Научная статья на тему 'NOSIRUDDIN TUSIYNING HAYOT YO’LI VA MA’NAVIY MEROSI'

NOSIRUDDIN TUSIYNING HAYOT YO’LI VA MA’NAVIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
971
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nosiruddin Tusiy / Marog’a / astronomiya / matematika va falsafa / Baxmanyor(Kamoliddin Muso ibn Yunus) / “al-Muhokamat beyn al muxakamatayn” (“Ikki mulohaza haqida o‘ylar”) / Marog‘a rasadxonasi / “Ziji Elxoniy” / “Axloqi Nosiriy”. / Nasiruddin Tusi / Maroga / astronomy / mathematics and philosophy / Bahmanyar (Kamoliddin Musa ibn Yunus) / al-Muhokamat bein al-muhakamatayn (Thoughts on two thoughts) / Maroga observatory / Zidji Elhaniy / “Ahloki Nosiri ".

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umarov, Muhammadjon Lazzatbek O’G’Li

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur vakili Nosiruddin Tusiyning hayot yo’li va ma’naviy merosi haqida ma’lumot berilgan. Abu Ja’far Muhammad Nosiruddin Tusiy islom falsafasi va axloqshunosligida judakatta ahamiyatga ega bo’lgan asarlarni yozgan. Mutafakkirning axloqiy qarashlari mashshoyiyuna yo’nalishi g’oyalarining an’analarini davom ettirgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NASIRUDDIN TUSI'S WAY OF LIFE AND SPIRITUAL HERITAGE

The article provides information on the life and spiritual heritage of Nasiruddin Tusi, a prominent figure in Arab-Muslim social thought. Abu Jafar Muhammad Nasiruddin Tusi wrote works of great importance in Islamic philosophy and ethics. The thinker's ethical views continued the tradition of Mashhaya ideas

Текст научной работы на тему «NOSIRUDDIN TUSIYNING HAYOT YO’LI VA MA’NAVIY MEROSI»

Scientific Journal Impact Factor

О

NOSIRUDDIN TUSIYNING HAYOT YO'LI VA MA'NAVIY MEROSI

Umarov Muhammadjon Lazzatbek o'g'li

Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani 42-IDUM o'qituvchisi E-mail: muhammadj onumarov344@gmail. com

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur vakili Nosiruddin Tusiyning hayot yo 'li va ma 'naviy merosi haqida ma 'lumot berilgan. Abu Ja'far Muhammad Nosiruddin Tusiy islom falsafasi va axloqshunosligida judakatta ahamiyatga ega bo'lgan asarlarni yozgan. Mutafakkirning axloqiy qarashlari mashshoyiyunayo'nalishi g'oyalarining an 'analarini davom ettirgan.

Tayanch tushunchalar: Nosiruddin Tusiy, Marog'a, astronomiya, matematika va falsafa, Baxmanyor(Kamoliddin Muso ibn Yunus), "al-Muhokamat beyn al - muxakamatayn" ("Ikki mulohaza haqida o'ylar"), Marog'a rasadxonasi, "Ziji Elxoniy ", "Axloqi Nosiriy ".

В статье представлена информация о жизни и духовном наследии Насируддина Туси, видного деятеля арабо-мусульманской общественной мысли. Абу Джафар Мухаммад Насируддин Туси написал труды, имеющие большое значение в исламской философии и этике. Этические воззрения мыслителя продолжили традицию идей машхайи.

Ключевые понятия: Насируддин Туси, Марога, астрономия, математика и философия, Бахманьяр (Камолиддин Муса ибн Юнус), «аль-Мухокамат бейн аль-мухакаматайн» («Мысли о двух мыслях»), Марога обсерватория, «Зиджи Эльханий», «Ахлоки Носири ».

The article provides information on the life and spiritual heritage of Nasiruddin Tusi, a prominent figure in Arab-Muslim social thought. Abu Jafar Muhammad Nasiruddin Tusi wrote works of great importance in Islamic philosophy and ethics. The thinker's ethical views continued the tradition of Mashhaya ideas.

