Научная статья на тему 'YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARIX TA’LIMINING O’RNI'

YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARIX TA’LIMINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
447
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
insonparvarlik / milliy g’urur / iftixor / madaniy meros / usul / vosita. / humanity / national pride / defiance / cultural heritage / method / means.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Quljonov, Ilyos Abdukarimovich, Qarshiyev, Rustam Mardonovich

Mazkur maqola ta’lim va tarbiya jarayonlarini uzviyligini ta’minlashda muhim vosita sanalgan insonparvarlik tuyg’usini shakllantirish, uni yoshlarga singdirishning ahamiyati va yo’llarini ko’rsatib berishga, Tarix darslarini milliy qadriyatlarimiz, bobolarimizdan qolgan o’lmas meros asosida tashkil etish usul va vositalarini aniqlashga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF HISTORY TEACHING IN EDUCATING YOUNG PEOPLE IN THE SPIRIT OF LOYALTY TO NATIONAL VALUES

This article is directed to form the feeling of humanity which is considered to be an essential means in providing continuous educational process, show the significance and ways of teaching it to the youth, identify organizational methods and techniques based on national traditions and heritage from our ancestors in history classes.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARIX TA’LIMINING O’RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARIX TA'LIMINING O'RNI

Quljonov Ilyos Abdukarimovich

NDPI tadqiqotchisi. Qarshiyev Rustam Mardonovich

NDPI dotsenti.

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola ta'lim va tarbiya jarayonlarini uzviyligini ta'minlashda muhim vosita sanalgan insonparvarlik tuyg'usini shakllantirish, uni yoshlarga singdirishning ahamiyati va yo'llarini ko'rsatib berishga, Tarix darslarini milliy qadriyatlarimiz, bobolarimizdan qolgan o'lmas meros asosida tashkil etish usul va vositalarini aniqlashga qaratilgan.

Kalitso'zlar: insonparvarlik, milliy g'urur, iftixor, madaniy meros, usul, vosita.

Данная статья раскрывает процесс гуманитарного образования и воспитания рассматриваются в качестве важного инструмента в обеспечении формирования чувства конкуренции, это путь к решению проблемы и дать молодым как важно показывать на уроках истории ниши национальные ценности, бессмертного наследования по организации направлен на выявление методов и средств.

Ключевые слова: гуманитарность, национальной гордостью, культурное наследие, метод, средство.

This article is directed to form the feeling of humanity which is considered to be an essential means in providing continuous educational process, show the significance and ways of teaching it to the youth, identify organizational methods and techniques based on national traditions and heritage from our ancestors in history classes.

Keywords: humanity, national pride, defiance, cultural heritage, method, means.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev - "Yoshlarimiz biznes, ilm - fan, madaniyat, san'at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvoffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bag'ishlaydi".[1] Shuningdek,

