Научная статья на тему 'TASAVVUF NAMOYONDALARINING ISLOM DINI MADANIYATIDAGI O‘RNI, SO‘FIYLAR SILSILASI'

TASAVVUF NAMOYONDALARINING ISLOM DINI MADANIYATIDAGI O‘RNI, SO‘FIYLAR SILSILASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2364
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasavvuf / shariat / tariqat / so‘fiy / zohid / ishq / go‘zal xulq / Qur’oni Karim / Muhammad Nurulloh Saydo al-Jazariy / Husayn Voiz Koshifiy / “Unsul so‘fiya” / Naqshbandiya / Dahbediy / tasavvuf xalqalari / silsila. / mysticism / sharia / sect / sufi / ascetic / love / good manners / Holy Quran / Muhammad Nurullah Saido al-Jazari / Husayn Waz Kashifi / “Unsul Sufiya” / Naqshbandi / Dahbedi / mystical rings / series.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kattayev, Po‘latxon A’zamovich

Ushbu maqolada tasavvuf va uning ahamiyati, inson kamolotidagi o‘rni, so‘fiylar va zohidlar hayoti, so‘fiylar silsilasi haqida so‘z yuritilgan. Tasavvufda nafs tarbiyasi va axloqning birlamchi masala ekanligi turli davr olimlari fikrlari bilan yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF SUFIS IN THE CULTURE OF ISLAM, THE SUFI SERIES

This article discusses mysticism and its importance, its role in human development, the life of Sufis and ascetics, and the series of Sufis. In mysticism, the education of the nafs and the fact that morality is a primary issue are highlighted by the opinions of scholars of different periods.

Текст научной работы на тему «TASAVVUF NAMOYONDALARINING ISLOM DINI MADANIYATIDAGI O‘RNI, SO‘FIYLAR SILSILASI»

Scientific Journal Impact Factor

О

TASAVVUF NAMOYONDALARINING ISLOM DINI MADANIYATIDAGI O'RNI, SO'FIYLAR SILSILASI

Kattayev Po'latxon A'zamovich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti

Ushbu maqolada tasavvuf va uning ahamiyati, inson kamolotidagi o'rni, so fylar va zohidlar hayoti, so 'fiylar silsilasi haqida so 'z yuritilgan. Tasavvufda nafs tarbiyasi va axloqning birlamchi masala ekanligi turli davr olimlari fikrlari bilan yoritib berilgan.

Kalit so 'zlar: tasavvuf, shariat, tariqat, so fiy, zohid, ishq, go 'zal xulq, Qur 'oni Karim, Muhammad Nurulloh Saydo al-Jazariy, Husayn Voiz Koshifiy, "Unsul so fiya ",Naqshbandiya, Dahbediy, tasavvuf xalqalari, silsila.

This article discusses mysticism and its importance, its role in human development, the life of Sufis and ascetics, and the series of Sufis. In mysticism, the education of the nafs and the fact that morality is a primary issue are highlighted by the opinions of scholars of different periods.

Keywords: mysticism, sharia, sect, sufi, ascetic, love, good manners, Holy Quran, MuhammadNurullah Saido al-Jazari, Husayn Waz Kashifi, "Unsul Sufiya", Naqshbandi, Dahbedi , mystical rings, series.

В этой статье обсуждается мистицизм и его значение, его роль в человеческом развитии, жизнь суфиев и аскетов, а также ряд суфиев. В мистицизме воспитание нафсов и тот факт, что мораль является основным вопросом, подчеркиваются мнениями ученых разных периодов.

Ключевые слова: мистицизм, шариат, секта, суфий, аскет, любовь, хорошие манеры, Священный Коран, Мухаммад Нуруллах Сайдо аль-Джазари, Хусейн Ваз Кашифи, «Унсул Суфия», Накшбанди, Дахбеди, мистические кольца, сериал.

