TALABALARNI MASOFADAN O'QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING QULAYLIKLARI
Nozima Xilola Ikrom qizi Muslimaxon Aziza Savronboy
Xotamovna Abdullayeva Baxodirxon qizi qizi
Gulomova Abdurashidxonova Abdurazzoqova
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
ANNOTATSIYA
Maqolada dars jarayonida talabalarning faolligini oshirish maqsadida o'qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish metodlari bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Chizmachilik, talaba, kompyter, samarali dars, tushuncha, zaruriyat, standart, mashg'ulot, ketma-ketlik, uzviylik, didaktik talab.
CONVENIENCE OF MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES FOR DISTANCE LEARNING OF STUDENTS
ABSTRACT
This article includes modern technologies of teaching the subject, methodological recommendations are given on the methodology of using modern pedagogical technologies and teaching methods in order to increase the activity of students during classes.
Keywords: Fine art, spatial thinking, student, a computer, lesson reproduction, didaktik, standards, rules, alternation, duration.
Ilm-fan, texnika-texnologiyalar rivojlanib borayotgan hozirgi davrda barkamol avlod ta'lim-tarbiyasi hamda kelajakda yuksak malakali, etuk kadrlar bo'lib etishlari uchun talab oshib bormoqda. Oliy ta'lim muassasalari qurilishi va rekonstruktsiyasi maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida amalga oshirilib, bugungi kun oliygohlarning yangi qiyofasi yaratilmoqda, ta'lim muassasalari zamonaviy o'quv jihozlari, texnikalar va kompyuterlar bilan ta'minlanmoqda. Masofadan o'qitish bugungi kunning yangi zamonaviy formasidir.
Bu jarayonda Oliy ta'lim muassasalarida yaratilgan zamonaviy texnik imkoniyatlar hamda ta'lim mazmuniga tuzatishlar kiritish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, pedagog kadrlar mehnatini rag'batlantirish tizimini takomillashtirish bilan bog'liq holda o'quv-tarbiyaning nazariy va amaliy jarayonida sezilarli yutuqlarga erishilayotganligi kuzatilmoqda. Talabalarning bilim olish motivatsiyalarini shakllantiruvchi mexanizmlarni va o'qitishning yangi shakl,
noan'anaviy uslublari orqali ularning bilish jarayonlarini faollashtirish tizimini takomillashtirish hamda tizimi orqali ta'lim-tarbiya jarayoni sifatini boshqarish va grafik ta'limning uzviylik mexnizmlarini ishlab chiqib amalga joriy etish zarurati mavjud. Bu o'z navbatida maktab o'qituvchilari, balki barcha ta'lim muassasalari pedagoglari zimmasiga ham ma'suliyatli vazifani yuklaydi. Bu vazifalar tizimida grafik bilim olishga yo'naltirilgan ta'lim alohida e'tiborga molik masalalar sarasiga kiradi. Zero, talabaga u yoki bu bilimlarni o'rgatib qolmasdan, unda mustaqil ravishda, o'qituvchi yordamisiz grafik bilimlarni orttirish malakasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda fan va texnikaning tez rivojlanishi talabalarga etkaziladigan axborot hajmining keskin pasayishiga sabab bo'lmoqda. Oliy ta'lim tizimida o'quv mashg'ulotlariga ajratilgan soatlarni uzaytirsh bu vazifani amalga oshirishda zamonaviy texnik vositalari muhim o'rin tutadi. Ta'lim berishda o'qitishning texnik vositalaridan foydalanish o'qitishni va samarasini oshirish o'rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Ta'limning texnik vositalari bilan olib borilgan dars talabaning darsga bo'lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi. Oliy ta'lim muassasalarida talabalar ta'lim jarayonida axborotlarni tez qabul qilib olishi, ularni tahlil etishi, nazariy jihatdan umumlashtirishi, xulosani hamda talabaga yetkazib berishni yo'lga qo'yish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Oliy ta'lim muassasalari ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish bugungi kun muammolaridan biri bo'lib, uni samarali qo'llash orqali maqsadlarimizga erishishimizda imkoniyatlar yaratiladi. Masofadan o'qitish, bu mustaqil o'qishdir. Bu usul insonning mustaqil fikrlash, o'z bilimini baholash, xulosa chiqarish, o'z ustida ishlash, ko'proq ma'lumot to'plahga yo'naltirilgan. Bu usulning yana bir qulayligi, bunda talaba o'ziga qulay, hatto ishdan ajralmagan holda o'qishi mumkin. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda bu usul keng qo'llanilmoqda. 2019 yildan boshlab, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 4 -kurs bakalavr talabalari malakaviy pedagogik amaliyot bilan birgalikda hamda sirtqi bo'lim talabalari ham masofadan o'qishmoqda.
