Научная статья на тему 'MUFASSAL MUSHOHADALAR ME’MORIDAN MUFASSAL MUSHOHADALAR MEROJI'

MUFASSAL MUSHOHADALAR ME’MORIDAN MUFASSAL MUSHOHADALAR MEROJI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
167
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kitob / himmat / fikr / ma’rifat / saxovat / kitobat / olim / ziyoli / taraqqiyot / qiymat / shaxs / ma’naviylik / tafakkur / shon

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mо‘Minmirzo Xolmо‘Minov, Asilbek Qolqanatov

Maqolada I.J.Yo‘ldoshevinig “Himmatning qiymati” kitobining mazmun-mohiyati haqida batafsil fikr-mulohoza yuritilgan. Kitobning yoshlar tafakkuri va ma’naviylik qobliyatini oshirishdagi ro‘li badiiy, siyosiy, ma’naviyma’rifiy jihatdan o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUFASSAL MUSHOHADALAR ME’MORIDAN MUFASSAL MUSHOHADALAR MEROJI»

MUFASSAL MUSHOHADALAR ME'MORIDAN - MUFASSAL MUSHOHADALAR MEROJI

Mo'minmirzo Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail.com Asilbek Qolqanatov asilbekqolqanat@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada IJ.Yo'ldoshevinig "Himmatning qiymati" kitobining mazmun-mohiyati haqida batafsil fikr-mulohoza yuritilgan. Kitobning yoshlar tafakkuri va ma'naviylik qobliyatini oshirishdagi ro'li badiiy, siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy jihatdan o'rganilgan.

Kalit so'zlar: kitob, himmat, fikr, ma'rifat, saxovat, kitobat, olim, ziyoli, taraqqiyot, qiymat, shaxs, ma'naviylik, tafakkur, shon.

FROM THE ARCHITECT OF DETAILED OBSERVATIONS - MERO OF

DETAILED OBSERVATIONS

Muminmirzo Kholmuminov mominmirzoxolmominov@gmail.com Asilbek Kolkanatov asilbekqolqanat@gmail.com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article provides a detailed discussion of the content of I.J.Yuldashev's book "The value of devotion". The role of the book in the development of young people's thinking and spirituality is studied in artistic, political, spiritual and educational terms.

Keywords: book, generosity, thought, enlightenment, generosity, book, scholar, intellectual, progress, value, personality, spirituality, contemplation, glory.

Yangi O'zbekiston qisqa vaqt ichida yangicha madaniy-ma'rifiy muhit yaratishdek g'oyat murakkab yo'lni tanlagan va bu yo'lda ma'lum darajada muvaffaqiyatga erishib kelayotgan davlat sifatida jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilmoqda. Bu kabi ishlar o'z-o'zidan bo'layotgani yo'q, albatta! Avvalo, o'sib kelayotgan - Yangi O'zbekiston yoshlarini eskicha fikrlashdan, ma'nan zaif va loqayd bo'lishlikdan asrash yo'lida davlatimiz siyosatida tub islohotlar amalga oshirildi. Endi, ma'rifatparvarlar zimmasiga ma'naviylik - yoshlarimizni ruhan

tanazzullikdan, sayoz hayollardan, boshi berk zamonaviy internetning hayosiz olamidan, tubanlikdan asrab qola oladigan yagona qudratli insonning ichki ustuni va madati, madori ekanligini uqtirish vazifasi qo'yildi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda: "Agar siz farzandingizga dang'illama uy qurib bersangiz - vaqti-soati kelib, u eskirishi mumkin. Agar eng zo'r mashina olib bersangiz - uyam tez orada eskirishi mumkin. Agar unga moddiy boylik, pul qoldirsangiz - uyam bir kun sarf bo'lib tugashi mumkin. Ammo dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yo'qolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham bo'lsa, farzandingizga bergan bilim va hunardir. Lekin bilim va ma'rifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Avvalo, kitob degan xazinadan[1:117].

Ma'rifatning chirog'i kitob - ma'naviyat xazinasi. Bu xazina insoniyatni ma'naviy tanazzuldan saqlab qoladi. U insonning suhbatdoshi va ongli sirdoshidir. Bu hususida ozarbayjon xalqining faylasufi A. H. Baxmanyor: "Shunday odamlarni axtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob o'qimoqqa barobar bo'lsin. Shunday kitoblarni axtaringki, mutolaasi faylasuflar suhbatiga teng bo'lsin" - deganlar. Bunday armug'on kitoblar insonning zanglagan tafakkur olamini misli qurolsiz zabt etadigan qo'shindir. Uning har bir varog'i esa - tafakkur zangiga zaxm keltiruvchi askar misli.

Bu dunyo qayg'uzorlarida qalbga chiroqdek nur ato etadigan ganj kitoblar kamnamo. Chunki, yozuvchi o'zini qiynab, o'lib-tirilib yozgan asargina insonlarning vuqorli aql-zehnini bo'ysindira oladi. Alisher Navoiy "O'z vujudingga tafakkur aylagil, Har ne istarsen, o'zungdin istagil" deganidek, mutolachilar ham o'qib nimadir anglagan ziyosini o'z yaqinlariga aylaydilar.

