Научная статья на тему 'ABDULLA AVLONIYNING ILK MAKTAB DARSLIKLARIDA PEDAGOGIK QARASHLAR'

ABDULLA AVLONIYNING ILK MAKTAB DARSLIKLARIDA PEDAGOGIK QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4547
174
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / tarbiya / ma’naviyat / ilm / ma’rifat / pedagogika / adabiyot / renessans / mustaqillik / rivojlanish / jamiyat. / Education / upbringing / spirituality / science / enlightenment / pedagogy / literature / renaissance / independence / development / society.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sh.Sh.Nazarova

Maqolada O‘zbekistonda Abdulla Avloniyning ilk maktab darsliklarida pedagogik qarashlari, uning yaratilish tarixi va poydevori uchun asos bo‘luvchi buyuk mutafakkir Abdulla Avloniyning ijodi, uning bu yo‘lda olib borgan ilmiy izlanishlari, xususan “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” kabi darslik va qo‘llanmalarida yosh avlodni tarbiyalash borasidagi qarashlari aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL APPROACHES IN THE FIRST SCHOOL TEXTBOOKS OF ABDULLAH AVLONI

The article deals with the pedagogical views of Abdullah Avloni in primary school textbooks in Uzbekistan, the measures taken to establish it, the work of the great thinker Abdullah Avloni, the history of its creation and its foundation, his scientific research in this direction, in particular, “Literature or National Lions”. Textbooks and manuals such as “Turkish Gulistan or Morality”, “The First Teacher”, “The Second Teacher” reflect his views on educating the younger generation.

Текст научной работы на тему «ABDULLA AVLONIYNING ILK MAKTAB DARSLIKLARIDA PEDAGOGIK QARASHLAR»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ABDULLA AVLONIYNING ILK MAKTAB DARSLIKLARIDA PEDAGOGIK QARASHLAR Sh.Sh.Nazarova

TDPU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6499053 Annotatsiya: Maqolada O'zbekistonda Abdulla Avloniyning ilk maktab darsliklarida pedagogik qarashlari, uning yaratilish tarixi va poydevori uchun asos bo 'luvchi buyuk mutafakkir Abdulla Avloniyning ijodi, uning bu yo 'lda olib borgan ilmiy izlanishlari, xususan "Adabiyot yoxud milliy she'rlar", "Turkiy guliston yoxud axloq", "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim" kabi darslik va qo 'llanmalarida yosh avlodni tarbiyalash borasidagi qarashlari aks etgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, tarbiya, ma'naviyat, ilm, ma'rifat, pedagogika, adabiyot, renessans, mustaqillik, rivojlanish, jamiyat.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ В ПЕРВЫХ ШКОЛЬНЫХ УЧЕБНИКАХ АБДУЛЛЫ АВЛОНИ Аннотация:В статье рассматриваются педагогические взгляды Абдуллы Авлони в учебниках для начальных классов Узбекистана, меры, принятые для его построения, история его создания и творчество великого мыслителя Абдуллы Авлони, его научные исследования в этом направлении, в частности «Литература или Национальные львы». Учебники и пособия, такие как «Турецкий Гюлистан или нравственность», «Первый учитель», «Второй учитель», отражают его взгляды на воспитание подрастающего поколения.

Ключевые слова: Образование, воспитание, духовность, наука, просвещение, педагогика, литература, возрождение, независимость, развитие, общество.

PEDAGOGICAL APPROACHES IN THE FIRST SCHOOL TEXTBOOKS OF ABDULLAH AVLONI

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Abstract: The article deals with the pedagogical views of Abdullah Avloni in primary school textbooks in Uzbekistan, the measures taken to establish it, the work of the great thinker Abdullah Avloni, the history of its creation and its foundation, his scientific research in this direction, in particular, "Literature or National Lions". Textbooks and manuals such as "Turkish Gulistan or Morality ", "The First Teacher", "The Second Teacher" reflect his views on educating the younger generation.

