Научная статья на тему 'CHET TILLАRINI MАSОFАVIY O‘QITISHDА INTERFАОLLIK MUАMMОSI'

CHET TILLАRINI MАSОFАVIY O‘QITISHDА INTERFАОLLIK MUАMMОSI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
331
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / pedagogika / metod / axborot-texnalogiya / xorijiy til / masofaviy ta’lim / texnika / tizim. / Education / pedagogy / methods / information technology / foreign language / distance learning / technology / system.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Chimpo‘latova, Sevara Alisherovna

Ushbu maqolada ta’lim berish jarayoninig bugungi kundagi vazifalaridan biri talabalarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta’lim sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata olishga, axborot oqimidan oqilona faydalanishga o’rgatishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF INTERACTION IN DISTANCE LEARNING OF FOREIGN LANGUAGES

This article оne of the tasks of the educational process today in this article is to teach students to work independently in a growing information-educational environment, to use the flow of information wisely.

Текст научной работы на тему «CHET TILLАRINI MАSОFАVIY O‘QITISHDА INTERFАОLLIK MUАMMОSI»

Scientific Journal Impact Factor

CHET TILLARINI MASOFAVIY O'QITISHDA INTERFAOLLIK

MUAMMOSI

Chimpo'latova Sevara Alisherovna

Jahon Iqtisodiyodi va Diplomatiya Universiteti Sharq tillari kafedrasi

o'qituvchisi Schimpulatova@gmail .com

Ushbu maqolada ta 'lim berish jarayoninig bugungi kundagi vazifalaridan biri talabalarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta 'lim sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsata olishga, axborot oqimidan oqilona faydalanishga o'rgatishdan iborat.

Kalit so'zlar: Ta'lim, pedagogika, metod, axborot-texnalogiya, xorijiy til, masofaviy ta 'lim, texnika, tizim.

Одна из задач учебного процесса сегодня в этой статье - научить студентов работать самостоятельно в растущей информационно-образовательной среде, грамотно использовать поток информации.

Ключевые слова: Образование, педагогика, методы, информационные технологии, иностранный язык, дистанционное обучение, технологии, система.

This article оne of the tasks of the educational process today in this article is to teach students to work independently in a growing information-educational environment, to use the flow of information wisely.

Keywords: Education, pedagogy, methods, information technology, foreign language, distance learning, technology, system.

Ta'lim jarayoning eng qisqacha ta'rifini quyidagicha berish mumkin: ta'lim jarayoni o'ziga xos boshqaruv jarayoni hisoblanib, bunda pedagogik tizimga maqsadli yo'naltirilgan holda ta'sir ko'rsatilishidir.

Ma'lum ma'noda shuni ta'kidlash mumkinki, ta'lim jarayonida bilimlar tashkillashtiriladi va o'zgalarga uzatiladi. Mazkur jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun pedagogika fanida maxsus ta'lim metodlari qo'laniladi. Bu metodlar pedagogik tizimlarni oqilona boshqaruvni tashkil qilishga yordam beradi. Pedagogik metodlar tarkibi va mohiyatiga ta'lim berishning tiplari kiradi. Pedagogika fanida

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ta'lim asosan uchta turga ajratiladi: an'anaviy ta'lim berish usuli, pedagogik texnalogiyalarga asosolangan innovatsion ta'lim berish usuli, dasturlashtirilgan ta'lim berish usuli. Ta'lim berish jarayoninig bugungi kundagi vazifalaridan biri talabalami kun sayin oshib borayotgan axborot-ta'lim sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsata olishga, axborot oqimidan oqilona faydalanishga o'rgatishdan iborat.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Buning uchun ularga uzluksiz ravishda musaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. Bundan esa, ta'lim jarayonida ta'lim oluvchining diqqat markazida bo'lishini hamda yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlash ta'lim samaradorligini oshirish uchun muhum ekanligi ma'lum bo'ladi. Shuning uchun xorijiy til o'rgatish jarayonida turli innovatsion metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Xorijiy til o'rganishning va uni o'rgatishning pedagogik o'ziga xosligi chet tilidagi matnni idrok etish, chet tilidagi so'zlarni xotirada saqlash bilan talaba lar chet tilini o'zlashtirish jarayonida ularning o'zga tildagi tafakkuri kengayib borishini ta'minlashning pedagogik jihatlarini bilishni talab qiladi. Ta'lim oluvchining xorijiy tilni o'rganishi nafaqat o'zlashtirilgan bilimlarning hajmi va sifati bilan tavsiflanadi, balki bilim jarayonlarining tuzilishi bilan, talabadagi mantiqiy operatsiyalar va aqliy harakarlarning tizimi bilan ham tavsiflanadi. Bu esa mahsus metodlar orqali ta'lim oluvchining nazariy va amaliy ko'nikmalarini vijoylantirishni taqazo etadi.