Mening mutolla muhabbatimning sozovari bo'lgan kitoblarning biri XXI asr o'zbek kitobat olamining sohibi Ibrohim Yo'ldoshev Jurayevichning 2021-yil "Fan ziyosi" nashriyotidan chiqqan "Himmatning qiymati" nomli asari bo'ldi. Mazkur marjon 322 durdan iborat. Sohib asarda insoniyatning jonu jahoni saxovat va himmat singari ahli bashariyatni ibrat olishga da'vat etguvchi suyumli fazilatlar haqida mushohoda aylagan.

Saxovat insoniyat bog'ining serhosil daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir. Saxovat odamiylik mulkining mavj urib turgan dengizi, balki u sermavj dengizining bebaho gavharidir[2:4] - kabi fikrlari Yo'ldoshev bundan ancha vaqtlar oldin aytib o'tganini bir esladim. Saxovatning nihoyasi fidoyilikdir [3:15].

Asarni sarlavha aylagan holdaki Imom G'azzoliyning "ilmning avvali sukut, so'ng eshitish, so'ng yod olish, so'ng amal qilish, so'ng uni tarqatish" degan hikmatini o'zga bajo erdim. Ayniqsa, talaba-yoshlarga mazkur asarni tassavvur bilan o'qishni va dustu-yor, birodarlaringizga hatto sizga zulum qilguvchi dushmanlaringizga ham tavsiya qilishni aql qilaman.

Bu kitobni o'qib, muallif murakkab shaxs ekanligini angladim. Himmatning qiymati asarini o'qib tushina olmadim. Hali qayta-qayta o'qishim kerak. Majoziy va joziy armug'on aylangan har bir satr va jumla muallfining qalb yoshi va shukuhi ekanligini kitob varaqlari menga ilohiydan anglatgandek bo'laverdi. Kitobni mutolaa qilish uni o'qib tushundi degani bo'lmaydi, nazdimda. Aytganku donolar: "Ilmni olaverish mumkin, ammo, borliqni anglash hammaga emas". Kitob mohiyatida sohib Yangi O'zbekiston davlatchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarni tub ildizini Alisher Navoiyning lutfi hikmatlariga bog'lashlari bejiz emas.

Sh.Mirziyoyev o'z vaqtida alloma bobomiz hazrat Alisher Navoiy ham o'sha zamonning nidosini va davr chaqirig'ini ifoda etgan holda, "Emas oson bu maydon ichra turmoq..." deb boshlanadigan misralarni bejiz bitmagan. Bugun ham xuddi shunday: dunyo maydonida va o'z azmida qoyim turmoq, maqsadga erishmoq uchun muttasil oldinga intilish, hayotni va tafakkurni isloh qilish, yangilanish tomon sobitqadamlik bilan borish lozim - deb zikr etib o'tganini yaxshi esga olaman.

Shavkat Miromonovich inson qadri tamoyilining shakllanishi xususida ham: "Alisher Navoiy bobomizning "Zulm qilma, insofli bo'l, xalq uchun adl qasri, ya'ni adolat qo'rg'onini bunyod et", deb aytgan hikmatli so'zlarida aks etgan ulug'vor g'oyalar insonning qadr-qimmatini oliy darajaga ko'tarish borasidagi amaliy harakatlarimiz poydevoriga aylanmoqda[4:106]" - deydi.

"Himmatning qiymati" monografiya orqali ham Navoiyni ko'zimizga to'tiyo aylash, tabarrukdir. Mirziyoyev ham davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni hazrati Navoiyning zar so'zlari ila, "buyuk Alisher Navoiy bobomizning: "Odamiy ersang, demagil odamni, Onikim, yo'q xalq g'amidin g'ami" degan hikmatli so'zlari bizga bu borada dasturilamal bo'ldi. Ya'ni ulug' bobomizning bu dunyoda insonlarning dardu tashvishlarini o'ylab yashash - odamiylikning eng oliy mezonidir, xalqning g'amidan uzoq bo'lgan insonni odam qatoriga qo'shib bo'lmaydi, degan ma'nodagi fikrlari mazmunini o'zimiz uchun qaytadan kashf etdik[5:46].

Alisher Navoiy o'zining "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida faxr-iftixor, umid-ishonch va ajoyib bashorat bilan shunday deb yozadi: umidim uldur va xayolimg'a andoq keldurkim, so'zum martabasi avjdin quyi inmagay va bu tartibim kavkbasi a'lo darajadin o'zga yerni beganmagay" Bugun ulug' bobokalonimizning ana shu orzulari amalga oshayotganidan behad xursandmiz. Chindan ham, Navoiy yaratgan so'z martabasi hech qachon avj, ya'ni cho'qqidan pastga tushmaydi[6:1]

I.Yo'ldoshevning "Himmatning qiymati" monografiyasi kirish so'zi o'rnida, men ham qo'limdan kelganicha Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan bog'lab himmat va saxovatpeshalik bilangina aloqador jihatlarni yoritishga harakat qildim [7:4] - deya siyoh to'kadi. Hikmatga va himmatga ega inson ming yil yashaydi, degan gap bejiz emas.

Chunonchi, Alisher Navoiy "Agar hikmatga bo'lsa iltifoting - ki, bo'lsun Nuh umricha hayoting[8:1]! Jumlasi ila ta'birlaydi.

