DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-829-833
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O'QITISHISHNING BUGUNGI
KUNDAGI AHAMAYATI
Oynisa Mustafakulovna Muhammadieva
O'zbekiston Milliy universiteti Fuqarolik jamiyati va huquq ta'limi kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi
Asadbek Sayfullo o'g'li Zairov
O'zbekiston Milliy universiteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi
yo'nalishi III bosqich talabasi
Ushbu maqolada ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishning dolzarb ahamiyati ochilib berilgan. Yig'ilib qolgan tizimli muammolarni hal etishning zamonaviy tahlil va usullari yoritilgan.
Kalit so'zlar: ijtimoiy-gumanitar, jamiyat, milliy g'oya, ta'lim, tamoyil, globallashuv, mafkura, vatan, daxldorlik, raqamli targ'ibot.
This article highlights the importance of teaching the social sciences and humanities. Modern analysis and methods of solving the accumulated systemic problems are described.
Keywords: socio-humanitarian, society, national idea, education, principle, globalization, ideology, homeland, involvement, digital propaganda.
Global dunyoning global muammosi nimada? Bizning nazarimizda global muammoning eng keskin va o'tkir tig'lisi Inson qadrining qadrsizlanib ketayotganligidir. Ha, aynan inson qadrining qadrsizlanishi barcha globall muammolarning asosiy ildizi. Chunki inson borlig'ini qamrab olayotgan jamiki salbiy illatlar (giyohvandlik, boylikka hirs qo'yish, adolatsizlik, millatchilik, hayosizlik, andishasizlik, xiyonat, sotqinlik, vahshiylik, vijdonsizlik va h.k.) uning tabiat va jamiyatga shafqatsizlarcha munosabatda bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Shuningdek, rang-barang o'zgarishlarni o'zida aks ettirayotgan dunyoning mavkuraviy manzarasi yer yuzida istiqomad qilayotgan barcha kishilarni ogoh bo'lishi va sergak tortishini taqqazo etmoqda.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-829-833
Ijtimoiy-gumanitar fanlarga ehtiyojning ortishini Prezidegntimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikridan yaqqol anglashimiz mumkin: "Bizda uzoq yillar davomida ijtimoiy fanlarga nisbatan birtomonlama texnokratik yondoshuv, bu boradagi masalalarga ajabtovur bir "o'gay" qarash shakllanib qolgan. Ayni paytda, afsus bilan qayd etish mumkinki, haligacha uzluksiz ta'lim bosqichlarida, ayniqsa oliy ta'limda ijtimoiy fanlarni qancha hajmda va qanday yo'nalishlarda, qay bir shaklda va qanday mazmunda o'qitish va o'rgatish bo'yicha yaxlit kontseptsiya yo'q" [1] . O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 yilning "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili", deb nomlanishi ham bejiz emas, albatta. Aslida ham inson bu yorug' olamning eng oliy mavjudoti, eng oliy qadriyat ekanligi barcha dindarda ham, fanlarda ham bot-bot takrorlanib keladi. Biroq unga amal qilish masalasida bugun olimlar ham, odamlar ham ojizdek. Inson qadri nimada namoyon bo'ladi?, Inson qachon qadrli mavjudot sifatida e'tirof etiladi? Inson qadri avvalo uning ongli mavjudot ekanligi, ilm-tafakkuri, imon-e'tiqodi, go'allikni yarata olishi, ezgulik urug'ini sochishi, mehr-oqibatni namoyon eta olishi, qalblarni ka'ba deb bilishi kabilar bilan qadrlidir. Agar masalaga yanada jiddiyroq yondoshadigan bo'lsak, insonni qadrlaydigan sifat va fazilatlar qanday shakllantiriladi, ularni kim va qachon, qanday usullarda o'rgatadi? Bularning javobini biz bevosita ilm-fan, ta'lim tarbiyadan topamiz. Aynan insnnning ma'naviy kamolini, insoniy qadr-qimmatini shakllantiradigan fanlar bu - ijtimoiy-gumanitar fanlardir. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishda yuzaga kelayotgan muammolar inson qadrini yo'qolishiga, jamiyatdagi beqarorliklarni yuzaga kelishiga, insonlardagi loqaydlik, sovuqqonlik, mas'uliyatsizlik kayfiyatini yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda.