Bu esa, turli ta'lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o'qitish keng qo'llanilayotganligi ham quvonchli hol. Ushbu ta'limning ko'plab afzallik tamonlari borligi ko'pchilikka ayon. Barcha oliy o'quv yurtlarida masofadan o'qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi masofadan o'qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadil. Masofadan o'qitishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. Ushbu texnologiyalar axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yo'l ochib berish bilan birga ularni muhofaza etish muammosini keltirib chiqaradi.

Masofadan o'qitishda o'qituvchi bilan tinglovchining orasida to'gridan - to'gri muloqatning yo'qligi ham ba'zi muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, muammoli o'qitish jarayonini tashkil etishda ma'lum qiyinchiliklar paydo bo'ladi. Tinglovchini yetuk mutaxasis qilib tayyorlashda muammoli o'qitishni tashkil etish muloqotni telekonferensiya orqali amalga oshirish mumkin. Ammo, bu bilan muammoni hal etish uchun qo'shimcha o'quv materiallarini ishlab chiqish lozim bo'ladi. Bular qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar, muammoli vaziyat hosil qiluvchi

ko'rsatmalar va hakozalar bo'lishi maqsadga muofiq. Ta'lim jarayonida yuqori

165

Scientific Journal Impact Factor

malakali, fan asoslarini puxta egallagan, har tamonlama yetuk mutaxasislarni tayyorlash asosiy maqsad qilib qo'yilgan. Shuning uchun hozirgi zamon talablariga muofiq xorijiy tillarni o'rganishda zamonaviy axborot texnologiya vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Chet tili darslarida zamonaviy o'quv - texnik vositalari, lingafon xonalari, multimedia, maxsus dasturlashtirilgan mavzular, ko'p tilli elektron lug'atlardan bevosita foydalanish maqsadga muofiqdir. Chet tillarini o'rgatishda masofaviy ta'lim usullaridan, matbuot, telekommunikatsiya va internet materiallaridan foydalanish o'quvchi - talabalarning faqat chet tillarini o'rganibgina qolmay, balki intelektual darajasini oshirish uchun axborot manbai bo'lib xizmat qiladi. Chet tilini o'qitishda eng samarali yondashuvlar qatorida axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositasida, masofaviy ta'limda til o'rgatish metodikalarini ko'rsatish mumkin. Komyutar texnologiyalari, ayniqsa, internetdan foydalanib til o'rganishda juda keng imkoniyatlar mavjud. Ular quyidagilarga namoyon bo'ladi: 1) chet tilida og'zaki munosabatlar bo'yicha o'zlashtirilgan bilimlari va malakalaridan amaliyotda faol foydalanib, olgan til materiallaridan faqat o'zining nutqida ema s, balki internet orqali tanishgan suhbatdoshi nutqini tushunishda ham foydalanishda o'rganish; 2) o'zlashtirgan nutqiy bilimlarini munosabatning o'zgaruvchan vaziyatlariga ko'chirish moslashuvchan ko'nikmasini shakllantirish; 3) norasmiy muloqat shaklida amalga oshiriladigan suhbatni uyushtirishga, so'zlashishni o'rganishga nisbatan kuchli, darhol yuzaga keladigan motivatsiyani va haqiqatga yaqin munosabat motivatsiyasini yaratish; 4) psixologik to'sqinlarni yengish, xususan, chet tilida so'zlashishdan va xatoga yo'l qo'yishdan cho'chish, to'sig'ini hamda ichki va tashqi tortinish hamda uyalish hissini yo'qotish; 5) ta'lim sifatining yuqori darajaga ko'tarilishi va darxol natijaliligi; mashg'ulotlar ikkinchi mashqdayoq, foydalanuvchilar asosiy o'quv matnida berilgan nutqiy qolipda o'rganayotgan chet tilida so'zlasha boshlaydilar; matn ta'sir ko'rsatish suggestiv vositalaridan (shu jumladan, xotiraga kiritish) foydalanib, mashg'ulotlar birinchi mashqdayoq etiborga olinadi; 6) ko'p sonli nutqiy, yuksak va grammatik birliklarni taqdim etish va o'zlashtirish; bir taqdim etishda 150 - 200 yangi so'zlar, 30 - 50 nutqiy namunalar va bir nechta odatiy nutqiy hodisalar kiritiladi va o'zlashtiriladi. Internet materiallarida so'zlashish ko'nikmalarini amalga oshirilishi sharti sifatida so'z boyligiga, til materiallari hajmiga unchalik katta talablar qo'yilmaydi. Biroq so'zlashish muloqot jarayonida shaxs sifatida to'laqonli ishtirik etish uchun foydalanuvchi egallab olishi kerak bo'lgan so'z va umuman, til materiallari hajmi zarur minimumini belgilaydi. Masofadan o'qitish kursining

