Научная статья на тему 'TA’LIM KLASTERI VOSITASIDA TARIX FANLARINI O’QITISHNING INTEGRATSIYASINI TA’MINLASH'

TA’LIM KLASTERI VOSITASIDA TARIX FANLARINI O’QITISHNING INTEGRATSIYASINI TA’MINLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

477
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzviylik / aloqalar / shakllar / o‟quv rejalar / standart / kompetensiya / klaster / sinhron aloqalar / prespektiv aloqalar / o‟quv uslubiy ta‟minot / tarixiy timsollar. / последовательность / отношения / формы / биографические данные / стандарт / компетенция / кластер / сингронные отношения / преспективные отношения / учебно-методическое обеспечение / исторические логосы.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mavluda Sahobiddinova, S. A. Toshtemirova

Mazkur maqolada umumiy o‟rta ta‟lim muassasalarida tarix fanlarini o‟qitishda o‟quv jarayonlarida uzviylik va uzluksizlikni ta‟minlash orqali ta‟lim samaradorligiga erishishning shakl, usul va vositalari bo‟yicha fikrmulohazalar yuritilgan. Tarix darslarini kurslararo uzviylikda olib borishning turli xil jumladan, xronologik, prespektiv, sinxron, axborot beruvchi aloqalari va turli shakllari keltirib o‟tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ ИНТЕГРАЦИИ ПРЕПОДАВАНИЯ ИСТОРИЧЕСКИХ ДИСЦИПЛИН ЧЕРЕЗ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ КЛАСТЕР

В данной статье высказываются мнения о формах, методах и средствах достижения эффективности образования путем обеспечения преемственности и преемственности в образовательных процессах при преподавании исторических наук в общеобразовательных средних учебных заведениях. Упоминаются различные формы гармоничного проведения уроков истории, в том числе хронологические, преспективные, синхронные, информативные и различные формы общения.

Текст научной работы на тему «TA’LIM KLASTERI VOSITASIDA TARIX FANLARINI O’QITISHNING INTEGRATSIYASINI TA’MINLASH»

TA'LIM KLASTERI VOSITASIDA TARIX FANLARINI O'QITISHNING INTEGRATSIYASINI TA'MINLASH

Mavluda Sahobiddinova

Chirchiq davlat pedagogika instituti

S. A. Toshtemirova

Ilmiy rahbar

Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tarix fanlarini o'qitishda o'quv jarayonlarida uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash orqali ta'lim samaradorligiga erishishning shakl, usul va vositalari bo'yicha fikr- mulohazalar yuritilgan. Tarix darslarini kurslararo uzviylikda olib borishning turli xil jumladan, xronologik, prespektiv, sinxron, axborot beruvchi aloqalari va turli shakllari keltirib o'tilgan.

Tayanch so'zlar: uzviylik, aloqalar, shakllar, o'quv rejalar, standart, kompetensiya, klaster, sinhron aloqalar, prespektiv aloqalar, o'quv uslubiy ta'minot, tarixiy timsollar.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ ИНТЕГРАЦИИ ПРЕПОДАВАНИЯ ИСТОРИЧЕСКИХ ДИСЦИПЛИН ЧЕРЕЗ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ КЛАСТЕР

Аннотация: В данной статье высказываются мнения о формах, методах и средствах достижения эффективности образования путем обеспечения преемственности и преемственности в образовательных процессах при преподавании исторических наук в общеобразовательных средних учебных заведениях. Упоминаются различные формы гармоничного проведения уроков истории, в том числе хронологические, преспективные, синхронные, информативные и различные формы общения.

Ключевые слова: последовательность, отношения, формы, биографические данные, стандарт, компетенция, кластер, сингронные отношения, преспективные отношения, учебно-методическое обеспечение, исторические логосы.

