Научная статья на тему 'TASMALI KONVEYER ROLIKLARINING ISHLASH MUDDATINI OSHIRISH USULINI TAHLIL QILISH'

TASMALI KONVEYER ROLIKLARINING ISHLASH MUDDATINI OSHIRISH USULINI TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

213
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasmali konveyerlar / roliklar / rezina matoli tasmalar / rezina po’lat arqonli tasmalar / kurakli konveyerlar / belting / sintetik. / Belt conveyors / rollers / rubber-fabric belts / rubber-fabric steel rope belts / bucket conveyors / belting / synthetic.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Umidjon Erkinovich Kayumov, Jasurbek Ulug’bek O’g’li Elbekov, Do’stmurod Arzimurodovich Omonov, Bahromjon Ro’zimurod O’g’li Mamasharifov

Ushbu maqolada tasmali konveyerlarning dunyodagi va Respublikamizda ekspluatasiyasi bugungi holatini tahlili ko’rib chiqian. Tasmali konveyerlarning roliklarining mexanik va fizik xususiyatlari, yemirishlarga chidamliligi, ishdan chiqish sabablari va konchilik sanoatida qo’llanilayotgan roliklarning ustunlik jihatlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article examines the analysis of the current state of the exploitation of belt conveyors in the world and in our Republic. The mechanical and physical properties of roller bearings of belt conveyors, resistance to abrasions, reasons for failure and the dominant aspects of roller bearings being used in the mining industry have been analyzed.

Текст научной работы на тему «TASMALI KONVEYER ROLIKLARINING ISHLASH MUDDATINI OSHIRISH USULINI TAHLIL QILISH»

TASMALI KONVEYER ROLIKLARINING ISHLASH MUDDATINI OSHIRISH USULINI TAHLIL QILISH

Umidjon Erkinovich Kayumov

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti assistenti

Jasurbek Ulug'bek o'g'li Elbekov

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti assistenti

Do'stmurod Arzimurodovich Omonov

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti magistranti

Bahromjon Ro'zimurod o'g'li Mamasharifov

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tasmali konveyerlarning dunyodagi va Respublikamizda ekspluatasiyasi bugungi holatini tahlili ko'rib chiqian. Tasmali konveyerlarning roliklarining mexanik va fizik xususiyatlari, yemirishlarga chidamliligi, ishdan chiqish sabablari va konchilik sanoatida qo'llanilayotgan roliklarning ustunlik jihatlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Tasmali konveyerlar, roliklar, rezina matoli tasmalar, rezina po'lat arqonli tasmalar, kurakli konveyerlar, belting, sintetik.

ABSTRACT

This article examines the analysis of the current state of the exploitation of belt conveyors in the world and in our Republic. The mechanical and physical properties of roller bearings of belt conveyors, resistance to abrasions, reasons for failure and the dominant aspects of roller bearings being used in the mining industry have been analyzed.

Keywords: Belt conveyors, rollers, rubber-fabric belts, rubber-fabric steel rope belts, bucket conveyors, belting, synthetic.

KIRISH

Konchilik sanoatida ishlatiladigan transport vositalari yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga, yuqori quvvatga va chidamlilikka ega bo'lishi hamda foydali qazilmalarni sezilarli

March, 2023

531

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

darajadagi uzoq masofaga uzluksiz yetkazilishini ta'minlab berishi kerak.

Uzluksiz transport mashinalarining eng samarali turlaridan biri tasmali konveyerlar hisoblanadi, chunki ular minimal ish va energiya xarajatlari bilan foydali qazilmalarni uzoq masofaga ko'chirishi mumkin, konveyerlar o'zoro bir biriga o'tish uskunalari orqali yanada masofali va unumdorli bo'lgan konveyerlarni birlashtirish mumkin, shuningdek, davriy - uzluksiz texnologiyali majmualarda ham ishlatilishi mumkin.

Konchilik korxonalarini konveyerlashtirish darajasi doimiy ravishda o'sib bormoqda va yangi yirik konlarni o'zlashtirish, shubhasiz, yanada kuchli tasmali konveyerlarni va uzoq masofali konveyer yo'llarini keng joriy etishni talab qiladi.

Konveyer tasmalarining nazariyasida hal qilingan ko'plab muammolar bilan bir qatorda, konveyerni bir butun sifatida va uning turli xil qismlarining ish faoliyatini baholashda juda dolzarb bo'lgan muammolar mavjud.

Konveyerning murakkab kon-geologik sharoitlarda ishlashiga alohida ta'sir ko'rsatish tasmaning yon tomonga chiqishi bilan bog'liq. Shu munosabat bilan, ushbu maqolada tasmaning ko'ndalang yon tomonga chiqishiga olib keladigan asosiy sabablar o'rganilib, konveyer stavining o'z - o'zini markazlashtirish qobiliyatini oshirish usullari taklif etilgan, shuningdek, tasmaning ko'ndalang siljish jarayoni ham o'rganilgan. Tasmaning yon tomon (ko'ndalang) siljishini kamaytirish va uning yon tomonlarining yeyilishini kamaytirish uchun amaliy tavsiyalar berilgan.

