Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
HAKIM AT- TERMIZIY ILMIY MEROSIDA INSON MOHIYATINING
GERMENEVTIK TAHLILI
Abdunazarova Mariya Farxodovna
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Sharq falsafasi va madaniyati" mutaxassisligi 2- kurs magistranti Ilmiy rahbar: f.f.d. dotsent Ja'far Xolmo'minov
Ushbu maqola O'rta Osiyo hududida ilk tasavvuf tariqati- "hakimiya" ning asoschisi Hakim at-Termiziyning ilmiy merosi ilm-fan, xususan islom dini rivoji uchun muhim o 'rin tutishi haqida fikr yuritiladi. Uning asarlarida ins on mohiyati, insoniyatning kamolotga erishuvi faqatgina ilm orqali Allohni tanish mumkinligi haqida germenevtik tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Tasavvuf, "Alloh nuri", "Al-Jomi 'as-sahih", "Navodir al-usul", "ruh", "qalb" va "aql", "Manozil ul-iboda", Tavba, Zohidlik, Adovat un-nafs, Muhabbat, Qat' ul-havo, Qurquv, Qurbat (yaqinlik), "jihod", parhezkorlik, "Ixtilojoti a 'zo ", "aqlning yordamchilari".
This article discusses the important role of the scientific heritage of Hakim al-Termizi, the founder of the first mystical sect in Central Asia - Hakimiya, for the development of science, especially Islam. In his works, a hermeneutic analysis of the essence of man, the perfection of mankind, is possible only through knowledge of God.
Keywords: Sufism, "the light of Allah", "Al-Jamias-sahih", "Nawadir al-usul", "soul", "heart" and "mind", "Manazil ul-ibada", Tawba, Zahidlik, Hostility un-nafs, Love, Qat ul-hawa, Fear, Intimacy, "jihad", diet, "Ihtilojo azo", "helpers of the mind".
В данной статье рассматривается важная роль научного наследия Хакима ат-Термизи, основателя первой мистической секты в Средней Азии -правительства, для развития науки, особенно ислама. В его произведениях герменевтический анализ сущности человека, совершенства человечества возможен только через познание Бога.
Ключевые слова: Суфизм, "свет Аллаха", "Аль-Джамиас-сахих", "Навадир аль-усуль", "душа", "сердце" и "разум", "Маназиль уль-ибада",
+998903300906
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
AННOТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Тауба, Аскетизм, Враждебность ун-нафс, Любовь, Кат уль-хава, Страх, Близость, "джихад", диета, "1ИШо]о аю", "помощникиума".
Tasavvuf ilmida inson mohiyatini ochib berishda "ilm - bu nurdir", "Nur- Haqni nopokdan ajratadi", "Nur- sodiq qulini iymonga yetaklaydi", "Nur- Alloh tomonidan banda qalbiga joylashtirilgan", "Qalblarni munavvar etuvchi narsa- Alloh nuri" singari g'oyalarni ilgari surgan buyuk allomalarimizdan biri Hakim at-Termiziy sanaladi. Uning inson ma'naviyati haqidagi fíkr-mulohazalarini o'zining mashhur "Al-Jomi' as-sahih" asaridan tashqari 'Shimoili Nabavariya"('Payg'ambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "Kitob uz-Zuhd" ("Zohidlik kitobi"), "Asomi'u as-sahoba" ("Sahobalarning ismlari"), "Al-asmo' valkuno" ("Ismlar va kun'yalar"), "Kitobul ilal" ("Illatlar kitobi") va boshqa kitoblarida bayon etdi1.
