Научная статья на тему '“TARIXI GARDIZIY” ASARINING TARIXIY QIYMATI'

“TARIXI GARDIZIY” ASARINING TARIXIY QIYMATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
245
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gardiziy / tarix / “Zaynul axbor” / Abu Rayhon Beruniy / G’azna / Xuroson / Movarounnahr. / Gardizi / history / "Zaynul Akhbar" / Abu Rayhan Beruni / Ghazna / Khorasan / Movarounnahr.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Saidov, Sarvar

Ushbu maqolada qadimgi Eron va Islom tarixidan hikoya qiluvchi Abu Said Gardiziyning “Tarixi Gardiziy” haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Asarda keltirilgan Xuroson va Movarounnahr tarixiga muhim voqea-hodisalar borasida xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL VALUE OF THE WORK "HISTORY OF GARDIZIY".

This article contains comments on "History of Gardizi" of Abu Said Gardizi, which tells about the history of ancient Iran and Islam. Conclusions are made regarding the important events in the history of Khurasan and Movarounnahr presented in the work.

Текст научной работы на тему «“TARIXI GARDIZIY” ASARINING TARIXIY QIYMATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

"TARIXI GARDIZIY" ASARINING TARIXIY QIYMATI

Sarvar Saidov

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada qadimgi Eron va Islom tarixidan hikoya qiluvchi Abu Said Gardiziyning "Tarixi Gardiziy" haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Asarda keltirilgan Xuroson va Movarounnahr tarixiga muhim voqea-hodisalar borasida xulosalar qilingan.

Kalit so'zlar. Gardiziy, tarix, "Zaynul axbor", Abu Rayhon Beruniy, G'azna, Xuroson, Movarounnahr.

ABSTRACT

This article contains comments on "History of Gardizi" of Abu Said Gardizi, which tells about the history of ancient Iran and Islam. Conclusions are made regarding the important events in the history of Khurasan and Movarounnahr presented in the work.

Key words. Gardizi, history, "Zaynul Akhbar", Abu Rayhan Beruni, Ghazna, Khorasan, Movarounnahr.

KIRISH

Abu Rayhon Beruniyning "Osorul boqiya" asariga o'xshash, urf-odatlar, bayramlar, xalqlarning moziydagi tajribalari tarixidan hikoya qiluvchi islomgacha va islom tarixiga oid muhim manbalardan biri "Tarixi Gardiziy" asaridir. Ushbu asarning muallifi Abu Said Abdulhasan ibn Zahhok ibn Mahmud Gardiziydir. Asarning asl nomlanishi "Zaynul axbor" ("Xabarlar ziynati") bo'lib, u muallif nomiga nisbat berilib "Tarixiy Gardiziy" nomi bilan mashhurdir.

Asarning muallifi Abu Said Gardiziy mashhur tarixchi, geograf olim bo'lib, Abu Rayhon Beruniyning zamondoshidir. Asarda muallif hindlarning dini, tarixi, urf-odatlari va bayramlari haqidagi ma'lumotlarni Abu Rayhon Beruniydan eshitganligi haqidagi ma'lumotni keltirishi ham uning Beruniy bilan zamondosh bo'lganligidan dalolatdir. Uning tug'ilgan yili to'g'risida manbalarda aniq ma'lumot keltirilmagan. Vafoti hijriy 453-yil (milodiy 1061-yil) deb ko'rsatiladi. Abu Said Gardiziyning hayot-faoliyati kechgan Gardiz bugungi Afg'onistonda joylashgan geografik hududdir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Tarixiy Gardiziy" asarini muallif G'aznaviylar sultoni "Zaynul millat" -Abdurrashid ibn Mas'ud G'aznaviy davrida G'azna shahrida yozib tugatgan bo'lib, asardagi oxirgi keltirilgan voqea hijriy 432-yilda (milodiy 1041-yil) sodir bo'lgan. Ushbu asar butun jahon tarixiga doir bebaho manba bo'lib, dunyoning yaratilishidan boshlab, muallif yashagan davrga qadar bo'lgan tarixiy ma'lumotlarni o'z ichiga qamrab oladi. Jumladan, asarda qadimiy fors sulolalari: peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, sosoniylar tarixi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari va xulafoi roshidinning hayot yo'llari, muallif yashagan davrga qadar hukmronlik qilgan Xuroson amirlari, Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar tarixiga oid muhim ma'lumotlar keltirilgan1.

