Научная статья на тему 'IJTIMOIY – GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA FAHRIDDIN ROZIYNING ONTOLOGIK QARASHLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI'

IJTIMOIY – GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA FAHRIDDIN ROZIYNING ONTOLOGIK QARASHLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
542
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy va umumbashariy qadriyatlar / milliy ma’naviyat / “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” / “Ma’naviyatshunoslik” “Kasb etikasi” / mavjudod / haqiqat / nazariy falsafa / amaliy falsafa / borliq / vojib ul-vujud / mumkin ul-vujud / M.N. Boltaev / zamon va makon. / National and universal values / national spirituality / “Strategy of New Uzbekistan” / “Spirituality” / “Professional ethics” / creature / truth / theoretical philosophy / practical philosophy / universe / wadjib ul-vudjud / mumkin ul-vudjud / M.N. Boltaev / time and space

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Umarjonov, Soxibjon Soyibjon O‘g‘li

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitishning qay darajada muhim elanligi va uni davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi turli xil manbalar asosida ochib berilgan. Shuningdek Faxriddin Roziyning ijtimoiy fanlarga doir arab, fors tillarida yozilgan asarlari taxlil etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF FAHRIDDIN RAZI'S ONTOLOGICAL VIEWS IN THE TEACHING OF SOCIAL AND HUMANITIES

In this article examines the importance of teaching social sciences in educational institutions and raising it to the level of public policy on the basis of various sources. Also Fakhriddin Razi's works on social sciences in Arabic and Persian were analyzed.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY – GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA FAHRIDDIN ROZIYNING ONTOLOGIK QARASHLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

IJTIMOIY - GUMANITAR FANLARNI O'QITISHDA FAHRIDDIN ROZIYNING ONTOLOGIK QARASHLARINING O'RNI VA AHAMIYATI

Umarjonov Soxibjon Soyibjon o'g'li

TDIU Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tayanch doktoranti (PhD) E-mail: fenomen1993 @bk.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o'qitishning qay darajada muhim elanligi va uni davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi turli xil manbalar asosida ochib berilgan. Shuningdek Faxriddin Roziyning ijtimoiy fanlarga doir arab, fors tillarida yozilgan asarlari taxlil etilgan.

Tayanch iboralar: Milliy va umumbashariy qadriyatlar, milliy ma'naviyat, "Yangi O'zbekiston strategiyasi", "Ma'naviyatshunoslik" "Kasb etikasi", mavjudod, haqiqat, nazariy falsafa, amaliy falsafa, borliq, vojib ul-vujud, mumkin ul-vujud, M.N. Boltaev, zamon va makon.

В статье на основе различных источников раскрывается важность преподавания социальных наук в образовательных учреждениях и его подъем на уровень государственной политики. Были проанализированы также труды Фахриддина Рази по общественным наукам, написанные на арабском и персидском языках..

Ключевые слова: Национальные и общечеловеческие ценности, национальная духовность, "Янги Узбекистон стратегияси", "Маънавиятшунослик", "Касб этикаси", существо, истина, теоретическая философия, практическая философия, ваджиб уль-вуджуд, мумкун уль-вуджуд, М.Н. Болтаев, время и место

In this article examines the importance of teaching social sciences in educational institutions and raising it to the level of public policy on the basis of various sources. Also Fakhriddin Razi's works on social sciences in Arabic and Persian were analyzed.

Keywords. National and universal values, national spirituality, "Strategy of New Uzbekistan ", "Spirituality", "Professional ethics ", creature, truth, theoretical philosophy, practical philosophy, universe, wadjib ul-vudjud, mumkin ul-vudjud, M.N. Boltaev, time and space

Shiddatli jarayonlar kechayotgan, iqtisodiy va moliyaviy inqiroz davom etayotgan, atrofimizda xavfli mojarolar ro'y berib, yot madaniyatlar "ekspansiyasi"

