Научная статья на тему 'SURXON VOHASI MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINING UMUMIY TAVSIFI'

SURXON VOHASI MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINING UMUMIY TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
285
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Moddiy va madaniy meros / turizm / YUNESKO / islom / buddaviylik / Termiz. / Tangible cultural heritage / tourism / UNESCO / Islam / Buddhism / Termiz.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bo’Riyev, Alisher

Ushbu maqolada Surxon vohasidagi moddiy-madaniy obyektlarning tavsifi keltirilgan. Buddaviylik va islom davriga oid ushbu obyektlarning bugungi kundagi holati, ularning muhofazasi bo’yicha xulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENERAL DESCRIPTION OF MATERIAL CULTURAL HERITAGE OBJECTS OF SURKHAN OASIS

This article describes the material cultural objects in the Surkhan oasis. Conclusions on the present state of these objects from the Buddhist and Islamic eras and their protection are presented.

Текст научной работы на тему «SURXON VOHASI MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINING UMUMIY TAVSIFI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

SURXON VOHASI MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINING

UMUMIY TAVSIFI

Ushbu maqolada Surxon vohasidagi moddiy-madaniy obyektlarning tavsifi keltirilgan. Buddaviylik va islom davriga oid ushbu obyektlarning bugungi kundagi holati, ularning muhofazasi bo'yicha xulosalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Moddiy va madaniy meros, turizm, YUNESKO, islom, buddaviylik, Termiz.

This article describes the material cultural objects in the Surkhan oasis. Conclusions on the present state of these objects from the Buddhist and Islamic eras and their protection are presented.

Key words: Tangible cultural heritage, tourism, UNESCO, Islam, Buddhism, Termiz.

Tarixdan ma'lumki, Surxon vohasi azal-azaldan turli din va konfessiyalar to'qnashgan, ushbu din vakillari o'zaro bahamjihat umrguzaronlik qilgan hudud hisoblanadi. Ushbu hududda qadimdan, zardushtiylik, buddaviylik, islom dinlari taraqqiy etib, ushbu dinlarga oid ko'plab qadamjolar, manzilgohlar, ziyoratgohlar bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Ushbu moddiy madaniy meros obyektlarini tadqiq etish, ularni kompleks tarzda o'rganish masalasi bugungi kundagi dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan masalalardan hisoblanadi.

Dunyo miqyosida qadimiy madaniy meros obyektlarining paydo bo'lishi, evolyusion taraqqiyoti, shaharsozlik tizimini saqlash, arxeologiya va arxitektura yodgorliklarini qayta tiklash va ta'mirlashga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarda tarixiy yodgorliklarni asl holatida saqlab qolish yo'llarini takomillashtirish, tarixiy yodgorliklardan turizm salohiyatini oshirish uchun samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tadqiqotlarda me'moriy yodgorliklarning o'ziga xos tarixiy-me'moriy xususiyatlarini aniqlash, tarixiy hududlarning sayyohlik imkoniyatlarini yanada oshirish, madaniy meros ob'yektlaridan samarali foydalanish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatimizda so'nggi yillarda milliy qadriyatlar, moddiy-madaniy yodgorliklarga e'tibor tubdan o'zgardi. Jumladan, arxitektura va

Bo'riyev Alisher

Termiz davlat universiteti Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turi bo'yicha) yo'nalishi 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

arxeologiya yodgorliklari, madaniy merosni yanada chuqurroq o'rganish, halqaro va ichki turizm salohiyatini rivojlantirishda ulardan samarali foydalanish davlat siyosati darajasiga ko'tarilmoqda. "Boy tariximiz durdonasi bo'lgan madaniy merosimizni asrab-avaylab, kelajak avlodlar uchun bezavol yetkazishimiz zarur"1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda yurtimizning tarixiy shaharlarida mavjud arxitektura va arxeologiya yodgorliklarini asrash, ta'mirlash ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Surxondaryo viloyati hududida joylashgan qadimgi davr, o'rta asrlar va undan keyingi davr yodgorliklarini asl ko'rinishini tasavvur qilish uchun ularning dastlabki ko'rinishini grafik qayta tiklash, hududning shaharsozligi va me'morligida arxitektura va arxeologiya yodgorliklarining tutgan o'rnini aniqlash me'morchilik fanining dolzarb masalasidandir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi hamda "O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori katta ahamiyatga ega hujjatlardan hisoblanadi.

So'nggi yillarda Surxon vohasining o'ziga xos qadimiy, tarixiy obidalari qadimshunos olimlar tomonidan o'rganilib, muqaddas ziyoratgohlarning hududini, geografik joylashuvi, arxitekturasi, me'morchiligini ilmiy o'rganish masalasida bir qator natijalarga erishildi. Chunki Surxondaryoda dunyoga mashhur va musulmon olamida alohida hurmatga sazovor bo'lgan Abdulloh Termiziy, Adib Sobir Termiziy, Alovuddin Termiziy, Ahmad Termiziy, Hakim Termiziy, Varroq Termiziy, Yusuf Hayot Termiziy, Abu Iso Termiziy, Abul Muzaffar Termiziy, Sayyid Burhoniddin Husayn Termiziy, Alouddin Attor, Daqiqiy, Sayyid A'lo al- Mulk, Sayyid Amir Abdullo Xoja Samandar Termiziy kabi allomalar yetishib chiqqan va ular islom ilmlari sohiblari sifatida faoliyat olib borganlar2.