ENSURING THE INTEGRATION OF THE TEACHING OF HISTORICAL DISCIPLINES THROUGH THE EDUCATIONAL CLUSTER

Abstract: In this article, opinions on the forms, methods and means of achieving educational efficiency by ensuring continuity and continuity in educational processes in teaching Historical Sciences in general secondary educational institutions are made. Various forms of conducting history lessons in harmony, including chronological,

prespektiv, synchronous, informative, and various forms of communication are mentioned.

Keywords: consistency, relationships, forms, curriculum vitae, standard, competence, cluster, synchronic relationships, perspective relationships, instructional methodological supply, historical logos.

Tarix predmetini o'qitishda kurslararo aloqalarning shakllanishi va uni amalga oshirish bilan bog'liq uzviylikni ta'minlashning o'ziga xos xususiyati fan asoslari, o'quv predmetining tuzilishi va mazmuni, uning DTS, dastur, o'quv rejasidagi maqsadi va o'rni bilan belgilanadi. Har bir o'quv fani, shu jumladan, tarix alohida bilimlar tizimi - dalil, tushuncha, g'oyalarning o'ziga xos mantiqiy bog'liqligidan iborat. O'quvchilar ularni ob'ektiv voqelikni aks ettirishning barcha shakllari o'rtasidagi bog'lanishlarining ichki tizimini hosil qilish yo'li orqali o'zlashtiradilar. Bunday bog'lanishlarni yaratishda kurslararo aloqalar muhim rol o'ynashi ta'lim klasterida alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bunda o'quvchilarning yilma-yil olgan bilimlari bir-biri bilan mantiqan bog'lab borilishi, Davlat ta'lim standartlari va iste'molchilar talablariga javob bera oladigan kompetensiyalar bilan maktabni tugatishi hamda ta'limning keyingi bosqichiga muvaffaqiyatli o'tishini belgilab beradi. SHunga ko'ra umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quvchilari jahon tarixi va O'zbekiston tarixi darslarida kurslararo bog'lab o'rganish orqali ta'lim samaradorligini oshirishga katta e'tibor qaratishi lozim.

Tarix darslarini kurslararo uzviylikda olib borishni quyidagi shakllarini ajratib ko'rsatish mumkin:

1. Xronologik(retrospektiv) aloqalar- yangi mavzuni tushuntirishda har ikkala tarix kursidan ilgari ma'lum bo'lgan o'quv materialiga tayanib o'quvchilarga murojaat qilinishi (masalan, "Arab xalifaligining vujudga kelishi va taraqqiyoti" - "Xalifalik mamlakatlari madaniyati").

2. Perspektiv aloqalar- kelgusida sistemali o'rganish ko'zda tutilgan materiallarga oldindan murojaat qilish. (chunonchi, insoniyat tarixi-g'oyalar tarixidan iborat ekanligi. Turli g'oyalarning tarixiy jarayonlarga ta'siri, "Kuch-bilim va tafakkurda" g'oyasining mohiyati, "Buyuk ipak yo'li"ni tiklash g'oyasi va h.k.).

3. Sinxron aloqalar- tarix kurslarida mazmunan yaqin bo'lgan ikki mavzuni o'rganishning bir vaqtga to'g'ri (mos) kelishi yoki bir vaqtda sodir bo'lgan voqealar (masalan, o'rta asrlarning uchinchi davrida "Evropa xalqlari madaniyati" va "Temuriylar davrida ilm-fan va madaniy hayot", Temuriylar davri madaniyatining jahonshumul ahamiyat kasb etishi ).

4. Axborot beruvchi aloqalar - nazariy, tarixiy dalil va tushunchalar darajasidagi aloqalar bo'lib, ularga quyidagicha turkumlanadi:

a) nazariy jihatdan - tarix sinflar kurashidan iborat emas, balki u insoniyat jamiyatining taraqqiyoti haqidagi fan ekanligi. Inson tarixni yaratuvchisi, ishtirokchisi ekanligi, insoniyat doim oldinga intilganligi, bu esa tarixiy taraqqiyotning asosi bo'lganligi, butun borliq muvozanatdan, ya'ni o'zaro bog'liqlikdan iborat ekanligi va h.k.;

