Научная статья на тему 'TARIX KELAJAK KO‘ZGUSI'

TARIX KELAJAK KO‘ZGUSI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1307
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktab / o‘quvchi / o‘qituvchi / tarix / tamoyil.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raxmatullayeva Shahribonu Shavkatovna

Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug`ilib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Ushbu maqolada tariximiz haqida nafaqat o‘quvchi yoshlarimiz balki ]har bir inson uchun kerakli bo‘lgan fikrlar haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIX KELAJAK KO‘ZGUSI»

Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-usiubiy jurnali

TARIX KELAJAK KO'ZGUSI

№12

Raxmatullayeva Shahribonu Shavkatovna

258-makatab o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7437640

Annotatsiya: Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o'zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu - tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o'zi tugx ilib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Ushbu maqolada tariximiz haqida nafaqat o'quvchi yoshlarimiz balki ]har bir inson uchun kerakli bo'lgan fikrlar haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: maktab, o'quvchi, o'qituvchi, tarix, tamoyil.

Har bir inson o'z xalqi tarixini bilish, o'rganish va o'zga xalqlar o'tmishi va madaniyatiga hurmat ko'zi bilan qarashi lozim. Tarixning jamiyatimizdagi eng muhim ahamiyati - u o'tmishimizdan saboq berib, umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma'naviyat timsolida bunyodkorlik va ezgulikka qarab intilishni, hech qachon, yovuzlik bilan maqsadga erishib bo'lmaslikni, har qanday vaziyatda ham tarixiy haqiqat bilan yondashishni o'ragatadi. O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Vatanimiz tarixini va xalqimizning boy madaniy merosini haqqoniy xolisona o'rganish va yangicha tadqiq etish dolzarb vazifaga aylantirgani barchamizga sir emas. Shu munosabat bilan ta'lim tizimimizning har bir yo'nalishiga tarix fanini o'qitish yo'lga qo'yilgan. Yoshlarning ma'nan yetuk bo'lib shakllanishida turli sohadagi bilimlar suv va havodek zarur. Xuddi shu bilimlar orasida tarixiy bilimlarning o'rni o'zgachadir. Yoshlar ongida ma'naviy bo'shliq bo'lmasligi, uning o'rniga tarixiy bilimlar ahamiyatini oshirsak kelajak avlod o'zining kimlarning avlodi ekanliklarini har soniyada his etib tursa, tarix haqiqatini to'la-to'kis bilsa, o'rgansa bunday avloddan yorqin kelajakni kutish mumkin.

Tarixning ne-ne sinovlarni boshidan kechirgan xalqimiz to'g'risida kelajak avlodni boxabar qilish barchamizning asosiy maqsadimiz bo'lishi kerak. Zero,yoshlar tarix haqiqatini qancha chuqurroq bilsa, kelajagimiz shuncha yorug' va istiqboli buyuk bo'ladi. O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov "Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir" asrida "Inson har qanday sharoitda ham o'zining o'tmishini bilmasa, xato qiladi. Biz kechagi tariximizda roy bergan mudhish kunlar haqidagi ma'lumotlarni yosh avlodga o'z vaqtida yetkazsak, ularning ongida hech qachon bo'shliq paydo bo'lmaydi. Bo'shliq degani shuki, kimlardir doim uning o'rnini bir narsa bilan

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-usiubiy jurnali №12

to'ldirish payida bo'ladi va qo'yib bersangiz, bunday "chaqqon"lar istagancha topiladi. Ozining egri niyatiga erishish uchun, kerak bo'lsa, katta pul ishlatadi, eng yomoni, muqaddas islom dinini buzib ko'rsatishga urunib, yoshlarimizni to'g'ri yoldan chalg'itishdan ham toymaydi" Bu jumlalar zamirida olam-olam ma'no bor, albatta. Barchamizga sir emas aqidaparastlik, diniy ektremizm, terrorizm oqimlarlarining yoliga kirib ketganlarning ko'pchiligini asosan yoshlar tashkil etadi. Yoshlarning bu yoTga kirib qolishi ularning ongida ma'naviy bo'shliqdan darak bermaydimi?. Undan ko'ra shu bo'shliq o'rnini kerakli bilimlar bilan to'ldirsa, oz xalqi tarixini o'rgansa, hech qachon bunday razil yollarga kirib ketmaydi.

Tarix bizning bugungi kunimizni, kelajagimizni yanada yorutuvchi mash'ala. Tarixini unutgan xalq kozi kor insonga oxshaydi. Bu fikrimizni buyuk bobomiz Islom Karimov ham oz asarlarida quyidagicha fikrni ilgari surgan."Tarixni unutgan xalq, jamiyat oz yoTini yo'qotadi. Bunday xalq va jamiyatning kelajagi yo'q.

Bugun yurtimizda kechagi kunni eslamaydigan,ajdodlarini, bobolarini yodga olmaydigan odamning, o'zi yo'q desam, adashmagan bolaman. Dunyo tarixida qudratli saltanat yaratgan sohibqiron Amir Temur bobomiz, oz aql-zakovati, ulkan ilmiy salohiyatim bilan jahon tamadduniga beqiyos hissa qo'shgan buyuk allomalarimiz Samarqandda bo'lib o tgan"O rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarimiz, aziz-avliyolarimiz bilan kim faxrlanmaydi deysiz? O tgan yili Samarqandda bo lib o tgan "Orta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati" mavzusidagi xalqaro konferensiyasiyada dunyoning 50 mamlakatidan kelgan atoqli olimlar bu tarixiy merosni butun insoniyat manfaati yo'lida birgalikda o'rganish, uni targ'ib-u tashviq qilish, amaliy qo'llash kerakligini alohida ta'kidlangani, aytinglar, hammamizga g'urur va iftixor bag'ishlamaydimi?