Uning ta'kidlashicha, inson ma'naviy kamolotini shakllantirishda va uni yanada rivojlantirishda bilim muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida t a'kidlaydi. Ayniqsa, uning hikmatlarining ma'no- mazmuni beqiyos, ayniqsa ularda dunyo iztiroblari, bandalarining nojoiz qiliqlari qoralangan. U "Navodir al-usul" asarida ayrim kimsalarning goho o'zini ojiz va notavon deb his qilishi, o'zini xurlangan deb bilishining asosiy sabab qilib, "Insonning umidsizlikka tushishi bu uning Allohni bilmaganidandir"2,- deb ko'rsatadi. Alloh insonni yaratib, nega umidsizlikka tushuradi degan savol tug'iladi. Bunda alloma aytmoqchiki, Allohni tanigan banda zinhor umidsizlikka tushmaydi, u doim Allohga suyanadi. Inson taqdiridan nolish bandaga xos ish emas, inson taqdiridan emas, o'zini umidsizlik botqog'iga kishanlagan- nafsidan o'pkalashi kerak. Shuningdek, asarda inson butun umr sinovlarda sinalib, Allohning imtihonidan o'tadi. "Navodir al-usul" bayonida "Alloh bandasiga bu dunyoda boylik, faqirlik, izzat, ulug'lik va tubanlik kabi xislatlarni ato etib, ularni imtihon qiladi"3. Shunday ekan, inson dunyoda Allohning imtihonidan qochib qutalolmaydi, Alloh ham faqirlik ortidan bandasi boylik bilan siylaydi. Bu kabi yaxshi-yomon tushunchalar inson hayotida yonma-yon va uzluksiz davom etib boradi. Allomaning hikmatlarida bir nechta insonlar toifasiga ta'rif beradi, xususan:
KIRISH
- Aziz odam shuki, gunoh uni xor qilmagan bo'ladi
- Ozod odam shuki, ta'ma uni qul qilmagan bo'ladi;
- Xoja odam shuki, shayton uni asir etmagan bo'ladi;
1 Abu Iso Termiziy. Sahihi Termiziy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1993, 8-bet.
2 S. Tursunov. B Murtozoyev. Termiziylarning ilmiy tafakkuri. Toshkent.: "O'zbekiston" 2016. 74 b
3 Abu Iso Termiziy. Sahihi Termiziy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1993, 50-bet.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- Oqil odam shuki, xudo yo'lida zararli qiliqlardan o'zini tiygan va o'z nafsining hisobini qilgan insondir4.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Alloma insondagi ichki xilqatlar "ruh", "qalb" va "aql" to'g'risida ham purma'no hikmatlar qoldirgan. Uning fikricha, "ruh" ning qarorgohi inson boshida, nafsning qarogohi inson qornida bo'ladi. "Qalb" Allohning rahmatini, Uning nuri xususiyatlarini va bulardagi sirlarni idrok etadi. "Aql' esa Allohning tadbiri va uning xususiyatlari hamda undagi hikmatni anglaydi. "Qalb" "aql" ustida hukmdordir. Keyinchalik allomaning qarashlarini Ibn al-Arabiy rivojlantirib : "Inson dunyosining asosi- "qalb"dir, uning vaziri- "aql"dir",- degan qarashni ilgari suradi5.
Hatim at-Termiziyning "Manozil ul-iboda" asarida Alloh bandalarining yetti manzili haqida so'z yuritiladi. Asarda har bir manzilning asl xususiyatlari, ularning talablari, maqomi va mavqeyi bayon etilgan. Har bir manzilda inson nafsga duch kelib, manzilga yetmoqlik uchun inson shu nafs bilan kurash olib borib, uni yengishga undaydi. Asarning umriboqiyligi ham shunda, ya'ni nafs insonni ko'zini ko'r, quloqlarini kar qiladi, unga qarshi kurash esa "qalb" ko'zini nurli qiladi, zotan bu insonni teran mushohadaga yetaklaydi. Ushbu asar insonni islomiy ma'naviyatni anglashga, yosh avlodni kamolot sari mushohada etishga da'vat etadi. Asar ikki bobdan iborat bo'lib, birinchi bobida inson yetishi kerak bo'lgan yetti manzil bayoni keltirilgan. Bular quyidagilar: Tavba, Zohidlik, Adovat un-nafs, Muhabbat, Qat' ul-havo, Qurquv, Qurbat (yaqinlik). Ikkinchi bobda birinchi bobdagi ayrim manzillar Qur'oni Karim oyatlari va hadislar bilan sharhlanadi.
Birinchi manzil-Tavba manzili, "Allohni izlovchi va unga talpinuvchilarning eng avvalgi manzilidir. Bu manzilga yetishish sharafiga erishgan bandalar Allohning buyruqlariga so'zsiz amal qilguvchi, U man etgan narsalardan tiyiluvchilardir"6. Bu manzilda nafsga, kibr-u havoga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu "jihod"(kurash) uning ta'biricha, ikki xil bo'lib, botiniy jihod nafs, hasadga qarshi qilingan ichki jihod bo'lsa, ikkinchisi- dushmanga qarshi kamon, nayza bilan urushib, uning molini tortib olish zohiriy jihoddir"7.
4 Hakim at-Termiziy. Hadislarning biz anglagan va anglamagan hikmatlari. Ibrohimjon Usmonov tarjimasi. Toshkent.: Movarounnahr, 2006.-60b.