b) tarixiy dalillar - bilimlarning eng oddiy turlaridan hamda tahlil qilish va umumiy xulosa chiqarish uchun manba material hisoblanib, murakkabroq bilimlar tarkibi birliklari- tarixiy tushuncha, g'oya, nazariya, qonuniyatlarni o'zlashtirishda asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, 1402 yilda Amir Temurning tarixiy Anqara jangida Boyazidni tor-mor etishi, 1526 yilda Hindistonda Boburiylar imperiyasiga asos solinishi va h.k.;

v) tarixiy tushunchalar - inson tafakkuri shakllaridan, predmet va hodisalarning umumlashtirish usullaridan biri bo'lib, uning yordamida narsalarning umumiy, muhim belgilari, ob'ektiv voqelik hodisalari bilib olinadi. Insonning tarixiy hodisa, jarayonlar mohiyatini teran anglashi tarixiy tushunchalarda o'z ifodasini topadi. CHunonchi, davlat, feodal tarqoqlik, markazlashgan davlat, mutloq monarxiya, dehqonlar qo'zg'oloni, natural xo'jalik va h.k.

5. Uslubiy tavsifdagi aloqalar - o'quvchilarning jahon va O'zbekiston tarixi bo'yicha tarixiy dalillarni o'rganishi natijasida olamni anglash, jamiyat taraqqiyotining yaxlit mohiyatini tafakkur orqali idrok etishi bilan shakllangan, umumlashgan aniq tasavvurlari, keng tushunchalarida hamda dunyoqarashga oid tamoyillar va g'oyalarda aks etadi (masalan, tarix ta'limidagi etakchi g'oyalar, "O'zbek xalqi va davlatchiligi tarixi" konsepsiyasining etakchi g'oyalari va h.k.).

6. Faoliyatga doir aloqalar ko'nikma va malakalar sistemasida amalga oshiriladi. (masalan, ijodiy fikrlash, o'quv-kommunikativ, tashkiliy, bibliografik va hokazo ko'nikma va malakalar). Mazkur rivojlantiruvchi ta'limning markazida shaxsni ta'lim-tarbiya vositasida maqsadga erishishga yo'naltirilgan umumiy va integrativ qobiliyat va tafakkurini shakllantirish yotadi. SHuningdek, o'quvchilarning kurslararo tarixiy bilimlarni aniqlashtirishlarida bir qator ushbu predmetga xos bo'lgan ko'nikmalar: tarixiy materialni zamon va makonda tahlil etish, taqqoslash kabilarni rivoshlantirish nazarda tutiladi.

Ta'lim klasteri asosida dars samaradorligini oshirish o'quv jarayonlarida ta'limning turli shakl va usullarini amaliyotga tatbiq etishni talab etadi. O'quvchilarni qisqa vaqt ichida kurslararo bog'lanish yordamida faol ravishda bilimlarini jalb qilib, materialni idrok etishlari uchun pedagog oddiy uslubiy

usullarni qo'llashdan murakkabga qarab borishi lozim bo'ladi. Bular jumlasiga quyidagilar kiritildi: eslatish (misollar, dalillar keltirish va h.k.), topshiriq va savollar (mantiqiy, muamoli va h.k.) berish, taqqoslash, tarixiy sayohat (tarixga nazar tashlash, o'tmishga sayohat), turli xil jadvallar tuzish, kurs mavzularini birlashtirib integratsion dars o'tish, yangi o'rganilayotgan materialni boshqa kursdan ma'lum bo'lgan material (tarixiy tushunchalar) bilan bog'lash orqali tahlil qilib umumlashtirish, yangi pedagogik texnologiya asosida dars o'tish, qo'shimcha manbalardan foydalanib dars o'tish, umumlashtiruvchi - takrorlash darslarida kurslararo aloqalardan foydalanish va b.