Keywords: Nasiruddin Tusi, Maroga, astronomy, mathematics and philosophy, Bahmanyar (Kamoliddin Musa ibn Yunus), al-Muhokamat bein al-muhakamatayn (Thoughts on two thoughts), Maroga observatory, Zidji Elhaniy, "Ahloki Nosiri ".

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur mutafakkiri Abu Ja'far Muhammad Nosiruddin Tusiyning (1201-1274) hayoti, faoliyati hamda

782

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

0

ma'naviy merosi haqida mulohaza yuritiladi. Mutafakkirning falsafa, astronomiya, axloqshunoslik, geometriya va boshqa fanlarga doir asarlari haqida ma'lumotlar tahlil qilingan. Abu Ja'far Muhammad Nosiruddin Tusiy XIII asrda mo'g'o'l bosqini sharoitida arab-musulmon madaniyati yutuqlarini saqlab qolgan mutafakkir sifatida tarixda qoldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Qodirovning "Nasriddin Tusiyning «Axloqi Nosiriy» asari va uning tahlili" asari metodologik manba sifatida foyladanildi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida mutafakkirning hayoti va faoliyati hamda asarlari haqidagi ma'lumotlar obyektiv ochib berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Abu Ja'far Muhammad Nosiruddin Tusiy Xurosonning Tus(Eron) shahrida 1201 yilning 18 fevralida tavallud topdi. Yoshligidan ilmga chanqoq bo'lgan Tusiy aniq fanlar bilan ham, axloqiy masalalar bilan ham mufassal shug'ullandi. Tusda, Bog'dodda, Ko'histon so'ngra Marog'ada (1259 yil) yashagan.

O'rta osiyolik astronom va matematik olim Tusiy Eron Ko'histonning ismoiliylar hokimi Nasriddin Muhtasham saroyida xizmat qilgan. Tusiy 1256-yilda Eronga bostirib kirgan mo'g'ul istilochilari boshlig'i Huloku saroyiga xizmatga olindi.

Tusiy o'zining mavqeidan foydalanib, Yaqin Sharq va O'rta Sharq madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. Bizgacha uning astronomiya, matematika va falsafaga doir asarlari etib kelgan. Uning falsafiy qarashlari Ibn Sinoning shogirdi bo'lgan Baxmanyor(Kamoliddin Muso ibn Yunus) ta'sirida shakllandi. U o'zining mashhur asari "Sharx al - ishorot" da Ibn Sinoning falsafiy qarashlarini sharhlash bilan uni musulmon ilohiyotchisi Faxriddin Roziy hamlalaridan himoya qildi. U axloq va jamiyatshunoslikka doir ko'p asarlar muallifidir.

Tusiy "al-Muhokamat beyn al - muxakamatayn" ("Ikki mulohaza haqida o'ylar") asarida musulmon mutafakkiri Abu Homid al - G'azzoliy bilan mashoiyun oqimidagi arab faylasufi Ibn Rushd o'rtasidagi bahsni tahlil qilib chiqdi. Uning taklifi bilan Ozarboyjonning qadimgi shahri Marog'ada astronomik rasadxona (1258-1259-yillar) tashkil etdi, unga mashxur olimlarni taklif etdi, boy kutubxona yaratdi va o'zi unda rahbarlik qildi.

Scientific Journal Impact Factor

0

Bu rasadxonada o'sha davrning mukammal astronomik jadvallaridan biri "Ziji Elxoniy" tuzilgan. Nasriddin butun umri davomida turli mineralogiya, tibbiyot, fizika, mantiq(logika), falsafa va boshqa sohalarga oid bir qancha asarlar yaratdi. U ko'pgina yunon olimlari asarlarini arab tiliga tarjima qilgan.

«To'liq to'rt tomonlik haqida»("Shaklul qita"), «Taxta va tuproq yordamida arifmetikadan to'plam», «Yorug'likning akslanishi va sinishi haqida risola», «Tusiyning algebra val-muqobaladagi foydalari», «Elxoniy jadvallari»("Ziji Elxoniy"), «Qimmatbaho toshlar haqida kitob», «Meditsina qonunlari», mamlakatni idora qilish siyosati haqidagi fikrlarni o'z ichiga olgan. «Nasir odobi» nomli asar ham yaratgan.

