Научная статья на тему 'TARIXIY SPEKTAKLLARDA GRIMNING O‘RNI'

TARIXIY SPEKTAKLLARDA GRIMNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
119
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr / aktyor / grim san’ati / rejissyor / dramaturg / sahna lobosi / xarakter / obraz / asar qahramoni / tarixiy / spektakl

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulchehra Tursunova, Ravshan O’taganov

Ushbu maqolada grim san’ati va uning teatr sahnasidagi muhim o‘rni, ahamiyati, boshqa hamda grimning o‘ziga xos tarixi, barcha sahna asarlarida, ayniqsa, tarixiy spektakllarda qahramonlar xarakterini, tarixiy muhitni ochib berish uchun asosiy vosita ekanligi haqida ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIXIY SPEKTAKLLARDA GRIMNING O‘RNI»

TARIXIY SPEKTAKLLARDA GRIMNING O'RNI

Gulchehra Tursunova Ilmiy rahbar: Ravshan O'taganov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada grim san'ati va uning teatr sahnasidagi muhim o'rni, ahamiyati, boshqa hamda grimning o'ziga xos tarixi, barcha sahna asarlarida, ayniqsa, tarixiy spektakllarda qahramonlar xarakterini, tarixiy muhitni ochib berish uchun asosiy vosita ekanligi haqida ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: teatr, aktyor, grim san'ati, rejissyor, dramaturg, sahna lobosi, xarakter, obraz, asar qahramoni, tarixiy, spektakl

THE ROLE OF GRIM IN HISTORICAL PERFORMANCES

Gulchehra Tursunova Scientific supervisor: Ravshan Utaganov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the art of grime and its important role in the theater scene, its importance, other and specific history of grime, is the main tool for revealing the character of the characters and the historical environment in all stage works, especially in historical plays. information is provided.

Keywords: theater, actor, grim art, director, dramatist, stage manager, character, image, hero of the work, historical, performance

Ma'lumki, teatrda bir asarni sahnaga olib chiqish uchun barcha ijodiy guruhlar -dramaturg, rejissyor, aktyor, musiqachi, dekarator, grimchi, llibos tanlovchi va boshqa xodimlar o'z ijodiy mehnati bilan umumiy ishga o'z hissalarini qo'shadilar. Ularning birdamlik, hamjihatlik bilan ishlashi natijasida spektakl yaxshi natijaga erishadi.

Mukammal sahna asarining yaxlitligini yaratishda grim san'ati ham katta ahamiyatga egadir. Grimning asosiy maqsadi aktyorning tashqi qiyofasi orqali ichki mohiyatini ochish uchun yordam berishdir.

«Grim» fransuzcha «grime», italyancha «grumo» co'zidan olingan bo'lib, lug'aviy ma'nosiga ko'ra inson yuzida ajin qilish degan ma'noni bildiradi. Grim tomosha san'atida ishtirok etadiganlarning qiyofasini ijro etiladigan obrazga moslab o'zgartirish san'atidir. Grim pesa yoki ssenariyning badiiy xususiyatlari, obrazli yechimi, qahramonlarning fe'l-atvori, aktyor va rejissyorning ijodiy maqsadiga qarab xilma-xil bo'ladi.

ITFVE^^Hl 762 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

"Grim - dramaturg, rejissyor, aktyor va rassomning badiiy g'oyasini tomoshabinga yetkazib beruvchi asosiy ifoda vositalaridan biridir. Aktyor uchun grim ikki xil ahamiyatga ega. Birinchidan, obrazni ichki dunyosini aktyorning tashqi ko'rinishidagi aks ettirilishi bo'lsa, ikkinchidan, grim aktyorga ijro etilayotgan obrazni xarakterini ochib beradi, rolga badiiylik bag'ishlaydi."1

Grim tarixi qadimiy xalq marosim, sayil va o'yinlariga borib taqaladi. Xitoy, Hindiston, Yaponiya va boshqa Sharq mamlakatlari, jumladan, Vatanimizdagi tomosha turlarida qadimdan niqob va grimdan foydalanilgan. Tomosha ko'rsatuvchi yuziga chizilgan rasmlar, qiyofasidagi o'zgarishlar ko'rinish jihatidan niqobga yaqin bo'lib, ba'zan uning o'rnini ham bosgan. Lekin grim niqobga nisbatan xarakterliroq va ifodaviy qudrati kengroq bo'lganligi sababli aktyorlar asosan grimdan foydalanganlar. Qadimiy tomosha turlaridan biri bo'lgan sirk san'atida ham grim masxarabozlarning muhim ifoda vositalaridan sanalgan. Sirk yuzaga kelgan davrdan boshlab masxarabozlar uchun grimning o'rni beqiyos bo'lgan. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida grim masxarabozlikda muhim omillardan biriga aylangan.