Ko'pgina oliy ta'lim muassasalari o'z mutaxassislari malakasini oshirish yoki seminar mashg'ulotlarini shu usuldan foydalanishmoqda. Bu usuldan foydalanilsa, millionlab mablag'ni tejab qolish mumkin. Buning uchun birinchi navbatda talabalarning dunyoqarashi shakllangan bo'lishi lozim.
Masofadan o'qitish bu internet tarmog'i orqali talabaga qulay bo'lgan vaqtda ilm olishidir. Talabani o'qitishga uslubiy materiallar asosan quyidagilardan iborat: Darslik; Audio va video darsliklar; Online ya'ni- Zoom darslar, Telegram orqali (internet sahifa); Elektron kutubxonalar; Testlar; Multimedia-elektron darsliklar; Animatsiya (Taqdimotlar).
Texnologiyalaming rivojlanib borayotgan ayni vaqtda ma'lum bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni axborot texnologiyalari, jumladan muhandislik grafikasi va chizma geometriya, chizmachilik fanini kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Har bir mutaxassis muhandislik grafikasi va chizma geometriya, Chizmachilik fanlarini kompyuter savodxonligi, axborot texnologiyalarini puxta egallagan bo'lishi lozim. Bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta'lim soxasida tub islohatlar amalga oshirilmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi» deb ta'kidlangan. Shu sababli ham muhandislik grafikasi va chizma geometriya, chizmachilik va boshqa sohadagi fanlarini talabalarga o'qitishda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish jarayoni uchun bir necha mehanizmlarni ishlab chiqish zarur.
Texnologiyalar vositasida tashkil etilgan dars jarayonida quyidagi ijobiy holatlar vujudga keladi:
• xotira va diqqatning uzviy aloqadorligi oshadi;
• talabaning o'quv materiallariga va fanga qiziqishini orttiradi;
• talaba bilan o'qituvchi orasida muloqot tezlashadi;
• talabaning fazoviy tasavvur ob'ektlari rivojlanadi;
• o'quv jarayonidagi o'zaro hamkorligi vujudga keladi;
• o'qituvchi va talabaning bilim saviyasini boholay oladi;
• o'qituvchi talabaning gafik ishlarni mustaqil bajarish uchun yo'naltira oladi;
• mustaqil bilimlarni o'zlashtirishga undaydi;
• adabiyotlardan, o'quv-uslubiy qo'llanmalardan, Internet tarmog'idan, tavsiiya va elektron darsliklardan foydalanishga chorlaydi.
Bu kabi imkoniyatlar bilan uyg'unlashgan dars jarayonida talaba nafaqat mavzuni, u bilan bog'liq bilim, voqea-xodisalarga individual yondashishga o'rganadi.
Respublikamizda boshqa mustaqil davlat hamdo'stligi mamlakatlariga o'xshab o'zining ta'lim sohasini jahon standarlariga moslab, ko'p xarakatlar qilinmoqda. Mamlakatimizning maydoni kattaligi va markazdan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi elektron ta'limni rivojlanishiga asosiy sabab bo'lib, unga katta ahamiyat berilishiga olib kelmoqda. Hozirgi davrda ta'limning bu turidan keng miqiyosida foydalanish lozim.
REFERENCES
1.Усмонов, Б. Ш., Дадабоева, Д. И., & Валиева, З. Т. (2021). NX-ЭТО ИНТЕГРИРОВАННОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ПРОЕКТИРОВАНИЯ ПРОДУКТОВ, РАЗРАБОТКА И ПРОИЗВОДСТВО. Scientific progress, 2(1), 825-834.
2. Аширбаев, А. (2021). ЧИЗМАЧИЛИК ТАЪЛИМИНИНГ УЗВИЙЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА УНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ. ГРААЛЬ НАУКИ, (6), 434-439.
3. Аширбаев, А. (2021). Chizmalarga o 'lcham qo 'yishda yuzaga kelishi mumkin bo 'lgan tipik xatolar va ularning oldini olish omillari. Общество и инновации, 2(3), 7-15.
4.Gulomova, N. (2021). Use of interactive methods for students in teaching drawing lessons (on the example of views). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(1), 1637-1642.
5. Saydaliyev, S., & Gulomova, N. (2019). Development of Spatial Thinking of Students Based on the Traditions of Eastern Architecture. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 14(2), 210-214.