Ma'lumki, "O'zbekiston - ulkan tabiiy zahiralar, iqtisodiy va insoniy salohiyatga boy mamlakat. Ammo yaratganni o'zi ato etgan yana bir beboho boyligimiz borki, u ham bo'lsa, xalqimizning beqiyos intellektual va ma'naviy salohiyotidir. Ilm-fan namoyondalarining, ta'bir joiz bo'lsa, igna bilan quduq qaziydigan zahmatkash olimlarimizning mashaqqatli ilmiy izlanishlari mamlakatimiz uning bugungi va kelgusi ravnaqi uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu fidoiy insonlar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish maqsadida biz bor kuch va imkoniyatimizni safarbar etamiz." [2] deb ta'kidlagan O'zbebekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. Chindan ham so'nggi yillarda mamlakatmizda tub burilish davrini boshlab berib, amalga oshirilayotgan islohatlar orqaga qaytmas va to'xtatib bo'lmas suratlarda rivojlanayotganligini ko'rishimiz mumkin. Bugun yurtimizdagi o'zgarishlarga xalqaro keng
jamoatchilik diqqat-e'tibor qaratib, katta qiziqish bildirmoqda. Bu
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-829-833
esa shu jamiyatning a'zosi bo'lgan har bir fuqaroning zimmasiga mas'uliyat yuklaydi. Mazkur tushunchaning mazmun-mohiyatini tushuntirib berish aholi ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar soha mutaxassislarining o'rni va ro'li nihoyatda ahamiyatlidir. Jamiyatda millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik, insonparvarlik va hamjihatlik kabi tamoyillarni mustahkamlashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ta'siri yuqori sanaladi. Biroq hozirgi vaqtda ayrim muammolarning ko'lami va miqiyosi kengayib borib, bir qator tizimli muommolar saqlanib qolmoqda. Jumladan, keskin kurash va raqobat avj olayotgan globallashuv sharoitida milliy o'zlikni anglash jarayonlariga turli yot g'oyalarni salbiy ta'siri ortib, odamlarning qalbi va ongini egallash uchun bo'layotgan murosasizlik ijtimoiy-gumanitar sohadagi fundamental, amaliy va innovatsion ishlarni jonlashtirishni talab etmoqda. Shuningdek jahon sahnasida sodir bo'layotgan turli jarayonlarning mazmun-mohiyatini anglash darajasi pastligi, bu boradagi yaxlit tushuncha va tasavvurlarning yetarlicha shakllanmagani terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, ommaviy madaniyat, narkobiznes va turli transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashishda samarali tizim va doimiy ishlaydigan mehanizm yaratish lozim. Mamlakatimiz tinchligi, jamiyatimiz barqarorligi umuminsoniy, milliy va diniy qadriyatlarimizga qarshi qaratilgan xalqimizning asrlar davomida shakllangan hayot tarzini barbod qilishga yo'naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qashi kurashishning samarali usul va vositalarini ishlab chiqish, qo'llash ishlari zamon talablaridan ortda qolmoqda.
Mamlakatimizdagi ta'lim tizimida boshlangan islohotlar o'quvchi va o'qituvchilarning ham o'z ustida ishlashga, izlanishga, ilmiy-ijodiy faoliyatga undayotgani barchamizni quvontiradi. Biroq hali bajarishimiz kerak bo'lgan vazifalar talaygina ekanligini mavjud muammolar va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 yanvar 2022 yildagi PF-60 son «2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi[3] farmonida ko'rsatilgan bir qator quyidagi ustuvor vazifalar mazmunidan ham bilishimiz mumkin:
1. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish.
2. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish.
3. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash.
4. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini
rivojlantirish.
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-829-833
5. Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish.
6. Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish.
7. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.[3] Manashu beligilangan vazifalarning birortasi yo'qki, uni ijtimoiy-gumanitar fanlarning yordamisiz bajarish mumkin bo'lsa. Demak, Inson qadri, inson qadrini ko'tarishga qaratilgan chora-tadbirlar avvalo ijtimoiy-gumanitar fanlarning qanday o'qitilishi bilan chambarchas bog'liqdir. Bunda eng avvalo uzluksiz ta'limni gumanitarlashtirish, ijtimoiy gumanitar sohada olib borilayotgan tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish zarur. Nazariy jihatdan ilmiy asoslangan g'oyalarni realizatsiya qilish ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiyani ta'minlashga xizmat qiladi. Sir emaski, uzoq vaqt davomida nazariyani amaliyotdan uzilib qolganligi bois qabul qilingan turli konsepsiyalar, unda ilgari surilgan g'oya va tamoyillar asosida yagona g'oya atrofida barchani birdek birlashtirish birmuncha murakkab jarayonga aylandi. Bu esa ijtimoiy-gumanitar fanlarning bugungi kundagi ahamiyatini oshirib, hali qilinishi kerak bo'lgan ishlarning ko'pligini ko'rsatadi. Bu borada quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishda avvalo o'quv dasturlarini jiddiy tahlil qilishi kerak. Takroriy mavzulardan qochish, ularni shunga yaqin bo'lgan mavzular mazmuniga singdirish kerak;
- davlatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni har bir ijtimoiy-gumanitar fan o'qituvchisi o'z sohasidan kelib chiqqan holda, muayyan yo'nalishini chuqurroq tahlil qilib, bu vazifalarni bajarish uchun bo'lajak kadrlar nimalarga e'tibor qaratishi zarur ekanligini anglab yetishlari kerak;
- ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid yangi sifatli adabiyotlar yaratish soha mutaxassislari oldidagi muhim vazifadir;
- ta'lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishning samarali texnolagiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
- jamiyatda ijtimoiy-gumanitar sohada yig'ilib qolgan muammolarni yechimini topish, ilg'or ilmiy nazariyalarni ommalashtirish maqsadida tadqiqot va aql markazlari faoliyatini yo'lga qo'yish;
- ijtimoiy-gumanitar sohadagi materiallarni turkumlashtirib, mazmun-mohiyatini yoritadigan tahliliy ruhdagi platforma yaratish zarur.
Mazkur bildirilgan takliflar sohani yangi sifat bosqich
chiqishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
National University of Uzbekistan Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities
REFERENCES
1. Шавкат Мирзиёев. Янги Узбекистан стратегияси -Т, 2021. -Б.228.
2. "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari", Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019, 118- bet.
3. ^онунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2022 й., 06/22/60/0082-сон)
4. Лалихон Ашуралиевна Мухамеджанова. "Роль нравственности в общественном сознании." Научный вестник Наманганского государственного университета 2019. № 9 С - 86-91
April, 2022
833