Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-977-982
TARIX FANI NAZARIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI
R. Rajabov
Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, f.f.n.
O. N. Saidov Navoiy davlat pedagogika institute talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tarix fani nazariyasi, uning mazmun mohiyati to'g'risida, tarix nazariyasi bo'yicha jahon fanida e'tirof etilgan olimlarning qarashlari va g'oyalari metodologik nuqtayi nazardan tahlil etiladi.
Kalit so'zlar: Nazariya, funksiya, metod, bilim, gipotetik, gipoteza, konsepsiya, empirik semantik;
ABSTRACT
The article analyzes the theory of historical science, its essence, views and ideas of world famous scientists on the theory of history from a methodological point of view.
Keywords: Theory, function, method, knowledge, hypothetical, hypothesis, concept, empirical semantics;
KIRISH
Tarix fanining nazariyasini atroflicha ilmiy - nazariy va falsafiy jihatdan atroflicha ishlab chiqilishi tarix fanidan ilmiy tadqiqotlarni olib borish jarayonida ijobiy natijalarga erishish uchun mustahkam zamin bo'ladi. Bu to'g'risida tadqiqotchi Borisnyov quyidagi so'zlarni aytgan: "Изучение теоретических проблем исторической науки, бесспорно, приобретает сейчас все более важное значение в практике подготовки кадров историков высшей квалификации." Ushbu tadqiqotchining bu fikriga qo'shilish mumkin, chunki, tabiiyki, tarixiy tadqiqotlarning subyekti tarix fanidan yuqori saviyada ilmiy-nazariy bilimga ega bo'lishi shart. Qaysiki, tarix nazariyasida bo'shliq va mo'rtlikning mavjud bo'lishi tadqiqotchini ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga ta'sir qilishi ehtimoldan xoli bo'lmaydi
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-977-982
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Nazariyaning asosiy funksiyasi biron masalani ilmiy-amaliy tushuntirib berishdir. Haqiqatni, qonunlarni, sabablarni izlash maqsadida oldindan biror fikrni bildirishdir. Har bir ilmiy metod ma'lum bir nazariya asosida ishlab chiqiladi. Nazariya bu - bilim sohasida fanda qonuniyatlar va jiddiy aloqalar to'grisida yaxlit tasavvur beradi. Nazariy bilim amaliyotda tizimlashib moddiylashadi. Nazariya va metodning bir-biriga o'xshashligi mavjud. Ular o'zaro bog'liq bo'ladi. "The word theory or "in theory" is sometimes used erroneously by people to explain something which they individually did not experience or test before. In those instances, semantically, it is being substituted for another concept, a hypothesis. Instead of using the word "hypothetically", it is replaced by a phrase: "in theory". In some instances the theory's credibility could be contested by calling it "just a theory" (implying that the idea has not even been tested)". (Ba 'zida "Nazariya " yoki "nazariy" iborasi odamlar tomonidan ular o 'zlari shaxsan sinab ko 'rmagan yoki tajribadan o'tkazmagan narsalarni tushuntirishda xato foydalanadilar. Bunday hollarda semantik jihatdan u boshqa tushuncha "gipoteza" bilan almashtiriladi. "Gipotetik" so'zining o'rniga nazariy so'zi bilan almashtiriladi. Ayrim hollarda nazariyaning haqiqiyligiga shubxa qilish mumkin. Ba'zi hollarda nazariyaning ishonchliligini uni oddiy nazariya deb atab uning haqiqiyligini shubxa ostiga olish mumkin. ( G'oya hatto tekshirilmaganligini bila turib. ). Oqibatda nazariya so'zi ko 'pincha "amaliyot' so 'ziga qarshi qo 'yiladi. (tarjima) )
Boshqa fanlar kabi tarix fani ham o'z nazariyasiga ega . Tarix fani XIX asrdan mustaqil fan sifatida shakllanishi uchun zaruriy bo'lgan nazariy jihatlari shakllangan edi. Tarix fani yo'nalishida qator va mzmunan tarixni fan sifatida e'tirof etadigan nazariyalar paydo bo'ldi. Lekin tarix nazariyasi bo'yicha turli bir-birini inkor qiladigan qarashlar ham paydo bo'ldi. Bu turli munozaralarga olib keldi va hozirgacha bu munozaralar da'vom etib keladi. Bizning fikrimizcha bu munozara yana davom etaveradi.