Ushbu qo'llanilgan uslubiy usullarning har birini didaktik jihatdan sharhlab o'tish mumkin: Jahon va O'zbekiston tarixi fanlaridan o'quvchilarga ilgari ma'lum bo'lgan o'quv materiallariga murojaat qilib eslatish asosan umumlashtiruvchi-takrorlash darslarida qo'llaniladi. Uni qo'llanilishi o'quvchilarning yangi materialni o'zlashtirishini osonlashtirish bilan birga bilimlarini yanada mustahkamlash omili bo'ladi. SHuni ta'kidlash kerakki, o'tilgan o'quv mashg'uloti axborotlarini o'quvchilarning yodiga tushirish bilan muammoli vaziyat yaratish orqali, ulardagi mustaqil mushohada rivojlantirilib, yangi materialni uzviy bog'lagan holda puxta o'zlashtirishga zamin tayyorlash mumkin. Masalan, VII sinf jahon tarixi o'quv-uslubiy ta'minotidan quyidagilarni keltirish o'rinli:

Arab xalifaligi madaniyatini uning tarkibida bo'lgan barcha xalqlar yaratgan. Uni yaratishda qaysi mintaqa eng ko'p hissa qo'shgan deb hisoblaysiz? Ilk uyg'onish davriga qadar g'arb dunyosida: Ptolomey, Aristotel, Evklid, Gippokrat, Galen, Arximed kabi mashhur olimlar asarlari arabchadan lotinchaga o'girilgan holda o'rganilganligini qanday izohlaysiz? Salb yurishlari oqibatlarini xotirangizga keltiring. Bularni eslasangiz Sharqning G'arbga ko'rsatgan ta'sirini yaxshi anglaysiz.

Turli topshiriqlar va savollar yordamida o'zaro bog'lanishlardan foydalanishda o'quv ta'minotidagi savol va topshiriqlarni keltirish maqsadga muvofiqdir. Chunonchi, o'quvchilarning bog'lanishlarga oid tarixiy materialni tahlil qilib, xulosalarini asoslash ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan "Mantiqiy mushohada!" rukni ostida berilgan quyidagi savol va topshiriqlarga e'tibor qaratiladi: Anqara jangini g'alaba bilan yakunlagan Amir Temurdan Evropa hukmdorlari minnatdor bo'lishining boisi nimada deb o'ylaysiz? Boburiylar davrida o'zbek madaniyatining Hindistonga ko'rsatgan ta'siri nimalarda ko'rinadi? O'rta asrlarda Sharqda mashhur bo'lgan quyidagi iborani sharhlab bering: "Samarqand sayqali ro'yi zamindur, Buxoro qudrati islomi dindur".

Taqqoslash usuli o'quvchilarning zamon va makon tasavvurlarini hosil qilishda, ularni tarixiy voqealar, hodisalar va jarayonlarning mohiyati, sabablari hamda natijalarini tushunishga olib kelishida muhim o'rin tutadi. "Rus pedagogi K.D.Ushinskiy, o'rganilayotgan hodisalarni taqqoslash didaktikada qo'llaniladigan eng muhim bir usul, deb hisoblagan edi" Bu yo'nalish bo'yicha tarix kurslarini o'qitish jarayonida quyidagilar taqqoslanishi mumkin:

1) bir vaqtga yoki turli tarixiy davrlarga taaluqli bir turdagi ob'ektlar (moddiy-ma'naviy madaniyat yodgorliklari, tarixiy-geografik ob'ektlar);

2) turli vaqtda turli mamlakatlarda bo'lib o'tgan bir turdagi voqea va hodisalar, ularning sabablari va natijalari;

3) bir mamlakatda yoki bir necha mamlakatda ayni bir vaqtda bo'lib o'tgan, bir-biriga o'xshash hamda bir-biridan farq qiladigan voqealar va hodisalar;

4) turli mamlakatlardagi ijtimoiy taraqqiyotning bir-biriga o'xshab ketadigan yoki aynan o'xshaydigan jarayonlari.