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

bo'y ko'rsatib turgan bir paytda ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish, zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalash masalasi umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa bo'lib qolayotganini yana bir marta ta'kidlash o'rinlidir. 1 Ma'lumki, yoshlar intellektual salohiyat va ilg'or texnologiyalarni egallash bilan birga milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligining zaruratini chuqur anglab yetishlari zarur. Bu zaruriyat nima bilan izohlanadi? Intellektual salohiyat va ilg'or texnologiyalar avvalo, jamiyatning moddiy asoslarini, iqtisodiy taraqqiyotini, harbiy qudratini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda muayyan darajada jamiyat a'zolarining moddiy farovonligini ta'minlashga ham ta'sir ko'rsatadi. Bu xizmat va ta'sirning jamiyat uchun, jamiyat a'zolari uchun qay darajada manfaatli bo'lishi intellektual va ilg'or texnologiyalardan qanday maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalanishga bog'liq. Shu sabab asosiy urg'u aynan milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg'unligini, milliy ma'naviyatni teran anglashga, ya'ni tafakkurlash madaniyatini shakllantirishga qaratilgandir. "Shu bilan birga, aniq fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lgan, jamiyat, davlat manfaatlarini ximoya qiladigan, xalq xayotidagi o'zgarishlar va islohatlarda faol qatnashadigan, zamonaviy va keng tafakkurli yoshlar avlodini shakllantirish vazifasi ham nihoyatda muhim, albatta". 2 Yoshlar ongida milliy va umumbashariy qadriyatlar, milliy ma'naviyat tushunchalarini shakllantirishda ijtimoiy fanlar muhim ro'l o'ynaydi. Uchinchi Renessans haqida qanchalik ko'p gapirmaylik, harakat qilmaylik uning tub mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlarning yordamisiz yoshlar ongiga singdirib bo'lmaydi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchinchi Renessans boshlanishi va rivojlanishining "katalizatori" hisoblanadi. Aynan, ular millat va xalqni uyg'otishga qodir kuchdir.3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ijtimoiy fanlarning muxim ekanligiga "Yangi O'zbekiston strategiyasi" asarida quyidagicha to'xtalib o'tgan edi: "Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida ijtimoiy fanlarni qay tarzda taqsimlash, o'qitish va amaliyot soatlarini qanday tashkil etishga doir maxsus konsepsiyani ishlab chiqish zarur extiyojga aylangan. Shu sababli "Uzluksiz ta'lim tizimida ijtimoiy fanlarni o'qitish tartibi va tamoyillari to'g'risida" qonun ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish ehtiyoji mavjud... "4 Prezidentimiz taklifi bilan oliy ta'lim bakalavr bosqichi uchun "Ma'naviyatshunoslik", magistrlar uchun "Kasb ma'naviyati" fanlari joriy etilmoqda.5 Prezident tomonidan ijtimoiy fanlarga bo'lgan bunday yuksak e'tibor ushbu fanlarni jamiyatimiz uchun qay darajada muhim ekanligi yaqqol namoyon bo'ladi.

1 Can$Ha3apoB H. HmuMOHH-ryMaHHTap ^araapHH Hera KynaHTHpHmHMro KepaK?. Xam; cy3H. 29.10.2021 №231

2 Mnp3HëeB ffl.M. ^Hrn Yî6eKHCTOH crpaTernacH. TomKeHT: "Y36eKHCTOH". 2021. - E 231

3 Can$Ha3apoB H. HmuMOHH-ryMaHHTap ^araapHH Hera KynaHTHpHmHMro KepaK?. Xam; cy3H. 29.10.2021 №231

4 Mnp3HëeB ffl.M. ^Hrn Yî6eKHCTOH crpaTernacH. TomKeHT: "Y36eKHCTOH". 2021. - E 236

5 Mnp3HëeB ffl.M. ^Hrn Yî6eKHCTOH crpaTernacH. TomKeHT: "Y36eKHCTOH". 2021. - E 231

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ADABIYOTLAR TAHLILI

Muxammad ibn Umar Faxriddin ar-Roziyning falsafiy qarashlarini N. Naimov6, M.N. Boltaev7, Dj.X. Ibodov8, M. Saghir Hasan Ma'sumi9, Ayman Shihadeh10 o'rgandilar. N. Naimov Faxriddin Roziyning ontologik, gnoseologik va mantiqiy qarashlarini keng miqyosda arab va fors tilidagi qo'lyozmalari asosida yoritib bergan. M.N. Boltaev esa Ibn Sino va Faxriddin Roziylarning mantiqiy qarashlarini tahlil qilgan edi. Chunki Faxriddin Roziy Ibn Sinoning bir necha asarlariga sharxlar yozgan edi.11 Tadqiqod jarayonida Faxriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot"12, "Jome'-ul-ulum" 13 ("Bilimlar to'plami"), "Ar-risolat-ul-kamoliya f-il-akoik-ul-ilohiya" 14 , (Teologiya va metofizika haqida risola), "Sharx-ul-Ishorat v-at-Tanbehot"15 ("Ibn Sinoning "Ko'rsatma va buyruqlari" kitobiga sharhlar"), N. Naimov, M.N. Boltaev asarlari metodologik manba sifatida olindi va tahlil qilindi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqotni yoritish va tahlil qilish davomida ob'ektivlik, tizimlilik, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy bilish metodlaridan foydalanildi.