Tusiyning «To'liq to'rt tomonlik haqida» (Shaklul qita) asari olti bobdan iborat:

1-bobda tuzma nisbat shunday ta'riflanadi: faraz qilaylik A,B,C miqdorlari berilgan bo'lsin. U vaqtda A ning B ga nisbati, A ning C ga nisbati, A ning B ga nisbati va B ning C ga nisbatlaridan tuzilgan. Ya'ni bunda shunday tuzma nisbatlar tuzilgan: bu ikki tuzma nisbatlaridan tashqari xuddi shunga o'xshash, yana boshqa tuzma nisbatlar tuzish mumkin.

Nasriddin Tusiy o'z nazariyasini nisbatlarni ko'paytirishdan boshlaydi. U tuzma nisbatni, shunday nisbat deb ta'riflaydiki, uning miqdori, ikki boshqa nisbat miqdorlarning ko'paytmasiga teng bo'ladi; nisbatning miqdori esa shunday qiymatni aniqlaydiki, uning biror birlikka nisbati shu nisbatning o'ziga teng bo'ladi1.

2-bob asosan tekis to'liq to'rt tomonlik shakl va uning vositasida kelib chiqadigan tuzma nisbatlar to'g'risidagi teoremalar va ularning isbotiga bag'ishlangan2.

3-bob tekislikda doiradagi trigonometrik munosabatlarga bag'ishlangan. 4 -bob sferik to'rt tomonlik nazariyasiga bag'ishlangan. 5- va 6-boblar sferik uchburchaklar, ularning burchaklari va tomonlari orasidagi munosabatlarga va bunday uchburchaklarni yechishga bag'ishlanadi.

Bunda u yoy kosinusi, tangensi, kotangensi, sekansi va kosekansi tushunchalarini kiritadi. Uchburchaklarni yechish uchun sinuslar va tangenslar teoremalarini isbotlaydi va ulardan foydalanadi.

Nasriddin Tusiy bu asarida o'zigacha bo'lgan trigonometriya sohasidagi ishlarga yakun yasadi va trigonometriyani astronomiya fanidan ajratib, alohida fan sifatida asoslab berdi.

1 Nasriddin Tusiy "Shaklul qita" Tehron., Tehron universiteti nashri. 1986. (fors tilida). - B.112.

2 O'sha asar - B.115.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Nasriddin Tusiyning «Taxta va tuproq yordamida arifmetikadan to'plam» («Jomiul-hisob bit-taxti vat-turob») nomli asari katta ahamiyatga ega bo'lib. 1265-yili yozilgan. Bu asar uch bo'limdan iborat bo'lib, bular «Butun sonlar ariftnetikasi», «Kasr sonlar arifmetikasi» va «Astronomiyaga tegishli hisoblar»dir.

Bu asarda qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallari, bu amallarni o'nlik pozitsion sanoq sistemasida bajarish qoidalari berilgan. Shuningdek, asarda sonlarni darajaga kotarish va sonlardan ildiz chiqarish amallari, ko'rsatgichi istalgan natural sondan iborat bo'lgan binom formulasini va binominal koeffisiyentlami aniqlash usuli va xossalari ham bayon etilgan3.

Nasriddin Tusiyning astronomiyaga oid "Ziji Ilxoniy" yulduzlar jadvali Sharqda va G'arbiy Evropada mashhur edi. Nasriddin o'z ijodi bilan Yaqin va O'rta Sharqda tabiatshunoslik va axloqqa oid ta'limoti bilan muhim o'rin tutdi. U 1274 yilning 25 iyunida vafot etdi. Uning Sharqda keng tarqalgan asari "Axloqi Nosiriy" edi.

Tusiy butun hayoti davomida 150 dan ortiq risola va maktublar yozgan. Ushbu asarlarning 25 tasi fors tilida, qolganlari arab tilida yozilgan.