Key words: Education, upbringing, spirituality, science, enlightenment, pedagogy, literature, renaissance, independence, development, society.

Farzand tarbiyasi shaxsiy masala emas, u davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan buyuk ijtimoiy ishdir, u shu darajada buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham tarbiya bilan bog'liq. Avloniy so'zlari bilan aytganda «... tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur».

Abdulla Avloniy inson tarbisini bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan uch yo'nalishga bo'ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi. Inson uuchn avvalo badan salomat bo'lmog'i zarurdir, badan soq bo'lgandagina inson uchun zarur bo'lgan boshqa amallarni singdirish mumkin. Buning uchun ichkilik, ko'knor, nasha kabi inson badanini bevaqt zalolatga, tubanlikka olib boruvchi, salomatlikka zarar, «ba'zi harom, ba'zi makruh» narsalardan asrashi kerak. Bu esa Avloniy yozishicha, fikr tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Fikr tarbiyasi farzandni komil inson darajasiga ko'tarishda muhim omil hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy mas'uliyat o'qituvchi zimmasiga tushadi. Chunki muallim dars jarayonida o'quvchilarni fikrlashga, hari qanday voqea hodisaning mohiyatini chuqur idrok qilishga o'rgatadi. Bu o'rinda Abdulla Avldoniy ta'lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatinnig ifodasi bo'lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o'rinda o'kituvchinnig fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasinnig har jihatdan

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yuksakligi o'quvchilari tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o'quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo'lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo'lishga o'rgatadi.

Abdulla Avloniy asarining "Yaxshi xulqlar" bobida fatonat, diyonat, islomiyat, nazorat, g'ayrat, riyozat, qanoat shijoat, ilm, sabri hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, xavf va rijo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, afv haqida atroflicha fikr yuritadi, o'z qarashlarini dalillash uchun Qur'oni karim oyatlaridan, hadisi sharifdan namunalar, ulug' mutafakkirlar Aflotun, Arastu, Suqrot, Buqrot, ibn Sino, Mavlono Rumsiy, Shayx Sa'diy, Mirzo Bedil fikrlarini keltiradi. Jadidchilik harakati namoyandalari qarbiy Yevropa ma'rifatparvarlari kabi ilm-ma'rifatni, zamonaviy taraqqiyotni bayroq qilib ko'tardilar, taraqqiyotga to'g'anoq bo'layotgan mutaassib ulamolarga, qadimchilarga qarash keskin kurash olib bordilar. Shuni unutmaslik kerakki, o'zbek ma'rifatparvarlarining Yevropa ma'rifatparvarlaridan ajralib turadigan asosiy jihati shundaki, ularnnig faoliyati zaminida millatni mustamlakachilik zulmidan ozod etish, istiqlol g'oyasi yotar edi. Shuning uchun ham jadid mutafakkirlari oq va qizil imperiyaga birday ma'qul emas edilar.

Abdulla Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug'lanishi bevosita insonni ulug'lash bilan uzviy bog'lanadi. Chunki Olloh insonni barcha mavjudodlardan, mahluqotlardan ulug' qilib yaratdi. Unga ikki dunyo saodatiga erishishdek buyuk maqsad uchun Aql berdi. Inson shu Aql yordamida ilm-ma'rifatni, taraqqiyotni egallaydi, dunyoni boshqaradi. Mana Abdulla Avloniyning aqlga bergan ta'rifi: "Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur... Janobi haq insonni hayvondan so'z va aql ila ayirlishdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollahu alayhi vassalam afandimiz: "Ey insonlar!

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Aqlingizga tavoze' qilingiz. Siz janobi haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz", demishlar"

Abdulla Avloniy inson salomatligi to'g'risida fikr yuritar ekan, uning asosiy omillaridan biri tozalika haqida alohida bob ajratadi. "Nazofati» deb nomlanuvchi bobida odamni xalq o'rtasida hatto Olloh qoshida sevimli qiladigan vosita pokizalik - nazofatdir. Inson nafaqat o'z badanini, kiyim-kechagini, shu bilan birga, yashab turgan joyini, muhitni, shahrini pokiza saqlashi kerak. Atrof-muhitning nopokligi turli-tuman kasalliklarning paydo bo'lishiga sababdir.