Tarix nazariyasini tarixiy - falsafiy jihatdan tadqiq qilish uchun mavjud nazariyalarni qiyosiy tahlilini amalga oshirib, ulardagi umumiy tomonlarini va o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq va tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirish tadqiqotchi uchun ijobiy ahamiyatga ega bo'ladi. Nazariy jihatdan yuksak bilim va ko'nikmaga ega bo'lish tadqiqotning ijobiy natijasini kafolatlaydigan omil bo'ladi. Bu to'g'risida tadqiqotchi Novikovning fikri diqqatga sazovor: "Теоретическое знание трансформирует результаты, полученные на стадии эмпирического
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-977-982
познания, в более глубокие обобщения, вскрывая сущности явлений первого, второго и т.д. порядков, закономерности возникновения, развития и изменения изучаемого объекта." Demak, nazariy bilimning sifat jihatdan yuqori darajada bo'lishi ilmiy tadqiqotni chuqur umumlashtirishga, o'rganilayotgan obyektning genezisini mazmun mohiyatini atroflicha tahlil qilishga imkoniyat yaratadi. Hozirgi kungacha tarixchi olimlarning ilmiy-nazariy bilimlarining saviyasi ular bajarayotgan ilmiy tadqiqotlarning sifatiga bevosita ta'sir qilishi tabiiy jarayon bo'lib qolmoqda.
Insonning tafakkuri fikrlash asosida rivojlanadi. Fikrlash esa ma'lum bir tarixiy voqelikni tasavvur qilishga imkon beradigan qandaydir bir tarixiy dalilni o'rganish asosida yuz beradi. Robin Kollingvud shunday ta'kidlaydi: "Tarixiy fikrlash - bu o'zligini anglash funksiyasi yoki vazifasini bajaradigan faoliyat, tafakkur shakli, u faqat tarixiy fikrlashni anglaydigan ongga tegishli" Demak, tarixiy ong tarixiy o'tmishni bilish uchun olingan bilimlar asosida shakllanadi. Tarixiy tafakkurni rivojlanishi uchun umum e'tirof etilgan tarixiy taraqqiyot nazariyalarini bilish va ulardan tarixiy taraqqiyot jarayonlarini o'rganishda yoki tahlil qilganda foydalanish ko'nikmasini shakllantirish kerak bo'ladi. Agar odam tarixiy bilimga ega bo'lmasa unda tarixiy mushohada bo'lmaydi va u tarixiy tafakkurga ega bo'lmaydi.
Tarix fani va metodologiyasida turli ilmiy-nazariy kinsepsiyalardan foydalaniladi. Konsepsiyaning ma'nosi - lotincha majmua, tizim demakdir. Biror bir sohaga tegishli qarashlar, tamoyillar tizimi, dalillar, hodisalarni tushuntirish, anglash, izohlashning muayyan metodi. K.Yaspersning fikricha "Tarixiy konsepsiyaning vazifasi - bu bizni zamonaviy dunyoni anglashga yordam berishdir"
Tarixiy taraqqiyotni tabiatdan farq qilgan holda nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilishda Gegel tarix fani nazariyasini rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi. U Kant, Shiller va Gerderning g'oyalarini tadqiq qilgan holda insoniyat tarixini evolyutsion rivojlanishini inkor qildi. Robin Kollingvud Gegelning ayrim g'oyalarini xato fikrlash deb baholadi: "O'zining evolyutsion ta'limotni inkor qilishi bilan bu tafovutni kuchaytirishi bilan u xato qiladi." Kollingvud evolyutsiya nazariyasini jon-jahdi bilan himoya qiladi va bu tarixchining o'z tafakkurida o'zi hikoya qilayotgan o'sha arboblarning fikrlari va motivlarini qayta tiklashi tarixning o'ziga xos xususiyatidir. U tarixchining ongiga ustuvor o'rin beradi. Hech qanday tarixiy voqealarning izchillikda sodir bo'lishi bu hali tarixiy ketma-ketlik, izchillik emas, qachonki hozircha u faoliyat, uning motivlari tarixchining ongida qayta tiklanmaydi degan fikrni uqtiradi. Biz bu fikrni ma'lum holatda yoqlaymiz. Tarixchi yetuk darajada tarixiy bilim, tarixiy tafakkurga ega bo'lsagina o'tmish tarixni o'z
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-977-982
tafakkurida ma'lum darajada qayta tiklashi mumkin. Bu fikrimiz ham munozarali bo'lib, bu holatda o'tmish tarixni atroflicha tasviri va tushunchalari faqat tarixchiga bog'liq bo'lib qoladi.