O'zbek xalq masxaraboz va qiziqchilari - Yusufjon qiziq Shakarjonov, Aka Buxor, Akrom Yusupov kabilar o'z ijodlarida grimdan ko'p foydalanishgan. Yevropada ardoqlangan va rivojlangan teatr san'atida grim masxarabozliklarning obraz yaratishida muhim omillardan biriga aylangan. Yevropada XVIII asrga kelib teatr san'ati o'z rivojlanishining yangi badiiy bosqichiga ko'tarilishi munosabati bilan ko'pgina aktyorlar va rejissyorlar grimga milliy va tarixiy xarakterga mos obraz yaratish vositasi deb qarashgan.

Teatr san'ati reformatori va pedagogi K.S.Stanislavskiy esa grimni qahramon psixologiyasini ochishga yordam beruvchi eng zarur vosita deb bilgan. Uning fikricha - grim muallif g'oyasini va rejissyor topilmasini amalga oshirishda muhim ifoda vositasi bo'lib, obrazning tarkibiy yordamchi bo'laklaridan biri hisoblanadi.

"Grim va sahna kastyumi, yaratilayotgan qahramonning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini ochishdagi muhim vosita hisoblanadi. Har grim o'zida ma'lum bir davr kishisi yoki ma'lum bir tarixiy shaxsgagina xos bo'lgan detallarni mujassam etadi. Grimga qarab, xasisni qo'li ochiq odamdan, kamtarni maqtanchoqdan va ichki kiyimning kiyilishiga qarab esa ozoda, tartibli kishini pala-partish, besaranjom kishidan ajratib olsa bo'ladi."2

Tarixiy spektakllarda ham aktyor xarakterini, tarixiy muhitni ochib berishda grim, dekaratsiya hamda liboslarning o'rni muhimdir. Bularning barchasi uzviy bog'liq holda bir-birini to'ldiradi.

Har bir davr va millat tarixiy spektakllarini sahnalashtirish jarayonida o'sha davr muhiti, voqealar rivoji va insonlar ko'rinishi hamda xarakteri alohida ahamiyat kasb

1 ®.^a™oBa. TpHM. T.; 2008. 4 6eT

2 M.HCMOH^OB. Ca^Ha napgo3H. TomKem\2004. 4 6eT

[MH^M

763 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

etadi. Jumladan, grim orqali qadimgi Rim va ingliz tarixiy dramalarida ("Shoh Edip", " Otello", "Qirol Lir" kabilar) o'sha davrga xos insonlar xarakteri va qiyofasi ochib berilgan. O'zbek milliy tarixiy dramalarida esa milliy ramzlar - do'ppi, yaktak, chopon, salla, tillaqosh, xonatlas singari o'zbekona liboslarga uyg'un tarzda grim yaratilib, tarixiy shaxslar va o'zbek xalq vakillari obrazlari yaratiladi. Tarixiy spektakllardagi qahramonlar o'zining ulug'vorligi, salobatligi, donishmandligi bilan ajralib turadi. Aktyorda bu xislatlarni yaqqol namoyon etishda grimni o'z o'rnida mahorat bilan yaratib berish muhimdir. Bu esa grimchidan mahorat va ijodiy iste'dodni talab etadi.

