Научная статья на тему 'TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q'

TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
16984
388
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktab / o‘quvchi / o‘qituvchi / taraqqiyot / IT / ta’lim / texnologiya / tarbiya.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Eshmurzayeva Gavhar Elhom Qizi

Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug`ilib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Ushbu maqolada tariximiz haqida nafaqat o‘quvchi yoshlarimiz balki ]har bir inson uchun kerakli bo‘lgan fikrlar haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q»

TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO'Q

Eshmurzayeva Gavhar Elhom qizi

258-maktab o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7437650

Annotatsiya: Mustaqillikka eгishganimizdan keyin xalqimizning o'z yuгti, tili, madaniyati, qadriyatlari taгixini bilishga, o'zligini anglashga qiziqishi oгtib bormoqda. Bu - tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o'zi tug'ilib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Ushbu maqolada tariximiz haqida nafaqat o'quvchi yoshlarimiz balki ]har bir inson uchun keгakli bo'lgan fikrlaг haqida so'z yuгitilgan.

Kalit so'zlar: maktab, o'quvchi, o'qituvchi, taгaqqiyot, IT, ta'lim, texnologiya, tarbiya.

Hoziï O'zbekiston deb ataluvchi hudud, ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat Sha^, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biгi bo'lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko'гku fayzini, mahobatini yo'qotmagan osori atiqalaгimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunaгmandchilik madaniyati, me'moгchilik va shahareozlik san'ati yuksak bo'lganidan dalolat beгadi. Beshafqat davг sinovlaгidan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan oгtiq qo'lyozma, ularáa mujassamlashgan taгix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astгonomiya, me'moгchilik, dehqonchilikka oid o'n minglab asarlar bizning beqiyos ma'naviy boyligimiz, iftixoгimizdiг. Bunchalik katta meгosga ega bo'lgan xalq dunyoda kam topiladi. SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qaгasЫaгini o'zida mujassam etgan bu nodú" qo'lyozmalami jiddiy o'гganish davгi keldi. Chunki, o'zingizga ma'lum, sho'гolaг zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag'batlantirilmas edi, hukmran mafkuгa manfaatlaгiga xizmat qilmaydigan manbalaг xalq ko'zidan iloji boricha yiroq saqlanardi.

Ahvol shu darajaga bo^an ediki, o'z taгiximizni o'zimiz yozish huquqidan mahram bo'lib qoldik. BiravlaT tomonidan yaгatilgan taгix daTsliklarini o'qiг edik. "SSSR taгixiм deb atalgan daгslikda O'zbekistonday mamlakatga bo^yo'g'i 3-4

sahifa o'rin berilib, tarixiy voqealar va shaxslar haqida noxolis fikrlar aytilar yoki umuman, lom-mim deyilmasdi. Fandagi bunday soxtakorlik, ko'zbo'yamachilikni bugun eng olis qishloqlarda yashayotgan oddiy fuqaro ham, maktab o'quvchisi ham yaxshi biladi. Endi, mustaqillik tufayli yaqqol namoyon bo'layotgan tarixiy haqiqatni bilishga, o'zligini anglashga chanqoqlikning tub sabablari mana shunda, deb o'ylayman.

Olimlarimiz tariximizning turli davrlariga doir risolalar yozishmoqda, tarixiy mavzuda yirik nasriy, nazmiy, sahna asarlari yaratilmoqda. Ommaviy axborot vositalari ma'naviy qadriyatlarimizni keng targ'ib qilayotgani, suhbatlar, muloqotlarda fikrlar rang-barangligi paydo bo'layotgani diqqatga sazovor. Yoshlarning Vatan, millat taqdiri uchun o'zlarini mas'ul sezib, bu bahslarda daxldorlik tuyg'usi bilan ishtirok etayotgani meni, ayniqsa, quvontiradi.

Millat, mamlakat haqida katta-katta minbarlarga chiqib gapirishning o'ziga xos mas'uliyati bor. Muayyan voqea, shaxsga munosabat bildirayotganda, bu faqat bir kishi yoki muayyan toifadagi kishilarning nuqtai nazari bo'lishi mumkinligini unutmaylik. Yomon tomoni shundaki, sub'ektiv fikr yuquvchan bo'ladi. Chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan biryoqlama fikr odamlarni, eng avvalo, tarix o'qituvchilarini chalg'itadi. Ular eshitganlarini haqiqat shu ekan, deb o'quvchilarga ham etkazishadi. Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo'lgan xulosalargina bizga to'g'ri yo'l ko'rsatishi mumkin. Bu - birinchidan.

