Научная статья на тему 'О‘ZBEK QО‘G‘IRCHOQ TEATRI SAHNASIDA TARIXIY QAHRAMONLAR'

О‘ZBEK QО‘G‘IRCHOQ TEATRI SAHNASIDA TARIXIY QAHRAMONLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
149
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qo‘g‘irchoq / teatr / obraz / qahramonalar / siymolar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mahmudjon Sharipov

Ushbu maqolada Qo‘g‘irchoq teatrida tarixiy obrazlarni gavdalantirish haqida so‘z boradi. Bolalarga tarixiy shaxslarni o‘rganishida teatrdan foydalansak ularda yanada ko‘proq tassavur uyg‘onadi. Yosh tomoshabinlarimizga bobolarimiz haqida spektakllar qo‘yilsa ular haqida ko‘proq malumotlar oladi va yodida qoladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEK QО‘G‘IRCHOQ TEATRI SAHNASIDA TARIXIY QAHRAMONLAR»

O'ZBEK QO'G'IRCHOQ TEATRI SAHNASIDA TARIXIY

QAHRAMONLAR

Mahmudjon Sharipov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qo'g'irchoq teatrida tarixiy obrazlarni gavdalantirish haqida so'z boradi. Bolalarga tarixiy shaxslarni o'rganishida teatrdan foydalansak ularda yanada ko'proq tassavur uyg'onadi. Yosh tomoshabinlarimizga bobolarimiz haqida spektakllar qo'yilsa ular haqida ko'proq malumotlar oladi va yodida qoladi.

Kalit so'zlar: qo'g'irchoq, teatr, obraz, qahramonalar, siymolar

HISTORICAL CHARACTERS ON THE STAGE OF UZBEK PUPPET

THEATER

Mahmudjon Sharipov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article is about the embodiment of historical characters in the Puppet Theater. If we use theater to teach children about historical figures, they will have more imagination. If plays about our grandfathers are presented to our young audience, they will learn more about them and remember them.

Keywords: puppet, theater, image, heroes, figures

Ma'lumki, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz tiklandi, ko'plab ajdodlarimizning ulug' nomlari oqlandi. Ularning buyuk jasoratlari, qoldirgan ulkan ma'naviy merosini tarannum etishga qaratilgan jarayonlar jadal tus oldi. Eng avvalo, bu vazifalar san'at va madaniyat sohasida o'z ifodasini topdi. Xususan, teatr, bolalar va qo'g'irchoq teatrlari ijodiy tafakkurni shakllantirishda tarixiy asarlarga alohida ahamiyat qaratdi va xaligacha qaratib kelmoqda.

Bizga ma'lumki, tarixiy asarlar asosan ikki asosdan dunyoga keladi. Birinchisi Xalq og'zaki ijodiga xos bo'lgan dostonlar, qahramonlik eposlari asosida yaratilgan asarlar. Ikkinchisi Tarixiy shaxslar va ularning faoliyati to'g'risidagi asarlar.

Birinchi bosqich xalq xotirasining bebaho tarixiy bir qismi bo'lgan afsona va dostonlar: Alpomish, To'maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi singari afsonaviy qahramonlar haqidagi asarlar.

rfciyfl^^B 200 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Ikkinchi bosqich turli davr va xalqlarning buyuk tarixiy shaxslari, mutafakkirlari, ma'rifatparvarlari, ularning merosi, taraqqiyot va ilm yo'lidagi g'oyalari tarannum etilgan asarlardir. Har ikki turdagi asarlar ham axloqiy, badiiy, ilmiy, falsafiy, diniy singari ko'p tomonlama ta'lim-tarbiya beradi, madaniy qadriyatlar bilan tanishtiradi. Buyuk shaxslarning jasoratlari, ilm-fanda qoldirgan ulkan merosi, milliyligimiz, o'zligimizni anglatuvchi qadriyatlar ifodasi shuni ko'rsatadiki, ularning barchasi bizning tezkor sur'atlarda o'zgarib borayotgan davrimizda o'ta dolzarbdir.

Nima uchun qo'g'irchoq teatrida tarixiy asarlarni sahnalashtirish jarayonlarini yanada kuchaytirish lozim? Chunki, qo'g'irchoq teatri tomoshabinini asosan yosh tomoshabinlarni tashkil etadi va tariximiz, o'zligimizni anglatish farzandlarimiz tarbiyasida eng buyuk vazifadir. Tarixiy siymolarni qo'g'irchoq teatri orqali qanday ko'rish mumkinligini bolajonlar his etishlari lozim. Qolaversa, qo'g'irchoq teatrining imkoniyatlari juda keng. Bu esa o'tmishimizning o'ziga xos turli rang-barang sahifalarini har qanday vositalar yordamida gavdalantirish imkoniyatini yaratadi. Ota-onalari, ustozlaridan eshitgan ulug' siymolarimiz haqidagi tasavvurlarini qo'g'irchoqlar yordamida yanada boyitishga va ko'z oldida gavdalanishiga erishadi. Dostonlar, afsonalar xalq qaxramonligi tarixini kuylaganligi sabab har bir davr tomoshabini uchun qiziq va har qanday talabga javob bera oladi. Shu boisdan ham epik asarlar zamonaviy qo'g'irchoq teatrida yanada tarixiy qahramonliklarni tarannum etish uchun ajoyib asosdir. Xalqning mashhur qaxramonlari hamisha bolajonlarni e'tiborini tortadi. Shuning uchun ham ular bilan bo'lib o'tadigan voqealar, ayniqsa, qo'g'irchoqlar ishtirokidagi qahramonliklar sahna san'atiga bo'lgan mehrini yanada oshiradi.

