikdan ma'lumotnoma". Toshkent, A. Navoiy nomidagi milliy kutubxona nashriyoti, 2005.

11. Туланова Д.Ж., & Гуломова Н.Х. (2018). Технология и условия проведения дидактических игр в процессе преподавания черчения в вузе. In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества (PP. 89-93).

12. Валиев А.Н., Туланова Д.Ж., & Гуломова Н.Х. (2018). Современные педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению. Молодой ученый, (3), 183-184.

13. Gulomova N. (2021). Use of interactive methods for students in teaching drawing lessons (on the example of views). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1637-1642.

14. Saydaliyev S., & Gulomova N. (2019). Development of Spatial Thinking of Students Based on the Traditions of Eastern Architecture. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 14(2), 210-214.

15. Gulomova N., & Saidaliyev S. (2020). Development of Emergency Image in Students Psychological-Pedagogical Problems. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 18(2), 181-186.

16. Sobitovich B.S., Ahmedovich M.N., Erpolatovich T.N., Khotamovna G.N., & Jurakhanovna T.D. (2020). PRINCIPLES OF USING SCIENTIFIC DISCOVERIES IN MODERNIZATION OF THE ART EDUCATION SYSTEM. Journal of Critical Reviews, 7(11), 2020.

17. Гуломова Н.Х., & Туланова Д.Ж. (2017). Использование законов перспективы при обучении изобразительному искусству: Материалы науч.-практ. конф. Какандский государственный педагогический институт (Республика илмий амалий конференция мацолалари туплами. Кукон Давлат педагогика институти). In Какандский государственный педагогический институт (Республика илмий амалий конференция маколалари туплами. Кукон Давлат педагогика институти).

18. Gulomova N. (2021). Chizma geometriya, chizmachilik darslarida talabalarga testlar orqali ularning bilimini aniqlash. Грааль науки, (4), 404-408.

19. Saydaliyev S.S., & Gulomova N.K. (2015). UMUMIY O 'RTA TA'LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY SAN'AT DARSLARINI SIFAT VA SAMARADORLIGINING OSHIRISH. FORMATION A CULTURE OF INDEPENDENT THINKING IN THE EDUCATIONAL PROCESS, 161.

20. Саидалиев С.С., Гуломова Н.Х., & Туланова Д.Ж. (2017). Методы эффективного использования законов перспективы при обучении изобразительному искусству. Молодой ученый, (7), 462-469.

21. Рихсибаев Т. (2013). Еще раз о трисекции угла, но не последней. Журнал «Педагогик таълим, 6, 70-74.

22. Xadicha G'Ayratjon Qizi Abdusalomova, & Nozima Xotamovna Gulomova (2021). SAN'AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA NAZAR. Scientific progress, 2 (2), 663-669. Xadicha G'ayratjon Qizi Abdusalomova, & Nozima Xotamovna Gulomova (2021). SAN'AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA NAZAR. Scientific progress, 2 (2), 663-669.Xadicha G'Ayratjon Qizi Abdusalomova, & Nozima Xotamovna Gulomova (2021). SAN'AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA NAZAR. Scientific progress, 2 (2), 663-669.

23. Alimovich N.E. (2021). Determination Of General Positions for The Solution of Geometric Tasks. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2), 237-241.

24. Jabbarov R. (2021, June). HISTORICAL DEVELOPMENT OF TRADITIONS AND STUDENT TRADITIONS. In Конференции.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.