5 Ibrohimjon Usmonov. "Navodir al-usul" hikmatlari. Toshkent.: Fan, 2009. 116-119 b.
6 Hakim at- Termiziy. Manozil ul-ibod min al-iboda. Abdulqahhor Shoshiy tarjimasi. Toshkent.: Movarounnahr, 20039 b.
7 O'sha asar. -22 b
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ikkinchi manzil- Zohid(parhexkor)lik yo'lidagi insonlarning odatlari sharhlanadi. Zohid (nobop harakat va nopok qiliqlardan tiyilish)lik yo'li mashaqqatli yo'l, uni bosib o'tish, zabt etish uchun sobitlik talabi ustuvor turadi, chunki "dunyo shayton tuzoqlari"ga limmo-limdir. 8 Bu yo'lni faqat banda gunohlaridan poklansagina, banda "qalb ko'zi" bilan bu dunyoga nazar tashlasa maqsadiga erishadi. Zotan, hadislarimizda bejizga "Bu dunyo mo'min kishi uchun hibsxona, kufr ahli uchun jannatdir"- deb aytilmagan.
Uchinchi manzil- adovatun nafs, ya'ni nafsga dushmanlik manzilidir. Banda nafsga qarshi kurashni doimo olib borish, shuningdek kurash oxirida o'z samarasini berib, banda yuvosh va itoatgo'y bo'lishi shu manzilda namayon bo'ladi. Hakim at -Termiziy nafsga jihod bu- "xalq uchun mezon. U bilan odamlarning darajasi o'lchanadi. Chunki nafs Allohning dushmanidir" ,- deydi.9
To'rtinchi manzil- muhabbat manzili bo'lib, muhabbat kalomi, uning ijtimoiy negizi, hayotiy o'zagi tasavvuf ilmida boshqa talqinda uchraydi. Xususan, "Manozil ul-ibod min al-iboda" asarida muhabbatga "xabbat ul-qalb" deb murojaat qilib, bu yerda qalbning tomirlari jam bo'ladigan makonidir deb ta'kidlaydi.
Beshinchi manzil- Qatul- havo manzilidir. Bu manzilda banda xoy-u havasni yengib o'tishi, uning "o'ta yashovchanligi", u bandalarni mag'lub etishi mumkinligi aytib o'tilgan. Uni yo'q qilguvchi qurol esa insonning iroda kuchi ekanligi "Toxa","A'lo" va "Tavba" suralari bilan fikrini asoslaydi.10
Oltinchi manzil- qurquv manzilida bandaning Allohga shak keltirishi va uning ziddi bo'lgan Alloh rizoligi uchun yomon yo'llardan qaytishi bayon etilgan. Bu manzil boshqa manzillardan farq qilib, uning asosi insonni Alloh ma'rifatiga yo'llash hisoblanadi.
Oxirgi manzil esa- bu qurbat, ya'ni yaqinlik manzilidir. Bu manzil banda uchun eng og'ir sinovlar badaliga vosil bo'ladi. Alloh vasliga munosib bandalar "qurbat" manzilida mustahkam makom egallaydilar. Ushbu bob quyidagi so'zlar bilan tugallanadi: "Hidoyat( to'g'ri so'z), tavfiq(madad), qurquv va quvvat- barchasi ulug' Allohdandir"11 . Shuningdek, alloma nafs va dunyo boyliklariga xirs qo'yish yomon illatlardan biri deb hisoblab, "Dunyo sevgisi-achchiq suv, nafs sevgisi esa sho'r suv deb ta'rif beradi. Hakim at-Termiziy o'z asarida Allohning bandalarini uch toifaga ajratadi, bular: Allohning maxbuslari- mo'minlar, shaxvatning maxbuslari-fosiqlar,
8 O'sha asar. -9 b
9 O'sha asar. -13-14 b
10 Hakim at- Termiziy. Manozil ul-ibod min al-iboda. Abdulqahhor Shoshiy tarjimasi. Toshkent.: Movarounnahr, 200335 b.
11 O'sha asar. -19 b
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
shaytonning maxbuslari- kofirlardir. Xullas, ushbu asarda bandaning eng katta jihodlaridan biri- o'z nafsiga qilingan jihod ekanligi, haqiqiy mo'min banda esa Allohga yaqinlik maqomiga erishish uchun bir necha mashaqqatli sinovdan o'tishi kerakligi, bu imtihonda "xurmo bargigek yonishi" mumkinligiga qaramay iroda orqali Allohning madadiga tayanib bosib o'tib, "qalb nuri" ila manzilni yakunlashi bayon etilgan. Asarning qiymati ham, uning bandani Allohga ixlos, chin e'tiqod, itoat, so'ng ilmga amal qilishlikni targ'ib qiladi.