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Qadrli o'g'il - qizlarim! Bizning havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va ishonaman, Xudo xoxlasa havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham bo'ladi. Yorug' kelajakni avvalambor sizdek azmu - shijoatli, jo'shqin orzu intilishlar bilan hayotga kirib kelayotgan, hech kimdan kam bo'lmaydigan butun navqiron avlodimiz, butun O'zbekiston yoshlari barpo etadi" - degan gaplaridan nechog'lik haq ekanini bilamiz. Shu o'rinda urg'u berib o'tish joiz deb hisoblaymiz. CHunki kechangi kunimizni tahlil etmay, o'rganmay turib kelajagimizni tasavvur qila olmaymiz. Shuning uchun tarix darslari orqali g'oyaviy tarbiyaning umumiy pedagogik va metodik usullarini yanada har tomonlama takomillashtirib borish, uzluksiz ta'lim tizimida davom etayotgan islohotlarning asosini tashkil etadi deb hisoblaymiz. Shuningdek, millatning kelajagi bo'lgan yosh avlodni insonparvarlik ruhida tarbiyalashning dastlabki o'chog'i oila bo'lsa, uning asosiy bo'g'inlaridan biri bu tarbiya maskanlari ekanligini bilamiz. Demak, oilada olingan insoniylik fazilatlari bolada bog'cha tarbiyaxonasida mustahkamlanishi zarur ekan, bu o'rinda tarix fani qanday vazifani bajarmog'i lozim? Mustaqil O'zbekiston jahoning eng ilg'or mamlakatlari safidan o'rin topdi. Mustaqillik barqaror rivojlanishi uchun mustaqillik dunyoqarashiga ega bo'lgan, milliy iftixor tuyg'usi bilan yo'g'rilgan, hur va erkan fikrlovchi, ayni vaqtda fuqarolik mas'uliyatini chuqur his etadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'z kasb -kori, ijtimoiy muhiti talab qiladigan, yosh avlodni ajdodlar tarixi, yuksak ma'naviyati va madaniyati bilan yaqindan tanishtirish orqali ularda milliy g'urur his - tuyg'ularini tarbiyalash, vatanparvarlik g'oyalarini shakllantirish, mamlakatimiz ijtimoiy - siyosiy hayotidagi dolzarb masalalardan biri sanalgan etnodemografik jarayonlarga munosabat bildiri oladigan chuqur bilim va tajriba bilan qurollangan yoshlarni tarbiyalashni islohotlarning mazmuni etib belgilab qo'ydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarix darslarida mavzuning mohiyatini ochib berish barobarida o'quvchilarni milliy mafkura g'oyasi asosida tarbiyalashning samarali yo'llari ishlab chiqilishi kerak bo'ladi. Shundagina maktab ta'limi yordamida o'quvchini g'oyaviy jihatdan chiniqtirishimiz mumkin. Umumiy qilib aytadigan bo'lsak, insonparvarlik - ijtimoiy harakat doirasida kishilarda, turli millat vakillariga mehr - muruvvat hissini tarkib toptirish, adolatsizlik, tengsizlik, tekinxo'rlik, vijdonsizlik, odobsizlik, yot ta'limotlar ta'siriga tushish kabi hatti - harakatlarga murosasizlikni shakllantiradi. Insonparvarlik g'oyasining barcha qirralari, milliy an'analarimiz bilan birga turli qoida, tushuncha va fikrlar tizimi sifatida o'z ifodasini topgan. Umumta'lim maktabi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarix darslarida o'qitish, ta'lim berish ishlari ana shu g'oyaviylik asosida bo'ladi. Insonparvarlik tarbiyasi shaxsning sub'ektiv istagi bo'lmay, balki maktab amaliy ishining talabiga aylanadi. Insonparvarlik g'oyasini o'quvchilarda shakllantirish, tarbiyalash tarix fanlarini o'qitish jarayonida amaliy tus olishi muhim sanaladi. Insonparvarlik tarbiyasini tarix o'qitish jarayonida shakllantirishning o'zi ham bir qancha ruhiy jarayonlar orqali kechishi mumkin. Bu o'rinda ong markaziy masala bo'lib qoladi va insonparvarlik g'oyasini anglash, tasavvurlar orqali idrok etish bir qancha mexanizmlar bilan bog'liq. Tarix fani o'qituvchisi o'quchi yoshini hisobga olgan xolda darsni rejalashtiradi.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, darslarni shu tarzda tashkil etish pedagogdan kattagina mahorat talab etadi. Zamonaviy dars usullarining barchasi ham biror muammo yoki faoliyatni o'zaro munozara, muloqot orqali tinglovchiga yetkazadi. Tashkil etiladigan tarix darsi muzey ashyosi bilan jihozlansa, bu nafaqat mavzuga qiziqishni orttiradi, balki bilim oluvchi keyingi mavzuga doir manba, yoki ashyo izlashga o'qituvchiga yordam berishi ham mumkin. Bilamizki, o'quvchi eshitish jarayonida 20 - 30 % o'zlashtirsa, ko'rish va eshitish orqali 50 - 60 % o'zlashtirishi mumkin. Demak, ashyoni bevosita ko'rgazmali tarzda namoyon etish imkoni bo'lmagan taqdirda, o'qituvchi ashyo haqida ma'lumot berish bilan birga uning rasmi, yoki mazkur ashyo saqlanadigan joy xususida to'xtalib o'tishi, yoki bo'lmasa, milliy muzeylarimizda shunga o'xshash qanday osori-atiqalar borligi xususida hikoya kiritishi lozimdir.