Ushbu asarning bugungi kunga qadar ikkita qo'lyozma nusxasi saqlanib qolgan bo'lib, ushbu nusxalarning ikkalasi ham Buyuk Britaniyada joylashgan. Ushbu nusxalarning bittasi Oksford universiteti kutubxonasida, ikkinchisi esa Kembridj universiteti huzuridagi Kingz kollej kutubxonasida 213 raqami ostida saqlanadi. Asarning Kembridjda saqlanayotgan nusxasi aniqroq va qadimiy nusxa bo'lib, u hijriy 903 yoki 930-yilda ko'chirilgan. Ushbu qo'lyozma nusxasi borasida keltirilgan ma'lumotlarda faqat 93 raqamidan boshqa hech qanday raqam keltirilmaganligi sababli uning ko'chirilgan yili to'g'risida ikki xil faraz mavjud. Ushbu nusxa 418 sahifadan yoki 209 varoqdan iborat bo'lib, nasta'liq xatida yozilgan. Asarning Oksford universiteti kutubxonasida saqlanayotgan nusxasi esa hijriy 1196-yilda ko'chirilgan.

"Tarixiy Gardiziy" asari XX asrda taniqli eronlik tadqiqotchilardan biri Muhammad Qazviniy tomonidan muqaddima va izohlar bilan to'ldirilgan holda nashr qilingan. Mamlakatimizda bugungi kunda ushbu asar to'liq o'rganilmagan bo'lib, asarni manbashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish, tarjima qilish orqali islom tarixi, xususan Movarounnahr va Xuroson tarixiga doir qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin.

O'rta asr klassik tarixshunosligi yondashuvi bo'yicha yozilgan asarlar o'zlari yetkazmoqchi bo'lgan ma'lumotlarning yaxlitligini ta'minlash uchun avvalgi tarixiy voqealar haqida qisqacha ma'lumot berishga harakat qiladi. "Tarixiy Gardiziy" -O'rta asr klassik tarixnavisligi doirasida yozilgan asar. Asarda, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, dastlab Eron tarixidagi, undan keyin esa islom tarixidagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar borasida ma'lumotlar keltirilgan. Islom tarixidagi voqealar bayoniga bag'ishlangan qismda avvalo payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi

1 Бартолъд В.В. Извлечение из сочинения Гардизи "Зайн ал-ахбар": Приложение к "Отчету о поездке в Среднюю Азию с научною целью. 1893-1894 г" // Бартольд В.В. Сочинения. М., 1973. Т. VIII.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

vasallam, so'ngra ul zotdan keyin xalifalik taxtiga o'tirgan to'rt xulafoi roshidin, undan keyin esa Umaviylar va Abbosiylar davridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, o'zaro ixtiloflar, harbiy yurishlar borasida tarixiy ma'lumotlar keltirilgan. Bu ham ushbu asarning islom tarixidan hikoya qiluvchi muhim va bebaho manbalardan ekanligiga dalolat qiladi.

"Tarixi Gardiziy" asarida Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayoti haqidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan jadval2:

Amakilari Ammalar i Ayollari Qaynotalari Ayollarining qabilalari Farzandlari Janglari

Abbos Umayma Xadicha Xuvaylid Quraysh Qosim Badr

Hamza Ummu Hakim Oisha Abu Bakr Siddiq Quraysh Abdulloh Uhud

Abu Tolib Baro Hafsa Umar al-Foruq Quraysh Fotima Xandaq

Abu Lahab Otika Ummu Habiba Abu Sufyon Quraysh Zaynab Bani Qurayza

G'aydoq Arvo Sauda Zam'a Quraysh Ruqiya Xaybar

Muqovvim Safiya Ummu Abu Banu Ummu Makka

Salama Umayya Maxzum Gulsum fathi

Ziror Zaynab Jahsh Banu Asad Ibrohim Hunayn

Zubayr Maymuna Horis Banu Hilol Toif

Qusam Safiya Huyay Banu Nazir Tabuk

Horis Moriya Abdulloh Qibtiy Najron

Zaynab Xuzayma Mudar Bani Nadir

Juvayriya Horis Banu Xuza Zotu-r-Riqo

Bani

Lihyan

Banu

Qaynuqa

Bani

Mustaliq

Diqqat bilan qaraydigan bo'lsak, asarning islom tarixiga bag'ishlangan qismida xulafoyi roshidindan keyin xalifalik taxtini egallagan Umaviylar sulolasining hukmronligi borasida juda qisqa ma'lumot berilgan. Buning sababi sifatida tadqiqotchilar asar muallifining shialik oqimiga moyilligini keltiradilar. Abbosiylar

2 Abu Said Abdulhasan ibn Zahhok ibn Mahmud Gardiziy. Zaynul axbor. - Tehron. 1909.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

davridagi voqea-hodisalar esa asarda keng yoritilgan. Zero, tarixdan ma'lumki, Abbosiylar xalifalik taxtini egallashda fors amaldorlari, xurosoniylardan kata yordam olgan. Muallifning asli kelib chiqishi Xurosonga mansub bo'lganligini inobatga ols ak, asarda Abbosiylar davriga kata o'rin ajratilganli tabiiy hol hisoblanadi3.