Allomaning "Navro'znoma" risolasi alohida tahlil etish uchun muhim manba hisoblanadi. Risolada tabiat va jamiyat, tabiat va insoniyat aloqalari, ular o'rtasidagi mutanosiblik va nomutanosiblik holatlari, shuningdek tabiat mo'jizakorligi oldida insonning ojizligi bilan bayon etiladi. Insoniyatning necha asrlik turmush tarzi, ularning hayotiy tajribalari mujassam etilgan. Sharq olamida yetti raqami ulug'lanib kelingani, hatto inson a'zolarini ham yetti sayyora bilan nomlangan. Masalan, orqa miya-Zuhal, qalb (qon aylanish tizimi)- Quyosh, oshqozon- Oy, bosh miya-Mirrix, o'pka (nafas yo'llari)-Atorud, jigar- Mushtariy, buyrak- Zuhra. Allomaning fikricha, inson tabiatida ham yettita xulq mavjud: g'azab, rag'bat, raxbat (hadik, qo'rquv), shaxvat, g'aflat, shak, shirk. Shuningdek, "Ixtilojoti a'zo" deb nomlangan risola debochasida inson sochi yoki ko'zining rangi, bundan tashqari, qosh, kiprik, yuzining ranglari va ularning inson tabiatiga, fazilatiga, xususiyatiga ta'siri haqida sharh berilgan.12
Hakim at-Termiziyning ya'na bir risolasi "Aql va havo" da "aql va havoning ellikta yordamchisi" ni sanab o'tadi. Shuningdek, risolada insonning har bir xususiyatlari ziddi orqali tafsir etgan. Xususan, "aqlning yordamchilari"- aql, fahm, basar(ko'rish), ma'rifat, yaqiyn(shak-shubhasiz),fiqh, vaqf(to'xtab turish), hilm(yumshoqlik),ilhom, ixlos, tavozu', saxovat, to'g'rilik, nasihat, xisba, niyat, shafqat, murosayu madora, vara', shukr, rizo, sabr, xavf, taqvo, jaxd, istiqomat, zuhd,farosat, ulfat, inobat, shavq, tazarru',muhabbat, xifz, sidq, hidoyat, zehn, farog'at, omonlik, tavakkul, ishonch, qanoat, to'lib toshmoq, ofiyat, rohat, xushu', tafakkur, ibrat, istixora, salomatlik, hurmat-e'tibor, uzlat, tayyorgarlik.
XULOSA
Xulosa o'rnida, allomaning ilmiy merosi nechog'lik inson ma'naviyatini shakllantirishda muhim manba ekanligini anglamoq uchun Abdurahmon as-Sulamiyning "Tabaqot us-sufiya" tazkirasida Hakim at-Termiziyning purma'no
12 S. Tursunov. B Murtozoyev. Termiziylarning ilmiy tafakkuri. Toshkent.: "O'zbekiston" 2016. 46b
715
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
hikmatni keltirib o'tadi. Ushbu hikmatga ko'ra, "Bolalarning tuzatuvchi, tarbiyasi-maktablarda, qaroqchilarning tuzatuvchi, tarbiyasi- qamoqxonalarda, ayollarniki-uylarda, yoshlarniki- ilmda, keksalarniki esa masjidlardadir"13,- degan so"zlari keng mushohadaga yo'l ochadi.
REFERENCES
1. Tursunov S., Murtozoyev B. Termiziylarning ilmiy tafakkuri. Toshkent.: "O'zbekiston" 2016. 46 b.
2. Ibrohimjon Usmonov. "Navodir al-usul" hikmatlari. Toshkent.: Fan, 2009. 116119 b.
3. Hakim at-Termiziy. Nodir masalalar. Ibrohimjon Usmonov tarjimasi. Toshkent.: Movarounnahr, 2007.-88b
4. Hakim at-Termiziy. Hadislarning biz anglagan va anglamagan hikmatlari. Ibrohimjon Usmonov tarjimasi. Toshkent.: Movarounnahr, 2006.-60b.
5. Hakim at- Termiziy. Manozil ul-ibod min al-iboda. Abdulqahhor Shoshiy tarjimasi. Toshkent.: Movarounnahr, 2003- 9 b.
6. Abu Iso Termiziy. Sahihi Termiziy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1993, 50-bet.
7. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1).
8. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.
13 Hakim at-Termiziy. Nodir masalalar. Ibrohimjon Usmonov tarjimasi. -Toshkent.: Movarounnahr, 2007.-88b
716