Nasriddin Tusiy kitobning yozilish sababi haqida asar debochasida shuni ta'kidlab o'tadiki, Ko'histon (arabchasi Qahaston Eron sharqida) hokimi Nosiriddin Abdurahim ibn Abi Mansur huzuruda xizmatda bo'lgan davrda bir kuni shohona majlisda suhbat komil hakim va fozil ustoz Abu Ali Ahmad ibn Muhammad ibn Yoqub ibn Miskavayh Xozin Roziyning (X-XI asrlarda yashagan) "Kitobul tahorat" ("Poklik va pokizalik kitobi") haqida bordi. Kitob arab tilida yozilganligi sababli o'tirish qatnashchilarining ko'pchiligi uning g'oyalarini kengroq yoyish maqsadida fors tiliga tarjima qilish maqsadga muvofiq bo'lishi haqida fikr bildirdilar. Hukmdor Nosiriddin Abdurahim ibn Abi Mansur bu xayrli ish bajarilishiga amr etdi. Shuning uchun kitob uning irodasini hisobga olgan holda "Axloqi Nosiriy" deb ataldi4.

Agarchi ushbu kitob amaliy hikmat (axloq) nuqtai nazaridan oliy darajada mukammal yozilgan bo'lsa ham, ammo unda ikki qismning joyi xoli qolgan edi, ya'ni madaniy hikmat (ijtimoiy falsafa) va manziliy hikmat (uy-ro'zg'or yuritish, oilaviy iqtisod)5.

Abu Ali Miskavayhning "Kitobul tahorat" asarining barcha mazmunini saqlagan holda, keyingi o'tgan barcha hukamolarning qarashlarini hisobga olgan holda

3 Nasriddin Tusiy "Jomiul-hisob bit-taxti vat-turob" Tehron., Tehron universiteti nashri. Hijriy 1372/1983. (fors tilida) -B. 32.

4 Qodirov M. Nasriddin Tusiyning «Axloqi Nosiriy» asari va uning tahlili. I qism.- T.: «TEZKOR PRINT.".- 2013. -B.48.

5 Axloqi Nosiriy. Qo'lyozma Lahordagi Naval Qushor Matbaasining sohibi Munshiy Pirog Naroin amri bilan 1906 yilning yanvarida tosh bosmaga bosildi. (fors tilida).- B. 10.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

"Axloqi Nosiriy" asari vujudga keldi. Kitob boshida Sharqdagi an'analarga muvofiq dunyoni tushunish, fanlarning vazifalari va turlari haqida qisqacha to'xtab o'tiladi6.

XULOSA

Yuqorida keltirilgan fikrlardan ma'lumki, biz Nasriddin Tusiyni ensiklopedik olim sifatida e'tirof etsak bo'ladi. Chunki, Nasriddin Tusiy falsafa bilan shug'ullanish barobarida astronomiya, tibbiyot, mantiq, mineralogiya hamda axloqiy masalalari bilan shug'ullangan. Bunga isbot sifatida biz uning asarlaridagi qarashlarini keltirishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Qodirov M. Nasriddin Tusiyning «Axloqi Nosiriy» asari va uning tahlili. I qism.- T.: «JAHON PRINT." 2013.

2. Qodirov M.M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri (o'rta asrlar). -T.: Tosh DSHI nashriyoti, 2010. -212 b.

3. Диноршоев М.Д. Философия Насириддина Туси. Душанбе, «Дониш». 1968.

4. Закуев А. К. Психологические взгляды Насириддина Туси. Тр. Ин-та ист. и фил. АН Азербайджана. Т. 6.-Баку, 1955

5. Идибеков Н. Этика Насириддина Туси в свете его теории свободы воли. Душане. «Дониш». 1987.

6. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILV/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

7. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

8. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

9. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

' Osha asar - B.10

Scientific Journal Impact Factor

о

10. Сулаймонов, Ж.Б. Взгляды Абдуррахмана ибн Халдуна о развития общества и цивилизации// Международный научно-практический журнал "Экономика и социум". 12 (79)2020 г. //https://iupr.rU/a78cf8ac-3ef5-4670-8fcd-a900ec94fdfb.

11. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

12. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.