"Tarixiy shaxs bilan o'xshashlikdan tashqari, bunday grim sahnaviy ta'sirchan bo'lishi ham kerak. Bu holda ko'pincha mashhur odamlarga chizilgan karikaturalar, sharjlar juda asqotishi mumkin. Sharjda odam tashqi ko'rinishining xususiyati ayniqsa yaqqol yuzaga chiqadi va bu holat qaysi yo'nalishda ishlash kerakligini aniqlash imkonini beradi. "3

Xarakterni ochishga ko'p jihatdan turmak ham yordam beradi. Ko'pchilik odamlar bir xil turmakda yuradilar, ular modaga qarab o'zgarishi mumkin. Lekin, har holda har bir odamga diqqat bilan nazar tashlansa, turmakda faqat shu odamga xos individual belgilarni, xarakterini ko'rish mumkin. Ya'ni inson xarakteri, odatlari kiyinish tarzi kabi uning soch turmaklash usulida ham o'z ifodasini topadi. Shunday zamonlar bo'lganki, kishining soch turmagiga qarab, hattoki, uning siyosiy qarashlarini ham aniqlash mumkin bo'lgan. Turmak faqatgina personajning xarakteri haqida gapirmasdan, pesa voqealari bo'lgan davr haqida ham ma'lumot beradi. Masalan, aktyor M.P.Bolduman Bulgakovning «Moler» pesasida Lyudovik XIV rolini yaratayotib, XVII asrning oxiriga oid parikdan foydalangan. Bunday parik sochi to'kilayotgan qirol uchun yasalgan. Deyarli har bir yevropalik aristokrat Versal modalari davrida Lyudovik XlVga taqlid qilib, shunday parik kiyib yurganlar.

Turli davrlarda go'zallik ideali ham turlicha bo'lgan. Masalan, Ispaniyada XVII asrda qandaydir qo'rqinchli uch qator mo'ylov qo'yish chiroyli hisoblangan. Hozirgi tomoshabin, bunday qiyofani sahnada ko'rgach, uni so'zsiz yovuz deb qabul qilishi mumkin. Bordiyu u Yevropa O'rta asr modaparastlariga xos tarzda peshonasi va qoshlari qirilgan aktrisani ko'rsa, uning qiyofasini eng kamida g'ayrioddiy deb hisoblaydi. Hozir bularning hammasi bema'ni ko'ringan bo'lar edi. Ba'zida oldin yashagan odamlarning qiyofasini o'ta aniqlikda tiklashga intilmaslik kerak. Bu holat tomoshabinga spektaklni qabul qilishni qiyinlashtirishi mumkin. Grimni tomoshabinga tushunarli qilib yaratib, ayni zamonda ko'rsatilayotgan davr xarakterini saqlab qolish ham kerakligi grim ishining eng katta qiyinchiligi ekani ham shundan.

Portret grimi grim san'atining eng murakkab bo'limlaridan biridir. Chunki xarakter o'tkirligi va ta'sirchanlikka talablar o'z kuchida qolgani holda, boshqa tomondan, ijodiy izlanishlar konkret qiyofa aniqligi bilan chegaralanadi. Bu ish

3 ®.^a™oBa. TpHM. T.; 2008. 44 6eT

LMÜ^H

764

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ma'lum tajribani talab qiladi va ehtimol, ba'zi portretli grimlar havaskor aktyorlar va grimerlarning qo'lidan kelmas ham. Shubhasiz, bunday masuliyatli ishga, masalan, yirik tarixiy arboblarning grimiga mutaxassis taklif qilingani ma'qulroqdir. Lekin, har holda, ishning murakkabligi bilan qo'rqitib, havaskor jamoaning tashabbusini cheklash ham yaramaydi. Chunki, havaskorlikda ko'pincha juda qobiliyatli kishilar ishlaydilar. U yoki bu tarixiy shaxs rolini o'ynayotgan aktyorning qiyofasi shu odam qiyofasiga, har holda umumiy jihatlari bilan o'xshash bo'lishi kerak. Bunda, hech bo'lmasa qandaydir bitta detalga ko'ra o'xshashlikni topish maqsadga muvofiqdir.

Ayrim tarixiy asarlarda muallifning o'zi asar qahramonini xarakterini, tashqi ko'rinishini yaqqol tasvirlab beradi. Bu esa grimchi-rassomga ish jarayonida hech qanday qiyinchilik tug'dirmay qiyofani yaratishiga yordam beradi. Masalan, Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon asari"da muallifning o'zi tomonidan juda yorqin va jonli chizib berilgan Ra'no qiyofasida namoyon bo'ladi. "...Ra'noning ismi jismiga, yoxud husniga juda muvofiq tushgan edi, - deb yozadi Abdulla Qodiriy, - Men rassom emasman. Agar menda shu san'at bo'lganda edi, so'z bilan biljirab o'tirmas, shu o'rinda Ra'noning rasmini tortib ko'rsatar-qo'yar, faqat menga Ra'no gulining suvigina ko'proq kerak bo'lar edi...