Jahon va O'zbekiston tarixi o'quv mashg'ulotlarida sayyor darslarni tarixiy o'quv o'yinlari vositasida amalga oshirish yaxshi samara beradi. Tarix o'qitishning shakl va usullari tizimida o'quv o'yinlari alohida o'rinni egallaydi. U yangi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, o'quv o'yinlaridan foydalanish o'quvchilarning mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va bilimini puxta bo'lishiga zamin yaratadi.

Tarixiy o'quv o'yinlarini ikki guruhga bo'lish mumkin.

Birinchi guruhga 2-6 o'quvchiga mo'ljallangan kichik tarixiy o'yinlar: muammoli o'yinlar, chaynvord, xronologik topshiriqlarning javobini topish, tarixiy loto, turli viktorina savollariga to'g'ri javob berish va hokazolarni kiritish mumkin.

Ikkinchi guruhga esa sinfdagi barcha o'quvchilarni, ba'zida bir necha sinf o'quvchilarining ishtirokini talab etuvchi tarixiy musobaqalar, ishchanlik, timsolli o'yinlar kiradi. SHularning ichida tarixiy timsolli o'yinlar o'quvchilarning bilish faoliyatini jamoa tarzida tashkil qilish shakli va o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan o'quv o'yin turidan biridir. Jumladan, mazkur o'yin mobaynida o'quvchilar o'yin syujeti hamda o'zlariga taqsimlangan timsollar asosida tasavvur qilingan o'tmish va zamonaviy voqealarni aniq maqsadga qaratilgan o'yin harakatlari orqali amalga oshiradilar.

O'quvchilarda tarixiy sharoitni yaxshi bilishi, o'rganilayotgan voqealarning sabab-oqibatlari va ahamiyatini tahlil qilish hamda mohiyatini teran tushunish ko'nikmasining shakllanganligi ushbu o'yin muvaffaqiyatini ta'minlaydigan muhim omil sanaladi. Shu bilan birga o'qituvchi o'quvchilarni o'yinga psixologik jihatdan tayyorlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O'quvchilar bu kabi topshiriqlarni qiziqish bilan qabul qiladilar va bajaradilar. Timsolli o'yinlarning yana bir turi tarixiy voqeaning sahna ko'rinishi bo'lib, unda o'quvchilar tarixiy shaxslar timsolida qatnashib, ularning xarakterlari, ma'lum vaziyatlarda tutgan yo'llari, yo'l qo'ygan xatolarini o'z fikrlari yordamida ifodalaydilar. Masalan, Iskandari Soniy, deb nom olgan Xorazmshoh Sulton Muhammad saroyida Chingizxon boshliq mo'g'ullar hujumiga nisbatan ko'riladigan chora masalalarida harbiy kengash chaqiriladi. Harbiy kengashda turli fikr-mulohazalar bildiriladi. Jumladan, saroy arboblaridan Shahobiddin Xivaqiy bor qo'shinni Sirdaryo bo'yiga to'plab, uzoq yo'ldan toliqib kelgan mo'g'ullarga qarshi, to'satdan zarba berishni taklif qiladi. Lekin, Xorazmshoh Muhammad bo'lajak urushda mudofaa taktikasini qo'llash sabablari, Jaloliddin Manguberdi va boshqa kengash qatnashchilarining bu boradagi fikrlari sahnalashtirilgan holda ko'rsatiladi. Bular o'quvchilarni tarixiy voqea va hodisalarga to'g'ri baho berishga o'rgatish bilan har ikkala tarix kursidan yaqin bo'lgan mavzu materiallari mazmunini uzviy bog'lab, keyin yuzaga keladigan muammolarni oydinlashtirishga yordam beradi.

Tarix ta'limida sinxron (bir vaqtda, o'zaro mos ravishda) aloqa va o'tgan voqealar bilan izchil bo'lgan aloqalarni turli yo'llar bilan amalga oshirish mumkin. Jumladan, sinxron va uzviy xronologik jadvallarni o'quvchilarning o'qituvchi topshirig'iga ko'ra to'ldirishlari tarix kurslarida mavjud bo'lgan bir turdagi tarixiy asoslar haqidagi bilimlarini tizimlashtiradi.