A.Navoiy bizga buyuk gumanist, betakror salohiyat va ijodiy qobliyat, daho shaxs ko'rinadi, bunga shubha yo'q. Mana besh asrdan oshibdiki, A.Navoiyning qahramonlari va g'azallari nafaqat yangi-yangi shoir-mutafakkirlarni ijod sahnasiga olib chiqdi, shu bilan birga butun Sharq xalqlarining ma'naviy merosiga, hayotni, insonni sevish borasidagi idealiga aylandi. Navoiy yozadi: Bo'lmasa ishq ikki jahon bo'lmasun, Ikki jahon demakki, jon bo'lmasun! Ishqsiz ul takki, aning joni yo'q, Xusnni netsun kishikim, oni yo'q.

Insoniyatni ma'naviy-axloqiy jihatdan boyitgan shunday ijod va tafakkur ahli vakillari borki besh-o'n, o'n besh-yigirma asrlar o'tgan bo'lsa-da ularning qoldirgan merosi havas uyg'otadi, o'quvchi qalbini to'lqinlantirib, yaratib yashashga, insonni, undagi oliyjanob fazilatlarni ulug'lashga undaydi[9:61]. Navoiy, ul jomei sirru jahr, Aning har so'zidur muammo misol, Ango yetmagandin xirad nutqi lol. Jahon ganji har baytidadur nihon, Ki har ganjidadur nihon bir jahon...

Ma'nosi: Navoiy barcha o'zida pinhoniy ma'nolarni yashirgan. Uning har so'zi kishini fikrlashga, mushohada qilishga chorlaydi. Donishmand ahli borki, uning so'zlari ma'nosini bilmay loldir. Uning har baytida olam-olam ma'nolar yashirin, purhikmatlar mujassam [10:8].

"Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g'ururi, sha'nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o'lmas so'z san'atkoridir. Ta'bir joiz bo'lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so'zlovchi biron-bir inson yo'qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa[11:47] - bu Islom Karimovning tasdiqiy qarashlaridan parcha edi.

Biz Yangi O'zbekistonning bunyodkorlari sifatida ma'nan yetuk shaxslar bo'lib yetishish saodatini tanladik. Bu mas'uliyat va zimmamizga olingan fusunkor, vuqorli sharafdir. Axloqiy tarbiyaga ko'proq yoshlar muhtojdir, deya ta'kidlaydi donolar. Donolar bunday deyishiga jur'at etishi, yoshligidagi xatolari vaqt o'tib "tarbiya" bo'lganligida, deb tushunishga harakat qiladi.

Shonli tarix va porloq kelajakning o'zaro uyg'unligini yaratish va bunga erishish bugungi avlodning zimmasidagi muhim vazifalardandir[12:23].

Insoniyat tarixida yashashdan ma'no nima, qanday kasb-komi egallasam oilamga, xalqimga va jamiyatga ko'proq foyda keltirishim mumkin, qanday qilganda inson baxtli yashaydi, kabi falsafiy savollarni o'ziga bermaydigan avlod, yosh topilmaydi[13:34]. "Himmatning qiymati" asarida ham yoshlar tarbiyasi haqida ancha-muncha insonni uylantiradigan, do'ppini boshdan yeshib, mulohoza qiladigan so'zlar bashariyatda noyoblik tusiga aylanayotgan - mas'uliyat tushunchasini yana bir karra o'zligimizga qaytarishga harakat qilgandek go'yo. Inson umri - birinchi marta yashagani uchun xatoliklarga ega bo'ladi. Agar u ikki marta yashaganida xato qilmasmidi? Balkim.

Biz agar adashsak ko'proq oila a'zolarimizga, ustoz va tengdoshlarimizga maslahat xatini yozamiz. Savollarimizga javob topamiz, topa olmaymiz. Adashamiz, xulosa chiqaramiz va yangidan-yangi o'zgarishlarni aqlan hayotimizga kiritamiz. Adashishimiz ko'proq kuzatiladi. Kitob o'qimaslik adashishning birinchi eshigidir. Turgenov: "Qo'lga tushganini emas, obdon tanlab - saralab o'qing. Did va tafakkuringizni tarbiyalang" - desa, Abduraxmon Jomiy esa, Kitobdan yaxshiroq do 'st yo 'q jahonda, G 'amxo 'ring bo 'lgay u g 'amgin zamonda. U bilan qol tanho hech bermas ozor, Joningga yuz rohat beradi takror [14:1] - deganlar.

Men ham o'zimni topo olmay qolgan paytda kitob bilan yakka qolishga harakat qilib nimadir olaman. Kitob o'qish rohati va huzurni "Himmatning qiymati" asarini o'qish orqali to'ygandayman. O'zDSMI axborot - resurs markaziga mazkur monografiyani so'rab borganimda "faqat bittasi" bor deyishdi. Monografiyani o'qib o'tirarkanman, kutubxonadagi o'rindiqlar taxtu-faraq tuyildi. Kitobni uyga borib oxirigacha o'qish imkoni bo'lmadi, yozdirib olib ketay desam kitob barmoqdan sanoqli kam ekan. "Inson bolasi borki, orzu-umid bilan yashaydi"[15:45]. Men ham mazkur kitobni ustozim akademik, qoraqalpoq falsafasi va pedagogikasining otasi J.Bazarbayevning kitoblari singari qayta-qayta o'qishni va yonimda olib yurishni umid qildim.