Surxon vohasidagi eng yirik moddiy madaniy meros obyektlari Termiz va uning atrofida joylashgan bo'lib, ularning safiga Hakim Termiziy, Zu-l-Kifl, Qirqqiz saroyi, Sulton Sodot maqbaralar majmui, Kokildor ota, Murch bobo sag'anasi kabi yodgorliklar kiradi. Bu ob'yektlar turli davr voqea-hodisalari ta'sirida shakllangan bo'lib, o'zining geografik va tarixiy joylashuvi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Surxon vohasi ziyoratgohlarini o'rganish jarayonida, bir fenomenga duch kelinishi mazkur hudud Qashqadaryo vohasidan garchi ular bir-biriga yaqin joylashgan va madaniyatlarda o'zaro aloqadorlik bo'lsa ham ziyoratgohlarning shakllanish tarixida xilma-xillik kuzatiladi. Bu hududda, bevosita Eron madaniyati,

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasi. 29.12.2020.

2 Mirzo Kenjabek. Buyuk Termiziylar: Termiz tazkirasi. - Toshkent: O'ME, 2017.- B. 380-391.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

islom dini va madaniyatining ta'siri ostida sahobalar nomi bilan bog'liq ziyoratgohlar ko'p uchraydi.

Ba'zi bir madaniy meros obyektlari mintaqada mashhur tarixiy shaxslar avlodiga tegishli maqbaralarni o'zda birlashtiradi. Mahalliy aholi orasida o'ziga xos mavqega ega bo'lgan obyekt bu Termiz tumani joylashgan Sulton Sodot majmuidir. XI-XIX asrlar mobaynida Termiz sayyidlarining oila a'zolari dafn etilgan. "Sayyid" so'zi arab tilida "janob" degan ma'noni anglatadi, shuningdek, Muhammad (s.a.v.)ning nevaralari Hasan avlodi "sharif" va Husayn avlodi "sayyid" unvonlari bilan alaviy sayyidlar, alohida husayniy yoki hasayniy sayyidlar, deb yuritilgan. Sayyidlar Yaqin Sharq va mag'rib o'lkalarida ko'proq sodot, ashraf yoki sharif nomlari bilan mashhur. Tadqiqotchi olim O'. Sultonovning fikricha, O'zbekiston hududida sayyidlar avlodining tarqalishi taxminan IX-XIII asrlar siyosiy va demografik omillar ta'sirida Movarounnahr va Xurosonga ko'chib harakatlangan. Sayyid unvoniga ega bo'lganlar o'rta asrlarda Markaziy Osiyoning siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy hayotida muhim rol o'ynagan3.

Hududda sahobalar nomi bilan bog'liq ziyoratgohlarning bir nechtasi mavjud bo'lib, Angor tumanida Sa'd ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf, Sherobod tumanida Atoulla Said Vaqqos, Uzun tumanida Abu Xurayra, ya'ni Oq ostono bobo, Oltinsoy tumanida Sa'd ibn Abu Vaqqos, Xo'ja Ilg'or, Xo'- jaipok ziyoratgohlari, xuddi shunday nomdagi Samarqand, Xorazm, Jizzax, Navoiy viloyatlarida ham mavjudligini ko'rish mumkin3. Aksariyat ziyoratgohlar nomida "Ashsha-rai mubashshara" (Jannatiy ekani bashorat qilingan o'n sahoba) deb zikr etilgan sahobalarga urg'u beriladi. Asharai mubashshara islom dunyosida hayotlik chog'ida Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) tomonidan jannatiy bo'lganligi bashorat qilingan o'n sahoba nomi bilan bog'liq.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Surxon vohasi madaniy meros obyektlari shakllanishida mahalliy xalqning ilm-fan, islom dini, kasb-hunar, tibbiyot, o'zlikni anglash, tabiat va jamiyat o'rtasida uyg'unlikni vujudga keltirishga munosib hissa qo'shgan ulug' insonlar mahalliy aholi tomonidan ulug', muqaddas darajasiga ko'tarilgan. Madaniy meros obyektlarining aksariyati diniy shaxs nomi bilan bog'liq bo'lib, bu yerda termiziylar nomi bilan ilm ahli yetishib chiqqanligi o'lkaning ziyorat maskanlari hududiy umumiy toponimik birlik asosida shakllangan o'ziga xosligini ko'rsatadi. Hududdagi ziyoratgohlarning aksariyatini avliyo darajasiga ko'tarilgan sahobalar nomi bilan bog'liq maskanlarni hamda sayyidlar nasabi ulug'langanligini

3 Tursunov S., Qurbonov A., Tursunov N., Pardayev T. O'zbekiston tarixi va madaniyati - Surxondaryo etnografiyasi. -Toshkent: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2006. - B. 98.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ko'rish mumkin. Mazkur holat O'zbekistonning boshqa hududlarida uchramaydi va bu hududning o'rta asrlardan keyingi yillarga qadar islom dini va madaniyati kesishgan, mahalliy an'analari bilan Sharq islom odatlari transformasiyaga uchraganligini ko'rishimiz mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasi. 29.12.2020.

2. Mirzo Kenjabek. Buyuk Termiziylar: Termiz tazkirasi. - Toshkent: O'ME, 2017.

3. Tursunov S., Qurbonov A., Tursunov N., Pardayev T. O'zbekiston tarixi va madaniyati - Surxondaryo etnografiyasi. - Toshkent: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2006.

4. Xashimov M. YUNESKO faoliyatida diniy bag'rikenglik tamoyillari (O'zbekiston Respublikasi misolida): Tar. fan. nomz diss. avtoref. - Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2009.

5. Mamatqulov, E. (2022). TARAQQIYOT STRATEGIYASI YANGI O'ZBEKISTONDAGI MA'NAVIY ISLOHOTLAR ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 950-953.

6. Mamatqulov, E. (2022). YANGI O'ZBEKISTONDA MA'NAVIY MAKONNI YARATISH BORASIDAGI ASOSIY VAZIFALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 402-406.

7. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1), 334-337.

8. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.