"Tarixiy Gardiziy" asarining muallifi Abu Said Abdulhasan ibn Zahhok Gardiziy G'aznaviylar davlati sultoni Mahmud G'aznaviy davridan boshlab sulton Mas'ud G'aznaviy davriga qadar davlatning rasmiy tarixchisi sifatida faoliyat yuritgan. Bu esa asarda keltirilgan ma'lumotlarning ishonchlilik darajasi yanada oshishiga sabab bo'ladi.

Asarda islom olamidagi muhim voqea-hodisalar bilan birgalikda nasroniylar, yahudiylar, forslar va hindlar haqida ham muhim ma'lumotlar keltirilgan. Asarning oxirgi qismida esa venger, bolgar, turk qabilalari haqida, yunonlar tarixi haqida qisqacha ma'lumotlar keltirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Abu Said Abdulhasan ibn Zahhok ibn Mahmud Gardiziy. Zaynul axbor. -Tehron. 1909. 120 b.

2. Martinez A.P. Gardizis Two Chapters on the Turks // Archivum Eurasiae Medii Aevi. 1982. T. II. P. 109-217;

3. Бартолъд В.В. Извлечение из сочинения Гардизи "Зайн ал-ахбар": Приложение к "Отчету о поездке в Среднюю Азию с научною целью. 18931894 г" // Бартольд В.В. Сочинения. М., 1973. Т. VIII. С. 23-62;

4. Ergashevich, R. A. (2022). Socio-philosophical significance of the concept of national state sovereignty. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(3), 49-51.

5. Mamatqulov, E. (2022). TARAQQIYOT STRATEGIYASI YANGI O'ZBEKISTONDAGI MA'NAVIY ISLOHOTLAR ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 950-953.

6. Mamatqulov, E. (2022). YANGI O'ZBEKISTONDA MA'NAVIY MAKONNI YARATISH BORASIDAGI ASOSIY VAZIFALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 402-406.

7. Panjiyev, S. (2019). CONCEPTS OF TRUTH OF THE NEW TIME. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(7), 170-173.

3 Martinez A.P. Gardizis Two Chapters on the Turks // Archivum Eurasiae Medii Aevi. 1982. T. II. P. 109-217.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

8. Raxmanov, A. (2022). SHARQ RENESSANSI DAVRI GUMANIZMINING GNOSEOLOGIK VA ONTOLOGIK ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 668-674.

9. Raxmanov, A. E. (2021). Political independence and the creation of its legal basis. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6),

10. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 334-337.

11. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.

12. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.

13. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

14. Suhrob, P. (2021). The philosophical content of truth and its forms. World Bulletin of Social Sciences, 4(11), 176-178.

15. Suhrob, P. (2022). GLOBALIZATION PROCESS AND NATIONALSPIRITUAL FACTORS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 636-638.

16. Suhrob, P. (2022). THE NOOSPHERE STAGE AND THE INCREASING RESPONSIBILITY OF MANKIND IN THE PERSPECTIVE OF THE PLANET EARTH. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences, 6, 55-58.

17. Turdiboyev, B. X. (2019). CIVILIZATIONS AS FORMS OF MANIFESTATION OF HISTORICAL PROCESSES. Theoretical & Applied Science, (11), 29-32.

18. Панжиев, С. (2022). КАДРИЯТЛАРНИНГ ШАХС МАЪНАВИЙ КИЁФАСИНИ ЮКСАЛТИРИШДАГИ УЗИГА ХОС ЖЩАТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 863-866.

19. Саидов, С. (2022). ЯНГИ МАЪНАВИЙ МАКОННИ ТАШКИЛ ЭТИШДА ИБН МУКАФФА АСАРЛАРИНИНГ РОЛИ. International scientific journal of Biruni, 1(3), 19-22.

20. Турдибоев, Б. (2022). ТАРИХИЙ ЖАРАЁНЛАРНИ БИЛИШНИНГ ИЖТИМОИЙ ВОКЕЛИКНИ ТУШУНИШ ВА ДУНЁКАРАШЛАРГА

726-729.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

БОГЛИ^ЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 1037-1043.

21. Турдибоев, Б. Х. (2022). ТАРИХИЙ ЖАРАЁНЛАРНИ ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ БИЛИШНИНГ МАЪНО-МАЗМУНИ. International scientific journal of Biruni, 1(3), 23-28.

22. ШОИМОВ, А. (2020). ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ПОЛИТИКИ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА И ГОСУДАРСТВА НА НОВОМ ЭТАПЕ НАЦИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА. Вопросы политологии, 10(11), 3330-3338.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.