Afsus bilan aytish kerakki, Avloniy yashab turgan va undan keyin ham mustamlaka ma'murlari o'lkaning obodonchiligi va aholisinnig salomatligini hayollariga ham keltirmadilar, faqat shaharlarning mustamlakachilari yashaydigan qismigagina e'tibor berdilar. 1907-yilnnig oxirlarida Turkiston o'lkasiga sayohat qilgan atoqli tatar ma'rifatparvari, yozuvchisi Abdurashid qozi Ibrohimov (kelib chiqishi o'zbek) chor Rusiyasining Turkiston o'lkasida olib borayotgan dahshatli mustamlakachilik siyosatini fosh etgan edi: «Rus Toshkandida qoyat tartibli bino va savdo uylari, tekis uylar, elektr nurlarida sayr qilib yurishlar Ovruponing bir namunasidir. Ammo musulmon Toshkendi aksincha. Ilk bahorda, bahor oxirida shahar ichida uylardan piyoda yurib o'tishning ham iloji bo'lmay qoladi. Buni hatto so'z bilan ham ta'riflab bo'lmaydi... holbuki, shahar bir shahardir, Toshkanddir, idorasi, kirim-chiqimi bir, umum aholisinnig asosiy qismi musulmonlardir. Daromad asosan musulmon qismidan olinur, sarf-harajatlar faqat xristian qismiga ajratilur. hokimiyat qudrati ruslarda, mamlakat daromadi ham ruslarda. Rus qismlaridagi yo'llarga umum daromaddan pul ajratiladi, ammo musulmon qismdagilarning yo'llari nima bo'lsa bo'lsin, bir so'm ham ajratilmaydi: na bir tekis yo'l, na bir chiroq bor, hech vaqo yo'q». Jahllik, qotillik, tanballik ilmsizlikdandir. Ilm insoniyat baxt-saodati, istiqboli yo'lini yoritib turuvchi mash'aldir. Ilm bilan inson martabasi yuksaladi, nomi-nishoni ulug'lanadi, o'zi izzat-hurmatga sazovar bo'ladi. Abdulla Avloniyning ulug' zamondoshlaridan Ahmad Donish «Fiqh va faroyiz, hisob va sijil tib, nujum, shoirlik, muallimlik

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

madaniyat uchun eng foydali bo'lib, shu bilan ilmning o'sishiga yo'l ochadi. Biroq bulardan asl maqsad xalqqa foyda keltirishdan iborat bo'lishi lozim. Butun hunarlarning a'losi ilmdir, uning pog'onalari cheksizdir», - deb yozadi «Navodirul-voqoye» asarida. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston...» asarida ushbu masalaga «Ilm» va «Aqsomi ilm» boblarini ajratgan. Aql ilm tajriba bilan kamol topadi. Avloniy fikricha, ilm har ishda bizga rahnamo, ikki dunyo saodatiga noil etuvchi uluq ne'matdur. Ilmsiz kishi mevasiz daraxt kabidur. Uning eng yaqinlarigagina emas hatto o'ziga ham foydasi tegmas. Asar muallifi ilmni ikki qismga: ilmi diniy va ilmi faniyga ajratadi. Ammo u bu ismlar o'rtasiga to'siq qo'ymaydi, aksincha, diniy kishi bo'lish uchun ham hisob, handasa, tarix, hikmat, tib, kimyo, ziroat kabi fanniy ilmlarni o'rganish zarurligini ta'kidlaydi.