TADQIQOT NATIJALARI VA TAHLILLAR

Faxriddin Roziy o'z asarlarida falsafa, mantiq, dinshunoslik, etika, tarix kabi ijtimoiy fanlarga doir ko'plab asarlar yozgan. Asarlarida o'zining fikrlarini teran va aniq ifodalagan. Bizning fanimiz doirasida uning falsafiy asarlari, ulardagi ijtimoiy-

6 Наймов Н. Философские и логические воззрения Фахриддин Рази: Дис. канд. фил. наук - Тошкент, 1975. -203 с

7 Болтаев М.Н Вопросы гносеологии и логики в произведениях Ибн-Сины иего школы. - Душанбе: Ирфон, 1965. - 600 с // Болтаев М.Н Рационалистическая теория познания Фахриддин Рази. - Душанбе: Ирфон, 1965. -98 с

8 Дж.Х. Ибодов. Классификация наук в средневековых энциклопедиях Абу Абдуллаха ал-Хорезми, Фахрид-Дина ар-Рази, Кудбад-Дина аш-Ширази и Бана ад-Дина ал-Амила // Тезисы XXXIV Всесоюзной научной конференции. - М.: ИИЕ и ТРАН, 1992. - С.35-36

9 M. Saghir Hacan Ma'cumi. Imam Razi's Ilm al-Ahlaq. Kitab Bhavan New Delhi-1 10002. 1992. - 334 p.

10 Ayman Shihadeh. THE TELEOLOGICAL ETHICS OF FAKHR AL-DIN AL-RAZI. Brill Leiden-Boston. 2006. -280 p

11 Фахриддин Розий. "Шархц-Крнун" - ва Абу Али", "Lubab al-lsharat" ed. A. Atiyya, Cairo, 1355 A.H, "Шарх-ул-Ишорат в -ат-Танбехот" (INV № 4957 l/lll УзФА Шаркшунослик институти) / Ms. Or. 746(10), Cambridge Univercity Library.

12Фахриддин Розий. "Латоиф ул-гиёсиёт" (lNV № 10873 УзФА Шаркшунослик институти.)

13 Фахриддин Розий. "Жомеъ-ул-улум" ("Билимлар туплами"), (lNV № 10583 Vlll УзФА Шаркшунослик институти.) //Jami al-ulum, Bombay, 1908 (persian)

14 Фахриддин Розий. "Ар-рисолат-ул-камолия ф-ил-акоик-ул-илохия"14, (Теология ва метофизика хакида рисола), (lNV № 2536 Vlll УзФА Шаркшунослик институти.) // Al-Risala al Kamaliyya fi l-haqa'iq al-ilahiyya, ed. S. Sabzawari, Tehran, 1956 (persian)

15 Фахриддин Розий. "Шарх-ул-Ишорат в -ат-Танбехот" (lNV № 4957 l/lll УзФА Шаркшунослик институти) / Ms. Or. 746(10), Cambridge Univercity Library.

Scientific Journal Impact Factor

falsafiy, diniy qarashlari muhim axamiyatga ega. Faxriddin Roziyning olamga bo'lgan ijtimoiy-falsafiy qarashlari bugungi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda. Uning falsafiy qarashlari ham turli xil falsafiy ta'limotlar asosida, ham o'z tajribasi va bilimi asosida paydo bo'lgan va shakllangan. Mutafakkirning falsafiy qarashlari uning bir qator asarlarida o'z aksini topgan. Jumladan "Buyumlarning bir-biriga qarama-qarshi turishi va yo'nalishi haqida risola" ("Risolai dar kafi chiz va jihod"), "Maqsadga yetish haqida risola", ("Risolai tahsil-ul-haq"), "Qalb haqida risola" ("Risolai sayri nafs"), "Bilimlar to'plami" ("Jome'-ul-ulum"), "Avval o'tganlarning keyingilarga (faylasuflarga) bo'lgan fikrlari mohiyati haqida risola" ("Muxassali afkori mutaqaddimin va mutaaxxirin"), "Falsafa mohiyatini tushuntirish haqida risola" ("Sharxi ayun-ul-hikama"), "Teologiya va metofizika haqida risola" ("Ar-risolat-ul-kamoliya f-il-akoik-ul-ilohiya"), "Ibn Sinoning "Qonun" kitobini sharhlash haqida risola" ("Sharhi-Qonun" - va Abu Ali"), "Ibn Sinoning "Ko'rsatma" kitobi asosiy qismlari haqida risola" ("Lubob-ul-ishorot va Abu Ali"), "Mantiq bo'yicha kichik kitob haqida risola" ("Risolai muxallas"), "Mantiq bo'yicha katta kitob haqida risola" ("Al-mantiq-ul-kabir"), "Ong chegarasi haqida risola" ("Nihotya -ul-ukul"), "Falsafani rivojlantirish haqida risola" ("Tadjiz-ul-falsafa"), "Falsafa holati haqida risola" ("Risolai dar ahvoli falsafa").