Immanuel Kantning fikriga ko'ra tarixiy jarayonning asosiy harakatlanturuvchi kuchi - aql. Gegel bu g'oyaga quyidagicha qaraydi: Tarixda nima yuz bersa bu insonning irodasi bilan sodir bo'ladi, tarixiy jarayon insonlarning faoliyatlari tufayli shakllanadi, insonning irodasi esa harakatda tashqi ifodalanadigan bor yo'g'i uning aqlidir. Gegelning fikricha insoniyat tarixi bu odamlarning hissiyotlarining tomoshasidir. Bu jarayon aql bilan boshqariladi degani emas. Haqiqatan ham, inson doimo ehtiroslar qurshovida yashaydi. Insonga hamrohlik qiladigan ehtiros hech qachon uni tark etmaydi va unung faoliyatiga, chiqaradigan qarorlariga bevosita va doimo ta'sir qiladi. Gegel ehtiroslarga buyum sifatida qarab, undan insoniyat tarixi qilinadi deb tushuntiradi. Bir tomondan insoniyat tarixi bu - aqlning tomoshasidir, qaysiki, aql ehtirosni o'zidan o'z maqsadlariga erishish uchun qurol sifatida foydalanadi.
Gegelning inson tafakkuri to'g'risidagi fikrlari e'tiborga loyiq. Insonning fikri ko'pincha oqilona fikrashdan uzoq bo'ladi deb hisoblanadi. Gegel bu fikrga e'tiroz bildirgan bo'lar edi. Qaysiki insonning aniq tafakkur qilishi ma'lum bir aniq bir vaziyat bilan bog'liq holda sodir bo'ladi. Biz bu tushunchaga qo'shilgan holda shunday fikrni aytishimiz mumkin: Inson barcha davrlarda ma'lum bir makonda va zamonda ma'lum bir jamiyatda yashaydi. Uning dunyoqarashi, turmush tarzi, tafakkuri faoliyati ushbu jamiyat muhiti bilan bevosita bog'liq holda sodir bo'ladi. Shu sababli inson tafakkurini va faoliyatini jamiyatdan tashqari va undan ajratib olgan holda tahlil qilish mumkin emas. Kollingvud Gegelning bu fikriga qo'shilgan holda quyidagi fikrni ilgari suradi : "Tafakkur hech qachon vakuumda bo'lmaydi; u doimo aniq odam va aniq vaziyat bilan bog'langan va har bir tarixiy personaj har qanday tarixiy vaziyatda bu odam bu ma'lum vaziyat doirasida imkoniyat darajasida ratsional darajada harakat qilishi mumkin va unung o'rnida bo'lgan har qanday kishi undan ko'ra kattaroq ishni qila olmaydi" O'tmish tarixni tahlil qilganimizda ko'p hollarda tarixiy shaxslarning faoliyati bizga mantiqan aqlsizlik, aqlga sig'maydigan halokatli bo'lib ko'rinadi. Misol uchun qadimgi davrda Rim respublikasi va keyin Rim imperiyasi mil.avv. V asrdan boshlab milodiy II asrgacha to'xtovsiz istilochilik urushlari olib borgan. Bu g'olibona urushlar natijasida rimga ulkan moddiy boyliklar va qullar oqib kelgan. Rim davlati va jamiyati bu boylikka ega bo'lib farovon yashadi. Lekin g'olibona istilochilik urushlarini to'xtatmadi. Bu tadqiqotchi uchun
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-977-982