Payg'ambarimiz: "Olim bo'l, ilm talab qiluvchi bo'l, yoki ilmni eshituvchi bo'l, hech bo'lmasa, shularga muhabbat qiluvchi bo'l, beshinchisi bo'lma, halok bo'lursan", - demadilarmu?" Bundan ham kattaroq to'siq mustamlakachi ma'murlar bo'lib, o'lkada har qanday ijobiy yangilikni, ayniqsa, maorif sohasidagi o'zgarishlarga, "usuli jadid" maktablarining xalq ma'naviyatiga kirib borishiga tish-tirnoqlari bilan qarshilik ko'rsatar, ularga qarshi kurashda mutaassib ulamolardan ustamonlik bilan foydalanar edilar. Zamonaviy kasb-hunar maktablari, oliy o'quv yurtlari ochish, millatni ilm-ma'rifat kuridan bahramand qilishni mustamlaka ma'murlari xayollariga ham keltirmas edilar. Ozgina bo'lsa-da, rus tili va aniq fanlardan ibtidoiy tushunchaga ega bo'lish uchun esa rus-tuzem maktablaridagina o'qish mumkin edi, ammo bu maktablarning asl mohiyati, maqsadi ma'lum edi. 1907-yilda Turkiston o'lkasiga sayohat qilgan Abdurashid qozi Ibrahimov bu masalaga alohida e'tibor beradi.

Abdulla Avloniy mana shu tariqa sabr, hilm, miqyosi nafs, intizom, vijdon kabi insoniy fazilatlari haqida chuqur ma'noli fikrlari bayon qiladi. Ammo Vatan haqidagi qarashlari yanada muhimroq, yanada e'tiborliroq. Vatan Ona kabi yagona, Ona kabi muqaddas. Bu mavzu necha-necha adabiyot va san'at ahllari e'tiborini o'ziga jalb qilgan. E'tibor bering, 1970-yillar boshida Erkin Vohidov

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

"O'zbegim", Abdulla Oripovnnig "O'zbekiston" qasidalari o'zbek xalqi orasida shunchalari aks sado berdiki, hatto sho'ro mafkurachilarini talvasaga solib qo'ydi. O'zbekiston bo'ylab birorta to'yu tomosha yo'qki, bu ikki she'r to'lib-toshib o'qilmasa yoki qo'shiq qilib aytilmasa. Nega millat his-tuyg'ularini shunchalar junbushga soldi bu ikki she'r?! Ongimizga 100 yildan ortiq o'zga millatning o'zga vatanning «buyuk»ligini singdirib keldilar. Xalqimiz o'z millati va o'z Vatani haqida iliq bir so'zga intiq edi.

XIX asrnnig 90-yillari oxirlarida rus-tuzem maktablarida o'qiydigan mahalliy millat bolalari uchun S.M.Gromeniskiynnig uch kitobdan iborat «Kniga dlya chteniya» («O'qish kitobi») asari darslik sifatida nashrdan chiqarildi. N.Ilminskiy qarashlari zaminida yaratilgan ushbu darslikda Rusiyani, rus xalqini ulug'lovchi, Rusiyani buyuk vatan sifatida ta'rif-tavsif etuvchi o'nlab nazmiy va nasriy matnlar berilgan edi. Bu darslikning shovinistik maqsadini jadid pedagoglari tushunib yetgan va millat farzandlarini vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor qaratgan edilar. Bu hol ular yaratgan har bir darslikda, har bir ilmiy, badiiy asarlarda yaqqol ko'zga tashlanadi. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston...» asarida «Vatanni suymak» degan bob bor. Unda yosh qalblarda o'z Vatani Turkistonga nisbatan muhabbat tuyg'ularini mavjga keltiruvchi shunday misralar bor: Vatan, Vatan deya jonim tanimdan o'lsa ravon, Banga na qam, qolur avlodima o'z Vatanim. G'ubora do'nsa qamim yo'q vujud zeri vahm, Choraki, o'z Vatanim xokidur go'ru kafanim. Tuqib o'san yerim ushbu Vatan vujudim xok, O'lursa aslina roje' bo'lurmi man g'amnok.