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan nomlardan ko'rinib turibdiki, mutafakkirning falsafa bo'yicha ishlari miqdor bo'yicha ulkan va tarkibi borasida turli-tuman. Ularning falsafiy mazmuni yetarlicha tadqiq qilinmagan. Shu sababli ushbu maqolamizda Roziyning unga tegishli asliyatdagi alohida asarlari nuqtai nazari asosida ba'zi bir ijtimoiy-falsafiy va umumiy-siyosiy qarashlari haqida, aynan, "Latoif ul-g'iyosiyot" (haqiqatning nozik jixatlari), "Jome'-ul-ulum" ("Bilimlar to'plami"), ("Ar-risolat-ul-kamoliya f-il-akoik-ul-ilohiya"), "Teologiya va metofizika haqida risola", "Sharx-ul-Ishorat v-at-Tanbehot" ("Ibn Sinoning "Ko'rsatma va buyruqlari" kitobiga sharhlar"), "Chaxordax risola", ("O'n to'rtta risola") kabi uning falsafiy ta'limi yorqin aks etgan ma'lumotlarni berishga qaror qildik.

Roziy uchun falsafada ulkan avtoritet sifatida qadimiy yunon mutaffakkir-faylasuflari Aristotel, Geraklit, Demokrit, Epikur va uning izdoshlari O'rta Osiyo va musulmon sharqining buyuk olimlari Al-Kindiy, Abu Nosir al-Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Suhayl Masexiy va bir qator shu kabi olimlar bo'lgan. Shuning uchun, ushbu mutafakkir-faylasuflar nomini bir qator asarlarda tilga olayotib va falsafiy fikrlarni rivojlantirishdagi ularning xizmatini tan olib, Roziy shunday yozgan edi: "Ular (ya'ni, Aristotel, Demokrit, Geraklit, Epikur, Al-Arabiy, Ibn Sino, Abu Suhayl Masexiy) o'zlarining ulkan ilmlari bilan falsafa fanini boyitgan noyob faylasuf va yirik mutaffakkir bo'lishgan. Garchi bizning zamondosh-faylasuflarimiz bilimlar

cho'qqisni zabt etgan bo'lsalar-da, ular bilan qiyoslansa - ulkan dengiz qarshisidagi tomchi kabidir16.

Roziyni falsafa sohasida Aristotel, Forobiy va Ibn Sinoning ma'lum darajadagi izdoshi deb hisoblash mumkin. Ammo u nafaqat izdosh balki, yuqorida ko'rsatilgan faylasuflar ta'limotining oddiy sharhlovchisi va taqlidchisi va shuningdek ularning falsafiy va tabiiy-ilmiy merosiga ijodiy va tanqidiy ruhda yondoshgan.

"Bilimlarning turli sohalarida, shu jumladan, falsafa borasida ulkan miqdordagi asarlar yozgan Aristotel, - deb yozadi u, - faylasuflar o'rtasida eng buyugi edi. Forobiy va Ibn Sinodan boshqa hech bir faylasuf uning ishlarini bu qadar chuqur o'rganmagan, shu qadar sharhlay olmagan. Falsafa ixlosmandlari uning asarlari va o'ziga katta hurmat bilan munosabatda bo'lishgan. Men ham uning falsafiy asarlariga juda qiziqqanman va umrimning bir qismini uning falsafiy asarlarini o'rganishga sarfladim. Buning natijasida o'zimning falsafiy ishlarimning bir qismini yoza oldim, shularning jumlasiga "Ong chegarasi haqida risola" ("Nihyat-ul-ukul"), "Mantiq bo'yicha kichik kitob haqida risola" ("Al-Mulaxxas"), "Ibn Sinoning "Ko'rsatma" kitobi asosiy qismlari haqida risola" ("Sharxi Ishorot va Abu Ali")17 kiradi.

Ushbu parchadan ma'lum bo'ladiki, garchi Roziy hayotining bir qismini Aristotelning ilmiy merosini o'rganishga sarflagan va uning asarlari ta'siri ostida o'zining bir qator asarlarini yozgan bo'lsa-da, shu qatori u o'ziga xos asarlar yaratgan, ularda o'zidan avval o'tganlarning, shu jumladan, Aristotel, Forobiy va Ibn Sinolarning ba'zi bir falsafiy dolzarb, materialistik g'oyalarini rivojlantirgan mutaffakkir-faylasuf ham edi.