Scientific Journal Impact Factor

maqsadi eng umumiy ko'rinishda birinchi navbatda, o'rganilayotgan tilda muloqat og'zaki shakliga tinglash va gapirishga o'rgatish bilan belgilanadi.

Bundan tashqari, kurs uzaytirilishi muloqat yozma shakllariga jiddiy e'tibor qaratish imkonini beradi. Yozma muloqat nutqiy faoliyatning o'qish va yozish (yozma nutq) kabi turlarini o'zlashtirishni ko'zda tutadi. Masofadan o'qitish kursida ta'lim maqsadlarini kengaytirish ilgari egallagan nutqiy malakalarini faollashtirishni, kommunikativ malakani yanada yuqori darajasini shakllantirish hamda foydalanuvchilarning Grammatik bilimlarini yanada chuqurroq tizimlashtirishni ko'zda tutadi. Masofaviy ta'limning samaradorligi tinglovchilarga xotiralarida ko'proq axborotni saqlab turish, o'zlarining xabardorliklarini kengaytirish, ishlarida yaxshiroq natijalarga erishish imkoniyatini beradigan omillardan biri interfaollik omilidir. Masofaviy ta'limda yuqorida aytilgan afzallik va qulayliklardan tashqari ba'zi bir muammolarga duch kelishimiz mumkin. Avvalambor masofaviy ta'lim jarayoniga mos va xos bo'lgan metod tanlab olishimiz maqsadga muofiq bo'ladi. Chunki har bir ta'lim tizimining samarali va muvaffaqiyatli bo'lishi unda qo'llanilgan metodlarga bog'liq albatta. Shu o'rinda ta'lim metodi tushunchasiga ta'rif berib o'tsak.

Ta'lim metodi bu - zamonaviy darajada o'quv tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan pedagog va ta'lim oluvchilarning o'zaro bog'liq faoliyat usullaridir. Chet tillarini masofaviy o'qitishda interfaol ta'lim metodini tanlash bu ayni maqsadga muofiq ish. Chunki interfaol ta'lim metodi ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali ta'lim oluvchilarning bilimlarini o'zlashtirishlarini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon qilish va ifodalash imkoniyati, maruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko'pligi, ta'lim oluvchilar tashabbus ko'rsatishga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, guruh jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim -tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega. Ana shularni inobatga olgan holda shuni aytishimiz mumkinki. Interfaol metod chet tillarini masofaviy o'qitish jarayonida ko'plab ijobiy natijalarga olib keladi. Chet tillarini masofaviy o'qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish ta'lim oluvchilarning ishtirokini faollashtiradi, ularni maksimal natijaga samaraga erishishga undaydi.

