Научная статья на тему 'TARIXI FANINING METODOLOGIK ILMIY-NAZARIY ASOSIARI VA USULLARI'

TARIXI FANINING METODOLOGIK ILMIY-NAZARIY ASOSIARI VA USULLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1826
151
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abdulla Avloniy / mafkuraviy-falsafiy bo‘shliq / kommunistik g‘oya / intellektual ilmiy-amaliy faoliyat / metodologik ilmiy-nazariy asoslar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sarvinoz Raimovna Xasanova

Har qanday fan kabi tarix fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular tarix fanining asosini tashkil etib, uni rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo'lidagi nufuzining ortib borishi uchun o'ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIXI FANINING METODOLOGIK ILMIY-NAZARIY ASOSIARI VA USULLARI»

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

TARIXI FANINING METODOLOGIK ILMIY-NAZARIY ASOSIARI VA

lW

>

USULLARI

»

Sarvinoz Raimovna Xasanova

J > | > ;

Navoiy viloyati Navbahor tumani 27-umumiy o'rta ta'lim maktabining tarix fani oqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6954554

<3 P 3

!>»>; >>i> Annotatsiya: Har qanday fan kabi tarix fani ham o'zining metodologik ilmiy-

nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular tarix fanining asosini tashkil etib, uni

rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo'lidagi nufuzining ortib borishi uchun o'ta

muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining

>>

haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.

Kalit so'zlar: Abdulla Avloniy, mafkuraviy-falsafiy bo'shliq, kommunistik g'oya, intellektual ilmiy-amaliy faoliyat, metodologik ilmiy-nazariy asoslar.

* j-

*

W-

Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma'naviy-ma'rifiy ehtiyoj bo'lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlami ro'yobga chiqishi uchun ma'sul bo'lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo'lishi, ya'ni tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g'oya va nazariyalar hamda usul va

uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to'laroq ro'yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuning uchun ham O'zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g'oya va ta'limotlari nimalardan iborat bo'lishi o'ta muhim masala hisoblanadi. Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta'kidlab, "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q", "O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi", "Tarix xalq ma'naviyatining asosidir" degan tarixiy haqiqatni to'g'ri anglatuvchi o'ta teran tarix falsafasiga oid fikrlarni olg'a surdi. Bu kabi tarix falsafasiga oid yuksak xulosalarni o'z vaqtida buyuk millatparvar jadidlar ham juda aniq anglagan holda Vatanni ozod etish, millatni ijtimoiy g'aflat uyqusidan uyg'otib taraqqiy ettirish uchun asosiy e'tiborni tarixga qaratdilar. Va «tarixi yo'qning o'zi yo'q» degan falsafiy tushunchaga amal qilib, tarixda ilk bor tarixni o'zlari tashkil etgan jadid maktablarida o'qita boshlashi bilan, millatni o'z tarixidan bahramand qilishdek o'ta buyuk ma'rifat ishiga tarixda birinchi bor asos soladilar. Buyuk jadid Abdulla Avloniy so'zi bilan aytganda, jadidlar umuman tarbiyani, shuningdek, tarix

ta'limi tarbiyasini millat uchun «yo hayot- yo najot, yo halokat - yo saodat, yo falokat masalasidir» deb bildilar. «Qaysi millat yashashni (ravnaqu, taraqqiyotni) istasa, -

deydi Abdurauf Fitrat - tarixini bilishi lozim bo'ladi, zero, tarix bir ko'zguga

g

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

o'xshaydi». Dastlabki paytda hozirgi mustaqil davlatlar hamjamiyati tarkibidagi sobiq

ittifoqdosh mamlakatlar, shuningdek, O'zbekistonda ham g'oyaviy nazariy, mafkuraviy-falsafiy bo'shliq paydo bo'ldi. Bu esa, o'z-o'zidan boshqa

mamalakatlarda bo'lganidek, bizning Vatanimiz - O'zbekiston tarixi fani uslubiyali

•m-4 j

(metodolgiyasi) qayta ishlanishi, aniqrog'i, butunlay yangidan varatilishini ilmiy-hayotiy zaruriyatga aylantirib qo'ydi. Bu o'ta muhim ilmiy -amaliy masalani ishlab chiqish, o'z-o'zidan tarixchi va boshqa olimlar eski, majburan, qon va qatag'onlik

bilan singlirilgan kommunistik g'oya, ta'limot va mafkuradan holi bo'lishi uchun tarixan o'tish davrini talab etishi tabiiy bir hol bo'ldi. Mana shuning uchun ham istiqloldan so'ng tarix va boshqa gumanitar fanlardan yozilgan dastlabki darsliklarda bu fanlarning metodologik ilmiy -nazariy va g'oyaviy asosiari hamda usullarini ko'rsatishning iloji bo'lmadi. O'tgan istiqlol yillarida tarixchi olimlarimiz Vatanimiz tarixini butunlay yangidan o'rgandi va o'zlashtirdi, uni darsliklar asosida qayta yozishga muvaffaq bo'ldilar. Bir qator monografik asarlar yozildi va eng dolzarb