Tasavvuf ahamiyati beqiyos, jozibali bir mavzudir. U ham tarixiy jihatdan, ham inson tarbiyasi jihatidan, ham ko'ngilga, insonning ichki dunyosiga taalluqli bo'lgani uchun muhimdir. Dunyo bor ekan, odamzod bilan birga tasavvuf ham bor. Islom tasavvufi islomga muvofiqdir. Shu boisdan u boshqa tasavvuflarga: Hind tasavvufiga,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Yunon tasavvufiga, Yahudiy tasavvufiga va boshqa Islomdan avvalgi madaniyatlarning tasavvufiga o'xshamaydi, ular o'rtasida katta farqlar bor. Chunki Islom tasavvufining asosini Qur'oni Karim va Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning hayotlari, siyratlari, sunnatlari tashkil qiladi.1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega ta'limot bo'lib, islom olamida VIII asrning o'rtalarida paydo bo'lgan, dastlab u zohidlik harakati ko'rinishida kurtak yoydi. Kufa, Bag'dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko'p edi, aytish kerakki, aytish kerakki, ularning obro'-e'tibori ham xalq orasida katta bo'lgan. Chunonchi, Uvays Qaraniy, Hasan Basriy kabi yirik so'fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning uchun bu zotlarning nomi shayxlar va so'fiylar haqidagi tazkiralarda zohid sifatida tilga olinadi, ba'zi mualliflar esa ularni so'fiylar qatoriga qo'shmaganlar ham.

Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag'firatini qozonish, Qur'onda va'da qilingan Jannatning huzur-halovatiga yetishish edi. So'fiylar nazarida esa Jannat umidida toat-ibodat qilish ham tamaning bir ko'rinishidir. Holbuki, so'fiylar uchun na dunyodin va na oxiratdan tama bo'lmasligi kerak. Yagona istak bu - Haq taoloning diydoridir.2

Muhammad Nurulloh Saydo al-Jazariyning "Tasavvuf sirlari" asarida tasavvuf haqida shunday ta'rif kelgan edi: "Insonning ma'naviy olamini isloh etadigan, buzilgan qalblarning muolajasi uchun eng ta'sirli bo'lgan, insonni haqiqatlar atrofiga to'playdigan o'ta foydali va mustaqil ilmdir"3

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XV asrda yashagan alloma olim Husayn Voiz Koshifiy "Futuvvatnoma" asarida tasavvuf so'zi haqida bunday yozadi: "Ba'zilar bu so'z islom paydo bo'lgandan keyin kelib chiqqan deydilar. Ammo ma'lum bo'lishicha, tasavvuf so'zi islomdan oldingi zamonda ham bo'lgan ekan. "Unsul so'fiya" kitobida birinchi bo'lib "so'fiy" degan nomni olgan odam Odam Oto farzandlaridan biri-Shish edi deb naql qilinadi. Uning liboslari yashil suf (jun mato)dan ekan va Shishdan keyin jun matodan kiyim kiyib yuruvchilarni "so'fiy" deydigan bo'ladilar. O'zini shu toifaga mansub deb biladiganlarni tasavvuf ahli deb yuritadilar"4

Ali bin Usmon al-Jullobiy "Kashf ul-mahjub" kitobida tasavvuf tarixini islom dini bilan bog'lasa, keyingi mutasavvif shayx Abulhasan Nuriy "tasavvufni nafsni

1MaxMya Actag ^ymoH. MHyc Эмро Ba TacaBBy^. - TomKeHT: "®aH", 2001. 8 6.

2 Komhtob H. TacaBBy^. - T.: "Movarounnahr"-"O'zbekiston". 2009, B. 10.

3 MyxaMMag Hypy^ox Cango a^-^a3apuH. TacaBBy^ cup^apu. - T.: MoBapoyHHaxp, 2000. - B.4.

4 A6gy^aeB A. TacaBBy^ Ba yHHHr HaMoeHga^apu. - TepMH3.: 2007, B.8.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

tark etish va nafs balosidan qutulish" deb hisoblaydi va so'zining pirovardida muallif yana ta'kidlab o'tadi: "Tasavvuf rasmiyatchilik emas, axloqdir. U ozodlik vositasidir va bu vosita ila bandalar hoy-u havas bandidan ozod bo'ladilar" 5