Roziy o'zining deyarli barcha, ayniqsa, sof falsafiy ko'rinishga ega asarlarida o'z oldiga falsafaning bir qator muhim va dolzarb muammolariga javob berish va ular bo'yicha o'z fikrini aytishni maqsad qilib qo'ydi. Ayni paytda, u falsafaning nafaqat muammoviy masalalarini nazariy tushunishga urindi, balki ushbu nazariy mulohozalarni hayot bilan bog'lamoqchi bo'ldi. Va aytish mumkinki, ba'zi jihatlarda bu g'oyalarni amalga oshirishga erishdi.

Roziy falsafani eng qadimiy fanlardan biri deb hisoblagan. Falsafa, uning ko'rsatishicha, atrof olamni o'rganishda muhim ahamiyatga ega, zero, mavjud haqiqiy hayotni butunligicha o'rganadi. Shuning uchun ham Roziy o'zidan avval o'tganlarning progressiv materialistik g'oyalariga rioya qilgan o'laroq, falsafani mulohoza yuritishning va turmushning, vujudning ("mavjudod") ob'ektivligini isbotlashning eng zo'r vositasi, haqiqatga ("haqiqat")18 yetishning to'g'ri yo'li, deb hisoblaydi. Zero, deydi mutafakkir, falsafaning predmeti borliq, mavjudlik hisoblanadi, ob'ektiv haqiqat esa uni anglash, shu bois ilm qismlarga bo'linadi.

16 Фахриддин Розий. "Дар ахвали фалсафа". // Мойл Херавий "Шархи хол ва зиндаги..." 228 -бет

17 Фахриддин Розий. "Дар ахвали фалсафа". // Мойл Херавий "Чахордах рисола" 144- бет

18 Чахордах рисола" 144- бет

Uning qarashlariga ko'ra, predmetlar va haqiqiy hayotning buyumlari ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga insonning faoliyati va ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan predmetlar kiradi. Ikkinchi guruhga, insonning harakatlari va aqliga bog'liq predmet va buyumlar kiradi. Shundan kelib chiqib, borliq haqidagi fan ikki qismga bo'linadi. Mazkur fanning birinchi qismi, maqsadi haqiqatni anglash bo'lgan nazariy falsafa, maqsadi farovonlikka yetish bo'lgan amaliy falsafa xisoblanadi. Roziy deydi: "Bizning faylasuflarimiz, amaliy va nazariy falsafa masalasiga yondosharkan, uni quyidagicha tushuntirganlar: nazariy falsafa vositasida inson olamni anglaydi. Amaliy falsafa vositasida esa inson moddiy boyliklarni anglaydi. Shu sababli ham ular falsafani amaliy va nazariy falsafaga bo'lganlar, anglashni (bilimni) esa uning tashqarisidagi va ichidagiga bo'lganlar va shuning asosida borliqni, qisman, butun olam, deb tushuntirganlar"19.

Roziy borliqning, mavjudodning chindan ham mavjudligi va uni hissiyot organlari va ong vositasida anglanishiga shubha qilmaydi. "Tashqi dunyo mavjud va turli tanalardan iborat ekanligi hissiyot organlari va ong vositasida aniq ko'ramiz va anglaymiz" ("In olami xoridj, ki az mavjudod va xar guna dkism iborat ast, mo mushoxida mekunem va uro bo xis va akl darmeyobem")20.

Roziy ta'limotiga ko'ra, borliq butun mavjudotni anglatuvchi umumiy tushunchadir, ong tufayli mavjudodlar zaruriy-borliq va ehtimoliy-borliqqa bo'linadi. Ikki qismga bo'linuvchi narsa esa mazkur qismlar uchun umumiy hisoblanadi, demakki, borliq barcha mavjudot uchun umumiy (tushuncha) hisoblanadi ("Tasavvuri vujud tasavvuri badexi ast zeroki xar kas ba zarurati aql domad, ki yaz chiz xam ma'dum va ham mavjud nabuvad va na mavjud za na ma'dum mumkin nabuvad. Va tasavvur sobiq buvad bar tasdiq va chun in tasdiq badexi ast, on tasavvur, ki bar in tasdiq sobiq boshad, boyad ki xam badexi buvad. Pas, tasavvur boyax ki badexi buvad. Vujud haqiqi as mushtarak miyoni mavjudod, zeroki ba zarurat medonem, ki taksimi mavjud ba vodjib za mumkin tavonem kardan. Va xar chi uro ba du qism taqsim tavon kardan boyad ki u mushtarak buvad miyoni on du qism. Pas, boyad ki vujud mushtarak bo admiyoni mavjudot"21)