I.Yo'ldoshev olim va rahbar sifatida jism-tafakkurini Ona Vatan - Yangi O'zbekiston uchun safarbar qilgan. Rahbarlar Yaratganning nazdidagi - insonlardir. Ular avvalo ilmni tabarruk va mo'tabar qilgani uchun ham azizdirlar. Bu asriy haqiqat qo'ng'irog'i bo'lib yillar o'tishi bilan baland ovozda jaranglayveradi.

Abdulloh ibn Abbos (r.a.) shunday deganlar: "Sulaymon ibn Dovud(a.s.)ga ilm, mol-dunyo va podshohlikdan birortasini tanlashlik ixtiyori berilganda, u Zot ilmni tanladilar. Natijada, Alloh taolo u Zotga ilm bilan birga mol-dunyo va podshohlikni ham qo'shib berdi" Zero, ilm aql chirog'i, deydilar. Ilmli kishining yo'li doimo charog'on bo'lib, u hamma yerda ham qadrlanadi. Bu dunyoning qoim turishi ham olimlarning ilmiga bog'liq ekanligi Payg'ambarimiz (s.a)ning hadislarida bayon

etilgan. Hazrati Ali (r.a.) shunday deganlar: "Ilm mol-dunyodan yaxshidir, chunki ilm seni nojoiz ishlarni qilishdan saqlaydi. Molni esa o'g'irlab ketmasliklari uchun o'zing qo'riqlaysan. Mol-dunyo sarf qilinsa kamayadi, ilm esa tarqatish bilan yanada ziyoda bo'laveradi[16:1]".

Himmatning qiymati - ziyo tarqatishga shaylangan tongi quyosh singari -abadiyatning farzandi. Ilm tarqatish - savobdir. U insonni ziyoda va tabarruk qiladi. Hozirda ilm ahli vakillari va ziyolilarimizni asrash, o'ziligimiz va ma'naviyatimizni asrash singari dolzar va e'tibor talab jarayon. Menimcha, "Himmatning qiymati" bu jarayonda yoshlarga foydali va kerakli asar bo'ladi.

Hayotda juda o'ziga ishongan, hamisha kulib turadigan rahbarlar sirtdan shunday ko'rinishadi. Ammo, ular hamisha bir kemtiklik va turmushning eng qiyin zarbalariga uchraganini ko'pchilik bilavermaydi. Qiyinchiliklari bir Yaratganga va o'ziga ayon albatta. Lekin, ijodkorni qalam doim sotadi. Agar u qalb qoniga botirib yozilgan bo'lsa, agar. "Himmatning qiymati"ning har sahifasini o'qishda nimadir olsam, yana yangi savollar tug'ilaverdi. "Daryolar quriydi. Tog'lar cho'kadi. Kitoblar yonadi. Dunyoda faqat bitta narsa - savollargina abadiy"[17:188]. Haqiqatan, savollar bilan javobsiz o'qilgan kitobgina insoniyatni yaxshilik va sirli dunyo sir-sinoatlariga etkalaydi. Afsuski, yoshlarimiz kitob o'qib dunyoni o'zgarttirmoqchi bo'ladi. Menimcha, kitob o'qigan inson emas, kitob yozgan insongina dunyoni o'zgarttira oladi. Va bunga harakat qiladi. Lekin, texnika texnologiyaning rivoji kitob o'qish va mutoola madaniyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatayotgani achchiq haqiqat.

Professor Q. Seydanov hozirgi yoshlar haqida qo'yidagicha izohlaydi: "Bugungi kunda yoshlarimiz qo'l telefonlar bilan telekanallarga, internet va saytlarga qarash bilan, kitob o'qishga unchallik ahamiyat beramyotgani ham birdan-bir haqiqat. Ya'ni, mutolaachilar kamayib, kuzatuvchilar ko'paygan paytdir"[18:82].

I.Yo'ldoshev ham O'zDSMIda kitob o'qish madaniyatini oshirishga oid institut ARMda bir qancha ijobiy ishlarni amalga oshirmoqda. Yo'ldoshevning ilm-fan sohasi, professor-o'qituvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatni, talabalarning davr talablari darajasida ta'lim olishi uchun qo'ldan kelgan tashkilotchilik ishlarini amalga oshirib kelmoqda. XXI asr o'zbek kitobat olamining buyuk siyomosi sifatida lavozim ishlari bilan birga yoshlar tafakkurini boyitish ilinjida yozgan asarining mohiyatida ham mufassal mushohodalari mutolachini biroz tassavvur bilan o'qishga chorlaydi.

Har qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste'dodini avvalo o'zi uchun, oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to'liq, baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur'at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas[19:173].