Ushbu asar yozilgan davrni - Vatanimiz mustamlaka iskanjasida fojei ahvolga tushgan, kelgindilar oyoqi ostida toptalgan davrini to'la his qilib, «Vatanni suymak» bobi o'qilsa, Vatan istiqloli, ozodligi uchun inson hatto jonini ham fido qilishi kerak, degan qoya asar qatlariga singdirib yuborganligini sezish qiyin emas. Vatan tuproqi muqaddas: unda ajdodlarimizning xokilari bor unda kelajak nasllarimiznnig haqlari bor. Shuning uchun ham Vatanni oddiygina sevish mumkin

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

emas, uning istiqboli uchun kuyunish, kurashish, kelguvchi avlodlarga to'la-to'kis, ozod farovon holda topshirish hissi ham mavjud.

Abdulla Avloniy ona Vatanga mana shunday yoniq qalb bilan munosabatda bo'ladi. "Turkiy guliston yoxud axloq" asaridan bir kichik bob "Hifzi lison" ("Tilni muhofaza qilish") deb ataladi. Hamma vaqt, hamma jamiyatda millatning mavjudligini, e'tiborini belgilovchi ko'zgusi uning tili va adabiyotidir. Ulug' san'atkor shoir Abdulhamid Cho'lpon "Adabiyot o'lsa, millat o'lur" deb yozdi. "Adabiyot nadur?" maqolasida. har bir inson, birinchi navbatda, o'z ona tilini mukammal bilishi, tilining ravnaqi, sofligi uchun kurashishi kerak. Asar muallifi o'rinsiz o'zga til so'zlarini qo'shib, aralash-quralash ishlatishga keskin qarshi chiqadi va buni madaniyatsizlikning yaqqol ko'rinishi deb biladi. Abdulla Avloniynnig ona tiliga bunday qarashlari hozirgi kunimizda ham har gapiga, albatta, 2-3 o'rischa so'zni qo'shib gapiruvchi yoki o'ris tilini durustroq bilmasa-da, o'rischa gapirishni madaniyat belgisi deb, biluvchi ba'zi bir yoshlarimizga nafaqat yoshlarimizga taalluqlidir: "Har bir millatnnig dunyoda borlig'in ko'rsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur. Hayhot! Biz turkistonliklar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursin kundan-kun unutmak va yo'qotmakdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulagani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Durust, bizlarga hukumatimiz bo'lg'on rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi kerakli narsadur. Lekin o'z yerinda ishlatmak va so'zlamak lozimdur. Zig'ir yog'i solib, moshkichiri kabi qilub aralash-quralash qilmak tilnig ruhini buzadur"

Abdulla Avloniy tomonidan ushbu bobning yaratilishi kuchli hayotiy ehtiyoj, ma'naviy zarurat samarasidir. Jadidlar milliy ta'limn ing zamini sifatida ona tili o'qitish masalasiga e'tiborni kuchaytirdilar, chunki milliy ruh, milliy ma'naviyatni "sut bilan kirgan..." deganlaridek, faqat ona tili orqaligina singdirish mumkin. Bu - jadid mutafakkirlari pedagogik qarashlarining tub mag'zini tashkil qiladi. Mahalliy millat bolalari uchun maxsus ochilgan davlat tasarrufidagi rus-

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tuzem maktablarida ona tili, uning adabiyoti, dini va tarixini o'qitish masalasiga maxsus e'tibor berilmadi. O'z tili, dini, madaniyati, tarixidan xabarsiz kichik ma'murlar toifasini tarbiyalab yetishtirish ruslashtirish siyosatining birinchi va hal qiluvchi bosqichi edi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratlar rahnamoligida ochilgan va xalq o'rtasida katta e'tibor qozongan jadid maktablari mohiyat e'tiboriga ko'ra rus-tuzem maktablariga qarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham Abdulla Avloniynnig ona tiliga nisbatan buyuk muhabbat bilan aytgan so'zlari to'g'ridan-to'g'ri o'sib kelayotgan yosh (hatto hozirgi) avlodlarga qaratilgan edi: Ey ona til, aziz qadrdonim, Iltifoti ruhim, rahmonim. Tug'dig'im kundan aylading ulfat, O'lgunimcha ayilma, ey jonim. Menga ilmu adab san o'rgatding, Chin adib, muallim ilonim. Millatning ruhini ko'targuchisan, Ey muqaddas karamli sultonim.