tushunarsiz va aqlsizlik tuyiladi. Aslida tarixiy haqiqat nimada? Bizning fikrimizcha, Rim davlati va jamiyati g'olibona urushlardan oqib kelgan boyliklar va bosib olingan qaram hudud va xalqlardan olinadigan o'lponlar hisobiga o'z farovon hayotini qurdi va uning hisobiga yashay boshladi. Bu uzoq asrlar davom etgan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy muhit, turmush tarzi, dunyoqarash va shunga mos yangi mafkurani shakllanishiga olib keldi. Rim davlati va rim aholisida buyuk davlatchilik dunyoqarashini shakllantirdi. Rim davlati va jamiyati ana shu muhitda yashadi. Shu jihatlar Rim davlat hokimiyatini boshqaruvchi siyosatchilarning tafakkuri va faoliyatini mavjud muhit va vaziyatga mos bo'lishini ta'minladi. Rim siyosiy arbobi va Rim fuqarosining ehtirosi ratsional va samarali edi. Shu bilan birga bu ehtiroslar insonni o'z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan edi. Bu holatda odamlar o'z ehtiroslarini aqlan faoliyatlarini vaziyatga mosligini ta'minlaydilar. Qaysiki, mavjud vaziyatga mos bo'lgan ehtiyojgina amalga oshadi yoki qondiriladi.
Butun tarixning ozi butunligicha - tafakkur tarixi va bizga tafakkurning o'z taraqqiyotini namoyish qiladi. Tarixiy jarayon o'z asosida mantiqiy jarayon bo'lib qoladi. Tarixiy o'tishlar vaqt doirasida mantiqiy o'tishlarni aks ettiradi. Tarix bor yo'q mantiqning har xildagi ko'rinishidir, qaysiki, mantiqiy o'tish va borish munosabati almashtirilmagan balki vaqtincha o'tish va borish bo'lib boyitilgan yoki mustahkamlangan. Bundan kelib chiqadiki tarixdagi harakat hech qachon tasodif bo'lmaydi, lekin zaruriy bo'ladi, bizning tarixiy jarayonni bilishimiz esa hech qachon oddiy empirizm bo'lmay u qachonki biz bu jarayonni zaruriyligini o'rnatamiz.
XULOSA
Xulosa o'rnida. Demak tarix fanini o'rganish uchun olib borilayotgan tadqiqotlar ilmiy-nazariy jihatdan asoslanishi zarur va maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki tadqiqotchining tadqiqoti ma'lum bir ilmiy-nazariy asoslarga ega bo'ladi va shu asoslarga tayangan holda tadqiqot olib boriladi. Shu sababli tarix fanidan izlanish olib borayotgan tadqiqotchi yoki tarix fani o'qituvchisi eng avvalo tarix fanida mavjud bo'lgan, jahon tarixida e'tirof e'tilgan nazariyalarni bilishi shart. Bu tadqiqotchini ilmiy-nazariy jihatdan bilim saviyasini yuqori darajada bo'lishini ta'minlaydi. Biz ushbu maqolada tarix fanida nazariyaning o'rni va ahamiyatini asoslayotgan bir necha fikrlarni keltirdik.
REFERENCES
1. К. Ясперс "Смысл и назначение истории" стр 526
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-977-982
2. Коллингвуд Р. "Идея истории" Автобиография. М., 1980. С. 484
3. Новиков А.М., Новиков Д.А. Методология. - М.: СИНТЕГ. - 2007 стр . 668
4. David J Pfeiffer. Scientific Theory vs Law. Science Journal (on medium.com). 30-January 2017
5. Бориснёв С. В. Вестник Военного университета. 2010.