Shunday ekan, yaratilgan bezavol ma'naviyat tafakkur nihollarini kurtak yozdirish davrlar osha sharhpalak singari aylanib keladi. Qayon boqsang o'zgarish va

islohotlar, daryodek avj bilan harakatga kelayotgan bunyodkorliklar. Mazkur monografiyada bu ishlar g'urur bilan e'tirof etilgan. Kitobni bor avjim bilan o'qib, javlon urib sharhlangandek bo'ldim. Asarda keltirilgan mutaffakirlarning hayoti va sahiy ishlariga havas qildim. Odam bo'lishga bir odamning umri ketadi. Odam bo'lish oson, olim bo'lish mushkuldir. Texnika fanlari nomzodi, dotsent SH.Mirziyoyev: "Zahmatkash, fidoyi olimlarimiz - Xudo bergan odamlar, desak, xato bo'lmaydi. Ularni boshqalar bilan teng qilish mumkin emas. Bunday insonlar mingtadan, milliontadan bitta tug'iladi. Ularni asrab-avaylashimiz, har tomonlama qo'llab-quvvatlashimiz lozim. Bitta ilm namoyandasini yetishtirish uchun davlat, jamiyat 30 yil vaqt sarflaydi. Olim bo'lish uchun inson umr bo'yi harakat qiladi. O'zim ham bu sohada birmuncha vaqt faoliyat ko'rsatganim uchun buni juda yaxshi tushunaman[20:85] - deb olimlarimizga haqiqiy bahoni bergan, nazarimda. Men har gal yoshlar bilan uchrashganimda, "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" degan so'zlarni takrorlashdan aslo charchamayman[21:256].

Inson xulqi va fikri uning o'z ixtiyori bilan shakllanadi. Ma'lumki, jamiyat mafkurasi va muhit inson ongini shakllantiruvchi asosiy omillardandir. Shunga binoan imon va e'tiqod nuri ko'payishi yoki sustlashishi mumkin. Demak imon uning xulqi va so'zida namoyon bo'ladi. Xulq va so'z esa insonning turish-turmushi va qilayotgan amallarida shakllanadi. Ezgu amal insonni kamolotga olib chiqadigan vositadir. Komil insongina Alloh, sevgisiga muyassar bo'ladi[22:69].

Hurmatli ziyolilarimiz mamlakatimizning bugungi nafasi, tub o'zgarishlarning mazmun-mohiyatini xolis va ta'sirchan tarzda xalqimizga yetkazishda yanada faol va tashabbuskor bo'ladilar, deb ishonaman [23:280].

Sohib Yo'ldoshev ham shu mo'tabar xalqning bir ziyolisi sifatida bugunning nafasini mazkur asari orqali yoshlar qalbiga ifor qilishi muqarrardir.

O'n varog'li maqolani yozishda qiynalamiz. Unga jumla, fikr va ruh ato etish bizni charchatadi. Rahbar sifatida I.Yo'ldoshev bu asarni qanday yozganliklari haqida hayol surdim. Qiyin. Mashaqqat. Azob. Kitob yozadigan insonlarni qaqnus qushiga megzayman. Lekin, kitob yozish shon-sharaf, shavkatdir. Rahbar bo'lishiga qaramasdan yoshlar man'aviyatiga mayyog' yoqish uchun tunlari uxlamasdan (menimcha ijodkorlarga uyqu so'zi begona bo'lsa kerak) qalamni qonga botirib yozish oson ish emas. Hayolimda ustozim O'zbekiston xalq shoiri H.Xudoyberdiyevaning qo'yidagi satrlari mavj urib, fikran shumg'idim: Kunduz yurib yozdim, tun turib yozdim, Yozganda ko'ksimga tig' urib yozdim. Dardlarimga siyoh kor qilmay qolgach, Qalamni qonimga botirib yozdim. Kon aslan yorug'lik. Yorug'lan, tiz cho'k, Asl mard Vatanga tiz cho'kib o'tar.

Qancha qoning bo'lsa - Vatan uchun to'k,

Qancha shoning bo'lsa - Vatanni ko'tar[24:412]!

Qon bilan shon insoniyatni ulug'laydi. Asrlar davomida yurt tinchligi va osoyishtaligi yo'lida bobolarimiz qon to'kib azim diyorimizni asrab kelgan. Bugungi kunda tinchlik hukm surgani bilan dunyo globallashuvi ziyolilarimizdan qon o'rniga shon to'kib kurashish vazifasini ilgari surmoqda. Yangi O'zbekistonni barpo etishda avvalo, aql sohiblari va ularning ichi ustunlariga suyanamiz va bunga siyosat vakillari ham muhtojdir.

Sh.Mirziyoyev: "Albatta, biz Yangi O'zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ziyolilarimizga katta ishonch bilan qaraymiz. Shuning uchun bu zahmatkash insonlarning ilmiy va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularga zarur sharoitlar yaratishni o'zimizning birlamchi vazifamiz sifatida ko'rishimiz darkor" - deya ta'kidlaydi. Va yana, "Men doimo ziyoli, olim, ijodkor insonlar bilan suhbatlashishga intilaman va bunday muloqotlarni hamisha sog'inaman. Nega desangiz, olimlik - Alloh nuri tajassum etgan ulug' bir martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga ziyo taraladi. Olimlarning suhbatidan inson o'ziga ma'naviy boylik oladi, qalb kengliklarini, tafakkur teranligini his qiladi. Shu boisdan bunday insonlar bilan uchrashib turganimda, ularni xush kayfiyatda, bardam va tetik, yuz-ko'zlaridan nur yog'ilib turganini ko'rganimda hamisha chuqur mamnuniyat hissini tuyaman"[25: 42, 43] -deydi.