Ko'pgina tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kon korxonalarida transport yuklari juda sezilarli darajada o'zgarib turadi va odatda tasodifiy ravishda o'zgaradi, egri chiziq yo'nalishi nuqtai nazaridan bunday konveyerlarning konstruktiv ishlash xususiyatlari tahlil qilinganda tasmali konveyer roliklariga tushadigan kuchlarni hisoblash va aylanmay qolish sabablari ham yuqorida aytib o'tilgan kamchiliklarning natijasida yuzaga kelishi ma'lum bo'ldi.

Rolik tayanchlari (1 - rasm) konveyerning eng asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Tasma harakatiga qarshilik ko'rsatuvchi kuch va tasmaning hizmat muddati ularning holati bilan bevosita bog'liqdir.

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

a

oo

oo

J\

oo

oo "1

b

V

g

1 - rasm. Rolik tayanchlar: a - chiziqli rolik; b-markazlashtiruvchi rolik; v-amortizasiyalanuvchi rolik; g-markazlashtiruvchi rolik tayanchining sxemasi

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Konveyerning yukli (ishchi) shoxobchasida yassi tasma uchun rolik tayanchlari bitta rolikdan iborat bo'ladi, tasmaga novsimon shakl berish uchun esa - uchta (ayrim hollarda ikkita yoki beshta) rolik o'rnatiladi, ular vertikal tekislikda bir biriga nisbatan ma'lum burchak ostida qo'yiladi. Konveyerning yuksiz shoxobchasida doimo bir rolikli tayanch o'rnatiladi.

Tasmaning roliklar oralig'idagi osilishini cheklash tinch harakatlanishini ta'minlash, material tasmadan to'kilmasligi va tasmaning xizmat muddatini oshirish uchun roliklar orasidagi masofa yukli shoxobchada 1,0^1,4 m, yuksiz shoxobchada -undan 2 marta ko'p qabul qilinadi.

Uch rolikli tayanch bir roliklikka qaraganda murakkabroq va qimmatroq bo'lsada, novsimon shakldagi tasmaning unumdorligi yassi shakldagi tasmaga nisbatan 2 marta ko'proq bo'ladi, ya'ni kerakli unumdorlikni ta'minlashda novsimon shakldagi tasmaning eni kamroq bo'lishi mumkin. Shuning uchun, odatda uch rolikli tayanch qo'llaniladi.

March, 2023

533

0 10 20 30 1*0 y, zpad

2 - rasm. Unumdorlikni yon roliklarning qiyalik burchagiga bog'liqligi.

Ko'pchilik yer osti konveyerlarida yon roliklar 200 qiyalikda o'rnatiladi. 2 -rasmdan ko'rinib turibdiki, yon roliklarning qiyalik burchagi 40-450 bo'lganda tasma unumdorligi maksimal qiymatga ega buladi. Shuning uchun konveyerlarning ba'zi konstruktsiyalarida yon roliklar 300 qiyalikda o'rnatilmoqda, bunda unumdorlik 200 qiyalikka nisbatan 13-15% ga oshadi. Yon roliklar qiyalik burchagini bundan (300 ) oshirish hozircha maqsadga muvofiq emas, chunki tasma roliklar ustida etilishida uni sinish havfi paydo bo'ladi.

Roliklarning ishdan chiqishini asosiy sabablari:

• podshipnikka yuqori bosim;

• rolik o'qi urilishi:

• podshipnikning ifloslanishi;

• bir balansda turmasligi;

• rolik tashqi qatlami elanishi va korroziyasi.

MUHOKAMALAR VA NATIJALAR

Roliklarga ketadigan xarajat tasmali konveyer bilan yuk tashishga ketadigan umumiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etadi. Roliklarni tez ishdan chiqishining sababilaridan biri - podshipnik bog'lamlarining ifloslanishi tufayli ularni aylanishdan to'xtab qolishidir.

Shunday ekan tasmali konveyerlar roliklarining ifloslanishini kamaytirish ya'ni roliklar ichida joylashgan podshipnilarga kirishi mumkin bo'lgan changlarni qochirish orqali muammoni qisman hal qilsak bo'ladi.

March, 2023

534

Bunda bizga changlarni qochirish uchun tan narxi arzon, gabariti kichik va kam elektr energiyasini ist'emol qiladigan uskuna yaratish zarur bo'ladi.

Biz taklif qilayotgan uskuna quyidagi 3-rasmda ko'rsatilib o'tilgan.