6. Gulomova, N., & Saidaliyev, S. (2020). Development of Emergency Image in Students Psychological-Pedagogical Problems. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 18(2), 181-186.
7.Гуломова, Н. Х., & Туланова, Д. Ж. (2017). Использование законов перспективы при обучении изобразительному искусству: Материалы науч.-практ. конф. Какандский государственный педагогический институт (Республика илмий амалий конференция маколалари туплами. Кукон Давлат педагогика институти).
In Какандский государственный педагогический институт (Республика илмий амалий конференция маколалари туплами. Кукон Давлат педагогика институти).
8.Gulomova, N. (2021). CHIZMA GEOMETRIYA, CHIZMACHILIK DARSLARIDA TALABALARGA TESTLAR ORQALI ULARNING BILIMINI ANIQLASH. ГРААЛЬ НАУКИ, (4), 404-408. https://doi.org/10.36074/grail-of-science.07.05.2021.075
9.Саидалиев, С. С., Гуломова, Н. Х., & Туланова, Д. Ж. (2017). Методы эффективного использования законов перспективы при обучении изобразительному искусству. Молодой ученый, (7), 462-469.
10.Saydaliyev, S. S., & Gulomova, N. K. (2015). UMUMIY O 'RTA TA'LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY SAN'AT DARSLARINI SIFAT VA SAMARADORLIGINING OSHIRISH. FORMATION A CULTURE OF INDEPENDENT THINKING IN THE EDUCATIONAL PROCESS, 161.
11. Jabbarov, R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 285-288.
12.Gulomova , N., Abdusalomova , X., & Abdusalomova , M. (2021). YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA AMALIY SAN'AT TA'LIMINING O'RNI VA AHAMIYATI. Збiрник наукових праць AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-01.10.2021.v2.33
13. Xadicha G'Ayratjon Qizi Abdusalomova, & Nozima Xotamovna Gulomova (2021). SAN'AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA NAZAR. Scientific progress, 2 (2), 663-669.
14.Валиев Аъзамжон Нематович. (2021). Об Особенностях Перспективы Простых Геометрических Фигур И Проблемах В Ее Обучении. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 54-61. Retrieved from http://caj otas.centralasianstudies.org/index. php/CAJOTAS/article/view/116
15.Avazboyev, A., & Jamaldinova, M. (2021). Texnologiya fanini "STEAM-ta'lim" yondashuvi asosida o'qitishning mohiyati va afzalliklari. Жамият ва инновациялар, 2(5), 109-115. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5-pp 109-115
16.Gulomova, N. (2021). "Uzatmalar" mavzusini o'qitishda "iSpring Quiz Maker" dasturidan foydalanib, talabalarga nostandart testlar orqali bilish faolligini faollashtirish. Жамият ва инновациялар, 2(5), 8-18. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5-pp8-18
17.Jabbarov, R. (2021). Sharq uyg'onish davri yetuk san'atkori buyuk miniatyurachi musavvir Kamoliddin Behzod ijodi ta'sirida yuzaga kelgan o'ziga xos yo'nalish. Жамият ва инновациялар, 2(5/S), 59-67. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67
18.S.S. Saydaliev, & B.V.Nigmanov. (2021). The Role of Human and Space in the Comparation of Parts of Buildings and Structures in Architecture. Middle European Scientific Bulletin, 11. https://doi.org/10.47494/mesb.2021.11.496
19.Xadicha G'Ayratjon Qizi Abdusalomova, & Nozima Xotamovna Gulomova (2021). SAN'AT VA MADANIYAT SAHOSIDAGI ISLOHOTLAR BILAN ERTANGI KUNGA YANGICHA NAZAR. Scientific progress, 2 (2), 663-669.
20.Malikov, K. G. (2020). Theory and practice of construction of axonomertic projects. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).
21.Gafurovich, M. K. (2021). Axonometry New Practical Graphical Methods For Determining System Parameters. Psychology and Education Journal, 58(2), 5710-5718.
22.Valiev, A. (2021). ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING. Зб1рник наукових працъ SCIENTIA. вилучено i3 https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10540
23.Muratov, H. (2021). THE IMPORTANCE OF ORGANIZATION AND MANAGEMENT INDEPENDENT EDUCATION IN THE LEARNING PROCESS. Збгрник наукових працъ AörOZ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.40
24.Xolmuratovich, M. X., & Ravshanovich, J. R. (2020). Amaliy va badiiy bezak san'ati. UO'K, 76, 075.