O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish hamma vaqt ta'lim-tarbiya tizimining birlamchi va asosiy vazifasi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Abdulla Avloniy atoqli metodist olim sifatida "Turkiy guliston..." asarida o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish masalasiga, voizlik (notiqlik) san'atini egallashga alohida e'tibor qaratadi. Muallif fikricha, har bir o'quvchi ona tilida o'z fikrini aniq, ta'sirchan, shu bilan birga, chiroyli bayon qilish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Buning uchun esa o'quvchi ona tilining nozik, go'zal jihatlarini puxta egallagan bo'lishi kerak: "Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy oqiz orasidagi tilni (og'zaki nutqni U. D.) ham saqlamak lozimdur" - deydi.

Chunki so'z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o'lchab ko'rsatadurgon tarozisidur. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so'zlagan so'zidan bilurlar. "Quruq so'z quloqqa

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yoqmas", - demishlar" Abdulla Avloniy "Turkiy guliston..." asarining "Yomon xulqlar" qismi 18 bobdan iborat.

Muallif insonning bunday xulqlarini "saodati adabiyadan mahrum, hayoti jovidonimiz uchun masmum bo'lgan axloqi zamimalar..." deb ataydi. Abdulla Avloniy kishilarnnig ham ijobiy xulqlarini, ham salbiy xulqlarini bayon qilib, kitobxonlar mulohazasiga havola qiladi. U "Bu sanalgan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning go'zalligini insof muvozanasi ila o'lchab, vijdon muhokamasi ila tahqiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak yomonlarini onglab, hozir qilmak lozimdur", deydi. Abdulla Avloniy g'azabning ikki xil xususiyatini bayon qiladi. Biri dushmandan o'zini, millatini mudofaa qilishda insonning g'azabi muhim ahamiyatga ega bo'lsa, ikkinchisi birovni jabr-zulm yo'li bilan ishlatish, odamlarga sovuq muomalasi bilan dahshat solishdan iborat bo'lgan salbiy xususiyatdir. Hilm - yumshoq tabiatlilik bilangina g'azabning oldini olish mumkin. Abdulla Avloniy bu haqda Imom Shofe'i hazratlarining so'zlarini keltiradi: "Qilich va nayza ila hosil bo'lmagan ko'p ishlar yumshoqlik va muloyimlik ila hosil bo'lur. G'azabning zarari egasiga qaytur", - demishlar.

Xulosa o'rnida shuni aytishim mumkinki, Abdulla Avloniy "Turkiy Guliston yoxud axloq" asarida tarbiya turlari haqida fikr yuritar ekan, "Tarbiyaning zamoni, ya'ni bolaning yetuk tarbiya topishida ijtimoiy muhit, oilaning o'rni, "Badan tarbiyasi" sog'lom insonni tarbiyalash, "Fikr tarbiyasi" tafakkurini rivojlantirish, fikrlashga o'rgatish, "Axloq tarbiyasi" - yaxshi xulq va odatlarni tarkib toptirish kabi masalalarga e'tiborni qaratadi.

Eng asosiysi, farzandlarimizning iste'dod va qobiliyati, ezgu intilishlarini to'liq ro'yobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib o'rin egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish bundan buyon ham O'zbekistonda davlat va jamiyatning bosh maqsadi bo'lib qoladi.

Adabiyotlar

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-sonli qarori.

3. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-jild. "Turkiy guliston yoxud axloq". -T.: Ma'naviyat, 2006, 34-96 betlar.

4. A.Zunnunov-Pedagogika tarixi. -T.: Sharq, 2004

5. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-jild. T.: Ma'naviyat, 2009

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.