Tasavvufning g'oyasi - Janobi Haqning roziligiga erishmoq uchun nafsni poklab, go'zal axloq egasi bo'lishga intilmoq, ya'ni Alloh va Rasulining xulqi bilan axloqlanishdir. Bu yo'lga kirgan odamning qalbi Allohga oshiq bo'ladi va u qalbiga bu ishqdan boshqa hech narsa sig'maydi, Yaratganning jamiyki maxluqotlariga muhabbat nazari bilan boqadi. O'zida Allohning ishqidan o'zgasini sig'dira olmagan qalb endi nafsning so'ziga kiradimi, uning so'ziga kirib yomonlik qila oladimi, ozor bera oladimi?! Aslo! U nafsni batamom yengadi! Nainki jonga ozor bera oladi, buni hatto tasavvur qilolmaydi, chunki endi uning qalb dengizi faqat va faqat Yaratgan ishqi bilan limmo-lim bo'ladi. Yetuk so'fiylarimiz, jumladan, So'fi Olloyor aytib o'tgan, "Shariat istasang, o'ldir ilonni, Tariqat istasang, og'ritma jonni6" misralari bunga yorqin misolidir

VI, VII, VIII asrlardan, ya'ni tasavvuf jarayonining shakllanishidan boshlab islom davrida birinchi so'fiylar paydo bo'lib, ular mazkur oqimning ilk namoyondalari sifatida mashhur bo'ldilar va bu davrda tasavvuf oqimi zohidona shaklda namoyon bo'ldi. O'z navbatida bu oqimning so'fiylari zohid va obid kishilar edi. Ulardan ba'zilari halqalar egasi ham bo'lishgan. Tasavvuf xalqalari ilk bor al-Jullobiy tomonidan tasnif etilgan bo'lib, bu tasnifda xalqalarning har biri barobarida uning kashfiyotchisining nomi ham zikr etiladi. Bu nomlar so'fiyona silsilalar g'oyasiga asoslangan bo'lib, ular orqali ma'rifat jarayonidagi xalqaning ahamiyati va ta'siri ta'kidlanadi. Tasavvuf tarixida bir yuz sakson silsila ma'lum bo'lgan. Ammo biz ushbu maqolamizda eng ko'zga ko'rinadiganlarini keltirib o'tamiz. XI asrgacha 12 ta so'fiyona silsila - Muhosibiya, Qassoriya, at-Tayfuriya, al-Junaydiya, an-Nuriya, as-Sahliya, al-Hakimiya, al-Xarroziya, al-Xafifiya, as-Sayyoriya, Hululiya, Hallojiya xalqalarining har biri o'zining minglab tarafdorlarini paydo qilgan, haqiqiy so'fiyona xalqalar sifatida shuhrat topgan edi. Xalqalar tariqat va ma'rifat doirasida shakllanib, solik-so'fiyning haqparastlik yo'lidagi g'oyasini aks ettirgan. X asrdan so'ng ular yanada rivoj topdi va natijada Mavlaviya, Saidiya, Jahriya, Kubroviya, Qodiriya, Naqshbandiya kabi silsilalar vujudga keldi. Undan keyingi davrlarda Abduxoliq G'ijduvoniy, Dahbediylar sulolasi Naqshbandiya tariqatini yetuk namoyondalari sifatida butun islom olamida shuhrat topgan va o'z davrida Temuriylar saltanati siyosatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Nutqimizga isbot

5 Aôgy^aeB A. TacaBBy^ Ba yHHHr HaMOëHga^apn. - TepMro.: 2007, E.9.

6 https://www.bbc.com

Scientific Journal Impact Factor

tariqasida quyidagi jumlalarni keltrib o'tamiz: "Ulug' mashoyix Hazrati Hoja Axror Vali va ul zotning o'rinbosarlari Mavlono Muhammad Qozi vafot etishgach, XVI asrning birinchi choragidan boshlab Naqshbandiya silsila sulukining rahbari etib Mahdumi A'zam saylanadilar. Bu sulukka o'sha davrdan boshlab ya'ni parokandalikka uchraganiga qadar ul zot avlodlarining namoyondalari o'z zamonalarida vaqti-vaqti bilan rahbarlik qilib kelishganidir. Shunisi qiziqkim Naqshbandiyadek ulug' bir silsila sulukini bir oiladan bir tabaqadan chiqqan bir necha vakillarining orqama-ketin boshqarishi ham tasavvuf tarixiga ham boshqa uchramagan holdir"7.