Ilm insonga kuch beradi, hayot mazmuniga aylanadi. O'z ilmiy-tadqiqotlari natijasidan yosh boladek quvonadi. Ilmiy yangiliklarni el, ilm ahli e'tirof etsa boshi osmonga yetadi. Bu e'tirof mansab kabi o'tkinchi emas. Olim dunyodan o'tib ketgandan keyin ham uning nomi boqiy qoladi. Avlodlar hamisha uning kitoblaridan bahramand bo'ladilar, nomini e'zozlab tilga oladilar. Mana, olimlikning oliy martabasi [26:8].

Domlaning axborot-kutubxona faoliyatiga oid kitoblari bilan ma'lum darajada tanishmiz. "Himmatning qiymati" kitobini mutolla qilar ekanman, 296 varog'iga kelganda nimagadir keyingi sahifalarda menga tanish inson chiqishidan hayiqdim. Ustozim P.Paluaniyazov xotirasidan, albatta. Mo'ynoqdagi "Qo'qon bog'i".. Adashmasam, bu ishlar 2018-yilning bahor fasllarida boshlandi. Men avvalgi filialimizning Hurliman qiz baxshi ko'chasidagi binosiga yaqin joyda ijarada turardim. Bahor fasli. Yakshanba kuni ertalabdan o'quv bo'limidan qo'ng'iroq bo'ldi. Har galgiday jurnal yoki davomat masasaliga guruhimning hujjatlarida kamchilik bo'lsa kerak deb bordim. Yo'q. Filial bog'iga ko'milgan novdalarni yuk moshinasiga ortishimiz kerak ekan. Xalta-xalta taxlangan novdalar. Qiziqsinib so'rasam Farg'ona filialimizdan R.Shukuruv va rektorimiz I.Yo'ldoshev ning tashabbusi bilan Mo'ynoq tumanida bog' yaratish uchun bu novdalar olib kelingan ekan. Bunday tashabbuslarda

ustozim P.Paluaniyazovning mas'uliyati va jonbozligni butun Qoraqalpog'iston Respublikasining hukumat mutassadilari yaxshi biladi. U inson qisqa umri davomida judayam ko'p narsalarni amalga oshirdi. Men uning bir hislatini doimo eslab, tan berib kelaman - bu ijtimoiy jihatdan kam ta'minlangan oilalarning farzanlarining ta'lim-tarbiyasini birinchi o'ringa qo'yar edi. U filialimizda falonchi pismadonchiyevlarning emas, oddiy qishloq va ovullardan kelgan yoshlarning o'qishini hush ko'rardi. Ustozimning xotirasi porloq - hayoti shogirdlari orqali davomli... Shu o'rinda bu bog'ni parvarish qilib, ko'kalamzorlashtirgan rahbarlarni -fidoiy insonlar deyman.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz "olam ahlining to'qligi, quvonchi, avvalo, yerga urug' sochib, bebaho noz-ne'mat yetishtiradigan fidoyi insonlar mehnatidandir", degani bu insonlarning ishga ham ta'luqli bahodir[27:42].

Orol fojeasi faqat qoraqalpoqlarning emas butun insoniyatning bir tanu, bir jon bo'lib hal qiladigan muaamosi ekanligini bugun butun dunyo olimlari bot-bot takrorlashmoqda. Qoraqalpog'istonning insonlari mehnatkash, yeri boy...Inson qadri uchun, degan bosh tamoyil asosida Qoraqalpog'istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ham katta marralar olganmiz[28:1].

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Qoraqalpog'istondagi mazkur jarayonlar hususida "Orol dengizining qurigan tubida o'rmon-meliorativ ishlarni amalga oshirish hamda tog' massivlari va to'qaylarning o'rmonlar bilan qoplanishini oshirish yo'li bilan Orol bo'yini ekologik sog'lomlashtirish, davom etayotgan fojiali jarayonning oldini olishga qaratilgan tadbirlar dolzarb hisoblanadi"[29:398] - degan edi. Oralbo'yida ahvol yomon deb ko'pchilik gapiradi. Lekin hamma ham bu yerga kelib ko'rmagan[30:4].

Menimcha, buyuk qoraqalpoq zaminida manzil-makonning obod bo'lgani kitobat olami sohibining umr chizig'idan bir yo'l bo'la oldi.

Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir[31:29].

Har kuni, har soatda fidoiy bo'lish, o'zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish - haqiqiy qahramonlik aslida mana shu[32:165].

Muqaddas kitoblarimizda, yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilik ekaniga alohida urg'u beriladi[33:262] - deydi davlatimiz rahbari. "Himmatning qiymati" asarida ham shukronalik, saxovat, rizolik, saxovatpeshalik, dilkashlik, boqiylik, xayr-ehson kabi ezgulik nurlariga alohida urg'u berilgan. Mazkur asar kitobat bog'ining "vispubish1" daraxti singari barcha yoshlarga ma'nan darmon bo'lishiga ishonaman.

1 Vispubish - barchaga darmon baxsh etguvchi daraxt.

I îhSi^^Bl 576 http://oac.dsmi-qf.uz

U yoshlar tarbiyasi uchun mufassal mushohada majumasi, desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Qaysi davr bo'lsa hamki yoshlar ma'naviyatidagi tarbiya ziyolilarning emas, davlat, jamiyat, mahalla va ta'lim muassasalarining qiyin va e'tibor talab etadigan vazifasidir.