Xalqimizning mard, jasur pahlavoni Alpomishning 1000 yilligi munosabati bilan Respublikamizdagi ko'plab sohalarda san'at va madaniyat, xususan, kino va teatr san'atida uning qahramonliklarini tarannum etuvchi asarlar yaratildi. Shu jumladan, qo'g'irchoq teatrida xam "Alpomish" dostoni asosida bir necha spektakllar yosh tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi. Xususan, O'zbek Milliy qo'g'irchoq teatrining "Qanotli odamlar" (N.To'laxo'jayev inssenirovkasi asosida, rej. B.Parmonov), Farg'ona viloyat qo'g'irchoq teatrining "Alpomish" (J.Mahmud asari, rej.SH.Yusupov), Jizzax viloyati qo'g'irchoq teatrining "Alpomishning bolaligi", Qashqadaryo viloyat qo'g'irchoq teatrining "Alpomish" (J.Mahmud asari, rej.Sh.Yusupov) spektakllari shular jumlasidandir. Ushbu sahna asarlarida buyuk xalq eposidagi eng muhim nuqtalarni - Alpomishning ona Vatanga bo'lgan muhabbati va sadoqati, uning yurt tinchligi yo'lida ko'rsatgan mardonavor jasorati, o'zbek xalqining yengilmas farzandi ekangligi tarannum etildi.

"Alpomish" dostoni dastlab O'zbek Milliy qo'g'irchoq teatrida rejissyor Bekpo'lat Parmonov rejissyorligida Nozim To'laxo'jayevning multfilm kinossenariysi asosida (sahnaviy varianti F.Jo'rayev tarjimasida) sahnalashtirilgan. Spektaklning

ITÏy^^^BI 201 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

"Qanotli odamlar" deb nomlanishi bejiz emas. Rejissyor bu nom ostida insonlar har doim ozodlikka erishish yo'lida yuksaklikka intilishi lozimligini olg'a suradi. Shu boisdan ham spektaklda dostonning boshqa ko'plab mavzularidan voz kechgan holda asosiy e'tiborni Alpomish va Barchinoyning muhabbati, bu yo'lda olib borilgan kurash va turli to'siqlarga qaratadi. Muallif tarixdan bizga ma'lum bo'lgan mashhur "Alpomish" dostoni asosidagi sahna asariga Qo'ng'irot elining begi Boybo'ri va Boysun elining begi bo'lmish Boysarining o'rtasida boj mojarosi tufayli kelib chiqqan nifoq sabab, Boysari qavm-qarindoshlari, urug'-aymoqlari bilan birgalikda o'z yurtini tashlab, o'zga yurtga Toychixon ismli qonxo'r podshohning qo'lida aziyat chekishi, Toychixonni go'zal Oybarchinga oshiq bo'lib, unga majburan uylanmoqchi bo'lishi, jasurlikda tenggi yo'q Alpomish zolim podshohni yengib, uning changalidan sevikli yori va qo'ng'irot xalqini o'z og'a-inilarini qutqarganliklari singari voqealarni asos qilib olgan. Muallif dostondan farqli o'laroq kichik yoshdagi tomoshabinlar ehtiyojini inobatga olgan holda, pyesa matni va dialoglarni qisqa jumlalarda ifoda etish va asosiy e'tiborni sahnaviy harakatni ta'minlashga qaratadi. Spektakldagi konflikt ikki aka-uka Boybo'ri va Boysari, Alpomish va To'ychixon o'rtasidagi janjallarda namoyon bo'lsa-da, asosiy konflikt baxt va unga qarshi kuchlar o'rtasida sodir bo'ladi. Rejissyor spektakl voqealari va asar qahramonlarini xarakterini gavdalantirishda aktyorlarni jonli planda chiqishlaridan tashqari, planshet, tayoqli, qo'lga kiyiladigan, niqob va yarim niqob qo'g'irchoqlaridan foydalanadi. Ammo bunday yondashuv qo'g'irchoqlarning har xil turda bo'lganligi bois, ularni idrok etish va bir-birlari bilan qovushib ketishi birmuncha qiyinchilik tug'diradi. Rejissyorning yutug'i shundaki, u aktyorlarga rollarni to'g'ri taqsimlab, aktyorlik ansamblini yarata olgan. Alpomish obrazi aktyor Rahim Dehqonboyev tomonidan mahoratli ijro etilgan. Rassom Bobur Ismoilovning asar ustidagi samarali izlanishlari spektaklning sahnaviy yechimlarida o'z aksini topdi. Tasvirda tarix, qadim o'tmish, voqealar sodir bo'layotgan davr ruhi suzilib turadi. Rassomning ijodiy qobiliyati birgina so'zana yordamida beshik, parda va makon ko'rinishlarini hosil qilishi va asosiy e'tiborni milliylikka qaratganida namoyon bo'ladi. Rejissyor va rassomning ijodiy hamkorligi spektakldagi qo'g'irchoqlardan ramziy vositalar sifatida ham foydalanishida yaqqol ko'zga tashlanadi. Masalan, Vazir obrazini olaylik. Ushbu obrazni gavdalantirgan qo'g'irchoqning boshi ikkita qilib yasalgan. Bunga sabab, ikki aka-ukaning o'rtasidagi mojaro sabab, Boysari o'z yurtini tashlab ketish sahnasida har ikkala shohga xizmat qiluvchi Vazirning boshi ikkiga ayriladi. Bu esa yurt ikkiga ayrilib ketgani va ikki aka-ukaning davlat va xalq yo'lidagi bir bo'lgan maqsadi va birdamligi buzilganligini ifoda etadi. Spektakldagi tanlangan kuylar jilosi voqealar rivoji, qahramonlar xis-tuyg'ularini ochib berishi bastakor Alisher Latifzodani o'z ishiga ijodiy yondashganligini ko'rsatadi. Zamonaviy ohanglar bilan birga milliy cholg'ularni o'rinli ishlatib, spektaklga o'zgacha joziba baxsh etgan. Rejissyorning spektakl ustidagi izlanishlari muvaffaqiyati o'laroq jajji tomoshabinlar