Ikkinchi masala shundan iboratki, biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e'lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo'lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko'radi. O'z fikr-o'yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo'ladi.

Erkin, demokratik jamiyat quryapmiz. Biz uchun yopiq mavzuning o'zi yo'q. Umumxalq minbari - televideniemiz, radiomiz, matbuotimiz bor. Yaxshi niyatli kishilarga chegaralarimiz hamisha ochiq. Xorijdan mehmonlar kelishyapti, biz chet davlatlarga chiqyapmiz. Kunda bo'lmasa, kun ora xalqaro anjumanlar o'tib turibdi. Bizga mana shu anjumanlarda manman degan olimlar bilan xohlang iqtisod, xohlang siyosat, xohlang tarix, ma'naviyat sohalari bo'lsin, bemalol bahslasha oladigan bilimdon, zukko, ma'rifatli odamlar kerak.

Nega men ma'rifat so'zini ko'p takrorlab, unga alohida urg'u beryapman? Chunki, jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch -ma'rifatdir. Asrimiz boshida Turkistonda kechgan voqealarni bir eslang. Nega bu o'lkada o'sha yillari ma'rifatchilik harakati har qachongidan ham kuchayib ketdi? Negaki, chor Rossiyasi asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan o'lkani uyg'otishga, xalqning ko'zini ochishga faqat ma'rifat orqaligina

erishish mumkin edi. Ma'rifatparvarlik biz uchun bugun ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q, yo'qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni echolmasak, barcha toat-ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo'lmaydi!

Aynan shuning uchun ham o'z paytida Respublika Ma'rifat va ma'naviyat markazini tashkil etdik. Markazning viloyat, tuman bo'limlari ochildi. Gap hozir respublika byudjetidan ajratilgan katta mablag' haqida emas. Kerak bo'lsa, yana yordam beramiz. Mazkur sohadagi ishlarning talab darajasida emasligini, tashkilotning rasmiyatchilikka berilib ketayotganini qanday tushunish mumkin? Bu holni ko'rganda beixtiyor, baraka topkur, sen sho'rolar zamonidagi dompolitprosveщenie, ya'ni siyosiy maorif uyi xodimi emassan, mutlaqo boshqa odamsan, biz bu markazni faqat maosh olish uchungina tashkil etmadik, degingiz keladi. Qolaversa, ma'naviyat, ma'rifatni targ'ib qilish har bir ziyolining vijdon ishidir. Ma'rifatchi fidoyi bo'lmog'i kerak. Tushunamiz, ularning ham tirikchiligi, bola-chaqasi bor. Shuning uchun ham maosh tayinlab qo'yibmiz. Lekin yana takror aytaman: ma'rifatchi, eng avvalo, fidoyi bo'lmog'i, o'zidan kechmog'i kerak.

XX asr boshidagi ma'rifatchilik harakati haqida gapirgandim. O'sha harakatning namoyandalari boylik uchun, shon-shuhrat uchun maydonga chiqishdimi? Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Tavallolarga maktab ochganlari, xalqni o'z haq-huquqlarini tanishga da'vat etganlari uchun birov maosh to'laganmi? Birov ularga oylik berganmi? Albatta, yo'q! Ular o't bilan o'ynashayotganlarini, istibdodga qarshi kurashayotganlari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan yaxshi bilishgan. Bilaturib, ongli ravishda mana shu yo'ldan borganlar. Chunki, vijdonlari, iymonlari shunga da'vat etgan.

Endi asosiy masalaga o'tsak. Xo'sh, tarixning ma'naviyatimizda tutgan o'rni qanday? Tarixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma'naviyatga erishish mumkinmi? Albatta, mumkin emas! Ma'naviyatini tiklashi, tug'ilib o'sgan yurtida o'zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko'tarib yurishi uchun insong a, albatta, tarixiy xotira kerak.

O'ar qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar bo'lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turishi, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday kechgan, degan savollarni o'ziga berishi tabiiy. Nega jahonga Ahmad Farg'oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib, to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so'nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay, chor Rossiyasining

o'lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o'rni bo ' lmaganmikan?

Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch keladi va, aminmanki, to'g'ri xulosalar chiqaradi. Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir.

Kim bo'lishidan qat'i nazar, jamiyatning har bir a'zosi o'z o'tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo'ldan urish, har xil aqidalar ta'siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o'rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.