10 11 12 12 ] i

3-rasm. Roliklarga tushayotgan changni qochiruvchi uskuna;

1-tasmali konveyer ramasi, 2-ishchi rolik, 3-tasma, 4-tortuvchi baraban, 5-pastki rolik, 6-chang haydovchi uskuna asosi, 7-chang haydash uchun mo'ljallangan quvur, 8-tasmani mahkamlab turuvchi rolik, 9-taranglovchi qurilma, 10-taranglovchi baraban, 11-bunker, 12-chang qochiruvchi uskuna .

Ushbu yaratilgan uskuna orqali tasmali konveyer roliklariga keladigan changlarni qochirish orqali roliklarning qotib qolishini ya'ni aylanmasdan to'xtab qolishlarini 7 % kamaytirishimiz mumkin bo'ladi.

Yaratilgan yangi uskunaning ishlash prinspi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Roliklarga kelayotgan changni haydash uchun mo'ljallangan quvurlar 3 ga, siqilgan havoni haydab beruvchi kompressor 2 yordamida havo keladi. Komressorni ishga tushirish u bilan bitta o'qqa mahkamlangan elektr dvigatel 1 yordamida amalga oshiriladi. 220 V kuchlanishga ulangan elektr dvigatel o'zi bilan birga kompressor parraklarini ham aylantiradi, natijada kompressor siqilgan havoni haydovchi quvuri orqali roliklarni changdan tozalash uchun mo'ljallangan quvur bo'ylab jo'natishni boshlaydi. Bosim ostida kelayotgan siqilgan havo podshipnik qapqoqlariga tushgan changlarni hovoga yo'naltirib yuboradi.

XULOSA

Demak konchilik korxonalarida qo'llanilayotgan tasmali konveyerlarning roliklari ishdan chiqishini oldini olish, mexanik ta'sirlarga bo'lgan chidamliligini oshirish yechimlarini tadqiqoti

March, 2023

535

dolzarb hisoblanadi. Shunday ekan ushbu sohada o'z tadqiqotlarini olib borayotgan o'zimizdagi va dunyodagi olimlarning ilmiy izlanishlari natijalarini ishlab chiqarish amaliyotiga tadbiq qilish orqali ushbu muammoning yechimini topsak bo'ladi. Natijada ushbu yaratilgan qurilma orqali tasmali konveyer roliklarini chang kirish natijasida yuzaga keladigan to'xtalishlarini 7 % kamaytirish orqali.

REFERENCES

1. Н.О. Полвонов, У.Э. Каюмов "ОБЗОР И АНАЛИЗ СУЩЕСТВУЮЩИХ МЕТОДОВ СТЫКОВКИ КОНВЕЙЕРНЫХ ЛЕНТ" // I Евразийский горный конгресс 2021г. 201-202 ст

2. Polvonov, N. O., Atakulov, L. N. (2021). Method of conveyor belts jointing when using special volcanization compounds. ISJ Theoretical & Applied Science, 08 (100), 17-21.

3. Атакулов Л.Н., Полвонов Н.О., Каюмов У.Э. Обзор и анализ диагностики определения дефектов конвейерной ленты // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2022. 2(95).

4. Н.О. Полвонов., У.Э. Каюмов., Ш. Пардаева "ИЗБЕЖАНИЕ ПОВРЕЖДЕНИЙ КОНВЕЙЕРНОЙ ЛЕНТЫ С ПОМОЩЬЮ УСТРОЙСТВ КОНТРОЛЯ СХОДА ЛЕНТЫ" // I Евразийский горный конгресс 2021г. 234-235 ст

5. Polvonov N.O., "Tasmali konveyer tasmasining mexanik ta'sirlarga chidamliligini tahlil qilish" Academic Research in Educational Sciences, 885-892 p. https://doi.org/ 10.24412/2181-1385-2022-2-885-892

6. Атакулов Л.Н., Тошов Ж.Б., Каххаров С.К., Хайдаров Ш.Б. Метод обнаружения обрыва резинотросовых лент в местах их стыковки // Горный вестник Узбекистана. -Навои, 2018. - №3. - С. 61-65.

7. Атакулов Л.Н. Разработка методов оценки технического состояния и повышение эффективности эксплуатационных параметров крутонаклонных конвейеров.-Навоий, 2019.

8. Атакулов Л.Н., Тошов Ж.Б., Каххаров С.К., Хайдаров Ш.Б., Истаблаев Ф.Ф. Выбор оптимального варианта соединения тросов при стыковки резинотросовых лент // Вестник туринского политехнического университета. - Ташкент, 2018. - №4. - С. 4346.

9. Атакулов Л.Н., Kaxхapoв С.К., Хайдаров Ш.Б. Bbrôop оптимального метода стыковки резинотросовых конвейерных лент // Горный журнал. - Москва, 2018. - №9. С. 97-101. DOI: 10.17580/gzh.2018.09.16

10. Atakulov L.N., Haydarov Sh.B., Ochilov X.B., Gaffarov A.A. Application of the scheme of effective conveyor transport in the conditions of daugiztau quarry. Technical science and innovation. 2021. №2. -б. 74-86.

March, 2023

536

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.