DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634
KELAJAK AVLOD TARBIYSIDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI
O'QITISHNING DOLZARBLIGI
Mazkur maqolada Ijtimoiy fanlarni o'qitishning dolzarbligi, sohaga oid yutuq va kamchiliklar, bu xaqdagi kreativ va tanqidiy fikrlar hamda ijtimoiy fanlarning Oliy ta'lim muassasalarida o'qitish zarurati, yosh avlodni vatanparvarlik ruxida yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalashdagi ahamiyati haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Kreativ, faollik, ma'naviy yetuklik, ijodiy fikrlash, motivatsiya, Tapux, MatHaBHAT, tanqidiy, boshqaruviy.
This article discusses the relevance of teaching social sciences, achievements and shortcomings in the field, creative and critical views on it and the need to teach social sciences in higher education, the importance of educating the younger generation in the spirit of patriotism.
Keywords: Creative, active, spiritual maturity, creative thinking, motivation, censorship, social, political, critical, managerial.
XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz bergan inqiloblar davri sifatida joy oldi.Bu davr ilm fan soxasida ko'plab ixtiro va kashfiyotlar qilingani bilan bir vaqtda siyosat olamida ham salmoqli, zalvorli o'zgarishlarni boshlab berdi. Jahon tarixida bu davr qanchalik tarixiy voqealarga boy bo'lgan bo'lsa, O'zbekiston tarixida ham chuqur iz qoldirdi. XX asr mamlakatimiz halqiga bergan eng buyuk va olijanob ne'mat - bu O'zbekiston milliy davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi bo'ldi. Chunki mustamlakachilik zulmi va muteligidan ozod bo'lish, tom ma'nodagi mustaqillikka erishish halqimizning uzoq yillardan beri kutgan ezgu orzu-armoni edi. Bu maqsad yo'lida millatning ming-minglab farzandlari o'z jonlarini qurbon qildilar. O'zbekistonning milliy davlat mustaqilligi, halqimizning hur, erkin, ozod yashab, o'z taqdirini o'zi belgilash, hal qilishdek buyuk baxt bugungi avlod vakillariga nasib etdi. Istiqlol
Muxabbat G'anijanovna Azamova
UzDJTSU o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
yillarida yurtimizda milliy ma'naviyatimizni tiklash, uni zamon
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634
talablari asosida rivojlantirish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda.
Yangi jamiyat qurish, avvalo, yoshlarga, ularning ma'naviy dunyosi, kasb mahoratiga bog'liq. Binobarin, yosh avlodda milliy g'oyani, yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog'lom fikrni uyg'otish, ularni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun g'oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalashda, yuksak ma'naviyatli komil inson bo'lib shakllanishida, shuningdek, xalqimizning ma'naviy yuksalishi yo'lida "O'zbekiston tarixi" fanining ahamiyati katta. Ushbu fanning barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari hamda maktablarda o'qitilishi ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.
Ammo qo'lga kiritilgan milliy davlat mustaqilligini saqlab qolish, uni siyosiy, iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash va kelajagi buyuk davlatni barpo qilish mislsiz darajada murakkab va sharafli bir vazifadir.Bu vazifaning qay darajada bajarilishi mamlakatimiz fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy saviyasi, milliy ma'naviyatimizning nechog'lik ular ongida shakllanib, xayotiy dunyoqarashiga aylanishi bilan mushtarakdir. Yosh avlodga o'z ona tarixini bildirmasdan, tarixiy voqea va xodisalarni tahlil etmasdan,tarixiy bilim va tarbiya bermasdan uning ongida milliy o'zlik va vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish mumkin emas.
O'tmishda islom ilmlari rivojiga ulkan hissalarini qo'shgan,jahon tan olgan ulug' allomalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy,Burhoniddin Marg'inoniy, buyuk tasavvuf pirlari Abduxoliq G'ijduvoniy va Bahouddin Naqshband kabi tabarruk siymolarning millatimiz ma'naviy takomiliga qo'shgan xizmatlari bilan bir qatorda,matematika va astronomiya singari aniq fanlar; tibbiyot, farmakognoziya ,mineralogiya kabi tabiiy fanlar; logika, filologiya va jamiyatshunoslik fanlari sohalarida jahon ilmi rivojiga barakali ta'sir ko'rsatgan qomusiy allomalar Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug'bek kabi mo''tabar zotlarning har biri xususida alohida to'xtalib, ularning nafaqat milliy ma'naviyatimiz, balki bashariyat ma'naviy takomiliga ko'rsatgan ta'sirlarini birma-bir qayd etib o'tilishi bu soha olimlari uchun muhim.