Scientific Journal Impact Factor

Shuningdek, interfaollik, o'qituvchilarga kursga murakkabroq materiallarni kiritishga yordam beradi. Interfaollikni ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilar tanishishi kerak bo'lgan muhitni imitatsiya qilish bilan qo'shib olib borish mumkin. Masalan, agar kurs kompyuter dasturidan foydalanishni nazarda tutgan bo'lsa, ekrandagi tasvirlar, ushbu dasturni ishlashda tasvirlanishi kerak bo'lgan rasmlarga mos kelishi kerak. Talabalarga esa, o'rganilayotgan masalalardan biriga mos keladigan amalni bajarish vazifasini berish lozim. Bu masalaga oid murakkabroq mavzular uchun tijorat jarayonini modellashtirish va o'quvchiga undan o'tishni tavsiya etish mumkin. Masofaviy ta'lim - interfaollikni nazarda tutgan internet texnologiyalarining maxsus vositalar bilan amalga oshiriladigan, o'qituvchi va talaba o'rtasida o'zaro ta'sir masofada amalga oshiriladigan va o'quv jarayoniga mos bo'lgan komyuterlarni aks ettirgan ta'lim shaklidir.

Yuqorida keltirilgan ta'riflardan masofaviy ta'lim mohiyatini tushunishga yagona tizim yo'q deb xulosa qilish mumkin. Biroq hozirgi vaqtda oliy o'quv yurtlarida masofaviy ta'limni masofaviy ta'limning texnologiyasi ko'rinishida keltirilgan, bu esa qonunchilik bazasi bilan mustahkamlanmagan. Chet tillarini masofaviy o'qitishda interfaol metodlarni qo'llashning asosiy maqsadi o'quvchilarni faol ta'lim olish jarayoniga jalb qilish, ularga bilish hamda izlanish malaka va ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Interfaol metodlar o'qituvchi va o'quvchining faol munosabati, bir - birini to'liq tushunishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o'quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi - dars qaysi shaklda bo'lmasin, qayerda o'qitilmasin darsda o'qituvchi bilan o'quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir. O'qituvchi darsiga tegishli muommolarga o'quvchilarni jalb etish, ularning harakatini faollashtirish va natijada o'zlashtirishlarni ta'limlashi lozim.

Masofaviy o'qitishda interfaol metod bugungi kun nuqtai - nazaridan eng lozim bo'lgan metodga aylanmoqda. Misol uchun men ma'lum mavzu yuzasidan o'z fikrimni bildiraman. Unga munosabat, boshqalarning fikri menga qiziq bunday vaziyatda aynan tarmoq orqali tarmoq orqali fikr almashish, nafaqat tanishlardan balki, internet orqali tanish yoki notanish bo'lgan boshqa foydalanuvchining fikrini bilish ham qiziq. Turli millat vakili turlicha fikr bildirishi mumkin. Ana o'shanda umumiy xulosani chiqarib olish imkoniyati yuzaga keladi. Interfaol metod o'qitilayotgan mavzuning ham tushunarliroq holda yetib borishi uchun xizmat qilishi mumkin. Fikr so'ralishi shunga binoan ma'lum mavzu tanlanishi. Oddiy misol ham mana shu ko'targan mavzuimizga bildirilayotgan fikrlarda ham mujassam.

Scientific Journal Impact Factor

Endi esa masofaviy ta'lim kamchiliklar haqida to'xtalib o'tsak; - Birinchi muammo bu - masofali o'qish odamlar bilan muloqat qilishni chegaralaydi. Masofali ta'lim ishtirokchilarning turli hududlarda (joylarda) bo'lishi mumkinligini e'tiborga olgan holda, ko'pchilik tinglovchilar an'anaviy ta'limga qaraganda, tyutor -maslahatchi va kursdoshlari tamonidan ko'proq shaxsiy e'tibor hamda ular bilan muloqat qilish imkoniyatlariga ega deb hisoblaydilar.

Sifatli masofali dasturlar talabalarni guruh bo'lib bajaradigan loyihalar va on -line munozaralar yordamida o'ziga tortadi. Bunda o'qituvchilar talabalar savollariga o'z vaqtida javob beradilar va ularning ishlarini doimiy ravishda baholaydilar, talabalar esa ko'proq o'zaro muloqot qilish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. Keyingi muammodan biri bu - masofaviy ta'lim kurslarida o'qiyotgan talabalarning bilimini baholashda aniqlik bo'larmikan? Olisda turib istalgan shpargalkadan foydalanish mumkin. Uning uchun hech qanday cheklovlar yo'q. - Navbatdagi muammolardan biri bu - vaqt. Ta'lim olish vaqti sizning qo'lingizda bo'lmaydi. Maxsus tayinlangan vaqtlardagini siz ta'lim olish imkoniga ega bo'lasiz. - Galdagi muammo bu - siz foydalanayotgan texnologiya bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Aytaylik texnikaning buzilib qolishi, yoki internet tezligining kam bo'lishi sizga noqulayliklar olib kelishi mumkin.