Demak, Roziy, borliqning chindan ham mavjudligiga shubha qilmay, Abu Nasr al-Forobiy va Ibn Sino singari, borliq zaruriy-borliq (vojib ul-vujud) va ehtimoliy-borliq (mumkin ul-vujud)22 ga bo'linadi, deb hisoblagan. O'z fikrini asoslash uchun u yozadi: "Bilgilki, borliq, mavjudod mavjudligiga hech qanday shubha yo'q. Shu bois agar zaruriy borliq mavjud bo'lsa ehtimoly borliq ham mavjuddir. Shunday qilib,

19 ®axpnggnH PO3HH. ^OMet y^-y^yM. TomKeHT, 1331 XH^PHH, 417- 6eT

20 ^axopgax pHcora" 32- 6eT

21 ®axpnggnH PO3HH. Ap-pnco^aT-y^-KaMOOTfl, 27- 6eT

22 KpgnpoB My^aMMag^OH. MapKa3HH Ocnë, ^rhh Ba YpTa fflap^HHHr $a^ca$HH Ta^aKKypn (ypTa acp^ap) -T.iT^fflH, 2009. 101 6.

ma'lum bo'ldiki, barcha borliq, mavjudot ikkiga bo'linadi - ulardan biri zaruriy-borliq, boshqasi, ehtimoliy-borliqdir"23.

Abu Nasr al-Forobiy, Ibn Sino va Umar Xayyom singari Roziy ham zaruriy-borliq xamma mavjud narsalarning boshlang'ichi - birinchi sababi yani Allohdir, undan kelib chiquvchi boshqa borliq narsalar vujudi mumkindir24 degan fikrlariga qo'shiladi. Biroq uning zaruriy-borliqqa (Xudo) nisbatan fikri o'zgarmay qolmadi. Keyinchalik Roziy xudo mavjudligini zaruriy-borliq deb ta'kidlamaydi, ya'ni, qandaydir yaratuvchi borligini shubha ostiga oladi: "Ehtimol, olamni yaratuvchi bor" ("Olamro ofaridagore xayot")25.

Yuqorida keltirilgan misol Roziy xudoning olamni yaratuvchisi sifatida chindan ham bor ekanligi haqidagi shubhalari, ikkilanishlariga guvohlik beradi.26 Lekin Faxriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot" asarida "Borliqning va olamning yaratuvchisi borligi dalillari to'g'risida" deb nomlangan maqola yozgani ma'lum bo'ldi27 Bu kabi fikrlashiga "Latoif ul-g'iyosiyot" asarini ilmiy faoliyatini dastlabki davlarida yozgan bo'lishi mumkin degan xulosa kelib chiqadi. Professor M.N. Boltaev, bizni Roziyning bunday salbiy qarashlari emas, balki uning falsafiy ta'limotidagi ijobiy va rasional tomonlari qiziqtiradi28 degan fikrni ta'kidlab o'tadi.

Roziy, Epikur singari, xudoning mavjudligini mavhumiy tan oladi. Undagi xudoning mavhumiy tan olinishi xudoning olamni chindan ham yaratuvchisi sifatida rad qilinishiga qarama-qarshi qo'yiladi. Roziy aytadi: "Olamni yaratuvchi mana shu ko'rinishda mavjud emas, mabodo u mavjud bo'lganda ham, yaratilgan boshqa narsalarga o'xshash (boshqalarga) bo'lardi" ("Sanso olam nest. Agar mavjud buvad, misli mavjudod buvad, agar mavjud nabuvad, boyad ki ma'dum buvad"29).

Roziyning masalani bu tarzda qo'yishi Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining falsafiy ijtimoiy fikri tarixida muhim progressiv ahamiyatga ega bo'lgan. Chunki bunday fikrlar so'zsiz, islomning, musulmon mafkurasining dogmalariga qarshi edi, bunga ko'ra, xudo nafaqat olamni yaratgan, balki har kuni yerdagi ishlarni boshqargan degan aqida majud edi. Shunday o'tkir chiqishlar va xudoni chindan ham mavjud va olamni yaratuvchi sifatida inkor etilgani bois aksariyat reaksion kuchlar,

23 Чахордах рисола,33-34- бет

24 Хайруллаев М.М. Абу Али Ибн Синонинг илмий-фалсафий ва ижтимоий карашлари. Узбекистонда ижтимоий-фалсафий фикрлар тарихидан лавхалар. -Т.: Узбекистан, 1995. -Б.63