Sh.Mirziyoyev: "bir so'z bilan aytganda, xalqimizning "Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona", degan maqoliga amal qilaylik. Biz uchun jamiyatda begona bola yo'q va bo'lmasligi kerak. Hammasi o'zimizning, O'zbekistonimizning bolalari. Vaqtida mehr ko'rsatsak, ishga, ilmga, kasbu hunarga, ezgu fazilatlarga o'rgatsak, ularning yo'lini ochib bersak, ertaga foydasi o'zimizga, jamiyatimizga tegadi. Aks holda, ular boshqalarning qo'lidagi qurolga aylanib qolishi hech gap emas[34:135].

Shuning uchun ham yoshlarimizni saxovat va himmatli etib tarbiyalay olsak, menimcha bu Yangi O'zbekistonning kafolatli yorug' kelajagidir.

Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi taxdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishiga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan ta'lim va ma'rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da'vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo'lishga undaydi[35:27,28].

Ustozim S.To'ychiyeva "chin yurakdan yozsangiz, chin yurakka yetib boradi. Chin yurakdagi so'zni yozsangiz, chin yurakni ishg'ol qila olasiz"- degan gaplari mening yodimda qolgan. Hayolimda ham bu oddiy so'z muhir qotgan. "Himmatning qiymati" menimcha chin yurakdan yozilgan va mening qalbimni ishg'ol qila oldi.

Qalb insondagi bosh a'zodir. Agar u sog'lom bo'lsa, boshqa a'zolar ham sog'lom bo'ladi. Agar u buzuq bo'lsa, boshqa a'zolar ham buziladi. Qalb insonning aqliy, ruhiy-ma'naviy hayotida jon vazifasini o'taydi. Insoniy sifatlar aynan qalbda joylashgan bo'ladi. O'sha sifatlar insondan sodir bo'ladigan hatti-harakatlar va turli amallarning asosiy manbasi bo'ladi. Avval ham aytib o'tilganidek, har bir insondan sodir bo'ladigan amallarning o'ttiz foizi aqldan, yetmish foizi qalbdan chiqadi. Insonning qalbi dunyoga bog'lanish masalasida zohid - yuz o'giruvchi yoki rog'ib-rag'bat qiluvchi bo'ladi. Bandaning bajargan amaliga beriladigan savob uning qalbi zohid yoki rog'ib bo'lishiga qarab ko'p yoki oz bo'ladi. Alloh taolo barchamizga zohid qalb egasi bo'lishimizni nasib etsin va rog'ib qalb egasi bo'lishimizdan asrasin![36:44]

Har bir vazifada juda katta ezgulik va ulug' maqsadlar mujassam [37:18].

Hozirda Yangi O'zbekistonni quramiz deyiliyapti-yu, qarashimcha yoshlarning hammasining ham qo'lidan kelmaydi bu jarayon. Buning uchun durust yoshlarni -durust fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash lozimdir.

Durust odamlarning eng yaxshi fazilati yangi jahonni qurishga intilmoqdir. Tangri shomu-sahar o'zgalarga yordam qo'lini cho'zadigan bandalarini yoqtiradi. O'zgalarni yaxshilikka yo'llay olgan odamlarnigina yaxshi odam deyish mumkin. Tangri rostgo'ylarning nigohbonidir... Qayerda ikki tan bir-birini qo'llasa, o'sha yerda ish yurishadi[38:46].

Fikran anglashimcha XXI asr o'zbek kitobat olamining sultoni Ibrohim domla ham yoshlarga ma'nan yordam berish maqsadida sahovat va himmatni qayta bashariyatga eslatgisi va qayta jonlantirmoqchi bo'lgandir. Domlaning maqolalari va kitoblarini o'qigan inson uning mufassal mushohadalar me'mori ekanligini darrov biladi. So'zlarini tahlil qilib, kuchli xulosa chiqaradi.

Yo'ldoshevni mufassal mushohadalar me'mori sifatida tan olamiz. Mushohadalarni meyorga keltirib, yozish qalb titirog'ini ifodalashdek gap, aslan. O'zbek xalqida yosh bolaga nom berish - mas'uliyatli ish. Kitobga nom berish ham muallif uchun ancha qiyinchilik tug'diradigan jarayon. Domla: "Risolaga nom berish borasida ko'p o'ylandim, ko'plab yoru do'stlarim bilan maslahat qildim, turli nomlar tavsiya ham qilishdi. Baribir shu nomni qoldirishga qaror qildim" - degan edi. Baribir domla ijod qilib kitob yozgani bilan, kasbiy xususiyatini ham bildira olgan. Kutubxonashunoslik sohasida ta'lim olgani, yaqqol ma'lum. Chunki, mutolaachilar kutubxonaga borganda yaxshi ko'rgan kitobini o'zicha nomlashiga men ko'proq guvoh bo'lganman. Bu o'sha kitobni sevib, unga muhabbat berib kitobni o'ziniki qilib ola olsa. Himmat - insoniyatga oliy ne'mat. Uning qiymati - yuksaklik. Kitob nomini o'zim hayolan "Mufassal mushohodalar me'roji" deya fahm qildim. Mufassal mushohodalar me'moridan - mufassal mushohodalar me'roji. Domlaning nafaq kitobi vazmin siymosi, kulchang chehrasi talabalarning muazzam yuraklarini egallagani ham haq gap. Yangi O'zbekistonning barcha yoshlarining qo'lidan mahkam ushlab "Himmatning qiymati" asarini o'qishga da'vat etaman va ularning ma'naviyatini yorug' mutolla mirqiga chorlayman. Kitob - bu qon uyg'otuvchi, yurakni dusirlotuvchi, ko'z qorachig'ini beg'araz o'ziga maftun qiladigan ilohiy kuch.