Tasavvuf insonning ichki olami Allohning rizosiga muvofiq bo'lishi, savob topishi, go'zal axloq egasi bo'lishi uchun rioya qilinishi kerak bo'lgan qoidalarni o'rgatadigan ilmdir. "Tasavvuf - ehson yo'lidir", ya'ni Allohni ko'rib turgandek, Alloh uni ko'rib turganini his qilib, juda adabli va go'zal axloqli qul bo'lib yashash yo'lidir. "Ehson, - deyiladi hadisi sharifda, - Sen Allohni ko'rmasang ham Alloh seni ko'rib, kuzatib turganidek, unga ibodat qilishing kerak, chunki, shubhasiz, Alloh seni ko'rib turadi". Demak, qullikning eng oliy darajasi Allohning o'zini ko'rib turganini his etib yashashi, barcha xatti-harakatlarini nazoratga olishi, go'zallashtirishi bu tasavvuf yo'lidir. Tasavvufda insondagi xudbinlik-u jamiyki illatlar nafs tamasidan kelib chiqadi deyiladi. Yassaviy hikmatlaridan birida "Nafsim meni yo'ldan xor ayladi, Termultirib xaloyiqqa zor ayladi", deydi. Zotan, tasavvuf - nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Voz kecholmagan, nafsining quliga aylangan odamning esa axloqi yuksalmaydi. Darvesh, so'fiy shuning uchun ham nafsining istaklarini rad etadi. Zero qalbni poklashning yagona yo'li ham nafsni yengish va dunyoga muhabbat qo'ymaslikdir. Hoja Bahouddin "O'z nafsining yomonligini tanish - o'zligini tanishdir"8 deydi. O'zligini anglagan kishi esa dunyoning o'tkinchiligini, dunyo muhabbatidan kechib, qalbni faqat Yaratganga bog'lash kerakligini anglaydi.

Tasavvufni, sufiylar hayotini qunt bilan o'rgangan va hayotiga tatbiq eta olgan kishining qalbi go'zallashadi, umri uzayadi. Bunday kishilar nafsining istaklari va zavqlarini tark etadi, so'zlarini, harakatlarini nazorat qila oladi, murodi - Allohning rizoligi bo'ladi. Zero, nafs tarbiyasi muammosi tasavvufning muhim bir qismidir. Zotan, Qur'oni Karimning "Van-Nazi'ot" surasida "Kim Rabbining huzurida turib,

7 Kattayey Komilxon. Mahdumi A'zam va Dahbed. S. : Sug'diyona 1994, B 15-16

8 Alisher Navoiy. Asarlar. T.: G'afur G'ulom, 1996, B.169.

647

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

О

Unga hisob-kitob berishdan qo'rqsa va nafsini hoy-u havasining orqasidan ergashishdan man' qila olsa, Jannat uning joyi va makoni bo'ladi9", deb buyuriladi.

Shubhasiz, Alloh taoloning rizoligiga erishish eng buyuk maqsaddir. Bu maqsadga erishish uchun esa nafsni jilovlay olish, qalbni poklash zarur. Tasavvuf aynan shu - "ma'siyat pardalari ila qoplangan xasta nafsni davolaydiganqalbiy yoxud nafsoniy tibbiyot ilmidir".10

REFERENCES

1. Махмуд Асъад Жушон. Юнус Эмро ва тасаввуф. - Т.: "Фан", 2001, Б. 128.

2. Alisher Navoiy. Asarlar. T.: G'afur G'ulom, 1996, B.169.

3. Комилов Н. Тасаввуф. - Т.: "Movarounnahr"-"O'zbekiston" 2009, Б. 447.

4. Мухаммад Нуруллох Сайдо ал-Жазарий. Тасаввуф сирлари. - Т.: Мовароуннахр, 2000. - Б. 100.

5. Абдуллаев А. Тасаввуф ва унинг намоёндалари. - Термиз.: 2007, Б. 198.

6. https://www.bbc.com

9 Махмуд Асъад Жушон. Юнус Эмро ва тасаввуф. - Тошкент: "Фан", 2001. 8 б.

10 Мухаммад Нуруллох Сайдо ал-Жазарий. Тасаввуф сирлари. - Т.: Мовароуннахр, 2000. - Б.4-5.

648

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.