IIgcTÍÍ^^BI 202 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

uzoq o'tmish oltin sahifalari bilan tanishib, ulkan meros bulog'idan o'z chanqoqlarini qondirdi. Bu sahna asari tariximiz, o'zligimiz, milliyligimizni tarannum etishda qo'yilgan ilk qadamlardan biri bo'ldi. Shu zaylda zamonaviy qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasida Jaloliddin Manguberdi, To'maris, Shiroq, Spitamen singari afsonaviy qahramonlar, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abu Ali ibn Sino, Al-Farg'oniy singari ko'plab buyuk siymolar va ularning jasoratlari to'g'risida bir qancha tarixiy asarlar dunyoga keldi. Afsona va xalq dostonlari asosida yaratilgan tarixiy asarlarda asosiy urg'u vatan va xalqning farovonligi yo'lidagi qahramonliklarga qaratilgan bo'lib, ulardagi qahramonlar jasorati yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarixiy shaxslar va ularning ilm- ma'rifat va davlat boshqaruvidagi benazir faoliyati tarannum etilgan asarlarda bilimli va tafakkurli bo'lish, ilm izlash, kashfiyotlar qilish, o'z vataniga sadoqatli va sitqidildan xizmat qilish singari g'oyalarni ulug'lash, buyuk ajdodlarimiz va ularning qoldirgan boy ma'naviy merosi bilan fahrlanish tuyg'ularini uyg'otadi. Bundan tashqari, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, asori-atiqa, tarixiy yodgorliklarimiz bilan ham yaqinroq tanishtiruvchi va qalblarda iftixor uyg'otuvchi "Registon afsonasi", "Hoji tam-tam hangomalari" singari bir necha sahna asarlari yosh avlod tarbiyasida o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Bu holat bugungi kunda qo'g'irchoq teatri sahnasidagi tarixiy asarlarni naqadar ko'lami keng, rang-barang va ta'sirchanlik darajasi yukori ekanligidan dalolat beradi.

Xulosa qilib, Tarixiy asar yaratish, afsona va dostonlar asosida inssenirovka qilish bu har qanday ijodkordan ulkan mas'uliyatni talab etadi. Inssenirovka qilish bu shunchaki asarni sahna tiliga o'girish degani emas, balki ma'lum asos zamirida yangi bir ijodkorlik qilish demakdir. Teatr imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o'tmishning turfa sahifalari va qahramonlari, ularning turli taqdirlarini bugungi tomoshabin, ayniqsa, jajji bolajonlar nazdida gavdalantirish, ularni asar maqsadiga ishontirish bu shunchaki jo'n narsa emas. Bu borada muallif asar tilini bugungi til meyorlari bilan moslashtiradi. Asarning asosiy maqsadini uchrab turgan muammolarga qaratadi. O'zidan yangi g'oyalar va obrazlar, badiiy ifodalar bilan boyitadi. Shu o'rinda bugungi zamonaviy qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasidagi tarixiy asarlarning o'ziga xos badiiy va ifodaviy yechimlariga to'xtalib o'tmoqchimiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

Mirziyoev Sh. Islom sivilizatsiyasi markazidagi uchrashuv. - Toshkent: Xalq so'zi, 2018 yil 15 iyun.

Qodirov M. An'anaviy teatr dramaturgiyasi. -Toshkent: Yangi davr avlodi, 2006.

Qodirov M. O'zbek xalq amaliy san'ati. - Toshkent: O'qituvchi, 1981 yil.

Aristotel. Poetika, axloq. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015 yil.

203

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.