Biz kopincha bu borada ham kamtarlik qilamiz. Lekin mening tilagim, istagim shuki, bu haqda ko'proq gapirish, merosimizni ko'proq gapirish, merosimizni ko'proq va chuqurroq o'rganish kerak. Buyuk ajdodlarimizni, ota-bobolarimizni eslash degani - bu ozimizga tan berish deganidir. Men ana shunday fikrdaman. Ozimizga tan beradigan bo'lsak, avvalambor, bizdan oldin o'tgan ajdodlarimizga tan beraylik. Ular qanday insonlar edi, qanday hayot kechirgan, ozidan qanday nom qoldirgan edi, degan savollar haqida o'ylash lozim. Shu o'rinda dog'istonlik mashhur shoir Rasul Hamzatovning, agar sen o'zingdan oldin o'tganlarni miltiq bilan otadigan bolsang, avlodlaring seni zambarakdan o'qqa tutadi, degan mazmundagi fikri yodimga tushdi. Bu gapda haqiqatan ham chuqur ma'no bor.

Shu borada yana bir fikrga e'tibor berishingizni istardim. Fashizmga qarshi jangga kirgan bizning ota-bobolarimiz qandaydir bir tepalik yoki qaysidir bir "ulug' dohiy" uchun jon bermagan. Ozbek o'g'lonlari, avvalambor, o'zi tug'ilgan shahar va qishloqni, oz ona-yurtini, oz yaqinlarini, mehribon otasi va onasi, sevikli yori,

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №12

jondan aziz farzandlarini ko'z oldiga keltirgan holda beomon jangga kirgan, shu muqaddas Vatanimiz uchun jonini fido qilgan." Darhaqiqat ajdodlarimizning shuncha zahmatlari evaziga biz mustaqil davlat bo'ldik. Mustaqillik esa bizlarga erkinlik, tinchlik,hotirjamlikni tuhfa etdi.

Mana bugun biz^ uchun shodiyona kun ya'ni mustaqilligimizning choгak yoshga to'ldi. Mustaqil O'zbekistonimiz karvon misol uzoq va olis, asosiysi yetuklik yo'liga ildam qadam tashlab bormoqda. Hozirgi kunda o'sib kelayotgan yosh avlodga tarixiy bilimlarni berish juda ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. Biz yoshlar mustaqillik bolalarimiz. Sobiq sho'гo davгidagi tariximiz, ma'daniyatimizga bo'lgan munosabatlarni faqat shu to'g'risida yozilgan xotiralardan o'qib bilib olamiz. Xuddi shu masala xususida buyuk bobomiz Islom Karimov shunday deydi:

"Ilgari maktablaráa O'zbekistonning haqiqiy tarixi o'гgatilmas edi. O'tgan asrning 17 yilidan boshlab yozilgan tarix kitoblari yolg'on g'oyalar asosida yaratilgani sir emas.

Toshkent shahrida Qatog'on qurbonlari xotirasi muzeyini ochganimizdan xabaringiz bor. Maqsad - odamlar haqiqiy tarixni bilsin. Lekin mana shu yaqin va uzoq tarix haqidagi haqiqatni yozishga, uni farzandlarimizga yetgazishga intiladigan fidoiy odamlar, afsuski, juda kam. Sovet davridagi zulm va qo'rquvga asoslangan mafkura, siyosatning ta'siri bizning qon-qonimizgacha singib ketgan, ichimizdagi qo'rqoqlik hali ham, taassufki, to'liq barham topgani yo'q.

Kechagi tarix biz uchun hayot maktabi, bamisoli tiniq bir ko'zgu. Unga qarab saboq olamiz, xulosa chiqaramiz, kelajak yo'lini belgilaymiz.

Tarixga e'tiboг jamiyatga, kelajakka e'tiboгdiг. Shu sababdan bobomiz Islom Karimov barchamizga tarix ilmini chuqurroq o'rganishga, undan saboq chiqarib yashashimiz lozimligini ko'p boгa ta'kidlarái. Bobomiznizning shu jumlalaгini o'qigan har bir yosh avlod menimcha o'z xalqining o'tmish tarixini yanada chuqurroq o'rganishga harakat qiladi desam aslo adashmasam kerak.

"Men, avvalambo^ yoshlarimizga qarata aytmoqchiman: o'qing, taгixni o'Tganing, taгixini, o'tmishini bilgan odam kelajakda adashmaydi."

Xulosa qilib aytishim mumkinki, tarix - bizning kamchiliklarimizni, xatolarimizni to'g'irlovchi dasturamaldir. Tarix - borlig'imiz, kelajagimizdir. Shunday ekan tarixsiz kelajakni tasavvur qilib bo'lmaydi. Tarixiy bilimlar orqali kelajakni barpo etamiz. Keling, aziz yoshlar vaqtimizni bekorchi narsaga sarflamasdan boy tariximizni o'rganaylik, o'sib kelayotgan yosh avlodga biz kimlarning avlodi ekanligimizni ham yetkazaylik. Zero, ular fahr va g'urur tuyg'usini his etib yashasin va ajdodlarga munosib avlod bo'lsin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. https://fayllar. org/tarixiy-xotirasiz-kelaj ak-yoq.html

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №12

2. http : //isrs. uz/oz/ozbekiston-yangiliklari/mamlakatimiz-maktablarini-bitiruvchi-ogil-qizlarimizga

3. https://yuz.uz/uz/news/yoshlarga-etibor-kelai akka-etibor

4. https://www.standart.uz/mobile/news/view?id=1858

5. https://yoshlikiurnali.uz/publitsistika/talimga-etibor-kelaiakka-poydevor/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.