O'zaro bog'langan va bir-biri o'rtasida nisbat aniqlangan xronologik sanalar tizimi o'quvchilar ongida xronologik asos yaratib, tarixiy dalillarni puxta o'zlashtirishga yordam beradi. Ayniqsa, uzviy xronologik va sinxronik aloqalar, shu jumladan kurslararo aloqalarni takrorlash va mustahkamlash yo'li bilan o'rganish tarix o'qitishning o'ziga xos xususiyatini belgilaydi.

Jahon tarixidan qaysi voqea O'zbekiston tarixining ayrim voqealaridan oldinroq yoki boshqa voqealaridan keyinroq bo'lganligini va ular orasidagi farq necha yilni tashkil etishi kabi topshiriqlar o'quvchilarning xronologik bilimini mustahkamlab, tarixiy materialni zamonda tahlil qilish ko'nikmasini rivojlantiradi. Bu borada xronologik boshqotirmalarni echish o'quvchilarda tarixga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi.

Demak xulosa qilib shuni aytish mumkinki,ta'lim mazmunini integratsiyalash orqali tarix fanlarini o'qitishda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalariga ega bo'lishidagi mavjud muammolarni hisobga olgan holda baholashning namunali me'yorlari iste'molchilar talablariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim bo'ladi. SHuningdek, tarix kurslarini o'zaro bog'lab o'qitish orqali dars samaradorligini

oshirishda maqsadga muvofiq uslubiy usullarni tanlashning asosiy mezonlari ishlab chiqish tavsiya etildi. Bunda ta'lim jarayonida amal qilinadigan qonuniyatlar va undan kelib chiqadigan ilmiy pedagogik tamoyillar asosida tarix fanlarining mazmuni va usullarini integratsiyalash o'qituvchi va o'quvchilarning imkoniyatlariga ko'ra belgilanishi zarur.

REFERENCES

1. Mahkamov S.T. Tarix ta'limida kurslararo uzviylikni ta'minlashning didaktik asoslari // ped. fanlari nomz. diss. - T.: 2005. -B. 180.

2. Ushinskiy K.D. Sochinenie. - M.: Izd-tvo APN RSFSR, 1949. Tom 6.-414 s.

3. Vagin A.A. Metodika obucheniya istorii. -M.: Prosveщenie, 1972. 354 s.

4. Mukhamedov G'.I, Hodjamqulov U.N., Toshtemirova S.A. Innovation cluster of pedagogical education. - T.: University, 2020. 280 b.

5. Mardonov, Sh., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 27(07), 8104-8111.

6. Тоштемирова C.A. (2020) Таълим сифати самарадорлигини оширишда инновацион ГОяларнинг ахамияти. МуГаллим хэм Yзликсиз билимлендириу, 1(1). 56-61.

7. Ботирова, Ш. И. (2020). Педагогик таълим инновацион кластери янги устувор йуналиш сифатида. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 487-494.

8. Toshtemirova, С., Жолдасов, И. (2019). Бiлiмдi адамгершiлiкке баулу идеясыньщ кажеттт // "Actual problems of society, education, science and technology: status and prospects of development" collection of scientific papers of the ii international scientific-practical conference. Актубе. P. 17-23.

9. Гаффоров, Я. Х., & Тоштемирова, С. А. (2021). Таълим ва тарбияда инсонпарварлик тамойилининг зарурати. Academic research in educational sciences, 2(2), 292-299.

10. Toshtemirova S. A. (2020). Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida // Uzluksiz ta'lim. № 1 (86). - S.5.

11. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.

12. Toshtemirova, S.A. (2019). Klaster yondashuvi asosida mintaqaviy ta'lim tizmini boshqarish. NamDU ilmiy axborotnomasi, 1(11), 361-367.

13. Тоштемирова, С. (2020). Таълимда Чирчи; тажрибаси. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 445-451.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.