Ibrohim domlaga maqola so'ngida ustozim Halima Hudoyberdiyevaning quyidagi satrlarini tilak xati sifatida keltiraman: Bu dunyoning bori yo'ldir, Bu yo'llarda tuzoq mo'ldir, Yo'l boshida so'zim shuldir, Omon bo'ling, omon bo'ling[39:7].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. - Toshkent.: O'zbekiston, 2019. - 400 b.

2. Yo'ldoshev I. Mahbub ul-qulubda saxovat va himmat//jur. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Xabarlari № 2. - Toshkent, 2021. Donishmand ziyosi. 97 b.

3. Abu Rayhon Beruniy. Qimmatbaho javohirlar haqida bilimlar kitobi. -Toshkent. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2017. 487 b.

4. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent, O'zbekiston.

2021. 464 b

5. O'sha yerda

6. O.Sultonmurodov. Buyuk so'z martabasi // Hurriyat gazetasi. - Toshkent:

2022. - B. 8. №5 (1277)

7. Yo'ldoshev I. Himmatning qiymati. - Toshkent, Fan ziyosi. 2021. 322.

8. https://ziyouz.uz

9. Alimasov V.A., Xodjayeva B.X. Ijtimoiy-ma'naviy taraqqiyotda tarixiy shaxslarning roli. - Toshkent, Fan va texnologiya, 2016. 120 b.

10. O.Mahmudov. Yashirin xazina // O'zbekiston ovozi gazetasi.-Toshkent:2022.-B.8. №6

11. Karimov I. Yuksak man'aviyat - yengilmas kuch. - Toshkent, Ma'naviyat, 2008. 176 b.

12. Yo'ldoshev I. Madaniyat va san'at sohasida malakali kadrlar tayyorlash -bosh maqsadimiz//jur. Teatr № 4. - Toshkent, Silver star print, 2020. 48 b.

13. Alimasov V. Manazarov Y. O'zbekistonda ma'naviy-ma'rifiy soha: nazariya va amaliyot. - Toshkent, Navro'z. 2014. 120 b.

14. Sadatova N. Eng yaxshi do'st. Qarang: https://nasafziyo.uz/

15. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent, O'zbekiston. 2021. 464 b

16. Narzullayev O. Kitob - millatning madaniy va ma'naviy merosi. Qarang: www.Fitrat.uz

17. Yusuf M. Xalq bo'l, elim. - Toshkent. O'zbekiston. 2019. 207 b.

18. Seydanov Q. Abay jsne Orta Aiya sdebiyeti. - Toshkent, Adabiyot. 2020. 344 b.

19. Karimov I. Barkamol avlod orzusi. - Toshkent, Sharq. - 1999. - 181 b.

20. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent.: O'zbekiston, 2017. - 592 b.

21. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent, O'zbekiston. 2021. 464 b

22. Samarqandiy Sh. So'fi Olloyorning tarixiy xizmati. - Tehron - Toshkent, Al-Xudo xalqaro va Movarounnahr nashriyotlari. "So'fi Allohyor" xalqaro ilmiy anjuman materiyallari. - 127 b.

23. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent, O'zbekiston. 2021. 464 b

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

24. Xudoyberdiyeva H. Buyuk qushlar. - Toshkent:. O'zbekiston, 2012. 726 b.

25. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent, O'zbekiston. 2021. 464 b

26. Sirojiddinov Sh. Bir umrlik mehnat.// O'zbekiston ovozi gazetasi.-Toshkent:2022.-B.8. №6 (32,700)

27. Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. - Toshkent.: O'zbekiston. 2018. - 508 b.

28. Jonibekov Z., Musayev A., Abibullayev D. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlardagi bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'ldi// gaz. Yangi O'zbekiston № 41. 2022 yil 25 fevralt. 6 b.

29. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent, O'zbekiston. 2021. 464 b

30. Jonibekov Z., Musayev A., Abibullayev D. Qoraqalpog'iston taraqqiyotida yangi sahifa ochilmoqda// gaz. Yangi O'zbekiston № 40. 2022 yil 24 fevralt. 6 b.

31. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent.: O'zbekiston, 2017. - 592 b.

32. Karimov I. Yuksak man'aviyat - yengilmas kuch. - Toshkent, Ma'naviyat, 2008. 176 b.

33. Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. - Toshkent.: O'zbekiston. 2018. - 508 b.

34. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent.: O'zbekiston, 2017. - 488 b.

35. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent.: O'zbekiston, 2017. - 592 b.

36. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Zuhd va hayo. - Toshkent. Hilol nashr, 2020. 174.

37. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

38. Boboyev H., Do'stjonov T., Hasanov S., "Avesto" - Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi. - Toshkent.: TMI. 2004. - 322.

39. Xudoyberdiyeva H. Hurlik o'ti. - Toshkent, Yozuvchi, 1993. 32b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.