"O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo'q". "Bizning qadimiy va go'zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e'tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy madaniyatning
uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning,
April, 2022
National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634
ayniqsa, islom dini bilan bog'liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko'tarilishida ona yurtimizda tug'ilib kamolga yetgan ulug' allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g'urur va iftixor bag'ishlaydi."1
Shunday ekan, mustaqil O'zbekiston ta'lim tizimida Vatan tarixini mufassal, asosiy fan sifatida o'qitish bugungi xayotimizning eng dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolishi - bu davr taqozosidir. Ijtimoiy gumanitar fanlarning o'qitilishi zarurati shundaki, o'tmish tariximizni bilmasdan kelajakni qura olmaymiz. Bugungi yosh avlod onggiga xalqimizning istiqlol uchun asrlar davomida olib borgan kurashi, mustaqillikning mohiyati, uning buyuk ne'mat ekanligini singdirib, ular qalbida insonparvarlik, vatanparvarlik, sadoqat,mehr-muhabbat, burch va mas'uliyat tuyg'ularini singdirishda Tarix, Falsafa, Ma'naviyat kabi ijtimoiy gumanitar fanlarning salmog'i katta .Mazkur fanlar yosh avlodni ulug' xalqimizning milliy qadriyatlari va axloqiy sifatlari: xalollik, poklik, odillik, insonparvarlik, rostgo'ylik, mehnatsevarlik va kamtarinlik, iymon va e'tiqodlilik ruxida tarbiyalamog'i lozim, ularda Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqat xissini qaror toptirmog'i kerak.
Ijtimoiy fanlar yoshlar hayotida muhim o'rin tutadigan fanlar sirasiga kiradi. U kelajak avlodni kreativ fikrlashga, faol bo'lishga undaydi. Jamiyatda bo'layotgan barcha o'zgarishlarni keng idrok etishga imkon beradi va jamiyat xayotida faol ishtirok etishga undaydi. Ma'naviyatni yuksaltira borib yot goyalar ta'siriga tushmaslik, ularga qarshi kurashuvchan bo'lishga undaydi. Ijtimoiy fanlar orqali siyosiy yetuklikka erishiladi. Tanqidiy fikrlash, xar qanday masalaga to'gri ijodiy yondashish normalari shakllanadi. Nutq rivojlanishiga ta'sir kursatadi va bu orqali yoshlarda ma'naviy- siyosiy yetuklik ortib boshqaruv qobiliyati shakllanadi. Ijtimoiy fanlar xayotda bo'layotgan turfa jarayonlarni anglashga o'rgatadi va kreativ fikrlash g'oyalarini o'rgatishda kuchli moivatsiya rolini o'ynaydi. Shubxasiz ijtimoiy fanlar o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida juda kerakli fanlardir. Ijtimoiy fanlarni o'qitish davlat siyosati darajasidagi masala desak xato bo'lmaydi.
Ijtimoiy fanlarni OTM larda o'qitish, dars soatlarini taqsimlash borasida ayrim qarama-qarshi fikr va mulohazalar ham yo'q emas. Bu xaqda Prezident Sh.M.Mirziyoev ko'p marotaba o'z nutqlarida ta'kidlab, sohada uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari haqida to'xtalgan. Prezidentning 2021 yil "O'zbekiston" nashriyotida chop etilgan "Yangi O'zbekiston strategiyasi " kitobida sohada uchraydigan shu va shunga o'xshash kamchiliklar haqida jumladan shunday deyiladi:
1 Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. Asarlar.1-jild.81-bet " Ozbekiston" nashriyoti, 2012
April, 2022
631
National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634
«Milliy ma'naviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyati juda katta. Afsus, bu fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda. Xususan, biz uchun nihoyatda dolzarb bo'lgan tarix fani ham bundan mustasno emas. Tarixga oid ilmiy tadqiqot ishlari asosan bayonchilik, publitsistik usulda olib borilmoqda. Natijada, olis va yaqin o'tmishimizdagi ko'pgina voqealar mohiyati, ulami yuzaga keltiгgan omillaг va tarixiy qonuniyatlar ochilmasdan qolmoqda.
Bir haqiqatni barchamiz chuqur anglab olishimiz zarur: milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish keгak. Aks holda, uning tartiyaviy ta,siгi bo'lmaydi. Biz yoshlarimizni taгixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o,гgatishimiz, ulami tarix ilmi, taгixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zaгuг. Buning uchun, avvalo, O'zbekistonda taгix fanini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqishimiz vaqti-soati keldi, deb o'ylayman. Tarix institutini bu fanni rivojlantirish bo'yicha tayanch ilmiy
л
muassasa etib belgilash kerak» , degan fikrlar keltirilgan.
Shuningdek, ijtimoiy fanlarni o'qitish sifati va samaradorligini oshirishda olimlar va soha mutaxassislarini moddiy rag'batlantirish, ularning mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash talab etilishini ta'kidlab, Fanlar akademiyasi qoshidagi «Eng yangi tarix» markazi xodimlarining oylik ish haqi miqdorini ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari maoshiga tenglashtirib, uning faoliyatini kuchaytirish kerakligi qayd etilgan.
Ijtimoiy fanlarni OTM larda o'qitish jarayonini muntazam yoritib borish, bu boradagi yutuq va kamchiliklarni ro'yi rost ko'rsatish va Vatanimiz tarixini to'laqonli ochib berishda Ommaviy axborot vositalarining o'rni va roli beqiyos. Tarix, Falsafa, Ma'naviyat fanlari kabi inson onggi va tafakkuriga ezgulik umg'ini ekadigan, xatolardan saboq olib, yorqin kelajakni yaratishga mayoq bola oladigan kuch bo'lmasa kerak.