25 Чахордах рисола, 57-бет

26 Наимов Н. Философские и логические воззрения Фахриддин Рази: Дис. канд. фил. наук - Тошкент, 1975. -203 с

27 С.С. Умаржонов, М.К. Сафаров FAHRIDDIN ROZIYNING "LATOIF UL-G'IYOSIYOT" QO'LYOZMA ASARIDA AQL VA E'TIQOD MASALASINING QO'YILISHI VA UNING DINIY-FALSAFIY GERMENEVTIK TAHLILI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume 1, Issue 5. June 2021. P 1060. (online journal)

28 Болтаев М.Н. Вопросы гносеологии и логики в произведениях Ибн-Сины и его школы. Душанбе, 1965 стр.195

29 Чахордах рисола,57- бет

Scientific Journal Impact Factor

misol uchun, sufiylar, unga qarshi chiqib, uni xudosizlikda ayblaganlar. Misol uchun, kiramidlar aytishicha: "Xudo, bu - zamon va makonda mavjud bo'lgan haqiqiy individumdir. U osmon ustidan joy olgan va xamma tana a'zolariga shu jumladan xobotga ham ega"30.

Mazkur ta'kidni tanqid qilayotib, Roziy ko'rsatadiki, "ularning ta'limoti va shiorlari sehrgarlik va g'irromlik, surbetlik va xo'dojo'ylik, fitnakorlik va ayyorlik, ikkiyuzlamachilik va aldovdan boshqa narsa emas"31.

Roziy ehtimoliy-borliq tushunchasi ostida, ob'ektiv borliqda real joylashib, aqliy va hissiy sezgilar vositasida bizga anglanadigan tashqi olamdagi narsa va predmetlarni takidlaydi. "Tashqi olamda mavjud va aql hamda his yordamida anglanadigan narsalar ehtimoliy-borliq hisoblanadi"32.

Ko'rib turibmizki, Roziy, ehtimoliy-borliq kategoriyasi ostida, biz hissiy organlarimiz va ongimiz orqali anglaydigan moddiy tanalar hisoblanadiki, bu turli his-tuyg'ular va holatni (kayfiyat) keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham borliq, materiya masalasi, boshqacha aytganda, tashqi olam masalasi borasida, u sub'ektiv idealist va skeptik emasdi33.

Uning ta'limotiga ko'ra borliq, moddiyat mavjudlikning bir shaklidan ikkinchi shakliga, bir sifat holatidan boshqa sifat holatiga uzliksiz o'tib turishi, borliqning, moddiyatning tabiiy holatidir. "Inson tanasi, - deydi u, - ruhga aylanadi (o'tadi), ruh - yurakka, yurak - gulga, gul - zarralarga, zarralar - yo'qlikka, yo'qlik - borliqqa aylanadi"34.

Roziyning ta'limotiga ko'ra, bironta ham narsa yo'qlikka aylanib qolmaydi, balki, ma'lum bir iz qoldiradi va yo'qlikdan paydo bo'lmaydi, balki, har d oim aniq bir sababga ega bo'ladi. Aniq bir narsaning nobud bo'lishi uning boshqa bir narsaga alanganini anglatadi xolos, aniq bir narsaning paydo bo'lishi esa uning boshqa narsadan kelib chiqqanini bildiradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Faxriddin Roziy ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida o'ndan oshiq asarlar yozgani va ularda o'zining ijtimoiy-falsafiy, diniy qarashlarini keltirib o'tganligini guvohi bo'ldik. Yuqorida bayon qilingan ma'lumotlardan ko'ramizki, Roziy tashqi dunyoning ob'ektiv mavjudligini va uning bilimi tuyg'u organlari va ong ko'magida, to'rt oddiy unsurning birlashuvi natijasida noorganik va organik tabiatning hosil bo'lishi va rivojlanishini tan olgan, real dunyodagi predmet va hodisalarning sababiy

30 Чахордах рисола,58- бет

31 Чахордах рисола, 125-бет

32 Чахордах рисола, 19-бет

33 Наймов Н. Философские и логические воззрения Фахриддин Рози: Дис. канд. фил. наук - Тошкент, 1975. - с