Bizning o'zbeklarda, ayniqsa, Qo'qonga maxsus bir tus, sariqqa moyil bir tus bor. Lekin bu tusni kestirib sariq, deb bo'lmaydi. Chunki biz oriq kishining tusini sariq deymiz. Zarcha, za'far tuslari ham bunga dag'allik qiladilar. Ta'birimiz qo'pol tushmasa, bu go'zal qiz, och ra'no gulning tusida, yoki oq-sariq tusda yaratilgan edi. A'zoda o'sgan tuklarga ham haligi tusning ta'siri bo'ladi. Ra'noning sochi gungurtqora, ya'ni quyoshsiz joylarda qora ko'rinsa ham quyoshda bir oz sarg'ish bo'lib ko'rinar edi. Shunga o'xshash, Ra'noning ko'zida ham buning asari ko'riladi: mudavvarga moyilroq jodu ko'zi kishiga qattiq qaraganda, qoralikdan boshqacha yana bir turli qizg'ish nur sochar edi. Kipriklari ostida nafis bir surma doirasi bor edi. Qoshi tutash kabi ko'rinsa ham ko'ndalang yotgan ikki qilich orasini nafis bir quyilib ko'tarilishi ajratib turar edi. Burni hech bir munaqqidga berishmaslik mutanosib, har zamon uyalish tabassumiga hozir turgan nafis irinlarining yuqorigi qismida sezilarli-sezilmas tuklar ko'kargan edi. Yuzi cho'zinchoq ham emas, oykulcha ham deb bo'lmas; kishiga kulib qaraganda qizil olma ostlarida ikkita zamma ravishlik shakl hosil bo'lar, go'yo bizga chin ra'no guli ochilgan holatda ko'rinar edi. Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillar orqa-o'ngini tutib yotar, qaddi uzunlik bilan qisqalikning o'rtasi, do'ndiq barmoqlarini jimjilog'ida xina gullari; har holda bu qiz yolg'iz Qo'qondagina emas, umuman Farg'onaning kuylarga qo'shilib, maqtalaturgan go'zallardan edi».4 Ushbu ta'rifni o'qigan har bir kitobxonning ko'z o'ngida Ra'noning tashqi ko'rinishi yaqqol gavdalanadi. Shuning uchun uning sahnadagi qiyofasini yaratish grimchi uchun oson bo'ladi.

4 KpgnpHH A. Me^poögaH naeH. -T., 1959. 20-21-6.

rfciyfl^^B 765 ISSN 2181 -063X/lmpact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Tarixiy shaxs ustida ishlayotgan aktyorning yuzi hamda bosh suyagining shakli, sal bo'lsa ham o'sha shaxsga o'xshashi kerak. Hech bo'lmasa, shunga asoslanib yuzidagi boshqa tafsilotlarni o'zgaritirish va kerakli obrazga aynan o'xshatib grim qilish mumkin.

O'zbek xalqining milliy ruhi, urf-odati, milliy qiyofasi tasvirlangan "O'tkan kunlar"dagi Hasanali obrazining qisiq ko'zlari, oq oralagan qoshlari, oppoq uzun soqoli-yu, yuziga tushgan ajinlar ko'pni ko'rgan qariyani eslatadi. Tashqi ko'rinishi esa nihoyatda sodda, o'z xo'jayiniga vafodor xizmatkor ekanini ta'kidlab turadi.

Xulosa o'rnida shu aytish lozimki, xalq tan oladigan obraz yaratishda grimning ahamiyati katta bo'lib, u tinimsiz izlanish va mashaqqatli mehnat natijasidir. Shunday ekan, sahnaga qo'yilayotgan asar hoh tarixiy, hoh zamonaviy bo'lsin har bir obraz uchun mohirona bajarilgan grim o'sha davr muhiti va tarixiy shaxs xarakteri, qiyofasi hamda ichki kechinmalarini aniq ochib berish uchun xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. F.Jalilova. Grim. Toshkent. 2008 y.

2. M.Ismoilov. Sahna pardozi. Toshkent. 2004 y.

3. A. Qodiriy. Mehrobdan chayon. -Toshkent, 1959 y.

766

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.