Научная статья на тему 'TARIXIY VA ZAMONAVIY JOY NOMLARNING LINGVISTIK TADQIQI (Surxondaryo viloyati misolida)'

TARIXIY VA ZAMONAVIY JOY NOMLARNING LINGVISTIK TADQIQI (Surxondaryo viloyati misolida) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1590
133
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Termiz / Taramastxa / Taramata / Taramat / Tami / Tamo / Tarameta / Tarmit / Tarmut / Tarmiz / Tirmiz va h.k. / Termez / Taramastxa / Taramata / Taramat / Tami / Tamo / Tarameta / Tarmit / Tarmut / Tarmiz / Tirmiz and etc

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yarashova Zebo Nasimovna

Maqolada Termiz so’zining kelib chiqishi, qadimgi yoki zamonaviy toponimlar turiga mansubligi, tarixiy va lingvistik manbalarda qanday nomlanganligi,tarixiy jarayonda qanday fonetik o’zgarishlarga uchraganligi ,bu joy haqidagi xalq orasida tarqalgan rivoyatlar haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC STUDY OF HISTORICAL AND MODERN PLACE NAMES (On the example of Surkhandarya region)

The article discusses the origin of the word Termez, its type of ancient or modern toponyms, how it is named in historical and linguistic sources, how it has undergone phonetic changes in the historical process, and popular legends about the place.

Текст научной работы на тему «TARIXIY VA ZAMONAVIY JOY NOMLARNING LINGVISTIK TADQIQI (Surxondaryo viloyati misolida)»

Scientific Journal Impact Factor

TARIXIY VA ZAMONAVIY JOY NOMLARNING LINGVISTIK

TADQIQI

(Surxondaryo viloyati misolida)

Yarashova Zebo Nasimovna Termiz davlat universiteti Lingvistika: o'zbek tili ta'limyo 'nalishi

I bosqich magistranti

Annotatsiya: Maqolada Termiz so'zining kelib chiqishi, qadimgi yoki zamonaviy toponimlar turiga mansubligi, tarixiy va lingvistik manbalarda qanday nomlanganligi,tarixiy jarayonda qanday fonetik o'zgarishlarga uchraganligi ,bu joy haqidagi xalq orasida tarqalgan rivoyatlar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Termiz, Taramastxa, Taramata, Taramat, Tami, Tamo, Tarameta, Tarmit, Tarmut, Tarmiz, Tirmiz va h.k.

Аннотация: В статье обсуждается происхождение слова Термез, его тип древних или современных топонимов, как оно названо в исторических и лингвистических источниках, как оно претерпело фонетические изменения в историческом процессе, а также популярные легенды об этом месте.

Ключевые слова: Термез, Тарамастча, Тарамата, Тарамат, Тами, Тамо, Тарамета, Тармит, Тармут, Тармиз, Тирмиз и др.

Abstract: The article discusses the origin of the word Termez, its type of ancient or modern toponyms, how it is named in historical and linguistic sources, how it has undergone phonetic changes in the historical process, and popular legends about the place.

Keywords: Termez, Taramastxa, Taramata, Taramat, Tami, Tamo, Tarameta, Tarmit, Tarmut, Tarmiz, Tirmiz and etc.

Termiz shahri va Termiz tumani toponimlarini o'rganish jarayonida joy nomlarini to'plash, tasniflash, ularni lingvistik jihatdan tahlil qilishga urinildi. Shu o'rinda bu nomlarning zamonaviy nomlar yoki tarixiy jarayonga xos nomlar ekanligiga ham e'tibor qaratildi. Aynan Termiz so'zining shahar, tuman, mahalla, qishloq va hatto ko'cha nomi sifatida keltirilganligini hisobga olib bu nomning kelib chiqishi haqida ilmiy manbalarda va xalq orasida tarqalgan rivoyat va afsonalarda qanday atalganigi haqida biroz fikr yuritishga harakat qilamiz.