Biz insoniyatning o'tmish tarixini o'rganganimizda uni sobiq sovetlar davrida hukmron bo'lgan g'oya, ya'ni tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan talqin etishlardan yoki noo'rin bo'rttirib ko'rsatishlardan saqlanishimiz zarur. Chunki, "Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati orqali bilamiz, tarixning tag - tomirigacha nazar tashlaymiz" [3]. Binobarin, haqqoniy tarix dillarga hayot qonini quyuvchi, tillarga so'z baxsh etuvchi, saltanatlarni qayta yaratuvchi, o'tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajonlari, egalari bilan ko'z o'ngimizda namoyon etib, hayotimiz sarhadlarini kengaytiruvchi mo'jizadir. Uning ma'naviy qudrati ila biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hamdamu hamnafas bo'lamiz, ular bilan goh suyib, goh kuyib, dilimizni rag'batlantiruvchi, hislarimizga ozuqa beruvchi turli voqealar, ajabtovur fe'l - atvorlar dunyosiga oshno bo'lamiz. Yoshlarda mavkuraviy dunyoqarashini mustahkamlashda muzeylar amaliy vosita bo'lib xizmat qiladi. Bugunni ertangi kun bilan chambarchas bog'lab turuvchi ko'prik sanalgan muzeylarimiz faoliyatida ham ayrim muammolar yo'q emas. Bugun yoshlar oldidagi dolzarb mamalalardan yana biri, muzeylarimiz zahirasini boyitish uchun amaliy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

san'at asarlarini yig'ish, ulardagi nodirlik, noyoblik, xolisiylik, tarixiylik jihatlarini o'rganib chiquvchi mutaxassislarni ko'paytirish masalalaridir. Biz ham ajdodlarimiz kabi avlodlarimizga munosib meros qoldirmog'imiz darkor. Zero, I. Karimov ta'kidlaganidek, "Farzandlarimiz kelajak avlodlar bizdan shu o'lkani shu muqaddas zaminni yana ham boy kuchli va qudratli holatda qabul qilib olishlari uchun, biz buyuk ajdodlarimizga nisbatan qanday minnatdorchilik tuyg'ularini his etayotgan bo'lsak, o'g'il - qizlarimiz, kelajak avlod ham bizga nisbatan shunday minnatdorchilik tuyg'ularini his etishlari uchun lozim bo'lgan hamma ishni qilish bizning fuqarolik burchimizdir."1

Aynan ana shu o'rinda insonparvarlik, mehr - shafqat tuyg'usini bolada singdirish maqsad kilib tashkil etilajak darslarimiz qo'l keladi.

Maktab tarix darslarida o'qituvchi asosan, jahon tarixi fanini o'qitishda O'zbekiston tarixini jahon mamlakatlari bilan taqqoslagan holda yoritish, O'zbekiston tarixi voqealarini bosqichma - bosqich, ya'ni izchillikka rioya qilgan holda ochish, xususan, davr va zamon ruhini berish hamda mustaqil O'zbekistonning istiqboldagi taraqqiyotini ko'zda tutgan holda bayon etishga harakat qiladi. Tarix fanini insonparvarlashtirish masalasiga jiddiy e'tibor berib, tarix faqatgina qarama - qarshi sinflar kurashidangina iborat emasligini, umuminsoniy qadriyatlar asosida o'zaro totuvlikka, bir - birlariga yordam berishga, tinch va osoyishta yashash taraqqiyotning garovi ekanligiga o'quvchini ishontirishga erishadi. Yurtimiz tarixining maftunkor, boy go'shalarining asosiy qismi Buyuk ipak yo'li ustidagi ilm-fan, hunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan iborat ekanligi xususida yangi bilimlar beradi.

O'rta maxsus ta'lim bosqichida o'qitiladigan tarix fani esa ushbu jarayonni ancha mukammal, ya'ni yoshlarni kasbga yo'naltirishga xizmat qiladigan, eng oliy tuyg'u - insoniylik tuyg'usini his etishga xizmat qiluvchi dars sifatida tashkil etiladi.

Tarix darslarini milliy qadriyatlarimiz, bobolarimizdan qolgan o'lmas meros asosida tashkil etish darslarini yanada jonli va qiziqarli bo'lishini ta'minlaydi. I. Karimov ta'kidlaganidek: - «Men milliy istiqlol g'oyasi bugungi tez sur'atlar bilan o'zgarayotgan tahlikali dunyoda o'zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarimiz merosiga, necha yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekani aytib, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o'sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog'i zarur deb bilaman"[4].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ajdodlarimiz ma'naviy merosidan kuch olib, umumbashariy tajribalar asosida shaxslarni tarbiyalash oson ish emas, albatta. Tarix darslarida birgina bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur bebaho ma'naviy merosini o'rgatish nafaqat bilim oluvchilar, balki bilim beruvchilardan ham yillar mobaynida xalqimiz ma'naviy merosini jiddiy o'rganishlarini talab etadi. Bugun mamlakatimiz tarixiga yer yuzi qiziqayotgan bir paytda dunyo xalqlari tarixini o'rganishga yangicha yondashmoqdamiz. "...Zamon talabi shuki, professor va o'qituvchilar o'zlarida mavjud bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, balki xorijiy mamlakatlar tajribasini qunt va sabot bilan o'rganib, mag'zini chaqib, undan keyin o'z talabalariga saboq berishlari lozim."[5]