58

Scientific Journal Impact Factor

aloqasini, harakatning, kenglikning, vaqtning va ularning uzluksiz o'zaro aloqasi ob'ektiv borligini tan olgan. Buning barchasi, shubhasiz, uning ta'limotidagi rasional markazni tashkil etadi. Va u, shubhasiz, ulkan ijobiy rol o'ynadi, zero, bu - islomning asosiy dogmalariga ziddir. Shuning uchun ham Roziyni Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining ilg'or falsafiy fikrlarini rivojlantirishda katta rol o'ynagan o'rta asr davrining erkin fikrlovchi va ilg'or mutafakkir-faylasuflardan, shuningdek, O'rta Osiyo va Sharqning bir qator keyingi mutafakkir-faylasuflarining dunyoqarashiga ulkan ijobiy ta'sir ko'rsatganlardan biri deb bemalol hisoblash mumkin. Bugungi global dunyoda yoshlar ongini yod g'oyalardan ximoya qilish, yoshlar tafakkurida tanqidiy fikrlashni shakllantirish, olamga, tabiat hodisalariga, borliq o'zgarishlariga bo'lgan munosabatini, dunyoqarashini kengaytirishda Faxriddin Roziyning ijtimoiy-falsafiy fikrlari muhim ro'l o'ynaydi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent: "O'zbekiston". 2021. 454 b

2. Saifnazarov I. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni nega kuchaytirishimiz kerak?. Xalq so'zi. 29.10.2021 №231

2. Faxriddin Roziy. "Dar axvali falsafa" (Qo'lyozma fors tilida)

3. Faxriddin Roziy "Chaxordax risola" (Qo'lyozma fors tilida)

4. Мойл Херавий. Шархи хол ва зиндаги (Кулёзма форс тилида)

5. Фахриддин Розий. Жомеъ ул-улум. Тошкент, 1331 хижрий, 417 // "Жомеъ-ул-улум" ("Билимлар туплами"), INV № 10583 VIII УзФА Шаркшунослик институти. //Jami al-ulum, Bombay, 1908 (persian)

6. Фахриддин Розий. "Ар-рисолат-ул-камолия ф-ил-акоик-ул-илохия" 1 , (Теология ва метофизика хакида рисола), INV № 2536 VIII УзФА Шаркшунослик институти. // Al-Risala al Kamaliyya fi l-haqa'iq al-ilahiyya, ed. S. Sabzawari, Tehran, 1956 (persian)

7. Фахриддин Розий. "Латоиф ул-гиёсиёт" INV № 10873 УзФА Шаркшунослик институти. (Кулёзма форс тилида)

8. Фахриддин Розий. "Шарх-ул-Ишорат в -ат-Танбехот" (INV № 4957 I/III УзФА Шаркшунослик институти) / "Sharh al-Isharat" Ms. Or. 746(10), Cambridge Univercity Library. (persian)

9. Фахриддин Розий. "Lubab al-Isharat" ed. A. Atiyya, Cairo, 1355 A.H

10. Кодиров Мухаммаджон. Марказий Осиё, Якин ва Урта Шаркнинг фалсафий тафаккури (урта асрлар) -Т.:ТДШИ, 2009. 191 б.

Scientific Journal Impact Factor

11. Хайруллаев М.М. Абу Али Ибн Синонинг илмий-фалсафий ва ижтимоий карашлари. Узбекистонда ижтимоий-фалсафий фикрлар тарихидан лавхалар. -Т.: Узбекистон, 1995. 320 б

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

12. Болтаев М.Н. Вопросы гносеологии и логики в произведениях Ибн-Сины и его школы. Душанбе, 1965 стр.195

13. Болтаев М.Н Рационалистическая теория познания Фахриддин Рази. -Душанбе: Ирфон, 1965. - 98 с

14. Наимов Н. Философские и логические воззрения Фахриддин Рози: Дис. канд. фил. наук - Тошкент, 1975. - с 203.

15. Дж.Х. Ибодов. Классификация наук в средневековых энциклопедиях Абу Абдуллаха ал-Хорезми, Фахрид-Дина ар-Рази, Кудбад-Дина аш-Ширази и Бана ад-Дина ал-Амила // Тезисы XXXIV Всесоюзной научной конференции. - М.: ИИЕ и ТРАН, 1992. - С.35-36

16. M. Saghir Hacan Ma'cumi. Imam Razi's Ilm al-Ahlaq. Kitab Bhavan New Delhi-1 10002. 1992. - 334 p.

17. Ayman Shihadeh. THE TELEOLOGICAL ETHICS OF FAKHR AL-DIN AL-RAZI. Brill Leiden-Boston. 2006. - 280 p

18. C.C. yMap^OHOB, M.K. Ca^apoB FAHRIDDIN ROZIYNING "LATOIF UL-G'IYOSIYOT" QO'LYOZMA ASARIDA AQL VA E'TIQOD MASALASINING QO'YILISHI VA UNING DINIY-FALSAFIY GERMENEVTIK TAHLILI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume 1, Issue 5. June 2021. P 1058-1068. (online journal)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.