Maqolada bugungi o'zbek tilshunosligida Termiz so'zining kelib chiqishi,

qadimgi yoki zamonaviy toponimlar turiga mansubligi, tarixiy va lingvistik

773

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Scientific Journal Impact Factor

manbalarda qanday nomlanganligi,tarixiy jarayonda qanday fonetik o'zgarishlarga uchraganligi ,bu joy haqidagi xalq orasida tarqalgan rivoyatlar haqida fikr yuritiladi. Adabiyot sifatida joy nomlarining kelib chiqishi bilan bogliq boTgan ilmiy adabiyot, monografiya va dissertatsiyalar tahlilga tortilgan.

Termiz zamonaviy yoki tarixiy nom ekanligini ibotlovchi manbalarga e'tibor qaratamiz. Termiz shahri tarixda qanday nomlangan va bu joy haqida tarixiy va ilmiy dalillar nimani isbotlaydi. Qadimgi tarixiy manbalarda katta qiziqish bilan tilga olingan Termiz haqida ko'plab ilmiy fikrlar tarixchilar tomonidan o'rganilmoqda hamda yangi tarixiy ashyoviy manbalar qayd etilmoqda. Ko'hna shahar hozirgi Termizdan 8-9 km janubi-g'arbda Amudaryoning o'ng qirg'og'ida joylashgan bo'lib, qariyb 2500 yillik tarixga ega. Qadimdan Termiz Markaziy Osiyoni Xitoy-Misr bilan bog'lovchi Buyuk ipak yo'lida joylashgan. Yunon- Baqtriya podsholigi davrida katta madaniy bosqichni o'z boshidan kechirganligini tasdiqlovchi manbalarni qayd etish zarur. Uning toponomik kelib chiqishiga e'tibor bersak, mahalliy xalqlar baqtriyaliklar Termiz Taramastxa (baqtrcha, «narigi sohildagi manzil»), Taramata, Taramat, Tami, Tarmit, Tarmiz, Termiz kabi shakllarda uchraydi. Bundan tashqari shaharning nomi IV-V asrlardagi arman manbalarida Drmat-Darmat(ehtimol Darmit), Termiz so'zigacha mahalliy xalqlar-baqtriyaliklar taramastha, Tarameta (narigi sohil, daryoning u beti), Arman manbalarida IV-V asarlarda u «Drmat», VII asr Xitoy manbalarida «Tamo», XIV asr Xitoy manbasida «Tarmiz» va «Tirmiz», IX-XIII asr arab-fors manbasida «Termiz» va «Termiz», XII asrda tarixchi Somoniy Termiz. XIII asrda Yakut lug'atida 2 xil nom «Tarmiz» va «Tirmiz».

Qadimgi Tibet kitoblaridan birida taxoristonlik buddizm targ'ibotchisi Dxarmamitraning nomi uchraydi va uning Pak-su (Oksu-Amudaryo) daryosi bo'yida joylashgan Tarmita degan shahardan ekanligi qayd etiladi.Shuningdek, shahar asoschisi-podshoh Demitriy nomi asosida Demitriy, Dermita, Darmita nomi bilan keyinchalik Tarmita, Termid, X asrdan boshlab esa Termiz nomi bilan bog'lanadi. Umuman Termiz shahrining Tara Mastha yoki Tara Maetha -narigi sohildagi shahar, yanada to'g'rirog'i daryoning narigi sohilidagi shahar, shahar nomining Yunon-Baqtriya podshohi Demetriya (Dmitrius) bilan bog'lanishlari isbotini topmaganidek, uning yunoncha "termos" so'ziga aloqadorligi ham asosli emas. Iskandar Zulqarnayn Termiz shahrini mustahkam tayanch qal'a sifatida mustahkamlab, unga «Oks bo'yi Aleksandriyasi» nomini berganligi ingliz olimi V. Tarn asarlarida qayd etilgan. Iskandar-daryo bo'yidagi bu manzilgohni mahalliy xalq

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Scientific Journal Impact Factor

g'alayonlaridan saqlanish uchun muhim harbiy istehkom shaharga aylantirish rejasi bilan uni qayta qurdiradi.