Yuqoridagi mulohazalardan tabiiy ravishda shunday savol tug'iladi: xo'sh, O'zbekistonning, o'zbek xalqining bugun keng ommaga etkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi-yo'qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O'zgalar yozib bergan tarixni o'qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o'ziga qaram bo'lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-g'ayratlarini Turkistonning o'tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar. Tarixdan judo bo'lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixidan judo bo'lish - hayotdan judo bo'lish demakdir.

Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Lekin Rossiyaning xoh o'tmishdagi, xoh bugungi ko'zga ko'ringan biror bir tarixchisidan so'rab ko'ring-chi, shuni tan olarmikin? Tan olmaydi, bilmaydi, bilishni xohlamaydi ham. Xojrlikning sababi esa bitta: basharti, tan olgudek bo'lishsa, tarixiy xulosalari chippakka chiqadi, ilmda soxta yo'l bilan borganlari fosh bo'ladi. Eng mo''tabar, qadimgi qo'lyozmamiz "Avesto"ning yaratilganiga 3000 yil bo'lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosidir. "Avesto" ayni zamonda bu qadim o'lkada buyuk davlat, buyuk ma'naviyat, buyuk madaniyat bo'lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi. Lekin, yuqorida aytganimdek, biron-bir xorijiy jurnalistning, umuman, o'arb adiblarining "Avesto"ni eslashganini bilmayman. Xulosa shuki, olis-olis joylarda xalqimiz, mamlakatimiz o'tmishi haqida aytilayotgan mulohazalarning aksariyat qismi soxta, g'ayriilmiydir.

Men bilganimni aytyapman, shunday xulosa chiqarishga majburman. Ajablanadigan joyi yana shundaki, tariximiz haqida gap ketganda, biz hamon rus olimlarining tadqiqotlariga tayanamiz, iqtibos ko'chiramiz. "Bartold unday degan, Gumilev bunday degans" va hokazo. Men rus olimlarining mehnatini kamsitmoqchi emasman. Lekin qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtai nazari, qarichi bilan baholaymiz? Shunday ulkan davrda yurtimizda kechgan davlatchilik taraqqiyoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti atroflicha tahlil etilgan tadqiqotlar nega yaratilmayapti? Arxeologiya, Tarix, Sharqshunoslik va boshqa bir qator institutlarimiz bor. Mutaxassislar nima bilan mashg'ul, qayoqqa qarashyapti? O'zbek

davlatchiligi qachon paydo bo'lgan? Nima emish, O'zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog'i, 1924 yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz kerakmi? Maqtanish emas, yangidan shakllanayotgan o'zbek davlatchiligi boshida turgan inson sifatida aytishga haqqim bor, kerak bo'lsa, bu ish uchun jonimni, borlig'imni berishga tayyorman. Chunki, hayotimning mazmuni shundan iborat. Lekin faqat bir men emas, butun xalq bilishni istaydi: o'zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo'ldi? Qanday tarixiy bosqichlarni bosib o'tdi? Mutaxassislar, balki, tushuntirib berarlar, balki aniq javoblari bordir? Targ'ibot, tashviqot ishlarini olib borayotgan olimlar, balki, allaqachon bir fikrga kelishgandir? Lekin hozircha na matbuotdan, na darsliklardan men mana shu savollarga javob topolmadim.

Yana aytaman, bu sohada ishlayotgan olimlarimizni tanqid qilish u yoqda tursin, ayblashga ham haddim sig'maydi. Ko'pchilik olimlarimizning ilmiy tafakkuri, qarashlari qaysi davrda shakllanganini ham yaxshi bilaman. Tarix olamida mehnat qilayotganlarni vatanparvar, elparvar safdoshlarim, deb bilganim uchun ularga shu talabni qo'ymoqdaman: qachon lo'nda, asosli qilib haqqoniy tariximizni farzandlarimizga etkazasizlar?

Davlatchilik bugungi kunda o'ta siyosiy masala bo'lib turibdi. Nega deganda, O'zbekistonda davlatchilik bo'lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo'layotgan, kerak bo'lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g'alamislarning orasida qanday qilib bo'lsa ham bizni yana sobiq SSSRga qaytarish niyatida yurganlar yo'q deysizmi? O'zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da'voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. https://fayllar.org/tarixiy-xotirasiz-kelaiak-yoq.html

2. http://isrs.uz/oz/ozbekiston-yangiliklari/mamlakatimiz-maktablarini-bitiruv-chi-ogil-qizlarimizga

3. https://yuz.uz/uz/news/yoshlarga-etibor-kelajakka-etibor

4. https://www.standart.uz/mobile/news/view?id=1858

5. https: //yo shlikj urnali. uz/publitsistika/talimga-etibor-kelaj akka-poydevor/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.