m ni t~w~i 11 o rrl o n'n I nn i1tv\ixr ifinlnri rvliK Krvnl ni nn-m/in 1 opû rf nfoiTrol nr nimA\rn

mavzularda o'nlab ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi hamda dissertatsiyalar himoya

qilindi. Islom Karimov va hukumat Vatan tarixini qayta yozish va uni asosiy tarbiya quroliga aylantirish uchun «yangi tarix» g'oyasini olg'a surdi. O'zbekiston tarixi yetakchi fan sifatida maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurtlarida ilk bor, keng

miqyosda, eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgacha o'rganila boshlandi. Bularning

samarasi o'laroq, keyingi paytda O'zbekiston tarixi fani metodologiyasini yaratish

imkoniyati paydo bo'ldi. Avvalo, metodologiya haqida to'xtalsak, metodologiyaning

lug'aviy ma'nosi grekcha «methodos» va «logos» degan ikki so'z birikmasidan iborat

bo'lib, metod ya'ni usul - tadqiqot olib borish usuli (yo'li), nazariya, ta'limot, logiya .„ ,, . . , , . ............ .......

esa fan deganidir. Demakki, metodologiya, ya'ni uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o'rganishning eng qulay usullari, eng to'g'ri va mukammal g'oyasi, nazariyasi va ta'limotlari majmuyidan iborat bir butun fandir. Boshqa ma'noda esa, metodologiya ilmiy bilish yoki ma'lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo'llaniladigan usullar haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o'rganuvchi va o'qituvchilarni aniq maqsad sari to'g'ri yetaklaydi, ya'ni tarix haqqoniy yozilishi va o'rganilishiga yo'l-yo'riq ko'rsatadi. Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog'liq bo'lganidek, J-jt tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada ekanligiga ham bog'liq. Bu holdagi uzviy ikki tomonlama bog'liqlik umumiy qonuniyatidir. Bizning tariximiz ham, jahon tarixi ham din (aniqrog'i dinlar) tarixi bilan uzviy bog'liq. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo'lmaydi. Agar ajratilsa, tarixga ham, dinga ham mantiqqa ham zid bo'ladi. Ma'lumki, sovet tarixi fani tarixni soxtalashtirdi, din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qildi. Tarix qanday bo'lsa, uni shundayligicha o'rganish ustivor bo'lmog'i kerak. Shuning uchun ham u din bilan

* : j*

■H* ^ #,?Î

• J^W

ы )>

й*

>>

#<b> ^ >3> 1

I }> M>i

и>

>3» Ы у! й:>

О И* ЩУ

Ш

ы>

! >5>

Ы )>

• >4>

Ы >

M

Ш>

ЗЙГ

Ы > Ы >

3 >4»

+Н >

л w> -

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

mo'tadil, mutanosiblik asosida o'rganilmog'i hozir eng asosiy zaruriyat bo'lib turibdi. Bu esa, yoshlarni har xil din niqobidagi dinga aloqasi yo'q terroristik guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni haqqoniy va to'la yozilishiga imkon beradi. Tarixiy-tanqidiylik ilmiy usul tamoyili tariximizda qadimdan muarrixlar tomonidan qo'llanib kelingan eng qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy voqea va hodisalaming nechog'liq to'g'ri hamda noto'g'riligini aniqlashga, tarixni haqqoniy va to'g'ri yozilishiga yaqindan yordam beradi. Istiqlol tufayli o'z tariximizni o'zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'ldik. O'tgan davr ichida O'zbekistonning yangi tarixi yozildi va tarix fani tez rivojlandi. Butunlay yangi ruh va mazmundagi ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo'ldi, o'quv qo'llanma va darsliklar, tarixiy asarlar chop etildi. Bu o'rinda yuqoridagi metodologik ilmiy-nazariy asos va ularning ahamiyati katta bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Alimova D.A. va b. O'zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). -T.s "Sharq", 2000.

2. Alimova D. A., Golovanov А.А. O'zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari.-T., "O'zbekiston", 2000.

3. www.ziyouz.com

>

i

i+ i >

vH Ъ

>

s1 >i#;

>jl Ы*

-^fV-liT j---^SfV-^ï f.—

219

Щ4 > 1>5*:

и*-

q

Ш >

Ш >

i>

i >3

ш >

m >

i> * q

Ц >р

I > >

q q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.