Jahon tarixidan Hindiston, Eron, Iroq, Turkiya, butun G'arb va Sharqni o'rganar ekanmiz, qaysi mamlakatdan Sohibqiron ma'naviyati izini izlamaslik mumkin. Pokistonlik A.Doniy Amir Temur tarixini Hindiston, Pokiston, Eron, Afg'oniston, Angliya, Amerika, Yaponiya, ayniqsa Kembrij universitetlari kutubxonasidan o'rganganini aytadi.

Biz tarix darslarida Shomni o'rganayotgan, misrlik tarixchi Valiuddin Abdurahmon ibn G'aybiy al Hofiz al - Marog'iylarning Sohibqironga bo'lgan hurmat va ehtiromini qanday qilib aytib o'tmaslik mumkin. Angliya davlati tarixini davrlashtirish asosida o'rganamiz, ammo har bir davrda tashqi aloqalar, madaniyat albatta o'rganiladi. Demak, biz tashqi aloqalar va madaniyat degan joyda Sohibqironning Angliyalik tadqiqotchisi o'qituvchi ayol Xiloda Xukxemning hozirgi zamon G'arb temurshunosligiga qo'shgan hissasi va g'arbliklarning bizning boy ma'naviy merosimizga munosabati bilan bog'lab o'tsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Hindiston tarixini o'rganishda X.Xukxemning "Amir Temur dunyoga kelmaganida, Hindistonda buyuk imperiya bo'lmagan bo'lardi", [5] - degan fikrini asoslashning o'zi mavzuga milliylik, insonparvarlik ruhini kiritadi. Ulug' ajdodlarimiz madaniy va ma'naviy merosidan uzluksiz ta'limning barcha bo'g'inlarida foydalanishdan eng asosiy maqsad eng ulug' vazifa insoniylik tuyg'usini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy meros, ular barpo etgan qudratli davlat, mustahkam maktabni faqat tarixiy bilimlar ko'rinishida yoshlarga yetkazmay, balki ularda faxr, o'zligimizga, o'tmishimizga iftixor, kelajakka ishonch kabi xislatlarni shakllantiramiz zarur. Shundagina bugungi kun yoshlariga qo'yiladigan talablar:

• jahon hamjamiyatida mamlakatimizning tutgan o'rni va mavqeini anglaydi, o'zbek davlatchiligi tarixini o'rganadi;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

• Tarix faniga qiziqishi barobarida fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oladi;

• Vatanni sevuvchi, uni turli oqimlardan himoya qila oladigan bo'lish hissi, boshlagan ishni oxiriga yetkaza olish qobiliyati shakllanadi;

• davlat siyosatini tushunadi, unga fidoiy bo'lib, asl vatanparvar, sadoqat va vafodorlikning yuksak tuyg'ulari bilan sug'orilishi lozim;

• o'zbek xalqining boy tarixi, milliy qadriyatlariga sodiq bo'lib, ajdodlar merosini qadrlashni o'rganadi, komil insonga xos fazilatlar shakllanadi;

• yangilikka intilish, ishga ijodiy yondashuv, maqsadni aniq va to'g'ri yo'naltirish qobiliyati o'sadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'tarilamiz.Toshkent. "O'zbekiston". 1- jild. 415 - bet

2. Karimov I.A. O'zbekistoning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. Toshkent., "O'zbekiston" 1992 yil., 66-bet.

3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. T. "Sharq" , 1998 yil, 4 - bet.

4. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni -xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. T. "O'zbekiston", 1999. 7-jild, 99-bet.

5. Yuldasheva G. "O'zbek o'tovlari". Moziydan sado. 2009 yil. № 1. (41)30 - 31-betlar.

6. Qodirov T. "Istiqlol bergan imkoniyat". "Hidoyat" jurnali. 2018 - yil 8 -son. 20-bet

7. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., "O'zbekiston", 2000 yil., 7- bet.

8. Хухам X. "Властитель семи созвездий". Т. «Правосудие», 1995 г. ул.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.