Ta'lim tizimida interfaol usulni qo'llaganda o'qituvchi talabani faol ishtirok etishga chorlaydi. Ba'zi hollarda talabaning kamgapligi yoki uyatchanligi, o'z fikrini ochiq ifoda etishda tortinchoqligi ta'lim sifatiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Bu hol albatta ta'lim samaradorligini tushurishga xizmat qilishi mumkin. Aynan ana shunday holatlarga duch kelmaslik va bunday holatlarni bartaraf etish maqsadida aynan masofaviy ta'limda boshqa ta'lim metodlarida nisbatan ko'proq interfaol metodni tanlash va amalda qo'llash ko'zlangan maqsadga tezroq va samaraliroq yetib olishga yordam beradi. Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda, talabaning o'zaro faolligi oshadi, hamkor, ijodkorlikda ishlash ko'nikmalari shakllanadi.

O'quv re'ja, dastur, darslik, standart me'yor, qo'llanmalar, mavzu mazmuni bilan ishlash malakalari shakllanadi. Ta'lim mazmunini, matnini mustaqil mutolaa qilish, ishlash, o'zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi. Ta'lim oluvchi erkin fikr bildirish, o'z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi. Eng muhimi o'quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya'ni talabaning ehtiyoj, xohish, istagi qondiriladi. O'quv - bilim jarayonida talabaning manfaatdorligi oshadi. Bu holat ta'lim oluvchini o'quv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga ko'taradi. Endi esa chet tillarini masofaviy o'qitishda interfaol usullardan foydalanishning afzalliklari haqida to'xtalsak, bunda birinchi galda

Scientific Journal Impact Factor

o'qitish mazmuni yaxshi o'zlashtirishga olib keladi. O'z vaqtida talaba - o'qituvchi -talaba orasida ta'limiy aloqalar o'rnatiladi. o'zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o'quv materiali yaxshi esda qoladi.

Ta'lim oluvchida o'zaro muloqatga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko'nikmalari shakllanadi. Har bir talabaning o'zi mustaqil fikr yurita olishga, ishlanishga, mushohada qilishga olib keladi. Interfaol usulda o'tilgan darslarda ta'lim oluvchi faqat ta'lim mazmunini o'zlashtiribgina qolmay, balki o'zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi. Albatta interfaol darslarni tashkil etishning ham o'ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Bular, o'quv - biluv jarayoni ko'plab vaqt sarflashni talab qiladi. Interfaol mashg'ulotlarida barcha talabalarni keraklicha nazorat etib borishning imkoniyati bo'lavermaydi. Juda murakkab materiallar o'rganilayotganda o'quvchilar muammoni to'laqonli, aniq yecha olmaydilar, bunday sharoitlarda o'qituvchining ro'li past bo'lishi hollari kuzatiladi. Guruhlarda o'quv jarayoni kechayotgan kuchsiz talabalarning ishtiroki tufayli kuchli talabalar ham past ball yoki baho olish hollari kuzatiladi.

Xulosa shuki, bunday sharoitda o'qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobilyatiga, muammolar bo'yicha mushohada yuritishga, muammolarni o'z vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. Abduqodirov A. Pardayev A. Masofali o'qitish nazariyasi va amaliyoti. - T.: Fan.

2. Farberman B.L. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. - T.: Fan. 2000.

3. Hayitov A. Boymurodov N. Ta'limdagi noan'anaviy darslar va interfaol usullardan foydalanish. - T.: Yangi asr avlodi. 2006.

4. Ishmuhamedov R.J. Innovatsiya texnologiyalari yordamida ta'lim samaradorligini oshirishyo'llari. - T.: TDPU. 2004.

5. Jalolov J. Chet tili o'qitish metodikasi. - T.: O'qituvchi. 1996. 7. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000.

XULOSA

2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.