Ayni paytda, bu yo'nalishda kimningdir sub'ektiv yondashuvi ta'sirida biror-bir fanni joriy etish, boshqa birini esa yo'qotish, kafedralarni qo'shish va ularda professor-o'qituvchilar sonining hadddan ortib ketishi bilan bogliq tez-tez ro'y berib turadigan "eksperimentlar", ijtimoiy fanlar olimlari va mutaxassislari, professor-o'qituvchilarning mehnatiga muttasil past munosabatda bo'lish xolatlari sohaga jiddiy ziyon yetkazgan.Aynan ana shunday holat ushbu yo'nalishning ayrim vakillarida "Biz va bizning fanlarimiz kerak emasmi, bizga ham hech narsa kerak emas. Shunchaki topshiriqlarni bajarib, fanlarimizni o'qitib va darslarimizni o'z
2 Mimyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi . " Ozbekiston" nashriyoti , 2021 yil. 232-236 betlar
April, 2022
632
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634
vaqtida o'tib yursak bo'ldi", degan tasavvur shakllanishiga sabab bo'lgan. Shu va shunga o'xshash muammolarimiz bor ekan, ularni bartaraf etmas ekanmiz, kelajak avlodni tarbiyalashda oqsayveramiz" - deydi mamlakatimiz Prezidenti.
Sohani rivojlantirishda o'quv adabiyotlarining sifatiga e'tibor qaratilmoqda. Tarix faniniga oid darsliklar yaratishda nazariy- metodologik jixatlariga aloxida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ya'ni, xolislik tamoyili asosida tarixiy voqea- xodisalarni xolis, tarixiy faktlarga asoslanib, ro'yi rost ochib berish, xech qanday uydirma yoki bo'rttirishlarga yo'l qo'ymaslik talab etiladi. Voqea- xodisalar Ilmiy asoslangan , tarixiy faktlarga tayangan xolda ochib beriladi. O'quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o'quv adabiyotlarini yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo'shimcha yoki muqobil o'quv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda yangilab borish ijtimoiy- gumanitar fanlarni o'qitishda muhim omil hisoblanadi.
O'zbekistonda tarix fanini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasini ishlab chiqilishi ko'zda tutilmoqda. Kontseptsiya qabul qilinishi natijasida tarix fani sohasini rivojlantirish butunlay yangicha asosda va tizimli ravishda amalga oshiriladi, jarayonni samarali boshqarish imkoni tug'iladi. Ilmiy faoliyatni maqsadga muvofiq yo'lga qo'yish, katta moliyaviy xarajatlardan muayyan samara olish mumkin bo'ladi.
Shuningdek, o'zbek xalqi va davlatchiligi tarixi bo'yicha butunlay yangicha, milliy manfaatlarga mos ilmiy yondashuvlar asosidagi turkum asarlar tayyorlanadi. Chuqur bilimga ega, ijodiy va tizimli fikrlaydigan ilmiy xodimlar avlodi shakllanadi. Oliy ta'limda tarixchi mutaxassislar tayyorlashning butunlay yangicha, ilmiy muassasalar bilan uzviy bog'langan tizimi yaratiladi. Tarix yo'nalishidagi ilmiy xodimlar, professor-o'qituvchilarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish darajasi yuksaladi. Qadim, boy va noyob tarixiy merosni milliy va xorijiy darajada targ'ib etishning yangicha va samarali tizimi yaratiladi.
Qisqacha qilib aytganda ma'naviyatli, tafakkuri boy, dunyoqarashi keng xalq boshqaruvidagi davlat xech qachon tanazzulga yuz tutmaydi. Zero bunday xalqning tarixi buyuk, ma'naviyati yuksak bo'ladi.
REFERENCES
1. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. Asarlar. 1-jild.81-bet
2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent: "O'zbekiston". 2021. 236-454 b.
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634
3. Saifnazarov I. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni nega kuchaytirishimiz kerak?. Xalq so'zi. 29.10.2021 №231
4. Мухамеджанова Л.А. (2021). РОЛЬ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ. Вестник Евразийского национального университета имени Л. Н. Гумилева. Серия: Исторические науки. Философия. Религиоведение, (2 (135)), 123-133.
5. Kadirova Dilbar Salikhovna, Inagamova Feruza Khurshidovna, Agzamova Nilyufar Shukhratovna, Mukhamedzhanova Lalikhon Ashuraliyevna. (2019). CATEGORIES OF HARMONY IN THE CONCEPTIONS OF CLASSICAL SCHOLARS. International Journal of Research in Humanities, Arts and Literature, (2), 293-300
6. Мухамеджанова Л.А. (2021). РОЛЬ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ. Вестник Евразийского национального университета имени Л. Н. Гумилева. Серия: Исторические науки. Философия. Религиоведение, (2 (135)), 123-133.
April, 2022