Sh.Safarovning "Termiz va termiziylar"asarida quyidagi rivoyat keltiriladi: "Bir kuni Xoja al-Hakim shogirdlarisiz masjidga namoz o'qigani keladi.U yerda bir kishiga otni ushlab turishni buyuradi. U al-Hakim namoz o'qib turgan paytida pinhona kirib,u kkkishining boshini kesadi va ko'zdan g'oyib bo'ladi. Xalq qayg'u -alamga botadi.Uni an'anaga ko'ra dafn etishadi.Kunlarning birida shogirdlari va qarindoshlari uning qabri boshiga yig'ilganda qabrdan "Tirik biz"degan ovoz eshitilgan emish.Shu kundan boshlab hamma halok bo'lgan ustoz xojani"Ali al-Hakim tirikbiz",deb ataydigan, keyinchalik shahar nomini ham" Shahri Ali al-Hakim tirikbiz"deb ataydigan bo'lishdi" [1. 70-71b]

Termiz shahrining nomi va uning kelib chiqishi haqida ko'plab rivoyatlar yuradi, shu xil rivoyatlardan yana birida Balxlik mashhur shayx Dorulomon termizlik al-Hakimning g'oyibot olami bilan bog'lana olishdagi ruhiy quvvatini sinamoq niyatida Termizga yo'l oladi. Dorulomon o'z xalifa(yordamchi)si bilan suvga tushganda, buni oldindan bilgan al-Hakim Amudaryoga tushib daryoning yarmigacha borib Dorulomonni kutib oladi. Hayratda qolgan Dorulomon xalifasiga- «Bu zotni daryodan ko'tarib o't» ishorasini qiladi, xalifa kar bo'lganidan «boshini ol» deb tushunib al-Hakimning boshlarini qilich bilan kesadi. Shunda al-Hakimning kesilgan boshi tilga kirib Dorulomonga «Biz tirikmiz» debdi. Ul ulug' zotning qabrlariga yig'lab borgan kishilarga «Biz tirikmiz» deb ovoz eshitilibdi, o'shandan buyon shahar nomi tirimiz, ya'ni Tirmiz bo'lib ketgan emish.

Boshqa bir rivoyatda Termiz so'zi "termos" so'zidan olinganligi aytiladi, go'yo Aleksandr Makedonskiy jazirama issiq paytlari shaharga kelgan emish va havoning o'ta issiqligi tufayli, bu yer xuddi termosning o'zi ekan debdi. "Termos" so'zining fonetik tarkibi-fonemalar miqdori hozirgi yunon va o'zbek tillarida saqlangan. Yuz bergan tovush o'zgarishlarini o'zbek tilining fonetik qonunlari tasdiqlaydi. «o»ning «i»ga «s»ning «z»ga o'tishi turkiy tillar fonetik qonuniyati me'yori talabiga mosdir. Termo-yunoncha, issiq, issiqlik, harorat, termometr-issiqlik o'lchaydigan asbob, termografiya-issiqlikni yozib oluvchi asbob, idish, joy, makon tushunchalariga ega. [2.117b]

Termiz toponimini qadimgi turkiy tildagi Tarmut so'zi bilan bog'lash maqsadga muvofiq keladi. Mahmud Qoshg'ariy "Devoni lug'otit turk"asarida bu so'zni "tog'larning tepalik va soyliklari"ma'nosida izohlaydi. [3.421b]

Scientific Journal Impact Factor

Olimlardan V.L.Kozlovskiyning Termiz shahri tarixi» (1959) 1968 yil, J. Omonturdiyev, E. Pardayevlarning «Hoja Hakim Termiziy» (Viloyat gazetasi, 1968), G. A. Pugachenkovaning «Termez. Shahrisabz. Xiva.» (1976), T.Nafasovning «O'zbekiston toponimlarining izohli lug'ati», SH.Safarovning «Termiz va termiziylar» (1993) kitoblarida -Termiz atamasi baqtriycha, yunon-baqtriycha yoki sanskritcha Taramastha so'zidan kelib chiqqan deyiladi. G.A. Pugachenkova o'z tadqiqotlarida Termiz nomini sanskritcha (qadimgi hind tili) Taramata so'zi va Yunon-Baqtriya podshosi Demetriya (Dermid-Termit-Termiz) nomi bilan bog'laydi.

Termizning qadimiy ekanligini isbotlovchi arxeologik moddiy-tarixiy ashyolar nihoyatda ko'p manbalarni bermoqda. Termiz shahri yoshini to'liq ilmiy o'rganish uchun 1980 yilda O'zFA Arxeologiya institutida Termiz tarixi va madaniyatini o'rganish uchun maxsus arxeologik otryad tashkil etildi. Termizni arxeologik-ilmiy o'rganishda professorlar B. P. Denike, M. YE. Masson, V. A. Shishkin, V. D. Jukov, akademiklar A. P. Okladnikov, B. B. Petrovskiy, L. I. Albaum, B. YA. Staviskiy, A. Asqarov, arxeolog olimlardan dosent SH. Pidayev, T. Annayev kabilar haqida iliq fikrlar aytish mumkin.

S.Tursunovning "Surxondaryo viloyati toponimlari" asarida ham Termiz nomining kelib chiqishi haqida bir qancha taxminlar keltiriladi. Jumladan, Termiz eramizgacha IV-III asrlarda paydo bo'lgan. Kushonlar davrida (I-IIIasrlar) madaniyati taraqqiy etgan shahar bo'lgan. Hofiz Abru esa Iskandar Zulqarnayn qurgan, deydi.Xitoy manbalarida Tami. XIX asr oxirida rus shakli Termiz-Termez-Tarmiz.Termiz Amudaryo bo'yidagi tabiiy tik qoya,qirg'oq bo'yida joylashgan qo'rg'on. Temir kabi qattiqmiz, Temirmiz. Termiz temirdek qattiq, yoy o'qi, o'tkir qilich o'tmaydigan shahar ma'nosida izohlanishi turkiy toponimiyaga mos bo'ladi,deb keltiriladi. [4.79b]

Temirmiz so'zida "miz","biz" olmoshining fonetik o'zgarishga uchragan shakli deb hisoblansa, Ter shakli "temir"shaklining qisqarishi natijasida Termiz holatiga o'tgan bo'lishi mumkin.

Termiz shahri o'z tarixi davomida turli nomlar bilan atalgan. Shaharning tarixga kirgan eng qadimgi nomi Tarmid (trmd-Tarmid) bo'lgan. Bu nom dastlab 1969-yili Afg'onistonning Lag'mon vodiysidan topilgan hind podshosi Ashokaning oromiycha bitigida tilga olinadi. [5.188b]

Keltirilgan ilmiy dalillar va tarixiy manbalarning malumotlariga tayangan holda xulosa qilib aytish mumkinki, Termiz nomining kelib chiqishi shaharning

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

paydo bo'lishi bilan tengdosh desak xato bo'lmaydi. Ma'lumotlar xilma-xilligiga qaramasdan Termiz nomining qaysi shakli ifodalanishidan qat'iy nazar aynan bir joy haqida Amudaryoning o'ng sohilida joylashgan shahar nomi ekanligi ilmiy manbalarda isbotlangan. Toponimlarni lingvistik jihatdan o'rganish asosida tarixiy va geografik ma'lumotlarga tayangan holda va yerli aholining bu joy haqidagi qadimiy rivoyatlariga asoslansak, Xoja al -Hakim haqidagi rivoyatni haqiqatga yaqinroq deb aytish mumkin. Chunki bu rivoyatda g'ayrioddiy tuyilgan jihatlar bo'lishiga qaramasdan,xalq orasida juda ko'p variantda mavjudligi bu rivoyatda biroz bo'lsa-da haqiqat mavjudligidan dalolatdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

1. Safarov Sh. Termiz va termiziylar,70-71b.

2. Qorayev S. Ozbek toponimlari,1970,117b.

3. Mahmud Qoshg'ariy. I jild,421-b.

4. Tursunov S. Surxondaryo viloyati toponimlari.-T.:Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,2008.-79b

5. Tursunov S. O'zbekistonda toponimik nomlar va ularning tarixi.-Termiz: Surxon-nashr,2017.188-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.